Nosiruddin Rabg'uziy. Qisasul anbiyo  ( 152939 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 B


shoir  23 Iyul 2008, 16:23:44

Yusuf alayhissalom kirib kelganlarida podshoh uni o‘rnidan turib qarshi oldi va yonidan joy berdi. Aytishlaricha, podshoh Yusuf alayhissalomga yetmish til Bilan so‘z so‘zladi, ul zot ham hamma tillarda javob qildi. Mujodala so‘ngida Yusuf alayhissalom ibroniy  tilida podshohni duo qildilar.
 - Bu nechuk tildir? - so‘radi podshoh.
 - Bu mening otalarim Ibrohim, Ishoq va Ya’qub alayhissalomlar tilidur, - javob qildi u zot.
 Yusuf alayhissalomning javoblari podshohga yoqdi, tush ta’birini so‘radi.
 - Bu kun qadr-qammatingiz ma’lum bo‘ldi. O’z tasarrufimdagi hamma narsalarni senga ishondim, senga vazirldikni berayin, - dedi.
 - Vazirlik Azizi Misrning haqqidir. Mening zimmamda uning ko‘p haqlari bor. U tirik ekan, vazirlikni olmasman, - dedi Yusuf alayhissalom.
 - Ey Yusuf, jamiki podishohlik senga munosibdir, qaysinis kerak bo‘lsa olgil.
 - Ey podshoh, boshqa narsani istamasman, menga faqat yer hazinasini yetti yilga topshirsangiz bas, boshqa mansab menga munosib emas, dehqonchilikni yaxshi bilarman, - dedi Yusuf alayhissalom.
 - Ey Yusuf, mening davlatimda istaganingni qil, faqat ikki ishdan o‘zingni saqlagil: xonadanimdagi xotinlarim va kanizlarim bilan so‘zlashmagin, - dedi podshoh.
 - Bizning shariatimizda bunday ishlar harom hisoblanur, mening ham bunday ishlarga hoxishim yo‘qdir.
 - Ikkinchisi shuki, mening Bilan bir tavoqda taom yemaysan, men ham sen bilan ovqatlanmasman, - dedi podshoh.
 - Sen bilan birga ovqatlanmoq men uchun ham or hisoblanur.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:23:52

- Nima uchun? - taadjublandi podshoh.
 - Men Ya’qub payg‘ambarining o‘g‘li, ishoq payg‘ambarining nabirasi, Ibrohim payg‘ambarining avlodidanman. Shunday bo‘lgach, sen Bilan qandayin ham birga ovqatlanay, - dedi Yusuf alayhissalom.
 Podshoh Yusuf alayhissalomga qasri oliy hozirlatdi. Yusuf alayhissalom yetti yil g‘alla ektirdilar. Ularni somoni bilan omborga qmadailar. Tog‘larda suqurlar qazdirib, ularni ham donlar bilan to‘ldirdilar.
 Aytishlaricha, o‘sha zamonda podshoh fuqaroning yarim hosilini olar edi. Yusuf alayhissalom esa aholiga adolatli hukm yuritdi. Yurt obod bo‘ldi. Uch yil o‘tganidan keyin Azizi Misr o‘ldi va uning o‘rni Yusuf alayhissalomga berildi hamda uning boshchiligida yetti yilda yetishtirilgan hosil omborlarga joylandi. Ma’murchilik va arzonchilik yillari tamom bo‘lgach, qahatchilik davri boshlandi, yetti yilgacha yog‘in yog‘madi, yerda giyoh unmadi. Haloyiq bundan tashvishga tushdi. Bir botmon arpa bir oldiga teng bo‘ldi.
 Yana aytishlaricha, qahat kelar kechasi yetishganda Yusuf alayhissalom hizmatkorlagiga buyurdi:
 - Arpa noni pishirib qo‘yinglar, shu kecha sahar vaqtida menga keltirib berasizlar.
 Aytganidek qildilar. Sahar vaqti bo‘lganda podshoh "qornim och", deb uyqudan uyg‘ondi.
 - Ey Yusuf, umrimda bunday shirin yeganim yo‘q edi, - dedi podshoh Yusuf alayhissalom keltirib bergan nonni yeb ko‘rgach.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:23:58

- Ey podshoh, bu arpa nonidir, arpa esa ot va sigirlar ho‘ragidir. Arpa nonining shirin, totimliro0qligi qahatchilikning boshlanishidan darakdir, - dedi Yusuf alayhissalom.
 Shundan keyin aholiga o‘lchov bilan oshlik tarqata boshladilar. Bechora va faqirlarga sadaqa qilindi, boylarga esa sotildi va tushgan pulni hazinaga topshirdilar. Yetti yil ichida hazina to‘lib ketdi. Yusuf alayhissalom ushbu vazifaga tayinlanayotgan chog‘da besh yillik hosil podshoh ihtiyoriga, ikki yilligi esa unga beriladigan bo‘lgandi. Yusuf alayhissalomning hosilni olish navbati kelganda bir botmon urug‘i o‘nta eshakka yuk bo‘larli miqdorda hosil berdi. Yusuf alayhissalom bug‘doylarni kuya tushmasin, deb yanchmasdan omborga joylattirdi.
 Yusuf alayhissalomning qirq darvozavoni va qirq ming hizmatkorlari bor edi. Bora-bora Misr xalqi ham unga tobe bo‘ldilar. Birinchi yili haloyiqlar oltin-kumushlarni, ikkinchi yili ot, tuya va sigirlarni berib yemish oldilar. Uchinchi yili qul va cho‘rilarni sotdilar. To‘rtinchi yili yer-joylarini, beshinchi yili esa ro‘zg‘or asboblarini bug‘doyga almashtirdilar. Oltinchi yili o‘g‘il-qizlarini, yettinchi yili esa o‘zlarini sotdilar.
 Yettinchi yilda haloyiqda hech vaqo qolmadi, ularning hammasi Yusufning quliga aylandilar. Negaki, ochiqqan xalq bolalarini va o‘zlarini sotib don olib yegandilar. Yil taomo bo‘lishiga qirq kun (ba’zilar to‘rt oy deyishadi) qolganda omborlar bo‘shab qoldi. Bug‘doy pishishiga yetolmaganxalq oshlik so‘rab kelganida Yusuf alayhissalomning boshi qotdi. Shunda Jabroil alayhissalom Olloh taoloning farmonini olib keldi:
 - Ey Yusuf, biyobonga chiqqil, och haloyiqqa yuzingni ko‘rsatgil!

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:24:05

Yusuf alayhissalom biyobonga chiqib, taxt ustiga o‘tirdi va yuzidan pardagni ko‘tardi. Yusuf alayhissalomning jamolini ko‘rgan haloyiq Oshu taomni unutdilar. Qirq kun (ba’zilarning aytishlaricha, to‘rt oy) odamlar hech narsa yemadilar, Yusufning jamoli bilan kun kechirdilar, oziq-ovqatga muhtoj bo‘lmadilar.
 - Ey yusuf, biz seni qullikka solmaganimizda edi, bugun qullik qadrini qaerdan bilarding? Qullar qadrini bilaning uchun endi bugun misr xalqini ozod qilgaysan! - deya Ollohdan farmon keldi. Shundan so‘ng jar chaqirtirib, Misr xalqini yig‘dilar.
 - Ey Misr xalqi, eru xotin barchangiz mening qulimmisih? - so‘radi Yusuf alayhissalom.
 - Ho‘, qulingizmiz, - deyishdi ular.
 - Olloh taoloning hushnudligi uchun barchangizzni ozod qildim, - dedi Yusuf alayhissalom jarchilarga buyurib.
 Rivoyat qiladilarki, Yusuf alayhissalomning Kan’ondan chiqqaniga yigirma yetti yil bo‘lganida, ochorchilik va qahatchilik yillarining beshinchi yilida Ya’qub alayhissalom o‘g‘illariga dedi:
 - Misrda oziq-ovqat bor deyishlarlar, sizlar borib don-dun keltiringlar.
 Payg‘ambarzodalarning har biri ikkitadan tuyaga yog‘, qurut, poshloq, jun ortib, Misrga yo‘l oldilar. Yusuf alayhissalom bilardiki, boshqa yurtlarda don-dun yo‘q, qarindoshlari qachondir oziq qidirib keladilar. Shu maqsadda yo‘llarga to‘qsol (qorovul)Lar qo‘ydirdi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:24:28

- Qachonki, uzun bo‘yli, ko‘rkam yuzli yigitlar kelsa, mening oldimga olib kelinglar, -* deb tayinladi qorovullarga.
 Ya’qub alayhissalomning qaddi-qomatlari birdek, bir hil kiyim kiygan o‘n o‘g‘loni shaharga kirib kelishdi. Bu habarni eshitgan Yusuf alayhissalom ularning o‘z birodarlari ekanligini bildi. Deydilarki, yigirma yetti yil mobaynida Yusuf alayhissalom birodarlariga boqib, yuzlari yo‘lning gardu g‘uborlariga bulg‘anganini, kiyimlari kir bo‘lib ketganini ko‘rgach, bu niyatdan qaytganiga yana bir bor hursand bo‘ldi va "Mening ulug‘ligimni bilsinlar, ularni hursand qilib yuboray", degan qarorga keldi.
 - Qaydin kelursizlar, - so‘radi Yusuf alayhissalom. - Kimning farzandlari bo‘lursiz?
 - Kan’ondan kelurmiz, - deyigdi ular. - Ya’qub payg‘ambarining o‘g‘illari bo‘larmiz.
 - Otangiz tirikmilar?
 - Tirikdurlar.
 - Nima ish qilarlar?
 - Payg‘ambardirlar, Olloh taologa toat va ibodat qilarlar.
 - Kimdan kimga payg‘ambardirlar?
 - Haqdan xalqqa payg‘ambardirlar.
 - Payg‘ambar bo‘lsalar, nega misr eliga kelmas, uning xalqiga payg‘ambarlik qilmaslar?
 - Kan’onga va uning atrofidagi xalqlarga payg‘ambardiralr. Buning ustiga ko‘zlari ojiz bo‘lib qolganlar.
 - Ko‘zlari nima sababdan ko‘rmaytsdigan bo‘lib qoldilar?
 - Yusuf degan o‘g‘li bor edi, uni behad yaxshi ko‘rardi. O’sha o‘g‘il g‘oyib bo‘lgach, uning firoqidan yig‘layverganlaridan ko‘zlari ko‘r bo‘ldi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:24:35

Rivoyat qilishlaricha, bu paytda harir kiyimlar kiygan holda taxt ustida o‘tirgandi. O’ng tomonlarida ming g‘ulombacha oltindan kamar bog‘lagan holda, chap tomonlarida ming g‘ulombacha kumushdan kamar bog‘lagan holda turardilar. Saroylarning eshigida esa yuz kishi qora kiyimda qo‘llariga oltin aso tutganicha, yana yuxz kishi esa kumush aso tutganicha turardi.
 - Hammangizlar bir otadan bo‘lasizlarmi? - so‘radi Yusuf alayhissalom.
 - Shunday, - deyishdi aka-ukalari.
 - Yana boshqa aka-ukalaringiz bormi?
 - O’n bir birodarmiz, birimiz uyda qolib, otamiz hizmatini qilyapti.
 - Qanday ajoyib hushro‘y, hushsu’rat va hushqad yigitlar ekan-a?! - dedi Yusuf alayhissalom huzurida turgan beklariga qarab.
 - ?oyib bo‘lgan ukamiz bizlardan ko‘ra hushmu’rat edi, - deyishdi.
 - Qay yo‘sinda g‘oyib bo‘lgan u?
 - Bo‘ri yedi, - dedi biri.
 - O’g‘ri o‘ldirdi, - dedi ikkinchisi.
 - Biyobondan ko‘ylagini qonga belgangan holda topdik, - dedi uchinchisi.
 - Bular josusdirlar. Negaki, so‘zlari bir-biriga muvofiq kelmayotir, - dedi Yusuf alayhissalom ularning so‘zlarini ayri chiqqaninik o‘rib.
 - Bizlar payg‘abarzodalarmiz, bizlardan o‘g‘rilik sodir bo‘lmas, haqaqtan ham yo‘qolgan inimizning o‘lik-tirigini bilmasmiz, - deyishdi.
 - Menda bir jom bor. har nimaniki so‘rasam javob qilur, - dedi Yusuf alayhissalom va o‘sha jomni qo‘liga olib qoqdilar, bir voz chiqdi. Bu jom ingizni tirik deydir.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:24:42

Yusuf alayhissalom ularni uch kun bir uyda saqladilar, so‘ng amr qildi:
 - Bularning har biriga yuir tuyadan bug‘doy bering, keltirgan yog‘lari, qurutlari va yunglarini ham bildirmasdan qoplariga solib qo‘ying. Shunday qilingki, ular qoplarini ochmasinlar.
 So‘ngra birodarlariga yuzlanib so‘radi:
 - Otangizga va ukangizga bir tuyadan bug‘ldoy bersam, olib ketasizlarkim? - Ular ko‘vngachs, ikkita tuyada bug‘doy berdi va yana ta’kidladi. Yegulieklaringiz tugasa, yana kelinglar. Faqat bir shartim bor: uyda qolgan birodaringizni ham olib kelasiz. Bo‘lmasa bug‘oy bermayman.
 - Bu podshoh Yusufga o‘xshar ekan, - dedi Yahudo o‘z tillarida.
 - Qayoqdagi gaplarni aytasan-a? Bu mamlakat, bu podshohlik qaerda-yu, Yusuf qaerda? - deyishdi boshqalari. - U shuncha qo‘shinni qayoqdan olsin?! Agar tirik bo‘lganida daragi chiqqan bo‘lardi, otasini so‘rardi, bungun esa bizga yaxshilik qilmagan bo‘lardi, o‘ch olardi!
 -Ibn Yaminni keltiring, deganidan bildimki, bu yusuf! - dedi Yahudo.
 - Bu gapni qo‘ygil, - deyishdi va tashqariga chiqishdi. Yusuf alayhissalom ularning so‘zlarini eshitib, parda ichida tabassum qilar edi.
 Xullas, birodarlar yuklarini olib, kan’onga qaytdilar. Otalariga salom keltirdilar. Ya’qub alayhissalom hursand bo‘lib, farzandlaridan holu ahvol so‘radilar.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:25:16

- Misr podshohi bizlarga ko‘p yaxshiliklar qildi: hammamizga bir tuyadan bug‘doy berdi, senga va Ibn Yaminga ham bir tuyadan bug‘doy tuhfa qildi, yana bizlar olib borgan narsalarni o‘zimizga ibldirmasdan qoplarimizga solib qo‘yibdi. U Yana aytdiki: "Uydagi ukangizni olib kelsangiz, Yana g‘alla beraman. Agar olib kelmasangiz oshlik bermasman", dedi (Oyat) "Bizlar uni albatta, muhofaza qilarmiz", - deyishdi o‘g‘lonalr.
 - Yusufni oldib borib yo‘qotib keldinglar. Endi buni ham yo‘qotib kelmoqchimisizlar? - Sizlarga boshqa ishona olmayman, - dedi Ya’qub alayhissalom.
 - Ey ota, bizlardan bir xatolik o‘tib, beparvo qoldik. Endi buni yaxshi saqlaymiz. Hudo hoxlasa, salomat keltiramiz, - deyishdi.
 - Ibn Ya’minga yomonlik qilmaymiz, deb Ollosh taologa ahd qilib, bir xat beringlar, - dedi otalari. - (Oyat) "Men uni sizlar Bilan hargiz yubormasman, to sizlar Olloshh talolo tarafidan bir ahdi-paymon keltirmaguningizcha".
 Hammalari ahd qilib, xat berdilar. Ya’qub alayhissalom o‘ziga berilgan ulushning yarmini Kan’on xalqiga ulashdi. Inb Yaminni olib, Misrga boradigan bo‘ldilar. Katta karvon yig‘ildi.
 - Ey ota, bizlarga nasihat qilsangiz, shunga qarab ish tutsak, - deyishdi o‘g‘lonlari.
 - Avvalgi so‘zim shuki, qoplaringizdan chiqqan narsalarni qaytarib olibborasizlar. Negaki, ular bizlarga haromdir. Yo yodlaridan chiqqan, yo sizlarni sinomaoqchi bo‘lgan. Ikkichisi shuki, Misrga borganlda hammangiz bir darvozadan emas boshqa-boshqa darvozalardan kiring, toki xalqning ko‘zi tegmasin.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:26:02

Hadis. Payg‘ambar alayhissalom deydilar: "Yomon ko‘z erni go‘rga kirgizar, tuyani qozonga".
 Hikoyatda kelishicha, arablarning bir qabilasi bor edi, ko‘z ovchiligi bilan mashg‘ul bo‘lgaendi. Ular qachon go‘sht yegilarik yelib qolsa, xotinlariag qozon ostirib, o‘zlari ko‘chaga chiqab o‘tirar ekanlar.
 Yo‘ldan o‘tayotganlarga qarab: "qanday chiroyli oting, yo sigiring, yo tuyang bor-a!" deyisharkan. Shunda o‘sha hayvonlar o‘lar va go‘shlarini sotgani olib kelishar ekan.
 Hikoyat. Quraysh kofirlari Muhammad alayhissalomga zarar yetkazishga qasd qilib, o‘sha qabiladan bir kishiga "Muhammadga ko‘z tekkiz, u halok bo‘lsin!" - deyishadi. U badbaxt payg‘ambar alayhissalomga ko‘z tekkizishga ahd qilib, yo‘lga tushganda, Jabroil alayhissalom mana bu oyatni keltirdi: "Albatta, kofirlar Qur’oni karimni eshitganlarida seni yomon ko‘zlar Bilan toydirishlariga oz qoldi. Va ular "albatta bu majnun bo‘lsa kerak", deyishdi. Vaholanki, bu Qur’oni karim butun olam uchun faqat bir nasihatdir". O’sha kimsa keldib, payg‘ambar alayhissalomga ko‘z solunga qadar Rasul alayhissalom bu oyatni o‘qib, uning o‘ziga dam soldi. Shu zahoti u badbaht kimsaining ikki ko‘zi oqib ketdi.
 Yana bir hikoyatda kelishicha, bir kampir payg‘ambar alayhissalomning oldilariga kelib shunday dedi:
 - Yo rasululloh, ahvolimiz yaxshilanarmikan deb biz sahroda mol-qo‘y boqarmizu, lekin holimiz yaxshi bo‘lmayapdi.
 - Mol-qo‘yni soting, odamlar orasiga kirib, ekin eking, ekinzorlaringizga qo‘riqchilar o‘rnating, - dedilar payg‘qambar alayhissalom. Shunday qilingan edilar, ahvollari yaxshilandi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:26:17

Savol: Ekinzorga qo‘riqchi o‘rnatishdan nima foyda bor?

Javob: Foydasi shuki, agar yomon ko‘zli biror kimsa nazar tashlasa, ekinlar quriydi, qo‘riqchi o‘rnatilgan bo‘lsa, ko‘z nazari ekinga emas, qo‘riqchiga tushadi. Negaki, ekindan azizroq turar. Shu bois oldin unga tegar, ekinga keyin tegar, ammo zarar qilmas.

Savol: Oldin nazar tushganiga zarar qilib, keyingisiga ziyon yetmasligining hikmati nimada?

Javob: Ko‘zning zarari oldingi boqishd bo‘lar. Qaysi narsa azazroq bo‘lsa, o‘shanga tegib, keyingisiga ziyon yetmas.

Savol: Ko‘z tegishida nima hikmat bor?

Javob: Hikmat shuki, Olloh taolo mo‘minlarini suydi hamda o‘zini va mo‘minlarini "Seving!" dedi (Oyat) "Olloh ularni yaxshi ko‘radi va ular Ollohni yaxshi ko‘radilar". qachonki, mo‘min odam biror narsaga suyuk ko‘zi bilan qarasa, Olloh taoloning rashki kelar. "Mendan boshqaga suyuk ko‘zi Bilan qaramasin", deya o‘sha narsani halok qilar. Rasul alayhissalom debdilarki: "men rashkchiman, sa’d ham rashkchi, ammo Olloh har ikkialamizdan ham arshkchiroqdir".

Qayd etilgan