Nosiruddin Rabg'uziy. Qisasul anbiyo  ( 152906 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 B


shoir  23 Iyul 2008, 16:26:27

Savol: qo‘riqchining ko‘z zararini qaytarishda qanday qudrati bor?

Javob: qo‘riqchining hech qanday qudrati yo‘q, misoli butlarning odamlarni yo‘ldan ozdirishda qadrati bo‘lmagani, lekin bunga sababchi bo‘lgani kabidir.

Ya’qub alayhissalomning o‘g‘illari Misrga kelganlarida otalari buyurganidek, har qaysilari boshqa-boshqa darvozadan kirdilar. Yahudo Bilan Ibn Yamin bir darvozadan kirib, barchlg‘alaridan oldinroq Yusuf alayhissalom saroylari eshigiga kelib turdilar. Boshqalari ham yetib kelib, salom va duoni ado qilgach, saroyga kirdilar. Otalari berib yuborgan Ibrohim alayhissalomdan qolgan meros sallani Yusuf alayhissalomning oldiga qo‘yishdi.
 - Otamiz "Bu sala menga Ibrohim alayhissalomdan meros qolgan edi. Uni senga yuboryapman", dedilar - deyishdi. Yusuf alayhissalom bundan behad sevinib ketdi, negaki bu salla kimga tegsa, u payg‘ambar bo‘lar edi.
 - Bu narsalar yuklarimiz ichidan chiqdi, yanglishib qo‘yilgandir, deya qaytarib olib keldik, - deyishdi yuklari ichidan chiqqan narsalarni Yusuf alayhissalomning oldiga qo‘yar ekanlar.
 - Olib kelib yaxshi qilibsizlar, ammo bu narsalarga muhtoj emasmiz. Sizlarga berdik, olib yo‘l harji qilinglar, - dedi Yusuf alayhissalom va bu narsalarni otasi qaytarib yuborganini fahmladi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:26:35

- Bu ish bizlarga davlat va saodat bo‘lar, - deyishdi hammalari o‘rinlaridan turib ta’zimu tavoze qilganlaricha.
 Ibn Yaminni chodirga kiritib, taxt ustiga o‘tkizdirdilar va oldiga bir tovoqda osh qo‘ydilar. Yusuf alayhissalom niqobini ko‘tarib, yuzlarini ukasiga ko‘rsatdi. Ibn Yamin oh urib, behush bo‘lib yiqildi. Gulob sepib, o‘ziga keltirdilar.
 - Nima darding bor, tutqanoqmisan? - so‘radi Yusuf alayhissalom.
 - Payg‘ambarzodadirman. Menda tutqanoq kasali bo‘lmas. Yuzingizni ko‘rgandim, g‘oyib bo‘lgan akamning yuiza o‘xsharkan, shuning uchun hushimdan ketdim, - dedi Ibn Yamin.
 - Qayg‘urmagil, o‘sha g‘oyib bo‘lgan akang menman, - dedi Yusuf alayhissalom va shundan keyin Ibn Yamin yana hushidank yetdi. Yana gulob sepib, o‘vziga keltirdilar.
 - Otamning ahvoli qalay, shundan gapir, - dedi Yusuf alayhissalom.
 - Sening g‘amingda "Bayt ul-ahzon"ga kirib yig‘lay-yig‘lay ikki ko‘zlari ko‘r bo‘ldi, - dedi Ibn Yamin. Bundan Yusuf alayhissalom ko‘p yig‘ladi.
 - Ey uka, sen oshingni yegin, men sarguzashtlarimni aytayin, - dedi Yusuf alayhissalom. Avval meni quduqqa soldilar. Quduqdan chiqib, qul deb sotdilar. Keyin zindonga tushim va ko‘p yillar u yerda yotdim. Olloh taolo fazli Bilan zindondan chiqib, bu mulku davlatga ega bo‘ldim. Bu so‘zlarni sen ulraga aytmagin. Olloh taolodan ruhsat yo‘q.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:26:43

- Men sizdan ayrilib qandoq toqat qilurman, - dedi Ibn Yamin.
 - Men seni bir bahona bilan olib qolurman.
 Ketar vaqti bo‘lganda Yusuf alayhissalom omborchiga buyurdi:
 - kan’oniylarning har biriga bir tuyadan bug‘doy bergil, Ibn Yaminning qopiga paymona (qadah)ni hech kimga bildirmasdan solib qo‘ygin.
 Deydilarki, bu idish kumushdan edi. U Qur’onda "siqoya" deyilgan. Siqoya arab tilida suv idishi deganidir. Yana bir joyida "savog‘" deyilgan. Savog‘ arabchada tarozi degani bo‘ladi. U tarozi to‘rt oyog‘i bor edi, ularning har biri turli-turli gavharlardan yasalgandi. Ichida uch yuz oltmishda mehroq qilingandi. Har bir mehrobda bir shariat sohibining surati aks ettirilgandi.
 Hammalri Yusuf alayhissalomni duo qilib, yo‘lga tushdilar. Yo‘lda kelayotib Ayn ush-Shams degan yerda to‘xtadilar. Endi ovqatlanib bo‘lganlarida Yusuf alayhissalom to‘rt ming yigiti bilan yetib keldi.
 - Ey karvon ahli, biz sizlar yemish olgani kelgan savdogarlar, deb o‘ylagan edi, ammo sizlar beshak o‘g‘ri ekansizlar, - deya jar chaqirtirdi.
 - Foyda. Deydilarki, o‘g‘rilar to‘rt turli bo‘ladi: mol o‘g‘risi, namoz o‘g‘risi, so‘z o‘g‘risi, tarozi o‘g‘risi. Mol o‘g‘risining qo‘linik yesarlar, so‘z o‘g‘risini o‘tda kuydirarlar, namoz o‘g‘risining yuzidan unr olingay,, tarozi o‘g‘risini esa olib qolib, mukofotlar berishgay.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:26:55

Yana deydilarki, dunyoda o‘g‘ri degan ortiqroq yovuz nom yo‘q. O’g‘riga beriladigan jazodan ortiqroq jazo yo‘q. Uning jazosi sog‘ qo‘lini kesish azobidir. Negaki, o‘sha kesilgan sog‘ qo‘l Bilan o‘g‘rilik qilarlar, o‘sha qo‘l bilan taom yerlar, u bilan tahorat qilarlar, yaxshilikni ham o‘sha qo‘l bilan qilarlar. Manna shunday ishlarga qodir bo‘lgan qo‘lning kesilishidan ortiqroq jazo, undan-da ortiqroq azob bormi?! Shunday aziz inson a’zosi bir yoki yarim oltin uchun kesilur!
 Ya’qub alayhissalom o‘g‘lonlari o‘g‘rilik so‘zini eshitib, qo‘rqib ketdilar, ranglari og‘arib, oyoqlaridan mador ketdi.
 - Nima yo‘qotdingiz? Kimni o‘g‘ri qilmoqchisiz? - tashvishlanishdi ular.
 - Podshohning tarozisini yo‘qtdik. Kim topib bersa, bir tuyada bug‘oy mukofoti berilur, - javob qildi jarchi.
 
Savol: Suyunchiga boshqa narsa tayin etmay, bug‘doy beramiz, deyishlikda nima hikmat bor?

Javob: Qahatchilik va ocharchilik paytida hech nima bug‘doydan ortiq bo‘lmaydi. Bu bois (Oyat) "Kimki uni topib bersa, unga bir tuya oshliq berilgay va men bi va’daning ustidan chiqishga kafildirman", deya jar chaqirtirildi.
 Aysh-Shams muzofotining eru ayol ahli tomoshaga chiqdilar. Shu paytda to‘rt ming askari bilan Yusuf alayhissalom ham yetib keldi.
 - Tarozini topa olmadik, - deyishdi jarchilar.
 - Ey yigitlar, bizlar sizlarni g‘allaga kelgan savdogarlar, desak o‘g‘ri ekansizlar, - dedi Yusuf alayhissalom birodarlariga.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:27:03

- Biz bu elga yomon niyatda kelmaganmiz, biz payg‘ambarzodamiz, o‘g‘ri emasmiz, - deyishdi birodarlar. - Yuklarimiz ichidan chiqqan narsalarni Kan’ondan Misrga qaytib olib kelgan bizlar qandayin ham tarozi o‘g‘risi bo‘laylik. Hattoki Kan’ondan chiqqach, begona mulkda ungan o‘tlarni yeb qo‘ymasin, kofirlar daraxtidan barg tishlab uzmasin, deya tuyalaimiz og‘izlarini bog‘lagan odamlarmiz. Misrdan chiqqandan keyin ham shunday qildik. O’zlarini bunday ehtiyotlagan odamlar bug‘doy tuhfa qilgan, taomlar Bilan siylagan podshohning saroyidan tarozi o‘g‘irlashi mumkinmi?
 - Ahtarsak, mabodo sizlardan chiqsa nima bo‘lar? - so‘radi Yusuf alayhissalom. - Topsak, o‘g‘rining qo‘lini kesarmiz, zindonga tashlarmiz.
 - Ahtaring, agar bizlarning oramizdan kimning yuki ichidan chiqsa, o‘sha odam mol egasiga qo‘l bo‘lsin, bizning shariatimizda shunday, deyishdi birodarlar. - Ihtiyor sizda, Xohlang bizning yo‘limizda hukm qiling, xohlang o‘z yo‘lingizda.
 - Yuklaringizni ochinglar! - dedi Yusuf alayhissalom.
 Avval hamrohlarining yuklarini ochib ko‘rdilar. "Ishqilib, o‘shalar yukidan chiqsin-da, biz payg‘ambar o‘g‘lonlarining yuzi yorug‘ bo‘lardi", deya sevindilar. Ammo, navbat o‘n oqa-inining yuklariga keldi. Axtardilar, ulardan ham chiqmadi. Yusuf alayhissalom uzr aytib, qaytmoqchi bo‘lgandi, Rubil uni qaytardi:
 - Manavi bittamizning yukimizni qaramadingiz, uni ham ko‘ring.
 Ibn Yaminning yukini ochib ko‘rgandilar, tarozi uning chidan chiqdi. Hammalari qayg‘uga botib, boshlarini egdilar.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:27:23

- Ey Rohilning o‘g‘li, onaning ikki o‘g‘il tug‘g‘andi, ikkovingiz ham o‘g‘ri chiqdingizlar. Biringizda qutilgan Edik, endi sen qoluvmiding. Buning onasi ham yomon6 edi o‘zi! - deyishdi birodarlari malomat toshlari yog‘dirib.
 - Ey birodarlarmi, men o‘g‘ri emasman, Hudo haqqi men o‘g‘irlamadim, - deya nola qila boshladi Ibn Yamin.
 - Zoru nola qilguncha, ko‘nglingni tiysang nima qilardi! - deyishdi uni yana tanbehga ko‘mishib.

Savol: Ibn Yamin tarozini o‘g‘irlamagan edi. Yusuf alayhissalomning (Oyat) "Sizlar, albatta, o‘g‘ridirsizlar", deyishligi nima uchun ravo bo‘ldi.

Javob: Olloh taoloning "Qarindoshingni shu asnoda olib qolgin!" degan farmoniga binoan edi. Bu bahona birodarlarga mushkl holatda qo‘l kelib, "bir tug‘ishgan akasi ham oldin o‘g‘irlik qilgan edi", deya qutilib qolmoqchi bo‘ldilar.

Savol: Yusuf alayhissalomni o‘g‘irlik qilgan deyishlariga, o‘g‘irlikka qo‘l urmagan holda malomatga nishon bo‘lishlariga nima sabab edi?

 Javob: Onalari rohil ukasi Yaminni tug‘ish payti vafot etgandi. Ibn Yaminni enagaga topshirdilar. Kichikna Yusufni esa holalari tarbiyasiga berishdi. Ya’qub alayhissalomning ikohida bo‘lgan bu xolasi uni behad sevardi. Besh yoshga kirganda otalari olib ketgani kelganda, xolasi Yusufning ko‘ylaklari chiga Ishoq alayhissalomdan qolgan kamarbandni bog‘lab qo‘ydi. So‘ngra "Kamarim yo‘qolib qoldi", degan bahona bilan orqalaridan borib, uni yusufning belidan topib olganday bo‘ldi. "Bu bola endi meniki bo‘ldi", degan talabi oldida Ya’qub alayhissalom noiloj bo‘lib qoldiyu Xolasi yusufni o‘zi bilan birga olib ketdi. Og‘alarining o‘g‘ri bdeyishlari shu sababdan edi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:28:10

Xullas, Yusuf alayhissalom darg‘azabnamo bo‘lib, mil bilan jamni qoqdilar. So‘ng so‘radi:
 - Jom nima deydi?
 - Bilmasmiz, - dedilar.
 - Jom ayturki, birodarlari Yusufni makr-hiyla bilan otalaridan so‘rab olib, turfa azoblar bilan quduqqa soldilar, so‘n "qulimizning uch aybi bor", deya uch shart bilan sotdilar. "Bo‘ri yedi" deganlari yolg‘ondir, - dedi Bilmasmiz, - dedilar. Birodarlar hayron qoldilar.
 - Jom nima deydi? - yana jomni qoqib so‘radi Bilmasmiz, - dedilar.
 - Bilmasmiz, - dedilar.
 - Jom ayturki, yo‘qolgan birodarlari tirikdur, ammo hozir uzoqqda, yaqin fursatda topishadilar. Birodarlari podshohga rost gapni aytdilar, keyin otalari Bilan ham topishadilar, so‘ngra Olloh taolo ularning gunohlarini kechirgay, - dedi Bilmasmiz, - dedilar.
 - Jom nima deydi? - so‘radi Bilmasmiz, - dedilar jomni yana qoqib.
 - Bilmasmiz, - deyishdi ular.
 - Jom ayturki, Yusufni quduqqa solib, qo‘yni so‘yib, uning qoniga ko‘ylagini botirib, otalariga olib bordilar, yolg‘on so‘zladilpar. Undan keyin o‘n sakkiz chaqa pulga sotib, hudiy tilida xat yozib, muhr bosib sotib olgan kishiga berganlar. Shu so‘zi rostmi? - so‘radi Bilmasmiz, - dedilar.
 - Bo‘ri yegani rostdir. Sotdi deganlari yoldg‘on, - deyishdi ular tonib.
 - Jom ayturki, - dedi bilmasmiz, - dedilar jomni yana bir bor qoqib, - Bularning orasida bir yigit bor: g‘azabi kelsa, badanlaridagi mo‘ylari kiyimlarini teshib chiqar ekan. U qaysi biringizdir?

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:28:18

- Mendirman, - dedi Yahudo o‘rnidan turib.
 - Shunchalik bahodir bo‘la turib, Yusufni bo‘riga yedirib qo‘yishlikdan sharm qilmadingmi? - so‘radi Yusuf alayhissalom.
 Yahudo hijolatdan qizarib ketdi. Yusuf alayhissalom yana domni qoqib so‘radilar:
 - Jom ayturki, bularning orasida bir yigit bor: g‘azabi kelganida toshni changaliga olib siqsa, un kabi maydalanib ketar emish. U kimdir?
 - Mendirman, - dedi Rubil turarkan.
 - Shunchalik quvvating bor ekan, ukang Yusufni nima uchun bo‘riga yedirding? -s o‘radi Yusuf alayhissalom.
 - Jom nima deydi? - yana so‘radi jomni qoqarkan.
 - Bilmasmiz, - dedilar.
- nima deydir? - so‘radi yana jomni qoqib.
 - Bilmasmiz, - deyishdi.
 - Ayturki, bularning orasida bir yigit bor: agar sherga yuzma-yuz kelsa, ushlab og‘zini yirtib tashlar emish. U kimdir?
 - Men, - dedi Kozuro o‘rnidan utrib.
 - Sherga kuching yetgan, bo‘riga yetmasmidi?
 - Nima deydir? - o‘radi yana jomni qoqib.
 - Bilmasmiz, - dedilar.
 - Ayturki, - dedi Yusuf alayhissalom, - Melik Za’rga berilgan xat podshohning hazinasida, deydir.
 Buyurdilar. Borib hazinadan o‘sha xatni olib keldilar. Yusuf alayhissalom ul xatni birodarlariga ko‘rsatdi.
 - Bunday xatdan bizning habarimiz yo‘q, - deyishdi ular xatni ko‘rgach.
 - Bu xat yolg‘onmi? - so‘radi Yusuf alayhissalom IMbn Yamindan.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:28:25

- Bu birodarlarining xatidir. Jom rost aytadir, - dedi u. - Ey podshohi olam, bu jom Yusufni tirik, tez fursatda otasi bilan topishadi, dedi. Otamizga bir noma yuborsak, behad ho‘rsand bo‘lar edilar.
 - Otamizning shu vaqtgacha tortgan mehnatu mashaqqatlari ozmidi? - deyishdi birodarlari. - Uning ustiga xat yuborib, dardu firoqlarini yana ziyoda qilmoqchimisan, yangidan o‘tga solay dermisan? Hudo hohlasa, sendan ham qutilgaymiz. Sen podshohning tarozisini o‘g‘irlab, bizlarni ham hijolatga qo‘yding!
 Latifa: Qiyomat qoyib bo‘lganda Olloh taolo hamma bandalaridan hisob oladi. Bandalar gunoh ishlarni inokr qilarkanlar. Shunda ularning nomai a’molini (ya’ni qilgan amallarining kitobini) keltirarkanlar. Oyu kun, kechayu kunduz, jamiki yulduzlar guvohlik berarkanlar. Shunda farishtalar: "Endi nrima deysan?" deyishganda ul bandalar: "Bularning hammasi odam farzandiga dushmandirlar. Guvohliklariga ishonib bo‘lmaydi", derkanlar. Shundan keyin osmonu yer guvohlik berarkan, ammo u ham qabul qilinmaydi. Anna shunda u bandaning jamiki tana a’zolari alohida-alohida guvohlik berarkan. Bu guvohlikdan so‘ng u do‘zahga haydalarkan.
 Alqissa, birodarlarning oqatlari toq bo‘lib, iltijo qildilar:
 - Ey podshoh, bizga ortiq ozor bermang. Mol olsangiz mayli, oling, ammo ukamizni olib qolmang. Agar zarur bo‘lsa, bizlardan xohlaganingizni olib qoling. Uning qari otasi bor, unga rahm qiling, - deyishdi ular.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:28:40

Otangizning haqqi-hurmatini saqlamaganimda sizlarga, albatta, jazo bergan bo‘lardim. Nima qilayki, payg‘ambarzodasizlar, - dedi Yusuf alayhissalom.

Savol: Nega otalarining payg‘ambarliklarini emas, qariliklarini shafe’ keltirdilar? Buning hikmati nimada edi?

Javob: Ular misr mamlakatini qaysi dinda ekanligini bilmasdilar. Payg‘ambarlikni musulmonlargina hurmatlar, kofirlar esa ahamiyat qilmasdilar. Shu sababdan payg‘ambar emas, qarilikni vaj qildilar.

Birodarlar ko‘p zoru tarozzu qilib, otalarini shafe keltirib, tavallo qildilar, bo‘lmadi. Yusuf alayhissalom Ibn Yaminni zindonga buyurdi. Maqsadi - uni shu bahona bilan olib qolmoqlik edi.

 - Tarozim kimdan chiqqan bo‘lsa, o‘shani olib qolaman. Boshqa birovni olib qolar bo‘lsam, unga zulm qilgan bo‘laman, bundan Ollohning o‘zi saqlasin! - dedi Yusuf alayhissalom.

 Iltimoslari ijobat bo‘lmagach, birodarlar nochor va noumid bo‘ldilar. Shundan keiyn ular kengashdilar.

Qayd etilgan