Nosiruddin Rabg'uziy. Qisasul anbiyo  ( 152988 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 22 23 24 25 26 27 28 29 30 B


shoir  23 Iyul 2008, 16:28:53

- Ey birodarlar, - dedi Yahudo. - Uyatli ish bo‘ldi, endi otamiz yoniga qaysi yuz bilan boramiz. Birodarimizni qanday bo‘lmasin ajratib olishimiz kerak. Sizlar podshohning qo‘shiniga bas kelsangiz, men podshoh bilan olishayin. Agar sizlar podshohga bas kelsangiz, me uning qo‘shini Bilan bellashayin. Men borib, zindon yoqasiga o‘tirayin. Ibn Yaminni olib kelishganida bir na’ra tortay. Shunda sizlar to‘planib kelib, shamshir tortasiz, Misr xalqi o‘liklardan tepa yasaylik.

 Yusuf alayhissalom bularning kengashlarini bildi va Ibrohim alayhissalomning sallalarini boshiga bog‘ladi. Birodarlar har tomonga borib turdilar. Yahudo zindon boshida turdi. Agar uning g‘azabi kelsa, ko‘zi qonga to‘lib, badanidagi tuklari kiyimlaridan teshib chiqardi. Buni yaxshi bilan Yusuf kichik o‘g‘li ga tayinladi:

 - Agar Yahudo na’ra tortsa, odamlar behush bo‘lib yiqiladi, homilador ayollarni bolalari tushib qoladi. Sen borib orqasidan silagin, gapirsa, aslo so‘z qotmagin.

 - Mendan uzoqroq turing, bularga bir ko‘rsatib qo‘yayin, - dedi Yahudo xozlanib. Shunda Yusuf alayhissalom o‘g‘liga ishorat qilgandi, u borib Yahudoning orqasini siypadi. Yahudo na’ra tortayin, deb qasd qilgandi, g‘azabi pasayib, ovozi chiqmay qoldi. Bir payt hammalari yig‘ilib kelib, Yahudoga qarab taajublandilar.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:29:00

- Nima uchun na’ra tortmading? - so‘rashdi undan.
 - Bu yerda Ya’qub alayhissalom urug‘idan kimdir bor ekan. Bir o‘g‘il bola kelib, orqamni silagan edi, g‘azabim pasayib qoldi. Na’ra torta olmadim, - birodarlarining hangu-mang bo‘lganlarinik o‘rib so‘zida davom etdi Yahudo. - Bo‘lgan voqealarni borib otamga aytipngalr, Ibn Yaminni zindonga tushganini ham aytinglar. Toki, otam ijozat bermas ekan, bu yerdan aslo qimirlamasman.
 - Ey uarvon ahli, hamma kuch-qudrat bizdagina bor, boqalarda yo‘q deb o‘ylaysizmi? Tarozini o‘g‘irlaganda, uni so‘raganlar Bilan jang qiling. Bu qanday ish bo‘ldi?! - dedi Yusuf alayhissalom va Ibn Yaminni olib qaytib ketdi. Ular Aysh-Shams muzofotida qolib ketdilar.
 - Ey birodarlar, otamiz bizdan xat olgan, biz esa Ibn Yaminni salomat topshirishlikka ahd qilganmiz. Bundan oldin Yusuf tufayli yo‘lsiz qolgandik, endi Ibn Yaminni bu yerda qoldirib Ka’ononga borolmayman. Otam yuziga qanday boqaman. Yo otambdan ijozat bo‘lmaguncha, yo Olloh taolodan biror hukm bo‘lmaguncha shu yerda qolaman, yo birodarimni olib ketaman. Shu uch ishdan biri bo‘lmaguncha bir qadam ham jilmasman, - dedi Yahudo qaiyyat bilan.
 Yusuf alayhissalom Ibn Yaminni olib ketgach, hayronlikda qoldilar. Yuklarini o‘sha yerda omonatda qoldirib, yig‘langanlaricha Misrga qaytdilar. Misrga kelatyotganlarida kengashdilarki, "Har birimizning qanday kuch-qudratimiz bor, urushib ukamizni olamiz", deyishdi. Ular yog‘ochlar kesdilar, sobqonlar uchun toshlab yig‘dilar. Har birimiz ish-hunar ko‘rsataylik, deb maslahatlashdilar.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:29:07

Yusuf alayhissalom ulardan habardaor bo‘lib turishlik uchun soqchilar qo‘ygan edi. Soqchilar "Ular Yusuf bilan urushamiz deyishayotganlarining habarini berdi. Yusuf alayhissalom qirq ming yarog‘lik askar yig‘dirdi. Bu ishdan habar topgan Rayyon podshoh "Men ham otlanayin", degandi Yusuf alayhissalom mening o‘zim kifoya qilaman", deb unamadi.
 Ertasi kuni har biri bir darvozdan kirib kelishdi. Yahudo qattiq na’ra tortgan edi, Misr xalqining barchasi behush bo‘ldilar, homilador ayollrning homilasi tushdi. Sha’mun Yana bir darvozadan kirgan edi, uni ko‘rgan odamlar qo‘rqib qochdilar. U bir toshni ko‘tarib Yusuf alayhissalom saroyiga otgandi, yemirilib ketdi. Ularga hech qanday kuch qarshi turolmasligini bilan Yusuf alayhissalom Ibrohim alayhissalom sallalarini olib chiqib ro‘baro‘ tutdilar. Shunda ularning ovozi chiqmay qoldi. Ularning barchasini ushlab tutdilar. Yahudoning na’rasidan qo‘rqib yotoqxonasiga berkinib olgan Rayyon podshoh ham ularning tutilganini eshitib, yashiringan joyidan chiqib keldi. Misr eli yig‘ladi.
 - Dunyoda bizdan zo‘ri yo‘q Deya maqtanur edingiz. Manna sizdan boshqa mardlar ham bor ekanligini ko‘rdingizmi? - dedi Yusuf alayhissalom birodarlariga qarata. - O’tgan gunohlaringizni kechirdim, ozod bo‘ldingizlar, endi bu yerda bosh olib chiqib ketasizlar.
 - Men bormayman, sizlar otamizga borib, o‘g‘ling o‘g‘rilik qildi, deb aytinglar, - dedi Yahudo.
 To‘g‘g‘iz oqa-ini kan’onga keldilar. Ya’qub alayhissalomga bo‘lgan voqeani bayon qildilar.
 - Oldin birini olib borib yo‘qotgan edingiz. Endi esa Yana birini yo‘qotib kelib, o‘g‘rilik qildi, deya bahona qilarmisiz? Bu yolg‘ondir, - dedi Ya’qub alayhissalom ikki o‘g‘lini kam ko‘rgach.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:29:26

- Bizga ishonmasangiz, o‘sha muzofotda bo‘lgan karvon ahlidan so‘rang, - deyishdi o‘g‘illari.
 - Menga endi sabrdan boshqa chora qolmadi, - dedi Ya’qub alayhissalom, (Oyat) "Endi sabr qilmoq yaxshidir. Shoyad, Olloh ularni hammasini birgalikda menga qaytarsa. U haqiqatda ilm-hikmatlik zotdir".
 Behad ko‘p yig‘ladi. So‘ng dovot, qalam olib xat bitdi: Misr xalqiga, podshohiga!
 Bu xat Ibrohim halilulloh nabirasi, Ishoq zabuhulloh o‘g‘li Ya’qub isroilullohdan Fir’avn avlodi - Misr podishohiga tegsun.
 Bilingki, bizlar payg‘ambarlar avlodidanmiz. Otalamrimiz balo-musibatga mubtalo edilar: Ulug‘ otam Ibrohim alayhissalom Namrud oloviga otildi, otam Ishoq alayhissalom Olloh farmoni Bilan bo‘g‘izlandi, men esa ikki o‘g‘il qayg‘usiga mubtalo bo‘ldim. Birisini bo‘ri yedi dedilar, Yana birisini o‘g‘irlik qildi, deb sen olib qolbsan. Bizda o‘g‘irlik qiladigan odam bo‘lmaydi. Men bir zaif, qayg‘u-hasratlik, ko‘zi ojiz qariyaman. Yoshim ulg‘aydi, suyaklarim mo‘rtlashdi, soch-choqolim oqardi, beli qayg‘u-hasratda bukildi. Ko‘zimning nuri bo‘lgan o‘g‘limni bag‘rimga qaytargn. Senga ezgu duolar qilayin. Bu jahonda ezgulik ko‘rgil, u dunyoda azoblardan emin bo‘lgin. Bizning ko‘nglimizni og‘ritmagin, so‘zimizni zoe’ qilmagil, senga yaxshi bo‘lmaydi bu ish. Agar yubormaydigan bo‘lsang, ertaga sehr o‘qini sening ustigga yuborgayman. O’zing, mamlakating va elling kunfayakun bo‘lgaysizlar. Vassalom.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:30:02

Savol: Yusuf Firavn avlodidan emasdi. Nega bunday deb yozdi?

Javob: Misr podshohlarining hammasi namrud avlodidan edilar. Ular Firavn deb atalar edi. Bu podshohni ham o‘shalar avlodidan deb o‘ylagan.
Farzandlarimni yuborgin, bo‘lmasa, duo bilan mulku-davlatingni nobud qilman, debsiz. Mening javobim shuki, ota-bobolaringiz balolarga qanday sabr qilgan bo‘lsalar, siz ham shunday sabr qiling. Ular qanday najot topgan bo‘lsalar, siz ham shunday najot topgaysiz. Sabr qilmoq payg‘ambarlarga merosdir. Zinhor bizni duoibad qilmagaysiz. Shoyat Olloh taolo o‘g‘lingizni tez kunda siz Bilan g‘ovushtirsa. Vassalom".
 - Bu noma kofirlarning maktubi emas, - dedi Ya’qub alayhissalom Yusuf alayhissalomning xatini o‘qib chiqqach. - Bu noma payg‘ambarlar yoki siddiqlar maktubidir. Bu yusufning maktubi bo‘lib chiqqay.
 Aytishlaricha, o‘sha holatda Ya’qub alayhissalomni uyqu bosdi. Tushida Azroil alayhissalomni ko‘rdi. So‘radiki: "Ey o‘lim farishtasi, Yusufimni jonini oldingizmi?" Azroil alayhissalom: "Yusuf tirik, uning jonini olganim yo‘q. Olloh seng Yusufni qovushtirgay, sevingaysan", dedi. Bundan Ya’qub alayhissalom sevinib uyg‘ondi.
 - Vo darig‘, Yusufimning holi qanday ekan? - dedi uyqudan uyg‘onib.
 - Ey Ya’qub, nimaga yig‘laysan? Olloh taolo Yusufni senga qovushtirgayman, - degan farmonni keltirdi Jabroil alayhissalom.
 Ya’qub alayhissalom sevinganidan boshini sajdaga qo‘ydi. Olloh taologa shukur qildi. O’g‘li Yusuf uchun qirq yil, ba’zi manbalarda sakson yil yig‘ladi, oqibatda ko‘zlarik o‘rmas bo‘ldi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:30:10

Savol: Odam alayhissalom uch yuz yil yig‘ladilarki ko‘zlari oqarmadi. Ya’qub alayhissalom qirq yil yig‘ladi-yu ko‘zlari oqardi. Buning hikmati nimada?

Javob: Odam alayhissalomning guryalari Olloh taoloning qo‘rquvidan edi. Negaki, u ta’qiqni buzib, bug‘doyni yedi, gunohiga yig‘lagandi. Ammo Ya’qub alayhissalomning yig‘ilari esa o‘g‘li uchun edi. Hikoyatda kelurki, Dovud alayhissalom qirq yil yig‘ladilar. Atrofidagi qirq qari joyda masalar undiki, ularning orasida o‘zlari ham ko‘rinmay qoldilar. Bir kuni havodan bir qush uchib kelib, Dovud alayhis salomning ko‘z yoshlaridan ichdi. "Ajiyu xushta’m, shirin suv ekan", dedi. Buni eshitib "Menga qushlar ham ta’na qilarlar", deya yana ham ko‘proq yig‘ladilar. Shunda Ollohdan "Ey Dovud, nimaga yig‘larsan?" degan xitob keldi. Dovud alahissalom "Iloho, shunday holga tushdimki, menga hatto qushlar ham ta’na qilarlar".
 Xitob keldiki: "Ey Dovud, ul jonivor rost aytur. Gunohi uchun yoig‘laganlarning ko‘z yoshi shirin bo‘lar. Dunyoda gunohkorlarning ko‘z yoshidan totliroq hech narsa yaratmadim". Dovud alayhissalom bu so‘zlarni eshitib, Yana ham qattiqroq yig‘ladi. Hikoyatda kelishicha, Shayh Zunnuni Misriy bir kecha uyning tomiga chiqib ibodat qilar edi. Shuncha ko‘p yig‘ladiki, ko‘z yoshlari tarnovdan oqib tushdi. Tarnovdan oqayotgan ko‘z yoshlari tom tagidan o‘tib borayotgan bir kishining ustiga tushdi. U odam: "Tarnovdan oqayotgan bu suv tozami yoki iflosmi?" dedi. Buni eshitgan Zunnun: "Ey mo‘min, kiyimlaringni yuvib, poklagin. Oqayotgan suv bir gunohkor bandaning ko‘z yoshlaridir", dedi.
 Ya’qub alayhissalom yig‘lab turganlarida Jabroil alayhissalom odam qiyofasiga kirgan holda oldilariga keldi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:30:17

- Ey Ya’qub, ko‘zingni nima oqartirdi, belingni nima bukchaytirdi, yuzingni nima ochdi? - dedi jabroil alayhissalom.
 - Yusuf usun yig‘laganimdan ko‘zim oqardi, Ibn Yamin qayg‘usi belimni bukchaytirdi. Yahudo sog‘inchi yuzimni ochdi, - dedi Ya’qub alayhissalom.
 - Ey Ya’qub, seni Yusuf yaratganmi? - so‘radi Jabroil alayhissalom.
 - Yo‘q, - dedi Ya’qub alayhissalom.
 - Senga Ibn Yamin rizq berarmi?
 - Yo‘q.
 - Unda nima uchun tangridan shikoyat qilursan? - dedi va o‘sha lahzadayoq ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Ya’qub alayhissalom bildiki, bu kelgan odam Jabroil ekan.
 - (Oyat) "Agar bu qamchin Bilan meni oldinroq urganingda edi, men Yusufni eslab, umrimni zo’e qilmagan bo‘lardim", - dedi Ya’qub alayhissalom.
 Otalarining zorugiryalarini ko‘rgan o‘g‘il-qizlari: (Oyat) "Hudo haqqi sen doyib Yusufni eslaysan, o‘zingni juda ham ziyoda qiynaysanki, yo halok bo‘lguvchilardan bo‘lrasanmi?" deyishlardi. Bunda Ya’qub alayhissalomning qayg‘usi ortardi-da: (Oyat) "Haqiqat shuki, men o‘z betoqatligimni va hafaligimni Hudogagina arz qilmoqdaman", derdi. Qachon toat va ibodatdan forig‘ bo‘lsa shunday duo qilardi: "Ey hayr-ehsoni ko‘p zot, ey yaxshiligi doimiy bo‘lgan zot! To o‘zing bilan uchrashmagunimcha islomda mahkam qil!" Yana bu duoni ham aytar edi: "Ey boriHudoyo, gulu rayhonimni o‘zimga qaytarib Ber, keyin xohlaganingni qilgil!"

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:30:30

Rivoyat. Abdulloh ibn Abbos r.a. rivoyat qilarki, Ya’qub alayhissalom tangriga yolvordi, dilxushlik tilab, yuqoridagi duoni qayta-qayta aytavergani bois bir kuni Azroil alayhissalom odam qiyofasida oldiga keldi.
U zot dediki: "Mening izzat va jalolim haqqi Yusuf Bilan ibn Yamin agar o‘lgan bo‘lsalar ham tiriltirgan va yana senga qovushtirgan bo‘lardim. Ular ikkisi tirikdir. Qandayin ham qovushtirmayin".
 Buni eshitgan Ya’qub alayhissalom o‘g‘illariga dedi:
 - Misrga borib, Yusuf bilan Ibn Yaminni izlanglar.
 - Ey ota, bo‘ri yegan yusufni qanday topamiz, - deyishdi o‘g‘illari.
 - Olloh taoloning karamidan noumid bo‘lmanglar, - dedi Ya’qub alayhissalom. - Yusufni bo‘ri yemagan, Ibn Yamin o‘g‘rilik qilmagan.
 - Tirik ekanini bilar ekansan, qachon qovushtirishini bilmaysanmi?
 - Qovushtirishini bilaman, ammo qachonligini bilmasman, shuning uchun yig‘layman, - dedi otalari.
 Shunday qilib, Ya’qub alayhissalom o‘g‘lonlari yemish izlab, yana Misrga borar bo‘ldilar. Payg‘ambarzodalarning Misrga kirb kelganliklarini habari yetganda Yusuf alayhissalom o‘n ming oltin dubulg‘ali yigitlarni ularni qarshi olmoqqa yubordi, yana yuz ming dubulg‘ali yigitlarni o‘z qavatiga turg‘azdi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:30:38

Deydilarki, Yusuf alayhissalomning yetti qavatli saroyi bor edi. Ularning shiftlari oltin va kumushlar bilan bezatilgandi, yog‘ochlari aqaqdan edi. O’sha yetti qavat saroylarni turli-tuman narsalar Bilan bezatdi - ilk qavat saroyga ipak kiyimlar kiygan Misr ulug‘larini o‘tkazdi; ikkinchisini yashil bezaklar bilan ziynatlab, beklarni o‘tkazdi; uchinchisi qizil bezak bilan oroyish berib, bahodirlarni o‘tkazdi; to‘rtinchisini oq bezak bilan jilolab, oqsoqollarni o‘tkazdi; beshinchisini lolalar bilan bezatib, munajjimlarni o‘tkazdi; oltinchisini ifforlar bilan orolab, donishmandlarni o‘tkazdi; yettinchisini esa chechaklar bilan ko‘rkamlab, oltin taxt o‘rnatdi. Taxtning o‘ng tomonidan oltin dubulg‘ali ming yigit qo‘llarida oltin gurzi bilan, chop tomonida esa kumush dubulg‘ali ming yigit kumush yoy-o‘q bilan turardilar. Taxtning orqasida tanasi oltindan, shoxlari kumushdan, barglari injudan, mevalari yoqutdan yasalgan bir tup daraxt o‘rnatilgan.
 Birodarlari eshik oldiga kelganlarida bu hashamat va dabdabani ko‘rib yuraklari orqaga tortib ketdi, ular "podshohning bizga bunday dalillarini ko‘rstaishdan maqsadi o‘ch olish bo‘lsa kerak", degan o‘ydan qo‘rqa boshladilar. Saroyga kirgach, ularning har birini alohida taxtlarga o‘tirgizdi, Yusuf alayhissalom esa Ibn Yamin bilan bir taxtda o‘tirdi.
 Bu payg‘ambarzodalarning uchinchi bor kelishlari edi. Qahatchilik shu darajaga yetgandiki, bir eshak yuik bug‘doy to‘rt oltinga sotilardi. Bu safar pulsiz kelgandilar. Tovar, to‘rva, mushk xaltasi, arqon olib kelgandilar xolos. Ularni ortmoqlab, yolvorib yig‘lagan holda kirib kelgandilar.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:30:53

- Ey podshoh, bizga va farzandalrimizga qiyin bo‘ldi, ochlikdan toqatimiz sob bo‘ldi. Hazinaga arzirlik biror narsa keltirolmadik. Olib kelgan narsalarimiz bug‘doy bahosiga yetmaydi. Shunday bo‘lsa-da ularni olgin-da qo‘limizni qaytarmagil, - deya yolborishdi birodarlar. - Bizlarga rahm qilmasang, qari otamizga rahim qilgin.
 Yusuf Bilan Ibn Yamin ko‘zlaridan shashqator bo‘lganicha taxtdan tushib, o‘zlarini ichkariga olishdi va behad ko‘p yig‘lashdi.
 - Ey podshohim, to‘rt yilki hamma odamlar zori nolon qilarlar, ularning holiga yig‘lamasdan, bularning holiga yig‘laysiz? Nima bo‘ldi? - so‘rashdi atrofdagilar.
 - Jim bo‘ling! Bular mening qarindoshlarimdir. Qari otamga va birodarlarmiga og‘ir kunlar kelibdi, mashaqqatlarda mubtalo bo‘lishibdi. Bunga nechun yig‘lamayin, - dedi Yusuf alayhissalom.
 Aytadilarki, odam farzandlari uchun ming xil balo qila olmagan ishni bir soatlik ochlik qila olur. Yana bir soatlik to‘g‘lik qila olgan ishni shayton ham qila olmas. Yana ayturlarki, Olloh taolo insonlarning nafslarini yaratganida nido qildi: "Men kimmanu, sen kimsan?" Shunda nafs: "Sen sensan, men menman!" deb javob qildi. U buni to‘g‘ holatda aytgan edi. Shundan keyin Olloh taolo uni ochlik Bilan qiynadi, so‘ngra nafs: "hudoyo, Sen Ollohsan, men qulman!" dedi. Yana deydilarki, Olloh taolo amri Bilan jannatiylar jannatda turgan hollarida do‘zahiylarga ko‘rinar ekanlar, ularni do‘zahiylar ko‘rgach, hamma azoblarga chidar ekanlari ammo ochlik va tashnalik azobiga chidayolmasdan faryod qilar ekanlar. (Oyat) "Do‘zahiylar jannat ahliga nido qilib yolborar ekanlar: "Bizlarga suvdan yoki Olloh taoloning ne’matlaridan biroz tashlanganlar", deb. Shunda jannatiylar: "Bizlar ichib va yeb turgan taomlarni Olloh taolo sizlarga harom qilgandir" degaylar. Hamma azobalrdan ochlik azobi qattiq ekanligiga manna bu oyat ham dalildir: "Olloh u ikki ne’matni kofirlarga harom qilgandir".

Qayd etilgan