Nosiruddin Rabg'uziy. Qisasul anbiyo  ( 153387 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 23 24 25 26 27 28 29 30 B


shoir  23 Iyul 2008, 16:31:02

Homid nasafiydan rivoyat qilishicha, Yusuf alayhissalomning nonushtasiga qirq ming oltin harj bo‘larkan. Kechki taomiga ham shunchalik. Yana har kuni qirq ming oltinni sadaqa qilarkan.
 - Bilmaysizmi, bir tarozi bug‘doyning narhi qirq oldin bo‘ldi. Sizlarning keltirganingiz hech vaqoga arzimaydi, - dedi Yusuf alayhissalom.
 - Ey podshoh, sening butun olamni yoritib turgan tantiliging, biz g‘aribalarga ham biroz nur sochsa ne bo‘lar. Keksa otamiz bor. O’g‘li Ibn Yamin uchun g‘on yig‘layotgan shu otamizga rahm qil! Ibn Yaminni bizga sadaqa qilsang edi, ajrini Olloh taolo berardi, - deyishdi birodarlar.
 Abdulloh ibn Horis ibn Navfal r.a. rivoyat qiladiki, Payg‘ambarzodalar Yusuf alayhissalomdan iltimoslariga ijobat ololmagach, Ibn Yaminni ko‘rmagach so‘radilar:
 - Ey aziz, o‘g‘ri deb ushlagan birodarimiz qani?
 - Uni sotib, maktubga almashdim, - dedi Yusuf alayhissalom. Manna o‘sha maktub, ammo bu maktub yahudiy tilida bo‘lgani uchun o‘qiy olmadik. Bu sizlarning tilingiz, shundaymi, o‘qing eshitaylik.
 Yahudo hijolatlik Bilan maktubni Rubilga berdi, Rubil esa Sham’unga, Sham’un Loviyga uzatdi, qo‘ldan-qo‘lga o‘tkazdilaru o‘qimadilar. "Bu maktubni o‘qiy olmasmiz", dedilar.
 - O’z tilingizni ham bilmaysizmi, bu qanday hol? O’qinglar! Har qanday jazo bo‘lsa, tortayligu makutbni o‘qish mashaqqatidan xalos qilgin. O’z tilimizda yozilgan maktubni o‘qiy olmasmiz, - deyishdi birodarlar.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:31:09

Qiyomat qoyim bo‘lganda ham shu kabi holat yuz berarkn. O’shanda hapr bandaning qilmishlarini bir kitob qilib qo‘liga berilar va o‘qigin deyilar ekan. Bandalar ko‘rsalarki, kitoblardagi yozuvlarning barchasi o‘zlarining gunohu mavsiyatlari ekan, ularni o‘qiy olmaydilar. "O’qingiz!" degan farmon kelganida, faryod qilib: "kitobimiz shu bo‘lsa, o‘rnimiz aniq do‘zaxdir. Hijolatpazlikning zo‘ridan bu kitobni o‘qiy olmasmiz", deyishar ekanlar.
 - hech qanday bahona sig‘mas, o‘qing! - dedi Yusuf alayhissalom. Va maktubni Yahudoga berdi. Yahudo xatni olib o‘qidi. Unda Malik Za’rning Ya’qub payg‘ambar alayhissalomning o‘g‘illaridan biri - Yusuf degan go‘zal suratli o‘g‘lonni olganini bildirilar edi.
 - Biz unga bir o‘g‘lonni qul qilib sotgan edik, - deyishdi payg‘ambarzodalar Malik Za’r ismini eshitgach.
 - Shu paytga qadar uni bo‘ri yedi, deyayotgan edingiz-ku, endiga kelib uni qul qilib sotdik, demoqdasiz. Yana uni qarindoshimiz deysiz, qarindoshni qul qilib sotish ravo bo‘lmadi-ku?! Ushlang bularni, - deb amr qildi Yusuf alayhissalom.
 Ularni ushladilar. Misrning hamma urug‘lari yig‘dirildi. "Bularni nima qilaylik?" deya maslahat solindi ulrga.
 - Qo‘llarini kesing! - deyishdi bazilari.
 - Dorga osing! - dedi boshqalari.
 - Bularni shunday azoblangki, qiynoqlar ostida o‘lsinlar, toki bu o‘zgalarga ham ibrat bo‘lsin, qarindoshlarini sotmasinlar! - dedi Yusuf alayhissalom. Kishanlab, bozorga olib bormoqchi bo‘lgandilar, birodarlar faryod qila boshladilar:

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:33:06

- Ey Aziz, bugun nima qilsang ham hadding sig‘ar, shunga loyiqmiz. Sendan birgina tilagimiz bor: bizni o‘ldirganingdan so‘ng beqadr mol-tovorlarimiz Bilan suyaklarimizni otamizga yuborgin!
 - otamiz Ya’qub payg‘ambar shu kunga qadar bir o‘g‘li uchun yig‘layverib, kzlaridan ajralgandi. Endi o‘n o‘g‘ildan judo bo‘lgach, ne ko‘yga tusharkin! - dedi yig‘lagan holda Yahudo.
 - Yemish so‘rab, sadaqa qil, degandik undan kechdik, Ibn Yamin birodarimizni sadaqa qil, degandik undan ham kechdik. Endi boshqa narsani so‘raymiz - quruq boshimizni sadaqa qilgin! - deyishdi birodarlar zor-zor yig‘lashib. Ularning bu holini ko‘rib Misr elining barchasi yig‘ladi.
 Shu paytda jabroil alayhissalom farmon olib keldi: "Ey Yusuf, Olloh taolo amr qildi. Kelturganlaringni olmading, va’da qilgan bug‘doyni bermading, Yana o‘ldiraman deb qo‘rqitarsan. Ularga bunchalik mashaqqat yuklamagin!"
 - Keltirganlaringizni qabul qildim, oshliq beraman, berganda ham oshiribroq beraman. Qolgan ishlaringizni ertaga bitiraman, - deya birodarlarini behad sevintirdi Yusuf alayhissalom.
 Qiyomat kunida ham Olloh taolo hamma bandalarini do‘zax o‘ti bilan qo‘rqitar. Azobini ko‘rgandan keyin, ularni o‘z fazli Bilan jannatga kiritar ekan. Hikoyatda kelishicha, Olloh do‘stlaridan biri vafot etadi. So‘ngra uni tushida ko‘rib, "Olloh taolo sen Bilan qanday muomala qildi?" deb so‘raydilar. U shunday javob berdi: (Oyat) "meni mahkam qilib hibsga oldilar va so‘roq qildilar, so‘ng yaxshilik qilib, ozod etdilar".

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:33:44

Aytishlaricha, birodarlar "bu xatni o‘qimaymiz", deya bosh tortishdi. Shunda Yusuf alayhissalom o‘z kotibiga berdi, u o‘qidi.
 - Ey podshoh, bu bizning xatimizdir. Yusuf degan qulimizni sotgan edik, - dedi Yahudo xat o‘qib bo‘lingach.
 - Bu voqeani qanday bo‘lgandi, aytib bering, - dedi Yusuf alayhissalom.
 - Inimiz bilan ovga chiqqan edik. Biz ov bilan mashg‘ul bo‘lib qolganimizda uni bo‘ri yeb ketdi, - dedi Yahudo.
 - Bu so‘zing menga ma’qul emas. Menda bir tarozi pallasi bor. Undan nimani so‘ramayin rostini so‘zlaydi, - dedi Yusuf alayhissalom va tarozi pallasini qo‘liga olib, uni qoqqan edi, undan sado chiqdi.
 - Ey yigitlar, sizlarning orangizda bir yigit bor ekan. Agar uning jahli chiqib, oyog‘i bilan yerni tepsa, tizzasigacha kirib ketarmish. Agar u toshni qo‘liga olib ezg‘ilasa, undek maydalanib ketarmish. Achchig‘lansa, tuklari kiymidan teshib chiqarmish. Agar na’ra tortsa, ovozi bir yig‘och masofaga yetib borar va shu deparadagi homilador ayollarning bolasi tusharmish. U kimdir? - so‘radi Yusuf alayhissalom.
 - O’sha mendirman, - dedi Yahudo.
 - menman degani andisha qilmaysanmi? Shunchalik quvvating bor ekan, Yusufni nega bo‘riga yedirib qo‘yding? - dedi Yusuf alayhissalom va yana tarozini qoqdi. Tarozi ayturki, sizlarning orangizdi bir yigit bor. U soyasida ming qo‘y yota oladigan daraxtni bir qo‘li bilan sug‘irarmish. Agar jangga kirsa, yigirma ming yigitga bas kelarmish. U kimdir?

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:33:53

- U mendirman, - dedi Sham’un.
 - Shuncha quvatingg bo‘la turib Yusufni bo‘riga yedirgani uyalmadingmi? - dedi Yusuf alayhissalom va tarozini yana bir bor qoqdi. - Tarozi ayturki, bularning orasida bir yigit bor. U tuyani boshidan oshirib, dast ko‘tarib tashlarmish. U kimdir?
 - Menman, - dedi Loviy.
 - Shunchalik qudrat Bilan Yusufni qanday qilib bo‘riga oldirding? - dedi Yusuf alayhissalom va shu tariqa o‘n bor torozni qoqib, har biriga itob qildi. Yana bir bor tarozini qoqib davom qildi. - Bu tarozi ayturki, sizlar yusufni o‘ldirishga jahd qildingiz. Yana quduqqa soldingiz. Quduqdan chiqarib, qul qilib sotdingiz. Yana quduqqa soldingiz. Quduqdan chiqarib qul qilib sotdingiz. "Oyog‘iga kishanlar urgil, qattiq egarga mindirgil, uzoq yerlarga olib borib sotgil, uch aybi bor: qochoq, yig‘loq, o‘g‘ridir", dedingiz. Bugun shunday kun keldiki, endi qo‘llaringizni kesib, Misr elining eshiklariga ostiraman.
 - Kelinglar, bunday sharmandalarcha azoblardan o‘lgandan ko‘ra, mardonaligimizni ko‘rsatib, erlarcha ko‘z yumaylik, - ular o‘z tillarida maslahatlasha boshladilar.
 Ba’zilarning aytishlaricha, bu so‘zlarni eshitgan Yahudo sapchib o‘rnidan turdi-da:
 - Ey birodarlar, shu paytga qadar bu so‘zlarni hech kimga aytganimiz yo‘q edi, hattoki otamizu o‘g‘il-*qizlarmiiz ham bilmas edilar. Buning ustiga otamiz "Boring undan Yusufni va Ibn Yaminni so‘rang", deb tayinladi. Shunga ko‘ra Ibrohim payg‘ambar, Ishoq payg‘ambar, Ya’qub payg‘ambar alayhissalomlar haqqi-hurmatidan aytamanki, bu podshoh Yusufning o‘zidir, - dedi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:34:05

- Ey podshoh, agar yusuf bo‘lsang, bizni ortiq qiynamagin, qari otamizni yana qayg‘uga solib azoblanamagin, - deyishdi ular.
 - Men o‘sha Yusufman, - dedi Yusuf alayhissalom va yuzidan pardani ko‘tardi, boshidagi nishonasini ko‘rsatdi. - mana bu Ibn Yamin mening tug‘ishgan qarindoshimdir.

 Savol: Ibn Yaminning Yusufga qarindoshligini hamma Bilan edi, "bu mening qarindoshim", deyishda nima hikmat bor edi?

 Javob: Tarozi uning qopidan chiqib, o‘g‘ri degan nomni oldi, qul deb atalib olib qolindi. Qul nomni eshitganda ko‘p qayg‘urgani bois bugun ko‘ngli o‘ssin, sevinsin, degan ma’noda qilindi. Bundan ko‘rinadiki, har bir qayg‘aning so‘ngida sevinch, har bir mashaqqatning ohirida ne’mat bor ekan.

 - Ey yusuf, biz seni qul deb sotdik, g‘ariblikka soldik, ammo sen bu podshohlikka qanday erishding? - deb so‘rashdi birodarlari.
 - Olloh taolo bergan davlatdir. (Oyat) "Haqiqatda Olloh taolo bizga katta yaxshilik qildi. Kimda-kim yomonlikdan saqlansa va sabr qilsa, uning ajri Ollohning o‘zidadir, chunki Olloh yaxshi amal qilnguvchilarning ajrini zoe’ qilmaydi". Men Olloh taoloning hukmiga sabr qildim, Misr ayollarining balosidan o‘zimni saqladim. Shularning barokatidan podshohlikka yetishdim, - dedi Yusuf alayhissalom. Shundan so‘ng birodarlari uzr so‘radilar, Yusuf alayhissalom esa ular uzrini qabul qildi, birodarlarini qayg‘udan xalos qildi. - (Oyat) "Ey birodarlarim, sizlar meni quduqqa tashlamadingizlar, balki meni taxtga o‘tirdingizlar. Ey birodarlarim, sizlar meni g‘urbatga tashlamadingizlar, balki meni podshoh qildingizlar".

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:34:46

- hudo haqqi (Oyat) "Olloh seni aziz tutib, bizdan yuqori g‘ilibdi va bizlar aniq hato qilguvchilardandirmizlar", - deyishdi ular.
 - (Oyat) "Sizlarga bugun hech bir itob yo‘qdir", dedi Yusuf alayhissalom. - "Olloh sizlarni mag‘firat qiladi, chunki u rahmidillarning rahimdilrog‘idir".
 Shundan keyin ular o‘rinlaridan turib, bir-birlari bilan quchoqlasha ketdilar. Yusuf alayhissalom o‘g‘li afrohimni qarindoshlari bilan tanishtirdi. Misr xalqi bilan ham uzrxonliklar bo‘ldi.
- O’shanda qonli ko‘ylakni men olib borgan, otamizni qayg‘uga botirgan edim, - dedi Rubil Yahudoning oyog‘iga bosh urgudek bo‘lib. - Qayg‘u mendan bo‘lgandi, sevinch ham medan bo‘lsin.
 - O’shanda ko‘ylakni ham olib borgan bo‘lsa, bu safar ham o‘sha eltsin, -dedi Yusuf alayhissalom har biri bu ishga da’vogar bo‘lib turgan birodarlarini murosaga keltirib. Rubil boradigan bo‘ldi.

Savol: Ya’qub va Yusuf alayhissalomlarning ayriliqlariga sabab nimada edi?

Javob: Yusuf yosh chog‘ida Ya’qub alayhissalomning Mubashshara ismli xizmatkori bor edi, uning Bashir degan o‘g‘li bo‘lar edi. Bir kuni o‘ynab yurgan chog‘da Bashir yusufga bir shapati uradi. Shunda Yusuf yig‘lab otasi oldiga kelganida, Ya’qub alayhissalom bashirni sotib yuboraman, deya qasam ichadi. Va ohir-oqibatda uni onasidan ayirib, sotib yuborada. Mubashshara yig‘laganicha qoladi. Shunda Olloh taolo: "Ey Ya’qub, Sen Bashirni onasidan ayirib sotding, men ham yusufni sendan ayirib sotgayman. Hamma odamlar bilsinlarki, etni tirnoqdan ayirish kerak emas!" Deya tag‘qdir etgandi. Aytishlarcha, mubashshara o‘g‘li Bashirning qayg‘usida yig‘lay-yig‘lay ko‘zlarik o‘r bo‘ldi, Ya’qub alayhissalomda ham bu hol takror bo‘ldi. Mubashshara zor yig‘lab Ya’qub alayhissalom oldiga keladi. Shunda u zot Olloh taologa murojat qiladi: "Iloho, mubashshara o‘g‘li bilan qovushadimi? Mening o‘g‘lim ham men Bilan qovushadimi?" Xitob keldi: "Ey Ya’qub, Mubashsharaning o‘g‘li Bilan qovushtirmaguncha, seni o‘g‘ling bilan qovushtirmayman. Taqdir shudir". Ya’qub alayhissalom bu sevinchli habarni aytganida Mubashshara dilida ishonch va quvon uyg‘ondi. Kak’on yo‘lining boshiga kepa tikib, o‘tira boshladi. O’g‘li Bashir Misrda qul edi. Yusufning habaridan ogoh tapgach, "Bu Sevinch habarni Ya’qub payg‘ambarga yetkazib, sevintirayin", deya yo‘lga tushdi. Bashir ilgari rubil ortidan Kan’onga borapr edilar. Kano’nga yetganda Bashir onasi o‘tiragn kapachaga borib suv so‘radi. Onasi suv berdi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:34:56

- Qaydin kelib, qayga borursan, - so‘radi kampir.
 - Misrdan kelarman, Kan’onga borarman. Ya’qub payg‘ambarga o‘g‘li sevinchisini aytgani keturman, - dedi Bashir.
 - Yolg‘on gapirma, - dedi kampir.
 - Ey kampir, bunday diyishingning boisi nima?
 - mening o‘g‘lim ham mendan ayriliqda. Ya’qub payg‘ambarining duosi Bilan Olloh taolo habar berganki: "Mubashsharani o‘g‘li Bilan qovushtirmaguncha, Yusufni otasiga qovushtirmagayman", deb. hali menga o‘g‘limning sevinchisi kelgani yo‘q. Shunday ekan Ya’qubga Yusufning sevinchi qandayin ham kelsin.
 - Oting nimadir, ey ona?
 - Mubashshara.
 - O’g‘lingning oti nimadir?
 - Bashir, - dedi kampir. Buni eshitgan o‘g‘il tuyadan sapchib tushdida onasining oyog‘iga tashlanib "O’g‘ling menman!", dedi. O’g‘lini bag‘riga bosib quchoqlagan onaning ko‘zlari ochildi.
 Aytishlaricha, rubil Misrdan chiqib, yo‘lning yarmiga yetganida Ya’qub alayhissalom Kan’onda turib, Yusuf alayhissalom ko‘ylagining hidini sezdi. U zot faryod qilib aytdiki: (Oyat) "Men Yusufning hidini sezyapman. Men aqldan ozgan, Deya ta’na qilmanglar".
 - Yusuf qayg‘usida qariding. Hamon eski so‘zingni davom ettirmoqdasan, - deyishdi uydagi qizlari.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:35:09

O’sha kuni Bashir onasi bilan kirib kelib, Ya’qub alayhissalomga sevinchlik habarni yetkazdilar. Keyin Rubil kirib kelib, ko‘ylakni otasi oldiga qo‘ydi. Ko‘ylakni ko‘zlariga surtgan Ya’qub alayhissalomning ko‘zlari ko‘ra boshladi. Rubilni quchoqladi, Yusufni darakladi. Rubil o‘tgan voqealarni birma-bir so‘zlab berdi. Ertasi kuni qolgan o‘g‘illari kirib keldilar, Yusuf alayhissalomning xizmatkorlari ham yetib kelishdi.

Savol: Ko‘ylakni surtish bilan Ya’qub alayhissalomning ko‘zlari ochildi. Buning hikmati nimada edi?

Javob: Aytishlaricha, Yusuf alayhissalomning ikki mo‘‘jizalari bor edi. Biri tarozu edi - qaysi savolni so‘rasa, javob berar edi. Ikkinchisi ko‘ylak edi - qachonki, Namrud alayhil la’na o‘tga otganida, Jabroil alayhissalom Olloh taolo farmoni bilan jannatdan bir ko‘ylak keltiririb, uni Ibrohim alayhissalomga kiydirgandi, o‘t uni kuydirmagandi. Bu o‘sha ko‘ylak edi. Yusuf alayhissalomga meros edi.

 Alqissa, Yusuf alayhissalom ko‘ylakni yuborib, ertasi birodarlariga: "Sizlar ham boringlar, bola-chaqalaringizni olib kelinglar", deb ruxsat berdilar. Ibn Yamin "Kan’ondan necha kishi keladi?" deb so‘ragandilar katta-kichik yetmish jon (yana bir rivoyatda to‘rt yuz kishi) deb javob beradi. Yusuf alayhissalom kishi boshiga yuz misqol oltin, yuz misqol kumush, yuz misqol anbar, yuz misqol mushk berib yubordi. Yuklarni ot, tuya, mol-qo‘ylar bilan Ibn Yaminga berib, noma yozdilarki: "Xizmatlariga o‘zim borayin, degandim farmoni ilohiy bo‘lmadi. Hammalaringizni bu yerga kelishingizga amr bo‘ldi. Bu zaru zevarlarni yo‘l harjlariga sarflarsizlar", deb.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:35:24

- Ey ota, bizlar badkirdorlarmiz. Olloh taolodan gunohlarimizga mag‘firat tilang, ularni kechirsin, - deyishdi birodarlar otalariga.

- Gunohlaringizni parvardigorimdan tilarman, - dedi Ya’qub alayhissalom.
 Rivoyatlarga ko‘ra, Ya’qub alayhissalom Yusuf alayhissalomning daraklarini eshitgach, ikki rakaat shukrona namozini ado qildilar. Jamiki nevara va evaralariga kelgan hadyalarni ulashib berdilar. Yo‘l tadorigini ko‘rib, Misrga qarab yo‘lga tushdilar. Rubil Yusuf alayhissalomga habar yetkazish uchun oldinroq yo‘lga tushdi. Hammalari to‘da-to‘da va to‘p-to‘p bo‘lib, Misr yo‘liga tushdilar. Rubildan xushhabar olgan Yusuf alayhissalom o‘g‘li Afrohimni uch ming kishi bilan ularni kutib olgani yubordi. Misrga uch kunlik yo‘l qolgan joyda Afrohim bobosini uchratdi, otdan tushib, salom qildi.

 - Bu kimning o‘g‘li bo‘ldi? Ko‘nglimga biram yoqdiki, Yusufga o‘xshab ketarkan, - dedi Ya’qub alayhissalom.

 - Ha, bu Yusufning o‘g‘lidir, - deishdi. Ya’qub alayhissalom o‘g‘lonni bag‘riga bosib, mahkam quchoqladi.

 Yusuf alayhissalom "Kimki meni hurmat qilsa, otamni qarshi olgani chiqsin", deya jar chaqirtirdi. To‘rt ming kishi otlandi. Karnay-surnay, nog‘oralar chalib, otasiga peshvoz chiqdi. Uning qizil oltindan yasalgan, inju yoqutlar bilan bezatilgan, yulduzlar o‘rnatilgan alvon bayrog‘i bor edi. O’sha bayroqni ko‘rsatsalar, osmon larzaga kelardi, buni eshitgan haloyiq behush bo‘lardi. Yusuf alayhissalom o‘sha bayroqni olganicha otasiga peshvoz yurdi.

Qayd etilgan