Aytishlaricha, Olloh taolo Zulayhoning ko‘nglidagi muhabbatni olib Yusufning diliga soldi va o‘rniga o‘z muhabbaini soldi. Shundan so‘ng Zulayho kechayu kunduz toat-ibodatga yuzlandi, Yusuf alayhissalomni esa unutdi. Qachon Yusuf alayhissalom mayl qilsa, Zulayho undan qochar edi.
- Ey Zulayho, ilgari men sendan qochar edim, sen ortimdan quvarding. Endi bo‘lsa, sen mendan qochasan, men bo‘lsa ortingdan quvarman, bu ne hol bo‘ldi? - taajubga tushda Yusuf alayhissalom.
- Men o‘sha mahalda husnni ko‘rib, ko‘zimni oldirgandim. Endi latif bo‘ldim, o‘ziga sig‘indim, - javob qildi Zulayho. Ul kunda izzat ko‘rdim, ko‘ngil berdim, aziz bo‘lib, o‘ziga bog‘landim.
Aytishlaricha, bir kuni Zulayho kechki ibodatga boray deb hozirlanganda Yusuf alayhissalom uni tutib qolmoqchi bo‘ldi, Zulayho qochadi. Yusuf alayhissalom ortidan yuguradi, tutmoqchi bo‘lib, qo‘l uzatgandi, Zulayhoning orqa etagi yirtildi. Shu payt bir farishta keldi-da:
- Ey Yusuf, endi bir-biringizda haqlaringiz qolmadi. Zulayho sening firoqingda etak yirtgandi, sen ham Zulayhoning firoqida etak yirtding, - dedi.
- Ey Yusuf, men sizni sevdim, ammo rahm qilmadingiz, yo‘lingizda molu dunyoimni sarf qildim, hech iltifot etmadingiz. Ohirida yaratgan Parvardigorim dargohiga yuzlandim, alhamdulilloh, murodimga yetdim. Endi kechayu kunduz uning ibodatiga mashg‘ul bo‘dayin, - dedi Zulayho.