Muallif Mavzu: Nosiruddin Rabg'uziy. Qisasul anbiyo  ( 92593 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 2 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: QISASUL ANBIYO. Nosiruddin Rabg'uziy
« Javob #285 : 23 Iyul 2008, 16:38:50 »
- Yana qaysi tarafda dushmaning bo‘lsa, ayt, yo‘q qilaylik, - deyishdi birodarlar podshoh qoshiga kelib.
 - Endi menga viloyat kerakmas, qaridim, olgan yurtlaringni o‘zingizga berdim, - dedi podshoh ularga. Birodarlarning har biri bir yurtga hokim bo‘ldilar. Bani isroil ularning avlodlari bo‘ldi.
 Aliqssi, Rayyon podshohning Muz’af ismli o‘g‘li bor edi. To‘qqiz yoshli bu bolani Yusuf alayhissalom tarbiyasiga topshirdilar. Podshoh esa musulmon bo‘lganidan so‘ng uch yilu sakkiz oy umr ko‘rib, vafot etdi. Ya’qub alayhissalom bo‘lsa, Misrga kelgach, yigirma to‘rt yil umrguzaronlik qildilar, hamma haloyiq unga imon keltirib, musulmon bo‘ldilar. U zot vafot topgach, jasadlarini Kan’onga eltib, dafn qildilar. Yusuf alayhissalom otalari vafotidan so‘ng payg‘ambarlikni qabul qilib, yigirma yetti yil yashadilar. Vafotlari misrda bo‘ldi va shu yerda dafn qilindi. Muso alayhissalom zamoniga kelganda, uning suyaklarini Kan’onga eltib, otasi yoniga dafn qildilar.
 Xadis. Payg‘ambarimiz Muhammad mustafo (s.a.v.) deydilarki: "Payg‘ambarlarning eti yerga haromdir, chirimaydir. Ammo Zulayho Yusuf alayhissalomni uyga qamab, o‘ziga tortgan paytda iltifotni ko‘rmaganida degan edi:
 - Ey Yusuf, ko‘zlaring muncha-yam ko‘rklidir?
 - Ertaga bu ko‘zlar qabrda so‘lg‘uvsi, tuproqqa aylanguvsidir, - dedi unga javoban Yusuf alayhissalom.
 - Qanday go‘zal sochlaring bor-a?
 - Ertaga qabr ichida birin-birin chiriguvsidir.
 - Behad chiroyli tishlaring bor-a?
 - Ertaga go‘r ichida hammasi to‘kilguvsidir.
 Zulayhoning so‘rovlariga Yusuf alayhissalom uning ko‘ngli sovisin deb shu tariqa javob qilgan edilar. Olloh taolo Yusuf alayhissalomning shu so‘zlari rostga chiqsin, deb etlarini chiritdi, suyaklarni ushatdi".

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: QISASUL ANBIYO. Nosiruddin Rabg'uziy
« Javob #286 : 23 Iyul 2008, 16:39:14 »
YUSUF ALAYHISSALOMNING ZULAYHOGA QOVUSHGANLARI

 Azizi Misr vafot etib, Zulayho tul qolgach, o‘n sakkiz yil umidvorlik Bilan kutdi, uni so‘ragan Misr ulug‘lariga unamadi. Ko‘nglida kundan-kun Yusuf alayhissalom muhabbati ortgandan-ortib, firoqda zor-zor yig‘lar edi. Borliq boyligini sarf qildi: kimki Yusuf nomini aytsa, unga bir oltin berdi; kimki Yusuf so‘zini aytsa, unga bir oltin berd iva oqibatda dunyosi tugadi, faqira bo‘ldi, qashshoqlashdi. Yusuf alayhissalom firoqida Ya’qub alayhissalom kabi zor-zor yig‘lay-yig‘lay ko‘zlari ko‘r bo‘ldi. U qachon och qolsa, "Oh Yusuf" der, - qorni to‘yardi, qachon chanqasa "Oh Yusuf" der, - chanqog‘i qonardi. O’n sakkiz yillik hayoti shu tahlitda o‘tdi.
 Kunlarning birida Zulayho Yusuf alayhissalomning ovga otlanganini eshitib qoldi.
 - Qo‘limdan tutib, Yusufning kelar yo‘liga olib borgin, - dedi u o‘zi bilan qolgan yolg‘iz kanizagiga. U kanizak Zulayhoni yo‘l bo‘yiga olib bordi va bir uy soyasida o‘tirdilar. Yusuf alayhissalom lashkari bilan paydo bo‘lganida kanizak Zulayhoga ma’lum qildi.
 - (Oyat) "Hamdu sano Ollohga bo‘sinki, U qulni sabr barokatidan podshoh qilibdur, podishohni esa shahvat falokatidan qul qilibdur", - dedi tayoqqa tayanib o‘rnidan turgan holda Zulayho baland ovoz bilan. Ammo uning ovozini Yusuf alayhissalom qo‘shinlarining shovqini bosib ketdi va u eshitmadi. Shunda Ollohning amri bilan shamol Zulayhoning ovozini Yusuf alayhissalom quloqlariga yetkazdi. Zulayho ovozini eshitgan Yusuf alayhissalom otning jilovni tortdi-da "Ey Zulayho!" dedi. Yori ovozini eshitgan Zulayho sevinchidan oh urib, xushidan ketdi. Yusuf alayhissalom Zulayhoning ahvolini ko‘rib, yig‘ladilar.

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: QISASUL ANBIYO. Nosiruddin Rabg'uziy
« Javob #287 : 23 Iyul 2008, 16:39:23 »
- Yoshliging, husnu amoling qani? - so‘radi Yusuf alayhissalom Zulayho xushiga kelgach.
 - Ishqingda barbod bo‘ldim, - dedi Zulayho.
 - Molu davlating qani?
 - Sening habaringni keltirganga fido qildim.
 - Ko‘zlaring nima uchun ko‘r bo‘ldi?
 - Firoqingda ko‘p yig‘lamoqlikdan.
 - Nimani tilarsan?
 - Jamolingni bir ko‘rmoqlikni.
 - Buni saroyga olib boringlar, qaytganimda yonimga olib kelasizlar, - dedi Yusuf alayhissalom.
 Zulayhoni Yusuf alayhissalom saroylariga olib kelganlarida Ya’qub alayhissalom hayot edilar. Bo‘lib o‘tgan qissalardan bohabar bo‘lgan Ya’qub alayhissalom kechmishlarni Zulayhoning o‘zidan eshitmoqlik niyatida boshidan o‘tganlarini so‘zlab berishini so‘radilar. Zulayho esa barcha ishlarni rostgo‘ylik Bilan bayon qilib berdi.
 - Ey Zulayho, Yusufning muhabbati hanuz ko‘nglingda bormi? - deb so‘radi Ya’qub alayhissalom.
 - Muhabbatim avvalgidan ham ziyodaroqdir, - dedi Zulayho.
 Yusuf alayhissalom ovdan qaytganida Ya’qub alayhissalom Zulayhoni uning huzuriga olib keldi. Yusuf alayhissalomning qo‘lida dastasi oltindan yasalib, la’l, yoqut, zumraddan ziynatlangan qamchi bor edi.
 - Ey Yusuf, qamchiningizni uchini menga bering, - dedi Zulayho.

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: QISASUL ANBIYO. Nosiruddin Rabg'uziy
« Javob #288 : 23 Iyul 2008, 16:39:43 »
Yusuf alayhissalom qamchining uchini og‘ziga tutganida Zulayho bir oh uradi, shunda uning og‘zidan o‘t chiqib, qamchiga tushadi va qamchi erib, oqib ketadi.
 - Ey Zulayho, - dedi Yusuf alayhissalom. Seni kumushdan yasalgan bir buting bo‘lardi, uni nima qilding?
 - Bir kuni o‘sha butga borib shunday dedim: "Sakson yil bo‘ldiki, senga topinaman. Manna qaridim, kampirga aylandim. Bugun sendan uch hojatim bor, shularni ravo qilishingni so‘rayman: avvalo-yoshligimni qaytarib bergin, ikkinchi-husnu jamolimni qaytargin, uchinchi - ko‘zimni ochgin!" Necha bor zoru tavallo qilsam-da, hech javob bermadi. Achchig‘landim, tosh bilan urib, pora-pora qildim, keyin o‘tga yoqdim. Endi seni oldingga keldim. To‘rt hojatim bor, Olloh taolodan so‘rab bergil, ravo qilsa, imon keltirayin.
 - Aytgil, - dedi Yusuf alayhissalom.
- Meni o‘z nikohingga olgin, - dedi Zulayho.
 - Haligacha bu so‘zingdan qaytmadingmi? - achchig‘landi Yusuf alayhissalom. - Buni olib chiqinglar!
 - Ey Ya’qub, Yusufga aytgil, va’dasini bajarsin, Zulayhoning hojatini chiqarib, uni o‘z nikohiga olsin! - deya Olloh amirini olib keldi Jabroil alayhissalom.
 Ya’qub alayhissalom Olloh taoloning bu amrini Yusuf alayhissalomga yetkazgandi, u darhol qabul etdi. To‘y asboblarini hozir qildilar. Olloh farmoni Bilan kelgan Jabroil alayhissalom ularni nikohladilar, Odam layhissalom Bilan Havvo onamizning nikohlariga o‘qilgan xutbani o‘qidilar. Misr xalqi sevinchlarga to‘ldi, Ya’qub alayhissalom tangriga shukrona keltirdi.

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: QISASUL ANBIYO. Nosiruddin Rabg'uziy
« Javob #289 : 23 Iyul 2008, 16:39:51 »
Aytishlaricha, Olloh taolo Zulayhoning ko‘nglidagi muhabbatni olib Yusufning diliga soldi va o‘rniga o‘z muhabbaini soldi. Shundan so‘ng Zulayho kechayu kunduz toat-ibodatga yuzlandi, Yusuf alayhissalomni esa unutdi. Qachon Yusuf alayhissalom mayl qilsa, Zulayho undan qochar edi.
 - Ey Zulayho, ilgari men sendan qochar edim, sen ortimdan quvarding. Endi bo‘lsa, sen mendan qochasan, men bo‘lsa ortingdan quvarman, bu ne hol bo‘ldi? - taajubga tushda Yusuf alayhissalom.
 - Men o‘sha mahalda husnni ko‘rib, ko‘zimni oldirgandim. Endi latif bo‘ldim, o‘ziga sig‘indim, - javob qildi Zulayho. Ul kunda izzat ko‘rdim, ko‘ngil berdim, aziz bo‘lib, o‘ziga bog‘landim.
 Aytishlaricha, bir kuni Zulayho kechki ibodatga boray deb hozirlanganda Yusuf alayhissalom uni tutib qolmoqchi bo‘ldi, Zulayho qochadi. Yusuf alayhissalom ortidan yuguradi, tutmoqchi bo‘lib, qo‘l uzatgandi, Zulayhoning orqa etagi yirtildi. Shu payt bir farishta keldi-da:
 - Ey Yusuf, endi bir-biringizda haqlaringiz qolmadi. Zulayho sening firoqingda etak yirtgandi, sen ham Zulayhoning firoqida etak yirtding, - dedi.
 - Ey Yusuf, men sizni sevdim, ammo rahm qilmadingiz, yo‘lingizda molu dunyoimni sarf qildim, hech iltifot etmadingiz. Ohirida yaratgan Parvardigorim dargohiga yuzlandim, alhamdulilloh, murodimga yetdim. Endi kechayu kunduz uning ibodatiga mashg‘ul bo‘dayin, - dedi Zulayho.

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: QISASUL ANBIYO. Nosiruddin Rabg'uziy
« Javob #290 : 23 Iyul 2008, 16:39:58 »
Bundan sevingan Misr xalqi hadyalar keltirdilar, mol-dunyo nisor etdilar, ammo Zulayho ularning hammasini Yusuf alayhissalomning qarindoshlariga berdi.
 Aytishlaricha, Zulayhoni Yusuf alayhissalomga nikoh qilganlaridan so‘ng ikkovlari hilvatga kirganlarida Zulayho shunday dedi:
 - Ey Yusuf, men seni shunchaki sevgan emasman. Ikki sababdan sevdim: biri - seni ko‘rking uchun sevdim, zero go‘zallikni sevmoq ayb emas. Ikkinchidan - erim Azizi Misr menga yaramas edi, agar mayl qilib qolsa, faryod urib qochardi. O’n sakkiz yoshda unga tekkan bo‘lsam, shu kunga qadar er bilan qovushmoq lazzatini ko‘rmadim, onadan tug‘ilgandek bokiraman. U qachon mayl qilsa, faryod urib qochardi. Sababini so‘rasam, "Seni ortingda ikki arslon paydo bo‘ladi va menga hamla qiladi, ulardan qocharman", derdi.
 - Ey Zulayho, u ikkisi arslon emas, farishtalar edi, Olloh taolo farmoni bilan seni kofirdan men uchun saqlagan edi, - dedi Yusuf alayhissalom. Yusuf alayhissalom Zulayho bilan qo‘shilganlarida u onadan tug‘ilgandek bokira edi.
 - Umrim davomida hech bir er bilan suhbat qilmaganim, o‘zga kishini ko‘nglim tilamaganim barobarida Azizning sirini hech kimga oshkor qilmadim, Ollohga beadad shukurki, murodimga yetkazdi, - dedi Zulayho.

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: QISASUL ANBIYO. Nosiruddin Rabg'uziy
« Javob #291 : 23 Iyul 2008, 16:40:41 »
Aytishlaricha, Yusuf alayhissalom Zulayho bilan birgalikda o‘n sakkiz yil ro‘zg‘or qildilar, besh o‘g‘il, ikki qiz farzand ko‘rdilar. Shundan so‘ng vafot etdi. Yusuf alayhissalom umrlari oxiriga yetganda shunday menojot qildilar:
 - Iloho meng mulk berding, tush ta’birini ko‘rsatding, shariat hukmlarini bildirding, beadad shukr. Ilohi, meni va yeru osmonni yaratgan O’zingsan, meni quduqdan chiqargan, qullikdan xalos etib, podshoh qilgan o‘zingsan. Iloho, Dune va ohiratda saylaganim o‘zingsan. Iloho, dunyoda azizu mukarram qilding, ohiratga borarimda meni imon va islom bilan huzuringga olgin!
 Aytadilarki, Olloh taolo payg‘ambarlariga qaysi ayolni taqdir qilsa, u ayolni huddi Zulayhoni Yusuf alayhissalom uchun saqlagandek saqlar ekan.

Savol: Payg‘ambarimiz Muhammad mustafo (s.a.v.) Xadicha onamizni yuzi ochiq olmadimi?

 Javob: Olloh taolo o‘z payg‘ambarlari ayollarning avvalgi erlarini Azizi Misr kabi biror illatga mubtalo qiladiki, xotinlari Bilan qovusha olmaydilar.

 Savol: Yusuf alayhissalom aytgan mulk qaysi edi?

 Bunga yetti javob bordir. Avvalgi javob shuki - Yusufga hasad qildilar, uning uchun qayg‘uli bo‘ldilar.
 Ikkinch javob: xusni chiroy mulki edi.
 Uchinchi javob: ko‘ngil mulki edi. Ko‘rganlar Yusufni sevib qolardilar, ko‘rmaganlar eshitib suyib qolardilar.
 To‘rtinchi javob: sahovat mulki edi. Ochlik yillarida hech kim Yusuf alayhissalomchalik sahovatli bo‘lmagandi.
 Beshinchi javob: payg‘ambarlik mulki edi. O’n sakkiz yoshida payg‘ambarlikka munosib ko‘rildi.
 Oltinchi javob: Olloh taolo qazosiga rozi edi.
 Yettinchi javob: hammasidan aniqrog‘i Misr mulki edi. . .
 Bu qissa ko‘ngil ko‘zi ochiq, basirat sohibi (zehni o‘tkirlar) uchun ibratdir.
 
 Vallohi taolo a’lam bissavob.

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: QISASUL ANBIYO. Nosiruddin Rabg'uziy
« Javob #292 : 23 Iyul 2008, 16:40:57 »
Izoh: Qo‘lyozmaning shu yerida "Yusuf va Zulayho" dostoni uzilib, keyingi sahifadan boshqa rivoyat boshlanadi. U rivoyat Muso alayhissalom qissalarining boshlanishidir. Rivoyatning boshlanish qismi qo‘lyozmada yo‘q.
 Kitobda berilgan ushbu izohni keltirish bilan "Rabg‘uziy qissalari" kitobining birinchi qismi tarjimasini tugallaymiz. Va ushbu hayrli ishga muyassar etgani uchun Olloh subhanahu va taologa beadad hamdu sanolar aytamiz.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QISASUL ANBIYO. Nosiruddin Rabg'uziy
« Javob #293 : 27 Avgust 2008, 07:10:54 »
Qisasi Rabg'uziy (nasriy bayon)



Muallif: Nosiruddin Rabg'uziy
Hajmi: 1,11 Mb
Fayl tipi: pdf, zip
Saqlab olish
Online o'qish
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

 

Abdulla Avloniy. Muxtasar tarixi anbiyo va tarixi Islom

Muallif IXLOSBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 58
Ko'rilgan: 48240
So'nggi javob 24 Avgust 2009, 05:45:55
muallifi AbdulAziz
Alisher Navoiy. Tarixul anbiyo va hukamo

Muallif AbdulAzizBo'lim Alisher Navoiy asarlari

Javoblar: 5
Ko'rilgan: 13329
So'nggi javob 22 Mart 2011, 16:17:17
muallifi Habib