Nosiruddin Rabg'uziy. Qisasul anbiyo  ( 152727 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 25 26 27 28 29 30 B


shoir  23 Iyul 2008, 16:39:58

Bundan sevingan Misr xalqi hadyalar keltirdilar, mol-dunyo nisor etdilar, ammo Zulayho ularning hammasini Yusuf alayhissalomning qarindoshlariga berdi.
 Aytishlaricha, Zulayhoni Yusuf alayhissalomga nikoh qilganlaridan so‘ng ikkovlari hilvatga kirganlarida Zulayho shunday dedi:
 - Ey Yusuf, men seni shunchaki sevgan emasman. Ikki sababdan sevdim: biri - seni ko‘rking uchun sevdim, zero go‘zallikni sevmoq ayb emas. Ikkinchidan - erim Azizi Misr menga yaramas edi, agar mayl qilib qolsa, faryod urib qochardi. O’n sakkiz yoshda unga tekkan bo‘lsam, shu kunga qadar er bilan qovushmoq lazzatini ko‘rmadim, onadan tug‘ilgandek bokiraman. U qachon mayl qilsa, faryod urib qochardi. Sababini so‘rasam, "Seni ortingda ikki arslon paydo bo‘ladi va menga hamla qiladi, ulardan qocharman", derdi.
 - Ey Zulayho, u ikkisi arslon emas, farishtalar edi, Olloh taolo farmoni bilan seni kofirdan men uchun saqlagan edi, - dedi Yusuf alayhissalom. Yusuf alayhissalom Zulayho bilan qo‘shilganlarida u onadan tug‘ilgandek bokira edi.
 - Umrim davomida hech bir er bilan suhbat qilmaganim, o‘zga kishini ko‘nglim tilamaganim barobarida Azizning sirini hech kimga oshkor qilmadim, Ollohga beadad shukurki, murodimga yetkazdi, - dedi Zulayho.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:40:41

Aytishlaricha, Yusuf alayhissalom Zulayho bilan birgalikda o‘n sakkiz yil ro‘zg‘or qildilar, besh o‘g‘il, ikki qiz farzand ko‘rdilar. Shundan so‘ng vafot etdi. Yusuf alayhissalom umrlari oxiriga yetganda shunday menojot qildilar:
 - Iloho meng mulk berding, tush ta’birini ko‘rsatding, shariat hukmlarini bildirding, beadad shukr. Ilohi, meni va yeru osmonni yaratgan O’zingsan, meni quduqdan chiqargan, qullikdan xalos etib, podshoh qilgan o‘zingsan. Iloho, Dune va ohiratda saylaganim o‘zingsan. Iloho, dunyoda azizu mukarram qilding, ohiratga borarimda meni imon va islom bilan huzuringga olgin!
 Aytadilarki, Olloh taolo payg‘ambarlariga qaysi ayolni taqdir qilsa, u ayolni huddi Zulayhoni Yusuf alayhissalom uchun saqlagandek saqlar ekan.

Savol: Payg‘ambarimiz Muhammad mustafo (s.a.v.) Xadicha onamizni yuzi ochiq olmadimi?

 Javob: Olloh taolo o‘z payg‘ambarlari ayollarning avvalgi erlarini Azizi Misr kabi biror illatga mubtalo qiladiki, xotinlari Bilan qovusha olmaydilar.

 Savol: Yusuf alayhissalom aytgan mulk qaysi edi?

 Bunga yetti javob bordir. Avvalgi javob shuki - Yusufga hasad qildilar, uning uchun qayg‘uli bo‘ldilar.
 Ikkinch javob: xusni chiroy mulki edi.
 Uchinchi javob: ko‘ngil mulki edi. Ko‘rganlar Yusufni sevib qolardilar, ko‘rmaganlar eshitib suyib qolardilar.
 To‘rtinchi javob: sahovat mulki edi. Ochlik yillarida hech kim Yusuf alayhissalomchalik sahovatli bo‘lmagandi.
 Beshinchi javob: payg‘ambarlik mulki edi. O’n sakkiz yoshida payg‘ambarlikka munosib ko‘rildi.
 Oltinchi javob: Olloh taolo qazosiga rozi edi.
 Yettinchi javob: hammasidan aniqrog‘i Misr mulki edi. . .
 Bu qissa ko‘ngil ko‘zi ochiq, basirat sohibi (zehni o‘tkirlar) uchun ibratdir.
 
 Vallohi taolo a’lam bissavob.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:40:57

Izoh: Qo‘lyozmaning shu yerida "Yusuf va Zulayho" dostoni uzilib, keyingi sahifadan boshqa rivoyat boshlanadi. U rivoyat Muso alayhissalom qissalarining boshlanishidir. Rivoyatning boshlanish qismi qo‘lyozmada yo‘q.
 Kitobda berilgan ushbu izohni keltirish bilan "Rabg‘uziy qissalari" kitobining birinchi qismi tarjimasini tugallaymiz. Va ushbu hayrli ishga muyassar etgani uchun Olloh subhanahu va taologa beadad hamdu sanolar aytamiz.

Qayd etilgan


AbdulAziz  27 Avgust 2008, 07:10:54

Qisasi Rabg'uziy (nasriy bayon)



Muallif: Nosiruddin Rabg'uziy
Hajmi: 1,11 Mb
Fayl tipi: pdf, zip
Saqlab olish
Online o'qish

Qayd etilgan