- Odam farzandlarini malomat qilmangalar. Sizlar ham yer yuzida yashaganlaringda edi, ularga yaratilgan narsalar sizlarda ham bo‘lganida edi, bunday demagan bo‘lardingiz! - degan farmon bo‘ldi. Va yana farmon bo‘ldiki, "Ey farishtalar, sizlarning qaysilaringiz olimroq va zohidroq bo‘lsa, o‘shani keltiring!"
Uch farishtani tanladilar: birini Uzzo derdilar, birini esa Uzoyo Yana birini Axosil deb atardilar. Olloh taolo ulardan shaxvatni paydo qildi va ulardan birini shaxvatdan holi etib avvalgi holiga qaytardi. Ikkisini esa yerda qoldirdi. "Dunyoga boring, menga toat qiling, gunohdan qoching, odamlar orasida adolat Bilan hukm qiling, zulm qilmang, zino qilmang, qon to‘kmang, aroq ichman, hiyonat qilmang! Kunduzlari shu ish Bilan mashg‘ul bo‘ling, kechasi osmonga chiqing! Tong otguncha menga ibodat qiling!" Ularning qo‘llarida uzuklari bor edi.
Bir kuni bir Xotin eri bilan tortishib qolib, er-xotin Uzzoning oldiga keldilar. U Xotin chiroyli edi, unga ko‘zi tushgan Uzzoda ayolga nisbatan mayl uyg‘ondi.
- Ey xotin, sen adashgansan, men bilan birga bo‘lsang, sening istagingga hukm qilaman, - dedi Uzzo. Xotin rozi bo‘ldi, Eri bundan ogoh bo‘lib, bu yerdan ketdilarva Uzoyoning oldiga bordilar. U ham yuqoridagiday istak qildi. Xotin rozi bo‘ldi. Hilvat joyga keldilar.
- Uch ishdan birini qilsangiz, sizga bo‘ysunarman, - dedi Xotin hilvatga kelgach, farishtalarga shart qo‘yib. - Shartim shuki, Yo erimni o‘ldirasiz, yo aroq ichasiz, yo butga sajda qilib, qo‘lingizdagi uzukni menga berasiz.