Nosiruddin Rabg'uziy. Qisasul anbiyo  ( 96360 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 ... 30 B


shoir  23 Iyul 2008, 14:46:12

Shunday qilganda kema yurdi. Aytishlaricha bir ko‘zni Otik, ikkinchisini Umar, uchinchisini Usmon, to‘rtinchisini Ali deb nomlagandi. (Oyat) "U kema suzar edi ko‘z oldimizda, toki mukofot bo‘lsin yolg‘onchisan deyilgan odamga (ya’ni Nuh payg‘ambarga)".

Nuh alayhissalom Iroqdan chiqib Makkaga bordi, Ka’batullohni yetti bor tavof qildi. Undan Mag‘ribga, so‘ngra Mashriqqa bordi. Rajab oyining uchinchi kuni kemaga chiqdi, olti oy kemada suzdi.

To‘fon chog‘i qirq kecha-kunduz yog‘n yog‘di, yerdan ham suv chiqdi. (Oyat) "Osmon eshiklarini quyib oqadigan suvga ochib tashladik va yerda chashmalarni oqizib qo‘ydik".

Aytadilarki, Nuhga payg‘ambarlik kelganda yuz yoshda edi. To‘qqiz yuz ellik yil odamlarni da’vat qildi. Yana bir rivoyatda to‘fongacha to‘rt yuz yoshda edi, undan keyin uch yuz ellik yil umr ko‘rdi, deydilar. Hammasi ming yetti yuz yil bo‘ladi.

Aytadilarki, qirq kecha-kunduz yog‘in yog‘di, har bir qatrasi tegirmon toshidek kelardi. Dunyoning eng baland tog‘ini ustiga ham qirq qari suv bosdi. Kemadagi sakson kishidan tashqari yer yuzida birorta ham odam qolmadi, hammasi o‘tdi.

Habar kelarki, ilgari uch narsa yo‘q edi, ular kemada, dengiz ustida paydo bo‘ldi: biri mushuk, ikkinchsi sichqon paydo bo‘lib kemani teshdi, uchinchisi to‘ng‘iz. Farmon bo‘ldi, Nuh arslonning boshini siladi, burnidan ikkita mushuk chiqdi va u sichqonni yedi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 14:46:35

Yana aytadilarki, sichqon kemani teshganda odamlarda suvga g‘arq bo‘lish qo‘rqinchi uyg‘ondi, suv ichida esa sira teshikni berkitib bo‘lmadi.

Shunda Nuh aytadiki:
Kimki bu teshikni berkitsa, nima tilagi bo‘lsa bergayman.

Men teshikni berkitayin, suv kirish to‘xtagach, kemadagi suvlarni chiqarib tashlangan, - dedi ilon so‘ng so‘radi, - menga nima berarsan?

Nima istaysan? - dedi Nuh.
Qaysi go‘sht totli bo‘lsa, o‘shani bergil, - dedi Ilon.

Nuh qabul qildi, Ilon suvga kirib teshikni berkitdi, o‘sha joyda kulcha bo‘lib yotdi, suv kirishi to‘xtadi. Kema ichidagi suvni tashqariga chiqarib tashladilar, g‘arq bo‘lish qo‘rqinchi barham topdi.

Kemadan chiqqanlaridan keyin ilon kelib, Nuhdan va’da qilingan go‘shtni talab qildi.
 - Hamma jonivorlar kemadan chiqdi, tarqalib ketdilar, go‘shtni qanday toparmiz? - dedi Nuh. Ilon ko‘p siqildi, shunda Nuh chivinga amr qildi:
 - Borgil, yer yuzidagi go‘shtlarni totib ko‘rgil, totlisini Ilonga bermiz.

Chivin ketdi, ammo ancha hayallab qoldi. Ilon esa tiqilinch qilardi. Nuh hijolatda qolgandi, qaldirg‘ochni chivinni topib kelish uchun jo‘natdi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 14:46:54

- Nega kech qolding?- dedi Qaldirg‘och, Chivinni qidirib topgach.
 - Yer yuzi keng ekan, shu bois kech qoldim, - dedi Chivin.
 - Go‘shtlarni totib ko‘rdingmi? Qaysi go‘sht totlik ekan? - so‘radi Qaldirg‘och.
 - Hamma go‘shtlarning eng totlisi odamlarning go‘shti ekan, - dedi Chivin.
 - O’sha go‘shtning mazasi hali-yam og‘zimda turgandir. Og‘zingni ochgin, men ham bir hidlayin, - dedi Qaldirg‘och. Og‘zini ochgandi Qaldirg‘och uni hidlamoqchi bo‘lib, tumshug‘i bilan Chivinning tilini kesib oldi. O’shal kundan beri Chivin tilsiz qoldi.

Ikkovlari Nuh payg‘ambarga keldilar. Chivin harchand harakat qilsada so‘zlayolmas edi. Uning so‘ziga hech Kim tushuna olmasdi.
 - Unga nima bo‘ldi, nechuk so‘zlayolmas? - deb so‘radi Qaldirg‘ochdan.
 - Men Bilan so‘zlashganda baqaning go‘shti shirin ekan, deb aytgandi. Kech qolganidan hijolatda bo‘lib, so‘zlayolmay qoldi, - dedi Qaldirg‘och.

Nuh alayhissalom baqa go‘shtini ilonga berdi. Agar qaldirg‘och o‘sha kunda shunchalik ezgulik qilmaganda edi, bugun biz hamma odamlar ilonga yem bo‘lardik.

Yana maqsadga kelamiz: Nuh alayhissalom kemadagilarga aytgan edi:
 - Juftlaringizga yaqinlashmang, bolalar tug‘ilsa, kemaga sig‘may g‘olurmiz, - deb.

Hech kim juftiga qovushmas edi. Ammo mushuk ko‘rdiki, it jufti Bilan qovushdi. Kelib Nuhga aytgandi, lekin It tondi. Bundan mushukning achchig‘i chiqdi, hijolatlik bo‘ldi. Bir qancha vaqt o‘tgach, Mushuk Yana ko‘rdiki, It jufti bilan qovushayotgandi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 14:47:12

- Iloho, bu It sening payg‘ambaringga yolg‘on so‘zlaydi, aybdan tonardi. Qudrating bilan uni shu holda tutgil, men borib Nuhga habar qilayinki, u kelib ko‘zi bilan ko‘rsin, - deya Mushuk Ollohga munojat etdi.

Olloh uning duosini ijobat qildi, It to Nuh kelib ko‘rguncha o‘sha holda qoldi, juda uyatli bo‘ldi. Bugunga qadar bu ish Itga meros bo‘lib qoldi. It ham duo qildi:
- Meni Nuhga uyatlig‘ qildi. Hudoyo, buni ham rasvo qilg‘il!

Olloh taolo Itning tilagini ravo qilmadi. Ammo mushuklar qachonki juftlariga hojati tushsa, shu qadar ovoz chiqaradilarki, hamma jonzodlar habardor bo‘lar. Bundan ma’lum bo‘ladiki, Kim birovning aybini ochsa, o‘zi ham o‘shanday aybga mubtalo bo‘lg‘uvsidir.

 Kemada odamlar va jonzotlarning axlatlari ko‘payib ketdiki, bu behad tashvish tug‘dirdi. Farmon bo‘ldiki: "Nuh layhissalom urg‘ochi tuyaning orqasini silasin!" Silagan edi, tuya dumini qimirlatdi va orqasidan to‘ng‘iz chiqdi. U hamma najosatlarni yedi. "Bu kun to‘ng‘iz go‘shtining harom bo‘lmog‘iga sabab o‘shadir", deydilar.

Olti oy o‘tgach avjga farmon bo‘ldi:
- Kemani sudragil!

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 14:47:39

Kemaning quyrug‘idan tutib sudramoqlikka biror kimsaning quvvati yetmas edi. Avjni shu sabadan ham Olloh taolo halok etmadi. Shundan keyin farmon bo‘ldi: (Oyat) Va hukm Ilohi tomonidan aytildiki, "Ey yer, suvingni yut!" va "Ey osmon, yog‘ishingni to‘xtat!" Osmon yog‘ishdan to‘xtadi, suvlar yer yuzidan quridi. Ma’lumki, yer yumaloqdir, atrofida tog‘lar turar. Suv to‘rt tarafdan Kof tog‘iga kelib to‘xtadi, keyin pastlay boshladi. Yerning atrofii muhit daryosi bo‘ldi. Muhitdan muhitga ulangan suvlar dengiz bo‘ldi. Yer yuzasidagi tog‘lar, chuqurlar, ko‘llar hammasi to‘fon suvi Bilan buzilib, izdan chiqdi. Dengizlar suvi achib, sasib odamlar o‘lib ketdilar.

Tog‘larga xitob keldi:
- Men Nuhning kemasini tog‘larda turgizgayman!

Hamma tog‘lar bosh ko‘tardilar, zora kema bizda turgay, deya. Judiy tog‘i hamma tog‘lardan past edi. U hokisorlik Bilan "Menga buk aromat qaydan ham tegishli bo‘lsin", deya o‘zini past tutdi. Olloh taolo uni ihtiyor etdi, kema unda turmoq uchun pastlay boshladi.

- yer yuzida qancha miqdorda suv qoldi, yerning qancha miqdori ochildi? Buning habarini menga kim keltiradi? - dedi Nuh alayhissalom.
 - Men borayin, - dedi qoraqarg‘a.
 - Unga Kim kafillik bergay? - dedi Nuh.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 14:47:57

Erkak tovuq kafil bo‘ldi, Qarg‘a yo‘lga tushdi. Ko‘rsaki, yerning betida o‘liklar ko‘p ekan, uni yemakka andarmon bo‘lib, kech qoldi. Ho‘roz vaqt bo‘lganini Qarg‘aga bildirmoq uchun kemaning tomiga chiqib, qanot qoqib chorlay boshladi. Qarg‘a esa kelavermadi. Nuh alayhissalom Ho‘rozni ushlab qoldi. Shu bois tovuqlar uchmaydigan bo‘lib qoldilar, odamlar Bilan birga qoldilar. Aytadilarki, kafolatning boshi malomatdir, o‘rtasi o‘kinchdir, oxiri esa tovondir. Kim ishonmasa, sinab ko‘rsin. Nuh alayhissalom Qarg‘ani duo qildi, Olloh taolo uni ijobat qildi. Qarg‘aning umri qattiq mashaqqatda, havotirda oxir bo‘lar, chunki u yo‘ldan qaytmishda o‘ngu so‘lga boqqani uchun.

Nuh alayhissalm kabutarni jo‘natdi:
- Tezda habar keltirgil! - dedi

Yo‘lga tushdi. Borib ko‘rsa, yer ko‘rindi, u soyga qo‘nganda oyog‘i balchiq bo‘ldi. Shu zahotiyoq qaytib kelib, oyog‘idagi balchiqni ko‘rsatdi.

O’sha balchiq oyog‘ida tuklarga aylandi. Shu bois oyog‘i tukliklar uning naslidan bo‘lar. Yana bir rivoyatda, Kabutar suvi qurigan joyga qo‘nganda suv sassiq bo‘lgani uchun, oyog‘i qizil bo‘ldi, derlar.

Kabutar qaytishda zaytun daraxtining yaprog‘ini tumshug‘iga olib kelib, Nuhga ko‘rgazgach, payg‘ambar uni ezgu duo qildi:
 - Odamlar senga mehribon bo‘lib, uylaridan joy bersinlar!

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 14:48:13

- Yana bir iltimosim bor, - dedi Kabutar. Nuh duo qildi, Olloh taolo ijobat etdi.
(Oyat) "Ey Nuh, biz tomondan bo‘lgan salomatlik ila tush!" degan farmon bo‘ldi. Nuh qirq er va qirq Xotin bilan kemadan tushdi va Shom viloyatida dengiz bo‘yida bir qishloq qurdilar. Uni "Qaryat ul-samonina" deb atadilar. Olti oy suv ichda turganlarida shamol kelmagandi. To‘satdan shamol keldiki, bu ularga yoqmadi, kasal bo‘ldilar. Oqibatlda hammalari o‘lib, yetti kishigana qoldilar. Nuhning o‘zi uch o‘g‘li va uch kelinidan boshqa biror kishi qolmadi. Bugun kelib odamlarning yovuzlari, yaxshilari, mo‘minlari, kofirlari - hammasi Nuhningf arzandlaridan bo‘lar. Kata o‘g‘lini Som, o‘rtanchasini Hom, uchinchisini Yofas der edilar.

Bir kuni Nuh uxlayotgandi, shamol kelib etagini ko‘tardi. Shunda uning uyat joyi ochilib qoldi. Uni ko‘rgan Hom kuldi, Som esa uni malomat qildi, Yofas kelib to‘ni Bilan yopib qo‘ydi. Olloh taolo bu shimlikning yomonligi tufayli Homning pushtikamaridagi urug‘larini qora qildi. Uyalganidan xotining qo‘lidan tutib, dengiz qirg‘og‘ida qamishdan uy qilib, yashay boshladi. Shunday qilib, hindular, habashlar, zangilar - hammasi uning urug‘idan bo‘ldilar.

 Arablar va Ajamlarning otasi Som bo‘ldi. Homni Hindistonga (hindular yurti demoqchi), Somni arab va ajam viloyatlarigat jo‘natdi. Yofas esa Turkiston viloyatlariga keldi. Hamma turkiy xalqlar uning urug‘idan tarqaldi. Shu boisdan turklar aziz va mukarra mbo‘ldilar. Bu so‘zlar Abu Ishoq Nishopuriy jam qilgan "Qissasi al-anbiyo"da bitilgandir. Boshqa olamlarning aytishlaricha, Ya’jun va Ma’jun ham Yofas urug‘idan chiqar. Ka’b rivoyatiga ko‘ra, Odamato uxlayotgan chog‘da tush ko‘radi. Nutfa yerga tomib, tuproqqa qorishadi. Olloh taolo undan Ya’jun va Ma’juni yaratdi. Shu bois bizlarga ota tarafdan bog‘lanib, qarindosh bo‘lar. Havvo ona tarafdan bog‘lanmas, o‘gay bo‘larlar. Abdulloh ibn Abbos (Olloh undan rozi bo‘lsin): "Odam farzandlari o‘n hissadir, uning to‘qqiz hissasi Ya’jun va Ma’jun, bir hissasi jamiki odamlardir", degan.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 14:49:04

HIKOYAT. Nuhning bir qizi bor edi. Bir odam so‘radi, bermoqchi bo‘ldi. Yaan birov so‘rab kelgandi, unga ham bermoqni ihtiyor qildi. Tag‘in birov so‘radi, unga ham berishga rozi bo‘ldi. To‘rtinchi birov ham so‘rab keldi, uni ham ko‘ngli tiladi. Hammalri qizni olib ketgani bir vaqtda kelib qoldilar, shunda Nuh alayhissalom qayg‘uga botdi. Uyida bir qanjiq iti va urg‘ochi eshagi bor edi. Ollohning qudrati Bilan ikkalasi ham qizlarga aylandilar. Parvardigor jannatdan bir hurni chiqardi. Ularning hammalri bir xil suratlik Ediki, u o‘z qizi qaysiligini ham taniy olmay qoldi.

Oradan bir qancha vaqt o‘tib, u qizlarini ko‘rgani keldi.
 - Jufting bilan qanday yashayapsizlar? - dedi bir kuyoviga.
 - Yaxshi yashayapmiz, ammo bir aybi bor - hech narsa yemas va ichmas, - dedi kuyovi. Nuh bildiki bu hur ekan.
 - Jufting Bilan qandaysizlar? - dedi ikkinchi kuyovi oldiga kelib.
 - Qanjiqqa o‘xshab ketarkan, - dedi kuyovi. Bildiki bui t ekan.
 - Jufting Bilan murosalaring qalay? - deb so‘radi uchinchi kuyovidan.
 - Yeydi,ichadi, eshakday cho‘zilb yotgani yotgan, - dedi kuyovi. U bildiik bu eshak ekan.
 - Jufting Bilan qanday yasharsizlar? - so‘radi to‘rtinchi kuyovidan.
 - Men undan behad hursandman, u payg‘ambarzodalardan ekan, - dedi kuyovi. Nuh alayhissalom u o‘zining qizi ekanligini bildi va olib borgan hodyasini unga sovg‘a qildi.

Habarda kelarki, Nuhning umri oxirlab qolgach, bir kuni Jabroil alayhissalom keldi va unga:
 - Ey Nuh, payg‘ambarlar ichida sening umring uzunroq bo‘ldi. Dunyoni qanday tasavvur etding?
 - Dunyoni ikki eshikli saroydek bildim. Bir eshikdan kirib, ikkinchisidan chiqarman, - dedi Nuh.

 Aytishlaricha, Nuhga yuz yoshlarida payg‘ambarlik keldi. Ellik yili kam ming yili odamlarni da’vat qildi. To‘fondan keyin uch yuz ellik yil yashadi. Yana aytadilarki, Odamatodan to‘fonga qadar ikki ming ikki yuz yil vaqt o‘tgandi. Shundan keyin Nuh vafot etdi. Odamlar uch yuz yil Nuhning hariatiga amal qildilar. So‘ngra hammalari kofir bo‘ldilar, shariatni bayon qilguvchi qolmadi. Uch yuz yildan keyin odamlarga Hud payg‘ambari yuborildi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 14:49:24

AVJ IBN UNUQ QISSASI
 
 Unuq Odamning qizi bo‘lib, Avj uning o‘g‘li edi. Bo‘yi nihoyatda uzun edi. To‘fonda gshu boisdan ham haolk bo‘lmadiki, suv uning tizzasigacha chiqdi xolos. U tog‘lar ustiga o‘tirib, dengizga qo‘lini tiqib, baliq ushlardi va uni quyoshga tutib, pishirib yeyardi. Hamiyatlik edi, behad sadoqatli edi. Katta yoshli xotin va bir qizni oldi. Qizni baland bir toshning ustiga, odamlar ko‘rmaydigan joyga qo‘ydi. Qiz ulg‘aygach u bir joyga ketdi. Qiz tog‘ning bir chetiga kelagida, ko‘zi bir yigitga tushdi, unga oshiq bo‘ldi. Yigit ham unga ko‘ngil qo‘ydi. Qovushmoqlikka imkon topmadilar. Yigit bir bo‘rining oldigma kelib dardini aytdi:

 - Bir usta topib, o‘zing sig‘adigan sandiq yo‘ndirgin, og‘zini berkitsin, sen unga kirib olgin, - deb maslahat berdi bo‘ri.

Haligi odam sandiqni olib kelib, tog‘ tagiga qo‘ydi. Bo‘ri ham sandiq yonida o‘tirdi. Avj kelganida bo‘ri yig‘laganicha unga peshvoz chiqdi.

- Ey o‘g‘lim, sandiq ichida omonatim bor, uni senga qoldirayin, boshqalarga ishonmasman, - dedi.

Avj sandiqni olib xotini yoniga qo‘ydi-da, Yana bir joyga ketdi. Xotin sandiqning qulfini ochib, yigitni chiqarib oldi. Bir necha kun birga bo‘ldilar. Avj qaytib kelib ko‘rsaki, bir kimsa yerga tupirmish.
 - Buni kim qildi, - deya so‘radi u.
 - Men tupurdim, - dedi xotini.
 - Yana bir tupirgin-chi! - dedi Avj. Xotini tupurganda unga o‘xshamadi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 14:49:33

- Hozir seni haqiqat gapdan boshqa gap qutqarmas, - dedi Avj jahli chiqib. Xotin qo‘rqqanidan rostini aytdi. Avj yigitni sandiqdan chiqardi, xotini yoniga qo‘yib, bo‘rini topib keldi. Yerga urib o‘ldirdi, ustidan yozildi, bo‘ri najosat ostida qoldi. Rivoyat qilishlaricha, u qaysi eldian o‘pkalasa, bir oyog‘ini qishloqning u chetiga, bir oyog‘ini bu chetiga qo‘yarkan-da, qishloqning tepasiga yozilib, hamma odamlarni najosati ostida halok qilarkan.

HIKOYAT. Avj Muso alayhissalom davrigacha tirik yurgan edi. Musoning lashkari ko‘rdiki, Avj to‘rt yig‘och (bir yig‘och taxminat 9 km keladigan masofa birligi) joyni band qilib turardi. Bir payt lashkar Bilan barobar keladigan bir tog‘ni boshi ustiga dast ko‘tardi-yu odamlar ustiga bostirib qo‘ymoqchi bo‘ldi. Shunda Olloh taolo sassiqpopishakka ilhom berdiki, u kelib Avjning boshi ustidan u tog‘ni teshib qo‘ygandi, tog‘ uning bo‘yniga halqa bo‘lib qoldi. U Muso Bilan urusha olmadi. Shunda Musoga "Urgil!" degan farmon bo‘ldi. Musoning bo‘yi o‘n ikki qari (tirsak) edi, tayog‘ining uzunligi ham shuncha edi. Muso Yana o‘n ikki qari balandga sakrab, tayog‘i bilan urgandi, Avjning oshg‘iga tegdi va yerga quladi. Musoning qavmi uni yancha-yancha o‘ldirdilar.

Qayd etilgan