Nosiruddin Rabg'uziy. Qisasul anbiyo  ( 99202 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 ... 30 B


shoir  23 Iyul 2008, 14:53:08

- Bu bolani qaerdan topding? - so‘radi podishoh. Zaum voqeani bayon qildi, shoh tingladi.
- Ey shohim, gaplarimga ishonmasang, yurgil, senga ko‘rsatayin, - dedi Zaum.

Podishoh Zaum Bilan birga o‘sha ungirga bordi, ayol baland ovoz bilan Qosurni chaqira boshladi. Ungir ochilib, ikkovlari ichkariga kirdilar. Olloh taolo o‘z qudrati Bilan Qosurni tiriltirdi.
- Ey Xadna’, bu mening o‘g‘limdir, - dedi Qosur va keyin yana o‘ldi, hok-tuproq bo‘ldi.
- Men buni ko‘zlarim Bilan ko‘rdim, ishondim, ammo boshqalar bunga ishonmaydilar. Shul sababdan bolani mening eshigimga qo‘ygil. Odamlar kelib uni asrab olishlikka so‘raydilar. Shunda sen ham borib asrab olgil, - dedi podishoh.

Zaum shunday qildi. Solihni asrab oldi. Solih o‘n ikki yoshga yetganda chiroyi kamolga yetdi. Kim uni ko‘rsa mahliyo bo‘lar edi. Solih onasining qo‘ylarini asrardi.

Kunlarning birida Muoviya ibn Bakr Makkadan uch ming kishilik qo‘shin tortib keldi, Hijozni taslim etdi. Ertasi kuni Solih Muoviyani ko‘rmoq uchun yo‘liga chiqdi. Maqsadi dushmanni qaytormoq edi. Solih dushman lashkarini tutib, har qaysini har tarafga irg‘itardi. Shunda bir gala otliqlar kelib, uni tutmoqchi bo‘ldilar. Shunda Solish qattiq na’ra tortdiki, Jabroil, Azroil, Mekoil farishtalar ham unga jo‘r bo‘ldilar, bu dahshatdan dushman lashkarining yuragi yorilib o‘ldi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 14:53:29

Bu voqeani podishohga yetkazdilar. U otlanib kelib, ajoyibotni ko‘rgach, Solihni otga mindirdi, egniga sapolar kiydirdi, boshidagi oltin tojni uning boshiga qo‘ydi. Dunyoda ilk bor o‘z kiymimni yechib, birovga kiydirgan shah Xanda’ ibn Umar edi. Qo‘shiniga farmon keldiki, "Qachon podishoh bir joyga bosa, Solih ham birga bo‘lsin, unga ham shohona salomlar berilsin", deb.

Bir kuni Solih uyining eshigi oldida o‘tirardi. Jabroil alayhissalom chiroyli yigit suratida uning oldiga keldi. Salom berdi. Solih uni tanimadi.

- Ey Solih, uyga kirgil! - dedi Jabroil va uyga kirgach unga payg‘ambarlik kelganini bildirdi. - Borgil podishohga aytgilki, "U Olloh bittadir, Solih uning payg‘ambaridir", deb aytsin.

- Egnimdagi xatolar kiymini yechgil, - dedi Solih. Yechib oldi, bir ko‘ylak kiydirdi, Solih payg‘ambar to o‘lgunicha shu kiyimda bo‘ldi.

- Ey kofir, Ollohdan boshqa iloh yo‘qdir, Solih uning payg‘ambaridir, deb aytgil, - dedi u podishohning qoshiga kelib.

- Ey Solih, bizning senga qilgan ezguligimizga shunday javob qilursanmi? - dedi podishoh. Solih javob aytmoqchi bo‘lgandi, Jabroil unamadi, - tur o‘rningdan, yurtdan chiqib ketgil.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 14:53:42

Solih yurtdan chiqdi, yetti yig‘och (tahminan 9 km. Bo‘lgan masofa birligi)lik yo‘l yurib Qar’ tog‘iga keldi. Unda farishtalarni ko‘rdi.

- Ey Solih, bunda bir uy bino qilgil! - dedi ular, o‘zlari ham unga ko‘mak berdilar. Bir uy barpo bo‘ldi: uzunligi uch yuz tirsak, eni qirq tirsak. O’ng yonidan yerlar ochdirildi, so‘l yonidan daraxtlar ektirildi. Oltin va kumushlar Bilan ziynatlangan bir qandil yasadilarki, uning yorug‘ligidan quyosh uyalardi. Ertasi kuni qavmi kelib, u binoni ko‘rdilar, lol qoldilar. Solih payg‘ambar kunduzlari qavmini imonga da’vat etar, tunda bu uyga kelar edi. Ammo bu elda uch yuz kishidan ortiq musulmon bo‘lmadi.

- Hudoyo, bulardan umidim uzildi, - dedi Solih.

- Ey Solih, bular uch yuz yildirki, kofirlikka cho‘mganlar, - dedi Jabroil. - Bir yencha kun ichida bular o‘zgarib qolmaydilar.

- Ey qavmim, mening bir kishida ishim bor, - dedi shunda solih payg‘ambar va bosh olib chiqdi.

Qar’ tog‘iga borib, bir mehrob qildi-da, ibodatga mashg‘ul bo‘ldi, sajdaga bosh qo‘ydi. Olloh taolo uni uyg‘uga cho‘mdirdi, u qirq yil uyg‘uda bo‘ldi. Imonga kelgan uch yuz musulmon vafot etdilar. Yer yuzida "la’ ilaha illaloh" deguvchi qolmadi. Uyqudan uyg‘ongan Solih payg‘ambar ularning barchalarini o‘lik holda ko‘rdi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 14:54:05

Solih alayhissalom to‘rt yil Samud xalqi orasida yurdi, ularni imonga undadi, azobdan qo‘riqitdi, jannat hushxabarini berdi, ezgu o‘gitlar aytdi, ammo qabul qilmadilar. "Solihni o‘zimizdan umidsiz qilamiz", deb kengashdilar. Ular yana "Solih bizdan hasab va nasabda ulug‘roqdir, uni o‘ldirib bo‘lmayd. Shunday bir yumush buyuraylikki, shu ishni qilolmay hijolat bo‘lib, o‘zi ketgay" deya mulohaza qildilar.
- Ey Solih, sen bizga nima demoqchisan? - deyishdi ular.
- Olloh taoloning yagonaligiga ishoning. Sizni yaratgan, ne’matlar ato etgan Udir, - dedi Solih. - Od xalqi ishonmadi - ne baloga yo‘liqmadi, Hud qavmi imon keltirmadi - boshiga qanday balolar kelmadi.

- Ey Solih, bizni otalarimiz sig‘ingan ilohdan qaytarib, boshqa hudo bilan qo‘rqitmoqchimisan? Agar so‘zing rost bo‘lsa, bizga bir mo‘‘jiza ko‘rsat, - dedi qavmi.

- Qanday mo‘‘jizani istaysiz? - dedi Solih.
- Iydgohimizga chiqaylik, sen o‘z tangringdan so‘ragin, biz ham o‘z tangrimizdan so‘raymiz, qay birining qudrati zo‘rligini ko‘raylik, - deyishdi ular.
Ertasi kuni hammalri iydgohga chiqdilar, Solih ham bordi.

Ularning oldilari bir maysa ham unmagan tog‘ bor edi.
- Shu tog‘dan bizga bir qizil tuklik tuya chiqargil. Bizning qo‘limizda bo‘talasin, bizga sut bersin, biz uni ichaylik, - deyishdi.

O’sha tog‘da Qayna degan o‘zan bor edi, suvlari o‘sha yerdan kelardi. Bu qavmning bobolari bir kuni o‘zandagi bir toshdan sado eshitdiki, "Samud xalqi bu toshdan halok bo‘lg‘usi", degan.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 14:54:27

- Ushbu toshdan bir tuya chiqargil, tuki qizil, tili qora, bo‘yni uzun, o‘rkachi tuklik, yelini yetilgan bo‘lsin, - deb o‘sha toshga ishora qildilar.

- Hudoyo, mendan nima istayotganlarini o‘zing bilib turibsan, - Deya duo qildi Solih alayhissalom.

- Ey Solih, sening qavming bu mo‘‘jizani talab qilishini bilardik. Biz uni shu toshning ichida saqlab turibmiz, - degan farmon keldi.

Solih alayhissalom duo qildilar. Tosh tebrana boshladi. Bir payt tosh ichidan huddi o‘zlari talab qilganlaridek tuya chiqdi, biroz o‘tmay bo‘taladi va tuya bo‘tasi Bilan o‘tlay boshladi.

- Sen juda yomon sehrgar ekansan, - deb imon keltirmadilar. Ba’zilarigina imon keltirdilar, xolos.

Qavmning bir qudug‘i bor edi. Tuya bo‘tasi Bilan kelib quduqdagi suvning borini ichib qo‘ydi, shu kuni qavm suvsiz qoldi.
- Bu tuya bizga kerakmas, - dedilar bundan achchiqlanib.
- Bularning orasida nabat qilgin: suv bir kun tuyaga bo‘lsin, bir kun qavmingga! - degan farmon bo‘ldi.

Uni qabul qildilar.
- Farmon shulki, tuyaga tegmang, urmang, qiynamang, o‘ldirmang. Bu ishlardan birini qilsangiz, sizlarga azob kelgay!

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 14:54:42

Buni ham qabul qildilar. Tuya ularning orasida o‘ttiz yil turdi. Qavmning navbati bo‘lgan kuni tuya bo‘tasi bilan tog‘larda o‘tlar edi. Tuyaning navbati kelgan kuni quduq suvi tepasigacha ko‘tarilar, tuya bo‘tasi Bilan suvlardi, suv yana o‘rniga tushardi. Ular tuyani sog‘ib idishlarini to‘ldirib olardilar, negaki uning suti bir ming yetti honadonning hammasiga yetardi. Ammo qo‘ylari va qoramollari tuyani ko‘rib hurkar, undan cho‘chib o‘tlamas edilar. Qavm bu tuyani yoqtirmay qoldi.

- Biz bu tuyani o‘ldirmaguncha undan qutila olmaymiz, - deb fikr qildilar.

Rivoyat qiladilarki, Solishh alayhissalom shunday degandi: "Orangizdan qizil yuzlik, sariq sochlik, chaqir ko‘zlik bir kimsa bu tuyani o‘ldirgay". Qavm shunday sifatlik bolalar tug‘ilsa, onasiga bildirmay o‘ldirib tashlardi. Shunday sifatlik to‘qqizta bola tug‘ildi, barchasini o‘ldirdilar.

Yana bir Solih aytgan sifatlik bir bola tuildi, ammo u qavm ulug‘larining farzandi edi. Hammalari yig‘ilib, bolani o‘ldirgani keldilar.

- Bu so‘z g‘irt yolg‘ondir. Solih sizni laqillatayotibdi, - dedi bolaning otasi.

Qavmning so‘zi o‘tmadi, bola o‘lmay qoldi. Ul bolani Qazor deb atadilar, otasining ismi Solif edi.

- Odam farzandlarining orasida bundan hosiyatsiz va shumroq kimsa yo‘qdir, - dedi Solih bola yigirma yoshga kirganda.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 14:54:58

Rivoyatda kelishicha, ular to‘qqiz kishi edilar, hammalari bo‘zchi edi. Yo‘lboshchilar Qazor ibn Solif hamda Mastah ibn Dahr edi. Aytishlaricha, ular Bilan ikkita iflos ayollar ham bor edi: biri Abira otlik, birisi Suduq ismlik. Abira kambir edi, ammo uning ikkita chiroylik qizlari bor edi: biri Qazor ibn Solif, biri Musdi’ otlik. Ikkiovi har ikki xotinni yaxshi ko‘rardi.

Bir kecha ular to‘plandilar. Taom tiladilar.
- Bugun tuyaning navbati kuni. Suvimiz yo‘q, shu tufayli taom tayyorlay olmadik, - dedi Suduq.
- Kuchimiz yetganda edi shu tuyani gumdon qilar Edik. Afsuski, oramizda erkaklar yo‘q, mardlar bo‘lganda edi bu tuyani o‘ldirardi, - dedi Abira.
- Bu tuyani men o‘ldirsam, nima berarsan? - dedi Qazor ibn solif.
- Men o‘zimni senga bag‘ishlagayman, - dedi Suduq va asta yuzini ocha boshladiki, uni behad ko‘rkliligidan Qazor unga oshiq bo‘ldi.
- Men bu qizlarimdan birini senga bergayman, - dedi Abira Musdi’ga qarab.

So‘ngra aroq keltirdilar, ikkovini mast qildilar. Qo‘ldoshlarga sovg‘alar berdilar. Ikkovi tuya keladigan yo‘lning bo‘yida pisib o‘tirdilar. Tuya kelgani hamono Qazor oldidan chiqdi-da, qilich Bilan bo‘ksasini chopib tashladi. Tuya yiqilib tushdi. Musdi’ esa o‘q Bilan boshini nishonga oldi. Yiqilib yotgan tuyani Qazor ibn Solif so‘nggi zarba Bilan o‘ldirdi. To‘rt tomondan odamlar yetib keldilar, tuyani pora-pora qilib, go‘shtini homtalash qildilar. Qazor esa bo‘tani o‘ldirmoqqa chog‘landi, ammo bo‘ta tog‘ tomonga qochib ketdi, uch bora qattiq bo‘kirdi-da, onasi chiqqan tog‘ ichiga kirib g‘oyib bo‘ldi. Solih alayhissalom yetib kelganda tuyani gumdon qilgandilar.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 14:55:18

- Bo‘ta qani? - deb so‘radi Solih haloyiqdan.
- Uch bora bo‘kirdi-da g‘oyib bo‘ldi, - dedilar.
- Uch marta baqiriqning boisi shulki, bu uch alomatning belgisidir. Uch kundan keyin azob kelgusidir, - dedi Solih
- U azobning alomati nimadir? - deyishdi.
- Birinchi kuni yuzlaringiz sarg‘ayadi, ikkinchi kuni qizaradi, uchinchi kuni esa qorayadi. Bu azobning yetib kelganidan dalolatdir, -dedi.

Solihni bu gaplarini eshitgandan keyin tuyani o‘ldirganlar Yana g‘azablandilar.
- Tuyani o‘zimiz o‘ldirdikmi, endi azob yetmadan burun Solihni ham o‘zimiz o‘ldiramiz. Agar rozi bo‘lsa, bizlardan oldin o‘lib ketadi, yolg‘on bo‘lsa undan qutilganimiz qoladi, -deyishdi yovuz kimsalar.

Yovuzlar shu kecha Solihni poylab, bir toshni ostida pisib yotdilar. Ollohning farmoni Bilan u tosh yemirilib, hammasining ustidan bosib tushdi, halok qildi. (Oyat) "Ular o‘zlari bilganlaricha bir nav makr qildilar va Bizlar ham unga qarshi tadbir qildik va ular buni sezmas edilar".

Yana bir rivoyatda shunday deyiladi: Solihni o‘ldirishga chog‘alnib kechasi uning eshigida poylab yotganlrida Olloh taolo farishtalarni tushurdi va ular tosh Bilan urib, hammalarini haolok qildilar. Ertasiga ular qaytmagach, Samud xalqi Solihga "Ularni sen o‘ldirgansan", deb da’vo qildilar.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 14:55:32

Ertasi kuni ko‘rdilarki, hammalarining yuzlari sarg‘aymish. Bildilar, azob yaqinlashmoqda. Shunda "Solihni o‘ldiraylik", deya istay boshladilar. Solih ulardan qochdi. U saqil ismli abul vahhob laqabli kimsaning uyiga keldi, u Solihni yashirdi. Necha bor qidirib keldilar, aytmadi. Shundan keyin ular "Solihni bizga topib Bering!" deya solih alayhissalomga yaqin bo‘lgan kishilarni ura boshladilar. Shunda Misra’ ibn Xaaram degan kimsa "U Abul Vahhobning uyidadir", deb aytib beradi. Abul Vahhobning oldiga borib "Solih sening uyingda ekan", dedilar. U ham "Solih shu yerda, ammo men uni sizlarga bermayman", degandi umidsiz bo‘lib qaytib ketdilar.

Ertasi kuni yuzlari qizardi, uchinchi kuniga o‘tib qoraydi. Yakshanba kuni edi, imon keltirganlar Solihning oldiga keldilar. Payg‘ambar ular birga Falastinga bordi. Ularning ham yuzlari qorayib ketgandi. Barchalari o‘zlariga go‘r qazidilar, kafanlar kiyib, qazilgan lahadlarga kirib o‘tirdilar.

Olloh taolo Jabroilga farmon berdi, u tuya o‘ldirilgan joyga kelib, bir nara’ tortdi, dahshatli qichqiriqdan hamma qavmning yuragi yorilib o‘ldi va do‘zaxga tushdi. Yolg‘izgina Zurayta degan xizmatkor OMON qoldi. U ham tashqaridagilarga habar bergani borib, suv so‘radi-da, suvni ichib bo‘liboq o‘ldi. Solih ulardan ko‘ngil uzdi.
- Hudoyo, menga imon bergil, bir ezgu ko‘ngilli qulni topayin, ko‘nglimdagi munglarimni unga aytib, yuragimni yozayin, - dedi Solih.
- Borgil! - degan farmon bo‘ldi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 14:55:50

Solih biron kimsa qidrib, jahon kezdi. Yura-yuar bir kishini topdi, u namoz o‘qib turgan edi. Unga kelib, salom berdi, hol so‘radi.

- Bir dengiz qirg‘og‘ida kofir va yo‘lsiz xalq bor edi. Olloh taolo hammasini dengizga g‘arq qildi, yolg‘iz men qoldim, enda haq taologa shukr qilurman, - dedi ul kishi.

U yerdan ketib, dengiz qig‘og‘idagi bir shaharga bordi. Ikki aka-ukadan boshqa hamma xolqi kofir edi. Bu ikki musulmon birodarlar, hunarlari evaziga kun ko‘rar, topganlarining o‘zlaridan ortganlarini darvishlarga berar edilar. Solih ularning oldiga keldi vash u payt qattiq ovozni eshitdi.
- Bu nimadir? - dedi Solishh.
- Bu yerda bir katta ajdaho bor, oqshom payti dengizdan chiqib, bir odam yeyar, -dedilar.
- Uni o‘ldirsam, haloyiq menga nipma bera oladi? - dedi Solih. Ikala birodar bu gapni shahar xalqiga aytdi.
- Shahar xalqi "Agar ilonni o‘ldirsa, unga yarim davlatimizni beramiz", dedilar, - deya habar olib keldi birov.

Solih o‘rnidan turib, ikki rakaat namoz o‘qidi, so‘ng duo qildi. U ilon yorilib o‘ldi. Shahar xalqi yarim davlatlarini keltirib berganlarida Solih uni olmadi, birodarlarga berdi, ular olmagach, xalqning o‘ziga qaytardi. Boshini sajdaga qo‘yib, yaragnaga shukr qildi.

Qayd etilgan