Nosiruddin Rabg'uziy. Qisasul anbiyo  ( 152701 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 30 B


shoir  23 Iyul 2008, 14:33:06

Olloh taolo bu holda Muhammad alayhissalomga habar berdiki: (Oyat) "Biz bani Isroilga shuni hukm qilib berdik, kimki biror odamni o‘ldirmagan yoki biror fasod ish qilmagan bir tirk jonni o‘ldirsa, u go‘yo tamom odamlarni o‘ldirgan bo‘lur. Kimki bir jonni o‘limdan saqlab qolsa, u go‘yo hamma odamlarni o‘limdan saqlab qolgan bo‘lur". Ulamolarning aytishlaricha: "Qobilning o‘kinchi Hobilni o‘ldirib qo‘ygani uchun emasdi, agar o‘ldirgani uchun o‘kinganda tavba qilgan bo‘lardi. U o‘likni qaerga yo‘qotishni bilmagani uchun, orqalab yuraverib holdan toygani uchun o‘kingandi".

Qachon Odam Hajga bormoqchi bo‘lganida Hobilni "Men kelguncha saqlagil!" deb ko‘kka topshirganda, qabul qilmadi. Yerga topshirdi, qabul qilmadi. Tog‘lar ham qabul qilmadilar. Qobil qabul qilgandi, lekin omonatga hiyonat qildi, o‘ldirdi.

Qobil ukasini o‘ldirganida kechayu-kunduz yer qimirladi. Hobilning qoni yerga suvdek singib ketdi. Odam Hajdan qaytib kelganida hamma farzandlari qarshi oldilar, lekin Hobil ko‘rinmadi.
 - Hobil qani, - so‘radi u.
 - Hobilning qo‘ylari mening ekinzorimga kirib ketgandi, undan uyalib kela olmadi, - dedi Qobil.
 - Sen shunday deysanu, ammo Hobilning qoni yerda ingranib yotar, - dedi Odam.
 - U o‘ldi, - dedi Qobil.
 - Hobilning qoni to‘kilgan yerga Tangri la’nati bo‘lsin, bu kun u qonni tashqariga chiqarmasa, - dedi Odam.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 14:33:40

Yer qonni tashqariga chiqardi. o‘sha kundan beri qon yerga singimaydigan bo‘ldi. U joydan tikan bilan yulg‘un unib chiqdi. Buyobondagi qush-qurtlar "Qarindoshlarda mehr-shafqat qolmadi", deganlaricha tog‘larga qochib keldilar. Odam Bilan Havvo juda ko‘p yig‘ladilar, aziyat tutdilar.

Rivoyat qilinurki, Qobil hobilni o‘ldirgach, Iblik kelib unga gap ketdi:
 - Olloh taolo nima uchun qurbonlig‘ini qabul qilmadi? Negaki sen olovga topinmaysan, hamr (aroq) ichmaysan, ovoz chiqarib yig‘lamaysan.

Shundan keyin Qobli hamr ichdi, butga topindi, o‘tga sig‘indi, ovoz chiqarib yig‘lay boshladi. Odam bu ishlardan ogoh bo‘lib, Qobilni bu yo‘ldan qaytarmoqlik uchun qirq ming kishini yubordi. Ular kelib Qobilni ko‘rdilar, uning yig‘ilarini eshitdilar, hammalari dindan qaytib murtad bo‘ldilar, u Bilan birga qoldilar. Yuqoridagi mas’iyatlar (gunoh ishlar) hammasi Qobildan meros bo‘lib qiyomatga qadar qoldi. Qiyomat kuni o‘blganda Olloh jahannamiylarni do‘zaxga kiritsa, ular azoblarni ko‘rib Olloh taologa yolborarlar: (Oyat) "Ey Parvardigorimiz, jinlardan va inslardan bizlarni adashtirganlarni ko‘rsatgil, biz ularni qadamlarimiz ostiga olaylik, toki ular eng past va xorlanganlardan bo‘lsinlar".

Izoh: jin va insdan murod shuki, biri Iblis, biri Qobildir.

 Shu paytda xitob kelgay:
 - Ey Iblis, jahannamiylar seni qo‘rmoqni istaydilar.
 - Men ham ularni tilarman, - degay Iblis.

Olloh taolo do‘zah ichida bir minbar bino qilgan. Iblis u minbarga chiqar va shunday der: (Oyat) "Albatta, men bundan ilgari menga sherig qilgan narsalaringizdan bezorman". Jahannamiylar boshqa javob ayta olmadilar, hammalari noumid bo‘ldilar.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 14:34:09

Aytishlaricha, Qobil o‘z ukasini o‘ldirgach Iqlimoning qo‘lidan tutib, Yaman viloyatiga bordi - olovda topina boshladi. Qobil urug‘ining aksariyati fasod qildi, hamr ichdi, olovga sig‘indi, ovoz chiqarib yig‘ladi vash u ishlari jaddiga halok bo‘ldilar.

Yana bir habarda aytilurki, Odam Olloh taolodan "Yer mening hukmimga bo‘ysunsa", deb tiladi. Yerga farmon bo‘ldi: "Odam nimani buyursa shuni qilg‘il!" deb. Odam:
 - Ey Yer, tutgil! - dedi. Yer Qobilni to‘pig‘igacha yutdi. Qobil qo‘rqib ketdi va dedi:
 - Ey ota, rahm qilgil!
 - Sen birodaringga rahm qilmading, endi men senga qanday rahm qilayin, - dedi Odam. Yana buyurdi:
 - Ey Yer, yutgil! Yer Qobilni tizzasigacha yutdi. O’g‘il yana yolvordi:
 - Ey ota, sen jannatda gunoh qilding, yolvorganding Hudo kechirdi. So‘ragil meni ham kechirsin!
 - Men bug‘doy yegandim, sen qon to‘kding, bu gunohni qandayin kechirsin, - dedi Odam va Yana buyurdi:
 - Ey yer, yutgil! Yer Qobilni beligacha yutdi. Shunda Qobil:
 - Ey ota, sen Ollohning yuz ming rahmati bor, deb aytar eding. Uning to‘qson to‘qqizini hamma odamlarga mo‘minlarga berardi, bir qismini hamma jonzotlarga beradi, der eding. Tilagil, o‘sha ulujdan menga ham ravo ko‘rsin!
 - Sen jigaringga rahm qilmading, ul rahmatdan senga ulush yo‘q, - dedi Odam va Yana buyurdi:
 - Ey Yer, yutgil! Yer Qobilni bo‘g‘zigacha yutdi. Shunda Qobil Odamdan umidini uzib, Olloh tarafga yuzlandi:
 - Iloho, Otamdan eshitdim seni Rahmon va Rahim sifatilik ikki oting bor. Rahmonlik sifating meni bu azobdan qutqargil! Agar qutqarmasang Rahmon otingdan kechgil!
 - Ey Qobil, Men ko‘plarni azobdan qutqargayman. Rahmon otimdan kechmayman!
 Shundan keyin yerga farmon bo‘ldi: "Qobilni qo‘ygil!" Yer Ollohni farmoni Bilan Qobilni bo‘shatdi. So‘ngra bir farishta kelib, Olloh farmoni Qobilning oyog‘idan tutib, Mag‘ribdan Mashriqqa qadar yetti marta sudradi, Qobil halok bo‘ldi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 14:34:54

SHIS ALAYHISSALOM QISSASI
 
 Qobildan keyin bir yuz o‘ttiz yil o‘tgach, Shis tug‘ildi. Shis sarboniy tilida "Hibatullosh" deganidir, ya’ni tangrining tuhfasi. Olloh "Hobilni oldim, uning o‘rniga Shisni berdim", dedi. Muhammad alayhissalomning nuri Odam manglayidan Havvoning arhmiga berdi. Shis tug‘ilgach, u nur Shisning manglayiga keldi. Odam Shisni g‘oyat yaxshi ko‘rardi.

 Xitob keldi: "Ey Shis, bu nur eng suyukli do‘stim Muhammad mustafoning nuridir. Farzandlaringga vasiyat qilginki, ular o‘z juftlarini nikoh birla olsinlar, sevgi Bilan qovushmasinlar!".

 Olloh taolo Odamga ming hunarni o‘rgatgandi. Shisga esa hamma kasblardan deb bo‘zchilik hunarini o‘rgatdi. Toki, u uy ichida soyada ishlasin, degan maqsad bor edi. Bu taqdir boshqa qarindoshlariga hush kelmadi:
 - Shis uyda o‘tirib ish qilar, biz bo‘lsa qishin-yozin biyobonda zahmat chekarmiz. Bizga ham bo‘zchlikni o‘rgating, -dedilar.
 - Bu so‘zni eshitib Odam duo qildi:
 - Iloho, bo‘zchilikni Bilan ko‘nglidan chiqargil!

 Olloh taolo bular ko‘ngliga bo‘zchilikka nisbatan dushmanlik soldi. Yana demishlarki, bo‘zchilikning barakati bo‘lmas. Shuning uchunki, bo‘zchilar Zamzam qudug‘iga bavl qilganlar. Yana demishlarki, qilar ishlari yulib olinarlik bo‘lgani uchun ham barokatsizdir.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 14:35:40

Shunday hikoyat qildilar: Bir odam Rasul layhissalomning qoshiga keldi va dedi:
 - Yo Rasululloh, mening mol-dunyoim behad ko‘payib ketdiki, bundan ko‘p aziyat chekurman, kamaysin deb shu harakat qilurman, kamaymas, birovga bermoqlikka ko‘nglim bo‘lmas, nima qilayin?
 - Borgil, yulg‘un shohidan tayoq ishlatgil, - dedi Rasululloh. Shunday qilgandi, moli tugab ado bo‘ldi.

 Yana demishlarki, Bibi Maryam rahiollohu anhu juhidlardan qochayotgan chog‘da bo‘zchilardan yo‘l so‘ragandi, ular yomon yo‘lga solib yubordilar. Tikanzorga borib qolgan ona ularni qarg‘adi.

 Yana demishlarki, bo‘zchilar Bibi Maryamni cho‘qur suvga boshladilar. "Suvdan o‘tayotgandan badanini ko‘ramiz", degan umidda edilar. Maryam duo qildi: Iloho, ishlaridan barokatni ketgazgin!

 Yana demishlarki, Solih alayhissalomning tuyasini bo‘zchilar o‘ldirgandi.

 Habarda keladiki, bo‘zchilik ezgu kasb turar. (Hadis) "Qanday yaxshi hunar to‘quvchilik xotin-qiz ummatlarimga va qanday yaxshi tikuchilik er ummatlarimga, agar ularda yolg‘onchilik bo‘lmasa erdi".

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 14:36:23

Yana demishlarki, bo‘zchilikda olti hislat bor: ikk naf’i borki hayrlidir, ikkisi mar dva tanti bo‘lur, uchinchisi g‘ariblar do‘sti bo‘lur, to‘rtinchisi kichik ko‘ngil bo‘lurlar, beshinchisi o‘ligu tirik ularga muhtoj bo‘lar, oltinchisi omadli bo‘lurlar.

 Yana demishlarki, Balh diyorida bir pokiza zohid olim bor edi. Shayh Shaqiq rahmatullohi alayh bu bo‘zchini eshitib, uni ko‘rgani bordi. Olim shayhni qarshi oldi.
 - Ey shayx, kelishing biz uchun quvonchli bo‘ldi, - dedi olim.
 - Nima sabadan? - so‘radi shayh.
 - Sening kelishing ollohni irodasi edi. Shu bois u sevinchli bo‘ldi, - dedi bo‘zchi olim.
 - Shayh Shaqiq bo‘zchining uyiga kirganida bir asbobni ko‘rdi.
 - Bu nima? - Deya so‘rad shayh.
 - Tirikchilik vositasi erur, -* dedi bo‘zchi.
 - Bu nimadir?
 - Bu hidoyat iplaridir - dedi bo‘zchi.
 - Bu bo‘z nimadurki, uni yerga yozib qo‘yibsan? - deya yana so‘radi.
 - Bu tirikligim asosi turur.
 - Bu qanday qamishdir?
 - U Bilan o‘zimni dunyodin uzoqlashtiraman.
 - Bu qanday qushdir?
 - U mening toatim va yaxshiliklarimdir.
 - Bu panja-tirnoq nimadir?
 - U ixlosdur, u Bilan ammalarimni berkitarman.
 - Bu eshikda turgan tuya nimadur?
 - U kecha-kunduzdir.
 - Bu qo‘lingdagi yassi yooch nimadir?
 - U havf ham umiddir. Doimo havfda turarman va hamisha umidvordurman.
 - Bu ishni necha yildan beri qilarsan?
 - O’ttiz yil bo‘ldi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 14:36:38

- Bu ishingni aslo qo‘ymagil, u seni jannatga olib borguvsidir, - dedi Shayh Shaqiq rahmatullohi alayhi. Habarda kelurki, Odam safiyning umri ming yilga va’dalik edi. Miysoq kunida bir qavmni ko‘rdi, ularning boshlarida nur jilva qilardi.
 - Yo Rabb, bular Kim? - deb so‘radi Odam safiy.
 - Bular sening farzandlaring orasidan chiquvchi payg‘ambarlardir.
 - Iloho, bu Kim? - dedi ular orasidan birini ko‘rsatib, chunki uning nuri barchasidan ortiq edi.
 - Payg‘ambar Dovud alayhissalomdir.
 - Iloho, buning yoshi nechaga borar?
 - Oltmish yil.
 - Hudoyo, buning umrini orttirgil, - deb duo qildi.
 - Taqdiri azalda qaldam shunday yozgandir.
 - Iloho, mening umrim ming yildir, uning qirq yilini Dovudga berdim, - dedi Odam.

 Farmon bo‘ldi, bu so‘zni xatga bitdilar. Qachonki Odamning umri tugagach, Azroil jon olgani kelganida u: "Shoshmagil, umrimning hali qirq yili bordir", dedi. Chunki Odam u gapni yodidan chiqargandi. Shunda Azroil: "Bu qirq yilni Dovudga bag‘shlading", dedi farishtalar bunga guvohlik berdilar. Odam dunyodan rixlat qildi. Undan yetti yil keyin Havvo vafot edi. Jabroil Odamga jannatdan kafan keltirdi. Shisga "Otangni yuvgil!" dedi. Shis uni yuvdi, kafanga o‘radi. Keyin Jabroilga qarab, "Namoz o‘qigil!" degandli u "Namozni sen o‘qigil, halifa (o‘rinbosar) sensan!" dedi. Sababi ortiq bo‘lsin Deya to‘rt takbir bilan namoz o‘qidi. Shundan keyin kafan o‘ramoq, namoz o‘qimoq, go‘rga ko‘mmoq qiyomatga qadar sunnat bo‘lib qoldi.

 Odam alayhissalomdan keyin qirq besh yil o‘tgach Shis alayhissalomga payg‘ambarlik tegdi. Ikki yuz yetmish yil odamlarni da’vat qildi va shundan keyin u ham vafot etdi.
 Habarda kelurki, Shisdan keyin odamlar butga topinadirgan bo‘ldilar. Shariat so‘zini aytguvchi qolmadi, odamlar dindan qaytdilar. Hammalri johil bo‘lib, Hudoga ibodat qilishni yoddan chiqardilar. Kunlardan birida masjidga Odam suratini yo‘ndilar va unga topina boshladilar. Har Kim o‘z holicha but yasab oldi: kimdir yog‘ochdan, kimdir toshdan, kimdir oltindan, yana kimdir kumushdan. Uch yuz yil shu taxlidda kun kechirdilar. Shundan so‘ng Olloh taolo Idris alayhissalomni payg‘ambar qilib yubordi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 14:37:11

IDRIS ALAYHISSALOM QISSALARI

 Ziyoda dars o‘qiganlikdan otini Ahnud derdilar. Hayot chog‘ida eng birinch bo‘lib kiyim tikib kiygan inson u edi. Har gal igna sanchishda tasbih aytur ediki, u barcha odamlarning toati qancha bo‘lsa, shunchalik ibodat qilmoqqa bel bog‘lanagdi. Jamiki fparishtalar uning toatini ko‘rib, lol qoldilar.

 Farishtalardan biri Idrisni ko‘rishlikni qo‘msar edi. Olamlarning aytishlaricha, u jon oluvchi farishta (Azroil alayhissalom) edi. Olloh taolodan izn so‘radi. Kelib, Idrisni ko‘rdi, Idris ro‘za edi. Og‘iz ochar vaqt bo‘lgach, jannatdan nasiba keldi.
 - Kela, taom yegil! - dedi Idris.
 - Yemasman, - dedi u. Idris uning farishta ekanligini bilmadi, u to‘rt kun birga tursa hamki, taom yemadi.
 - Yur dalaga chiqaylik, ko‘ngling ochilisin, -dedi Idris. Tashqariga chiqdilar, bir ekin ekdilar.
 - Bu ekindan yeylik, - dedi farishta.
 - Olloh haqqi, halol taomga chorladim, kelmading. Nega meni haromga chorlaysan? -
Undan yuz o‘girdilar. Bir uzumzorga keldilar.
 - Uzum olib yeylik, bo‘lmasa, -dedi farishta. Idris ro‘yhushlik bermadi, undan nari ketdilar. Bir suruv qo‘yga duch keldilar. Farishta Yana boyagi so‘zni aytdi, Idris ham o‘sha javobni so‘zladi. Shunda bildiki, sherigi odam emas edi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 14:38:25

- Sen odammisan, yo farishta? -dedi Idris.
 - Farishtaman, seni qo‘msar edim, Olloh seni ko‘rgani izn berdi.
 - Bu karomatning hurmatidan meni o‘zing Bilan osmonga olib chiqqan, ajoyibotlarni ko‘rayin, toatim yanada ortsin, -dedi Idris.
 - Bu ishga erkim yo‘qdir, Ollohdan izn so‘rayin, - dedi farishta. Ruxsat berildi, to‘rtinchi osmonga chiqdilar. Azroilni u yerda ko‘rib:
 - Ey jon oluvchi farishta, jon bermaklik achchiqligini eshitganman, jonimni olgil jon bemoqlik achchig‘ini ko‘rib, toatimni Yana ham oshirayin, - dedi.
 - Bu ish mening ixtiyorimda emas, Ollohdan izn so‘rayin, - dedi u. Ruxsat bo‘lgach, Idrisning jonini oldilar. Azroil jonni olgach, Olloh taologa yolvordi va tazarru bilan:
 - Mening muhabbatim uchun Idrisni tiriltirgin! - dedi. Olloh taolo qudrati Bilan Idrisni tiriltirdi va Idris Azroilga dedi:
 - Meni do‘zaxga kiritgil, qo‘rqinchli og‘ir azoblarni ko‘rayin.
 - Bu ish mening ihtiyorimda emas, - dedi Azroil va Ollohdan izn so‘radi. Idris do‘zaxga kirdi, uning uqubatlarini ko‘rdi.
 - Endi meni jannatga kiritsang, uning ne’matlarini ko‘rsam, - dedi Idris.
 - Bu ish mening ihtiyorimda emas, - dedi Azroil va Ollohdan Yana izn so‘radi. Ruxsat bo‘lgach, jannat eshigiga keldilar.
 - Kirgil, shart shuki, qaytib chiqqil! - dedi Azroil. Idris bunga ko‘ndi, jannatga kirdi, ne’matlarini ko‘rgach, qaytib chiqishga unamadi. Shartga zid bo‘lmasin, deb hiyla ishlatdi. Oyog‘idagi kovushini bir daraxt ostiga qo‘ydi, keyin chiqdi. So‘ngra: "Kovushimni unutibman-ku" deb oh urdi. Faryod qilib, yana jannatga qaytib kirdi. Azroil bir soat indamadi, ikki soat indamadi, keyin chorlagandi, chiqmadi.
 - Nega chiqmayapsan? - dedi Azroil.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 14:38:41

- Chiqdim, shartni bajardim, endi ikkinchi bor chiqmasman, - dedi Idris. Shunda Yana bir farishta kelib:
 - Ey IDris, hali jannatga kiradigan vaqt bo‘lgani yo‘q, - dedi.
 - Menga vaqt bo‘ldi, shuning uchunki, (Oyat) "Har bir tirik jon o‘lim mazasini totib ko‘rguvchidir", deyilganiga muvofiq men o‘lim topdim va (Oyat) "Sizlarning har bittalaringiz, albatta, uning labiga kelguvchidirsizlar", deyilganiga ko‘ra kirdim. Yana farmon borki, (Oyat) "Ular ul yerdan chiqarilmaslar", hukmiga ko‘ra endi bu yerdan chiqmasman, - dedi Idris.

 Shunda jannat osmonidan bir ovoz eshitildi: (Oyat) "Mening bandam to‘g‘ri aytadi, qo‘yinglar uni, Mening marhamatim Bilan jannatga dohil bo‘lsin!"

 Hozir Idris jannatda turar. Olimlar aytadilarki, "Idris to‘rtinchi osmonda turar". Yana habarda kelishicha, to‘rt payg‘ambar hanuz tirikdir. Ikkisi (Iso va Idris) - osmonda, ikkisi (Xizir va Ilyos) - yerdalar. Ammo bu to‘rtovidan uchtasi o‘lgay, Idris esa o‘lmagay. Shuning uchunki, bir marta o‘ldi, jannatda qoldi, to qiyomat kunigacha u yerda bo‘lur.

 Yana aytishlaricha, jannat xalqiga o‘lim yo‘qdir, do‘zax xalqiga ham. Shu bilan birgaularga boshqa tusga kirish va dahshatlar bo‘lar. Yana Olloh bilguvchiroqdir.

 Qobilning ko‘zi ojiz o‘g‘li bor edi. Ul o‘g‘lining ham bir o‘g‘li bor edi. U ham ko‘r edi. Otasi bilan yetaklashib yurib, Qobilga duch kelishdi.
 - Shu odam mening amakimni o‘ldirgan, -dedi bola otasiga Qobilni ko‘rsatib. Ko‘r o‘g‘il tosh olib, Qobilni urib o‘ldirdi.
 - Nega otangni o‘ldirding? - dedi bolasi shunda va bir tosh olib u ham otasini urib o‘ldirdi.
 - Ilohi, biz Odamni yaratmasingdan ilgari aytganmidik "Odam farzandlari ham Jin ibn al-Jin qavmi kabi qon to‘kadilar", deb - dedilar farishtalar bu holni ko‘rgach.

Qayd etilgan