Nosiruddin Rabg'uziy. Qisasul anbiyo  ( 152721 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 30 B


shoir  23 Iyul 2008, 14:41:32

- Odam farzandlarini malomat qilmangalar. Sizlar ham yer yuzida yashaganlaringda edi, ularga yaratilgan narsalar sizlarda ham bo‘lganida edi, bunday demagan bo‘lardingiz! - degan farmon bo‘ldi. Va yana farmon bo‘ldiki, "Ey farishtalar, sizlarning qaysilaringiz olimroq va zohidroq bo‘lsa, o‘shani keltiring!"

 Uch farishtani tanladilar: birini Uzzo derdilar, birini esa Uzoyo Yana birini Axosil deb atardilar. Olloh taolo ulardan shaxvatni paydo qildi va ulardan birini shaxvatdan holi etib avvalgi holiga qaytardi. Ikkisini esa yerda qoldirdi. "Dunyoga boring, menga toat qiling, gunohdan qoching, odamlar orasida adolat Bilan hukm qiling, zulm qilmang, zino qilmang, qon to‘kmang, aroq ichman, hiyonat qilmang! Kunduzlari shu ish Bilan mashg‘ul bo‘ling, kechasi osmonga chiqing! Tong otguncha menga ibodat qiling!" Ularning qo‘llarida uzuklari bor edi.

 Bir kuni bir Xotin eri bilan tortishib qolib, er-xotin Uzzoning oldiga keldilar. U Xotin chiroyli edi, unga ko‘zi tushgan Uzzoda ayolga nisbatan mayl uyg‘ondi.
 - Ey xotin, sen adashgansan, men bilan birga bo‘lsang, sening istagingga hukm qilaman, - dedi Uzzo. Xotin rozi bo‘ldi, Eri bundan ogoh bo‘lib, bu yerdan ketdilarva Uzoyoning oldiga bordilar. U ham yuqoridagiday istak qildi. Xotin rozi bo‘ldi. Hilvat joyga keldilar.
 - Uch ishdan birini qilsangiz, sizga bo‘ysunarman, - dedi Xotin hilvatga kelgach, farishtalarga shart qo‘yib. - Shartim shuki, Yo erimni o‘ldirasiz, yo aroq ichasiz, yo butga sajda qilib, qo‘lingizdagi uzukni menga berasiz.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 14:41:54

Har ikki farishta mulohazaga berildi: "Hammasi gunoh ishlar, uzukni berar bo‘lsak osmonga chiqa olamaymiz, odam o‘ldirishdan ulug‘ gunoh yo‘q, aroq ichishda gunoh ozroq", deb kelishdilar-da aroq ichdilar. Mast bo‘ldilaro, ayolning erini o‘ldirdilar, zino qildilar, Xotin esa uzukni olib qo‘ydi, uzuk tufayli osmonga ko‘tarildi. Farishtalarga farmon bo‘ldi, ular xotinni urdilar, pokiza bo‘ldi. Ayolning ismi arab tilida Zahro edi, forsiycha Nohid, ibriycha Biduxit, turkiycha Saqit edi.

Farishtalarga amr bo‘ldi, osmonning qopqog‘ini ochdilar. Alarga deyildiki: "Olim va zohidlaringizga bir boqing!" Hammalari tavba qildilar: "Iloho, Sen bizdan bilguvchiroqdirsan!"

Uzzo va Uzoyo kayflari tarqagach ko‘rdilarki, qo‘llari qonli edi, o‘zlari zino qilgandilar, aroq ichgandilar, uzuklari qo‘llaridan g‘oyib bo‘lgandi. Ular o‘kindilar, yig‘ladilar:

 - Endi Ollohning oldida yuzimiz shuvut bo‘ldi. Parvardigorimiz bizni besh narsadan qaytargandi, ammo biz qon to‘kdik, zilm qildik, zino qildik, aroq ichdik, hamma ta’qiqni buzdik, -dedilar. So‘ngra Odam farzandlariga iztihfor qila boshladilar. Shungacha ular istig‘for aytmagandilar.

 - Biz hali osmonda ekanimizda bir bandaning ibodatlarini osmonga chiqargandi. Hamma yer xalqining ibodatlari uning toati oldida lol edi. U Kim bo‘lg‘uvsidir? - deb savol qildilar ular. Farishtalar uning Idris ekanini anglagach oldiga bordilar.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 14:42:17

- Bizni shafoat qilgil, Olloh gunohimizni kechirsin! - deb iltijo qildilar. Idris duo qildi. Farmon keldi: "Ey Idris, ulardan so‘ragil, dunyo azobini ihtiyor qilarmisiz yo oxirat azobinimi?"

Idris bu so‘zni bayon qilgach, ular: "Ey Idris, qaysi birini ihtiyor qilaylik, aytib bergil?" dedilar. Shunda Idris: "Oxirat azobi abadiydir, Dune azobini tanlang!" dedi. Ular dunyo azobini ixtiyor etdilar. Shunda Jabroil alayhissalom ularni Bobil qudug‘iga olib keldi. Qil bilan tovonlaridan osdi va peshin namozidan keyin to kechquringi shafaq g‘oyib bo‘lguncha qiynay boshladi.

Ba’zilar aytadilarki, tong otguncha ertagi qiynoqlarga hozirlik ko‘rardilar. Quduq ichida tovonlaridan osilgan holatda ko‘rildi. Yer yuzidagi jamiki, iflos va badbo‘y narsalar tutun bo‘lib burinlariga kirardi. Yana bir rivoyatda aytilishicha, Ibrohim an-Nafafiy peshin namozini kechroq o‘qir edi. Sababini so‘ragnlarida "Ularga azob yengilroq", bo‘lsin deb shunday qilarman, deya javob berdi.

Yana deydilarki, bir yil davomida ularning zino qilgan vaqti kirdi deguncha birj odu o‘rgatuvchi kimsa tun qorong‘usida u yerda turib olib, farishtalar nomidan so‘z so‘zlardi. Ular "Buni o‘rganmoqlik osondir, uni ishlatish esa kufr ishdir", der edilar. Bunga rozi bo‘lmasa aytardilarki: "Biyobonga chiqqin-da, ko‘rganlaringni aytgil!" Biyobonga borib, so‘zladilar, og‘izlaridan bir oq kabutar uchib chiqardi. So‘ngra bo‘lgan hodisani qaytib kelib so‘zlab berardilar.

- Oq kabutar sening imoning edi, sen undan ayrilding, endi sehr joduni o‘rganarsan, dedilar ular bunga izoh berarkan.

Ma’lum bo‘ladiki, Kim sehr-joduni o‘rgansa, yana uning yordamida amallarni qilsa, Olloh taologa kofir bo‘lar ekan. Shundan keyin ulardan bu quduqqa keyinchalik Yusuv (a) tashlanadi, farishtalik ismlarik yetkazilib, Xorut va Morut degan ismni berdilar.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 14:42:45

NUH NABIY ALAYHISSALOM QISSASI

Nuh nabiy ibn Malik ibn Idrisdir. Onasining oti Shamxo binti Anursh edi. Nuhdan Odamga qadar o‘n ota o‘tdilar, hammalari musulmon bo‘lgandilar. Asl ismi Yashkir edi, ko‘p nola chekib yig‘laganlari uchun nuh deb ataldi. Aytishlaricha, uning nolalariga sabab shu edi:

 Kunlardan bir kun Iblis dedi:
 - Ey Nuh, menga sherik qilding. Agar sheriklarim, qo‘ldoshlarim, askarlarim yig‘ilib kelsa, bu yerga sig‘mas edilar.
 - Sherik qilganim nimadir? - so‘radi Nuh.
 - Sen duo qilganding, qavming halok bo‘ldi. Hammalari jahannam ichra menga qo‘ldosh bo‘ldilar. Sabr qilganingda ba’zilari imon keltirardi, shu afzal edi, - dedi Iblis.
 - Ey koshik, koshki sabr qilgan bo‘lganimda ba’zilari musulmon bo‘lardi, menga bunday ta’na tegmas edi, - Deya Nuh tunu kun nola qildi.

Hikoyat qilarlarki, Nuh alayhissalom Mashriqdan Mag‘ribga barcha haloyiqqa payg‘ambar edi. Bir qari (qo‘l uchidan tirsakka bo‘lgan o‘lchov birligi) ham yer odamlardan holi emas edi. Bir keksaning o‘rnicha yerdan uch yuz botmon bug‘doy unardi, yuz botmon bug‘doy esa bir yillik ochuqa bo‘lardi. Yana Mashriqdan Mag‘ribga qadar uylarning tomlari bir-biriga tutash Ediki, tomma-tom yuyursa bo‘lardi. Yer yuzida ziroat qiladigan yer qolmagach, yilqilarga tuproq ortib, baland tog‘lar ustiga yoyib dehqonlik qilardilar.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 14:43:11

Hikoyatda kelurki, Mashriqdan Mag‘ribgacha qaysi joga bo‘lmasin tayoq tashlansa odamlarning boshiga tushardi. Nuh zamonidagichalik obodonlik qiyomatga qadar bo‘lmas. O’sha paytda Ollohni bir deb biluvchilar bo‘lmadi.

Aytishlaricha, bir qancha vaqt o‘tgach, Jabroil alayhissalom payg‘ambarlik olib kelganida Nuh aytdi:

- Olam juda kengdir, kofirlar bo‘lsa haddan ziyod. Men qaerga borib, Ollohning birligini bildirayin?

- Ey Nuh, aytmoq sendan, eshitmoq mendan! Degan xitob keldi.

Shundan so‘ng Nuh iymonga dvat qildi:

- Ollohning yagonaligiga iymon kekltiring, mening payg‘ambarlarimga iqror bo‘ling! - Bu da’vatni shamol Mashriqdan Mag‘ribga qadar eltid.

Kofirlar Nuhni ura boshladilar. Shu qadar urdilarki, suyaklari sindi, siniq suyaklari teri ichidan behad darajada qaqshardi, chidash qiyin edi. Yotsa, kechasi bilan Olloh taolo unga shifo berur edi. Kun sayin Jabroil alayhissalom kelib: "Ey Nuh, borgil, kofirlarga aytgilki "La ilaha illallohu Nuhun rasulillohi" desinlar!" deb farmon keltirardi. U borib aytardi, ular bo‘lsa urardilar.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 14:43:28

Ilohi tunu kun sening farmoningni yetkazdim, tinglamadilar. Ochiq aytdim, eshitmadilar, mahfiy aytdim, qabul qilmadilar (Oyat) "Ey Parvardigorim, men qavmimni kecha-yu kunduz da’vt qildim, lekin mening chaqirishim ularning nafratlarinigina ziyoda qildi", -dedi Nuh.

Ellik kam ming yil da’vt qildi, sakson kishi iymon keltirib, musulmon bo‘ldilar, yarmi erkaklar va yarmi xotinlar edi. Ulardan boshqa hech Kim musulmon bo‘lmadi. Kun sayin mashaqqatlari ziyoda bo‘ldi. Nuhning xotini ham kofir edi.

Bir kuni bir qariya o‘g‘lini yetaklab, Nuhning qoshiga keldi. Qariya Nuhning yuziga tupurdi, haqorat qildi va o‘g‘liga vasiyat qildi:

- Bu Nuh telbadir. Otalarimiz buni so‘zlarini eshitmadilar. Bugun men qanday ishni qilgan bo‘lsam, bundan keyin sen ham shunday ishni qilgaysan.

Uning so‘zini eshitib, qilmishini ko‘rib, Nuhning umidi uzildi, ko‘ngli og‘ridi, duo qildi: "parvardigoro, yer yuzida birorta kofirni qoldirmagin". Shundan so‘ng Olloh taolo qirq yilgacha yomg‘ir yog‘dirmadi, yerdan o‘simlik undirmadi, ayollar farzand tug‘madilar, chorva hayvonlari halok bo‘ldi, buloq va jilg‘alar quridi.

Habarlarda keladiki, Avj ibn Unuq to‘fonda halok bo‘lmagandi. Negaki, u daryolardan emasdi. Dayyor - xotinlik, uy-joylik deganidir. Avjning esa uyi ham, xotini ham yo‘q edi. Dengizlarning narigi yog‘ida turardi, to‘fon suvi uning tizzasiga ham kelmagandi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 14:44:00

Oradan vaqt o‘tib Nuhga xitob keldi:
- Duoingni ijobit qildim. Borgil chinor daraxti ekkil!

Nuh daraxt ekdi, qirq yilda uch daraxt yetildi. Daraxtni kesdi-yu, uni kerakli joyga keltira olmadi. Shunda Avjni chorladilaro, u daraxtni sudrab keltirdi. Jabroil Nuhga ta’lim berdi, daraxtni bolta Bilan chopdilar. O’rdakning suv ustida yurganini ko‘rsatib, o‘rgatdilar, unga o‘xshatib kema yo‘na boshladilar. Kofirlar buni ko‘rib mashara qilar edilar: (Oyat)

- "Sen payg‘ambar eding, endi duradgor bo‘lib qolding!" Buni nima qilmoqchisan o‘zi?!

- Kema qilyapman, unga minib, suv ustida suzarman,dedi Nuh ularning so‘rog‘iga javoban.

- Egar yo‘narsanmu, avval eshak olgil! - deb yana kuldilar. (Oyat) "Qachon uning yonidan qavmning raislari o‘tsa, uni masxara qilar edilar".

- Nuh dedi: "Oyat" "Agar sizlar bizni masxara qilsalaringiz, bizlar ham sizlar kabi masxara qilamiz. Juda ham tezda bilasizlar (Kim haq ekanligini)".

- To‘fon va’dasi qachon bo‘lur? - so‘radi Nuh.

- Qachonki, tandiring ichidan suv chiqsa, balki azob kelgan turur, - degan xitob keldi.

Nuhning to‘rt o‘g‘li bor edi: Som, Xom, Yofas va Kan’on ismlik. Uch o‘g‘li musulmon edi, Kan’on esa kofir edi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 14:44:14

Kema yo‘ndilar - bo‘yi uch yuz qari, eni ikki yuz qari edi. Ba’zilarning aytishlaricha, kema uzunligi ming ikki yuz qari, balanligi olti yuz qari, eni ham olti yuz qari edi (qari - bir tirsak uzunligicha). Bir yuz yigirma to‘rt ming temir bog‘lar qildilar. Har bir bog‘ning ustida bir payg‘ambarning oti bitilgandi. Iblis "Muhammad rasululloh" kalimasi bitilgan bog‘ni o‘g‘irladi.

Nuh qancha qidirsa ham topolmadi. Jabroil kelib habar qildi, so‘ngra "Bog‘ni Nuhga bergil!" desa, "Olmadim!" deb qasam ichdi. Jabroilning achchig‘i kelib, kema yog‘ochini olib boshiga bir urgandi, boshi-ko‘zi qonga bo‘yaldi. Qo‘rqqanidan bog‘ni topib berdi.

Kema bitdi, u uch qavat edi (birinchi qavatida chorva hayvonlari, ikkinchisida Nuh qavmi Bilan, uchuinchisida qushu qurtlar joy olgandi). Kema birgach, Nuhning kofir xotini non pishirayotgan chog‘da tandir ichidan suv chiqdi. U kelib Nuhga habar qildi. Nuh o‘sha sakson kishi Bilan kemaga chiqdi. Shunda farmon keldi: (Oyat) "Mindir kemaga har xil jonivorlardan bir er va bir urg‘ochisini va ahlingni ham. Yana o‘g‘lonlaringni ham chiqargil!"

- Iloho, uchadigan, chopqir jonivorlarni qanday qilib tutayin, - dedi Nuh.

Shundan so‘ng olloh qudrati Bilan suv yuziga hamma jonivorlar yig‘ildi, har biridan bir erkak, bir urg‘ochini tutib, kemaga chiqardilar. O’g‘li Kan’onni ham kemaga chiqarmoqchi bo‘lgandi, yorlig‘ keldi: "Chiqarmagil, u kofirdir!"

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 14:45:23

- Iloho, ahlingni chiqargil, deb aytgan eding-ku? -so‘radi Nuh.
- U sening ahlingdan emas! - degan xitob keldi.
- Ey kan’on, musulmon bo‘lgil, kemaga kirgil, to‘fon suvi halok qilg‘usidir, - dedi Nuh.
- Men baland tog‘larga sig‘inarman, Tog‘lar meni suvdan qutqargay, - dedi Kan’on.
- Bugun Ollohdan boshqa azobdan saqlaguvchi hech kim yo‘qdir, - dedi Nuh. - Hudoning rahmatiga sazovor bo‘lgan odamgina omon qoladi.

Shu paytda suv keldi, halok qilgudek bo‘lib, Kan’on tog‘ tepasiga qarab qochdi. Suv ko‘tarila borib oyog‘iga yetdi. Kan’anning bir o‘g‘li bor edi, suvdan qutilmoqchi bo‘lib, uni oyog‘i ostiga olib ustiga chiqdi, bolasi o‘ldi, sal o‘tmay o‘zi ham halok bo‘ldi, imonsiz ketdi.

Aytishlaricha, kemaga eng avval qaldirg‘och kirdi, eng keyinida kirgan jonivor eshak bo‘ldi. Eshakni sudradilar, sira kemaga kirmadi, negaki shayton uning dumidan tortib turgandi.
- Shayton mingan bo‘lsa hamki kirgil! - dedi nuh.

Yana aytishlaricha, Nuh taysallanib turgan eshakka qarab: "Kirgil, ey mal’un!" degan edi, Iblis maol’un eshakning dumidan ushlagan holda kemaga chiqdi. Shaytonni kema ichida ko‘rgan Nuh:
 Sen kimning farmoni bilan kemaga chiqding? -*dedi.
 Sening so‘zing, sening farmoning Bilan chiqdim, - dedi Shayton.
 Seni kirgil, deb qachon aytdim? - taajublandi Nuh.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 14:45:58

"Kirgil, ey mal’un!" deding, mal’un mendirman, eshak emas, - dedi Iblis.

Molik ibn Sulaymon al-Xaraviy rahmatullohi alayh aytarki, Nuh payg‘ambar ilon va chayonni "Sizdan odamga zarar tegar", deb kemaga chiqarmadi. Shunda ular:

Kimki sening otingni aytsa, unga zarar tegdirmaymiz, - dedilar.

Deydilarki, Kim ilon va chayondan qo‘rqsa (Oyat) "Salom bo‘lsin Nuh payg‘ambarga ahli odam ichida. Albatta, biz yaxshi amal qilguvchilarni Yana shundoq mukofotlaymiz, Haqiqatda u bizning mo‘min bandalarimizdan edi", oyatini o‘qib yotsin.

Iloho, arslon sigir bilan, bo‘ri qo‘y bilan, mushuk kabutar bilan dushmanlig‘ini bilarman, ularni nima qilayin, - dedi Nuh.

Hamma narsalarni chiqarib bo‘lgach farmon keldi:
 Odamning suyaklarini keltirgil, kemaga chiqargil, unga azob suvi tegmasin!

Hazrat Odamning jasadini keltrib kemaga qo‘ydilar. Kemaning br tarafida erkaklar, bir tarafida esa ayollar joy olgandilar, Odamning jasadi ular orasida parda bo‘ldi.

Yana bir rivoyatda Judi tog‘iga qo‘ydilar derlar, ammo eti va terisi Sarandibda, suyaklari Jiduda turar.

Qachonki suv kema qirg‘og‘iga kelganda Nuh necha bor urindi, lekin kema yurmadi. Shunja Jabroil aytdiki: "Ey Nuh, to‘rt joyga to‘rt ko‘zni nomlab joylashtirgin!".

Qayd etilgan