Muallif Mavzu: Nosiruddin Rabg'uziy. Qisasul anbiyo  ( 92635 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: QISASUL ANBIYO. Nosiruddin Rabg'uziy
« Javob #60 : 23 Iyul 2008, 14:49:56 »
HUD ALAYHISSALOM QISSASI
 
Hud ibn Abdulloh ibn Riyoh ibn al-Julud ibn Od ibn Avaz ibn Iram ibn Som ibn Nuh alayhisallom deb atalar. Deydilarki, arablardan besh payg‘ambar chiqqandir: Hud, Solih, Shis, Ismoil va Muhammad alayhissalomlar.

 Od - ba’zilarning aytishicha malikalarning oti, ba’zilarning fikricha qavmning nomi, yana ba’zilarning uqtirishicha elning nomi va yana birovlarning ta’kidlashicha otalarining otidir. Od ibn Avaz ibn Iram ibn Som ibn Nuh alayhissalomning qavmlari Ahqof degan joyda (izoh - hozirgi Yaman Bilan Ummon o‘rtalig‘ida) yashab o‘tganlar. Hud ularni iymonga, islomga da’vat etdi. Qavmlari esa "Sen bizni tangrilarimizdan ayirgani keldingmi?" Deya sarkashlik qildilar. Ular baland bo‘yli edilar: to‘rt yuz qari balandlikda novcha bo‘lib, balandga sakrab oyoqlari bilan tepinsalar, tizzalarigacha yerga kirardilar. Ular quvvatlariga va bo‘ylariga hamohang butlar yasadilar. Kuchlariga mag‘rurlanib, "Bizdan quvvatlik Kim bor?" dedilar. Uch yuz qari balandlikdagi butlarni oltin va kumushdan barpo etgan.

Hud ularga (Oyat)
- Ey qavmim, Ollohga topinglar. Sizlarga undan boshqa biror hudo yo‘qdir, -dedi. Lekin ular buni qabul qilmadilar va sarkashlik Bilan dedilar:
 - Agar rostgo‘y bo‘lsang azobni keltirgin, ko‘raylik.
 - Azobning kelishligini Olloh bilguvchidir, - dedi Hud. - Men sizlarga johil qavm ekanligingizni ko‘rmoqdaman.

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: QISASUL ANBIYO. Nosiruddin Rabg'uziy
« Javob #61 : 23 Iyul 2008, 14:50:12 »
Bu qavm boshqalarga qaraganda maqtanchoq va kekkayganroq bo‘lardilar. Ular tog‘larni qo‘pordilar, baland-baland saroylar bino qildilar. Zaif va past bo‘yli odamlarni masxara qildilar. Shuning uchun odiylar deb ataldilarki, arab tilida u o‘ta noshukr demakdir. Bular boshqa odamlardan Yana besh narsa bilan ortiqroq edilar: quvvat, qomat, ne’mat, muhlat va ma’sviyat edi ular.

- Ollohdan qo‘rqing, unga tavba qiling! Yo‘qsa, sizlarni halok qilg‘uvsidir, dedi Hud.
 - Seni tangring bizlarni qanday yo‘l Bilan halok qilgay, - dedilar.
 - U sizlarni shamol Bilan halok qilgay,-dedi Hud va uning so‘zlari zoe bo‘lmadi. U qirq yetti yil da’vat qildi, lekin tinglamadilar.

 - Biz sening so‘zlaring Bilan tangrilarimizdan qaytmasmiz, - dedilar. So‘ngra to‘planib, kengash tuzdilar:
 - Bizning ustimizga shamol kelarmish, buning tadbirini tuzaylik, deya egnilariga sovutlar, boshlariga dubulg‘alar kiydilar, farzandlarini va mol-hollarini tog‘lar orasiga yashirdilar. Ularning bir odati bor ediki, qachon biron bir qayg‘uga mubtalo bo‘lsalar, Makkaga odam yuborib, qurbonlik qilar va tilaklarini so‘rar edilar. Atoqli kishilardan uch kishini - Mozid ibn Sa’d, Luqmon ibn Od (bu Luqmoni Hakim emas). Qayn ibn Umarni ajratdilar. Uchovlon Makkaga yetib kelgach, Muoviya degan badavlat vat anti qarindoshlarinikiga qo‘noq bo‘ldilar.

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: QISASUL ANBIYO. Nosiruddin Rabg'uziy
« Javob #62 : 23 Iyul 2008, 14:50:31 »
Hud payg‘ambarning duosi bilan Olloh taolo ularga uch yil davomida yomg‘ir yubormadi, qurg‘oqchilkidan ojiz bo‘ldilar. Uchchovlari qurbonlik qilib, yomg‘ir so‘rash uchun kelgandilar, ammo buni yoddan chiqargandilar. Muoviya bundan achchiqlandi va hizmatkorlariga "Sizlarning ichkilikbozlik Bilan bo‘lib, yog‘in so‘rab kelganlaringizni unutdingiz, fursatingiz o‘tib ketmoqda", deb aytishlikning tayinladi. Xizmatkorlar bu so‘zlarni she’rga soli bayta berdilar, buni eshitgan mehmonlar uylarini sog‘indilar, Ka’baga kelib qurbonlik qildilar.

- Ey bori Hudoy, agar Hudning aytganlari rost bo‘lsa, unda bizlarni suvga serob qilgil!

Shunda Olloh taolo uch xil: oq, qizil, qora bulutlarni chaqirdi.
- Ey Qayl, bu bulutlardan birini tanlagin, - degan ovoz eshitildi. Qayd bulutlarga boqdi: "Oq bulutda hech narsa yo‘q, qizilida nima borligini bilmasman, qora bulut yog‘inlik bo‘lsa kerak", deb o‘yladi-da, qora bulutni tanladi. Ammo qora bulut azaob buluti edi.
- Qorasini, ya’ni kulni ihtiyor etding. Odamning birorta ham qavmini qoldirmassan! - degan ovozni eshitdillar.
 - Iloho, men ularning diniga bo‘ysunmas edim, o‘z diningda sobit qilgin! - dedi Mazit ibn Sa’d.
 - Iloho, menga uzun umr bergin! - dedi Luqmon ibn Od.
 - Qancha umr tilaysan? - degan ovoz eshitildi.
 - Karkas (ya’ni o‘limtiklar Bilan kun ko‘ruvchi yirtqich qush) umri kerakdir, - dedi.

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: QISASUL ANBIYO. Nosiruddin Rabg'uziy
« Javob #63 : 23 Iyul 2008, 14:50:44 »
Har bir karkas uch yuz yil umr ko‘rar edi. Luqmon bir karkas bolasini trabiyalay boshladi. U o‘lgach yana yettitasini tarbiya qila boshladi. U Lubid degan qaldig‘ochga dardini dasturxon qildi. Luqmon dediki:

- Qachon o‘limim yaqinlashganda seni tog‘ tepasiga eltarman va karsaklar orasiga qo‘yarman, ular bilan birga uchib ketarsan! Vaqti kelib hamma qushlar uchib ketdilar, ammo Lubid uchib ketmadi. O’sha yerda Luqmon birla jon berdi.

O’sha qora bulutga yetmish ming xalqa urilgan edi. Har bir xalqa yetmish ikki farishtaning qo‘lida edi. Buni ilk bor bir kampir ko‘rdi. Oti Miz edi. Shu bois, yetti tun, sakkiz kunlarni "Ayyomi ajuz" deralar.

Jabroil Olloh farmoni Bilan shamolni tasarruf qilgan farishtaga:
 - Shamol eshigini ochgil! - dedi.
 - Qancha ochayin? - so‘radi farishta.
 - Sigir burnidan chiqqunchalik ochgil! - dedi Jabroil.
 - Buncha miqdorda ochadigan bo‘lsam yer yuzida tuproqlaru tog‘lar, daraxtlari dengizlar qolmagay, - dedi farishta.
 - Bir kichik uzukning ko‘zicha ochgil! - dedi Jabroil. Unga ham boyagidan javob bo‘ldi. Shunda:
 - Shunda ignaning teshigicha ochgil! - dedi Jabroil. Ochgan edi, dunyoni shamol bosdi. (Oyat) "Va ammo Od (qavmi) bo‘lsa, ular nihoyatda tez esadigan sovuq shamol bilan halok qilindilar".

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: QISASUL ANBIYO. Nosiruddin Rabg'uziy
« Javob #64 : 23 Iyul 2008, 14:50:58 »
Hudnimng atrofiga bir chiziq tortildi. Shu bois shamol unga zahmat yetkazmadi. Sal fursatda yetib kelgan shamol: "Hudning yeli bizni tebrata boshladi", dedilar. Qavmi chuqurliklarga yashirindilar. Ammo shamol ularni har joyda bo‘lsa quvib yetdi. Avval sovutlarini yechib oldi, so‘ngra etlarini yulib, quruq suyaklarini qoldirdi. Bir qismlari tog‘ o‘ngirlariga kirib yashirindilar. Shamol ul joylarga ham kirib, tortib chiqardi, uylari tomlariga urib halok qildi. So‘ngra suyaklarini chuqurliklarga surib borib, ko‘mib tashladi. Ustlariga tuproq bostirdi.

Xalxon ismli bir polvon kimsa bor edi. U "Shamolning yo‘lini berktiayin, hammalrini azobdan qutqarayin", deb keldi-*da tirsagini toshga tirab, ikki qo‘li bilan shamol yo‘lini tutmoqchi bo‘ldi, ko‘ksini yelga tutdi va baland ovozda: "Xalxon ismli bahodirdan boshqa hech Kim qolmadi", dedi. Shamol uni tosh Bilan birga ko‘tardi-da, havoga olib chiqib, toshga urib halok qildi.

Shamol chorshanba kuni kelgan edi. Yetti kecha-yu sakkiz kunduz betinim esdi. Chorshanba kuni oqshom paytiga kelib tindi.

Hud alayhissalom ungirdan chiqib, qavmlari ustiga keldi. Qavmlari tuproq ostida tiriklar kabi yig‘lar va ingrar edilar. Ularning ovovzlarini eshitib, "Bu falonchi, bu esa falonchi", deyardi. Ollohning habar berishicha (Oyat) "Ular go‘yo xurmo daraxtining ichi kovak to‘nkalariga o‘xshardi". Od qavmi qirq kungacha tuproq ostida ingradilar, qiynaldilar.

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: QISASUL ANBIYO. Nosiruddin Rabg'uziy
« Javob #65 : 23 Iyul 2008, 14:51:22 »
SOLIH ALAYHISSALOM QISSASI
 
Asl ismlari - Solih ibn Ubay ibn Asaf ibn Fosih ibn Hom ibn Samud ibn Od ibn Eram ibn Som ibn Nuh alayhissalomdir. Od va Samud - ikki shoxlar edi. Som ibn Nuhning o‘g‘lonlari bo‘lgan bu ikkiovidan ko‘plab zurriyodlar qoldi. Ular Od qabilasi, Samud qabilasi deb atalardilar. Hud qavmi Od qabilasining avvli, Samud qavmi esa ohiridir. Od xalqi Samud xalqidan ko‘proq edi. Samudliklar ham Odliklar singari baland bo‘ylik edi. Som va Od qavmi Hijoz orasidagi Jahd degan joyda istiqomat qilganlar. Tog‘lar toshlarni yo‘nib, uylar qurgandilar. Kata bir tog‘ning ostida ularning suvi bor edi. Hammalari butlarga siqindilar. Olloh taolo Solihni ularga yubordi. (Oyat) "Va Saum qabilasiga ularning birodarlari Solihni yubordik". Solih ularning qavmidan edi va ularni musulmonlikka undadi, butga topinmaslikka da’vat etdi.

Ey Solih, biz seni dinimizga kirar deb umid qilgandik. Endi bo‘lsa otalarimiz dinini qo‘yib, boshqa dinga kirishga undamoqdasan. (Oyat) "Sen avvalda bizning oramizda umid qilingan kishi eding". Oyo, sen bizni ota-bobolarimiz ibodat qilib kelgan narsaga ibodat qilishimizdan qaytarmoqchisan? Va albatta, bizlar seni da’vat qilib, targ‘ib etayotgan din haqida qattiq shakdamiz.

 Vahab ibn al-Yamaniy qissalarida rivoyat qilinishicha, Nuh xalqi to‘fonda halok bo‘lgandan keyin Nuhning uch o‘g‘ligina qoldi, xolos. Nuh alayhissalom o‘g‘illariga vasiyat qilib, jahonning o‘rtasini Somga, Mashriqni Yofasga, Mag‘ribni Homga bergandi. Aytishlaricha, turklar Yofas urug‘idan, boshqalar esa Som urug‘idandir. Som urug‘iga mansub bo‘lgan Samud qavmi Hijoz yerlarida o‘rnashgandi. Ularning har bir qabilasining o‘z podishohi bor edi. Samud qavmi Makkaga ixlos qo‘ygandi. Makkada muoviya ibn Bakr degan uch yuz ming askari bo‘lgan shoh hukm yuritiradi.

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: QISASUL ANBIYO. Nosiruddin Rabg'uziy
« Javob #66 : 23 Iyul 2008, 14:51:32 »
Hijoz yerlaridagi podishohlar yig‘ilishib kengash qurdilar: "Dushmanlardan bizlarni himoya etuvchi bir podishoh kerak". Xanda’ ibn Umar degan odamni o‘zlari podishoh qildilar. Shoh o‘z hukmronlgini o‘rnatgach, o‘ziga bir butni yasattirdi. Bu butning ko‘zlari yoqutdan, o‘zi esa qizil oltindan edi. Butning to‘rt tarafga qaragan to‘rt yuzi bo‘lib, biri odam chsuratida, biri arslon suratida, biri qush suratida, biri ot suratida edi. Bu but uchun balandligi yuz tirsak, eni yuz tirsak bo‘lgan bir uy barpo qildirdi, devoru tomlari aqaqdan edi. Bu uyga yuz eshik qurdirdi, ichiga bir taxt o‘rnatdi, uni qizil oltin va gavharlar Bilan bezatdi, oyoqlarini aqiq, zumdar va billurdan ziynatladi. Butni turfa xil kiyimlar Bilan orastalab, bu taxt ustiga o‘rnashtirdi, unga sajda qildilar. So‘ngra barcha qabilalarga odam yuborib, hamma podishohlarni o‘z a’yonlari Bilan yig‘dirdi.

Bu mening tangrim bo‘ladi, unga sajda qilinglar, - dedi yig‘ilganlarga. Podishohlar binoning yuz eshigidan kirib, butga sajda qildilar. Shu Pallada ilgariroq butning og‘ziga kirib olgan bir kimsa "Men sizlardan hushnudman", deb ovoz qildi. Bundan barchalari shod bo‘lib, sajdadan bosh ko‘tarishdi.

"Har yili bir marta bunga kelib sajda qilinglar", -dedi Xanda’ ibn Umar amirona ohangda.

Uydan chiqib muhokama chog‘ida "Bizning tangrimizning yuzi bundoq edi, bizniki undoq edi", degan yo‘sinda so‘z talashdilar, so‘ngra bir-birlari bilan urushdilar. To‘qnashub chog‘ida yetmish ming kishi halok bo‘ldi. Buning habarini eshitgan Xanda’ ibn Umar yetib keldi-da: "Hech bir dushman qilmaydigan ishni qildingizki, bunga o‘zlaringiz aybdorsiz", -dedi.

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: QISASUL ANBIYO. Nosiruddin Rabg'uziy
« Javob #67 : 23 Iyul 2008, 14:51:49 »
"Ey podishoh, bizga bunday janjalga soluvchi tangrining keragi yo‘q. Boshqa tangri tutuamizki, u bizni janjallashtirmaydigan bo‘lsin", - dedilar unga javoban.

So‘ngra Qarra’ degan toqqa odam jo‘natdilar, unga but yasashlik uchun tosh topishligini buyurdilar. Iblis alayhil-la’na undan oldinroq toqqa kelib turdi, chiroyli bir oq toshni kesib tayyorlab qo‘ydi. Odamlar ham kelib ko‘rdilar, olib borib bir but yasadilar. Boshi oltindan, ko‘zlari yoqutdan, tishlari injudan bo‘lgan bu butning uzunligi qirq tirsak edi. Anvoyi kiyimlar kiydirib, oldingi butning o‘rniga, o‘sha taxt ustiga o‘rnashtirdilar va ibn Abxar deb atadilar.

- Ey podishoh, bir olamni tayin qilki, bu butga xodimlik qilsin, -dedilar. Xanda’ning ko‘zi Qosir ibn Ubaydo ismli kishiga tushdi.
- Manavi odam bu ishga yaraydimi, -deb so‘radi shoh.

Rozi bo‘ldilar va Qosurni bu butga hodim qildilar. U qirq yil butning xizmatida bo‘ldi. Bir kuni Iblis farishtalardan eshitdiki, "Qosur urug‘idan Solih otlig‘ bir payg‘ambar chiqqay, bu kofirlar uning qo‘lida halok bo‘lgay", deb. Qavmning kata-kichigi butning oldiga yig‘ilgan chog‘ida Iblis alayhil-la’na kelib butning og‘ziga kirdi-da qattiq ovoz bilan shunday dedi:
 - Ey mening qullarim, bu Qosur mening xizmatimga yaramaydi, uni zindonga soling!

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: QISASUL ANBIYO. Nosiruddin Rabg'uziy
« Javob #68 : 23 Iyul 2008, 14:52:08 »
Qosirni zindonga soldilar va o‘rniga boshqa birovni butga hodim qildilar. Qosur zindonda qirq yil qolib ketdi. Qirq yildan so‘ng Jabroilga farmon bo‘ldi: "Qosurni zindondan chiqargil!", - deb. Jabroil qanoti Bilan urib, zindonni ikkiga bo‘lib tashladi va "Ey Qosur, zindondan chiqqil!" dedi.

- Abxarga qirq yil hizmat qildim, qirq yil zindonda qoldim. Endi qutildim, bu yerdan ketayin, - Deya ko‘nglidan o‘tkazdi va o‘rnidan turib, zindonni tark etdi.

Tog‘ tomonga yo‘l oldi. Tog‘ ichida bir o‘ngriga yo‘liqdi. Behad toliqqanidan, ungirga kirdi-yu uyquga cho‘mdi. Qirq yil muttasil uxladi, bu payda Olloh taolo uni bir farishtaga saqlatdi.

Qosurning Zaum degan xotini bor edi. Ular bir qancha yil birga yashadilar. Eri boshiga tushgan kechmishlar tufayli aqlidan ozdi, u ko‘chalarda yugurgilab, erini chorlab yurardi. O’zi juda hunuk edi, odamlar unga rahm-shavqat ko‘rsatardilar.

Bir kuni uyiga qarg‘a suraaidagi bir qush keldi:
- Ey Zaum, Qorusni ko‘rishga istaging bo‘lsa orqamdan yurgil! Dedi.

Zaum orqasidan bordi. Ular o‘sha ungirga keldilar.
- Eringni chiqargil! - dedi qush.

Zaum baland ovoz Bilan Qorusni chaqirdi. Shunda ungir ochildi, Qosur javob berd iva "Kirgil!" dedi. Zaum ungirga kirib, Qosurni ko‘rdi.

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: QISASUL ANBIYO. Nosiruddin Rabg'uziy
« Javob #69 : 23 Iyul 2008, 14:52:53 »
- Ey Qosur, shuncha yildan beri bu yerda ekansan, nega meni yo‘qlamading?
- Axbar zindonidan qutilganimdan keyin bir kecha bu yerda yotdim, - dedi Qosur.
- Bir yuz yigirma yildurki, sen mendan g‘oyibsan, - dedi Zaum.g‘

Bu so‘zlarni eshitgach, Qosurning ayoliga ko‘ngli moyil bo‘ldi, qovushdilar, Zaum Solih payg‘ambarga homilador bo‘ldi, shul soatdayoq Qosur o‘ldi. Zaum behad qayg‘uga botdi.
- Ungirdan chiqqil! -dedi qush. Zaum chiqqani hamon ungir g‘oyib bo‘ldi.
- Ey Zaum, qorningdagi farzandni kimdan orttirding, deb so‘rasalar, taniqlik istasalar, ularni bu ungirga olib kelgin. Tangri taolo ularning bu shariddan seni qutqargay, -dedi qush.
- Sen qanday qushdirsan? -dedi Zaum.
- Men qarg‘aman.
- Boshing nega oqardi?
- Qobilning Hobilni o‘ldirmog‘iga men sababchi bo‘ldim.
 - Tumshug‘ing nechuk sarig‘dir?
 - Jannatdagi za’farondan yegandim.
 - Oyoqlaring nega yashildir?
 - Ming yil jannatning Tubo daraxtiga qo‘nib turdim.
 - Bir kun do‘zax ustidan uchib o‘tgandim, olovining issig‘i shu holga soldi, - dedi qush va ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.

 Zaum uyiga keldi. To‘qqiz oydan keyin, muharram oyining dushanba kuni kechasi Solih payg‘ambar onadan tavallud topdilar. Onasi uni yo‘rgaklab o‘z yurtiga olib bordi.

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: QISASUL ANBIYO. Nosiruddin Rabg'uziy
« Javob #70 : 23 Iyul 2008, 14:53:08 »
- Bu bolani qaerdan topding? - so‘radi podishoh. Zaum voqeani bayon qildi, shoh tingladi.
- Ey shohim, gaplarimga ishonmasang, yurgil, senga ko‘rsatayin, - dedi Zaum.

Podishoh Zaum Bilan birga o‘sha ungirga bordi, ayol baland ovoz bilan Qosurni chaqira boshladi. Ungir ochilib, ikkovlari ichkariga kirdilar. Olloh taolo o‘z qudrati Bilan Qosurni tiriltirdi.
- Ey Xadna’, bu mening o‘g‘limdir, - dedi Qosur va keyin yana o‘ldi, hok-tuproq bo‘ldi.
- Men buni ko‘zlarim Bilan ko‘rdim, ishondim, ammo boshqalar bunga ishonmaydilar. Shul sababdan bolani mening eshigimga qo‘ygil. Odamlar kelib uni asrab olishlikka so‘raydilar. Shunda sen ham borib asrab olgil, - dedi podishoh.

Zaum shunday qildi. Solihni asrab oldi. Solih o‘n ikki yoshga yetganda chiroyi kamolga yetdi. Kim uni ko‘rsa mahliyo bo‘lar edi. Solih onasining qo‘ylarini asrardi.

Kunlarning birida Muoviya ibn Bakr Makkadan uch ming kishilik qo‘shin tortib keldi, Hijozni taslim etdi. Ertasi kuni Solih Muoviyani ko‘rmoq uchun yo‘liga chiqdi. Maqsadi dushmanni qaytormoq edi. Solih dushman lashkarini tutib, har qaysini har tarafga irg‘itardi. Shunda bir gala otliqlar kelib, uni tutmoqchi bo‘ldilar. Shunda Solish qattiq na’ra tortdiki, Jabroil, Azroil, Mekoil farishtalar ham unga jo‘r bo‘ldilar, bu dahshatdan dushman lashkarining yuragi yorilib o‘ldi.

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: QISASUL ANBIYO. Nosiruddin Rabg'uziy
« Javob #71 : 23 Iyul 2008, 14:53:29 »
Bu voqeani podishohga yetkazdilar. U otlanib kelib, ajoyibotni ko‘rgach, Solihni otga mindirdi, egniga sapolar kiydirdi, boshidagi oltin tojni uning boshiga qo‘ydi. Dunyoda ilk bor o‘z kiymimni yechib, birovga kiydirgan shah Xanda’ ibn Umar edi. Qo‘shiniga farmon keldiki, "Qachon podishoh bir joyga bosa, Solih ham birga bo‘lsin, unga ham shohona salomlar berilsin", deb.

Bir kuni Solih uyining eshigi oldida o‘tirardi. Jabroil alayhissalom chiroyli yigit suratida uning oldiga keldi. Salom berdi. Solih uni tanimadi.

- Ey Solih, uyga kirgil! - dedi Jabroil va uyga kirgach unga payg‘ambarlik kelganini bildirdi. - Borgil podishohga aytgilki, "U Olloh bittadir, Solih uning payg‘ambaridir", deb aytsin.

- Egnimdagi xatolar kiymini yechgil, - dedi Solih. Yechib oldi, bir ko‘ylak kiydirdi, Solih payg‘ambar to o‘lgunicha shu kiyimda bo‘ldi.

- Ey kofir, Ollohdan boshqa iloh yo‘qdir, Solih uning payg‘ambaridir, deb aytgil, - dedi u podishohning qoshiga kelib.

- Ey Solih, bizning senga qilgan ezguligimizga shunday javob qilursanmi? - dedi podishoh. Solih javob aytmoqchi bo‘lgandi, Jabroil unamadi, - tur o‘rningdan, yurtdan chiqib ketgil.

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: QISASUL ANBIYO. Nosiruddin Rabg'uziy
« Javob #72 : 23 Iyul 2008, 14:53:42 »
Solih yurtdan chiqdi, yetti yig‘och (tahminan 9 km. Bo‘lgan masofa birligi)lik yo‘l yurib Qar’ tog‘iga keldi. Unda farishtalarni ko‘rdi.

- Ey Solih, bunda bir uy bino qilgil! - dedi ular, o‘zlari ham unga ko‘mak berdilar. Bir uy barpo bo‘ldi: uzunligi uch yuz tirsak, eni qirq tirsak. O’ng yonidan yerlar ochdirildi, so‘l yonidan daraxtlar ektirildi. Oltin va kumushlar Bilan ziynatlangan bir qandil yasadilarki, uning yorug‘ligidan quyosh uyalardi. Ertasi kuni qavmi kelib, u binoni ko‘rdilar, lol qoldilar. Solih payg‘ambar kunduzlari qavmini imonga da’vat etar, tunda bu uyga kelar edi. Ammo bu elda uch yuz kishidan ortiq musulmon bo‘lmadi.

- Hudoyo, bulardan umidim uzildi, - dedi Solih.

- Ey Solih, bular uch yuz yildirki, kofirlikka cho‘mganlar, - dedi Jabroil. - Bir yencha kun ichida bular o‘zgarib qolmaydilar.

- Ey qavmim, mening bir kishida ishim bor, - dedi shunda solih payg‘ambar va bosh olib chiqdi.

Qar’ tog‘iga borib, bir mehrob qildi-da, ibodatga mashg‘ul bo‘ldi, sajdaga bosh qo‘ydi. Olloh taolo uni uyg‘uga cho‘mdirdi, u qirq yil uyg‘uda bo‘ldi. Imonga kelgan uch yuz musulmon vafot etdilar. Yer yuzida "la’ ilaha illaloh" deguvchi qolmadi. Uyqudan uyg‘ongan Solih payg‘ambar ularning barchalarini o‘lik holda ko‘rdi.

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: QISASUL ANBIYO. Nosiruddin Rabg'uziy
« Javob #73 : 23 Iyul 2008, 14:54:05 »
Solih alayhissalom to‘rt yil Samud xalqi orasida yurdi, ularni imonga undadi, azobdan qo‘riqitdi, jannat hushxabarini berdi, ezgu o‘gitlar aytdi, ammo qabul qilmadilar. "Solihni o‘zimizdan umidsiz qilamiz", deb kengashdilar. Ular yana "Solih bizdan hasab va nasabda ulug‘roqdir, uni o‘ldirib bo‘lmayd. Shunday bir yumush buyuraylikki, shu ishni qilolmay hijolat bo‘lib, o‘zi ketgay" deya mulohaza qildilar.
- Ey Solih, sen bizga nima demoqchisan? - deyishdi ular.
- Olloh taoloning yagonaligiga ishoning. Sizni yaratgan, ne’matlar ato etgan Udir, - dedi Solih. - Od xalqi ishonmadi - ne baloga yo‘liqmadi, Hud qavmi imon keltirmadi - boshiga qanday balolar kelmadi.

- Ey Solih, bizni otalarimiz sig‘ingan ilohdan qaytarib, boshqa hudo bilan qo‘rqitmoqchimisan? Agar so‘zing rost bo‘lsa, bizga bir mo‘‘jiza ko‘rsat, - dedi qavmi.

- Qanday mo‘‘jizani istaysiz? - dedi Solih.
- Iydgohimizga chiqaylik, sen o‘z tangringdan so‘ragin, biz ham o‘z tangrimizdan so‘raymiz, qay birining qudrati zo‘rligini ko‘raylik, - deyishdi ular.
Ertasi kuni hammalri iydgohga chiqdilar, Solih ham bordi.

Ularning oldilari bir maysa ham unmagan tog‘ bor edi.
- Shu tog‘dan bizga bir qizil tuklik tuya chiqargil. Bizning qo‘limizda bo‘talasin, bizga sut bersin, biz uni ichaylik, - deyishdi.

O’sha tog‘da Qayna degan o‘zan bor edi, suvlari o‘sha yerdan kelardi. Bu qavmning bobolari bir kuni o‘zandagi bir toshdan sado eshitdiki, "Samud xalqi bu toshdan halok bo‘lg‘usi", degan.

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: QISASUL ANBIYO. Nosiruddin Rabg'uziy
« Javob #74 : 23 Iyul 2008, 14:54:27 »
- Ushbu toshdan bir tuya chiqargil, tuki qizil, tili qora, bo‘yni uzun, o‘rkachi tuklik, yelini yetilgan bo‘lsin, - deb o‘sha toshga ishora qildilar.

- Hudoyo, mendan nima istayotganlarini o‘zing bilib turibsan, - Deya duo qildi Solih alayhissalom.

- Ey Solih, sening qavming bu mo‘‘jizani talab qilishini bilardik. Biz uni shu toshning ichida saqlab turibmiz, - degan farmon keldi.

Solih alayhissalom duo qildilar. Tosh tebrana boshladi. Bir payt tosh ichidan huddi o‘zlari talab qilganlaridek tuya chiqdi, biroz o‘tmay bo‘taladi va tuya bo‘tasi Bilan o‘tlay boshladi.

- Sen juda yomon sehrgar ekansan, - deb imon keltirmadilar. Ba’zilarigina imon keltirdilar, xolos.

Qavmning bir qudug‘i bor edi. Tuya bo‘tasi Bilan kelib quduqdagi suvning borini ichib qo‘ydi, shu kuni qavm suvsiz qoldi.
- Bu tuya bizga kerakmas, - dedilar bundan achchiqlanib.
- Bularning orasida nabat qilgin: suv bir kun tuyaga bo‘lsin, bir kun qavmingga! - degan farmon bo‘ldi.

Uni qabul qildilar.
- Farmon shulki, tuyaga tegmang, urmang, qiynamang, o‘ldirmang. Bu ishlardan birini qilsangiz, sizlarga azob kelgay!

 

Abdulla Avloniy. Muxtasar tarixi anbiyo va tarixi Islom

Muallif IXLOSBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 58
Ko'rilgan: 48322
So'nggi javob 24 Avgust 2009, 05:45:55
muallifi AbdulAziz
Alisher Navoiy. Tarixul anbiyo va hukamo

Muallif AbdulAzizBo'lim Alisher Navoiy asarlari

Javoblar: 5
Ko'rilgan: 13336
So'nggi javob 22 Mart 2011, 16:17:17
muallifi Habib