Nosiruddin Rabg'uziy. Qisasul anbiyo  ( 152647 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 ... 30 B


shoir  23 Iyul 2008, 14:56:04

- Senga topingan uch kishini bildim, - dedi solih.
- Ey Solih, yer yuzida mening shunday qullarim borki, jahonni ularning qo‘lida tuttirurman, - degan farmon keldi.

Deydilarki, Solih qavmidan yetmish kishi imonli bo‘ldi. Huddi Hud qavmi kabi bo‘ldilar.Qachonki, Jabroil Solih qavmiga nido qilganida hammalari o‘ldilar. Ayoqlarining ostidan o‘t chiqib ketgandi, hammasini kuydirgandi. (Oyat) "Haqiqatda biz ularga bir na’ra yubordik va ular molxonada hayvonlar oyog‘i ostida qolib bosilgan hashakdek bo‘lib qoldildar".

Aytadilarki, arablarning bir odati bor: sahroda tuya va qo‘yga qo‘ton qilganlarida uning ichga quduq o‘tlarini to‘shaydilar. Bu hashaklar hayvonlar tuyoqlari ostida qiymalanur. Olloh taolo Samud qavmini ham anna shu hashaklarga o‘xshatayotir.

Abdulloh ibn Abbos (Olloh undan rozi bo‘lsin) rivoyat qilurki, Haq taolo ikki xalqni bir azob bilan halak qilmadi. Ammo solih va Shuayb qavmlarini o‘t Bilan azobladi. O’t Solih xalqining oyoqlari ostidan chiqqan bo‘lsa, Shuayb qavmiga osmondan tushdi.

Shundan keyin solih alayhissalom Shom viloyatiga borib o‘rnashdi va u yerda o‘n sakkiz yil (Yana bir rivoyatdi qirq yil) yashadi. Solih alayhissalomdan keyin to Ibrohim alayhissalomga qadar hech bir payg‘ambar kelmadi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 14:56:34

IBROHIM ALAYHISSALOM VA NAMRUD ALAYHIL-LA’NA QISSASI
 
Shariflari - Ibrohim ibn Torix ibn soruh ibn Arg‘us, ibn Folih ibn obir ibn Solih ibn Artus ibn Som ibn Nuh alayhissalomdurlar.

Yana Ibrohim va abrahom ham derlar. Har ikkisi ham durustdir, ya’ni Abun rahimun - oqko‘ngil, mehribon ota deganidir. U Namrud ibn Kavs ibn Kan’on ibn Nuh zamonida yashagandi. Namrud butun dunyoga hukmronlik qilardi. Aytishlaricha, butun dunyoga to‘rt kishi hukmronlik qildiki, bularning ikkisi musulmon va ikkisi kofir edi. Musulmon hukmdorlar - Sulaymon alayhissalom va Zulqarnayn, kofir hukmdorlar esa Namrud va Buxtnasr edi.

Namrud tush ko‘rdi. Tushida bir qo‘chqor kelib, uning taxtini suzib, yiqitar edi. Tong otgach, munajjimlarni, tush ta’birchilarini, kohinlarni yig‘dirdi va ulardan tush ta’birini so‘radi.
- Bu yil bir o‘g‘il bola tug‘ilar, sening mulking uning qo‘lida halokatga yuz tutar, - deb ta’bir qildilar.

Namrud buni eshitgach, hamma homilador ayollarni yig‘ib, qaysi Xotin o‘g‘il tug‘sa bolasini o‘ldirar, qiz tug‘sa tirik qoldirardi. Namrudning bir buttarosh maslahatchisi bo‘lardi. Ota Torix edi, butlarga behad qattiq topingani uchun Ozar ham derdilar. Ozarning xotini Ibrohimga homilador bo‘lgandi, uni odamlardan yashirdilar. Oy-kuni yetganda ovloq yerga kirib, o‘g‘il tug‘di, uni Ibrohim deb atadilar. Ammo Namruddan qo‘rqib, chaqaloqni tog‘ ungiriga eltib tashladilar, unga hayvon suti Bera boshladilar.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 14:56:50

- Ko‘z oldimda o‘ldirganlarini ko‘rmayin, toki qushlar yeb ketsin, deb fikr qildilar.

Olloh taolo Jabroilni yubordi. Kelib Ibrohimning barmog‘ini og‘ziga suqib qo‘ydi, Olloh qudrati Bilan barmoq ichida sut paydo bo‘ldi, chaqaloq shu sutni emardi. Boshqa bolalar oy sayin ulg‘aysalar, Ibrohim kun sayin ulg‘ayardi. Yetti yoshga kirganda otasi borib, uyiga olib keldi.

- Men yo‘qdan bor bo‘ldim. Mening tangrim kimdir? - dedi u bir kun onasi bilan suhbatda.
 - Menman, - dedi onasi.
 - Sening tangring kimdir? - dedi u.
 - Otang, - dedi onasi.
 - Qanday qilib? - so‘radi u.
 - Shuning uchunki, u mendan yuqoriroq, - dedi onasi.
 - Otamning tangrisi kimdir? - dedi u.
 - Namrud, - dedi onasi.
 - Qanaqasiga? - dedi u.
 - Shuning uchunki, u otangdan ulug‘roq, -dedi onasi.
 - Namrudning tangrisi kimdir? - dedi u.
 - Jim, unday demagil! - deb qattiq tegdi onasi.

 Ona bu gapni otasiga yetkazgandi:
 - Uni bu yerdan yo‘qotgil, yana toqqa qo‘yib kelgil! - dedi ota.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 14:57:04

Onasi Ibrohimni Yana ungirga olib borib tashladi. Ibrohim o‘yga toldi: "Meni yaratgan tangrim bunday sohibsiz, bo‘ysinuvchisiz bo‘lmas. Kimga topinish kerak, qanday topinish kerak, bilmasman". Shunday o‘ylar girdobida kun chiqdi. Ungirdan chiqdi. Zuxro yulduzini ko‘rdi, juda yorug‘ edi. "Mening tangrim shumikan?" degan hayolga bordi. (Oyat) "Keyin, kech kirib qorong‘u tushganida yulduzni ko‘rdi va manna bu mening parvardigorim" dedi. Zuxro yulduzi botganda esa "Tuqqan, botgan, ergashuvchi narsa tangrilikka yaramaydi, bundaylarni sevmayman", degan fikrga keldi. (Oyat) "Shunga o‘xshash narsa mening Parvardigorim bo‘ladimi?" dedi.

Sal o‘tmay oy chiqdi, u yulduzdan ham yorug‘roq edi. "Mening tangrim shumikan?" deya o‘yga botdi. Oy botgach "Bu ham chiqar va botar ekan. (Oyat) "Agar parvardigorim meni to‘g‘ri yo‘lga boshlamasa, u holda men, albatta, gumrohlardan o‘blib qolaman".

U kechani o‘y bilan o‘tkazdi. Tong otgach "Qorong‘i ketdi, olam yorishdi, kun chiqdi, u yulduzdan ham, oydan ham yorug‘roq ekan. Tangrim shumikin, bu hammasidan ulug‘roq ekan", degan hayolga bordi. (Oyat) "Quyoshni chiqib kelayotganini ko‘rganda, "manna mening robbim, bu kattaroq ekan", dedi".

 Quyosh qiyomga kelgunga qadar shu hayolda turdi. Kun pastlay boshlagach, "Men botib ketguvchi narsani sevmasman. Bunday odamlardan yiroqman", dedi. (Oyat) "Albatta, men sizlar Hudoga sherik qilayotgan narsalaringizdan bezorman".

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 14:57:46

- Bularg topinmasang, kimga sig‘inarsan axir? - deyishdi.
- (Oyat) "Men yer va osmonlarni yaratgan zot tomoniga yuzimni taslim bo‘lgan holimda burdim", - dedi.

Bir kuni onasi oldiga keldi. Otasining oldiga kirsa, u but tarashlayotganda, Ibrohimga "Bu butni bozorga olib borib sotib kelgil", dedi. Ibrohim butning bo‘yniga arqon bog‘lab, suvga solib, tuproqqa bulab, bozorga olib bordi-da "Ko‘rmaydigan, eshitmaydigan, odamga nafi tegmaydigan shu narsani Kim sotib oladi?" de bayta berdi.

Kunlarning birida bir butni bozorga olib ketayotib yozilmoqchi bo‘ldi. Butni yerga qo‘yib, hojatini ushatib kelguncha, bir tulki kelib u butning ustiga siyib, bulg‘ab ketibdi. Shunda buni ko‘rgan Ibrohim behad sevindi va "Boshiga tulki siyib ketgan narsa parvardigormi?! To‘g‘ri yo‘ldan adashtiradigan va Ollohga sherik qilinadigan narsalarning hammasidan bezorman. ?olib va yagona Ollohga imon keltirdim", deya nido qildi.

Otasi Ibrohim alayhissalomni yetti yil butga soqchi qilib qo‘ydi. Ibrohim butga topinganlarga: "Bularga nima uchun sig‘inasiz?" deb aynataverdi. Otasiga aytgandilar, u Ibrohimni ma’lomat qildi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 14:57:57

- Ey ota, bu ko‘rmaydigan, eshitmaydigan narsaga nima uchun topinarsan? Menga ilm berildi, ammo senga berilmadi. So‘zimni eshitgil, seni to‘g‘ri yo‘lga boshlayin, - dedi. (Oyat) "Ey otaginam, haqiqatdan menga ilmdan senga kelmagan narsa keldi, shuning uchun menga ergashgin". "Ey otaginam, shaytonga ibodat qilmang, haqiqatda shayton Rahmon otli hudoga osiydir".

- Ey Ibrohim, sen mening butlarimga sig‘inmaysanmi? Bu ishingdan qaytmasang, men sendan bezman. (Oyat) "Agar sen bizning xudolarimizni haqorat qilishdan to‘xtamasang, seni toshbo‘ron qilib o‘ldiraman, mendan abad-ul abad uzoq bo‘l", - dedi Ibrohim.

- Ey ota, shaytonga qul bo‘lmagin. (Oyat) "Salom bo‘lsin senga. Men Parvardigorimdan sening uchun mag‘firat tilayman. Haqiqatda u menga ko‘p mehribondir", - dedi Ibrohim.

Ibrohim alayhissalom shahardan saxro tomonga chiqib ketdi. Olloh taolo hizmatida bo‘ldi. Otasi o‘lgach, butlar nazorat otasining qarindoshi bo‘lgan Hozarga qoldi. U Lut payg‘ambarining otasi edi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 14:58:15

- Har oyda bir marta mening bu butlar bilan ishim bor, - deb aytar edi Ibrohim. (Oyat) "Hudo nomi bilan qasamyod qilamanki, sizlar orqa o‘girib ketganlaringizdan keyin butlaringizni ilojini qilaman".

Shu asnoda ularning hayitlari bo‘ldi. Ular turli taomlar keltirib, butlarning oldiga qo‘yar, so‘ngra iydgohga chiqib, kun yarmida qaytib kelgach, "Butlarimizning barokati tegdi", deya bu taomlarni uylariga olib ketar, ahli oilasi bilan tanovvul qilar edilar. Bu gall ham shunday bo‘ldi.

- Biz bilan birga chiqqil, - deyishda Ibrohimga.
- Men yulduzlar ilmiga qaragndim, menga bemorlik kelayotir, chiqolmayman, - dedi Ibrohim.

Ular yulduzlar ilmiga e’tiqod qilar, uning ko‘rsatmalriga turmushlarida amal qilar edilar. Shu tufayli Ibrohimni ko‘p qistamadilar. Hamma ketgach, Ibrohim bir bolta olib, butxonaga kirdi. Butlarning boshi, qo‘lini parcha-parcha qildi, sindirdi. Butlarning eng kattasi oldiga keldi-da, boltani uning qo‘liga osib qo‘ydi. So‘ng butga qarab: "Oldingizdagi taomni nega yemaysiz?" -deya kinoya qildi. - "Nega so‘zlamaysiz?" Yana itob qildi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 14:58:36

Kun oqqanda kofirlar qaytib keldilar. Ko‘rsalar, butlarning birini bosh kesilgan, birini qo‘li, oyog‘i singan. Odamlari Bilan butxonaga kirgan Namrud so‘radi:
- Bizning tangrilarimizni kim bunday holatga soldi?
- Ibrohim degan bir yigit bor, bu ishni undan boshqa hech kim qilmaydi, - deyishdi.

FOYDA. Namrud kofir bo‘lsa hamki, Ibrohimga nisbatan achchiq so‘z aytmadi, hukm etmadi. Shu bois uning mulki davlatiga zavol tegmadi. Aytishlaricha: "Adl qilgan kofir Bilan mulk boqiy qolar, ammo zulm qilgan mo‘min Bilan mulk boqiy qolmas".

Namrud kofir bo‘lgani Bilan assoq so‘z demadi.

- Odamlar yig‘ilsin. Ularning ko‘z oldida guvohlik bersin, - deb farmon berdi. (Bugun ham yolg‘on so‘z Bilan bir kimsa ustidan hukm qilganlar Namruddan ham battar bo‘larlar).

- Bizning tangrimizni sen shu ahvolga soldingmi?-deya savol qildilar Ibrohimni keltirgach.

- Bu mayda butlarni anavi katta but chopib tashladi. Ishonmasanglar, butchalarning o‘zlaridan so‘ranglar, agar so‘zlay olsalar, - dedi Ibrohim.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 14:59:13

- Bu butlar so‘zlay olmaydi, qandoq qilib ham so‘rarmiz, - deyishdi ular.
- Sizlar Ollohni qo‘yib, siz uchun biror narsada nafi tegmaydigan va zarari ham yo‘q narsaga ibodat qilasizlarmi?-dedi Ibrohim alayhissalom.

Ular bildilarki, bu ishni Ibrohimdan boshqa hech Kim qilmagan. Uni qiynamoqlikka kengashdilar. Ibrohimga payg‘ambarlik keldi.

- Yolg‘iz tangriga sig‘ining, butga topinmang, meni tangrimning elchisi deb biling, - dedi u odamlarni to‘g‘ri yo‘lga chorlab.
- Bizni otalarimizning dinidan chiqarib, boshqa dinga chaqirurmisan? - dedilar.
- Otalaringiz bari botil dinga sig‘inar edilar. Men sizlarni to‘g‘ri yo‘lga da’vat qilarman, -dedi Ibrohim.

Aytadilarki, o‘sha paytda hamma xalqlar ochlikka duchor bo‘lgandilar. Oziq-ovqat topilishi qiyin edi. Namrud odamlarga ovqat tarqatdi. Bir kuni Ibrohim taom olgani Namrudning oldiga keldi.
- Menga sajda qilsang, taom beraman, dedi Namrud.
- Men shunday tangriga sajda qilurmanki, ul zot o‘likni tiriltirar, tirikni o‘ldirar, - dedi Ibrohim.
- Men ham shunday qila olurman, -dedi Namrud.
- Qanday qilib, -dedi Ibrohim.

Shunda Namrud zindondan ikki maxbusni chiqardi, birini o‘ldirdi, birini esa qoldirdi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 14:59:31

- Mana o‘likni tiriltirdim, tirikni esa o‘ldirdim, - dedi Namrud.

Ibrohim bildiki, bu kofir ahmoq ekan:
- Mahbusni o‘ldirmay qoldirish tiriltirish emas, - dedi u. Ammo Ibrohim unga "O’ldirganingni tiriltirgin!" desa bo‘lardiyu, ahmoq kofir Bilan tortishishni ep ko‘rmadi. Uni bir so‘z Bilan unini o‘chirishni istadi.

- Mening tangrim shunday zotki, u har kuni Mashriqdan chiqarguvchi. Sen bir kungina quyoshni mag‘ribdan chiqarginchi! - dedi Namrudga. Ibrohimdan bu so‘zni eshitgan ko‘pgina kofirlar ko‘ngillarida "Bu butlar botil tururlar, ulardan hech qanday naf yo‘q, Ibrohim to‘g‘ri aytar, yo‘lsizlarmiz", degan fikr o‘ta boshladi.

Namrud alayhil-la’na odamlarning ko‘nglidan kechganini bilib, "Mendan tonib, Ibrohimga ergashib ketsalar-a", -degan o‘ydan qo‘rqib ketdi.

- Buni ushlang, o‘tga tashlang, tangringizga madad bering! - dedi Namrud. Ibrohimni o‘tga otishgat kelishdilar.

- Ey Ibrohim, "Meni tangrimning o‘tli do‘zaxi bor, olov Bilan azob beradi", der eding. Men bugun seni olov Bilan qiynayin, kim qutqarar ekan, bir ko‘rayin, -dedi Namrud.

Qayd etilgan