Qachonki, Ibrohim alayhissalomni palaxmondan havo otganlarida u: (Oyat) "Bizga Ollohning o‘zi yetarlidir va u qanday yaxshi kafildir. Bas, u qandog‘ ham yaxshi ega va qandoq ham yaxshi madadkordir", dedi. Bu holni ko‘rgach, yetti qavat osmon farishtalarining barchasi faryod chekdilar.
- Ilohi, bu kunda butun yer yuzida seni bir va bor degan yolg‘iz Ibrohimning o‘zidir. Uni nechun o‘tga otarsan? Hudoyo, do‘stlaringga mehribonliging shunday bo‘larmi? - dedi farishtalar Olloh taologa.
- Ey farishtalar, sizlar ta’sir etmay turing. Bu ishda meni sizlar bilmaydigan bir sirim bor, - degan xitob keldi.
Shu paytda Jabroil alayhissalom yetib keldi.
- Ey Ibrohim, hech hojating bormi? - dedi u zot.
FOYDA: Agar hojatim yo‘q desa, hojatsizman degan bo‘lardi, lekin qul hojatsiz bo‘lmaydi.
- Hojatim boru, ammo senga emas, - dedi Ibrohim.
- Menga hojating bo‘lmasa, Ollohga bordir, aytgil, - dedi u zot.
- Ey Jabroil, mening tilagimni uning o‘zi bilar, menga shuning o‘zi kifoya, hojat tilmakning hojati yo‘q, - dedi Ibrohim va Olloh taologa ko‘ngil bog‘ladi. Shu onda:
- Ey olov, Ibrohim uning sovuq va salomat bo‘lgil! - degan xitob keldi.