Nosiruddin Rabg'uziy. Qisasul anbiyo  ( 152695 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 ... 30 B


shoir  23 Iyul 2008, 15:00:39

Hamma qo‘shinni safarbar etib, to‘rt oy mobaynida o‘tin yig‘ildi. U o‘tinni qaysi ulovga ortsalar ko‘tarmadi. Tuyaga ortdilar, o‘rnidan qo‘zg‘almadi. Eshak va ot ham qabul qilmadi. Xachirga yuklagandilar, qabul qildi. Buni ko‘rgan Ibrohim xachirni la’natladi. Shu boisdan xachir nasli ko‘paymaydigan bo‘ldi. Bugungi kunda xachirga yuk ortsalar, urmaguncha yo so‘kmaguncha yurmas. Tul kampirlar Namrud bizdan hushnud bo‘lsin deb, tunlari uxlamasdan charx yinirib, kunduzi bozorda sotib, pulga o‘tin olar edilar.

Aytishlaricha, bir yig‘ochlik (taxminat 9 km) yerni o‘tin bilan to‘ldirdilar. Atrofini teri Bilan to‘sdilar. Tuyalarda gugurt suvi keltirdilar. Shundan keyingina o‘t yoqtilar. O’n kecha-kunduz olov yonib, kuchlandi. Olovning balandligi ularning o‘lchovida yigirma qari (tirsak) edi. Ibrohim alayhissalomni ikki yildan beri og‘ir kishanlarga bog‘langan holda uy ichiga qamab qo‘ygan edilar. O’tning yoqilganinga o‘n kun bo‘lganda "boring, Ibrohimni endi o‘tga oting!" degan farmon berildi.

Olov keltirib o‘t yoqqan Ibrohimning ota qarindoshi Hozar (Lut payg‘ambarining otasi) edi. Qaldirg‘och tumshug‘ida suv keltirib, olovga quyar edi.

- Ey qaldirg‘och sening tumshug‘ingdagi suv bu o‘tga qanday ham ta’sir qilsin, - dedi Ibrohim shunda va uni ezgu duo qildi. Chumchuq esa kelib o‘tni qanoti Bilan urardi, shu bois uni la’natladi, qirq kecha-kunduz o‘tda kuydi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 15:01:01

Olov shu darajada balandladiki, kishi to‘rt yig‘och yerdan yaqinlasha olmaydigan bo‘ldi. Qay bir qush havoda uchsa qanotlari kuyib tushar edi. Namrud temi rva misdan bir mikora qurdirdi, uning ustiga chiqib olovga qaragach:

- Ibrohimni qanday qilib o‘tga otamiz? -deya hayolga cho‘mdi. Shunda Shayton kelib palaxmon yasamoqlikni o‘rgatdi. Ungacha dunyoda bunday qurol yo‘q edi. Ibrohimning qo‘l va oyoqlari yetmish botmonli temir halqa Bilan palaxmonga bog‘ladilar.

- Ey Ibrohim, qo‘rqmaysanmi? - deb so‘radilar shunda.
- Kimiki qalbidan Ollohning o‘ti bo‘lsa, qanday qilib odamlarning o‘tidan qo‘rqsin, -* dedi Ibrohim.
- Tangringdan so‘ragil, seni qutqarsin, -dedilar.
- Mening nimamni qutqarsin? - dedi u.
- Nafsingni, -dedilar.
- Nafsning ishi yovuzlik, gunohkorlikdir. Gunohkorlik o‘tga mahkumdir, - dedi u.
- Bo‘lmasa joningni so‘ragil, - dedilar.
- Jon omonat turur. Uning ishi yaratganiga qaytishdir, - dedi u.
- Unday bo‘lsa ko‘nglingni so‘rgali, -dedilar.
- Ko‘ngil tangrining mulkidir. U qanday istasa, shunday holga solguvchidir, - dedi u.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 15:01:57

Shundan so‘ng palaxmonga joyladilar. Qanchadan-qancha odamlar palahmonni tortmoqchi bo‘ldilar, ammo kuchlari yetmadi. Chunki palaxmonni farishtalar bosib turar edilar. Shayton bildiki, farishtalar palaxmonni bosib turardilar. Shunda u bir pokiza kishi qiyofasida kelib kofirlarga:

- Bu ish qo‘lingizdan kelmaydi. Ammo buning bir hiylasi bor. Buzuq xotinlarni olib kelinglar. Erkaklar ular Bilan fohisha ishni qilsin. Shunda palaxmon otiladi, - dedi.
Shunday ish tutgandilar palaxmon otildi. Ibrohimni havoga qarab otdilar.

SAVOL: Shayton palaxmon qilmoqlikni qaerdan bildi?
 
JAVOB: U palaxmonni do‘zaxda ko‘rgan edi. Gunohkorlarni do‘zaxda palaxmon Bilan otardilar, ularga chuqur chohga kelib tushardilar. Bu chohning azobi do‘zax azobidan yetmish hissa qattiqroq edi.

 Habarlarda kelishicha, Rasul alayhissalom dedilar: "Mening ummatlarimdan olti toifa odamlarni qiyomat kunida shu chohga tashlagaylar. Birisi - sultonlar majlisida ularni "bu kishi shunday omadli zot" deganni, ikkinchi - yetimlarning moliga zulm bilan egalik qilib olganni, uchinchi - zolimlar ishini bitirib berganni, to‘rtinchi - otasi va onasiga yomon so‘z so‘zlaganlarni, beshinchi - nopok ish qiluvchi xotinchalish, xunasalarni, oltinchi - molini hudo yo‘lidan qizg‘anib, boshqa yo‘lga sarflaganlarni". Bundan bizlarni Ollohning o‘zi asrasin.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 15:02:25

Qachonki, Ibrohim alayhissalomni palaxmondan havo otganlarida u: (Oyat) "Bizga Ollohning o‘zi yetarlidir va u qanday yaxshi kafildir. Bas, u qandog‘ ham yaxshi ega va qandoq ham yaxshi madadkordir", dedi. Bu holni ko‘rgach, yetti qavat osmon farishtalarining barchasi faryod chekdilar.

- Ilohi, bu kunda butun yer yuzida seni bir va bor degan yolg‘iz Ibrohimning o‘zidir. Uni nechun o‘tga otarsan? Hudoyo, do‘stlaringga mehribonliging shunday bo‘larmi? - dedi farishtalar Olloh taologa.

- Ey farishtalar, sizlar ta’sir etmay turing. Bu ishda meni sizlar bilmaydigan bir sirim bor, - degan xitob keldi.

Shu paytda Jabroil alayhissalom yetib keldi.
- Ey Ibrohim, hech hojating bormi? - dedi u zot.

FOYDA: Agar hojatim yo‘q desa, hojatsizman degan bo‘lardi, lekin qul hojatsiz bo‘lmaydi.

- Hojatim boru, ammo senga emas, - dedi Ibrohim.
- Menga hojating bo‘lmasa, Ollohga bordir, aytgil, - dedi u zot.
- Ey Jabroil, mening tilagimni uning o‘zi bilar, menga shuning o‘zi kifoya, hojat tilmakning hojati yo‘q, - dedi Ibrohim va Olloh taologa ko‘ngil bog‘ladi. Shu onda:
- Ey olov, Ibrohim uning sovuq va salomat bo‘lgil! - degan xitob keldi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 15:02:46

Ulamolarning aytishlaricha, sovuq" bo‘lgil deb, "salomat" bo‘lgin demasa edi, o‘t sovug‘i Bilan Ibrohimni halok qilgay edi. Qiyomatga qadar odamlar hech qachon o‘tga pishgan taomni ko‘rmas edilar. Yana aytishlaricha, Ibrohining ko‘ksidagi Olloh muhabbatining o‘ti Namrud o‘ti Bilan bellashdi va Namrud o‘tini kuydira boshladi. Shunda muhabbat o‘tiga sovugil, Ibrohini salomat saqlagil, demasa edi, u o‘t na Namrudning o‘zini va na uning o‘tini salomat qo‘ymasdi, hammasini kuydirar edi.

Yana farmon keldi: "Ey Jabroil, bandamga yordam berish uchun tezda yetib borgil!"

Jabroil yetib bordi va o‘zi Bilan birga jannatdan bir jaynamoz olib keldi va bu jaynamozni olovni o‘rtasiga to‘shadi, Ibrohim alayhissalom unga o‘tirdi. So‘ngra jaynamoz ustiga namoz o‘qishga tutindi. O’t faqat Ibrohim alayhissalomning qo‘l-oyoqlari bog‘langan ipini kuydirdi.

IZOH: boshqa manbalarda keltirishicha, Ibrohim alayhissaolmni o‘tga otishga hozirlik ko‘rilayotgan paytda suvlarga muakkil bo‘lgan farishta kelib:
 - Ey Ibrohim, barcha suvlar ihtiyori mening qo‘limdadir. Agar hoxlasang, buyurman suvlar o‘tni o‘chirur, -dedi.

 Shamolga muakkil bo‘lgan farishta:
 - Ey Ibrohim, agar hoxlasang, shamolga amr eturman, butun o‘tni o‘chirib yo‘qotur, -dedi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 15:03:09

- Sizlarning yordamingizga muhtoj emasman, - dedi Ibrohim alayhissalom ularga va boshini yuqori ko‘tarib duo qildi: - Parvardigoro, Sen yagonasan, Ahmadsan, mendan boshqa Senga ibodat qiladigan kimsa yo‘qligini o‘zing bilursan! (Izohlar tarjimon tomonidan boshqa manbalardan olingan).

Aytishlaricha, Namrud vaziriga buyurdi:
- Minoraga chiqib, Ibrohimni ko‘rgil, qanday kuyayotgan ekan, kul bo‘lib ulgurganmikan - yo‘qmi!

- Ey egam, bu olovning ichida dunyoning tog‘lari kuyib kul bo‘ladi-yu Ibrohim omon qolarmidi! - dedi vazir va minoraga chiqib ketdi. Keyin minoradan turib shunday xqitob qildi: - Ey egam, uchov o‘tiribdi, orqa o‘ngida yigirma ming masofa turli xil yoz chechaklari ochilmish, chashmalar oqib turmish, xurmo daraxti unmish.

Bu gaplarni eshitgan Namrud taajubga tushdi, o‘z ko‘zim Bilan ko‘rayin, deb minoraga chiqdi. Bu manzarani ko‘rgach:
- Ey Ibrohim, sen yolg‘iz eding-ku, bular kimlar bo‘ldi? - deb so‘radi.

Ey Namrud, biri menman, suratimni o‘zgartirdim, Ibrohimga sening Muakkil - vakil qilingan, tasarruf qiluvchi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 15:03:25

Ahmoqligingdan uzr aytarman, - dedi olov Olloh taolo farmoni bilan tilga kirib.
- Ey Ibrohim, ul kimsani yonigga kim tushirdi? - dedi namrud.
- Olloh taolo meni asramoq uchun tushurdi, Namrudning endi unga qarshi qanday yarog‘i bor bo‘lsin, - dedi Ibrohim alayhissalom.

Bu gaplarni eshitib Namrud behad qo‘rquvg tushdi. Qayg‘uga tushgan yer ham yetti kun titrab, zilzila bo‘ldi. Namrud donishmandlarni, hakimlarni to‘pladi.
- Bu qanday zilzila bo‘ldi? - deb so‘radi ulardan.
- Olovning issig‘ligidan yer ham tebranmoqda, - dedilar unga.
- Unday bo‘lsa, olovni so‘ndiring! - dedi Namrud.

Suv tashib, olovga quya boshladilar. Barcha haloyiq Ibrohimning ahvolini ko‘raylik, Deya tamoshoga keldilar. Olloh farmoni Bilan shabada kelib, kullarni odamlarning yuzlariga urdi, haloyiq barchasi qaytib ketdi.

Oqshom tushgach, Ibrohim o‘tdan chiqib, uyga bordi.

Aytishlaricha, Namrudning o‘n ikki ming ombori bor edi. Ularning to‘rt mingi unga to‘la edi, ularni qimmatchilik bo‘lsa sotarmiz, deb g‘amlab qo‘ygandi. Ibrohim alayhissalom duo qildi: ul yurtdagi daryo o‘zanlari, tog‘ ungirlari unga to‘ldi. Ibrohim alayhissalom "Keling, un oling!" deya chorladi. Hamma yurtda to‘kinchilik bo‘ldi. Namrudning qo‘liga qarovchi odam qolmadi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 15:03:41

Bir kuni Ibrohim alayhissalom Namrudning oldiga keldi.

- Yagona Ollohdan boshqa iloh yo‘q, ey Ibrohim sen unirng payg‘ambarisan deb aytgil! - dedi unga.

- Fursat bergil, o‘ylab ko‘rayin, - dedi Namrud.

Fursat berildi. Namrud o‘ylab, o‘ziga kengashib ko‘rdi.
- Men Ibrohim bilan yarashurman, siz nima dersiz, - deya kengash soldi.

Beklariv a maslahatchilari o‘yga tolidilar. "Agar Ibrohim Bilan yarashsa, u podishoh ustidan ham, bizning ustimizdan ham hukumron bo‘lib oladi, oqibatda bizning izzatimiz, hurmatimiz qolmaydi, Ibrohimga qul bo‘lamiz", degan fikrga keldilar va shunday javob berdilar.

- Shuncha yildan beri xudoman deding, endi qulman deysanmi? Ibrohimga qul bo‘lib, bizlarni ham unga qul qilursanmi?

- Mening u tufayli ko‘rgan ishlarim ulug‘ ishlardir, uning tangrisi bilan yarashmoq kerak, - dedi Namrud.
- Uni nega o‘t kuydirmaganini bilmasmisan? Shuning uchunki, bizning ota-bobolarimiz olovga topinur edilar, Ibrohim ham bizning urug‘imizdandir. O’t bizning urug‘imizni kuydirmas, - dedi unga Hozar.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 15:04:01

FOYDA: Xachir o‘tin keltirgani uchun urug‘i kesildi. Chumchuq cho‘p tashigani uchun hamma odamlar uni tutib, patini yulib, o‘tga pishirib yeydilar.

Arilar o‘tni yelpib turgandi, g‘avg‘o va to‘palon hayot kechirurlar. Qaldirg‘och esa suv tashida, omon bo‘ldi. Qaldirg‘ochning suvi bilan o‘t o‘chmadi, ammo do‘stligi oshkor bo‘ldi, qiyomatga qadar ezgu nom oldi.

- Biz Ibrohimdan qanday qilib qutilamiz? - so‘radi Namrud Hozardan yana.
- Bu tunda bir chuqur qazinglar, ul chuqurda tutun hrosil qilmasiz.

Bu tutun Bilan dushmanimizni halok qilamiz, - dedi Hozar bunga javoban.
- Qancha mol kerak bo‘lsa olgil, bu ishni o‘zing bitirgil! - dedi Namrud.

Hozar xalqni yo‘g‘di, katta olov yoqilgan joyda chuqur qazimoqlikka boshladi. Tubi tor, og‘zi keng bo‘lgan bu chuqurni somon va iflos narsalar Bilan to‘ldirdilar. Hamma haloyiq tomoshaga to‘plandi, Hozar olov keltirib, somonga tutashtirdi. Shunda Olloh farmoni Bilan shamol keldi, o‘sha o‘tning ichidan bir kesakni keltirib, Hozarning boshiga urdi, Hozar yiqildi va kuya boshladi. Shunda haloyiq:
- Ey Hozar, o‘t bizni kuydirmas demabmiding! - deya malomat qildi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 15:04:27

Hozarning so‘zlashga holi bo‘lmadi. Ko‘p o‘tmay kuyib, kulga aylandi. Yana shamol kelib, Namrud yoqqan o‘tdan kul keltirdi va haloyiqning chidan o‘tin tashiganlarning ko‘ziga tiqildi, hamalari ko‘r bo‘ldi, sog‘ qolganlari qochib qolishdi.

Bir muddat o‘tib, Sora raziallohu anho Ibrohim alayhissalomning qoshiga keldi. Sora Hozarning qizi edi. Ba’zilarning aytishlaricha, - u Namrud xizmatidagi bir ulug‘ bekning qizi bo‘lgan ekan.

- Ey Ibrohim, sening Hudoying o‘ta kuchli ekan, mendan bezor blo‘maydimi? - smo‘radi sora.

- Seni ezgu yo‘lga solgay, joyingni jannatdan qilgay, - dedi Ibrohim.
- Ey Ibrohim, men bir shart bilan musulmon bo‘olaman, - dedi Sora, u juda ko‘hlik edi, - meni nikohingga olsang.
- Meni molim yo‘q, - dedi Ibrohim, - senga qalin berolmayman.
- Mening qalinim shuki, - dedi Sora, - sha’riy barchsa ishlarda men nima desam shuni qilarsan.
Soraning iltimosini Ibrohim alayhissalom qabul qildi.

Qayd etilgan