Nosiruddin Rabg'uziy. Qisasul anbiyo  ( 152724 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 ... 30 B


shoir  23 Iyul 2008, 15:09:24

Bu farmonni Ibrohim alayhissalom podshohga yetkazdi. Zul-arshning Hojar ismli cho‘risi bor edi. U Mag‘rib podishohining qizi edi, Solih alayhissalomning urug‘ildan edi. Uning otasini o‘ldirib o‘zini bu yerga keltirgan edilar. U barcha xizmatkorlar sardori edi. Podshoh mol-dunyosi va hazinalar turgan kaltini Ibrohim alayhissalomga berdi. Shunda Ibrohim alayhissalom duo qilgandi, podishohning qo‘li va bo‘yni o‘z holiga qaytdi. Zul-arsh darhol imon keltirdi: (Oyat) "Guvohlik bermanki, bir Ollohdan o‘zga biror ma’bud yo‘q va Yana guvohlik bermanki, albatta sen, ey Ibrohim, Hudoning elchisidirsan".

- Ey podshoh, menga bergan mol-dunyoingni qabul qildim, ularni yana o‘zingga bag‘ishladim, - dedi Ibrohim alayhissalom. Hojar esa hamma boyliklarni yana qaytarib qabul qilib oldi. Ibrohim alayhissalom shundan so‘ng yetti kun bu yurtda turib qoldi, imon va islomni o‘rgatdi. Sakkizinchi kun Jabroil alayhissalom farmon keltirdi:

"Ey Ibrohim, bu yer senga bo‘lmas, bundan ketgil!"
 - Menga farmon keldi, - dedi Ibrohim alayhissalom.
 - Men bilan birga turgil. Senga Misr podshohligini berayin, o‘zim qul bo‘layin, dedi podshoh.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 15:09:37

- Menga dunyo mol-mulki keakmas, - dedi Ibrohim alayhissalom.
 - Hazinadan bir toj bilan yuz ming oltin keltirgil! - deya Hojarga buyruq qildi. Keltirdilar. Ibrohim alayhissalom taraddudlandi.
 - Bularni qabul qilgil! - dedi podshoh.

Jabroil alayhissalom ham "Qabul qilgil!" dedilar. Bularning ustiga Yana yuz ming tuya, yuz ming qo‘y, to‘rt yuz xizmatkorni ham qo‘shdilar.
 - Ey Sora, bu toj Misrning yetti yillik xirojiga tengdir. Bu senga munosibdir, - dedi podshoh. Jabroil alayhissalom Ibrohim alayhissalomga "Soraga aytgil qabul qilsin!" dedilar.
 - Mana bu to‘rt yuz xizmatkor podshohlik joriyalaridir, senga berdim, dedi podshoh.
 - Men Olloh taoloning bir cho‘risi bo‘lsam, menga xizmatkorlar ne xojat, - dedi Sora. - Ammo yolg‘iz Hojarning o‘zini bersang bo‘ldi.
 - Podshoh buyurdi, o‘n ming oltin, yana min7g qo‘y, ikki yuz tuya, ikki yuz sigir keltirdilar. Ularni Hojar Bilan birga qo‘shib berdilar. Dabroil alayhissalom Ibrohimga dedi: "Ey Ibrohim, aytgil, qabul qilsin!"

Sora qabul qildi. Shundan keyin Ibrohim alayhissalom mol - mulkni olib, Sora bilan birgalikda Axzon viloyatiga bordilar. Qaysi joyga tushsalar bir yig‘och joyda yilqi qoasi ko‘rinar edi. Boshqa joyga bordilar. U yerda ham yilqi qorasi ko‘rindi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 15:09:54

- Shu yerda tushamiz, - dedi Ibrohim alayhissalom Lutga. Tushdilar, o‘tov tikdilar. Ibrohim alayhissalom bir quduq qazdirdi, totli suv chiqdi. Narigi tomondagilar o‘ylashdi: "Bu odam yilqilari Bilan o‘tlog‘imizni quritmoqda, ularni haydab yuboraylik, qudug‘i ham bizga qolsin".

Shunday Deya so‘zlashib turgandilar Zul-arsh askarlari bilan Misrga borayotib bu yerda tushdi. Uch kishi borib Ibrohim alayhissalomni podshohning oldiga olib keldilar. Podshoh Ibrohim alayhissalomni ko‘rib, dast o‘rnidan turdi. Ibrohim alayhissalom qo‘li bilan "O’tirg‘il!" degan ishora qildi. Podshoh joyiga o‘tirdi. Haligi kishilar podshohga shikoyat qildilar:
 - Bu tunu-kun yilqi-mollari bilan o‘tlog‘imiz va suvlog‘imizni quritmoqda, buyuring bu yerdan ketsin!
 - Sen nima deysan, - dedi podshoh Ibrohim alayhissalomga.
 - Men g‘aribni ketgin desalar ketayin, - dedi Ibrohim alayhissalom.
 - Siz uchun men bir hukm aytsam bo‘larm? - so‘radi podshoh.
 - Bo‘ladi, - dedilar.
 - Sizlar o‘nta qo‘y keltiring, pishirsinlar, yeylik. Keyin Ibrohim o‘n qo‘y keltirsin, pishirsinlar, yeylik. Qaysingizni taomingiz bilan to‘yamiz bilaylik, so‘ngra o‘lgan qo‘ylarni tiriltirasizlar. Kim bu shartlarimizni bajarsa, bu yer-suv o‘shangan bo‘lsin! - dedi podshoh.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 15:10:07

Haligi kishilar qayg‘uga botdilar. O’nta oriq qo‘yni keltirib bo‘g‘izladilar, pishirib, podshoh oldiga kiritdilar. Podshoh askarlari Bilan bo‘lishganda bir parchadan tegdi. Shundan keyin Ibrohim alayhissalom o‘z taomini keltirdi. Uch ming kishi yedi, to‘ydi, yana ortib qoldi. Ibrohim alayhissalom o‘rnidan turdi-da, qo‘ylarning terisini to‘plab duo qilgandi, hamma qo‘ylar tirildi. Podshoh yer-suvni Ibrohim alayhissalomga hukm qildi. Haligi kishilar bundan hasadga berildilar va tunda bir itni o‘ldirib, quduqqa tashladilar.

- Ketamiz, - dedi Ibrohim alayhissalom bu ahvolni ko‘rgach, Lut payg‘ambariga qarab.

Ibrohim alayhissalomning o‘n ikki suruvi bor edi. Har bir suruvida bir oltin zotli iti bor edi. Muqaddas yerlarga to‘rt yig‘ochlik masofa qolganida to‘xtadilar, o‘sha yerga o‘rnashdilar.

Men qarib qoldim, sening xizmatingga kuchim qolmadi. Sen meni deb ko‘p mashaqqatlar tortding. Hajarni senga bag‘ishladim, u seniki bo‘lsin, dedi Sora kunlarning birida Ibrohim alayhissalomga. Shunday qilib Hojar Ibrohim alayhissalomniki bo‘ldi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 15:10:21

ISMOIL LAYHISSALOM QISSASI
 
Sora raziallohu anho to‘qson yoshga kirdi hamki, farzandi bo‘lmadi. Ibrohim alayhissalom peshonasida Muhmmad alayhissalomning nurlari sobit edi. U ayoliga "Bu nur sendan bo‘ladigan o‘g‘longa nasib etgay", deya va’da qilgandi. Biroq Ibrohim alayhissalom Hojarga qovushganlarida bu nur Hojarning vujudiga o‘tdiki, buni ko‘rgan Soraning g‘azabi keldi. Bu nurning saodatidan bebahra qolganidan qattiq rashki kelib, Ibrohim alayhissalomning yoqasidan oldi va erining yoqasidan olgan ayollardan birinchisi bo‘ldi, negaki Odam alayhissalomdan buyon bunday noshoyista ish bo‘lmagandi.

- Ey Ibrohim, Soraga aytgil sabr qilsin! - dedi Jabroil alayhissalom.

- Qandoq sabr qilayinki, sakson yil men shu umid bilan yashar edim. Ushbu kun va’dalaring menga nasib bo‘lmay, nurning saodati xizmatkor-cho‘rimga tegdi, - dedi Sora bu gapni eshitib.

Chu lahzadan boshlab Ibrohim alayhissalom Bilan Sora o‘rtasiga sovuqlik tushdi. Jahl ustida Sora "Hojarning uch a’zosini mayib qilgayman!" Deya qasam ichdi. Kunlarning birida Hojarning qulog‘i, burnini kesmoqqa qasd qilganda Hojar faryod chekadi. Shunda Jabroilga farmon bo‘ldi, u jannatdan ikki oltin isirg‘a olib keldi. Hojarning qulog‘iga o‘tkazgandilar yanada ko‘rkamroq bo‘ldi. Xatna qilgandilar eriga yanada sevimliroq bo‘ldi. Avratlarini xatna qilmoqlik Hojardan meros bo‘lib qoldi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 15:10:36

Rivoyatda kelishicha, Ismoil Hojardan tug‘ildi. Yana boshqa rivoyatlarda kelishicha, Hojarning oy-kuni yaqinlashganda Sora tag‘in toqat qila olmay qoldi.

- Hojarni ko‘zimdan nari qilgin, uni ko‘rmayin, - dedi Sora. Shunda Jabroil alayhissalom habart keltirdi:
- Olib borgil.

Ibrohim alayhissalom ikki tuya keltirib, biriga Hojarni mindirdi, biriga esa o‘zi mindi. Yo‘lga otlanganlarida Sora Ibrohim alayhissalomga shunday dedi:
- Uch ishni qilmoqlig‘ingni so‘rayman. Biri shuki, Hojarni odam yashamaydigan joyda qoldirgil. Ikkinchisi, tuyadan tushmagil. Uchinchisi, kechasi to‘xtamagil.

Ibrohim alayhissalom bu uch ishga va’da berib, Muqaddas tuproqdan yo‘lga tushdi. Bu yerdan makkaga qadar bir oylik yo‘l edi. Olloh taolo yerning tomirini tortdiki, bu yo‘lni bir kunda bosib o‘tdilar. Odamsiz, giyohsiz, suvsiz bir yerda qo‘ndilar. (Oyat) "... Albatta men joylashtirdim avlodlarimning ba’zisini hech narsa o‘smaydigan vodiyda, Sening hurmatli uying yaqinida". Darhaqiqat, u paytda hali Maka yo‘q edi. Ibrohim alayhissalom Hojarni qo‘yib, iziga qaytdi. Birmuncha oziq va ichimlik suv qo‘yib ketdi. Bir necha kun o‘tgach, Hojar oyyu kundan ham go‘zalroq o‘g‘il ko‘rdi. Muhammad alayhissalomning nuri uning manglayida yarqirab turardi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 15:10:50

Hojarning suvi tugab qoldi. O’qlini yo‘rgaklab, suv izlashga tushdi. Shunda Safo tog‘idan "Suv bu yerda", degan ovoz eshitildi, bordi, suvni ko‘rmadi. Keyin Marva tog‘idan ovoz eshitildi, bordi, suvni ko‘rmadi. Bu holat yetti bor takror bo‘ldi: Safodan marvaga yugurdi, Marvadan safoga. Suv topolmay ojiz bo‘ldi. Bu holatda yugurmak bugunga kelib hojilarga sunnat bo‘lib qoldi.

Shunda Hojar tangriga qarata "Isma’ ya ilu!" Deya xitob qildi. (Ilsuryoning tilida tangrining ismi turar. Ma’nosi "Tangrim eshitgil!" degani bo‘ladi. Shu boisdan Ismoil oti kelib chiqdi). Ismoil yig‘lab qoladi, yig‘i tovushini eshitgan Hojar yugurib qaytib keldi. Ko‘rsaki, Ismoil yuzi Bilan yerga o‘girilib olib, ikki oyog‘i bilan yerni tepardi. Tepgan joyidan Jabroil alayhissalom qanoti Bilan urib, suv chiqardi. (Zamzam qudug‘i o‘sha suvdan bino bo‘ldi). Suv qaynab chiqa boshladi. Hojar suvning oqayotganini ko‘rib juda quvondi, suv tugab qolmasin, deya atrofni tosh va tuproq bilan o‘radi. (Agar o‘sha kuni Hojar suv yo‘lini to‘sib qo‘ymaganda edi, hozirda Makkada bir ariq suv oqib yotgan bo‘larmidi?)

Bir kuni Banu Jarham nomli savdo karvoni Shomga borayotib, Maka yeridan o‘tar bo‘ldi. Bu payt uchar 0qushlarni, yugurar qumursqalarni ko‘rib shu tomonga qayrildilar. Ular onasi Bilan o‘tirgan behad ko‘rkam Ismoilni ko‘rishdi. Suv borligidan taajublandilar.
 - Bu quduq kimnikidur? - so‘radilar karvondagilar.
 - Bu o‘g‘lonnikidur, - javob berdi Hojar.
 - O’g‘lon kimning o‘g‘lidur?
 - Ibrohimnikidur.
 - Ibrohim Kim bo‘ldi?
 - Namrud uning qo‘lida halok bo‘lgandir.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 15:11:10

- Bizning yurtimiz, yerlarmimz yashashga yaroqsiz, odamlarimiz"¦ Uch ming besh yuz uylik aholi Makkaga o‘rnashdilar. Uylar qurishdi, bozor barpo qildilar. Yil ohirida mol-mulklarning o‘ndan birini ayirdilar. Bu ikki ming qo‘y, uch ming tuya, yetti ming sigir bo‘ldi. Hammasini Ismoilga berdilar. Bu odat har yili takrorlanaverdi. Ismoilning yilqiyu podasi ziyoda bo‘ldi.
 Yigirma bir yoshga kirganda Ismoilni Ammora ismli qizga uylant irdilar. Kunlarning birida Ismoil ovga ketgan chog‘ida Ibrohim alayhissalom o‘g‘lini ko‘rgani keladi. Sora Ibrohim alayhissalomga shart qo‘ygandiki, tuyadan tushmagin, deb. Shu sababdan u kelib Ismoilni uyini so‘rab, eshigiga kelganda tuyadan chiqardi.
 - Ismoil qaerda? - so‘radi kelinidan.
 - Ovga ketdi, - dnb javob qildi kelin.
 - Qachon keladi?
 - Muncha-yam ezma kishi bo‘lmasaykin, - dedi og‘rinib.
 - Ismoil kelsa "shunday ko‘rinishli bir kishi kelib, senga salom aytdi, so‘ngra eshigi ostonasi yaroqsiz ekan, uni yangilasin", deb aytgin, - Deya tayinlab qaytib ketdi.
 - U kishi mening otam edi, yaxshi kutib olmabsan - dedi ismoil ovdan qaytib kelgach, bu gaplarni eshitib. - Uyning ostonasi bu sen eding. Endi seni menga keraging yo‘qdir, - deb taloq berdi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 15:11:29

Bir yil o‘tgandan kechin u Banu Xarim qabilasi boshlig‘ining qizi Sayyida binti Massos al -Xurxumiyning qiziga uylandi. Ismoil ovga g‘oyat o‘chligi bois uyda kam bo‘lardi. Otasi bu gall kelganda ham ovda edi.
 - Ovga ketgandi, - dedi Sayyida Ibrohim alayhissalom so‘rog‘iga javoban, - Tushing, kelgunicha uyda kutib turarsiz, men taom hozirlayin.
 - Tushmaslikka va’dam bor, tusholmasman, - dedi Ollohning rasuli, - tayyor - taom bormi?

Sayyida tuya sutidan tayyorlangan ayron olib chiqib berdi.
 - Tangrim molu yilqilaringizga barokat bersin, - deb duo qildi u ayronni ichib bo‘lib. Duo barokatidan bu yurtda tuyalar ko‘p bo‘ldi. Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom dedilarki: "O’sha kunda Ismoilning ayoli non berganida edi, bu kun makkada yemish arzon bo‘lardi".
 - Tuyadan tushing, - soch-soqolingizni yuvib qo‘yayin, - dedi Sayyida.
 - Tuyadan tushmaslikka va’da berganman, - dedi Ollohning rasuli.
 - Bitta oyog‘ingizni tosh ustiga qo‘ying, soch-soqolingizni yuvib qo‘yayin, - dedi kelini.

Ibrohim alayhissalom bir oyog‘ini toshni ustiga qo‘ydi, ikkinchisi tuya ustida qoldi. Shu holatda soch-soqolini yuvdi, so‘ngra narigi oyog‘ini tosh ustiga qo‘ydi, qolgan qismini ham yuvdi. Shundan keyin Ibrohim alayhissalom:

- Ismoil kelsa aytgil: "Ibrohim senga ko‘p duo salom aytdi va yana eshigingni mahkam qilgin, deb tayinladi", deya yetkazib qo‘ygin.

Ismoil kelgach, Sayyida bo‘lgan voqeani birma-bir bayon qildi.

Shunda Ismoil dedi:
 - U kishi mening otam edi, eshik deya seni aytgandi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 15:12:08

ISMOIL ALAYHISSALOMNING SO’YILISh QISSASI
 
Ulamolar o‘rtasida ixtilof bor: Ismoil so‘yilganmi yo Ishoqmi?

Aarablar Ismoil so‘yilgan derlar, chunki arablar Ismoil avlodidirlar. Juhudlar Tavrotda habar berilgankim, Ishoq so‘yilgan derlar, negaki juhudlar va xristianlar Ishoq avlodlaridandir. Ba’zilarning aytishicha, har ikkisi ham so‘yilgandir. Bir toifa Ismoil edi desa, Yana biri Ishoq edi, deya hujjatlashtirdilar.

Rasul alayhissalom hadisi bu borada oydinlik kiritadi: "Anna ibnu zabahayni". Ma’nosi: "Ikki qurbonlikning o‘g‘liman", deganidir. Bundan murod shuki, Ismoil va Ishoqni nazarda tutgandir.

Savol tug‘iladi: Muhammad alayhissalom Ismoildan tug‘ilgandir, Ishoqdan emas. Ikki qurbonlikning o‘g‘liman deganda nimani nazarda tutgandir?

Javob shuki: Ikki qurbonlikdan murod - biri ismoildir, biri esa otasi Abdullohdir.

Habarda kelurki, Muhammad alayhissalomning kata otasi Abdulmutallib davrida Zamzam qudug‘i qurib qoladi. Shunda u: "Agar tangri sub bersa bir o‘g‘limni qurbon qilgayman", deya nazr qiladi. Yana ulamolar ayturlarki, Abdulmutallib shunday nazr qiladi: "Agar Olloh taolo menga o‘n o‘g‘il bersa, hammasi sog‘-salomat ko‘z oldimda bo‘lsalar, ulardan birini qurbon qilgayman". Bu paytda uning to‘qqiz o‘g‘li bor edi: Xoris,

Qayd etilgan