Nosiruddin Rabg'uziy. Qisasul anbiyo  ( 152731 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 24 25 26 27 28 29 30 B


shoir  23 Iyul 2008, 16:35:35

Ya’qub alayhissalom dastlabki odamlar to‘piga yetdilar. Ular to‘rt ming kishi edilar.
 - Yusuf bormi, bularning ichida? - so‘radi Ya’qub alayhissalom.
 - Yo‘q, bular Yusufning chavandozlaridir, - dedi Ibn Yamin.
 Sipohlar otdan tushib, ta’zim bajo qildilar. Keyin yana to‘rt ming bezatilgan tuyalar to‘dasiga duch keldilar. Har bir tuyaning ustida ikkitadan kanizak o‘tirardi.
 - Bular kimlar bo‘ldilar? -so‘radilar Ya’qub alayhissalom.
 - Akamning kanizaklaridir, - javob qildi Ibn Yamin.
 Yana bir to‘da peshvoz keldi. O’n ming kishi kelib, payg‘ambar otining o‘zangisini o‘pdilar.
 - Bular kimlar bo‘ladilar?
 - Og‘amning kechayu kunduz xizmatlarida turadigan g‘ulomlardir.
 Ulardan keyin to‘rt ming oq kiyimli, oq sallali, oq otli oqsoqollar keldilar.
 - Bular kimlar? - so‘radi Ya’qub alayhissalom.
 - Bular og‘am sizdan o‘z gunohini so‘rash uchun yuborgan olim va fuzalolardir, - dedi Ibn Yamin.
 - Nima gunoh qilgan ekan?
 - "Ko‘rgan tushingni og‘alaringga aytmagin" , deganingizda unga quloq tutmay birodarlariga aytgan ekan. Shu gunohini so‘raydilar, - dedi Ibn Yamin.
 Ya’qub alayhissalom darhol avf etdilar. Shundan so‘ng o‘n ming odami bilan Yusuf alayhissalom paydo bo‘ldilar.
 - Bular kimdir? - so‘radi Ya’qub alayhissalom.
 - Og‘am Yusuf xos lashkari bilan kelayotir, - dedi Ibn Yamin.
 Ya’qub alayhissalom tuyadan tushib, piyoda bo‘lib oldilar. Yusuf alayhissalom esa uchrashuv ishtiyoqi bilan piyoda bo‘lmoqlikni faromiush qildi va otasini ot ustida turib quchoqladi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:35:47

Savol: Yusuf alayhissalom nima uchun otasi bilan otdan tushib ko‘rishmadi?

Javob: Rayyon podshoh "Otdan tushmagin!" degan edi. Yusuf alayhissalom mulohazaga berildi: "Agar otdan tushsam, podshohning ko‘ngli og‘riydi. Agar tushmasam, otam ko‘nglini ozorlagan bo‘laman". Namoz o‘qidi, sajdada tush ko‘rdi, tushida: "Oy Yusuf, otdan tushmagin. Podshoh mahluqdir, seni kechirmaydi. Olloh taolo karam sohibidir, seni kchirgay!", degan gapga rioya qildi. Shu sababdan otdan tushmadi. Buning oqibatida Yusuf alayhissalomning farzandlariga payg‘ambarlik tegmadi.
 Boshqa rivoyatda aytishlaricha, hazrat Jabroil alayhissalom ogohlantirdilar. Darhol otdan tushib, piyoda bo‘ldi va otasi istiqboliga yugurdi. Buni ko‘rgan hamma odamlar piyoda bo‘ldilar. Ikki g‘amzada qalb ishtiyoq va mashaqqat otashida, ayriliq alagansida qovrulib, bir-birlariga ulandilar. Muborak qo‘llar bo‘yinlarga chirmashdi, goh xushlaridan ketar, goh xushlariga kelar edilar.
 Yusuf alayhissalom otasini o‘n ming ot qo‘shilgan oltin aravaga chiqardi, otlarning barchasi oltin va kumush jihozlar bilan ziynatlangan edi. Aravani to‘rt ming oltin dubulg‘ali yigitlar qurshab borardilar. Misrga shunday dabdaba bilan kirib bordilar. Saroyda ular uchun alohida tayyorgarlik ko‘rilgan edi. Bu paytda Yusuf alayhissalomning holalari Ya’qub alayhissalomning nikohlarida edi. Otasi va xolasini taxtga chiqardi. Shunda otasi va xolasi hamda o‘n bir birodarlari Yusuf alayhissalomga sajda qildilar.
 - Ey ota, Kan’ondalik paytimda o‘n bir yulduz bilan oy va quyosh sajda qildi, degan tushim bugun o‘ngidan keldi, - dedi shunda Yusuf alayhissalom.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:36:13

Savol: Mahluqqa sajda ravo bo‘lmasdi. Ya’qub alayhissalomning hamma o‘g‘lonlari bilan sajda qilmoqliklariga sabab nimada edi?

Javob: Sajda to‘rt qismdir: Sajdai ibodat, sajdai savh, sajdai tilovat, sajdai tahiyat. Sajdai ibodat - Ollohdan boshqaga ravo emas.
Shundan so‘ng Ya’qub alayhissalom o‘g‘illaridan bo‘lib o‘tgan voqealarni so‘radilar. Yusuf alayhissalom hamma sarguzashtlarini birma-bir bayon qildilar, lekin birodarlarining kirdikorlarini "Toki otamning ulardan ko‘ngillari sovimasin", degan mulohaza tufayli aytmadilar.

Savol: Yusuf alayhissalom tushining ta’biri ro‘yobga chiqquncha necha yil vaqt kerak bo‘ldi?

Javob: Hasan va katoda so‘zicha, sakson yil o‘tgan edi. Sulaymonning so‘zicha, qirq yil o‘tgandi. Sa’di ibn Habir so‘zicha, o‘ttiz olti yil va yana bir rivoyatga ko‘ra yigirma ikki yil hamda Muhammad ibn Ishoq so‘zicha, o‘n sakkiz yil vaqt o‘tgan edi.
 Alqissa, Ya’qub alayhissalom Misrga kirganda ko‘rdilarki, ko‘chalar oynavandli qilinibdi, har qaysi supalarda bulbullar sayrab, xushovoz hofizlar kuylab turardi. Misrning hamma ahli jome’ masjidiga to‘planib, Ya’qub alayhissalomni mehmon qildilar.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:37:13

- Ey Misr xalqi, - dedi Yusuf alayhissalom taomdan forig‘ bo‘lganlaridan so‘ng. - Sizlar ko‘msizlaru men kimdirman?
 - Ey podshohi olam, siz bizlarning ko‘nglimiz sururisiz. Bizlar kattayu kichik, erkaga ayol barchamiz sizning qulingizmiz, - deyishdi ular jo‘ravoz bo‘lib.
 - Ey haloyiq, - baland ovozda murojat qildi Yusuf alayhissalom, - bilinlar va ogoh bo‘linglarki, bu payg‘ambari zamon mening otam bo‘ladilar. Uning farzandlari bo‘lgan mana bu yigitlar mening birodarlarim bo‘ladilar. Bularning haqqi-hurmatidan hammalaringizni qullikdan ozod qildim.
 Shu bilan birga mulku davlatlari ham qaytarib berildi. Shunda Misr xalqi Ya’qub alayhissalomning shunday ulug‘ zot ekanligiga amin bo‘lib, "Laa ilaha illalohu Ya’quba nabiulloh", deya imon keltirib, musulmon bo‘ldilar.
 Qiyomat vaqti kelganda xuddi shunga o‘hshash voqea yuz berarkan. Qiyomat qoyim bo‘lib, hamma odamlar mahsharga jam bo‘lganda, payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v)ni o‘ngt qo‘llaridan Jabroil alayhissalom, chap qo‘llaridan Mekoil alayhissalom maqomi mahmud (munosib joy)ga eltishar ekanlar. U joyga bir minbar qo‘ydilar, payg‘ambar alahissalom unga chiqar ekanlar. Shu payt Olloh taolo tarafidan nido kelar ekan: "Ey mahshar ahli, sizlar kimsizlaru Men kimdirman?" Shunda: "Iloho, sen bizning parvardigorimiz va hojamizdirsan! Bizlar sening osiy va gunohor bandalaringizmiz!" der ekanlar. Shunda Olloh taolodan yana nido kelarkan: "Men habibim Muhammadning xushnudligi uchun sizlarning hammangizni do‘zaxdan ozod qildim!" degan. Inshoolloh, yo rabbil ‘olamiyn!

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:38:01

Xullas, ertasi kuni Rayyon podshoh Misrning butun ulug‘lari kelib, Ya’qub alayhissalomga salom qildilar va huzurlirida hammalari musulmon bo‘ldilar.
 Rivoyat qiladilarki, Yusuf alayhissalom Rayyon podshohning huzuriga kelganida, uning saroyi oldida har biri besh ming botmondan bo‘lgan yettita tegirmon tosh bor edi. Podshoh Yusuf alayhissalom bilan ko‘rishgani borayotganda, uning ko‘rku jamoliga mahliyo bo‘lib, shu toshlarga oyog‘ini urib oladi. Shunda Yusuf alayhissalom u toshlarni dast ko‘tarib, chetga olib qo‘ygan va bu kuch-qudratni ko‘rgan podshoh hayron qolgan edi. Vaqtiki, podshoh Yusuf alayhissalomning birodarlarini ko‘rganida shu voqea yodiga tushadi. Va ularning ham qudratlarini ko‘rmoqchi bo‘ladi.
 - Og‘alaringiz shijoat sohiblarimi? - so‘radi podshoh.
 - Imtihon qilib ko‘rsangiz bo‘lar, - dhedi Yusuf alayhissalom.
 Shundan keyin podshoh ularni ovga taklif qildi. Sha’mun bir arslonni tutib, podshohning oyog‘i ostiga keltirib tashladi. Rubil bir sherni tosh bilan urib o‘ldirdi. Loviya bir botmon toshni bir qo‘li bilan havoga irg‘itib, yana bir qo‘li bilan tutib oldi. Shu tariqa har birlari bir zo‘rlik namoyish qilib, podshohning tahsiniga sazovor bo‘ldilar.
 Podshoh Yusuf alayhissalom qoshiga kelib:
 - Og‘alaringizga ayting, menga bir viloyat olib bersinlar, - dedi.
 Yusuf alayhissalomdan bu so‘zni eshitgan birodarlari otalari qoshiga borib, undan ijozat oldilar. So‘ng har qaysilari ming kishidan o‘n ming qo‘shin olib rumga bordilar. Shom Bilan Rum oralig‘idagi o‘n bir qo‘rg‘onning hammasini zabt etib qaytdilar.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:38:50

- Yana qaysi tarafda dushmaning bo‘lsa, ayt, yo‘q qilaylik, - deyishdi birodarlar podshoh qoshiga kelib.
 - Endi menga viloyat kerakmas, qaridim, olgan yurtlaringni o‘zingizga berdim, - dedi podshoh ularga. Birodarlarning har biri bir yurtga hokim bo‘ldilar. Bani isroil ularning avlodlari bo‘ldi.
 Aliqssi, Rayyon podshohning Muz’af ismli o‘g‘li bor edi. To‘qqiz yoshli bu bolani Yusuf alayhissalom tarbiyasiga topshirdilar. Podshoh esa musulmon bo‘lganidan so‘ng uch yilu sakkiz oy umr ko‘rib, vafot etdi. Ya’qub alayhissalom bo‘lsa, Misrga kelgach, yigirma to‘rt yil umrguzaronlik qildilar, hamma haloyiq unga imon keltirib, musulmon bo‘ldilar. U zot vafot topgach, jasadlarini Kan’onga eltib, dafn qildilar. Yusuf alayhissalom otalari vafotidan so‘ng payg‘ambarlikni qabul qilib, yigirma yetti yil yashadilar. Vafotlari misrda bo‘ldi va shu yerda dafn qilindi. Muso alayhissalom zamoniga kelganda, uning suyaklarini Kan’onga eltib, otasi yoniga dafn qildilar.
 Xadis. Payg‘ambarimiz Muhammad mustafo (s.a.v.) deydilarki: "Payg‘ambarlarning eti yerga haromdir, chirimaydir. Ammo Zulayho Yusuf alayhissalomni uyga qamab, o‘ziga tortgan paytda iltifotni ko‘rmaganida degan edi:
 - Ey Yusuf, ko‘zlaring muncha-yam ko‘rklidir?
 - Ertaga bu ko‘zlar qabrda so‘lg‘uvsi, tuproqqa aylanguvsidir, - dedi unga javoban Yusuf alayhissalom.
 - Qanday go‘zal sochlaring bor-a?
 - Ertaga qabr ichida birin-birin chiriguvsidir.
 - Behad chiroyli tishlaring bor-a?
 - Ertaga go‘r ichida hammasi to‘kilguvsidir.
 Zulayhoning so‘rovlariga Yusuf alayhissalom uning ko‘ngli sovisin deb shu tariqa javob qilgan edilar. Olloh taolo Yusuf alayhissalomning shu so‘zlari rostga chiqsin, deb etlarini chiritdi, suyaklarni ushatdi".

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:39:14

YUSUF ALAYHISSALOMNING ZULAYHOGA QOVUSHGANLARI

 Azizi Misr vafot etib, Zulayho tul qolgach, o‘n sakkiz yil umidvorlik Bilan kutdi, uni so‘ragan Misr ulug‘lariga unamadi. Ko‘nglida kundan-kun Yusuf alayhissalom muhabbati ortgandan-ortib, firoqda zor-zor yig‘lar edi. Borliq boyligini sarf qildi: kimki Yusuf nomini aytsa, unga bir oltin berdi; kimki Yusuf so‘zini aytsa, unga bir oltin berd iva oqibatda dunyosi tugadi, faqira bo‘ldi, qashshoqlashdi. Yusuf alayhissalom firoqida Ya’qub alayhissalom kabi zor-zor yig‘lay-yig‘lay ko‘zlari ko‘r bo‘ldi. U qachon och qolsa, "Oh Yusuf" der, - qorni to‘yardi, qachon chanqasa "Oh Yusuf" der, - chanqog‘i qonardi. O’n sakkiz yillik hayoti shu tahlitda o‘tdi.
 Kunlarning birida Zulayho Yusuf alayhissalomning ovga otlanganini eshitib qoldi.
 - Qo‘limdan tutib, Yusufning kelar yo‘liga olib borgin, - dedi u o‘zi bilan qolgan yolg‘iz kanizagiga. U kanizak Zulayhoni yo‘l bo‘yiga olib bordi va bir uy soyasida o‘tirdilar. Yusuf alayhissalom lashkari bilan paydo bo‘lganida kanizak Zulayhoga ma’lum qildi.
 - (Oyat) "Hamdu sano Ollohga bo‘sinki, U qulni sabr barokatidan podshoh qilibdur, podishohni esa shahvat falokatidan qul qilibdur", - dedi tayoqqa tayanib o‘rnidan turgan holda Zulayho baland ovoz bilan. Ammo uning ovozini Yusuf alayhissalom qo‘shinlarining shovqini bosib ketdi va u eshitmadi. Shunda Ollohning amri bilan shamol Zulayhoning ovozini Yusuf alayhissalom quloqlariga yetkazdi. Zulayho ovozini eshitgan Yusuf alayhissalom otning jilovni tortdi-da "Ey Zulayho!" dedi. Yori ovozini eshitgan Zulayho sevinchidan oh urib, xushidan ketdi. Yusuf alayhissalom Zulayhoning ahvolini ko‘rib, yig‘ladilar.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:39:23

- Yoshliging, husnu amoling qani? - so‘radi Yusuf alayhissalom Zulayho xushiga kelgach.
 - Ishqingda barbod bo‘ldim, - dedi Zulayho.
 - Molu davlating qani?
 - Sening habaringni keltirganga fido qildim.
 - Ko‘zlaring nima uchun ko‘r bo‘ldi?
 - Firoqingda ko‘p yig‘lamoqlikdan.
 - Nimani tilarsan?
 - Jamolingni bir ko‘rmoqlikni.
 - Buni saroyga olib boringlar, qaytganimda yonimga olib kelasizlar, - dedi Yusuf alayhissalom.
 Zulayhoni Yusuf alayhissalom saroylariga olib kelganlarida Ya’qub alayhissalom hayot edilar. Bo‘lib o‘tgan qissalardan bohabar bo‘lgan Ya’qub alayhissalom kechmishlarni Zulayhoning o‘zidan eshitmoqlik niyatida boshidan o‘tganlarini so‘zlab berishini so‘radilar. Zulayho esa barcha ishlarni rostgo‘ylik Bilan bayon qilib berdi.
 - Ey Zulayho, Yusufning muhabbati hanuz ko‘nglingda bormi? - deb so‘radi Ya’qub alayhissalom.
 - Muhabbatim avvalgidan ham ziyodaroqdir, - dedi Zulayho.
 Yusuf alayhissalom ovdan qaytganida Ya’qub alayhissalom Zulayhoni uning huzuriga olib keldi. Yusuf alayhissalomning qo‘lida dastasi oltindan yasalib, la’l, yoqut, zumraddan ziynatlangan qamchi bor edi.
 - Ey Yusuf, qamchiningizni uchini menga bering, - dedi Zulayho.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:39:43

Yusuf alayhissalom qamchining uchini og‘ziga tutganida Zulayho bir oh uradi, shunda uning og‘zidan o‘t chiqib, qamchiga tushadi va qamchi erib, oqib ketadi.
 - Ey Zulayho, - dedi Yusuf alayhissalom. Seni kumushdan yasalgan bir buting bo‘lardi, uni nima qilding?
 - Bir kuni o‘sha butga borib shunday dedim: "Sakson yil bo‘ldiki, senga topinaman. Manna qaridim, kampirga aylandim. Bugun sendan uch hojatim bor, shularni ravo qilishingni so‘rayman: avvalo-yoshligimni qaytarib bergin, ikkinchi-husnu jamolimni qaytargin, uchinchi - ko‘zimni ochgin!" Necha bor zoru tavallo qilsam-da, hech javob bermadi. Achchig‘landim, tosh bilan urib, pora-pora qildim, keyin o‘tga yoqdim. Endi seni oldingga keldim. To‘rt hojatim bor, Olloh taolodan so‘rab bergil, ravo qilsa, imon keltirayin.
 - Aytgil, - dedi Yusuf alayhissalom.
- Meni o‘z nikohingga olgin, - dedi Zulayho.
 - Haligacha bu so‘zingdan qaytmadingmi? - achchig‘landi Yusuf alayhissalom. - Buni olib chiqinglar!
 - Ey Ya’qub, Yusufga aytgil, va’dasini bajarsin, Zulayhoning hojatini chiqarib, uni o‘z nikohiga olsin! - deya Olloh amirini olib keldi Jabroil alayhissalom.
 Ya’qub alayhissalom Olloh taoloning bu amrini Yusuf alayhissalomga yetkazgandi, u darhol qabul etdi. To‘y asboblarini hozir qildilar. Olloh farmoni Bilan kelgan Jabroil alayhissalom ularni nikohladilar, Odam layhissalom Bilan Havvo onamizning nikohlariga o‘qilgan xutbani o‘qidilar. Misr xalqi sevinchlarga to‘ldi, Ya’qub alayhissalom tangriga shukrona keltirdi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:39:51

Aytishlaricha, Olloh taolo Zulayhoning ko‘nglidagi muhabbatni olib Yusufning diliga soldi va o‘rniga o‘z muhabbaini soldi. Shundan so‘ng Zulayho kechayu kunduz toat-ibodatga yuzlandi, Yusuf alayhissalomni esa unutdi. Qachon Yusuf alayhissalom mayl qilsa, Zulayho undan qochar edi.
 - Ey Zulayho, ilgari men sendan qochar edim, sen ortimdan quvarding. Endi bo‘lsa, sen mendan qochasan, men bo‘lsa ortingdan quvarman, bu ne hol bo‘ldi? - taajubga tushda Yusuf alayhissalom.
 - Men o‘sha mahalda husnni ko‘rib, ko‘zimni oldirgandim. Endi latif bo‘ldim, o‘ziga sig‘indim, - javob qildi Zulayho. Ul kunda izzat ko‘rdim, ko‘ngil berdim, aziz bo‘lib, o‘ziga bog‘landim.
 Aytishlaricha, bir kuni Zulayho kechki ibodatga boray deb hozirlanganda Yusuf alayhissalom uni tutib qolmoqchi bo‘ldi, Zulayho qochadi. Yusuf alayhissalom ortidan yuguradi, tutmoqchi bo‘lib, qo‘l uzatgandi, Zulayhoning orqa etagi yirtildi. Shu payt bir farishta keldi-da:
 - Ey Yusuf, endi bir-biringizda haqlaringiz qolmadi. Zulayho sening firoqingda etak yirtgandi, sen ham Zulayhoning firoqida etak yirtding, - dedi.
 - Ey Yusuf, men sizni sevdim, ammo rahm qilmadingiz, yo‘lingizda molu dunyoimni sarf qildim, hech iltifot etmadingiz. Ohirida yaratgan Parvardigorim dargohiga yuzlandim, alhamdulilloh, murodimga yetdim. Endi kechayu kunduz uning ibodatiga mashg‘ul bo‘dayin, - dedi Zulayho.

Qayd etilgan