Muallif Mavzu: Vijdon azobi... Biz bilan sirlashing...  ( 18345 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4856
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Vijdon azobi... Biz bilan sirlashing...
« : 19 Iyun 2006, 11:08:42 »
Assalamu alaykum!
Men bu bo'limda sizlarga turk yozuvchisi Amina Shanliko'g'liga vijdon azobida qolgan zamondoshlarimizdan kelgan maktublar asosida yozilgan kitobdan qalbimni larzaga keltirgan qonli dil izhorlarini ilindim. Balki bizni oramizda, do'st yoki qo'ni qo'shni va qarindoshlarimizni orasida ham shunday adashgan, hozirda esa Allohga tavba qilib vijdon azobida qolgan musulmon opa-singillarimiz va aka - ukalarimiz bordir. Biz har birimiz ularni Amina bo'lib tinglashimiz va ularni to'g'ri yo'lga boshlashimiz va ularni dardlariga oz bo'lsada malham bo'lishimiz kerak, bu mo'minni mo'min ustidagi haqqi. Zero har bir mo'min bir-biri uchun mas'uldir. Keling, sizni qiynayotgan masalalarda biz bilan sirlashing.
Amina Shanliko'g'li - keyingi yillarda kitoblari eng ko'p o'qilatoygan turk ayol yuzuvchilaridandir. Mazkur maktublar mahsulini haqiqat va jaholat, ezgulik va yovuzlik kurashida ko'ngil iztiroblarining in'ikosi deb qabul qilish mumkin.

Asarni o'qish

Vijdon azobi (qissa)



Muallif: Amina Shanliko'g'li
Hajmi: 261 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
Saqlab olish
Online o'qish
« So'nggi tahrir: 24 Iyul 2008, 09:05:48 muallifi AbdulAziz »
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4856
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: Vijdon azobi
« Javob #1 : 21 Iyun 2006, 11:07:14 »
Assalamu alaykum,azizlarim! Iltimos, yuqoridagi " Meni kechir jigarim" nomli qalb nolasiga har biringizni munosabatlaringizni bilmoqchiman. Fiklaringiz bilan o'rtoqlashasiz degan umiddaman. Har qandya bo'lsa ham o'z fikr va mulohazalaringizni kutib qolaman. Bundagi qahramonni ohirgi savollariga siz qanday javob bergan bo'lardingiz. Kutib qolaman. Fikr almashib, iymonlashamiz deb o'ylayman.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4856
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: Vijdon azobi
« Javob #2 : 21 Iyun 2006, 19:45:27 »
Yuqoridagi bir oilani dahshatli,bizlar uchun katta saboq bo'ladigan og'riqlariga sizlarni fikrlaringiz qanday? Bundan qizlarimiz ham erkaklarimiz ham juda katta narsani o'zlari uchun saboq qilib olishadi deb o'ylayman. Menga bu oila tarihi juda yomon ta'sir qildi, umuman bir haftalab o'zimga kelolmadim. Bir ayol qismati, ikki farzand taqdiri va nihoyat "erkak"ni hayvonlardek o'tkazgan umri. Alloh barchamizni O'zning Haq yo'lidan adashtirmasin. Sizlar-chi,sizlar nima deb o'ylatsiz? Bu oilani fojeali hayotiga nima yoki kim aybdor? Bunday oilalar bo'lmasligi uchun farzandalarimizni qanday tarbiyalashamiz kerak deb o'ylaysiz?
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10789
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Vijdon azobi
« Javob #3 : 27 Iyun 2006, 06:46:53 »
Assalamu alaykum Muslima opa!
Judayam zo'r hikoya va maktublar ekan.
O'qigan insonlarni ta'sirlantirishi tabiiy.
Ayni hozirgi jamiyatimiz uchun mos keladi.
Davomini kutib qolamiz.

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4856
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: Vijdon azobi
« Javob #4 : 27 Iyun 2006, 18:13:37 »
Va alaykum assalam,Shoir.
Fikrlaringiz uchun tashakkur.
Agarda birodarlarimizga oz bo'lsada foydasi
bo'lsa juda hursand bo'lardim. Alloh hammamizni mag'firat qilsin.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

mubashshir

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 4
  • Xabarlar: 103
  • Jins: Erkak
  • "Mo'minlar hech shak-shubhasiz og'a-inilardir!"
Re: Vijdon azobi
« Javob #5 : 28 Iyun 2006, 08:54:37 »
Assalamu alaykum, Nargiza opa.
Juda ham zo'r maktublar ekan.
Biz yoshlar har birimiz o'qib o'zimizga
hulosa chiqarishimiz kerak deb o'ylayman.
Chunki bizni yoshimizda ko'p yomon narsalarga ham
oqibatini o'ylamy qiziqib ko'riladi.
Keyin esa butun hayot barbod bo'lishi mumkin.
shuning uchun nar narsani oqibatini o'ylashmiz kerak.
Sizdan Alloh rozi bo'lsin. Davomini kutib qolamiz.
"Mo'min va mo'minalar bir-birlariga do'stdirlar. Ular yahshilikka buyuradilar, yomonlikdan qaytaradilar".( Tavba,71).

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4856
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: Vijdon azobi
« Javob #6 : 28 Iyun 2006, 09:41:51 »
Va alaykum assalam.
Tashakkur. Alloh sizdan ham rozi bo'lsin.
Davomini InshaAlloh yozaman.
Sizga yoqqanidan hursandman.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Abdusalom

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 620
  • -oldi: 61
  • Xabarlar: 1023
  • Jins: Erkak
  • Salomlarim sizlarga!!!
Re: Vijdon azobi
« Javob #7 : 30 Iyun 2006, 07:07:52 »
Assalomu alaykum!
Xuddi shunaqa holat hozirda bizda ham kuzatilmoqda.
Erkaklar o'z oilalarini tashlab Rossiyaga ketmoqdalar. Buyoqda esa farzandlar tarbiyasi qolib ketmoqda.
Hamma narsaga sababchi bizning nafsimiz. Shu yerda ham oziga toqat qilsa bo'lardi...

Mana shunday xor bo'lishdan Allohning o'zi saqlasin!
Tun bo`yi bemorga yig`lab bir odam,
Tongda o`lib qoldi, bemorchi bardam.
Qanchalar chopqir ot jon taslim etdi,
Cho`loq eshak esa manzilga yetdi.

Odina

  • Ollox Xammamizga insof bersin!!!
  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 9
  • Xabarlar: 179
  • Jins: Ayol
  • Assalomu Alaykum
    • Muloqot.iguzar.com/Munira
Re: Vijdon azobi
« Javob #8 : 02 Iyul 2006, 15:00:42 »
Assalomu Alaykum

Nargiza opa "Bir qizning achchiq qismati" manga juda yoqdi  .Yan shnaqa lardan bo`lsa yozib yuboring iltimos .Sizdan Ollox rozi bo`lsin 
Assalomu Alaykum

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4856
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: Vijdon azobi
« Javob #9 : 02 Iyul 2006, 16:11:51 »
Sizga yoqqanidan hursandman,Odinahon. Albatta hali bundan ham yahshilari bor. Yozaman,InshaAlloh. Faqat bolalardan,uy ishlaridan,oiladan ortib ko'p yozolmayman-da. Juda ko'p gaplarim ichimda qolib ketyapti. Hali ularni ham vaqti bilan sizlar hamrohligingizda baham ko'ramiz va Iymonlashamiz. InshaAlloh.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Odina

  • Ollox Xammamizga insof bersin!!!
  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 9
  • Xabarlar: 179
  • Jins: Ayol
  • Assalomu Alaykum
    • Muloqot.iguzar.com/Munira
Re: Vijdon azobi
« Javob #10 : 02 Iyul 2006, 16:46:55 »
Assalomu Alaykum mani qaolaversa  barcha forumdoshlani xursand qilzrdiz
Assalomu Alaykum

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12022
  • Xabarlar: 20367
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Vijdon azobi
« Javob #11 : 02 Iyul 2006, 18:27:47 »
Assalomu alaykum Nargiza opa!
Mana shunday ibratli ishga qo’l urganingizdan judayam xursandmiz. Alloh rozi bo’lsin!
Qaniydi, bizda ham shunaqa odamlarning qalblarini tinglaydigan va ularga munosib javob beradigan markazlar bo’lsa...
Turkiyani larzaga solayotgan bunday muammolar biz uchun ham begona emas. Islom va zamonaviy yevropacha hayotning bir-biriga mos kelmaydigan jihatlari qa’rida o’z yo’lini topolmayotgan yoshlar ham o’zimizda talaygina.
Bunday hikoyalar ularga ibrat bo’ladi, deb o’ylayman.

Iqtibos
Hato.
Men ham bir bechora qo'zichoq edim, turkchani yahshi bilmaganim uchun meni boshlang'ich maktabga - TUrkiyaga jo'natdilar.Turkiyada ikkinchimi,uchunchimi sinfda o'qiyotganimda olg'ir bo'ri - hotinboz kurdga yo'liqdim va talandim, u mening norasida va bokira dunyoyimni vayron qilib hayotimdan uzoqlashib ketti.Hali go'dak bo'lganimdan hech narsani tushunmasdim.Oradan yillar o'tdi.O'n oltiga to'ldim.Unga bunga aqlim yeta boshladi.

Ushbu hikoyadagi holat bilan bog’liq muammolar haqida ham ko’p eshitamiz. Shuning uchun bo’lsa kerak, o’zini bilgan oilalalar qizlarini mahramsiz boshqa joylarga o’qishga yubormaydilar. Yoshlar, ayniqsa qiz bolalar “mustaqil hayot”da o’zlarini ancha erkin qo’yishadi. Natijada esa turli xil muammolar yuzaga keladi.

O’zim yotoqxonada turmagan bo’lsam-da, do’stlarimning aytishiga ko’ra poytaxtga kelgan qizlarning ayrimlari, afsuski, o’zligi bilan birga nomusidan ham ayrilib qolmoqdalar. Yana bir tanishimning aytishiga ko’ra, bir tojikistonlik kursdosh qizlari turmushga chiqqan va o’qishini davom ettiravergan. Yotoqxonada esa bir yigit bilan tunlarini o’tkazishni kanda qilmagan! Bir kuni onasi Tojikistondan kelganda yotoqda boshqa yigit bilan ko’rib, qizini oq qilib yuborgan ekan. Bu hikoyani aytib bergan insonning mulohazasiga ko’ra esa bunday holatlar juda ko’p takrorlangan ekan.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12022
  • Xabarlar: 20367
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Vijdon azobi
« Javob #12 : 02 Iyul 2006, 19:27:13 »
Yuqoridagi bir oilani dahshatli,bizlar uchun katta saboq bo'ladigan og'riqlariga sizlarni fikrlaringiz qanday? Bundan qizlarimiz ham erkaklarimiz ham juda katta narsani o'zlari uchun saboq qilib olishadi deb o'ylayman. Menga bu oila tarihi juda yomon ta'sir qildi, umuman bir haftalab o'zimga kelolmadim. Bir ayol qismati, ikki farzand taqdiri va nihoyat "erkak"ni hayvonlardek o'tkazgan umri. Alloh barchamizni O'zning Haq yo'lidan adashtirmasin. Sizlar-chi,sizlar nima deb o'ylatsiz? Bu oilani fojeali hayotiga nima yoki kim aybdor? Bunday oilalar bo'lmasligi uchun farzandalarimizni qanday tarbiyalashamiz kerak deb o'ylaysiz?

Judayam ma’yus hikoya. Muslima onaning holiga achindim.
Bunday vaziyatni tasavvur qilishning o’zi ham dahshat. Ichkilik insonni hayvondan ham battar qilib qo’yishi hikoyadan anglashiladi. Ota inson ko’rinishidagi hayvon. U ham hayvonlardek bo’kiradi, va faqat ichkilik uchun yashaydi.
Bechora ona esa farzandlari baxti uchun, kamoloti uchun barchasiga chidaydi. Bunday holatda esa farzand psixikasida otaga bo’lgan nafrat kuchayadi. Bu vaziyatda qotil ona emas, farzand bo’lishi ham mumkin edi.

Rossiya matbuotida bir maqola o’qigandim. Unda ham ichkilikka berilgan muallim ota haqida xabar beriladi. Ota har kuni ichar, xotinini ayovsiz kaltaklardi. Farzand esa maktabdagi eng a’lochi o’quvchi. Bir kuni otasining qattiq azobiga chiday olmagan bola otasini o’ldiradi. Bundan hamma hayron. Eng a’lochi o’quvchining bunday ish qilishini hech kim tasavvur qilmasdi. Sud esa guvohlarning fikri, alkash ota haqidagi mulohzalar va maktab, yashash joyining tavsiyalariga ko’ra farzandni sud zalidan ozod qiladi. Chunki bunday vaziyatda otasi onani o’ldirib qo’yishi mumkin edi.

Menimcha Turkiyadagi holatda ham onani to’g’ri tushunish kerak edi va norasidalarni yetim qoldirmaslik kerak edi. Sud jarayonida mana shu narsalar e’tiborga olnsa yaxshi bo’lardi. Matbuot ham bilib-bilmasdan muslima ayol sha’niga nojo’ya gaplar aytmasdi, shunda...

Bunday holatning chiqishiga avvalo Islomdan yiroqlashgan muhit aybdor. Bunaqa voqealar bizning jamiyatimizda ham ko’p uchrab turadi. Ichkilikka ruju qo’ygan insonning oilasidan baraka ko’tariladi. Oxir oqibat esa mana shunday fojealar sodir bo’ladi.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

Abdusalom

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 620
  • -oldi: 61
  • Xabarlar: 1023
  • Jins: Erkak
  • Salomlarim sizlarga!!!
Re: Vijdon azobi
« Javob #13 : 03 Iyul 2006, 07:45:37 »
Bir oilani buzdik.
Bizning vijdon azobimiz boshqalarnikidan farqliroq.Faruq Ahmad bilan o'ylab ko'rdikki, bizning hikoyamiz ham bir qancha odamlarda marhamat tuyg'ularini uyg'otishi mumkin.Har qalay shunday umiddamiz. Bia yozaylik, siz lozim topsangiz yoritarsiz. Biz buvimiz, ota-onamiz uch o'g'il jami yetti kishi bir oila bo'lib yashardik.Shod va bahtiyor edik.Buvimiz va onamiz dindor edilar. Akamiz 25,men 16, ukam15 yoshda edik.Akamiz ham o'qir ham ishlar edi.Onamiz bir kuni akamizga:
- Ali Domadning qizi Durdonani senga olib beraylikmi?- dedilar.
- Men u qizni yoqtiraman, lekin dindorligi yuragimni siqib yuboradi-da, - deb javob ebrdi. Ko'p o'tmasdan Durdona opamni akamizga olib berildi. Ota-onam dindor bo'lgaligi uchun quda tomon rozi bo'ldi. Ular turmush qurishdi. Lekin biz yangamizni yoqtirmadik. Maktabdan kelishimiz bilan onamiz uyda bo'lmasdi, yangamiz dasturhon yozib ovqatga taklif qilar, lekin biz ovqatlanmasdik. Oqshom akamizga:
- Yangam bizni och qoldirdi,- derdik.Akamiz uni urardi. Asabiga tegardik. Hijobli, qoloq derdik. Bechora yangamiz:
- Nega bunday muomala qilasiz, men ham sizday insonman. Aybim- Allohni amrida bo'lganimmi? derdi. Yig'lardi.Biz yana uni g'ashiga tegar, yoqtirmas, unga to'ng'izga qaragandek qarardik.
- Bizni uyimiz masjid emas, namozingizni jome'ga borib o'qing,- derdik.Aytmagan yolg'onimiz, qilmagan tuhmatimiz qolmadi. Qo'shnilarga ham uni hasis, pismiq, past, deb g'iybat qilardik. Onamizni tezda ishontirib o'zimizni ta'sirimizga oldik.bilmaganlari uchun onamiz tez aldandilar. Va otamizga:
- Bu kelin o'g'illarimizni qon qustirmoaqda,- deya uni ham ishontirdilar. Yangamiz bilimdon edi. Ibodatlari ham onamiznikidan farq qilardi.Faqatgina namoz bilan cheklaniz qolmay fikrlarini bizga ham yuqtirmoqchi bo'lardilar, lekin biz....... Bir kuni:
- Sizda hech inson qoni bormi? Mendan nima istaysizlar?- dedi bizga va yig'ladi. Kechqurun akamiz uyga kelganida biz unga:
 - Yangamiz ota-onamizni hayvon deb haqoratladi,- dedik. Akamiz uni yana urdi. Yangam yig'lab:
- Hotinidan shular to'g'rimi-yo'qmi deya so'ramasdan aybim bo'lmagani holda meni uradigan inson bilan ortiq yasholmayman,- dedi va uydan chiqib ketdi. Besh oydan keyin ular ajralishdi. Qo'nyo Qaramonda turishardi. Bursaga ko'chib ketishdi. Oradan ko'p o'tmay akamiz Yusuf Karim yordamizda tavba qildi.Biz ham ikki uch yildan keyin tavba qildik.Iymonimiz ziyoda bo'lib borgani sayin, yangamizga qilgan pastkashliklarimizni eslab ezilardik.Bir kuni barcha gapni akamizga aytdik." InshaAlloh,balki Yaratgan, sizni va meni avf qilar, borib Durdonadan uzr sorab olib kelaylik", dedi.Oradan to'rt yil o'tgandi.  Akamiz:"Qo'limdagi javohir qadrini bilmadim,men ham insonmanmi?" deb go'dakday yig'lardi.Bursaga bordik.Yangamiz Yildirimda turishardi. Mahallalarini topdk.Uylarini so'rab shuni bildikki, yangamiz bir yil oldin turmushga chiqibdi. O'sha yerda uchchovimiz ham yig'ladik.Akamizni yuzlariga qaray olmadik, hanuz qaray olmaymiz.Durdona opamizni yuziga Mahshargohda qanday qaraymiz. Vijdon azobi bizni ezib yubormoqda.Bu vijdonsizligimizni unutolmayapmiz...
Iymonsiz oilaning so'nggi pushmoni...
O'z vaqtida qadriga yetilmagan ilm javhari...
Judayam ta'sirli hikoya, vijdon aobi...
Tun bo`yi bemorga yig`lab bir odam,
Tongda o`lib qoldi, bemorchi bardam.
Qanchalar chopqir ot jon taslim etdi,
Cho`loq eshak esa manzilga yetdi.

Shahina

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 19
  • Xabarlar: 1866
  • Jins: Ayol
  • Shaha
Re: Vijdon azobi
« Javob #14 : 06 Iyul 2006, 03:33:19 »
Assalomu alaykum!
Judayam yaxshi hikoyalar ekan.
Davomini kutamiz.
Hammelaga omad va baxt tilayman!

 

Amina Shanliko'g'li. Vijdon azobi (qissa)

Muallif Munira xonimBo'lim Jahon adabiyoti

Javoblar: 113
Ko'rilgan: 53213
So'nggi javob 24 Iyul 2008, 09:01:53
muallifi AbdulAziz
Inson qalbi bilan hazillashmang Siz ...

Muallif KumushbibiBo'lim She'riyat

Javoblar: 8
Ko'rilgan: 8022
So'nggi javob 17 Iyun 2006, 12:08:41
muallifi Mohinur
Allohim, men bilan gaplash... (hikoya)

Muallif AbdulAzizBo'lim Jahon adabiyoti

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 4889
So'nggi javob 10 Iyul 2006, 18:42:13
muallifi AbdulAziz
Endi metroga faqat jeton bilan...

Muallif MargilanetsBo'lim Umumiy

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 5569
So'nggi javob 01 Iyun 2008, 17:08:17
muallifi Furqat_Hasanovich
Dori nima bilan ichiladi?

Muallif NodiBo'lim Salomatlik

Javoblar: 7
Ko'rilgan: 4444
So'nggi javob 25 Fevral 2010, 12:03:13
muallifi Habib