Assalomu alaykum Nargiza opa!
Mana shunday ibratli ishga qo’l urganingizdan judayam xursandmiz. Alloh rozi bo’lsin!
Qaniydi, bizda ham shunaqa odamlarning qalblarini tinglaydigan va ularga munosib javob beradigan markazlar bo’lsa...
Turkiyani larzaga solayotgan bunday muammolar biz uchun ham begona emas. Islom va zamonaviy yevropacha hayotning bir-biriga mos kelmaydigan jihatlari qa’rida o’z yo’lini topolmayotgan yoshlar ham o’zimizda talaygina.
Bunday hikoyalar ularga ibrat bo’ladi, deb o’ylayman.
Hato.
Men ham bir bechora qo'zichoq edim, turkchani yahshi bilmaganim uchun meni boshlang'ich maktabga - TUrkiyaga jo'natdilar.Turkiyada ikkinchimi,uchunchimi sinfda o'qiyotganimda olg'ir bo'ri - hotinboz kurdga yo'liqdim va talandim, u mening norasida va bokira dunyoyimni vayron qilib hayotimdan uzoqlashib ketti.Hali go'dak bo'lganimdan hech narsani tushunmasdim.Oradan yillar o'tdi.O'n oltiga to'ldim.Unga bunga aqlim yeta boshladi.
Ushbu hikoyadagi holat bilan bog’liq muammolar haqida ham ko’p eshitamiz. Shuning uchun bo’lsa kerak, o’zini bilgan oilalalar qizlarini mahramsiz boshqa joylarga o’qishga yubormaydilar. Yoshlar, ayniqsa qiz bolalar “mustaqil hayot”da o’zlarini ancha erkin qo’yishadi. Natijada esa turli xil muammolar yuzaga keladi.
O’zim yotoqxonada turmagan bo’lsam-da, do’stlarimning aytishiga ko’ra poytaxtga kelgan qizlarning ayrimlari, afsuski, o’zligi bilan birga nomusidan ham ayrilib qolmoqdalar. Yana bir tanishimning aytishiga ko’ra, bir tojikistonlik kursdosh qizlari turmushga chiqqan va o’qishini davom ettiravergan. Yotoqxonada esa bir yigit bilan tunlarini o’tkazishni kanda qilmagan! Bir kuni onasi Tojikistondan kelganda yotoqda boshqa yigit bilan ko’rib, qizini oq qilib yuborgan ekan. Bu hikoyani aytib bergan insonning mulohazasiga ko’ra esa bunday holatlar juda ko’p takrorlangan ekan.