Vijdon azobi... Biz bilan sirlashing...  ( 34268 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


Odina  02 Iyul 2006, 16:46:55

Assalomu Alaykum mani qaolaversa  barcha forumdoshlani xursand qilzrdiz

Qayd etilgan


AbdulAziz  02 Iyul 2006, 18:27:47

Assalomu alaykum Nargiza opa!
Mana shunday ibratli ishga qo’l urganingizdan judayam xursandmiz. Alloh rozi bo’lsin!
Qaniydi, bizda ham shunaqa odamlarning qalblarini tinglaydigan va ularga munosib javob beradigan markazlar bo’lsa...
Turkiyani larzaga solayotgan bunday muammolar biz uchun ham begona emas. Islom va zamonaviy yevropacha hayotning bir-biriga mos kelmaydigan jihatlari qa’rida o’z yo’lini topolmayotgan yoshlar ham o’zimizda talaygina.
Bunday hikoyalar ularga ibrat bo’ladi, deb o’ylayman.

Iqtibos
Hato.
Men ham bir bechora qo'zichoq edim, turkchani yahshi bilmaganim uchun meni boshlang'ich maktabga - TUrkiyaga jo'natdilar.Turkiyada ikkinchimi,uchunchimi sinfda o'qiyotganimda olg'ir bo'ri - hotinboz kurdga yo'liqdim va talandim, u mening norasida va bokira dunyoyimni vayron qilib hayotimdan uzoqlashib ketti.Hali go'dak bo'lganimdan hech narsani tushunmasdim.Oradan yillar o'tdi.O'n oltiga to'ldim.Unga bunga aqlim yeta boshladi.

Ushbu hikoyadagi holat bilan bog’liq muammolar haqida ham ko’p eshitamiz. Shuning uchun bo’lsa kerak, o’zini bilgan oilalalar qizlarini mahramsiz boshqa joylarga o’qishga yubormaydilar. Yoshlar, ayniqsa qiz bolalar “mustaqil hayot”da o’zlarini ancha erkin qo’yishadi. Natijada esa turli xil muammolar yuzaga keladi.

O’zim yotoqxonada turmagan bo’lsam-da, do’stlarimning aytishiga ko’ra poytaxtga kelgan qizlarning ayrimlari, afsuski, o’zligi bilan birga nomusidan ham ayrilib qolmoqdalar. Yana bir tanishimning aytishiga ko’ra, bir tojikistonlik kursdosh qizlari turmushga chiqqan va o’qishini davom ettiravergan. Yotoqxonada esa bir yigit bilan tunlarini o’tkazishni kanda qilmagan! Bir kuni onasi Tojikistondan kelganda yotoqda boshqa yigit bilan ko’rib, qizini oq qilib yuborgan ekan. Bu hikoyani aytib bergan insonning mulohazasiga ko’ra esa bunday holatlar juda ko’p takrorlangan ekan.

Qayd etilgan


AbdulAziz  02 Iyul 2006, 19:27:13

Yuqoridagi bir oilani dahshatli,bizlar uchun katta saboq bo'ladigan og'riqlariga sizlarni fikrlaringiz qanday? Bundan qizlarimiz ham erkaklarimiz ham juda katta narsani o'zlari uchun saboq qilib olishadi deb o'ylayman. Menga bu oila tarihi juda yomon ta'sir qildi, umuman bir haftalab o'zimga kelolmadim. Bir ayol qismati, ikki farzand taqdiri va nihoyat "erkak"ni hayvonlardek o'tkazgan umri. Alloh barchamizni O'zning Haq yo'lidan adashtirmasin. Sizlar-chi,sizlar nima deb o'ylatsiz? Bu oilani fojeali hayotiga nima yoki kim aybdor? Bunday oilalar bo'lmasligi uchun farzandalarimizni qanday tarbiyalashamiz kerak deb o'ylaysiz?

Judayam ma’yus hikoya. Muslima onaning holiga achindim.
Bunday vaziyatni tasavvur qilishning o’zi ham dahshat. Ichkilik insonni hayvondan ham battar qilib qo’yishi hikoyadan anglashiladi. Ota inson ko’rinishidagi hayvon. U ham hayvonlardek bo’kiradi, va faqat ichkilik uchun yashaydi.
Bechora ona esa farzandlari baxti uchun, kamoloti uchun barchasiga chidaydi. Bunday holatda esa farzand psixikasida otaga bo’lgan nafrat kuchayadi. Bu vaziyatda qotil ona emas, farzand bo’lishi ham mumkin edi.

Rossiya matbuotida bir maqola o’qigandim. Unda ham ichkilikka berilgan muallim ota haqida xabar beriladi. Ota har kuni ichar, xotinini ayovsiz kaltaklardi. Farzand esa maktabdagi eng a’lochi o’quvchi. Bir kuni otasining qattiq azobiga chiday olmagan bola otasini o’ldiradi. Bundan hamma hayron. Eng a’lochi o’quvchining bunday ish qilishini hech kim tasavvur qilmasdi. Sud esa guvohlarning fikri, alkash ota haqidagi mulohzalar va maktab, yashash joyining tavsiyalariga ko’ra farzandni sud zalidan ozod qiladi. Chunki bunday vaziyatda otasi onani o’ldirib qo’yishi mumkin edi.

Menimcha Turkiyadagi holatda ham onani to’g’ri tushunish kerak edi va norasidalarni yetim qoldirmaslik kerak edi. Sud jarayonida mana shu narsalar e’tiborga olnsa yaxshi bo’lardi. Matbuot ham bilib-bilmasdan muslima ayol sha’niga nojo’ya gaplar aytmasdi, shunda...

Bunday holatning chiqishiga avvalo Islomdan yiroqlashgan muhit aybdor. Bunaqa voqealar bizning jamiyatimizda ham ko’p uchrab turadi. Ichkilikka ruju qo’ygan insonning oilasidan baraka ko’tariladi. Oxir oqibat esa mana shunday fojealar sodir bo’ladi.

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:45:37

Bir oilani buzdik.
Bizning vijdon azobimiz boshqalarnikidan farqliroq.Faruq Ahmad bilan o'ylab ko'rdikki, bizning hikoyamiz ham bir qancha odamlarda marhamat tuyg'ularini uyg'otishi mumkin.Har qalay shunday umiddamiz. Bia yozaylik, siz lozim topsangiz yoritarsiz. Biz buvimiz, ota-onamiz uch o'g'il jami yetti kishi bir oila bo'lib yashardik.Shod va bahtiyor edik.Buvimiz va onamiz dindor edilar. Akamiz 25,men 16, ukam15 yoshda edik.Akamiz ham o'qir ham ishlar edi.Onamiz bir kuni akamizga:
- Ali Domadning qizi Durdonani senga olib beraylikmi?- dedilar.
- Men u qizni yoqtiraman, lekin dindorligi yuragimni siqib yuboradi-da, - deb javob ebrdi. Ko'p o'tmasdan Durdona opamni akamizga olib berildi. Ota-onam dindor bo'lgaligi uchun quda tomon rozi bo'ldi. Ular turmush qurishdi. Lekin biz yangamizni yoqtirmadik. Maktabdan kelishimiz bilan onamiz uyda bo'lmasdi, yangamiz dasturhon yozib ovqatga taklif qilar, lekin biz ovqatlanmasdik. Oqshom akamizga:
- Yangam bizni och qoldirdi,- derdik.Akamiz uni urardi. Asabiga tegardik. Hijobli, qoloq derdik. Bechora yangamiz:
- Nega bunday muomala qilasiz, men ham sizday insonman. Aybim- Allohni amrida bo'lganimmi? derdi. Yig'lardi.Biz yana uni g'ashiga tegar, yoqtirmas, unga to'ng'izga qaragandek qarardik.
- Bizni uyimiz masjid emas, namozingizni jome'ga borib o'qing,- derdik.Aytmagan yolg'onimiz, qilmagan tuhmatimiz qolmadi. Qo'shnilarga ham uni hasis, pismiq, past, deb g'iybat qilardik. Onamizni tezda ishontirib o'zimizni ta'sirimizga oldik.bilmaganlari uchun onamiz tez aldandilar. Va otamizga:
- Bu kelin o'g'illarimizni qon qustirmoaqda,- deya uni ham ishontirdilar. Yangamiz bilimdon edi. Ibodatlari ham onamiznikidan farq qilardi.Faqatgina namoz bilan cheklaniz qolmay fikrlarini bizga ham yuqtirmoqchi bo'lardilar, lekin biz....... Bir kuni:
- Sizda hech inson qoni bormi? Mendan nima istaysizlar?- dedi bizga va yig'ladi. Kechqurun akamiz uyga kelganida biz unga:
 - Yangamiz ota-onamizni hayvon deb haqoratladi,- dedik. Akamiz uni yana urdi. Yangam yig'lab:
- Hotinidan shular to'g'rimi-yo'qmi deya so'ramasdan aybim bo'lmagani holda meni uradigan inson bilan ortiq yasholmayman,- dedi va uydan chiqib ketdi. Besh oydan keyin ular ajralishdi. Qo'nyo Qaramonda turishardi. Bursaga ko'chib ketishdi. Oradan ko'p o'tmay akamiz Yusuf Karim yordamizda tavba qildi.Biz ham ikki uch yildan keyin tavba qildik.Iymonimiz ziyoda bo'lib borgani sayin, yangamizga qilgan pastkashliklarimizni eslab ezilardik.Bir kuni barcha gapni akamizga aytdik." InshaAlloh,balki Yaratgan, sizni va meni avf qilar, borib Durdonadan uzr sorab olib kelaylik", dedi.Oradan to'rt yil o'tgandi.  Akamiz:"Qo'limdagi javohir qadrini bilmadim,men ham insonmanmi?" deb go'dakday yig'lardi.Bursaga bordik.Yangamiz Yildirimda turishardi. Mahallalarini topdk.Uylarini so'rab shuni bildikki, yangamiz bir yil oldin turmushga chiqibdi. O'sha yerda uchchovimiz ham yig'ladik.Akamizni yuzlariga qaray olmadik, hanuz qaray olmaymiz.Durdona opamizni yuziga Mahshargohda qanday qaraymiz. Vijdon azobi bizni ezib yubormoqda.Bu vijdonsizligimizni unutolmayapmiz...
Iymonsiz oilaning so'nggi pushmoni...
O'z vaqtida qadriga yetilmagan ilm javhari...
Judayam ta'sirli hikoya, vijdon aobi...

Qayd etilgan


Shahina  06 Iyul 2006, 03:33:19

Assalomu alaykum!
Judayam yaxshi hikoyalar ekan.
Davomini kutamiz.

Qayd etilgan


Munira xonim  06 Iyul 2006, 14:15:28

Vaalaykum assalam Shahinahon.
E'tiboringiz uchun rahmat.
Sizga yoqqanidan hursandman.
InshaAlloh davomini ham o'qiysizlar.

Qayd etilgan


Farida  08 Iyul 2006, 06:11:46

Assalomu alaykum!
Juda go'zal hikoyalar ekan.
Tashakkur sizga.

Qayd etilgan


Munira xonim  11 Iyul 2006, 14:49:25

Assalomu alaykum!
Juda go'zal hikoyalar ekan.
Tashakkur sizga.
Va alaykum assalam.
Sizga ham tashakkur.
Alloh sizdan rozi bo'lsin.

Qayd etilgan


Odina  13 Iyul 2006, 16:39:57

Assalomu Alaykum !!!
Juda xam zo`r xikoyalar bularning xammasidam ibrat olsa bo`ladi.

Qayd etilgan


Munira xonim  13 Iyul 2006, 19:17:58

Va alaykum assalam.
Alloh sizdan rozi bo'lsin.
Albatta biz har bir narsadan ibrat olib yashashimiz lozim.
Alloh har bir adashganni hidoyat yo'liga boshlasin.

Qayd etilgan