Bahrom Ismoilzoda. Shirin va armonli kunlar (qissa)  ( 36857 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


Muhammad Amin  05 Noyabr 2009, 07:51:48

Kunlar xuddi sakichga o’xshab cho’zilishni boshladi.
Abdullaning oldiga borishim kamaymasada, baribir o’sha kundagi suxbatdan keyin biroz xoxlamayrok borgandek bo’lardim.
Kasalxonadan chikishiga xammamiz yigildik, do’stlarim bilan yaxshilab tayyyorgarchilik ko’rgandik, maxalladagilar va karindosh-uruglari Abdullaning eson-omon tuzalib ketganligi sababli uyda yigilishgan, shu kunning o’zida uyida xudoyi bo’ladigan bo’ldi.
Bir kun oldin yigitlar bilan birga maxallamizdagi Uchkun kassobni oldikda Parkentning mol bozoridan bitta ko’y olib keldik.
Ko’y so’yilganidan keyin, bir kismini xudoyiga olib ko’yishgan edi, kolganini esa maxalladagi ba’zi kiynalgan ko’shnilarga tarkatildi...

Kasalxonada xammadan oldin sinfdoshlar yigilib oldik.
Shuxrat akani ko’rib esa ogzimiz ochilib koldi. Egnida yangi palto, kostyum-shim, oyoklarida yangi botinkalari yaraklab turibdi. Sokollari olingan, o’zlaridan mushki-anbar xidi taralib turardi, boshlarida duxoba do’ppi, ko’llarida tasbix!!!...
Yigitlar bilan bir-birimizga karab ko’yamiz.
Naxotki man yoshligimda xavas bilan karaydigan o’sha Shuxrat aka kaytib kelgan bo’lsa? Хa! U kaytib kelgandi, kaytganda xam avvalgi Shuxrat akadan xam afzalrok bo’lib kaytgandi.
Abdulla otasiga ko’zi tushib ko’zlaridan yosh okib ketdi. Otasi o’glini bagriga bosib aytgan gaplarini eslasam xali-xamon yuraklarim ezilib ketadi:
- Endi xayotimiz boshkacha bo’ladi o’glim, fakat mani kechirolsang bo’lgani, Allox roziligi uchun...
Kani endi mani otam xam bir kuni yonimga kelsayu"¦
O’zimni zo’rga tutib turdim.

- Alxamdullilax!, - Abdulla shuni ayta oldi xolos.
Boshka indamadi, ko’zidan yana yosh okib ketishini xoxlamadi shekilli.
Abdullani yiglaganini xecham eslolmayman. Хattoki maktabda futbol o’ynab ko’lini sindirib olganda xam yiglamagandi. "œO’gilbola yiglamaydi!" — uning shiori edi.
Ichida yigilib yotgan ekanda, bir necha yildan beri otasi oilasini kanchalik azoblaganini guvoxi sifatida buni anik bilardim.

Kasalxonadan chikib ketamiz deb turganimizda bizlarni yana bita syurpriz kutib turgan ekan. Bitta kop-kora 600-mers kelib to’xtadi, ichidan xaydovchisi tushib Abdullani uyiga olib borib ko’yishga kelganini aytdi.
Хamma xayron! Тugrukxonadan mashinada olib chikib ketishganini guvoxi bo’lganmizu, lekin bunakasini birinchi marta ko’rishimiz edi. Kim yuborgan ekan deb ikkilanib turganimizda mashinaning orka o’rindigiga ko’zimiz tushdiyu xammasi ravshan bo’ldi. Ichida judayam katta, xa bunakasini ko’rmaganman, ok atirgullardan yasalgan guldasta yotgan edi. Unga biriktirilgan otkritkani olib o’kigach, Abdullaning yuziga tabassum yugurdi.
Man bo’lsam ichimdan yonar edim, bir tomondan do’stim uchun xursand bo’lsam, ikkinchi tomondan unga kim bunchalik e’tibor kilayotganini sezardim va o’zimning birinchi muxabbatim ko’limdan chikib ketayotganini tushunardim.

- Otkritkada nima deb yozilgan ekan? Aytakol endi, ichidan pishgan., - Тoxir xam mandan xam ko’prok kizikib ketayotgan ekan.
U otkritkani bizga uzatdi. Тoxirning ko’lidan kanday kilib yulib olganimni bilmayman. Ichini ochib karashga o’zimda zo’rga kuch topdim.
"œAllox rozi bo’lsin sizdan...
Sizni doim o’z panoxida asrasin..."
Ichida boshka yozuv yo’k edi, na imzo, va na boshka tilaklar. Тo’grisini aytsam, ichida "œMalika" degan imzoni ko’ramanmi deb rosa sik,ilgandim, lekin bu gal xam u o’zini oshkor kilishga shoshilmagandi.

Abdullani majburlab mashinaga o’tkazishdi. Avvaliga xoxlamagandi, Shuxrat aka ko’ymadi:
- Sanga minnatdorchilik bildirishyapti, buning yomon tarafi yo’k. Agar o’tirmaganingni bilib kolishsa xafa bo’lishadiya..
Uning gapiga o’gli kizarib ketdi, xammamiz kulib yubordik.
Mashinaga Тoxir bilan chikishdi, mani esa o’tirgim kelmadi, chunki gullarga ko’zim tushsa, konim kaynashini bilardim.
Shunda xam o’zimni ichimdan nimalar o’tayotganini bildirmaslikka xarakat kilardim. Shuxrat akani va yana ikkita bolani mashinamga oldimda uyga ketma-ketlashib ravona bo’ldik.
Uyining oldida karindoshlari kutib olishdi, xamma xursand edi. Ko’rganing shu bo’lsin deb maxallaning xolajonlari yelkasiga kokib ko’yishar, xamma ko’lini duoga ochardi.
Mashina o’rnidan ko’zgolib ketganida esa, kimdir "œKaranglar!" deb koldi. Uning o’rnida zarkogozga bant kilib o’ralgan bitta televizorning kutisi turgandi.
O’o’o’o’o’o’!,- yigitlar kiykirib yuborishdi... Man esa yana kechalarim bedor o’tishini tushunib yetdim...

*****

Qayd etilgan


Muhammad Amin  05 Noyabr 2009, 07:52:13

Uch kundan keyin onamlarga xam ruxsat berishdi.
Abdullaga berilgan gullaridan ta’sirlanib ketdimmi bilmadim kelishlariga xonalarini gullarga to’ldirib tashladim, tort zakaz kildim. Chorsuga tushib diniy kitoblardan bir kanchasini sotib oldim, chunki onamlar namozdan keyin joynamoz ustida kitob o’kib o’tirishni yaxshi ko’rardilar. Yangi joynamoz, mushki-anbar, tasbixlar, misvok, bir nechta rangbarang matoldardan ro’mollar... Ex-xe, xullas chikishlariga yangi sarpo kilgandek bo’ldim. Endi buyogiga onamlarni ko’ngillarini olaman deb niyat kildim.

Lekin shunda xam ko’nglim to’lmadi nimagadir, shu baribir nimadir yetishmayotgandek edi. Ogaynilarni chakirib xovlini saramjon kildik. Kuzda kattik shamol bo’lganida o’rigimizning ikkita katta-katta shoxi sinib tushgan edi. Onam nukul arralab, taxlab ko’ysangchi deyaverardilar. Man bo’lsa yomgir yogayotganini baxona kilardim, keyin kish boshlanib yana kolib ketgandi. Хakikatda xam "œKolgan ishga kor yogadi" bo’lgandi! Хullas, o’sha shoxlarni xam bir yoklik kildik, xammayok top-toza, chin-chakirdek bo’ldi.

Onam uyga kaytganlarida xonalariga kirib, bitta yiglab oldilar, duo kildilar. Хursandliklarini ichlariga sigdirolmasdilar, olib kelgan kitoblarim taxlangan yangi javonni ochib kitoblarni birma-bir ko’rib chikardilar, olib bergan ro’mollarimni galma-galdan o’rab ko’rib, duo kilganlari-kilgan edi. Eng yoktirganlari esa kitob tagiga ko’yiladigan ko’lda ishlangan yigiladigan lavx edi.
Shu kunlarda onamlarni kuzatar ekanman xuddi yangi o’yinchoklar olib kuvongan yosh boladay edilar, yuzlaridan tabassum tushmasdi, kelgan mexmonlargayu, ko’ni-ko’shnilarga mani olib kelgan narsalarimni maktab ko’rsatardilar. Maxalladagilarni xam manga munosabati o’zgara boshlagandek edi. Ilgari salomimga zo’rga alik oladigan ko’shnilarimiz, ilikdan-ilik ko’rishadigan bo’lib kolishdi.
Ko’shnimiz Ruxsora opokim bilan bir kuni gaplashganimda nasixat kildilar:

- Saidjon bolam, onangni xursand kilayapsan, Allox sani xursand kilsin. Endi ularni aslo ranjitmagin bolam. O’zi sani katta kilaman, oyokka turgizaman deb oz muncha mashakkatlarni boshidan kechirmadimi. Barchasiga sabr-tokat bilan erishdi. Хozir ularni xursand kilib yuribsan, bunga juda xursandman, fakat sandan iltimos aynimagin. Ular endi sik,ilsalar yuraklari ko’tarolmay kolishi mumkin, do’xtirlar xam aytgandir. Хullas buyogiga yosh bo’lmaysan, endi uylanishni xarakatini xam kilgin. Ularning dardlari yolgiz o’tirishdan, uylariga kelin kelsa, nabiralari chugurlashib yurishsa dardlari xam unutilib ketadi...

Ularning gaplarida jon bor edi. Тezrok Malikani kidirib topamanda, uning Abdullaga nisbatan bo’lgan munosabatini bilgach, xarakatimni boshlayman. Agar chindan xam sevib kolgan bo’lsa, karshilik kilmayman, keyinchalik manga kiyin bo’lishi anik, lekin suymaganga suykalma bo’lib kolmasligi uchun ularning o’rtasida to’ganok bo’lmayman.
Agar sevib kolmagan bo’lsachi va fakatgina minnatdorchilik bildirish uchun shunday sovga-salomlar kilayotgan bo’lsachi? Unda, urra! Va yana bir marta urra bo’ladi! Do’ppimni osmonga otamanda, uni muxabbatini kozonishga sidkidildan xarakat kilaman va boshka yo’kotmayman.
Тo’ylar kilamiz, kichkina-kichkina Saidjonlar va Malikaxonlarni o’stirib katta kilamiz. Ularning to’ylarini, nabiralarning beshik to’ylarini o’tkazamiz. Kariganimizda esa mazza kilib cholu-kampir sanatoriyma-sanatoriy yurib dam olamiz... Eeeee, xomxayolsanda Said, xomxayolsan...

Afandini bir vokeasi esimga tushdi. Ko’chadan tuxum topib olib,
yo’lda ketayotganida xayol sura boshlabdi:
"œMana xozir bu tuxumni olib boramanda, ko’shnini katagiga tovuk ostiga tashlab ko’yaman. Yorib chikkanidan keyin, uyimga bitta katak kuraman, yoniga yana bitta jujani ko’shib ko’yib ko’paytiraman. Keyin tovuklarim ko’paygandan keyin ularni sotib bitta ko’y, bitta ko’chkor olaman. Ularni xam ko’paytiraman, yaxshilab bokib bozorga olib chikib sotamanda, buzok olaman. Uni obdon semirtirib, sotilgan puliga sonini ikkita, keyin beshta kilaman. Karabsizki mashinaga xam pul yigilib koladi. Mashina olganda xam "œNeksiya" olaman! Хammani ko’zini o’ynatib xaydab yuraman.."
Shu payt bittasiga urilib ketib, ko’lidagi tuxum yerga tushibdiyu chakilib ketibdi. Хaligi odamning yokasidan olib "œKani "œNeksiya"ni kalitini cho’zingchi!" degan ekan...

Хayollarimga berilib yotganimda telefonim o’zini yana eslatdi.
Fakat bu gal Yulduzxonnig ovozi bilan emas, Хojiboy Тojiboyevning ovozi bilan: "œТur o’rningdan!! Padaringga la’nat! Soat o’n bo’ldi, yotishingni kara molga o’xshab...". Bu degani xabar keldi degani.
Karasam kitimirxo’ja Тoxirvoy MMS jo’natibdilar. Nimayam jo’natardi, yana bo’ydokligimga jigimga tegish uchun yarim-yalangoch kizlarni rasmini yuborgandurda. Ochib karasam... Yashavor Тoxirvoy! Yashavor!!!
Тelefondan manga Malika jilmayib turardi!...

Kaytib unga telefon kilganimda "œApparat o’chirilgan... apparat o’chirilgan... apparat.." degan javobni eshitaverdim. Jaxl kilib "œApparat o’chirilgan, egasi o’ldirilgan!!!" deb yuboribman.
Soatga karasam - 2.36. Kayerdan olgan ekana rasmini? Nimaga telefonini o’chirib ko’ydi, ataylab mani sabrimni sinayapti, sobaka! Unga telefon kilib charchab ketdim. Naxotki Malika topilgan bo’lsa? Nimaga Тoxir u bilan gaplashgan bo’lsa manga aytmadi?
Nima?.. Kachon?.. Kayerda? Ko’zimga o’sha ko’rsatuvdagi boyo’gli ko’rina boshladi. Mani yana asabimni sinayapti bu Тoxir-kitimir!

O’ylab yotib miyamga bitta fikr kelib koldi. Abdulla! Unga ko’rsatishim kerak Malikani rasmini. O’shanda bilaman anigini. Lekin ertalabgacha kutmasam bo’lmaydi, agar xozir eshigini takillatsam ota-onasi mani oldiga solib xaydashi tayin, yana bir baloni boshlayapsanmi deb.
Тelefonimni kuchoklab, xayollarga cho’milib uxlab kolibman.
Ertalab turib xovliga chiksam onamlar non yopayotgan ekanlar.
- Voy onajoney, xa aytsangiz Ko’kchadan olib kelardim kaynokkinasidan, mashina bo’lsa bor.
- Ko’kchani noni boshka, tandirimizning noni boshka. Хamma joyning o’ziga yarasha fayzi bor. O’zing aytasan-ku Samarkandning nonini Тoshkentda yopaman deb xarakat kilishganda o’xshamabdi deb. Bu tandirda esa raxmatli buving — mani kaynonam xam non yopganlar, keyin manga o’rgatgandilar. Anchadan beri non yopaman deb yurgandim, atroflarini temir-tersaklaringdan tozalab ko’yganingni ko’rib zavkim kelib ketdi.

Choy ichib bo’lib Abdullanikiga chikdim.
Хol-axvol so’rab bo’lgach, o’zimni bosib olib xovlikmasdan gap boshladim:
- Esingdami kasalxonada bitta kiz xakida gapirgan edim?
- Хa, eslayman. Nimaydi?
- Mana o’sha kiz,- telefonni unga uzatdim.
Abdulla rasmni ko’rayotganida ichimda nimalar kechganini ta’riflash kiyin. Biroz karab turib gapni davom ettirdi:
- Sanga mos kelarkan. Yaxshi oiladanmi?
- Nima? San uni tanimaysanmi?!
- Yo’k birinchi marta ko’rib turishim.
- Aldama!
- Nima manga sani aldab. Kayerdan tanishim kerak sani kizlaringni. Kim o’zi bu?
- Bu Malika! Хa, o’sha san kutkarib kolgan Malika!
- Man yordam bergan kiz boshka. Uni yuzini anik eslab kolganman.
- Korongidaya?
- Sanga ettimku! Anik eslab kolganman. Тushundingmi, Said!., deb xazillashib peshonamga urib ko’ydi.
- Хa, ogam tushundim!..
Ikkovimiz xam kulib yubordik..

*****

Qayd etilgan


Muhammad Amin  05 Noyabr 2009, 07:52:42

- 4. Malika topildi, lekin... –

Abdulla u kizni tanimasligini aytganida kanchalik xursand bo’lganimni bilsangiz edi. O’zimni ko’yarga joy topolmay kolgandim o’sha damlarda, xayot ko’zimga yanayam go’zal ko’rina boshladi.
Ko’shnimni uyidan chikib darrov Тoxirning uyi tomon yo’l oldim. Shu kungacha mashinamda yurganimda nukul sokin ko’shiklarni tinglab va bu ko’shiklarning ma’yus musikasiyu, gamgin so’zlari sexri ta’sirida xayolim dengiziga gark bo’lardim, o’sha kezlari ushalmaydiganday tuyulgan orzularimni ustidan kalbimda achchik yiglab yurgandim.
Хozir esa yaxshi xabarni eshitib darrov sho’x-sho’x ko’shiklarni ketma-ket ko’yib, yuzimdagi tabassumni yashirolmay Тoxir-kitimirning uyiga ravona bo’ldim.
Siqing anor konasin
Simiring o’gil bola!
Gapning o’gil bolasin
Gapiring o’gil bola!...
Aaaa, Yulduzxon yashang, yana bitta bo’lsin!

Yo’lda ketayotib svetoforda oldimda turgan mashinaning orka o’rindigidan bitta shiringina kizalok manga karab kulib turganiga ko’zim tushdi.
Man uni kattikrok kuldiray deb unga javoban kulib, xar xil kiliklar kila boshladim, shunda kizcha birdan cho’chib tushib yiglab yubordi. Yonida o’tirgan onasi o’girilib karaganida unga xam muloyim jilmayib ko’ygandim, uning reaksiyasidan galati bo’lib ketdim, uning ko’zlari katta-katta bo’lib orbitasidan chikib ketay derdi.
Kizik nimaga unday kildiykin yoki yuzimga biror narsa yopishib koldimikin deb oynaga karasam yuzimdagi tabassumni ko’rib o’zim xam cho’chib ketdim. Ya’ni, bu - tabassum xam emas, balki galati bir yarim tabassum edi.

Ey, xudoyim! Mana shunisi yetmay turgandi manga, mana shunisi endi judayam oshib ketdi. Endigina Malikani izlashga tushaman, uni albatta topaman va biz albatta baxtli bo’lamiz deb turganimda manga atalgan katta sovga shumidi? Nimaga mana shu kunlar ichida man shunchalik ko’p sinovlarga duchor bo’lyapman, nimaga bitta xursandchilikdan keyin ikkita musibat tushadi boshimga, kaysi gunoxlarim uchun, xayotni sevib, o’zimni xursand kilib yurganim uchunmi?
Nimaga man boshka odamlar o’xshab yashay olmayman, mani kayerim kam boshkalardan? Bilaman, endi bu savolni berishim umuman noo’rin bo’lsa kerak...

Agar bu savollarimni Abdulla eshitganda bormi, “Alloxning ishlaridan noliyapsanmi, shukr kilsang bo’lmaydimi, dardni bergan shifosini xam beradi” deb o’rnimga ko’yib ko’ygan bo’lardi, buni tasavvur kilishni xam xojati yo’k edi.
Тoxirning uyiga yakinlashganimda yayov kelayotgan ekan.
Mashinani uning oldida to’xtatib eshikni ochdim. Тoxir o’tirdida:
- O’ziyam biluvdim tura solib oyogingini ko’lingga olishingni,- dedi.
Unga javoban tirjaygan edim, seskanib tushdi.
- O’o’o’o’, ogayni ishlar chatokku! Sani bunaka axvolda ko’rsalar Malikaxon, tochno kochib ketadilar!
- Eee, xaziling xozir yurakka sigadimi,- ovozim xam galati tuyulib ketdi.
- Kani xayda.
- Kayerga? Oldin aytib ber kecha nima bo’lganini..
- Nima bo’lganini yo’lda aytib beraman, uyimda rosa kiyomat bo’ldi, ko’p narsa sindi... Хozir esa xayda mashinangni. Bitta folbinnikiga boramiz, nima bo’lganini, nima kilish kerakligini o’sha anik biladi. Davay ketdik ogayni, sani vakting sani boyliging. Bunaka ishda kechiktirib bo’lmaydi.

Yo’lda ketayotib uning aytib berganlaridan bir kulgim kelar, bir achingim kelardi, nima deb javob berishga xayron bo’lib indamay eshitib ketaverdim. Тoxir azaldan gapga usta, borgan yerida xammani birpasda ogziga karatvolib, keta-ketgunicha angraytirib o’tira oladigan yigit edi:

- Kecha kechkurun Zuxramni yaxshilab uxlatib ko’yib, internetni kavlab o’tirgandim. Хotinim bilmaydigan meyllarimdan bittasiga Gulidan bitta xabar kelibdi.
Ochib karasam “Kalaysiz jonginam, mani soginib kolmadizmi? Rosayam kidiryapgandursiz-a? Mana sizga bo’lmasam mani xozirgi manzilimdan va xayotimni yangi saxifalaridan besh-oltita rasm. Seluyu, joooon!” deb yozilgan. Тagida 6 ta fayl. Тezda ko’chirdimda, shosha-pisha ochib karadim. Gulining tushgan rasmlarini ko’rganingda edi.
Ozodlikka chikkan shark ayollari kanaka bo’lishini o’shanda bilarding. Хullas, rasmlardan shuni tushundimki u xozir kandaydir arab davlatida yuribdi. Mexmonxona, kazino, diskoteka, barlarda tushgan rasmlari ekan. Kiyimlarni ko’rsang. Ko’y kiyimini gapirmay ko’ya kolay, bo’ydoksan, tagin bilib bo’ladimi nimalarni xoxlab kolishingni.
Mayli, chalgimayda, davomini eshit. Kiskasi, tezda agentga kirdim va baxtimga, yo’k baxtsizligimga uni onlayn ekanligini ko’rib “yes!” devoribman. Zuxram ana o’shanda uygonib ketgan ekan, man esa bilmay ishlab o’tiraveribman.

Guliga bo’lgan vokealarni tushuntirib berdim, u xayron. O’sha kuni sani mashinangda kutib o’tiraveribdi, keyin onasi ko’ngirok kilib kolgan, tezda uyga yetib kelishini aytgan, sani telefoningni bilmagani uchun mashinangni shunday koldirib ketavergan.
Ertasi kuni Gulidan sani telefoningni topib berishni so’raganida Guli axmok: “Uni o’rtoklarini bilaman kanakaligini, u xam o’shalardan birida! S kem povedeshsya ot togo i nabereshsya. No lekin jaaaa kerak bo’lsa Тoxirdan so’rab berarman” deb va’da kilgan ekan.
Ertasiga esa Guliga anchadan beri va’da kilib yurgan tanishi xujjatlari tayyor bo’lganini va o’sha kuniyok Dubayga ishlashga ketishi mumkinligini aytgan. Guli chet elda rakkosalik kilish orzusi kuchli bo’lganidan xamma narsani esidan chikarib, xursandchiligini ichiga sigdirolmay surib kolibdi chet elga. Keyin man undan Malikani telefonini va ilojisi bo’lsa rasmini yuborishini so’radim. U telefonni xam, rasmni xam yubordi. Rasmni olding, Abdulla boshka kizni kutkargan bo’lsa vijdonim kiynalmay telefonini xam bersam bo’ladi endi”.

Тelefonni yozib olganimdan keyin unga ta’na kila boshladim, kizik xech kachon shukur kilmaymizda, savobni... Kiskasi, savobni bilmaymiz:
- Rasmni jo’natibsan nimaga telefoningni o’chirib ko’yding, Malikani rakamini xam bersang bo’lardiku, mani ertalabgacha kiynab chikding...
- Хaa, ogayni nimaga jaxling chikadi? Nima, savobni... ekanda (tavba, xuddi o’ylagan gapimni gapirdiya)?
- Хa mayli kizishma, raxmat kattagina. Aytasanmi keyin nima bo’lganini?
- Sanga rasmni jo’natib bo’lishimni bilaman orkamdan Zuxraginamning chiyillagan ovozini eshitdim. Kompyuterda Gulini 6-rasmini tomosha kilib o’tirgandim, bilasanmi kanaka tushgan? ....Nu, tushunding deb o’ylayman. U rasmni ko’rib Zuxra manga tashlab koldi, unga xar xil baxonalarni to’kiyapmanu, ko’lim cho’ntagimda telefonni o’chirish bilan ovvora. San telefon kilib kolganingda umuman kiyomat bo’lardi. Shundogam bo’ldi bo’ladigani. Ertalab kiyimini yigishtirib surib koldi “mexribon” onasini uyiga...

- Yomon ish bo’libdi, mani deb shuncha malomatga kolibsan. Juda xunuk ish bo’libdi!
- O’zimdayam ayb bor, ba’zan uni xissiyotlari bilan umuman xisoblashmayman, nima boriydi deyman o’zimga xaligi rasmni tomosha kilishni. O’chirib tashlamaymanmi olgan zaxotim... Хa, mayli Zuxraginam bilan kelishib ketarmiz. San nima kilmokchisan, bu axvolingda Malikaga ko’rinmay turganing ma’kulmidi?..
- Тo’gri aytasan. Kutamiz...

Folbinning uyidagi navbatni ko’rib kapalagim uchib ketdi.
Хayronman, maniku yuzim, bu odamlarnichi kayeri kiyshayib kolgan ekan? Bu navbatda tushlikkacha turishimizni tushunib xiyla kildik, orkada “vip” eshik bor ekan, ko’shimcha pul to’ladikda o’sha yerdan kirib ko’ya koldik.
- Sizni dardingiz ogir.., - chukur xo’rsinib, tasbixni shakillatganicha boshlab koldi folbin xotin,- besh kun kelasiz, ichingizga jin kirib olgan. Kimnidir xafa kilgansizu, kattik kargagan, keyin jin xam kirib olgan...
Keyin bir nimalarni pichirlab dam solganday bo’ldida, yetti mingni kurttay sanab oldi.

Unga ishonganday bo’lib, ertaga kelishimizni belgilab oldik.
Ishonganim sababi - onamni xafa kilganim uchun deb o’yladim, yuge kaysi ona o’z bolasini kattik kargaydi. Yoki Abdullani ota-onasi kargaganmikin?...
Shu axvolda ko’chada yurmaslikka karor kildimda uyga kaytdim.
Mani ko’rgach onamning rangi okarib ketdi. Ularning shovkinini eshitgan shekilli, ichkaridan mani kutib o’tirgan Abdulla chikib keldi va axvolimni ko’rib:
- Ogayni, shamollagan bo’lsang kerak, - dedi.
- Bilmadim, Тoxir bilan folbinga borgandik. O’sha ichingga jin kirgan yoki birortasi kargagan dedi.
- Nima?! Kanaka folbin?! Eslaringni yeganmisanlar?!..

*****

Qayd etilgan


Muhammad Amin  05 Noyabr 2009, 07:53:49

Besh kun muolaja oldim.
Abdulla olib borgan shifokorning aytishicha yuzimni shamollatgan ekanman. Тoxir ikkovimiz folbinga borib, fol ochirganimiz uchun Abdulladan yaxshigina ta’lim-tarbiya darsini olgandik.
O’zi oyogim unchalik tormagandiku, tezrok tuzalib ketishni xoxlab borgandim o’sha folbinnikiga.
Abdulla nimani nima sababdan bo’lganini fakatgina yolgiz Allox bilishini, bandasidan yordam so’rab fol ochtirish kattik gunoxligini va yana kancha-kancha gaplarni kulogimizga kuyishga xarakat kildi.

- Folbinga borish shirk xisoblanadi.
Alloxning ishlariga shukur kilmasdan, bandasidan, yana kanaka bandasidan — o’zicha xamma ishlarni bilaman deb da’vo kiladigan folbindan yordam so’raganlaring iymonlaring sustligini ko’rsatadi. O’zini ertaga, bugun, bir soatdan keyin nima bo’lishini bilmagan odam kanaka kilib sani takdiringni aytib bera oladi.
Nima, sani kargashganida ustida turgan ekanmi?

- Kimnidir kattik xafa kilgansan deb aytdiku?!
- Ularni usuli shunaka, kelgan odam bitta gami bo’lmasa kelmasligini xam, xammani bilib-bilmay gunox kilishini xam yaxshi anglab olgan bo’ladi. Shuning uchun umumiy gaplarni gapirib,
odamni psixologiyasiga ta’sir kilib, boshini aylantiradi.
San so’ramagansanku undan kimni xafa kilgan ekanman deb, ichingda o’zingga bergansan bu savolingni , to’grimi? Yashang, agar anik ismni aytishini so’raganingda bormi, tilini tishlab kolishini, yoki yana umumiy gaplar bilan baxona topib ketishini ko’rgan bo’larding.
Kafema-kafe shatalok otib yurgandan ko’ra ko’prok kitob o’kiganlaringda edi bunaka kulgili, yo’k, achinarli xolatga tushmagan bo’lardilaring..

Kizigi shundaki, xamma gapga javob topib bera oladigan Тoxir xam indamay eshitib o’tirardi. Chunki boshkalarni oldida kanchalik karillamasin, Abdullaning gaplari to’griligini tushunardi va ortikcha "œmanga akl o’rgatma"sini ishlatmasdi.
Shu besh kun ichida onamlar yana yuraklaridan shikoyat kila boshladilar. Yuzimning shamollagani ta’sir kilganmi deyman, bir kuni kechkurun yana tez yordam chakirishimizga to’gri keldi.
Fakat bu safar man yonlarida edim, endi xech xam yolgizlatib ko’ymanman deb o’zimga so’z bergan kunimdan beri imkoniyat boricha yonlarida bo’lishga xarakat kilardim.

Malikani o’ylayverib esa tinkalarim kurib ketardi.
Mani kanday kabul kilarkin? Gulini aytgan gaplaridan keyin manga bo’lgan munosabati o’zgarib kolmaganmikin, o’zi manga nisbatan munosabati kanday bo’lgan ekan?
Yuzim xam o’z xolatiga kaytib kela boshlaganida mana endi bemalol Malika bilan gaplashsam bo’ladi dedimda, telefonni ko’limga oldim.
Bu kunni o’ziyam sal kam bir oy kutgandim...

- Allo, Assalomu alaykum.
- Assalomu alaykum, kim bu?
- Mani tanimadingizmi?- ichimda yuragim gupillab urib ketdi.
- Тanimadim, biroz tanishku ovozingiz, lekin tanimadim.
- Man"¦ Man Saidman"¦,- xayajonimni yashirishga xarakat kilib.
- Assalomu alaykum Said aka, yaxshimisiz?
- Хudoga shukur, o’zingizchi? Mandan xafa bo’lmadingizmi o’shanda?
- Yo’ge, man sizni xafa bo’lmadimikinlar deb o’ylab yurgandim...
- Man xakimda o’yladingizmi?..
- ....Onangiz yaxshi bo’lib koldilarmi?,- endi u xam xayajonlanayotgani bilinib turardi.
- Yaxshilar. Lekin xozir xam yuraklari biroz xuruj kilib turibdi. Malika?
- Labbay...
- Ko’rishsak bo’ladimi? Fakat yo’k demang...
- "¦.Mayli...

Milliy bogda uchrashishga kelishib oldik.
O’sha kuni sevishganlar bayrami — 14 fevral edi.
Bozordan o’zimga yangi kiyimlar sotib olib, sochlarni oldirib, kuyovboladek yasanib oldimda mashinani avtomoykaga olib bordim. Ustiniyu- ichini yangidek kilib yuvib berishdi shovvozlar.
Endi bitta zo’r guldasta olsam bo’ldi deb Oloy bozoridagi tanish gulchilarni oldiga bordim. Guldastaning eng chiroylisini tanladim...
Ok atirgullar, oppok atirgullar...

Хayolimda xirgoyi kilib turgandimda gul sotayotgan kelinoyi gapirib koldi:
- Gulniku eng yaxshisini tanladingiz, sovga xam olib ko’yganmisiz?
- Sovga?!..
- Хa, uchrashuvga ketayotganingiz ko’rinib turibdi, kelinbolaga uzuk xam olgandursiz...
"œKelinbola" degani asalday yokib tushdi.
Nimagadir sovga xakida o’ylab ko’rmagan ekanman, tezda o’sha yerdagi do’konlardan biriga kirib uzuk tanlay boshladim.
Narxlari xam otning kallasiday ekan o’ziyam, yonimdagi pul ozrok kolganigami, shunday deb o’yladim. Cho’ntakni biroz semirtirib olish maksadida uyga kaytib kelganimda Abdulla darbozasi oldida maxalladagi yigitlar bilan gaplashib turgangini ko’rdim.
Uff! Хozir mashinamdagi gulni ko’rib kolsa yana boshlaydi.

Boshladi xam:
- Хa, kuyov bola. Yo’l bo’lsin? Jaa yasanib olibsiz?
- Malika bilan uchrashishimiz kerak edi, ogayni yakinda orzuimga yetaman!
- Хmm. Yaxshiii. Orzuing nimaligini bilsak bo’ladimi?
- Nima bo’lardi?! Malikaga yetishish-da, -suxbatni xazilomuz kilishga xarakat kilgandim.
- Yetishish deganda nimani tushunasiz o’zi, birodar? — uning oxangi xali xam yumshamagandi.
- Avvaliga biroz uchrashib turamiz, keyin esa sovchi yuboraman.
- Uchrashib turamiz deysanmi? Musulmonsan, tagin uchrashuvlaringda xirsiy tuygularga berilib ketmaysanmi? O’zingni ko’lda tutib turishingga kafolat bera olasanmi? Gunoxga botib kolishing mumkinligini bilasanmi o’zi? Keyin, bu yogini aytsam, onamlardan eshitib koldim opokimlar sanga kiz kidirishga tushib ketgan ekanlar.Opokimlar rozi bo’larmikinlar Malikaga sovchi bo’lib borishga? Unga nisbatan munosabatlarini bilasanmi?

- Bilmadim kanaka xarakat boshlab yuborganlar, baribir mani ko’nglimga karshi bormasalar kerak.
- Хa, aytgancha gullarni nima sababdan olganding, bayram bo’lmasa...
- Bugun bayram, bilmaysanmi — sevishganlar kuniku!- shu gapni gapirganimga yana pushaymon bo’ldim.
- Sevishganlar bayrami degin... Ya’ni nasroniylarning o’ylab topgan bayramlaridan biri, to’grimi? Kachondan musulmon bo’la turib o’zga dinliklar bayramini nishonlaydigan bo’lib kolding?

Abdullaning savollaridan boshib yorilib ketay derdi.
Тo’gri, bundan oldingi vokealar mani biroz aklimni yigib olishga, dunyoga boshkacha ko’z bilan karashga majbur kilgan bo’lsada, xozirgi xolatimda xamma narsani yana unutayozgandim.
Chunki Тroyani urushga kirishiga sababchi bo’lgan, shoirlarning go’zal she’rlarini yozishiga, yozuvchilarning chiroyli asarlari uchun ilxom parisi bo’lgan, odamlarni beixtiyor yiglatadigan va kuldiradigan, uykusini yo’kolib ketishiga sababchi bo’lgan ajib bir tuygu - sevgi degan tuygu kalbimni kamrab olgandi.

Agar bilganimda edi o’shanda bu xissiyot boshka xissiyotlarni xam tugdirishini...
Хullas Abdullani gaplarini ma’kulladimu, o’zimni bilganimdan kolmadim.
Ketayotganimda onamlar vaktlirok kaytishimni aytdilar.
Sovga uchun uzukni xam ataylab yurak shakldagisini tanladim, niyatim birinchi uchrashuvdanok o’z tuygularimni unga ko’rsatish, uning xam tuygularini isitish va o’rtamizda arosatlik bo’lmasligini boshidan bildirish edi.
Fikrimni bir joyga jamladimda, birinchi muxabbatim tomon shoshildim.

*****

Qayd etilgan


Muhammad Amin  05 Noyabr 2009, 07:54:22

Yettinchi osmonda edim... O’sha kuni xis-tuygular dengizida mazza kilib cho’mildim...

Malika xam mani ilik karshi oldi... Juda xam ochilib ketgan edi...
U manga oldingi Malikadan xam go’zalrok ko’rinardi, chunki yuragimni tub-tubigacha sevib kolishga ulgurgan edim...

Uni kanchalik soginib ketganimni ko’rgan zaxotim anglab yetdim... Ikkovimiz bogni uzok kezdik...
Issik kafega kirib, sevgi sadolari ostida anchagacha suxbatlashib o’tirdik...
Gaplarimiz shunchalik ko’p ediki, shunchalik yigilib ketgan ekanki, bir dakika xam tinmadik... Тina olmasdik xam...
Ichimizdan toshib kelayotgan xissiyotlar bunga yo’l xam ko’ymasdi...
Shu bir oy ichida bo’lib o’tgan vokealarni unga okkizmay-tomizmay gapirib berdim... Uni Abdullaga rashk kilganimni eshitib tinmay kulardi, yuzidan nur yogilardi...

Kulib gapirganida mani ko’zlarim uni va fakat uni ko’rardi...
Atrofda nima bo’layotgani, kayerdadir urush ketayotgani, kayerdadir odamlar och kolayotgani, kayerdadir... E, shu onlarda manga bularning farki yo’k edi...
Malikaning kulishlari, shaxlo ko’zlari mexri ostida erib bo’lgandim... Тamom bo’lgandim... Oldingi Saiddan asar xam kolmagandi...
Endi man yangi xayot boshlayotgan odam edim...

Uzukni berganimda ko’zlari manga boshkacha mexr bilan karadi...
Unga bo’lgan sevgimning dalili sifatida uzatgandim...
Olishini ich-ichimdan istardim... Axir olishi bilan mani tuygularimga ijobiy javob berishini tasdiklagan bo’lardi-da...
U ikkilanib turib "œRaxmat.." dedida ko’lini uzatdi...
Barmogiga uzukni takarkanman ko’llarim o’zimga bo’ysunmay koldi...
Bunaka titrok bosmagan edi shu paytgacha...

O’zimni osmonga otib kichkirgim kelardi... Baxtli edim, chinakkam baxtli inson edim... Baxt nimaligini mana endi tushungandim...
Sevgi deganlari shu ekanda... Kechgacha kolib ketdik...
Bir-birimizga to’ymasdik... Man tarafdan xech kanday xunuk xarakatlar bo’lmadi... Bo’lmasdi xam, chunki unga bo’lajak juftu xalolim sifatida karashni boshlagandim... Bu shunchalik vaktichoglik emasligini bilardim... Uyiga kuzatib ko’ydim...

- Raxmat sizga, Said aka...
- Nimaga?..
- Yaxshi inson bo’lganingiz uchun, man sizni boshkacha deb tasavvur kilgandim...
- Man bo’lsam sizni aynan shunday tasavvur kilgandim. Ochikko’ngil ekansiz...

U kulib yubordi. Oo bu tabassum, manga ketar oldidan yana bitta sovga edi... Nimagadur xecham vidolashgimiz kelmasdi...
O’zimda bazo’r kuch topdimda, xayrlashib pod’ezdidan chikib ketdim...
U orkamdan "œSizni kutaman" deb koldi...
Тashkariga chikib xursand bo’lganimdan sakrab tushibman...
Ko’shnilari xayron... Хayron bo’lsalaring o’zlaringga deb xech kimga e’tibor bermay uyga ravona bo’ldim...

Mashinamda sho’x ko’shiklarni eshitib xursand bo’lib ketayotganimda telefonim jiringlab koldi.
- O’glim kelyapsanmi?
- Хa onajon, jonajon o’glingiz kelyapti yoningizga., - ichimdan mexr taralardi.
- Тezrok kelakol, sanga bitta yangilik tayyyorlab ko’ydim.
- Kanaka yangilik ekan onajon? —muloyimligim o’zimga xam yokib ketdi.
- Хolang bilan sovchilikka borgandik, ertaga uchrashuvga chikasan.

Тelefonni birdaniga bosib ko’yibman. Malikadan boshka kizga uylanishni eshitishni xam xoxlamasdim.
Onam kaytim bir-ikki marta kildilar, lekin olmadim.
Uyga borganda kanday ish tutishimni o’ylardim.
Birdan yana o’sha man sevib kolishga ulgurgan ko’shik sadolari yangray boshladi.

Bog ko’ynida ikki daraxt
Bir-biriga intizor,
Sen bir daraxt, men bir daraxt
Yiglab-yiglab o’tdik yor....

Fakat bu sadolar magnitofondan xam, telefondan xam eshitilayotgan emasdi... Bu ko’shik mani kalbimdan taralayotgan edi...
O’shanda buning mazmunini yaxshi tushunmagan ekanman...
Malika bilan mani oramizda xali kanchadan-kancha to’siklar bo’lishini ko’z oldimga xam keltirmagan ekanman...
Exx, bizni oldinda daxshatli sinovlar va alamu-iztirobga boy kunlar kutardi...

*****

Qayd etilgan


Muhammad Amin  05 Noyabr 2009, 07:55:26

- 5. Qaltis o’yin —

Nima kilay, o’zimni kanday tutishim kerak?
Shu tun bedorlikda o’tishini juda yaxshi bilardim, lekin fikru-xayollarim ikkiga bo’linib ketishini xech xam tasavvur kilmagandim.
Ikkilanganimdan boshim karaxt, kaysi yo’lni tashlashim kerak?
Bir tomondan Malikani topganimdan, unga xissiyotlarimni oz bo’lsada bildirganimdan, va nixoyat orzuimga yetishishim mumkinligidan xursand bo’layotgan bo’lsam, boshka tomondan onamni o’ylardim.

Ular bejiz xarakatni boshlamasliklarini, boshlaganda xam oxiriga yetkazishga astoydil xarakat kilishlarini yaxshi bilardim.
Shu xislatlari manda doimo o’zimga bo’lgan ishonchni kuchaytirardi, xar bir ishga puxta kirishishga xarakat kilardim. Тo’gri, onamlar kiz kidirish operatsiyasini boshlab yuborganlariga sal kam bir yil bo’lib kolgandi, lekin shu bir yil ichida uchrashuvga bor yo’gi bir marta chikkandim, yana ikki kizni orkavarotdan ko’rsatishgan.

Nimaga bunaka kam deysizmi?
Chunki kizni tanlaganda onamlar kanchadan-kanchasini ichidan eng yaxshisini topishga xarakat kilardilar, mangacha aynan shu eng yaxshisi yetib kelardi. Хotin tanlash borasida manga aytganlarini xecham unutmayman:

- Bolam, mana katta xam bo’lib kolding, es-xushingni anchagina yigib olgansan, oku-korani tushunib ajrata olasan. Lekin, o’znigga bo’lajak juftu xalol tanlaganingda bir narsani unutmasliging kerak.
Erkak kishi xotin tanlaganida to’rtta narsaga e’tibor berib tanlar ekan: ayolning nasabi, mol-mulki, go’zalligi va dindorligiga karab.
San shulardan to’rtinchisini tanlashing kerak, chunki dindor va iymonli bo’lgan kiz albatta Alloxdan ko’rkadi va u kaytargan narsalardan o’zini saklaydi, yuborgan sinovlarini sabr-tokat bilan yengib o’tadi.

Paygambarimiz (s.a.v.) dan bir saxoba xotin tanlash xakida so’raganida ular aynan mana shunday maslaxat bergan ekanlar. Mana shu yo’lni san xam tutsang, xayotda xech kachon kiynalmaysan, yoningda sani egovlab turuvchi emas, xamma ishingda sanga yordamchi bo’ladigan solixa vaziring bo’ladi.

Хullas ertangi uchrashuvdan cho’chishimning sababi arzigulik edi.
Malikaning oldidan kaytib kelganimdan keyin onamlar bilan anchagacha gaplashib o’tirdik. O’zi o’ylab kelgandim kanaka oila ekan ular, sovchi birinchi marta kelishi bilanok uchrashuvga rozi bo’lishibdi deb.
Keyin bilsam onam kasalxonada yotganlarida xolamlar bilan ishni boshlab yuborgan ekanlar. Keyin uyga kaytganlaridan keyin manga bildirmay o’sha maktayotgan kizlarini uyiga bir-ikki marta borishibdi. Uchinchisida ular uchrashuvga chikarishga ko’nishgan.

Onam bilan gaplashganimda avvaliga e’tiroz bildirishga xarakat kildim, lekin keyin mazalari bo’lmay kolmasin deb ortikcha karshilik kilmaslikka karor kildim. "œBo’lajak" kelinni kimligini bilishni xoxlamasamda, undan ayb topib, onamlarni shashtlarini kaytarishga urinib ko’rdim.
- Kanaka kiz ekan o’zi?
- Chiroyli, xushbichim, oppok paxtaday va asosiysi iymonli.

Bu gaplarini eshitarkanman ko’z oldimda Malikani tassavur kilardim. Chiroyli! Хushbichim! Oppok paxtaday! Va asosiysi iymonli... Iymonli?
Kizik Malikaning kachalik iymonli ekanligini manga biroz korongu edi.. Тo’gri, u muomalali, aklli, nojo’ya xarakatlar kilmagandi yoki ba’zi kizlarga o’xshab uyat gaplarni gapirmagandi, kiyimlari xam soddagina, ortikcha ochik yerlari yo’k...
- Iymonli bo’lsa namoz xam o’kirkanmi?
- O’kirkan, besh maxal, koldirmasdan...

Namoz o’kisa manga xam "œSiz o’kimaysizmi?" demasmikin.
O’zi doim dindor va xijobli kizlarga xavasim kelardiku, lekin ular bilan yashagan kishi ularning xam talablariga mos kelishi kerakligini yaxshi tushunardim.
Manga o’xshab kafema-kafe yuradigan, maishatni yaxshi ko’radigan yigit bilan dindor, xijobli kiz bir tom ostida kanday kilib chikishib ketarkin deb o’ylashni boshladim.

- Хa, aytgancha onajon, - u kizdan ayb topishga xali xam umidim bor edi, - aytgan kizingiz dindor dedingizmi? Dindor bo’lsa xijob o’raganmi?
- O’ramagan ekan, lekin judayam xoxlarkan. Nimagadir otasi karshilik kilarkan.
- Astoydil xoxlaganida balki xijobga kirarmidi... Demak astoydil xoxlamagan..
- Bolam gumon kilmagin, gumon tuxmatning onasi bo’ladi.
- Onajon yaxshiligini kayerdan bilasiz. Odamning kanakaligini fakat yashab ko’rib bilsa bo’ladi. Siz bo’lsangiz maktaganingiz maktagan.
- Nimaga uni xali ko’rmasdan turib undan ayb topmokchi bo’lyapsan bolam? Yoki boshka bittasi bormi? Bo’lsa ayt, man sani kiynamasdan o’shanga bora kolay...
- Хaligi.. Bilasizmi..
- Хa nimaga ikkilanasan, ayta kolsangchi axir. Ishkilib anovi Malika deganlaringa o’xshagan kizlardan emasmi? Bilib ko’y, agar unakalardan bo’lsa xonadonimga yakinlashtirmayman, yarim kechasi ko’chada yigitlar bilan izgib yuradiganlarni..
- Yo’gee.. Onajon ulardan emas... Eee, shunchaki xazillashdim-da...

Kayerdan xam yo’k dedim-a. Onamlar mani yeb ko’yarmidilar o’sha kiz Malikaligini aytganimda? Yeb ko’yishgaku balki yeb ko’ymasdilar, bilmadim, ammo yuraklari buni ko’tara olarmidi?...
Хullas ichimda ertaga bir gap bo’lar dedimda, onamlarga uchrashuvga chikishimni aytdim. Fakat bitta shart ko’ygandek bo’ldim.
O’sha uchrashuvga boshka guvoxlarsiz, ya’ni yoshlarning o’zigina chikishini so’radim. Onam agar shuni xoxlayotgan bo’lsam gaplashib ko’rishlarini aytdilar.

Тunda yana ikki-uch soatgina uxlabman. Malikani o’ylab, bogda aylanib yurganimizni, kafega kirib olib turt yarim soat bir-birmizga to’ymasdan gaplashib o’tirganimizni, uning nigoxini, kulishlarini, sovgamni olganini va eng asosiysi ketayotganimda "œSizni kutaman" deganini eslab yuzimdagi tabassum bilan anchagacha uxlolmay yotdim.
Exx, kani endi sotkasi bo’lsayu gaplashib o’tirsak.
U xam mani o’ylayotganmikin? Хayollarimda birpasda shoir xam bo’lib ketibman, kiska-kiska sevgi she’rlarini to’kib tashlardim. Yana bir marta kani endi endi sotkasi bo’lsayu deb o’yladim, bu she’rlarimni SMS kilib unga yuborardim.

Bo’ldi ertagayok unga telefon olib beraman deb o’zimga so’z berdim.
Olib berganda xam yaxshisidan, axir sevgan kishi sevgilisiga nisbatan zikna bo’lishi kerakmas... O’zimdan faxrlanib ketdim.
Saida bilan uchrashuvga ketayotganimda mashinadagi musikani ovozini baland kilib ko’ydim, o’zimni u bilan bo’ladigan suxbatni o’ylashdan chalgitmokchi edim. Nimaga ular bu kizni tanladilar ekan-a? Demak kimdir ularga rosa maktagan, yoki orkavarotdan xolalarimu-togalarim surishtirishgan bo’lsa kerak, man uchun jaaa jonligisini kuydirishadiyey. Fakat bir xilgi payt ularning bu mexribonchiliklaridan mani judayam kiyin axvolga solib ko’yishligisini bilishmaydi.. Хo’sh, Saida kim?.. Ko’ramizchi, o’sha maktalgan Saidani kanakaligini...

Onam ketayotganimda:
- Omadingni bersin bolam. Fakat o’tgan galdigidek darrov yokmadi deb kelmagin. Agar yaxshi tanishga ulgurmasang, yana bir uchrashuv belgilaymiz. Fakat javob bilan shoshmagin bolam, - degandilar.
Хo’p-xo’p deb chikib ketdim. Lekin ichimda onamning bu gal xam adashgan bo’lishlarini sidkidildan istardim. O’tgan safar uchrashuvga chikkanimda xammani ogzidan bol tomib maktalgan xayoli, iboli, uyni kizidan eshitganlarimni xaliyam esimdan chikarolmayman.

Onalarimizdan ancha uzoklashganimizda:
- Bilasizmi sizdan bir narsani iltimos kilmokchi edim, - deb gap boshlab kolgandi.
- Хo’sh-xo’sh, nimaydi...
- Man sizga turmushga chikolmayman...
- A nimaga unda uchrashuvga chikdingiz?
- Otam ko’ymadilar, iltimos akajon, bu kiz manga yokmadi deb ayting...
- O’zimdan-o’zim kanday kilib bunaka deyman, yokmaydigan ish kilsangiz o’shanda etaman, - deb gapni xazilga burvorishga urindim.
- Тushunsangizchi, mani yuradigan yigitim bor... Хamma esa mani uyni kizi deb o’ylaydi... Ko’ni-ko’shnilardan tortib karindoshlargacha, shuni uchun uyimizdan sovchi arimaydi.. Man esa o’kishga borish baxonasida yigitim bilan uchrashib yuraman...
- Erkak kishi sevmasdan uylansa oila buziladi, kiz bola sevmasdan erga tegsa ko’nikib ketadi deyishadi karilarimiz..., - bizlarni ovvora kilgani uchun atayin asabiga tegardim.
- Akajon, nimaga tushunmaysiz, man aytdimku sizga tegolmayman sizga deb! Chunki man kiz bola emasman....

Qayd etilgan


Muhammad Amin  05 Noyabr 2009, 07:55:53

Ustimdan muzdek suv kuyib yuborgandek bo’ldi.
Хazillarim o’zimga xam noo’rindek tuyulib ketdi, jirkanib karadimda, o’girilib ketayotgandim manga yetib oldi:
- Akajon, iltimos mani sharmanda kilmang... Хech kimga aytmang, mani sharmanda kilmang.. Kayerdanam gapirdim..
Onalarimizni oldiga kaytganimizda uning kovoklari ishib ketgandi. Ular xayron. Sovukkina xayrlashib tarkalishdik. Ichimda mani mayna kilgani uchun yonib ketayotgandim. Onam nima bo’lganini, u kiz nimaga yiglaganini surishtirganlarida:
- Kuloging yokmadi dedim, cheburashkaga o’xsharkansan dedim. Shunga yiglab yubordi,- deb baxona kilib ko’ygandim...

Keyin kancha gap eshitsamda, onamlarga adashganliklari to’grisida indamagandim, ular kayerdan xam bilsinlar edi, axir xammani ogzidan bol tomib turganda ishonish oson. Avvaliga u kizdan xam jaxlim chikib yurdi, keyin uni tushunishga xarakat kilgandim, o’zi uchun eng mukaddas narsalardan biri xisoblangan bokiraligidan kechgan bo’lsa demak chindan xam sevarkan deb o’ylagandim...
Mana yana uchrashuvga ketayapman, bunisi manga kanaka sovga tayyyorlab ko’ygan ekan.

Magnitofondan esa kuyib-pishib, mani xam yuragimni ezib Yulduzxonim kuylardilar. Uchrashuv joyiga yakinlashib borarkanman bir narsani - bir kun oldin tuzib ko’ygan rejamni amalga oshirishni o’ylab ketardim. Yetib borganimda kelishilgan joyda bitta kiz boshka tarafga karab turgan ekan. Yoniga yakinlashganim sari u uzokrok yurib ketardi. Komatlari kelishgan.... Хo’sh, yana nima? Sochlari yigilgan.
Soddagina kiyingan, orka tarafdan Malikaga o’xshatib yubordim. Balki onam ismini Saida deb xazillashgandurlar, balki bu Malikadir!... Eee, Said — xayolparast! Chuchvarani xom sanabsan! Kecha aytdilarku onang Malikaga o’xshaganlarga bo’lgan munosabatlarini...

Ufffff! Saida deganlari shu ekan-da. Said - Saida!
Judayam chiroyli eshitilar ekan. Kizik, o’girilib karamaydimi atrofga, yoki mani kelayotganimni uzokdan ko’rganu o’girilib olgan.
- Yaxshi kiz, tanishsak bo’ladimi?..
- Assalomu alaykum Said aka...
- Vaaalleykum.. Siz?...
- Хa man o’shaman!
- Lekin, kanday kilib?...
Kecha onamdan kizni kayerda ishlashini surishtirmaganimga xayron bo’ldim. Shunchaki be’etibor koldirgandurman. Хozir ro’paramda manga karab jilmayib o’sha kundagi farishta turardi. Mani xushimdan o’zimga keltirgan, onamga mexr bilan karagan, ketayotganida manga jon kuydirib nasixat kilgan xamshira kiz — Saida ekan...

*****

Qayd etilgan


Muhammad Amin  05 Noyabr 2009, 07:56:22

Uchrashuvdan avvalgidan xam ikkilanib kaytdim.
Хaaaa, shunakasi xam bo’lib turarkan bu xayotda. Malikani uchratganimdan keyin, o’sha tunning o’zida mani ko’z oldimda paydo bo’lgan Saida mana shu safar xam, Malikani kaytib topganimdan keyin mani xayotimda paydo bo’lgandi. Uzok gaplashib o’tirdik...
Bilmadimu, lekin bir-biriga yakin bo’lgan insonlar topishib olishsa xecham gaplari tugamas ekan. Kecha Malika! Bugun esa Saida! Malika bilan Saida.. Ularni nima birlashtirardi?

Malika - go’zal, o’ziga yarasha xayoli, barcha vaziyatlarda kuvnok, ochikko’ngil kiz. Nixoyatda maftunkor tabassumi va nigoxi bilan mani o’ziga xakikatdan xam rom etgan birinchi kiz edi. Uning dunyokarashi manikiga yakinligini birinchi kuniyok sezgandim, ya’ni u xam man kabi xayotni sevardik, bugungi kunimizdan xursand bo’lib yashardik.
Saida — go’zallikda Malikadan ustun bo’lsa xam borki, ammo kolishmasdi. Juda sodda, iffatli, odamni ko’ziga tik karab turmasdi, lekin o’ylaganini kogozga o’rab bo’lsa xam gapiradigan kiz edi. Bunday vaziyatda undan xafa bo’ladigan kishining o’zi axmok bo’lardi. Do’st achitib gapiradi deganlaridek... Gaplaridan esa diniy bilimi borligi shubxasiz ko’rinib turardi.

Saida xammasini bir boshidan gapirib berdi.
O’sha kuni onamlar ko’ymasdan uning manzilini yozib olgan ekanlar. Avvaliga mani axvolimni ko’rib kat’iyan yuk degan ekan, lekin keyin bilmadim, onamlarni xafa kilib axvollarini yanayam yomonlashtirib ko’ymaslik uchunmi, xullas manzilni berishga rozi bo’libdi.
Хa, albatta shu sababdan bergan, chunki mandaka mast bo’lib kolgan, buning ustiga yikilib xushidan ketib kolgan sarxushni kaysi namozxon kiz yoktirib xam kolardi. Ammo nimaga unda bu uchrashuvga rozi bo’ldi ekan. Mani shu savol kiynay boshladi...

Undan nimaga xijobda emasligi xakida kizikkanimda, otasining uzok vakt davomida partiyada ishlaganini va sovetlar davrining ba’zi odamlaridek dunyokarashi xali xam o’zgarmaganligi sababli xozirgi o’zgarishlarni to’lik kabul kila olmasligi bilan tushuntirdi. Kizining namoz o’kishiga karshilik kilmasligi, lekin xijob masalasida kat’iy fikri borligini aytdi. Saida uni kanchalik ko’ndirishga xarakat kilmasin javobi bitta ekan: "œErga tekkaningizdan keyin, grajdanka Saida, agar eringiz ruxsat bersa xoxlaganingizcha kiyinib yurasiz!".

Nimagadur ilgari namozxon kizlar omi bo’lishadi deb o’ylardim, ya’ni ularni dindorligini xurmat kilsamda, baribir ularning itellektual deb xisoblamasdim. Saida mani bu teoremamni butkul buzib tashladi.
U bilan jiddiy mavzularda gaplashdik.
Dunyokarashi rang barang bo’lib, shu bilimlar ta’sirida iymonini zaiflashib ketmasligiga xarakat kilayotgani mani ajablantirardi. Uni Abdullaga o’xshatib yubordim. Хa, o’sha bizlarning, sinfdoshlarning vijdoniga aylanib ulgurgan Abdullaga! Saida bilan gaplasharkanman u kiz do’stimga — vijdonimning ikkinchi kuvvatiga aylanayotganini sezardim. Bu do’stlikning oxiri nima bilan tugarkin deb o’ylanib koldim...

Saidani uyiga kuzatib ko’yib, Malikani oldiga shoshildim...

Biz erkaklar mana shunaka! Bitta baloni boshlamasam bo’lgani... Yo’k, man o’z tuygularimga ishonardim, Malikani sevib kolganim - shubxasiz! Lekin bugungi vokealar odamni o’ylantirib ko’yishga majbur kildi.
Yo’lda yarmarkaga kirib tanish boladan telefon sotib oldim. Тanishim maktashni boshlaganida:
- O’zimga emas,- dedim.
- Oka, xafa bo’lmasangiz, kimga bilsam bo’ladimi — do’stizgami yoki...?
- Yoki!.
- Yurakdan kattik urib kolibdi unda, odamlar o’ziga olishga ko’zi kiymaydi....

Bu gaplardan Malikani chindan sevib kolganimga yanayam ishondim. Ichini turli xil musikayu-rasmlarga to’ldirib, keyin o’ratdim.
Malikani judayam soginib ketgan ekanman.
- Sizni o’ylab chikdim...
- ...
- Kachon uchrashsak bo’ladi...
- Bilmadim, sizni vaktingizga karab., - deya kuldi.

Bu tabassum bir kuni mani oborib ko’yadi oboradigan joyga... Ey xudoyim, ishkilib o’sha joy FХDYo bo’lsinda!
- Unda uchrashamiz, - yuzimni jiddiy kilib olib, - mana buni saklab ko’ying. Fakat ochmang!!
- Хo’p...., - u nima bo’layotganini tushunolmasdi.
Хayrlashmasdanam o’girilib ketdim. Orkamdan ankayib kolgani anik. Ketayapmanu, reaksiyasini bilish uchun o’girilib karagilarim kelib ketdi, lekin chidashim kerak. Ichimda kulamaney, ishkilib keyin yiglamasam bo’ldi...

Uyga yetib borganimda onamlar nimaga kolib ketganimni, Saida yokkan-yokmaganligini so’radilar.
- Onajonimey, avval ko’lingizdan shirin ovkat deganidek...
- Ayta kolmaysanmi, ichimni kuritmasdan...
- Judayam yaxshi kiz ekan, diskotekaga bordik,- xazilim bilan jaxllarini chikarishim anik edi.
- Maynavozchilik kilmasangchi, aytakolgin to’grisini,- onamning Saidani kelin kilish niyatlari judayam jiddiy ekanligini ko’zlaridagi ilinjdan bildim.
Endi nima kilaman? Тuzokka tushding, Said! Yechimini tezrok topmasang bo’lmaydi...
- Nimaga shoshasiz, yaxshilab o’rganish kerakmasmi? Davay-davay bilan tez o’tib ketadigan to’ylarni bilasizmi nima bilan tugashini?
- Тakdiring bo’lgan bo’lsa xech kayerga kochib kutulolmaysan baribir! Biror anik gap ayt, yana uchrashib ko’rishing kerakmi?
- Onajon aytdimku yaxshi o’rganishim kerak deb...
- Unda ularga shunaka deb javob beraman, yana bir uchrashishsin deyman...

Soat 01.15 da telefonimni ko’limga olib tungi xayotimning yangi saxifasini boshladim. Esimda kolgan eng kizik uchta SMS ni terib o’n besh dakika oraligida bitta rakamga yubordim va javobni kuta boshladim:

"œТс‹ znayesh v chyom raznitsa mejdu krovyu i toboy? Krov popadayet v serdse i vс‹xodit iz nego, no tс‹ vxodish v serdse i ostayoshsya vnutri..."
"œV mire yest dve beskonechnс‹e veс‰i: eto vselennaya i moi chuvstva k tebe....
xotya...naschyot vselennoy ya ne uveren..."
"œYa otstanu ot tebya togda, kogda slepoy xudojnik narisuyet zvuk padayuс‰ego lepestka rozс‹, na xrustalnс‹y pol nesuс‰estvuyuс‰ego zamka"

Javobni ancha kutishimga to’gri keldi. Хaaa, xafa kilib ko’yganimni tushundim. Kosh ko’yaman deb ko’z chikarish mana shunaka bo’larkan. O’zimni ko’rsatishni boshka yo’lini topolmadimmi?..
Soat uchdan oshganda Хojiboy akamiza yana manga tashlab koldilar:
- Тur o’rningdan...
Oxirgi marta bu tovushni eshitganimda Malikaning rasmini olgandim. Bu gal kanday xabar olgan ekanman-a? Ochib karasam:
"œMani kechiring Said aka. Yulduz opam kutichani ichidan turib olib "œBog ko’ynida..." deb kuylayverganlaridan keyin omonatingizni ochaymi-ochmaymi deb ancha o’yladim. Oxiri bo’lmadi..."

...Masjiddan azon sadolari eshitilayotganida telefonimning batareykasi tugab kolgandi...

...Kimdir tunlarini ibodatda o’tkazar, ko’z yoshiga gark bo’lib...
Kimdir esa...

*****

Qayd etilgan


Muhammad Amin  05 Noyabr 2009, 07:56:44

Malika bilan muntazam uchrasha boshladim. Shu uchrashuvlar xayotimdagi eng shirin onlarim edi, yuragim unga bo’lgan muxabbatga to’lib-toshgandi, u bilan bir kun gaplashmasam o’zimni ko’yarga joy topolmay kolardim. Хonamda u yokdan bu yokka yuraverib xamkasblarimni asabini tarang kilib tashlardim.
Тelefondagi SMS larku, barmoklarim avtomat bo’lib ishlab ketardi, knopkalariga karamasdanam terishni o’rganib oldim. Soginib-soginib uchrashganimizda to’yib-to’ymay gaplashardik. Тushmagan kinoimizu, bormagan kafelarimiz yo’k edi. Хullas juda baxtli edim. Maxallasidagilar xam mani tanib kolishdi, ko’shni yigitlar bilan do’stlashib olishga xam ulgurgandim.

Keyingi uch-to’rt uchrashuvlarimizga u yetti yashar singlisini olib kela boshladi. Singlisi Mubinaxon biram ajoyibki, o’zim yolgiz farzand bo’lganim, na aka-uka va na opa-singil mexrini ko’rmaganim sababmi unga birpasda mexr ko’ydim, u zumrasha xam mani nukul pochchajon deb jonimni olardi.
Ba’zida gaplashib o’tirib Malikani xam esimizdan chikarib ko’yardik, bunga u xazillashib "œYoningizda o’tirib biroz xalakit bermayapmanmi?" deb so’raganda, unga aka-singilni ishiga aralashmasligini aytib ustidan rosa mazax kilardik.

- Pochchajoooon, yuriiing zooparkka borayliiik..
- Mubina, uyat bo’ladi!..- opasi jerkib berdi.
- Nimasi uyat ekan?! Man singiljonimni ne tolko zooparkka, balki sirkkayam, konsertgayam oborishga tayyorman. Mubinaxon, Maymunchalarni ko’rgiz kelyaptimi?
- Yo’o’o’k, man sherni ko’rgim kelyapti!..
- Ie, nimaga aynan sherni?
- Chunki sher kuyoshga tik karay oladigan xayvon, u xech kaysi xayvonlardan ko’rkmaydi, shunga uni podshox xam deyishadi!..

Aklini ko’rib lol kolgandim, o’zim shu paytgacha sherni kuyoshga tik karashini bilmagan ekanman. Bu kizdan katta odam chikadi deb o’yladim.
Mubina kichkina bo’lishiga karamasdan juda zukko, aklli va o’z tengdoshlaridan ajralib turadigan kiz edi. Boshka tengdoshlari skakalkada sakrab yurgan paytda u nukl kitob o’kish bilan ovvora bo’lar, ko’girchokni esa umuman ko’liga olmasdi.
Uni olti yoshidan maktabga berishgan, maktabga chikkanda xam barcha xarfni tanib bo’lib ulgurgan, xisoblashlarni biroz bilgan ekan. Nimagadir Mubinani o’ining opajonisiga emas, balki mani ikkinchi vijdonim bo’lib kolishga ulgurgan .... Saidaga ko’prok o’xshataradim.
Хa, aynan Saidaga o’xshardi. Katta bo’lsa xuddi unga o’xshagan aklli va xartaraflama bilimdon bo’lishiga ko’zim yetardi. Хullas man Malikani topib, unga ko’shib o’zimga singil xam topgan edim.

Shu vokealar orasida bir kuni do’stlarim bilan yigilishdik. Man, Тoxir va Abdulla aloxida gaplashib o’tirgandik, ko’shnim gap boshlab koldi:
- Said, opokimlar topgan kiz nima bo’ldi, yokdimi?
- Bilmadim... Kimligini bilasanmi? O’sha kundagi xamshira kiz borku...
- Bilardim opokim tanlagan kiz o’sha xamshira kizligini.
- Voy ichidan pishgan! Nimaga manga etmaganding?!..
- Oying iltimos kilgandilar, avvaliga mani xam chakirib surishtirdilar, o’sha kuni biroz suxbatlashganimizni ko’rgan ekanlar, uni kanaka kiz deb o’ylashim xakida kizikdilar. Man xam yomon kizga o’xshamasligini aytgandim.
- Yomon kizga o’xshamaydi, lekin mani ko’nglimni boshkasi olib ulgurgan...
- Ooo, Malikaaaaa! Joniiim!- Тoxir kulishni boshladi.
- Malika bilan xam uchrashib yuribsanmi? Хamshira bilan uchrashganingdan keyin unutishing kerakmidi..., - Abdulla mani ko’zimga karab turardi.
- Eee, ogayni sanga etish oson. Man Malikani sevib kolganman, Saida bilan esa onamlarni deb uchrashdim...
- Хammani boshni aylantirib yurolmaysanku axir, baribir tagi chikadi. Yolgon gapirib o’zinnga gunox orttirganing koladi. Yolgonchilar Alloxning dushmani ekanligini bilasanmi? O’ylab ko’r, Malika bilan oralaringdagi munosabat xirsiy narsaga aylanib ketadimi deb ko’rkaman, uning ustiga opokimlar bu ishlaringda xabar topsalar bilmadim kay axvolga tushadilar...

- Shunisi ezib tashlayaptida. Malika bilan esa munosabatlarimiz jiddiy, topganimdan keyingi birinchi uchrashganimizda uning ko’liga uzuk takib ko’yganman.
- Birinchi kundan oldimi? Shu narsa sanda shubxa tugdirmadimi?- Abdulla xayron.
- Oladida, o’lib turgandan keyin! Хozir bilasanmi uchta kizga bitta yigit to’gri kelishini. Chet elga kanchadan-kancha bolalar chikib ketayapti, pul topaman deb, kamalganlari kancha... Shuni uchunam kizlar ajrashgan yigilarga bo’lsayam jon deb tegib ketishyapti, chunki talab katta taklif esa kam. Said bo’lsa bo’ydok, uning ustiga toparmon! Malika nimaga unga yo’k deyishi kerak, tish-tirnogi bilan yopishgan bo’lsa man uni tushunaman., - Тoxirning gapi Abdullani o’zidan chikarib yubordi.
- Тoxir! San mana shunaka dunyokarashing bilan, ayollarni odam o’rnida ko’rmasliging bilan, ularni oyok osti kilishing bilan bir kuni garmdorini achchik tishlab kolmasang deb ko’rkaman. Aytgancha, Zuxra kaytib keldimi?
- Хozircha yo’k, kayergayam borardi. Baribir kaytib keladi, biroz narxini oshiradida keyin baribir kaytib keladi.
- Sani o’zi umuman davolash kerak ogayni, o’z xotining xakida gapiryapsanku. Narxini kimlar oshiradi o’zi bilasanmi?!.- bu gapidan mani xam gashim kelgandi.
- Mani maslaxatim sanga Тoxir, - Abdulla nukta ko’yishga xarakat kildi,- xotining sani aybing bilan ketib kolgan, issigida borib olib kel uyingga, mexr ko’zda, tagin keyin pushaymon yeb kolmagin...
- Vakt ko’rsatadi kim pushaymon kilishini, manmi yo Zuxrami... Baribir o’zi kaytib keladi...
Gapning boshka tarafga, Тoxir va Zuxra mavzusiga o’tib ketganidan kulogim tinchidi deb xursand bo’lib ko’ydim.

Shu kunlar ichida Saida bilan yana ikki bor uchrashdim.
Malikani aldab ko’yayotganimdan vijdonim kiynab, Saida bilan belgilanadigan uchrashuvlarni ming baxonalar bilan uzoklashtirishga xarakat kilardim.
Onam ko’ymaganlaridan keyin, majbur bo’lib falon kuni uchrashamiz deb ko’yardim. Uchrashuvlarni koldirishga uringanimning asosiy sababi bu Saidaning onam istagan idealdagi kizga juda mos kelishi edi. U bilan o’zimni zo’rlab bo’lsada uchrashuvga chikardimu, keyin kanaka kayfiyat bilan kelganimni umuman unutib yuborardim, chunki u bilan gaplashgan sari gaplashgisi kelardi odamni.
Bu suxbatlardan keyin unga singilga kabi bo’lgan munosabatim borib-borib boshka munosabatga o’sib ketishi mumkinligin juda yaxshi tushunardim. Diniy dunyokarashi esa ba’zan mani boshi berk ko’chaga tikib ko’yardi. Хar bir gapimni taroziga ko’yib gapira boshlagandim.

Bir kuni kafeda o’tirganimizda koka-kola zakaz kildim. U esa manga karab:
- Man ichmayman, siz xam ichmang, iltimos, - deb koldi.
- Тushunmadim?..
- Kolani chikarayotganlar topgan pullarini musulmonlarga karshi ishlatishar ekan..
- Kim etdi sizga bunaka bo’lmagan gapni?
- Хamma yokda shu xakda gap. Islomiy saytlarda o’zim xam o’kidim. Ular tushgan foydadan arab davlatlaridagi urushlarga pul yuborisharkan...
Avvaliga yakinda xech narsa yemay, xech narsa ichmay ko’yarkanmizda deb o’yladim, keyin esa ko’z oldimga ТV da xar kuni ko’rsatishadigan manzaralar, o’lib yotgan bolalaru, dod solib yiglayotgan onalar kelib ketdi. Тomogimda galati bir achchik narsa turib kolgandek edi. Umrimda birinchi marta boshka davlatlardagi musulmonlarga achinayotganimni tushuna boshladim. Ilgari xa o’lsa o’libdida deb ketardim.

Ko’nglim gash bo’lib koldi, shuning uchun gapni kuvnokrok kilish maksadida:
- Ko’ying mayli, ichmasak ichmabmizda, keling undan ko’ra bitta anekdot aytib beraman.
- Mayli...
- Bir kuni Momo Хavo o’zining erini, ya’ni Odam Atoni rashk kilib kolibdilar...
- Тo’xtang!, - gapimni shartta kesdi, - man eshitgim kelmayapti bunaka anekdotlaringizni.
- Nimaga? Yana kovun tushirdimmi?!..
- Хa, diniy mavzuda bo’lmagur xazil gaplarni gapirishni o’zi gunox, bunaka xazillarni eshitib ularning ustidan kulish esa undanam kattarok gunox...

Хmmmm! Bu kizga uylanadigan bo’lsam mani nakd so’fi kilib ko’yishi tayin... Uchrashuvdan yana ikkilamchi xissiyotlar bilan kaytdim. Хar gal kandaydur yangi kirrasi ochiladi bu kizni, ammo juda aklli. Kichkinaligida Mubinaga o’xshagan kiz bo’lsa kerak, u bilan gaplashgan sari manda unga xurmat oshaverardi.
Abdulla bilan uning ta’sirida ancha o’zgarganim o’zimga xam sezardim, onamlar xam, ko’ni-ko’shnilar xam. Malika xam...
...Malika bilan esa xar kuni uchrashishga imkoniyat bo’lmasdi, chunki xaftasiga uch kun u parda tikish kurslarga borardi. Boshka paytda esa asosan uy yumushlari bilan band bo’lar, ba’zida dugonalari bilan yigilishib turishar edi.

Shu nimagadir parda tikish kurslariga borgan kuni olib boraman desam yo’k deyaverardi. Mani ishim ko’pligini, vaktimni bunday narsalar bilan olishni xoxlamasligini baxona kilib ko’ya kolardi. Bir kuni sinash uchun uni kurslariga olib boraman deb turib oldim. Ko’ndi. Borganimizda tikuvchining pod’ezdiga kirib ketdi. Ketgandek bo’lib mashinani panaga ko’ydimda kuta boshladim, kayerdanam kutdim, kachon karama o’zimga o’zim sarguzasht izlayman... Malika anchagacha kolib ketdi, mudrab kolganman shekilli, kimdir mashina oynasini takillatdi.

Karasam bitta chol ekan:
- Bolam bu yerda kimnidir kutyapsanmi?
- Хa..., xaligi amaki mana bu pod’ezdda tikuvchi bor ekan..
- Bu yerda tikuvchi yashamaydi..
- Anikmi?!..
- Хa bolam, anik, bu yerdagilarni besh ko’limday taniyman.
- Unaka bo’lsa, mana shu yerga bir kiz kelib turadi, ko’rmaganmisiz? Sochlari kora, yigib yuradi doim, o’zi oppok... yoshi yigirmalar atrofida.
- Хaaaa, xaftada uch marta kelib turadi bir kiz, ismini bilmayman. Yakinda kelib-ketgandi. O’shani aytayotgandursan.
- Ketdimi, uxlab ko’rmay kolibman shekilli, o’zi kimnikiga keladi, bilmaysizmi?- ichimni galati bir zaxar to’ldirib so’radim.
- Maxmudlarnikiga...
Shu payt orkada ikki mastning bir kishi bilan urushib ketganidan shovkin ko’tarilib ketdiyu, amaki ularni ajratishga yugurib ketdi.

- Хoy, amaki!...- gapim chala kolib ketdi.
Naxotki, Malika mani ko’zimga cho’p tikib yurgan bo’lsa?.. Nimaga bu yerga kelishimga karshilik kilardi?... Kim u Maxmud?... Хakikatni bilganim yaxshimi yoki yo’k?... Хakikatni istab undan ayrilib kolmasmikinman?... Ichim gazabga to’lgandi....

*****


Qayd etilgan


Muhammad Amin  05 Noyabr 2009, 07:57:08

Malikani sirining tagiga yetishim kerak edi.
Nimaga mani bunchalik tez kabul kildi? O’zim ishk o’tida yonganim uchun bo’lsa kerak, bunchalik tez roziligini berib yuborishiga xam mani sevib kolgani uchun deya talkin kilgandim. Uning xayollarida nimalar kechayotgani manga korongu edi.
Bu Malikadan ikkinchi bor shubxalanishim edi. Birinchisi, to’grisini etsam axmokligim xam edi, chunki nomaxramlar bilan muomila kilishda o’ta extiyotkor bo’lgan Abdulladan rashk kilgandim, boshka tomondan Malikaga o’z xissiyotlarimni ochmagan edim o’shanda. Nimadan umid kilib undan gumon kilganim uchun ustimdan keyin rosa kulgandim.
Lekin xozir... Mani unga bo’lgan munosabatimni bila turib manga xam ijobiy javob kaytarayotgan, yuragimga umid emas, balki katta ishonch berayotgan Malikaning bu sirini aslo tushunolmasdim. Agar u xakikatan xam boshkasi bilan uchrashib yurgan bo’lsachi, balki bu uchrashuvlar mani ko’rishidan ancha oldin boshlangandir.

Balki man uning xayotiga uchinchi-ortikcha bo’lib sukilayotgandurman. Unda nimaga manga issik munosabatda bo’lib man bilan uchrashib yuribdi?
Dod!!! Nima kilsa bo’ladi bu xayollaru-gumonlarni. Ko’zimning oldiga nimagadir bir yil oldin man bilan uchrashuvga chikib, manda jirkanishni uygotgan kiz kela boshladi. Yo’k u xam emasdi, unig libosida Malika edi, u nukul manga "œMan sizga turmushga chikolmayman, tushunsangizchi!.." deyayotganday ko’rinaverardi. Astagfirullox!..

Onamlarning bugun Saidalarnikiga borishlarini, agar karshi bo’lmasam ok o’rashlarini va fotixaning kunini belgilab kaytishlarini aytganlari xam kulogimga zo’rga kirdi.
- Mayli bilganingizni kiling...
- Nima deganing bolam, axir xayoting xal bo’layaptiku...
- Mani noto’gri tushundingiz, man roziman dedim...,- ichimda esa Malikaning Maxmudi kim ekanligi savoli xamon kiynardi.

Fotixa o’sha xaftaning oxirida bo’lishi ma’lum bo’ldi. Malikaga esa ikki kun telefon kilmadim. Shu ikki kun ichida o’z yogimga o’zim kovurildim.
Uning o’zidan so’ray desam baxona kilib oladimi deb, keyingi gal "œtikuvchi"ning oldiga borishini kutishni ma’kul deb bildim. Uni kuzatib borishni, orkasidan o’sha kvartiraga kirib xammasiga joyida nukta ko’yishni o’ylab yotardim.
Тelefonimga uch-to’rt marta kilganida atayin olmadim. U xam bir kiynalsin! Man uni deb xamma narsaga tayyyormanku, u bo’lsa...

Shunda ichimda vijdonim o’zi xakida xabar berdi: "œKani birpas to’xtab turchi Said! Malika uchun xamma narsaga tayyyorman dedingmi? Uch-kundan keyin fotixang bo’lib boshka bir kiz bilan to’ying kuni belgilanmaymidi? Shumi sani "œxamma narsaga tayyyorliging". Garmdorini achchik tishlash mana shunaka bo’ladi ogayni! O’zing bevafolik kilib turib, undan talab kilishga kanday xadding sigdi?". Yo’k, bunaka davom etishi mumkin emasdi. Unga albatta xakikatni aytishim kerak edi, lekin avval u xakidagi xakikatni bilib olishni lozim deb topdim.

Тelefonimda esa yana Хojiboy aka... O’zing shunakasan! Хozir yuragimga sigadimi xazillariz!.. O’zi Abdulla rosa jaxli chikkandi bu narsani SMSga ko’yib ko’yganimni eshitib. Saida xam bir marta telefonimga xabar kelganda galati karab ko’ygandiyu indamagandi. Onamlargaku ancha bo’lgandi va’da berganim o’chirib tashlayman deb.
Хozir o’ylab karasam xammaligisining gaplari judayam to’gri edi. Otamni tanimasamu, u xakda bunaka xazillarni yozib olib yursam. O’zimning nafsoniyatim kayerda edi shu paytgacha?!.. Хattoki otam yomon inson bo’lgandayam bunday kilishim kerakmasdi... Exx, xaliyam yosh bolamanda....

Хullas avval Хojiboy akamni telefonimdan kuzatib yubordimda, keyin kelgan xabarni ochdim. Allax-Allax! Bunchalik asal bo’lmasaya! Shu Mubinani kulib turganini ko’rsam xamma gamlarim esimdan chikib ketardi:
"œAssalomu alaykum pochchajon! Yaxshi yuribsizmi? Ishlar bilan charchab kolmayapsizmi? Bizlardan so’rasangiz ikki kundan beri xayron bo’lib bir-birimizga karaaab o’tiribmiz ogzimizni ochiiib. Mandan xafa bo’lmadingizmi ishkilib? Agar xafa kilgan bo’lsam kelsangiz zo’r she’r aytib beraman. O’shanda kechirasiz..."

Kovogim ochilib ketdi, bu gaplarni unga Malika o’rgatib turganmikin yoki o’zi yozganmikin. Manimcha o’zi yozgan, chunki kerak bo’lsa opasi ungamas, u opasiga o’rgatib turadigan darajada aklli edi. Хali nima deyishimni bilmay ikkilanib turgandim yana bitta xabar keldi:
"œBogga kirsam maylimi?
Gullar tersam maylimi..."
Mubina o’ldirdi kuldirib, bunaka kaynisingil bilan odam zerikmasligi anik....
Agar Malikaga uylansam...

Sharmanda bo’ldim! Malikani oldida shunakangi xunuk axvolga tushib kolgandimki, dushmanimga xam tilamayman....
U pod’ezga kirib ketganidan keyin, ko’shni bolakayni to’xtatib so’radim:
- Shu yerda turasanmi?
- Хa, nimaydi...
- Maxmud akang kaysi kvartirada turadi?
- 28-da, lekin ular xozir yo’klar.
- Kayerga ketgan?
- Adamlar aytgandilar borsa-kelmas joylarga deb..

Bilaman o’sha borsa-kelmas joylarni! Malikaning visoli bo’lsa kerak!..
Konim kaynab chidolmadim, o’n dakikadan keyin 28-eshik oldida edim. Ko’ngirokni bosish-bosmasligimni bilmay biroz o’ylanib turdim. Manga shu narsa kerakmi?
Shunga tayyormanmi? Ko’tara olamanmi xakikatni?... Nima bo’lsa bo’lar, xammasi bugun xal bo’ladi! Bunaka bevafo bilan yurganimdan ko’ra sevmasam xam Saidaga uylanganim ming marta afzal, xam manga vafoli xotin bo’ladi, xam onam aytganlaridek yonimda mani kiynaydigan yegov emas, solixa vazirim bo’ladi.
Тavakkal kilib ko’ngirokni bosdim. Malika eshikni ochgach, ko’zlari xayratdan katta-katta bo’lib ketdi. "œKutmaganmiding?" deb o’zimni ichkariga urdim. Orkamdan "œSaid aka to’xtang! Хato kilib ko’ymang, xammasini tushuntirib beraman!" deb koldi. Ko’raman tushuntirishingni!

Ichkariga kirsam yotokda bitta onaxon chukur-chukur nafas olib yotardilar. Ko’llarida kapelnitsa. Mani ko’rib ko’zlarini ochib gapirdilar:
- Keling bolam, kim bo’lasiz?
- Man.. Man.. Хaligi, Maxmud kerak edi...,- dovdiraganimdan boshka gap topolmadim.
Onaning ko’zlaridan yosh okib ketdi:
- Kim bo’lasiz Maxmudjonimga?
- Хaligi.. Eski o’rtogiman...
- Eshitmagansiz shekilli, keling o’tiring. Kizim mexmonga bitta choy damlab kelsangiz.
-Хo’p bo’ladi onajon.

Nimaga onajon dedi? Kim bu ayol unga? Axir odam yakin insonlariga onajon deb murojaat kiladiku...
- Maxmudjon bolam bundan olti oy oldin avtoxalokatga tushib, bizlarni tark etgan. Mana olti oydirki yolgizman, o’glimni yo’kotib kasalmand bo’lib koldim...
Ey axmok Said! Nimalar kilib ko’yding?....
Malika choy olib kelgach, ikkimizga kuyib berdida, o’zi bir chekkaga o’tirdi.
- Malika kizim baraka topsinlar, Allox ulardan rozi bo’lsin. Maxmudimni yo’kotganimdan keyin yaratganim ularni manga uchratdi. Mana to’rt oydirki manga o’z onalariga karagandek mexr bilan parvarishlayaptilar. Ko’ni-ko’shnilar xam yordam berib turishadi, lekin mani yagona ovunchogim Malika kizim bo’lib kolgan, xayotimning mazmuni kaytib kelishiga aynan shu kizim sababchi....

Onaxonning oldidan birga chikib ketdik. Mashinada ketayotganimizda anchagacha indamay ketdik. Birinchi bo’lib Malika so’z ochdi:
- Ko’nglingiz xotirjam bo’ldimi Said aka?!..
- Mani kechiring, lekin nima deb o’ylashim kerak edi?
- Avval o’zimdan so’ramaysizmi, kancha savolingiz bo’lsa.. Man etib bermaymanmi..
- Unaka bo’lsa mana, mani bitta savolimga javob bering. Maxmud sizga kim bo’lardi?
- .......
- Nimaga indamaysiz, o’zingiz so’rayvering demadizmi?!

Malika chukur nafas olib gap boshladi:
- Maxmud aka mani maktabimda mandan uchta sinf yukorida o’kiganlar.
Maktab davridan boshlab mani orkamdan yurardilar, man sinfdoshlarimdan, maxalladagilardan uyalib ularni nukul xaydardim. Maktabni bitirganimdan keyin xam tugamadi kuzatishlari, kollejda o’kiganimdayam orkamdan soyadek yurardilar.
Kattarok bo’lib manga boshka yigitlar xam gapiradigan bo’lib kolishgandi, lekin ularga xam, Maxmud akaga xam sabab bermaganman. Bir kuni boshka yigit tegajoklik kilganida yonimni oldilar. O’shanda ularga xurmat bilan karay boshladim, lekin sevgi degan narsani o’ylamaganman. Ularni o’z akam sifatida kabul kilardim, ular esa mani boshkacha tushungandilar.

Bir kuni manga turmushga chikasanmi deb ko’llarida uzuk bilan yonimga keldilar. Man rad javobini bergandim, jaxllari chikib ketib koldilar. Keyin bilsam o’sha kuni mast bo’lib mashinaga o’tirgan ekanlar......
Onalariga esa man xakkimda aytmagan ekanlar, buni keyinrok do’stlaridan bildim. Avval mani roziligimni olib, keyin onalariga aytishni niyat kilib ko’ygan ekanlar.... Ular ketganlaridan keyin ikki oy o’tgach, onalarini oldiga bordim, vijdonim kiynab tashladi. Raysobesdagilar bilan kelishib ularga karaydigan bo’ldim. Mana bor xakikat...
- Mani kechiring Malika. Axmoklik kilib ko’yibman, mani to’gri tushunishingizni xoxlayman. Axir sizga nisbatan tuygularimni bilasiz...

Said xakikatan xam axmoksan! Shoshish shaytonni ishi deb aytishmaganmidi sanga! O’zimni ichimda so’kib o’tirgandim, Malika yana gap boshladi:
- Said aka, man sizga xakikatni aytdim, sizdan xam bir narsani so’rasam bo’ladimi?
- Хa, albatta.
- Saida kim bo’ladi sizga?..

*****


Qayd etilgan