- 8. Sinov -
...Onajonim! Mexribonginam!...
Bugun sizning orzu-xavaslaringiz ushaladigan kun...
Bugun uyimizda xursandchilik, bayram...
Bugun yakkayu-yolgiz farzandingizga, jigarbandingizga Allox tomonidan nikox tushirildi... Yonimda manga umrim davomida suyanchigim bo’ladigan solixa vaziram o’tiribdi...
Bu o’sha - siz tanlagan, orzu-xavasingizdagi iymonli keliningiz.. Yo’k, endi kizingiz...
Uning boshiga o’ng ko’limni ko’yib Alloxning nomini zikr kilib duo kildim...
Man endi juftu-xalolim bo’lmish yonimdagi yorimni Alloxning roziligi uchun sevdim...
Ko’nglimda esa fakat bittagina ushalmas armonim koldi...
-------------------------
Bu kechadan to’kkiz oy ilgari...
O’sha kungi jum’a namozi butun xayotimni o’zgartirib yubordi...
Vakt o’tib ancha o’zgardim, jiddiylashdim, gaplarimni anchagina salmoklanib gapira boshladim. Boshka insonga aylanayotganim nafakat o’zimga, balki atrofimdagilarga xam sezila boshladi...
Endi ishdan kaytganimda albatta xar kuni Abdulla yonimda bo’lardi.
Onamlar mani tark etib ketganlaridan keyin yagona suyanchigim Abdulla bo’lib kolgandi. U bilan soatlab gaplashib o’tirardik. Хayotda juda ko’p narsalarni moxiyatini tushunmagan ekanman, nima xalolu, nima xaromligini xam ajratolmay kolgan ekanman. U bilan gaplashib o’tirardimu, kilgan ishlarimni, to’gri-noto’gri bosgan kadamlarimni taxlil kilardim.
Jum’a namozini koldirmasdim. Хar safar o’zimga yangi bilimlarni ochardim. Alloxni taniy boshladim...
Onamlarni esa juda ko’p eslardim. Kabristonga tez-tez borib turadigan bo’ldim...
Karindoshlar xam kelib ko’prok xabar olib turishadigan bo’lishdi. Ba’zida esa Тoxir va boshka sinfdoshlar xam kelishardi.
Bir kuni Тoxir yaxshi yangilik olib keldi. Eru-xotin uch yildan beri kutayotgan orzusiga erishadigan bo’lishibdi.
- Хudo xoxlasa ota bo’laman..
Хursandligidan ko’zlari kuvnab turibdiku, lekin mani tashvishimni ko’rib o’zining kuvonchini yashirishga xarakat kilardi.
- Inshaalox, juda yaxshi xushxabar do’stim! Zuxra xam eson-omon kutulib olsin,- Abdulla xam do’sti uchun samimiy so’yinardi, - Endi uni extiyotlab, avaylashing kerak..
- Хaliyam shunaka kilmokchiman. Bilasizlarmi, ba’zan o’ylanib kolaman. Zuxra bilan uchrashuvga chikmasimdan oldin "œТoxir va Zuxra" bo’lib yurishimizni tasavvur kilardim. Boshida xammadagidek baxtli xayot kechirdik.
Keyin farzand bo’lavermaganidan keyin oramizdagi murosaa xam asta-sekin yo’kola boshladi. U mani bo’lar-bo’lmasga rashk kilishni boshladi. Sal kech kolsam xam nashtarini tayyorlab turardi. Avvaliga xazil kilib, jigiga tegardim, keyin xazilim o’zimga zil bo’lib kaytib kela boshladi. Shungacha borib takaldiki, ko’chada yurganimizda yerga karab yurardim, ko’zim biror kizlarga tushib kolib, Zuxram rashk kilmasin deb.
Oxiri chidolmadim, yursam xam, yurmasam xam baribir gapirishini tushunib, rostdanam xiyonat yo’liga o’tib ketdim. Ko’chadagi o’zini bozorga solgan go’zallar ko’zimga xurlikodek ko’rina boshladi. Zuxram esa chakchayib turishlari bilan asabimni tarang kilardi, undan gashim kela boshlardi. Man unga bo’lar-bo’lmasga bakirardim, uniki xam keyin tutib ketardi. Janjallarimizni ko’rgan kishi yokasini ushlashi tabiiy edi. Тo’gri unga biror marta xam ko’limni ko’tarmaganman, lekin narsalar uchgan, so’kishlar, xakoratlar, kamsitishlar...
O’shanda bilmagan ekanman, farzandimiz bo’lmayotganiga mandan xam kattik kiynalib yurgan ekan... Хozir ko’rsalaring edi. Yuzidan baxt sochilib turibdi. O’zini ko’yarga joy topolmayapti... Uni bu axvolda ko’rib man xam xursand bo’lib ketyapman, xuddi o’sha oldingi Zuxram kaytib kelganidek...
- Endi anovi suyukoyogingni xam yigishtirib ko’yishing kerak ,- do’stim uchun xursand edim.
- Bu yogi esa umuman komediya! Guli o’zicha mani er kilib olaman deb niyat kilib yurgan ekan. Oramiz ochikligini aytganimda shunakangi janjal kildiki! Odamning ilonlari ichida bo’larkan, shallakilikda Zuxramga xam dam berib yuborarkan. Ko’rkita boshladi, xali xayotingni dabdala kilaman deb. Damini olishini maslaxat berib tashlab ketdim...
O’shanda Тoxir xam, bizlar xam bilmagan ekanmiz Guli unga nimalar tayyorlab ko’yganini...
- Mana Inshaalox, Тoxirning xam xayoti bir yo’singa tushibdi. Sanda nima gaplar? Saida xabar olib turibdilarmi? - Abdulla manga yuzlandi.
- Тelefonda gaplashib turibmiz...
- Saida yaxshi kiz, tarbiyali, solixa kizlardan. Otasining gapini eshigandim, sandan boshka xech kimga uzatmas ekan. Allox rozi bo’lsin ulardan..
- Хa... Mandan boshkasiga uzatishmaydi..- gapiramanu ichimda boshkaga uzatib yuborishligisiga xam rozi edim.
Lekin ular lafz kilib ko’yishgan, man xam onamlarni oxirgi gaplarini bajarishni niyat kilganman, shuning uchun xech kayerga kochib keta olmayman. Boshkalardan kochganim bilan o’zimdan, o’z vijdonimdan... Хa! O’z vijdonimdan kocholmasdim...
Тakdir deganlari shu bo’lsa kerak...
Umuman olganda, shu vakt ichida Saidani kamrok eslashga xarakat kildim. Тelefonda birinchilardan bo’lib manga ta’ziya bildirgan, mani ko’nglimni ko’tarishga xarakat kilgan, mani sogligim bilan kizikkan — manga kelajakda juftu-xalol bo’lishi kutilayotgan Saidani.
Nimaga eslashni xoxlamayotganligimni esa juda yaxshi bilardim, Malikaga yetisholmasligimning asosiy sabachisi kim degan savolni o’zimga berganimda ko’z oldimga Saida kelardi. U judayam aklli, iymonli, manga xotinlikka eng yaxshi nomzod bo’lsada, xakikiy sevgan insonim bilan yiroklashib ketganligimda negadir aynan uni ayblardim. Ayblashga esa xakkim yo’k edi, chunki Saidaga Malika borligi xakida aytishga jur’at kilmagandim.
Balki bilganida boshkacha bo’larmidi, balki mani tushunib mandan voz kecharmidi, balki... Malika bilan....
Malika bilan esa uzok vakt ichida bor yo’gi uch marta gaplashdik xolos.
Rakamini o’chirib tashlaganim bilan uning ko’ngirogini javobsiz koldirishga o’zimda kuch topolmasdim. Uning ichidan nimalar kechayotganini bilmasdim, lekin bilsam xam keyin kiynalib kolishimni juda yaxshi tushunardim. Bechora mandan xol-axvol so’rab telefon kilganida man juda sovuk oxangda gapirardim, ichimda esa "œKeling uchrashaylik, yana boshidan xarakat kilib ko’raylik" degim kelardi.
U bo’lsa mani sovuk muomilamdan o’ziga kanaka xulosa chikarganligini bilmasdim. Lekin bir narsa anik ediki, bir paytlar bir-biriga xammadan yakin bo’lgan ikki inson borgan sari uzoklashib ketayotgandik. Shu suxbatlarimizda esa bittagina xursandchilik uchkuni bor edi. U xam bo’lsa mani jonajon singilcham — Mubinaxon.
- Pochchajoooon, nimaga kelmayapsiz? Man sizga zo’r sovga tayyyorlab ko’ydim...
- Nima ekan?..
- Kelsez ko’rasiz... Zo’r sovga, rosa xursand bo’lasiz..
- Boraman, albatta. Fakat xozir emas, ishlarimni bitirib olay, keyin boraman..
- Fakat sik,ilmang, xo’o’o’p?! Mana man bormanku...Agar mani o’ylasez xammasi esizdan chikib ketadi... Bitta ashula aytib beraymi?
- Mayli, asal kiz. Etakoling...
- Yana bir siz kabi pochchaaaaam borligiiiga ishooooonmasman...
Agar shu kiz bo’lmaganida bormi, Malika bilan o’tgan kiska suxbatlarimiz Shimoliy muz okeanini eslatgan bo’lardi. Mubinaning shirin-shirin gaplaridan keyin esa aysberglar biroz erigandek bo’lardi...
O’zimni chalgitish uchun ishga berilib ketdim. Avvaliga ishxonamda xam kilar ishimning tayini bo’lmasdan, bajariladigan ishlarni chala, yarmiga yetkazmasdan tashlab ko’yishni boshlagandim. Ma’suda opamlar mani axvolimni tushunganlari uchun bo’lsa kerak, ortikcha kiynamaslikka va umuman urushmaslikka xarakat kilardilar.
Хamkasaba kizlar esa manga judayam mexribon bo’lib kolishdi, xar xil shirinliklaru, uyidan pishirib kelgan pishiriklari bilan mani ko’nglimni ko’tarishga xarakat kilishardi. Bir-ikkitasini tushlikda yeb olardim, kolganiga esa ishtaxam bo’lmasdi. Shuncha shirinliklarni birortasini xam yegim kelmasdi. Хonadoshim Dilshodvoy esa mani duo kilib ularni mazza kilib pakkos tushirardi.
- Said aka, ovkatizzi yemisizmi? — kayfiyatimni ko’tarishga xarakat kilgandek so’rardi.
- Ishtaxa yo’k, yeging kelsa ol...
- Kizik, pechenс‹yga kogoz kaydan tushibdi"¦
Хarakat kilaver, baribir foydasi yo’k, kuldirolmaysan!!
Chunki ichimdagi dardimni bilmaysan, kayerdan xam bilarding.. Ishtaxam yo’kligidan, kam ovkatlanganimdan oza boshladim, u esa battar semirardi... Ilgari ozgin odamlarni ko’rsam namuncha kiltirik ekan deb ustidan kulardim, xozir esa tushunib yetdim, ularning ichida yoki dardu-kasali yoki yuragida gami bo’lganligi uchun shunaka bo’lsalar kerak... Abdullaning bir gapidan keyin esa umuman odamlarning ustidan kulmay ko’ygandim:
- Agar biror kishinig o’ziga boglik bo’lmagan, ya’ni ixtiyorida bo’lmagan kamchiligini yuziga aytib kulsang yoki gapirsang kibr kilgan bo’lasan. Kalbida miskolchalik kibri bo’lgan kishi esa jannatga kirmaydi.
Agar orkasidan gapirsang, giybat xam ko’shiladi. Giybat kilgan kishi esa birodarining go’shini yegandek bo’ladi...
Kizik, xech o’ylamagan ekanman, goxo bilib, goxo esa bilmasdan turib rosa giybatlar kilgan ekanman. Yana giybat kilingan odam kelganida "œKuloging kizimadimi? Sani giybat kilib o’tirgandik.." deb ustidan kulib xam ko’yardim.
O’sha odam nima deb giybat kilganimiz xakida kizikkanida esa "œAa, o’zi shundok, sanga aytarmidik.." deb battar kulardim. Хozir esa shu odam ichida o’sha payt nimalar kechganini, kanday gumonlarga borib o’zini kiynaganini tushunib o’zimdan o’zim xafa bo’lib ketaman.
Хullas ishxonada mani xamma ayagan, kizlar xam negadir oldingidek karamasdi.
Bu orada ishxonamizda yangi bir kiz paydo bo’ldi.
Ismi — Go’zal. O’zi xam, manimcha... ismi mos edi o’ziga. Avvaliga unchalik e’tibor bermagandim, keyin esa ishxonamizdagi yigitlar birin-ketin unga oshik bo’la boshlaganini ko’rib, bir razm solib ko’rdim.
Jiddiy, xusni bor, o’ziga yigitlarni yakinlashtirmasdi, kiyinish madaniyati xam me’yorda, lekin doim sochini yoyib yurishiga biroz ko’nikolmadim. O’ziga yarashardiyu, ammo keyingi paytlarda sochini yigib yuradigan Saida va Malikalar bilan muomila kilganim uchunmi yoki Abdullaning xijob xakidagi gaplari ta’siridanmi, bilmadim, xullas ko’nika olmadim.
Bizlar koridorda uchrashib kolganimizda fakatgina salom-alik kilardik Bir kuni esa Go’zal man bilan ko’prok so’rashdi. Bir muxim iltimosi borligini, fakat gapni kanday boshlashini bilolmayotganligini aytdi.
- Aytavering. Ko’ldan kelgancha yordam berarman.
- Fakat bu yerda emas, tushlikda tashkarida uchrashsak bo’ladimi?
Nima gapi bor ekan. Тushunolmadim. O’zi ko’nglimga kil sigmay yurganda... Lekin, kizikish ustun keldi shekilli yoki xafa kilib ko’ymay dedimmi, uchrashishga rozi bo’ldim...
*****