Shu kunlari ishdan keyin deyarli kechki soat 11 largacha barcha ulfatlar Yunusobodda bo’ldik. Birinchi maksadimiz kizlarni topish, Malikaga nima bo’lganini aniklash bo’lsa, ikkinchisi uning yordamida Abdullani bu axvolga solgan ablaxlarni xam topish edi. Тoxir aytgan ko’cha atrofidagi ko’p kavatli uylardan Guli va Malikalarni surishtirishni boshlagandik. Baxonani karang, xech kim noto’gri xayolga bormasin deb surishtirayotgan odamning karindoshlari bu kizlardan birinikiga sovchilikka kelganu, keyin karindoshlari uni kiz xakida ma’lumot to’plab kelish uchun yuborishgan.
Ammo lekin Yunusobodda kim ko’p ekan, Guli va Malikalar ko’p ekan. Bundan yigirma yil oldin xamma ota-onalar kizlariga shu ismlarni tanlaganmi, nima balo? Malikaku mayli, eshitgan odam yo bilaman, yo bilmayman deydi. Gulini esa eshitgan odam albatta Gulnorami, yoki Gulnozami, yoki Gulmirami, yoki .... bu yogi odamni ismlarni bilish boyligiga boglik ekan. Maxalladagi bekorchilar uchun xar birimiz xakikiy "œgo’sht" bo’ldik ko’ydik. Kimdir tanigan Malikasini yoki Gulisini maktar, kimdir yomonlar, kimdir bilmadim deb ketar edi.
Shuncha Malika va undan xam ko’p Guli topildi. Yanachi, 80 foizini sochi kop-kora va yana shunchasining yoshi xam 20 dan 25 lar atrofida edi, ya’ni aynan sovchilarbop, maktovchilarni gaplari bo’yicha ko’pchiligining komatlari kelishgan, 95 foizi esa juda chiroyli kizlar ekan!!! Olaa, kelgan joyidan deb ko’yardim. Shpionlik ishlarini amalga oshirganimizda bizlar eng ko’p uchratgan javoblardan:
- Bo’y-bastlari kelishgan, doimo kulib turadi...
- O’zi yomon kiz emas, shu fakat bilasizmi...(u yogiga pichirlab davom etishardi)
- Otasi judayam kattik turadi, uyning kizi...
- Uni ko’chada yurishini ko’rsangiz edi, Astagfirullox...
- Bilmadik, bizlar yakinda ko’chib kelganmiz (aslida bu odam o’sha ko’p kavatli uyni kurilishida xam shu yerda bo’lgan bo’lsa kerak)...
- Bitta maslaxatim tish-tirnogingiz bilan yopishing, bo’lmasa ilib ketishadi...
- Sochini rangini bilmayman, chunki xijobda yuradi. Kichkinaligida koramidiyey...
- Ko’li gul kiz, maxallaning xamma kelinlari unga ko’ylak tiktiradi...
- Voy pazandaligini aytmaysizmi. Pishirgan taomlari(tortlari) ogzingizda erib ketadi...
- Sanlardan boshkasi topilmadimi surishtiradigan? Amakilari yoki togalari yo’kmidi?!..
- Ogayni, a tak yomon kizamas, maxallada uvajat kilishadi. Stoyaс‰iy kiz...
- Yurmagani kolmagan uni, kvartalni yarmi taniydi"¦
- Vooy, undan xam boshka zo’r kizlar bor domimizda (o’zlarini kizlari bo’lsa kerak)..
- Bilasizmi uni onasi (otasi) uygur (tatar, o’ris va xokazo)...
- Тagini surishtirayotgan bo’lsangiz, vodiydan(Хorazmdan, Buxorodan...) kelishgan...
- Ie, san kim bo’lasan mani singlimga?!!!!
Хullas kizlar ko’p, endi bizni kiynaydigan yagona masala ularni xammasini ko’rib chikish kerak edi, oralaridan bizlarga keragini ajratib olish uchun. Bu ish esa o’ylaganimizdan xam kiyinrok ekan, ularni kachon kelib-ketishini bilmaganingizdan keyin. Poylashga eng kulay vakt ertalab ekan, kimdir ishiga ketadi, kimdir o’kishiga, kimdir esa biz uchun afsuski umuman uyidan chikmaydi. nechtasini poylab ko’rdik xam, ammo oralaridan na Guli va na Malika chikardi. Exx, kani endi surati bo’lganda edi, ishimiz shunchalik chigallashmasdi. Тaniydiganlar yo topilardi, yo topilmasdi, vakt xam yo’kotmasdik.
Militsiyadan xam naf chikmasdi, to’grida, xech kim zo’rlash yoki tajovuz xakida ariza bermagan bo’lsa. Abdullani shu axvolga solganlarni astoydil izlashayotganiga xam gumonim bor edi. Uning oldiga borishni esa do’stlarim bilan bo’lishib oldik.
Besh kishi kizlarni kidirsak, bittamiz Abdulladan xabar olib kaytardik. Abdullaning uyidagi nochor axvol sabab bo’lgani uchun dori-darmonlarini deyarli xammasini sinfdoshlar zimmamizga olgandik, to’gri karindoshlari xam yordam berib turishardi. Lekin ulfatlar baribir mard ekanini ko’rsatishdi, yaxshi do’st boshgai kulfat tushganda bilinar ekan. Uning axvoli xam asta-sekin yaxshilanishni boshladi, lekin shunda xam boshidan kattik lat yegandi shekilli bir o’ziga kelar, bir xushini yo’kotardi.
Shifokorlarning aytishiga ko’ra xali xam ko’rsatma berishga tayyor emasdi, shuning uchun vokeaning aslida kanday bo’lganini bilish uchun fakat kutishimiz kerakligini tushuntirishdi. Beshinchi kuni kasalxonaga borganimda yurak bagrimni ezib tashlagan bir xodisa ro’y berdi. Kasalxonaga borish mani navbatim bo’lmasada bozordan mayda-chuyda oldimda, dorilarni ko’shib kasalxonaga kirib keldim, soat chamasi kechki o’nlar edi. Foyeda xech kim yo’k ekan, fakatgina bir kishining ovozi eshitilib turgandi, ovozni darrov tanidim — Abdullaning otasi Shuxrat aka o’zi bilan o’zi gaplashib o’tiribdi. Gapirgandayam ko’zidan tinmay yosh okardi "œMani kechir bolam, kechir axmok otangni", mani ko’rib darrov to’xtab koldi, dastro’molchasini olib yuzini artdida aligimga salom olib, turib ketdi...
...Avvalgi Shuxrat aka kanday odam ediya, xamma titrab turardi, ismi xam o’ziga mos edi. Maxallamiz faxri bo’lgan raxmatlik Хoji otaning yakkayu yagona o’gli, bir paytlar boks bo’yicha katta yutuklarga erishgan, xurmati juda xam baland bo’lgan Shuxrat aka. Boksdan ketganida xam, trenerlik ishini kilib yurganida xam maxallamizning obro’li kishilaridan edi. Хoji otaning o’gli - o’sha mashxur Shuxrat aka mani idealimdagi odam edi, otasiz o’sganim sababli u kishiday otam bo’lishini ich-ichimdan xoxlar edim. O’gli bilan manga bir xil kilib olib kelgan boks kopini xovlimizga osib berganlarida o’zimni yettinchi osmonda xis kilgandim. Manga o’z farzandiday mexribon edilar, otam yo’kligini bildirmaslikka xarakat kilardilar, to’gri biroz kattikko’lrok edilar, lekin mandaka bolaga aynan shunday ustoz kerak edi. Andishali odam edilar, yolgiz ona gap-so’z bo’lmasin deb xovlimizga kirmaslikka xarakat kilardilar. Yillar o’tib bizlar xam ulgaya boshladik, maktabni bitirib, Abdulla ikkimiz institutga kirganimizda birinchi bo’lib Shuxrat aka tabriklagandilar, xursand bo’lganlaridan ikkalamizga bir xil kilib kostyum olib berdilar...
Keyin ishlari yurishmay ichkilikka berildilar, borlarini xam ko’kka sovurib tashladilar, ichmagan kunlari bo’lmasdi. Opokimlar zaifa bo’lganliklari uchun ularga teng kela olmadilar, kaytarishga xarakat kilib rosa urindilar, lekin xar safar bir paytlar mexribon bo’lgan erlaridan kaltak yeyish jonlariga tegdi shekilli, taslim bo’ldilar. Shuxrat aka esa borgan sari oilasini botkokka botirib tashlayotgandi. Ularga fakatgina Abdulla karshilik kila olardi. Otasi bunday bo’lganini tan olishni istamasdi, namoz o’kishni boshladi, insoflarini so’rardi, olib ketgan aroklarini tukib tashlardi. Shundan keyin uch-to’rt kun ko’zlari ko’karib yursada, o’zini baxtli sezardi. Shuxrat aka esa unga jigiga tegish uchun arokni atayin "œObizamzam" deb atardilar, boshkalarga bu oddiy gap bo’lsa, maxallamizda namozxon sifatida obro’-e’tiborli bo’lishga ulgurgan Abdulla uchun bu gap kattik zarba edi. Ba’zida boshkalarni, sinfdoshlarni ichiklikdan kaytarganida sarmast odamlar unga "œOtangni ichmaydigan kilib ko’ysang, biz xam tashlaymiz!" deb ovozini o’chirishga xarakat kilardilar... Хozirgi Shuxrat akani ko’rgan odam uni tanimasdi, bukchayib kolgan, kovoklari ishib ketgan, eski kiyimlarni sudrab yuradigan bo’lib kolgan. Maxallada xam obro’si bir chakalik emas, odamlar oshga yoki to’yga aytib kelishsa, fakat Abdullani taklif kilib ketishadi. Abdulla esa ich-ichidan eziladi. Uning topgani ro’zgorga arang yetadi, ota-onasini kiyintirishga esa pulni kaydanam olsin. Хullas, oldin Abdullani Shuxrat akaning o’gli deb chakirgan odamlar endi Shuxrat akani Abdullaning otasi deb chakirishardi...
Kasalxonadan uyga yo’l oldim. Хar kuni uyga kelganimda onamlar xar doimgidek joynamoz ustida o’tirgan bo’lardilar. Kelganimni bilgach, ko’ngillari tinchib, keyin uxlashga kirib ketardilar. Man esa xonamda Malikani o’ylab yotardim. Nima kilayotgan ekan? Тinchmikin, omonmikin? U xam meni o’ylayotganmikin. Yo’ge, soglom yurgan bo’lsa o’ylamayotgandur xam. Kaysi kiz birdaniga ugil bolani sevib koladi, ular avvaliga bizlarni o’rganishadiku, keyin do’st bo’lish-bo’lmasligimizni belgilashadi, keyin agar nasib kilsa va baxtimiz kulib kolsa sevib kolishlari xam mumkin. Bu xam muammo! Ayniksa xozirgi zamon kizlari, ularning ichida muxabbatni molu-dunyodan, zebu-ziynatdan, obro’yu-e’tibordan yukori ko’yadiganlar bormikin? Savol ketidan savol kaynab chikardi, javobsiz savollar. Bu xayotda kanchadan-kancha savollarmiz javobsiz kolib ketadiya. Man xam Malikaning tuygularini bilolmasdan armonda o’tib ketsam kerak... Malika!!! Nimaga o’sha kuni ketib koldingiz? Biroz kutsangiz bo’lardiku. Mani yoktirib kolganingizda balki kutarmidingiz...
Bog ko’ynida ikki daraxt
Bir-biriga intizor
Sen bir daraxt, men bir daraxt
Yiglab-yiglab o’tdik yor...
...Bitta daraxt bu yerda mani xonamda cho’ziliiib yotibdi, xayol suriiiib, ikkinchi daraxt esa kayerdaligini xech kim bilmaydi...
Kayerda bo’lsa xam, nima bo’lganda xam, unga yokamanmi-yokmaymanmi baribir uni sogingandim. Uning kulishlarini, xazillarini, kora sochlarini, yokutdek ko’zlarini, atirining xidini... Хa, chin dildan sogingandim. Inson o’zi bir ajoyib bo’larkan, bor yo’gi uch-to’rt soat gaplashgan kishisiga shunchalik boglanib kolishi mumkinligini o’shanda tushunib yetdim. Kizik-a, shu oz vakt ichida kimdir bizga eng yakin inson bo’lib koladi, yillar davomida esa bizga mexrini berib kelgan, doimo yonimizda turgan aslida aynan o’sha - bizga eng yakin inson bo’lganlarni esa e’tiborsiz koldiramiz...
Onaning ko’ngli bolada, bolaning ko’ngli esa...Onamlar mani kechikishlarim davom etavergach, yana mazalari bo’lmay koldi va bir xaftadan keyin kasalxonaga yotkizishga majbur bo’ldim..
*****