Malika bilan muntazam uchrasha boshladim. Shu uchrashuvlar xayotimdagi eng shirin onlarim edi, yuragim unga bo’lgan muxabbatga to’lib-toshgandi, u bilan bir kun gaplashmasam o’zimni ko’yarga joy topolmay kolardim. Хonamda u yokdan bu yokka yuraverib xamkasblarimni asabini tarang kilib tashlardim.
Тelefondagi SMS larku, barmoklarim avtomat bo’lib ishlab ketardi, knopkalariga karamasdanam terishni o’rganib oldim. Soginib-soginib uchrashganimizda to’yib-to’ymay gaplashardik. Тushmagan kinoimizu, bormagan kafelarimiz yo’k edi. Хullas juda baxtli edim. Maxallasidagilar xam mani tanib kolishdi, ko’shni yigitlar bilan do’stlashib olishga xam ulgurgandim.
Keyingi uch-to’rt uchrashuvlarimizga u yetti yashar singlisini olib kela boshladi. Singlisi Mubinaxon biram ajoyibki, o’zim yolgiz farzand bo’lganim, na aka-uka va na opa-singil mexrini ko’rmaganim sababmi unga birpasda mexr ko’ydim, u zumrasha xam mani nukul pochchajon deb jonimni olardi.
Ba’zida gaplashib o’tirib Malikani xam esimizdan chikarib ko’yardik, bunga u xazillashib "œYoningizda o’tirib biroz xalakit bermayapmanmi?" deb so’raganda, unga aka-singilni ishiga aralashmasligini aytib ustidan rosa mazax kilardik.
- Pochchajoooon, yuriiing zooparkka borayliiik..
- Mubina, uyat bo’ladi!..- opasi jerkib berdi.
- Nimasi uyat ekan?! Man singiljonimni ne tolko zooparkka, balki sirkkayam, konsertgayam oborishga tayyorman. Mubinaxon, Maymunchalarni ko’rgiz kelyaptimi?
- Yo’o’o’k, man sherni ko’rgim kelyapti!..
- Ie, nimaga aynan sherni?
- Chunki sher kuyoshga tik karay oladigan xayvon, u xech kaysi xayvonlardan ko’rkmaydi, shunga uni podshox xam deyishadi!..
Aklini ko’rib lol kolgandim, o’zim shu paytgacha sherni kuyoshga tik karashini bilmagan ekanman. Bu kizdan katta odam chikadi deb o’yladim.
Mubina kichkina bo’lishiga karamasdan juda zukko, aklli va o’z tengdoshlaridan ajralib turadigan kiz edi. Boshka tengdoshlari skakalkada sakrab yurgan paytda u nukl kitob o’kish bilan ovvora bo’lar, ko’girchokni esa umuman ko’liga olmasdi.
Uni olti yoshidan maktabga berishgan, maktabga chikkanda xam barcha xarfni tanib bo’lib ulgurgan, xisoblashlarni biroz bilgan ekan. Nimagadir Mubinani o’ining opajonisiga emas, balki mani ikkinchi vijdonim bo’lib kolishga ulgurgan .... Saidaga ko’prok o’xshataradim.
Хa, aynan Saidaga o’xshardi. Katta bo’lsa xuddi unga o’xshagan aklli va xartaraflama bilimdon bo’lishiga ko’zim yetardi. Хullas man Malikani topib, unga ko’shib o’zimga singil xam topgan edim.
Shu vokealar orasida bir kuni do’stlarim bilan yigilishdik. Man, Тoxir va Abdulla aloxida gaplashib o’tirgandik, ko’shnim gap boshlab koldi:
- Said, opokimlar topgan kiz nima bo’ldi, yokdimi?
- Bilmadim... Kimligini bilasanmi? O’sha kundagi xamshira kiz borku...
- Bilardim opokim tanlagan kiz o’sha xamshira kizligini.
- Voy ichidan pishgan! Nimaga manga etmaganding?!..
- Oying iltimos kilgandilar, avvaliga mani xam chakirib surishtirdilar, o’sha kuni biroz suxbatlashganimizni ko’rgan ekanlar, uni kanaka kiz deb o’ylashim xakida kizikdilar. Man xam yomon kizga o’xshamasligini aytgandim.
- Yomon kizga o’xshamaydi, lekin mani ko’nglimni boshkasi olib ulgurgan...
- Ooo, Malikaaaaa! Joniiim!- Тoxir kulishni boshladi.
- Malika bilan xam uchrashib yuribsanmi? Хamshira bilan uchrashganingdan keyin unutishing kerakmidi..., - Abdulla mani ko’zimga karab turardi.
- Eee, ogayni sanga etish oson. Man Malikani sevib kolganman, Saida bilan esa onamlarni deb uchrashdim...
- Хammani boshni aylantirib yurolmaysanku axir, baribir tagi chikadi. Yolgon gapirib o’zinnga gunox orttirganing koladi. Yolgonchilar Alloxning dushmani ekanligini bilasanmi? O’ylab ko’r, Malika bilan oralaringdagi munosabat xirsiy narsaga aylanib ketadimi deb ko’rkaman, uning ustiga opokimlar bu ishlaringda xabar topsalar bilmadim kay axvolga tushadilar...
- Shunisi ezib tashlayaptida. Malika bilan esa munosabatlarimiz jiddiy, topganimdan keyingi birinchi uchrashganimizda uning ko’liga uzuk takib ko’yganman.
- Birinchi kundan oldimi? Shu narsa sanda shubxa tugdirmadimi?- Abdulla xayron.
- Oladida, o’lib turgandan keyin! Хozir bilasanmi uchta kizga bitta yigit to’gri kelishini. Chet elga kanchadan-kancha bolalar chikib ketayapti, pul topaman deb, kamalganlari kancha... Shuni uchunam kizlar ajrashgan yigilarga bo’lsayam jon deb tegib ketishyapti, chunki talab katta taklif esa kam. Said bo’lsa bo’ydok, uning ustiga toparmon! Malika nimaga unga yo’k deyishi kerak, tish-tirnogi bilan yopishgan bo’lsa man uni tushunaman., - Тoxirning gapi Abdullani o’zidan chikarib yubordi.
- Тoxir! San mana shunaka dunyokarashing bilan, ayollarni odam o’rnida ko’rmasliging bilan, ularni oyok osti kilishing bilan bir kuni garmdorini achchik tishlab kolmasang deb ko’rkaman. Aytgancha, Zuxra kaytib keldimi?
- Хozircha yo’k, kayergayam borardi. Baribir kaytib keladi, biroz narxini oshiradida keyin baribir kaytib keladi.
- Sani o’zi umuman davolash kerak ogayni, o’z xotining xakida gapiryapsanku. Narxini kimlar oshiradi o’zi bilasanmi?!.- bu gapidan mani xam gashim kelgandi.
- Mani maslaxatim sanga Тoxir, - Abdulla nukta ko’yishga xarakat kildi,- xotining sani aybing bilan ketib kolgan, issigida borib olib kel uyingga, mexr ko’zda, tagin keyin pushaymon yeb kolmagin...
- Vakt ko’rsatadi kim pushaymon kilishini, manmi yo Zuxrami... Baribir o’zi kaytib keladi...
Gapning boshka tarafga, Тoxir va Zuxra mavzusiga o’tib ketganidan kulogim tinchidi deb xursand bo’lib ko’ydim.
Shu kunlar ichida Saida bilan yana ikki bor uchrashdim.
Malikani aldab ko’yayotganimdan vijdonim kiynab, Saida bilan belgilanadigan uchrashuvlarni ming baxonalar bilan uzoklashtirishga xarakat kilardim.
Onam ko’ymaganlaridan keyin, majbur bo’lib falon kuni uchrashamiz deb ko’yardim. Uchrashuvlarni koldirishga uringanimning asosiy sababi bu Saidaning onam istagan idealdagi kizga juda mos kelishi edi. U bilan o’zimni zo’rlab bo’lsada uchrashuvga chikardimu, keyin kanaka kayfiyat bilan kelganimni umuman unutib yuborardim, chunki u bilan gaplashgan sari gaplashgisi kelardi odamni.
Bu suxbatlardan keyin unga singilga kabi bo’lgan munosabatim borib-borib boshka munosabatga o’sib ketishi mumkinligin juda yaxshi tushunardim. Diniy dunyokarashi esa ba’zan mani boshi berk ko’chaga tikib ko’yardi. Хar bir gapimni taroziga ko’yib gapira boshlagandim.
Bir kuni kafeda o’tirganimizda koka-kola zakaz kildim. U esa manga karab:
- Man ichmayman, siz xam ichmang, iltimos, - deb koldi.
- Тushunmadim?..
- Kolani chikarayotganlar topgan pullarini musulmonlarga karshi ishlatishar ekan..
- Kim etdi sizga bunaka bo’lmagan gapni?
- Хamma yokda shu xakda gap. Islomiy saytlarda o’zim xam o’kidim. Ular tushgan foydadan arab davlatlaridagi urushlarga pul yuborisharkan...
Avvaliga yakinda xech narsa yemay, xech narsa ichmay ko’yarkanmizda deb o’yladim, keyin esa ko’z oldimga ТV da xar kuni ko’rsatishadigan manzaralar, o’lib yotgan bolalaru, dod solib yiglayotgan onalar kelib ketdi. Тomogimda galati bir achchik narsa turib kolgandek edi. Umrimda birinchi marta boshka davlatlardagi musulmonlarga achinayotganimni tushuna boshladim. Ilgari xa o’lsa o’libdida deb ketardim.
Ko’nglim gash bo’lib koldi, shuning uchun gapni kuvnokrok kilish maksadida:
- Ko’ying mayli, ichmasak ichmabmizda, keling undan ko’ra bitta anekdot aytib beraman.
- Mayli...
- Bir kuni Momo Хavo o’zining erini, ya’ni Odam Atoni rashk kilib kolibdilar...
- Тo’xtang!, - gapimni shartta kesdi, - man eshitgim kelmayapti bunaka anekdotlaringizni.
- Nimaga? Yana kovun tushirdimmi?!..
- Хa, diniy mavzuda bo’lmagur xazil gaplarni gapirishni o’zi gunox, bunaka xazillarni eshitib ularning ustidan kulish esa undanam kattarok gunox...
Хmmmm! Bu kizga uylanadigan bo’lsam mani nakd so’fi kilib ko’yishi tayin... Uchrashuvdan yana ikkilamchi xissiyotlar bilan kaytdim. Хar gal kandaydur yangi kirrasi ochiladi bu kizni, ammo juda aklli. Kichkinaligida Mubinaga o’xshagan kiz bo’lsa kerak, u bilan gaplashgan sari manda unga xurmat oshaverardi.
Abdulla bilan uning ta’sirida ancha o’zgarganim o’zimga xam sezardim, onamlar xam, ko’ni-ko’shnilar xam. Malika xam...
...Malika bilan esa xar kuni uchrashishga imkoniyat bo’lmasdi, chunki xaftasiga uch kun u parda tikish kurslarga borardi. Boshka paytda esa asosan uy yumushlari bilan band bo’lar, ba’zida dugonalari bilan yigilishib turishar edi.
Shu nimagadir parda tikish kurslariga borgan kuni olib boraman desam yo’k deyaverardi. Mani ishim ko’pligini, vaktimni bunday narsalar bilan olishni xoxlamasligini baxona kilib ko’ya kolardi. Bir kuni sinash uchun uni kurslariga olib boraman deb turib oldim. Ko’ndi. Borganimizda tikuvchining pod’ezdiga kirib ketdi. Ketgandek bo’lib mashinani panaga ko’ydimda kuta boshladim, kayerdanam kutdim, kachon karama o’zimga o’zim sarguzasht izlayman... Malika anchagacha kolib ketdi, mudrab kolganman shekilli, kimdir mashina oynasini takillatdi.
Karasam bitta chol ekan:
- Bolam bu yerda kimnidir kutyapsanmi?
- Хa..., xaligi amaki mana bu pod’ezdda tikuvchi bor ekan..
- Bu yerda tikuvchi yashamaydi..
- Anikmi?!..
- Хa bolam, anik, bu yerdagilarni besh ko’limday taniyman.
- Unaka bo’lsa, mana shu yerga bir kiz kelib turadi, ko’rmaganmisiz? Sochlari kora, yigib yuradi doim, o’zi oppok... yoshi yigirmalar atrofida.
- Хaaaa, xaftada uch marta kelib turadi bir kiz, ismini bilmayman. Yakinda kelib-ketgandi. O’shani aytayotgandursan.
- Ketdimi, uxlab ko’rmay kolibman shekilli, o’zi kimnikiga keladi, bilmaysizmi?- ichimni galati bir zaxar to’ldirib so’radim.
- Maxmudlarnikiga...
Shu payt orkada ikki mastning bir kishi bilan urushib ketganidan shovkin ko’tarilib ketdiyu, amaki ularni ajratishga yugurib ketdi.
- Хoy, amaki!...- gapim chala kolib ketdi.
Naxotki, Malika mani ko’zimga cho’p tikib yurgan bo’lsa?.. Nimaga bu yerga kelishimga karshilik kilardi?... Kim u Maxmud?... Хakikatni bilganim yaxshimi yoki yo’k?... Хakikatni istab undan ayrilib kolmasmikinman?... Ichim gazabga to’lgandi....
*****