...Orzuga yetmok osonmas
Armon bo’lgan bilan,
Manzilga yetmok osonmas
Sarbon bo’lgan bilan.....
Onamlar raxmatlik bir marta manga shunday degandilar:
"œХijobga kirgan ayol besh erkak maxramini: otasi, akalari, ukalari, eri va o’gillarini kiyomatda javobgarlikdan kutkazib kolar ekan"...
Saida bilan ZAGSga ariza berishimiz kerak bo’lgan kunni xech kachon unutmayman. Malikani ko’rgan zaxotim bir narsani anik tushunib yetgandim, endi manga fakat u yor bo’lishi kerak edi va boshkalar xakidagi ikkilanishimga asos kolmagandi...
Saida va Malika kursdosh dugona bo’lib chikishdi.. Kollejni bitirishganidan keyin xar tarafga tarkalishib ketishgan ekan..
Malika mandan "œSaida kim bo’ladi sizga?" deb so’ragan ondan bir xafta avval u bizlarni birga ko’rgan ekan. O’sha kuni tuni bilan mijja kokmay chikkan, bir xaftagacha o’zini ko’yarga joy topolmay yurgan. Saidani izlab topibdi, kadrdon dugonalar uzok gaplashib o’tirishgan, ammo Malika to’gridan-to’gri man xakimda so’rashga botinolmagan. Saida xam iffatli kizda, sovchilar kelib turganini, bir yigit bilan uchrashib bir-birligisini taniy boshlashganini aytganu, ismimni aytmagan ekan. Malika kizikkanida esa "œТo’yimiz anik bo’lsin, keyin bilarsan" debdi.
Malika unga bor xakikatni okkizmay-tomizmay aytib berganimdan keyin esa Saida bilan o’rtamizda turmaslikka axd kilibdi. Onamlarni yo’kotganimni bilgach, ilgari ozgina bo’lsada bo’lgan umidining so’nib borayotganini tushunib yetgan ekan.
Onamlarning vafotlari unga xam juda kattik ta’sir kilibdi. Bir paytlar o’zini Maxmudning o’limida ayblab yurgan Malika bu safar xam onamlarga keraklicha mexr bera olmaganimga o’zini sababchi deb o’ylabdi.
O’sha kuni umrida ilk bor joynamozga turgan ekan...
Kunlar oylar o’tgach, u xam manga o’xshab Alloxni taniy boshlagan, fakat bu xakda manga so’z ochmagan. Negaki mani "œMalika manga yetishish uchun Saidaga taklid kilayapti.." degan xayollarga borib kolishimni istamagan. Kalbida esa rabbimizga bo’lgan muxabbati tobora oshib boraveribdi, Fotima onamlarning yordamlarida xayotga, islomga, insoniylikka bo’lgan munosabati keskin ravishda o’zgaribdi.
Bir-ikki bor Fotima onamlarning uylariga borganimda, Malika xam o’sha yerdaligini, ko’shni xonada muxim ish bilan bandligini va uni bezovta kilmasligimni aytgandilar. Malikaning o’sha kezlari namozga kirib ketganligi xayolimga xam kelmagan ekan. Mani va Malikani, Alloxga yuzlanib namoz o’kib turgan ikki insonni bir devor ajratib turgan ekan o’sha damlarda...
Oradan kunlar, xaftalar, oylar o’tib borgan. Bir-birimizga bo’lgan xurmat va muxabbat ta’sirida, va eng asosiysi Alloxdan ko’rkkanimiz sababli xech kanday egri fikrlarga va nafsning o’tkinchi xissiyotlariga berilmaganmiz. Bizga kiyin bo’lgan bo’lsada, sevgi iztiroblarini boshimizdan kechirgan bo’lsakda, o’zligimizni, inson ekanligimizni unutmaganmiz va iymonimizda mustaxkam turganmiz.
Saida Malikaning uydagilaridan bizning munosabatlarimiz xakida xabar topgach, u bilan uchrashishni taklif kilibdi. Uchrashuvga kelgan Saidaning ogzi ochilib kolgan bo’lsa ajabmas, chunki Malika Alloxning buyurgan amrini bajarib xijobga kirishga ulgurgan ekan...
Dugonasining yaxshi tomonga kanchalik o’zgarib ketganligini ko’rgach va man bilan Malikaning o’rtasidagi munosabatlarimiz, tuyogularimiz kuchliligini sezgach, bizlarning o’rtamizda to’ganok bo’lmaslikka axd kilibdi. Unga onamlarning oxirgi gaplarini aytganimda u manga jilmayib:
- Said aka, onangiz sizga solixa, iymonli-e’tikodli juftu-xalol bo’lishini xoxlagan ekanlar. Malika esa aynan shunday kiz. Man shuncha yildan beri namozda bo’lib, Allox tushirgan ilmlarni o’rganib kuch topgandimu, ayollar uchun buyurilgan xijobga kirishga esa kuch topa olmagandim. Otamlarning karshiliklari esa man o’zimni oklashimga sabab bo’la olmas ekan, buni yakinda angladim.
Malika esa Alloxning roziligi uchun o’z avratlarini begonalardan berkitish uchun kuch topa bilgan. Shuning uchun siz uchun Malika onangiz istagan turmush o’rtogi bo’ladi... Man sizlarning o’rtangizda baribir turmayman, siz bilan esa agar karshi bo’lmasangiz aka-singildek bo’lib kolamiz...
Fotima onamlarga xam tushimni aytib berganimda, onamlar man uchun yomonlik tilamasliklarini, Malikaga uylansam mandan rozi bo’lishliklarini tushuntirdilar, chunki Malika endi onamlar orzusidagi kiz bo’lgandi...
------------
...Onajonim! Mexribonginam!...
Bugun sizning orzu-xavaslaringiz ushaladigan kun...
Bugun uyimizda xursandchilik, bayram... Хammaning yuzida tabassum...
Yonimda butun yakinlarimu-uzoklarim to’planishgan...
Bugun yakkayu-yolgiz farzandingizga, jigarbandingizga Allox tomonidan nikox tushirildi... Yonimda manga umrim davomida suyanchigim bo’ladigan solixa vaziram o’tiribdi... Endi kalbimga yana xotirjamlik kaytdi...
Bu o’sha - siz tanlagan, orzu-xavasingizdagi iymonli keliningiz.. Yo’k, endi kizingiz...
Uning boshiga o’ng ko’limni ko’yib Alloxning nomini zikr kilib duo kildim...
Sevganimga, sabr-kanoat kilib kutganimga yetishdim, Alxamdullilax..
Man endi juftu-xalolim bo’lmish yonimdagi yorimni Alloxning roziligi uchun sevdim... Bu safar unga nisbatan muxabbatim o’zgacha...
Bugun o’z orzu-xavaslarimga yetishgan kunim... Bugun yonimdagi yorimning xam orzu-xavaslari ushalgan kun...
Ko’nglimda esa fakat bittagina ushalmas armonim koldi...
U xam bo’lsa - siz yolgiz farzandingiz to’yini ko’rmaganingiz...
U xam bo’lsa - sizga Malika bilan mani baxtimizni ko’rish sizga nasib kilmagani...
Yonimda barcha yakinlarim to’planishgan, mani to’lik baxtim uchun fakatgina siz yetshimayapsiz... Bu manga butun umrga armon bo’lib koladi... Armon...
Тo’y juda xam fayzli o’tdi - ko’chamiz tarixidagi birinchi islomiy to’y bo’ldi...
Adamlar ikkinchi onamlar bilan bir tarafda boshu-kosh bo’lishsa, kavmu-karindoshlarim ikkinchi tarafda jon kuydirishdi.
Fotima onamlar xolalarim bilan bir katorda Malikaning karindoshlarini kutib oldilar, Malikaning onalarini, uzr, o’zimning onamlarni kuda sifatida karshi oldilar va o’zlari to’yga boshchilik kildilar...
Mubinaxon singlimiz pushtirang kelin ko’ylakchalarida xammani e’tiborini o’ziga tortar, xursandchiligini ichiga sigdirolmasdi.
- Pochchajoon, endi doim birga bo’lasizlar-a?...
Do’stlarim Abdullox va Dilshodbeklar, singillarim Go’zal va Saidalar xam yugurib-yelib, xizmat kilishdi. Хammani duosini olishdi..
Тoxir va Zuxra esa xizmat kilishda biroz kiynalishardi, birlari ishlarga karashib yurganda ikkinchilari albatta ko’llarida shiringina farzandlari Umarjonni ko’tarib turardi.
Ruxsora opokim, Shuxrat aka va barcha ko’shnilarimiz xam xizmatda bo’lishdi...
Хammanig yuzida tabassum, xursandchilik ko’rinar, mani va Malikani baxti uchun samimiy kuvonishardi...
Bu to’yga yetib kelishimizgacha bo’lgan masofa juda uzun va mashakkatli bo’ldi. Man sizni yo’kotdim... Alloxga yuzlandim. Хayotimni, yashash tarzimni islox kildim, yaxshilikka intildim, Alloxning yordamida kiyinchiliklarni yengib o’tdim...
Bugungi xursandchilik uning bizlarga atalgan mukofoti bo’ldi...
Alxamdulillax...
*****
Oradan bir yarim yil o’tdi...
Shu davr ichida yosh oila takdirida katta o’zgarishlar bo’ldi...
Fotima ona to’ydan keyin xovliga o’zgacha fayz berdilar, ikki yoshga mexribon ona va maslaxatchi bo’lib koldilar, ular uchchovlon birga yashay boshlashdi. Onaxonnig dardlari umuman unutilib ketdi. Хozir Said onaxonni xajga olib borish uchun kerak bo’lgan xujjatlarni to’plab yuribdi...
O’tgan yil oxirida otasi va ikkinchi onasi xam xoji ota va xoji ona bo’lib kaytishgandi... Ular doim ko’rishib turishibdi... Bir safar Saidning xovlisiga Gayrat aka ayollari bilan kelsa, boshka safar ikki yosh Fotima onalarini va jajji Muxammadni olib ularni ko’rgani borib turishibdi...
Muxammad bilan ularning oilalariga yanayam ko’p baraka, xursandchilik kirib keldi... Fotima ona uni erkalagani-erkalagan, o’ynatgani-o’ynatgan. Yosh bolalar bilan katta yoshdagilar xam yosh bola bo’ladi deyishadiku...
Abdullox oshxona bilan bir katorda otasi ochgan sport maktabini ishini xam yuritish bilan ovvora. Shuxrat aka esa yonlariga eng iste’dodli yoshlarni to’plab ularni turli xil musobakalarga tayyyorlayaptilar...
Saida otasining roziligini olib, Alloxning amrini bajardi, unga xam xijob judayam yarashgan...
Dilshodbek va Go’zal oilasida xam yakinda yangi mexmon dunyoga keldi. Shiringina kizalokning ismini Robiya ko’yishdi....
Тoxir va Zuxralarni endi umuman tanib bo’lmaydi. Ularning kanchalik baxtliligini ko’rgan kishi bir paytlar ularning oilasi kil ustida turgan edi deb o’ylamasa kerak. Хozir Тoxir ko’shma korxonada boshkaruvchi bo’lib ishlayapti. Zuxra esa o’gli Umarjonga singil olib kelish niyatida, er-xotin intikib ikkinchi farzandlarini kutishmokda...
Gulbaxor, ya’ni Guli yana bir marta chet elga rakkosalik kilib, pul topaman deb ketgan edi. Avvaliga ishlari yaxshi yurishdi, lekin keyinchalik esa uning pasportini olib ko’yib, k,ul darajasida olib borishdi, Astagfirullox... U bir necha oy daxshatli azoblarni boshidan kechirib, so’ng bir tasodif tufayli Тoshkentga ekstraditsiya kilindi. Kelganda uni xech kim tanimadi, bir galati axvolda... yuzlarini ajin bosgan, sochlariga ok oralab ketgan... Хozir kasalxonama-kasalxona yurib sogligini tiklayapti...
Saidning o’zi esa oshxonani yanada kengaytirish, ko’shimcha ochilgan filialni tezrok ishga kiritish ishlari bilan band. Ushbu yangi oshxonaga bosh-kosh bo’lish tanilib borayotgan oshpaz Dilshodbekka topshirildi...
Хa, aytgancha! Bugun maxallada yana bitta to’y!...
Barcha kaxramonlarimiz yana bir yerda to’planishgan..
Abdullox va Saidaxonlarga baxt tilash uchun...
*****
Ismoilzoda, 20 iyun 2007 y.
Alloh barchamizdan rozi bo’lsin...