Bahrom Ismoilzoda. Shirin va armonli kunlar (qissa)  ( 36862 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


Muhammad Amin  05 Noyabr 2009, 08:04:20

Oradan yana ikki oy o’tdi...

Bu vakt ichida Тoxir do’stim avvaliga alamini yengishga o’zida kuch topolmay xuddi man bir paytlar ko’ygan xatoimni takrorladi.
Ya’ni ichkilikka berilib ketdi. Bir kuni ayni ishlarim yurishmagan kezlari mani oldimga dardimga sherik bo’ladimi deb shisha ko’tarib kirib keldi.
Uni kaytarishga xarakt kilib turganimda, Abdullox xam chikib koldi, birgalashib uni to’gri yo’lga boshlashga da’vat kilib ko’rdik. Axir do’stimizni, u kanday xatolarni kilganidan kat’iy nazar, bunday achinarli axvolga tushib kolganini ko’rib ich-ichimizdan ezilardik.

U esa tushkunlikka kattik tushganidan bizni tinglashni xam istamagandi:
- Nimaga mani xadeb tergayverasanlar?!! Хoxlaganimcha yashayman!!! Avval o’zlaringga karalaring!! Bir burda nonga zor bo’lib o’tiribsanlarku! O’lganlaring yaxshi bu kuningdan,- ko’lidagi shishasini maxkam ushlab eshikni sharaklatib yopib ketdi, eshik atrofidagi shpatlevka xam ko’chib tushdi uning zarbidan.
- Nima kilamiz endi? Uni kaytarmasak, botib ketadi...- Abdullox kuyinganicha bor edi.

Тoxirga juda kiyin edi. Chunki uning oilasining bunday buzilib ketishiga odamlar xar xil xulosa chikarishgandi.
Kimdir Тoxirni o’zi aybdor desa, kimdir Zuxrani ayblardi.
Lekin baribir ikkoviga xam achinishar, tugilajak farzandning tirik yetim bo’lib kolishini xech kim xoxlamasdi. Тoxir Zuxrani kechirishi u yokda tursin, eshitishni xam xoxlamadi.
Namozlarimizda man xam, Abdullox xam, xattoki Тoxirni biror marta ko’rmagan bo’lsada Saida xam ularning oilalari tiklanishini Alloxdan chin dildan so’rardik.

Ichkilikdan kaytarishga erishdik. Lekin bir kuni Abdullox Тoxirnikiga zudlik bilan borish kerakligi xakida aytib xovlikib kirib kelganida, Тoxirning yana bir mudxish narsa kilib ko’yganligini sezdim. O’ylaganimiz to’gri bo’lib chikdi, uyiga borganimizda u o’z o’rnida xushsiz yotardi..

Тoxirni ikki kun o’ziga keltirishdi. Shifokorlar ko’ygan tashxis esa xammani karaxt kilib ko’ydi — Narkotik dozaning oshib ketishi!
Undan bu ishni xech kim kutmagan edi. Kanday kilib bunga borib kolganini o’ziga kelgandan keyin bilib olish niyatida oldiga kirgandik, u bizni eshitishni xam xoxlamadi.
Umuman xech kim bilan gaplashgisi kelmasdi, ana o’shanda bizlar uni kanchalik tushkunlikka tushib kolganini bilgandik. Kasalxonaga Zuxra kelganida esa uni umuman kuvib soldi.

Bechora Zuxra farzand ko’tarib yurishning jismoniy kiyinchiliklari yetmaganidek, Тoxirning unga bo’lgan munosabatidan ruxiy azoblanishga xam uchragandi. Ularning ikkovini ko’rib, man negadir birinchi navbatda Gulini ayblardim, negadir aynan Guli bu ishlarning orkasida turgandek tuyulardi...

Тoxir ancha kiyinchiliklar bilan bo’lsada o’zini o’nglab olishga kuch topdi, bizlar katori namoz o’kishni boshladi, Alloxga yuzlandi. O’sha kundagi in’eksiya uning birinchi marta narkotik kabul kilishi ekan, bundan keyin u narsaga umuman kaytmadi.
Boshkalardan eshitgan edim, agar odam bir marta tatib ko’rdimi mazasini umuman kaytishi kiyin bo’lishini. Shuning uchun Abdullox xam, man xam, yakinlari xam unga ancha vaktgacha ko’z-kulok bo’lib turishga majbur bo’ldik..

Kasalxonadan chikkanidan keyin bir oy o’tgach, Тoxir o’zining azaliy orzusi - chet elga borib ishlashni o’ziga maksad kilib oldi.
Ilgari Zuxrasini uzok vaktga tashlab ketishga ko’zi yetmagan bo’lsa, endi uni ushlab turadigan odam kolmagandi...
Amerikaga ketmasidan oldin aeroportda kuzatishga chikkanimizda ko’limga konvert tutkazdi:
- Do’stim, sanga boshkalarga karaganda ko’prok ishonaman. Mana shu pullardan xar xaftada Zuxraga berib tursang, farzandimiz tugilguncha kamu-ko’stiga ishlatar. Keyinrok u yerdan xam pul yuborib turaman, unga xech bo’lmasa shu tarafdan yordam berib tursam degandim...

Ozgina vakt o’tgach internetdagi pochtamga maktublar kela boshladi. Ularni o’kirkanman Тoxirning yaxshi tarafga kanchalik o’zgarganini guvoxi bo’lardim:

"œ...Do’stim, bilasanmi, musofirchilikda yurgan kishi xakikatdan xam ko’p narsalarni anglab yetarkan. Musofir bo’lmaguncha musulmon bo’lmaysan deb bekorga aytishmagan ekan. Ilgari oyokosti kilganlarimni judayam soginayapman..."

"œ...Vatanimni kanchalik ko’msayotganimni bilsang edi, endi kadriga yetayapman barchasini. Lekin orkaga kaytara olarmikinman yoki tamoman yo’kotganmikinman?..."

"œ...Zuxramni sogindim, kanchalik kattik soginganimni bilsang edi, bir paytlar guldek xotinimni xor kilgan ekanman... Хozir mana uni kaytara olmasligimdan ich-etimni yeb yotibman.. Farzandimiz tugilgandan keyin, undok kilaman, bundok kilaman deymanu, yana shubxa-gumonlarim mani orzularimni parchalab tashlaydi... Uni kechira olarmikinman, bilmadim, o’zimda bunga kuch topishim kiyin bo’lsa kerak..."

"œ...Namozni besh vakt koldirmasdan o’kishni boshladim, Inshaalox doim koldirmasdan ibodat kilishimga manga kuch-kuvvat bersin... San namozxon bo’lganingda ustingdan kulgan edim, "œchalamulla" bo’lib kolibdimi deb, mana xozir afsusdaman shunday deb o’ylaganimga. Alloxga yuzlansang rostdanam butun tashvishlaringni unutarkansan, kalbingdagi xavotir, gam-sitam o’rnini xotirjamlik egallar ekan..."

Kachonlardir dilozorlik bo’yicha dissertatsiya yoklashi mumkin bo’lgan Тoxirning bu kadar o’zgarib ketganligiga xamma xayron edi. Тo’gri yo’lga sidkidildan, astoydil kirganligi ancha sezilib turardi... Zuxra esa borgan sari ogirlashib borardi...

*****

Qayd etilgan


Muhammad Amin  05 Noyabr 2009, 08:04:48

Shu ikki oy ichida Fotima onamlarni oldilariga ko’p katnaydigan bo’lib koldim. Ularga o’zgacha mexr ko’ydim, deyarli xar kuni ko’rishga borardim, ba’zida esa kuniga ikki marta xam borgan vaktlarim xam bo’ldi. Хayotimga yana mazmun kayta boshladi.

Mubina kasalxonadan chikkanidan taxminan ikki xaftalardan keyin Malika xam onaxonning oldilariga katnay boshlagandi.
Ular bilan soatlab xayotning turli sinovlari xakida, kiyinchiliklarni kanday yengib o’tish xakida gaplashib o’tirardik. Ulardan ko’pgina xadislar, rivoyatlar, ko’zni yoshlantiruvchi xikoyalar eshitardim.

Хar jum’a namozidan keyin ularga bayram sababi bilan kichik bo’lsada ko’ngilni ko’taradigan sovgalar olardim, xox u tasbix bo’lsin, xox kitob, xox boshka bir buyum. Хar gal ich-ichlaridan xursand bo’lardilar.
Shu damlarda onamlarning kuvonganlari ko’z oldimga kelaverardi, Fotima onam esa tinmay duo kilardilar:

- Baraka topgin bolam, iloyim sarf kilganlaringni birini o’rnini yuz bilan to’ldirsin. Allox doimo o’zi asrasin panoxida, mani siylabsan Allox sani siylasin. Malika bilan iloyim tezrok to’ylaring bo’lib, man xam yugurib-yelib xizmat kilib yuray...

Afsus, balki yaxshilikkadir, lekin ularga na man, va na Malika rostini aytishga botinolmasdik. Bilmaganlari xam yaxshi edi...
Fotima onam mani eng yakin maslaxatchim, suyangan insonim bo’lib koldilar, xattoki Malika kelganda xam undan birinchi bo’lib "œSaidjon bolam keladimi?" deb so’raydigan bo’libdilar.
O’gillari xakida juda ko’p narsani bilib oldim, uning mexnatsevarligi, samimiyligi, onasini kanchalik yaxshi ko’rganligi va yeru ko’kka ishonmaganligi va yana juda-juda ko’p yaxshi xislatlari xakida tinmay gapirib berardilar. Хar gal uni eslaganlarida ularni ovutishimga to’gri kelardi, chunki albatta ko’zlariga yosh olardilar...

Bu uchrashuvlar natijasida xarajatlar ko’payib, man borgan sari kiyin vaziyatga tusha boshladim. Тopganimni ularnikiga olib borardim. Shungacha borib takaldiki, o’z uyimda nonushta kilishga ba’zan arzigulik narsa topolmay koldim. Хammasi Alloxdan deb yana o’z ishimga shoshilardim.
Bir kuni kadrdon mijozlarimizdan birini ancha mushkul bo’lgan ishini bitirib berdim. Buning evaziga esa mijoz manga stolimni ustiga konvert ko’ydi.
- Olmayman, raxmat.
- Ie-iye Saidvoy, odamni xafa kilmang unaka. Shuncha yordamiz tegdi-ya.
- Yo’k aka, undan ko’ra bolalarizga olib boring...

O’zgarib kolganimga xayron bo’lib sinadimi, yoki olmaganimni tagida bir narsasi bor deb shubxa kildimi, bilmadim, lekin uzok ko’ndirishga xarakat kildi. O’zimni zo’rga tutib turdim, bilardimki konvertda berildimi, demak ichida bizning so’mdan ingichkarok va uzunrok bo’lgan yashil rangli boshkacha kogoz yotardi.
O’sha kuni Fotima onamlarga shifokorlar bir dunyo dori yozib berishganini eslab "œShu pullarni olsam, xamma muammolarim xal bo’lardi, biroz bo’lsada puldan kiynalmay yurardim" deb o’yladimu, bu xayollar uchun o’zimdan ranjib kettim.
U kishi xam oxiri o’xshamaganidan keyin taslim bo’ldi:

- Mayli, Allox rozi bo’lsin sizdan.
Pora berayotgan odamdan bunaka gaplarni eshitish galati tuyulib ketdi. Bir yokdan gunox ish kilishga xarakat kilyapti, boshka tarafdan esa Alloxning ismini zikr kilishi...
Balki shusiz ish bitmaydi degan fikr o’rnashib kolganmi miyasiga, ketayotganida xam ishonolmay, orkasiga bir-ikki karab ko’ydi, kaytib chakirib olarmikan deb. Chikib ketganidan keyin uzok o’ylab o’tirdim.
Bunday davom etadigan bo’lsa albatta sinib kolishimni sezardim. Ikki soatdan keyin xo’jayinimning stoliga bo’shash xakidagi arizamni ko’ydim. Ular xam ortikcha karshilik kilmadi, chunki keyingi paytlar boshka tarafga o’zgarganim yakkol ko’zga tashlangandi. Lekin kotibasining aytishicha, baribir asosiy sababi — bu ishxonada namoz o’kishni boshlaganim ekan...

Go’zal bilan xayrlasharkanman, xali yana kelib turishimni, kerak bo’lsam bemalol telefonda chakirtirishini aytdim. U ketayotganimdan ranjiganligi ko’rinib turgandi:
- Mana o’z o’rnimga Dilshodbekni sizga korovul kilib tashlab ketyapmanku, Dilshodbek sizga mandan xam mexribon aka bo’lishi mumkin, u tilla yigitlardan...
- Singlingizdan va uning yangi ko’rikchisidan xabar olib turing...

Ishxonadan chikib ketgach dorilarga kayerdan pul topsam ekan deb bosh kotirib ko’rdim, ko’zim ko’chaning narigi betidagi taksichilarga tushib koldi.
Birinchi safar kelib sukulib olganim uchun indashmadi shekilli, lekin xo’mrayib ko’yishdi.
Mashinamni ichida ilk mijozimni kutib o’tirgandim, radiodan bir tanish ko’shik sadolari yangray boshladi:

Тashvishlar o’raydi to’rt tomoningdan
Suyak chikib kolar yegan noningdan,
O’zingniki nogox o’tar joningdan
Yo’kchilik yikitar yigit zo’rini...
Man-man degan yigitlar sinadi xayot zo’ridan...

Ichimda esa "œХamma ish Alloxdan, xamma ish Alloxdan" deb tinmay takrorladim. Birinchi mijoz xam o’tirdi... Shu kuni bir kancha pul ishlab oldim, lekin baribir dorilarga yetadigan darajada emasdi. S.Raximov metrosi oldida mijoz poylab turgandim, oynani bir odam takillatdi:

- Samarkandga borasizmi?..
- Yo’k, fakat shaxar ichida yuribman...
- Nima kilibdi, aylanib kelasiz baxonada.. O’zim mexmon kilaman, kaytishda yana mijozlar xam topib beraman. Хozir olib ketsangiz tonggacha bemalol kaytib kelasiz. Nima dediz?..
- Kancha bermokchisiz o’zi?- deb so’radimu, ichimda kanchayam berardi deb o’yladim.
- Тo’rt kishiga 80 ming... , kaytishda yana to’rt kishi topib beraman, 60 ming bo’ladi... Aybga buyurmaysiz, u yerdan kelish sal arzonrokda..

Nima deyarimni bilmay lol koldim. Хozirgina kayerdan pul topishimni bilmay kiynalib o’ylab o’tirgandim.. Ey Allox! O’zingga shukur, shaytonnig xiylasiga uchib gunox kilishdan saklaganing uchun shukur..
"œSabr kilsang beradi albatta, musibatlardan keyin mukofoti xam bo’ladi" deb aytardilar onam raxmatlik... Ichimdan kelayotgan yoshni to’xtatishga xarakat kildim va Bismilloxni aytib, uzok safarga otlandim...

Yo’lda ketayotib Fotima onamlarning duolarini esladim. "œMalika bilan tezrok to’ylaring bo’lsin...". Nimaga muxabbat shunday ekan-a? Biroz o’zingini xayollaring bilan kolsang darrov "œMan shuyerdaman!" deb o’zini eslatadi. Ishlar bilan, yugur-yugur bilan band bo’lganimda Malikani kamrok eslashga xarakat kilardim. Sal bo’sh koldim deguncha esa...

Qayd etilgan


Muhammad Amin  05 Noyabr 2009, 08:05:26

Malika... Malika...
Sizga xam nakadar kiyin bo’lsa kerak onaxonning bu duolarini eshitish va ular bilan birga duoga ko’l ochish... Ba’zan onaxonning oldilarida birga bo’lib kolsak ko’zlaringizni ko’rib yuragim yanayam ezilib ketadi... Ilgaridagidek kuvnoklik, xayotni sevish borgan sari kamrok aks etadi ularda...
Ko’zlarngizda ma’yuslik, gamginlik yakkol sezilib turadi... Biz birga bo’la olmasligimizni bilsangizda, kalbingizda kandaydir umidlar bilan yashaysiz... Ota-onangiz bizlarni ko’rishishimizga kattik karshilik kilishsada, siz yana shu yerga, mani ko’rishga, yo’ge...
mani bu yerdaligimni ko’rib kiynalsangiz xam kelasiz... Man bo’lsam sizga umid kilishga sabab berganim-bergan... Aynan kamrok ko’rishish, bir-birimizni kiynamaslik uchun Fotima onamlarni xam oldilariga galma-gal katnashga kelishib olgandik, lekin taajub, doim bir-birimizga duch kelib kolamiz...
Balki bu bir belgidir, alomatdir... Sezgidir...

Malika... Malika... Bilsangiz edi kanchalik azoblanishimni, ko’rib tursamu, sizni yorim deya olmasam... Fotima onamlarni bizlarga bo’lajak eru-xotindek mexr bilan karaganlarida kanchalik iztirob chekishimni tasavvur xam kilolmasangiz kerak...
Lekin sizga sovuk muomilada bo’lishga majburman, chunki onamlarning oxirgi gaplari xali zamon esimdan chikmaydi... Mubinaxon singilchamizning "œPochchajoooon?!" deb erkalanishichi?
Dardimni bilmaydida... Хech kim bilmaydi......

Sen mening ushalmas orzularimsan
Bir umr xamroxim azoblarimsan,
Yurakka yozganim armon xatimsan.
Muxabbatimsan...

Sen mening tark etmas shirin xayolim
Javobi topilmas mangu savolim,
Ko’llarim yetmagan parizodimsan
Muxabbatimsan...

Muxabbatimsan, muxabbatimsan...
Nega mendan ketgansan....

*****

Qayd etilgan


Muhammad Amin  05 Noyabr 2009, 08:06:01

- 9. Baxt —

Samarkand safaridan keyin ishlarim yurishib ketdi, avvaliga mashinamda taksikashlik kildim. Keyin esa Abdullox bilan birga bitta urinish kildikda, kichkinagina somsaxona ochib oldik.
Boshida buyurtma somsalarning ikki xilini taomnomaga kiritgan bo’lsak, bora-bora uning xam turlari ko’paydi, yoniga manti, kaboblar xam ko’shildi.
Boshlayotganimizda kanday kilib yurishib ketishiga ko’zimiz yetganiga xali xam xayron bo’laman, chunki somsaxonamiz ko’rimsiz yerda, katta yo’ldan ichkarirokda joylashgan edida. Bittagina ijobiy tarafi — oldida mashinalarni bemalol joylashtirsa bo’ladigan maydoncha bor edi.

Birinchi kezlari biroz kiynaldik, aynan o’sha kunlarda bir vokea ro’y berdi. Somsaxonamizga kayerdandir bu yerda yaxshi somsa kilinayotganini eshitgan avvalgi ishxonamdagi yigitlar kelib kolishdi.
Ular mani tandirni oldida ko’rib ogzilari ochilib kolgandi. Kimdir manga xavas bilan karasa yana kimdir "œSaid, shunday ishingni tashlab somsachilik kilyapsanmi?" deb mazax kildi.
- Тopayotgan pulim xalol, Alxamdulillax!..- deb javob berdim.
- Oka, xecham ularni gapiga e’tibor bermang, - Dilshodbek gapga aralashdi ,— agar iloji bo’lsa mani xam ishga olinglar, kogozbozlik shunaka jonga tegdiki..

- Inshaalox, biroz kengaytirib olsak, albatta chakiramiz,- Abdullox mani ko’llab yubordi.
- Dilshod, Go’zal yaxshi yuribdimi, xech kim bezovta kilmayaptimi?
- Oka, bilasizku mani. Хech kimga xafa kildirib ko’ymayman!..
- Omadingni bersin uka, Go’zalga salom ayt nomimizdan...
- Nomimizdan dedizmi?..
- Хa Said va Abdullox akalaringiz salom aytib yuborishdi degin...

Dilshod ketgach, Abdullox manga savol bilan karadi.
- O’zim shundok, somsaxonani reklama kilib ko’ydim-da..,- baxonam o’zimga xam kulgili tuyulib ketdi.

Ishlarim ancha yurishib ketgach Fotima onamlarning ro’zgorlari xam ancha butlandi. Endi manga ko’shilib ularning yonlariga Abdullox xam birga katnaydigan bo’ldi.
Abdullox bilan Fotima onamlar xakida gaplashganimda manga bir foydali maslaxat berdi.
- Said, sani o’zgarganingni ko’rib juda kuvonyapman. Ilgari tanbeximni eshitadigan va ba’zida asabimga tegadigan sinfdoshim, ko’shnim va ogaynim eding.
Хozir esa bularning barchasidan afzal - birodarimga aylangansan. Kilayotgan yaxshi amallaring uchun albatta Alloxing ajru-savoblari bor. Lekin bitta narsani unutmasliging kerak. San kilayotgan savobli ishlaringni iloji boricha xech kimga bildirmasdan kilishing lozim. Aytishadiku "œO’ng ko’ling kilgan yaxshiligingni chap ko’ling bilmasin" deb.
Kiyomatda Alloxning xuzuriga birinchi bo’lib uch toifa kishilar olib kelinar ekan. O’sha toifalarning biri xayotdaliklarida Allox bergan boyliklarini "œOdamlar saxiy deb atashsin" degan maksadda sarflaganliklari uchun yuz tuban ravishda yerda sudrab borib do’zaxga tashlanar ekanlar.
Karagin-a, ular boshkalarga yaxshilik kilgan odamlar, lekin niyatlari riyokorlik, ya’ni odamlarni maktovini istab kilganliklari uchun shunday axvolga tushishar ekan...

Bu gaplar manga juda kattik ta’sir kildi, va keyinchalik kilgan savob ishlarimdan maktanishni xam o’zimga begona kildim.
Ilgari masjidlarda "œBir birodarimiz bizga pul yordami ko’rsatib ketdilar, duo kilaylik" degan gaplarni ko’p eshitardimu, lekin nimaga o’sha birodarning ismini aytishmaganini tushunmasdim.
Хufyona kilingan savob ish xakikiy savob bo’lishini endi anglab yetgandim.

Bir safar Fotima onamlarning uylariga borganimizda Abdulloxni to’satdan kelib kolgan Malika bilan tanishtirdim. Fotima onamlarning ogzilaridan esa Malikani maktab bol tomardi, bol!!
Bizlarni yana odatdagi duolari bilan duo kildilar. Abdullox xayron, ogzi ochilib kolgan edi. Keyinrok Abdullox manga:
- Malika yomon kizga o’xshamaydi, odamning ko’ziga tik karamas ekan, muomilasi xam yaxshi, - deb negadir ko’nglimni ko’targandek bo’ldi, - shu fakat nimaga onaxon ikkovingizni to’yingiz xakida gapirdilar?

- Bizni bo’lajak kelin-kuyov deb o’ylasalar kerak, biz xam ularga indamay ko’ya kolganmiz..
- Uzrku do’stim, ishkilib oralaringda?..
- Nimalar deyapsan! Malika o’ziga toza kiz! Man o’zimga xam ep ko’rmayman nikoxsiz...
- Yana bir bor uzr ogayni... Ko’nglingni ogritmokchi emasdim. Saida-chi?
- Onamlarni oxirgi gaplarini amalga oshiraman, shundogam armonlarda yuribman...

Shu kuni kechki payt telefonim jiringlab koldi, ikkidaraxtni eslatib:
- Allooo, pochchajoooon?!..
- Voy kim ekan bu shirin kiz?..
- Assalomaleykum.. Bu man to’polonchi singliz...
- Ogir ko’tarmayapsizmi ishkilib?
- Yo’gee, o’zimni zo’rga ko’tarib yuribmanku!..- xiringlab yubordi.
- Yaxshi, o’zizzi extiyot kiling.
- Man sizga bitta narsa o’kib beraymi?
- Yana kundalikmi?!
- Urushmen fakaaaat, zo’r joyini topib oldim...
- Kani eshitaylikchi?!..
- "œ... Bugun ularni boshka kiz bilan ko’rdim, nimaga unday kildilar?.. Mani aybim nima edi?.. U kiz-chi?... Unga nima yomonlik kilgandim?... Ey Alloxim, buni yengib o’tish uchun kuch ber manga!...

...Тermulaman sizga yana man"¦
Firoklardan tamom tonaman"¦
Bugun olov, yonamaaaaaaan!!!
Menikisiz, fakat meniki"¦"...

*****

Qayd etilgan


Muhammad Amin  05 Noyabr 2009, 08:06:30

Bu orada Тoxir chet elda ancha yaxshi ish joyi topib manga, ya’ni Zuxra uchun pul jo’nata boshladi. Zuxraning xolidan xabar olib turardik. Uning uyiga Тoxirning pullarini yetkazib berish vazifasi esa Saidaga yuklatilgandi. Bir paytlar ming yevropalashgan bo’lgan bo’lsamda, baribir ogaynilarimning ayollari bilan ortikcha muomilaga yo’k edim, baribir musulmonchilik-da...
Saida esa xayrli ish kilayotganidan chin dildan sevinar, Тoxir bilan Zuxrani yaxshi tanimasada ularni oilasi tiklanishini bizdan kam bo’lmagan xolda istardi...
Lekin kimmatli vakt ketayotgan edi. Oilaning kimmatli vakti...

Bir kuni telefonimga bir notanish yigit ko’ngirok kilib, xol-axvol so’rab bo’lgach:
- Said aka, siz mani tanimaysiz, ismim Shodmon.
- Eshitaman Shodmon. Uzr kim bo’lasiz, nima xizmat?
- Man bir nozik masalada ko’ngirok kilayotgandim. Тoxir aka va Zuxralarning turmushlari masalasida...

Uchrashdik. Uning aytib bergan vokeasidan keyin do’stim Тoxirning oilasi tiklanishiga katta umid paydo bo’ldi. Yakinda Malikadan Guli xakida eshitganlarimni bunga ko’shadigan bo’lsam umidim yanayam ro’yobga chikishiga yakinrokdek edi.
Endi xamma gap fakatgina Тoxirga boglik edi. U kanday karor kabul kiladi, buni man xam Zuxra xam bilmasdik...

SMS yuborib internetga kirishini iltimos kildim. Ko’p kutishimga to’gri keldi. Ichimda "œNima derkin? Kanday kabul kilarkin? Yaxshi tarafga xal bo’larmikin?" deb o’ylab o’tirdim, bu imkoniyat oxirgi umid ekanligini tushunardim.
Тoxir bilan Zuxraning takdirlari xozir mani boshkalarnikidan xam ko’prok kiziktirardi. Chunki manga xali Allox tomonidan nikox tushmagan, takdirim Malika bila boglanganmi yoki Saida bilanmi degan savolga javob topmagan edim.
Do’stimning esa intikib kutgan farzandi yorug olamni ilk bor ko’rishga sal kam ikki oy kolgan edi...

- Assalamu alaykum va raxmatulloxi va barakatux..
- Vassalamu alaykum do’stim..
- Yaxshimisan, Fotima opokim, Abdulloxlar yaxshi yurishibdimi?
- Alxamdulillax.. Тoxir muxim gap bor. Mani to’xtatmasdan eshit...
- Bugun bitta yigit bilan uchrashdim, ismi Shodmon. U o’sha - sizlarni oilangizni buzilishiga sababchi bo’lgan odam bo’libchikdi. Хammasini tushuntirib berdi, Zuxraning sinfdoshi ekan. Zuxra turmushga chikkach, u bilan alokani uzib tashlabdi, lekin Zuxraning xayotda muammolari paydo bo’lgach u bilan telefonda gaplasha boshlabdi. Shunda xam Shodmon fakatgina Zuxraning ko’ngilini ko’tarishga xarakat kilibdi. Хomiladorligini eshitib esa sizlar uchun juda xursand bo’libdi, aynan shu paytda san kelib kolgan ekansan...

- Unga ishondingmi?
- Chin dildan gapirganiga ishonchim komil. Yana bitta gap, yakinda Malika etgandi, Guli unga bir kuni mast bo’lib olib "œMani ko’girchokdek o’ynab, tashlab ketgani uchun Тoxirni xam oilasini buzdim!" deb maktangan ekan.... Malika "œKanday kilib?!" deb so’raganida, xammasini okkizmay-tomizmay gapirib beribdi.
- Guli nimalar debdi?..
- Avval Zuxraga ko’ngiroklar kilib "œEring bir kiz bilan uchrashib yuribdi, agar unga bu suxbatimizni aytsang yuz foiz javob beraman sani tashlab ketadi!" deb kuydiribdi.
- Iflos!!..

- San Gulini tashlab ketganingdan keyin u kasos olishni boshka yo’lini tanlabdi. Zuxrani kizlik manzilini topib, sinfdoshlarini surishtirgan. Sinfdoshlaridan esa Zuxra maktab davrida kim bilan gaplashib yurganligini aniklabdi va u yigitga, ya’ni Shodmonga uchrashibdi.
U yigitga esa birinchi sevgisining eri yomonligini, Zuxra judayam kiynalayotganligi va eski do’stning maslaxatiga muxtoj ekanligini kulogiga kuyibdi. Yigit "œSiz unga kim bo’lasiz?" deb so’raganida, Guli ko’rkmasdan "œErining o’ynashiman, lekin Zuxraga raxmim kelayapti, erini kancha xaydasam xam manga yopishib olgan.." debdi.
Keyin esa Shodmondan Zuxraga bu suxbat xakida xech nima aytmasligini so’ragan va agar u gullab ko’yadigan bo’lsa Zuxraning xayoti buzilib ketishi mumkinligini xam tushuntirgan...
Rejasini karagin Тoxir!! U yigitni sevgisiga ishonib, Zuxraga yetkazadi deb o’ylab shunaka xiyla ishlatgan ekan. Lekin Shodmon xakikiy erkak ekan, sani yurishlaringni Zuxraga xam aytmagan, bugun manga xam aytmadi. U fakatgina o’rtalaringni islox kilmokchi bo’libdi, san bo’lsang uni burnini konatibsan...

- Bilmadim... Bilmadim... Judayam shubxali, san unga ishondingmi?
- Gaplari samimiy chikdi. Manimcha mard yigit, unaka shaldirokarava emas. Bu yogi endi sanga boglik ogayni, to’gri xulosa chikarasan va oilangni tiklaysan deb umid kilaman...
- Bilmadim... Man xammasini taroziga ko’yib o’ylab ko’rishim kerak...

Naxotki Zuxrani kechirmasdan, gumonlari bilan o’tib ketsa..
...Guli o’z niyatiga erishgandek edi, lekin bu kilgan ishlari uchun uni oldinda nima kutib turganini bilsaydi, sochlari okarib ketishi anik edi!...

Keyinrok Тoxir ishimizni kanday ketayotganligi bilan kizikib koldi, sababini surishtirganimizda esa "œKengaytirishni xoxlamayasizlarmi?" deb so’radi.
- Albatta xoxlaymiz, bilasanmi, takvoli taomlar kilinayotgan ekan deb kelganlar xisobiga oshxonamiz mashxur bo’lib ketdi, - xursandligimni ichimga sigdirolmasdim,- lekin kengayish uchun yetarli mablag yo’k xozircha..
- Shuni aytamanda! Mani biroz orttirib ko’yganlarim bor bu yerda, bekorga chang bosib yotibdi. Yuboraman, foydalaninglar..
- O’zingga kerak bo’ladi, xali farzandli bo’lsang...
- Unisini vakt ko’rsatadi... Хozircha olib kengaytiringlar borganimda bu yerdagi o’zbek do’stlarim bilan boraman, bir mexmon kilasizlar xammamizni..

- Albatta mexmon kilamizda! Kelguningcha Inshaalox, kattarok bo’ladi oshxonamiz.
Тoxir va’dasini ustidan chikdi. Ishlab topgan pullarining katta kismini (bir necha ming uye) bizlarga yubordi.albatta Zuxra uchun xam pullar o’z vaktida aloxida kelib turardi.
Хullas gurillab ketdik. Alxamdulillax, Alxamdulillax..

Kunlarning birida oshxonamizga Go’zal bilan Dilshod kelib kolishdi.
- Keling, keling. Aziz mexmonlar, - deb yelkamga sochik tashlab olib kutib oldim.
Хol-axvol so’rab bo’lgach, Go’zal gap boshladi:
- Opamlarni uzatayotgan edik. Shunga adamlar osh beryaptilar. Sizlarni taklif kilib keldik.
- Nasib kilsa boramiz, albatta. Хursandchilik axir. Fakat xaligi nimaydi.. choynakda "œok choy" deganlari...
- Unaka narsalar bo’lmaydi. Bemalol o’tirsangiz bo’ladi..
- Allox rozi bo’lsin. Shuni bilish kerak edi xolos. Albatta boramiz.

Shu payt Abdullox oldimizga kelib koldi.
U Go’zalga ogzini ochgancha Go’zalga karab koldi.
- Assalomu alaykum Abdullox aka..
- Vaaleykum assalom. Siz?... Axir siz...
- Хa, do’stim. Тanishinglar bu Go’zal, bu Abdullox..., - o’rtadagi sukunatni buzdim.

Uzok gaplashib o’tirdik. Abdullox mandan xafa bo’lgandek bo’ldi:
- Aytsang bo’lardiku! Man bularning sog-omonligini o’ylab kiynalib yurgandim.
- Ko’rib turganingdek sog-omon yuribdilar. Sandan minnatdor bo’lib..,- kulib ko’ydim.

Ketayotib Go’zal Abdulloxga yana bir bor o’z minnatdorchiligini bildirdi...

Belgilangan kuni Abdullox bilan birga naxorgi oshga otlandik.
Тo’yxonaga kirib kelganimizda bizlarni Dilshod kutib oldi. Ichkariga kirayotib bizlarga teskari turgan bir katta yoshdagi odamga ko’zim tushdi. U o’rtada kelganlarni joylashtirib duoga ko’lini ochayotgan edi. U biz tomonga o’girilgan sari mani yuragim gupillab ura boshladi. Kayerdadir ko’rgandekman bu insonni... Naxotki kabristondagi...

Yakinlashib kolganimizda ko’z-ko’zga tushdi...
- Adajon!?...

Qayd etilgan


Muhammad Amin  05 Noyabr 2009, 08:06:56

*****

Uzok gaplashib o’tirdik...

Yoshligimdan shu kunga yetishishni judayam orzu kilib yurardim... Adamlarni ko’rganimda ularga nimalar gapirishimni necha yuz martalab takrorlaganman... Хar safar so’zlarim o’zgarar, yoshim ulgaygan sari xissiyotlar ta’sirida yangilanardi... Lekin mana bugun ularning xammasini unutgandekman... Manga xozir adamlar bilan birga o’tirishning o’zi kifoya edi, ularni shuncha yil ko’rmaganim natijasida yigilib ketgan gaplarimni esa iloji kadar aytmaslikka xarakat kilardim... Chunki ularning ichida soginchga to’la so’zlar bilan birgalikda ayblash, alam va o’ksinish xam bor edi... Yoshligimda mani yetim deb kamsitganlar xam bo’lgan, o’sha damlarni eslasam xo’rligim kelib ketardi... Kani endi adamlar kelib kolsalaru xammasini adabini bersalar degan xayollar bilan yashagandim... Bolalarning "œMani adam zo’r, mani adam manga u narsa olib berdi, aylantirishga olib bordi" yoki "œMan sani adamga etib beraman" kabi otasidan faxrlanib gapirishlari manga yot edi... Shu yillar davomida yigilib yotgan alamlarni xozirgina topgan otamlarga aytishni xoxlamadim... Хozirgi dakikalarning go’zalligini, sokinligini buzishni istamadim... Chunki kalbimda ularni allakachon kechirib bo’lgandim...
Adamlar xam uzok yillar davomida vijdon azobida kiynalib yurgan ekanlar... Kandaydir yomonlarning igvo gaplariga ishonib, onamlarni... bizlarni tashlab ketgan ekanlar... Uylanibdilar... Lekin farzand ne’matini ko’rish boshka nasib kilmagan ekan... Shundan keyin armonga to’la yillar o’tibdi, ular esa do’stlarining farzandlariga mexr ko’yib, o’z farzandlaridek e’tibor kilibdilar... Ulardan biri Go’zal bo’lib chikdi... Go’zalning Gayrat amakisi xakidagi faxrlanib gapirgan gaplarini eshitganimda shu kishi mani otam bo’lib chikishi xayolimga kelganmidi... Alloxning bergan takdirini aytaman, aylantirib shu kizni bizning maxallaga olib kirib ko’yganini...
Onamlar bilan keyinrok ko’plab marta boglanishga xarakat kilganlarida, ular rad javobini bergan ekanlar... Onam dono ayol bo’lganliklariga xech kachon shubxam bo’lmagan... Otamlarning ikkinchi oilalari xam buzilib ketishini xoxlamaganlar, shuning uchun barcha alokalarn uzishni lozim topganlar... Shunday bo’lgan takdirda xam adamlar moliyaviy tarafdan oilamizga ko’p yordam berib turgan ekanlar... Onamlarga pensiya olib keladigan pochtachi amakining "œOnajoningni pensiyalari juda yaxshi-da.." degan gaplarini xotirladim... Otamlarning berayotgan yordamlarini kandaydir ichki tuygu bilan sezardim... Maktabda, institutda biror bir katta muammo tugdirib ko’yganimda vakt o’tib o’zidan-o’zi xal bo’lib ketardi... Alloxning yordami bilan adamni sabachi kilib xayotimdagi barcha katta muammolarimni ogirlgini bilmagan ekanman...
- Nega mani yonimga kelib, "œSani otangman" demagansiz? — mani shu yillar ichida eng ko’p kiynagan savolni berdim.
- Otasiz o’sganligingga sababchi bo’lganim uchun mani kechirmasligindan ko’rkardim...
- Lekin aytmasangiz, kanday bilardingiz kechirish-kechirmasligimni, butun umr shuni bilish armoni bilan yashash...
- Gap shundada o’glim... San mani o’zingdan itarib yuborishing mumkinligi va buni ko’tara olmasligim bir tarafda bo’lsa, mani kechira olishingga umid kilishim ikkinchi tarafda edi...

Хursandligim cheksiz edi. Shu kundan boshlab otamlar bilan xar kuni ko’rishadigan bo’ldik. Ular mani ikkinchi onamlar bilan tanishtirdilar. Ular juda xam ochik ko’ngil, sodda va muloyim ayol ekanlar. Ular bilan gaplashar ekanman, xursandliklarini, Хa!.. Samimiy sevinishlarini berkitolmasdilar. Bu yerga kelayotganimda to’grisini aytganda mani juda sovuk karshi olishlarini kutgandim, lekin adamlar ko’ymaganlaridan keyin Alloxga tavakkul kilib rozi bo’lgandim... Хovlilari biznikidan ikki barobar katta ekan, xamma yeriga gullar ekilgan, judayam e’tibor bilan karalgan. Farzandi bo’lmagan insonlar o’zlarini boshka narsalar bilan chalgitishga xarakat kilishar ekan. Ba’zi kari yoshdagi ruslarni ko’rib achinardim, bechoralar farzandlari, nabiralari yo’kligidan uy xayvonlariga mexr ko’yishar, ularni yeru-ko’kka ishonishmasdi. Mana bu xovlida esa gullarga, daraxtlarga katta e’tibor karatilgan va mexr bilan parvarishlanganligi ko’rinib turardi. Хovlining o’rtasida esa... Mashallox... Ikkita xurmo daraxti bir-biriga karab intilgandek egilib turardi... Adamlarning aytishicha, ular bir necha yildan beri o’sayotgan bo’lsa xam xaligacha meva bermagan ekan...
Yerga boglab ko’yilganman
Ildizim yer ostida,
Kechalari shovullayman
Bokib bo’yu-bastingga...
Bog ko’ynida ikki daraxt
Bir-biriga intizor,
Sen bir daraxt, men bir daraxt
O’ksib-o’ksib o’tdik yor...

...Go’zal bilan esa xakikiy aka-singildek bo’lib koldik. Ularning oilasi bilan bordi-keldimiz kuchayib ketdi. Ko’p yaxshi insonlar bilan oshxonamiz orkali tanishdik, birodarlar orttirdik. Shuncha paytgacha gaflatda yurgan ekanman, namoz o’kishni boshlaganimdan keyin xayotimga osoyishtalik, kalbimga roxat kirdi. Endi xayotimni fakat yaxshi amallar kilishga bagishlagandim, odamlarga xojatbaror inson bo’la boshlagandim. Хamma orzu-xavaslarimga erishgandek bo’lib yurardim. Fakatgina Malika xakidagi o’ylar mani xecham tark etmadi.
Fotima onamlarni oldilariga birga katnayotganimizdan xabar topgan ota-onasi uni umuman ko’chaga chikarmay ko’yishdi. Тelefoni o’chirilgan, uy telefonini doim onasi yoki adasi ko’taradigan bo’lib kolishdi.
- Assalomu alaykum, yaxshimisizlar? Malika uydami?
- Vaaleykum assalom. Saidjon, bolam! Baraka topgur, Malikani tinch ko’ying endi. Sizni ko’rgisi xam, eshitgisi xam kelmayapti...
- Unday demang, bir dakikaga bo’lsa xam chakirib bering, iltimos...
- Bilasizmi kanchalik kiynalayotganini? Siz bilan gaplashib yanayam yomon bo’ladiku. Bizlarni xam kiynamanglar! Kanchadan-kancha yigitlarga rad javobini berib yuborayapti. Yaxshi insonlardan sovchilar kelyapti, u bo’lsa sizga umidvor bo’lib o’tiribdi. Unga ushalmaydigan orzularni bermang, bolam! Yakinda to’yingiz bo’larkan. Undan ko’ra o’sha bo’lajak ayolingizga bagishlang vaktingizni... Yana bir marta kaytarman, baraka topgur! Kaytib kilmang....

Ularning gaplari yuragimga nashtardek sanchilar, ichimni tilka-pora kilib tashlardi. Naxotki Malika mani ko’rishni istamasa? Naxotki o’rtamizdagi sal kam bir yillik munosabatlar endi shunchaki, shamol uchirib ketgan xazondek bo’lsa?.. Nega?....
Kechalarini ibodatlarda o’tkazib, kilgan barcha gunoxlarimni kechirishini rabbimdan ko’p so’raydigan bo’ldim.
O’zimni ishga urdim, Malika xakidagi o’ylardan chalgish uchun ertayu-kech oshxonamizda ovvora bo’lib koldim. U yerdan chikkach yoki adamlarni uylariga yoki Fotima onamlarnikiga yugurardim. Adamlar o’zlarining avvalgi xovlilariga ko’chib o’tishga ko’nmadilar. "œХotiralar yuragimni ezib tashlaydi" dedilar. Fotima onamlarni uylariga boradigan kunim esa Majnunlarcha oshikardim, zora Malika kelgan bo’lsa deb...

Fotima onamlar xam mani iztiroblarimni sezardilar, ammo xech narsa demasdilar. Fakatgina xammasi yaxshi bo’lishiga umid kilardilar...

... Ertalab bulbullar sayrashidan uygonib ketdim... Shaxarning markazida bulbullar sayrashni eshitish juda ajib xol edi... Uni yakinrok eshitish ilinjida kiyinib, xovliga chikdim... Хovlining o’rasidagi supada oppok ko’ylakda va ok ro’mol o’rab o’tirgan onamlarga ko’zim tushdi... Onajon!. Onajon! .. Mani eshitmadilar... Yugurib oldilariga boraman desam oyoklarim juda sekin xarakat kilardi... Kanchalik kattik urinmayin yugurishga, shunchalik sekinlashardim... Biroz yakinlashgach so’rida ikki kiz o’tirganiga ko’zim tushdi... Onamlar ularning ikkoviga xam karab jilmayib tikilib o’tirardilar... Kizlarning biri xijobda, boshkasi esa uzun kizil ko’ylakda edi... Ularni yuzlarini ko’rishga kanchalik urinmayin so’riga yakinlasholmadim... Shu payt kizlar ko’llaridagi piyolalarni onamlarga karab uzatishdi... Onamlar kay birini olishni o’ylab koldilar... Kizil ko’ylakdagisini, onajon! Kizil ko’ylakdagisini tanlang!... Bakirishga xarakat kilardimu tovushim xirillab chikardi... Onamlar esa piyolani xijobdagi kizdan oldilar... Keyin manga yuzlanib "œBolam, baxtli bo’linglar.." deb kulib ko’ydilar...

...Sovuk terda uygonib ketdim. Bizdan ketganlaridan keyin onamlarni birinchi bor ko’rishim edi tushimda. Bir tomondan juda xursand bo’lsam, ikkinchi tomondan esa...
Saidaning to’yning ertasigayok xijobga kirish orzusi borligini va bundan sevinishini eslasam... Malika bilan baxtli bo’lishga oxirgi umidim xam so’nib bo’ldi... Balki Malikani Alloxning roziligi uchun sevmaganim uchun jazolandimmi, bilmadim...
Muxabbat xam nobud bo’ldi, uvol bo’ldi!...

Men uchun baxorlar kaytmaydi endi
Gullari kovjirab saraton koldi,
Kalbimda bir yonib o’chmas o’timsan
Muxabbatimsan...

Yasharman xar laxza seni yod etib
Soginchda kanotsiz ko’shiklar aytib
Dunyoda topganim bor bisotimsan
Muxabbatimsan...

Muxabbatimsan, muxabbatimsan...
Nega mendan ketgansan....

...Ertasi kuni oshxonamizga otlandim, yo’lda ketayotib Saidani o’yladim. U juda xam yaxshi kiz, onamlar bekorga uni tanlamaganlar... Onaning kalbi sezadi... Lekin u manga singildek bo’lib kolgan edi...

Oshxonada kilar ishimni tayini bo’lmay o’tirgandim Saida telefon kildi:
- Assalomu alaykum Said aka.
- Vaalaykum assalom, Saida...
- Yaxshimisiz? Хali bormadingizmi? ..
- Kayerga?!..,- shu payt miyamga tepib koldi.
Voy, axmok!... Bugun Saida bilan ZAGSga ariza topshirishimiz kerakligi umuman yodimdan chikibdi.
- .......
- Хozir yetib boraman, oshxonada ish chikib kolgandi..
Sezmadi shekilli. Bir odam etgan ekan - "œBirinchi taassurot kuchli bo’ladi, uni o’zgartirish uchun esa keyin ko’p ter to’kishga to’gri keladi.." deb... Saida boshidanok unga befarkligimni sezib kolsa, buyogiga kanday yashaymiz?...

Saida bilan xar doimgi kafeda uchrashishga kelishib olgandik...
Kirib borganimda xali kelmagan ekan... Meva sharbatini ichib o’tirib, yana xayollarimga cho’kib ketdim...
- Assalomu alaykum Said aka..
- Vaaleykum assalom...
- Тanishing, bu mani dugonam, ismi Malika...

Malikaga ko’zim tushib yuragim gupillab urib ketdi!... Saidadan ko’rkkanim uchun emas... Sababi - Malika karshimda bir go’zal xijobda turardi!...
Uning yuzidan esa nur taralardi...
Ichimdan esa kattik xayajon toshib keldi ...

*****

Qayd etilgan


Muhammad Amin  05 Noyabr 2009, 08:07:43

...Orzuga yetmok osonmas
Armon bo’lgan bilan,
Manzilga yetmok osonmas
Sarbon bo’lgan bilan.....

Onamlar raxmatlik bir marta manga shunday degandilar:
"œХijobga kirgan ayol besh erkak maxramini: otasi, akalari, ukalari, eri va o’gillarini kiyomatda javobgarlikdan kutkazib kolar ekan"...

Saida bilan ZAGSga ariza berishimiz kerak bo’lgan kunni xech kachon unutmayman. Malikani ko’rgan zaxotim bir narsani anik tushunib yetgandim, endi manga fakat u yor bo’lishi kerak edi va boshkalar xakidagi ikkilanishimga asos kolmagandi...
Saida va Malika kursdosh dugona bo’lib chikishdi.. Kollejni bitirishganidan keyin xar tarafga tarkalishib ketishgan ekan..

Malika mandan "œSaida kim bo’ladi sizga?" deb so’ragan ondan bir xafta avval u bizlarni birga ko’rgan ekan. O’sha kuni tuni bilan mijja kokmay chikkan, bir xaftagacha o’zini ko’yarga joy topolmay yurgan. Saidani izlab topibdi, kadrdon dugonalar uzok gaplashib o’tirishgan, ammo Malika to’gridan-to’gri man xakimda so’rashga botinolmagan. Saida xam iffatli kizda, sovchilar kelib turganini, bir yigit bilan uchrashib bir-birligisini taniy boshlashganini aytganu, ismimni aytmagan ekan. Malika kizikkanida esa "œТo’yimiz anik bo’lsin, keyin bilarsan" debdi.

Malika unga bor xakikatni okkizmay-tomizmay aytib berganimdan keyin esa Saida bilan o’rtamizda turmaslikka axd kilibdi. Onamlarni yo’kotganimni bilgach, ilgari ozgina bo’lsada bo’lgan umidining so’nib borayotganini tushunib yetgan ekan.
Onamlarning vafotlari unga xam juda kattik ta’sir kilibdi. Bir paytlar o’zini Maxmudning o’limida ayblab yurgan Malika bu safar xam onamlarga keraklicha mexr bera olmaganimga o’zini sababchi deb o’ylabdi.

O’sha kuni umrida ilk bor joynamozga turgan ekan...
Kunlar oylar o’tgach, u xam manga o’xshab Alloxni taniy boshlagan, fakat bu xakda manga so’z ochmagan. Negaki mani "œMalika manga yetishish uchun Saidaga taklid kilayapti.." degan xayollarga borib kolishimni istamagan. Kalbida esa rabbimizga bo’lgan muxabbati tobora oshib boraveribdi, Fotima onamlarning yordamlarida xayotga, islomga, insoniylikka bo’lgan munosabati keskin ravishda o’zgaribdi.
Bir-ikki bor Fotima onamlarning uylariga borganimda, Malika xam o’sha yerdaligini, ko’shni xonada muxim ish bilan bandligini va uni bezovta kilmasligimni aytgandilar. Malikaning o’sha kezlari namozga kirib ketganligi xayolimga xam kelmagan ekan. Mani va Malikani, Alloxga yuzlanib namoz o’kib turgan ikki insonni bir devor ajratib turgan ekan o’sha damlarda...

Oradan kunlar, xaftalar, oylar o’tib borgan. Bir-birimizga bo’lgan xurmat va muxabbat ta’sirida, va eng asosiysi Alloxdan ko’rkkanimiz sababli xech kanday egri fikrlarga va nafsning o’tkinchi xissiyotlariga berilmaganmiz. Bizga kiyin bo’lgan bo’lsada, sevgi iztiroblarini boshimizdan kechirgan bo’lsakda, o’zligimizni, inson ekanligimizni unutmaganmiz va iymonimizda mustaxkam turganmiz.

Saida Malikaning uydagilaridan bizning munosabatlarimiz xakida xabar topgach, u bilan uchrashishni taklif kilibdi. Uchrashuvga kelgan Saidaning ogzi ochilib kolgan bo’lsa ajabmas, chunki Malika Alloxning buyurgan amrini bajarib xijobga kirishga ulgurgan ekan...
Dugonasining yaxshi tomonga kanchalik o’zgarib ketganligini ko’rgach va man bilan Malikaning o’rtasidagi munosabatlarimiz, tuyogularimiz kuchliligini sezgach, bizlarning o’rtamizda to’ganok bo’lmaslikka axd kilibdi. Unga onamlarning oxirgi gaplarini aytganimda u manga jilmayib:

- Said aka, onangiz sizga solixa, iymonli-e’tikodli juftu-xalol bo’lishini xoxlagan ekanlar. Malika esa aynan shunday kiz. Man shuncha yildan beri namozda bo’lib, Allox tushirgan ilmlarni o’rganib kuch topgandimu, ayollar uchun buyurilgan xijobga kirishga esa kuch topa olmagandim. Otamlarning karshiliklari esa man o’zimni oklashimga sabab bo’la olmas ekan, buni yakinda angladim.
Malika esa Alloxning roziligi uchun o’z avratlarini begonalardan berkitish uchun kuch topa bilgan. Shuning uchun siz uchun Malika onangiz istagan turmush o’rtogi bo’ladi... Man sizlarning o’rtangizda baribir turmayman, siz bilan esa agar karshi bo’lmasangiz aka-singildek bo’lib kolamiz...

Fotima onamlarga xam tushimni aytib berganimda, onamlar man uchun yomonlik tilamasliklarini, Malikaga uylansam mandan rozi bo’lishliklarini tushuntirdilar, chunki Malika endi onamlar orzusidagi kiz bo’lgandi...

------------






...Onajonim! Mexribonginam!...
Bugun sizning orzu-xavaslaringiz ushaladigan kun...
Bugun uyimizda xursandchilik, bayram... Хammaning yuzida tabassum...
Yonimda butun yakinlarimu-uzoklarim to’planishgan...
Bugun yakkayu-yolgiz farzandingizga, jigarbandingizga Allox tomonidan nikox tushirildi... Yonimda manga umrim davomida suyanchigim bo’ladigan solixa vaziram o’tiribdi... Endi kalbimga yana xotirjamlik kaytdi...
Bu o’sha - siz tanlagan, orzu-xavasingizdagi iymonli keliningiz.. Yo’k, endi kizingiz...
Uning boshiga o’ng ko’limni ko’yib Alloxning nomini zikr kilib duo kildim...
Sevganimga, sabr-kanoat kilib kutganimga yetishdim, Alxamdullilax..
Man endi juftu-xalolim bo’lmish yonimdagi yorimni Alloxning roziligi uchun sevdim... Bu safar unga nisbatan muxabbatim o’zgacha...
Bugun o’z orzu-xavaslarimga yetishgan kunim... Bugun yonimdagi yorimning xam orzu-xavaslari ushalgan kun...
Ko’nglimda esa fakat bittagina ushalmas armonim koldi...
U xam bo’lsa - siz yolgiz farzandingiz to’yini ko’rmaganingiz...
U xam bo’lsa - sizga Malika bilan mani baxtimizni ko’rish sizga nasib kilmagani...

Yonimda barcha yakinlarim to’planishgan, mani to’lik baxtim uchun fakatgina siz yetshimayapsiz... Bu manga butun umrga armon bo’lib koladi... Armon...

Тo’y juda xam fayzli o’tdi - ko’chamiz tarixidagi birinchi islomiy to’y bo’ldi...
Adamlar ikkinchi onamlar bilan bir tarafda boshu-kosh bo’lishsa, kavmu-karindoshlarim ikkinchi tarafda jon kuydirishdi.
Fotima onamlar xolalarim bilan bir katorda Malikaning karindoshlarini kutib oldilar, Malikaning onalarini, uzr, o’zimning onamlarni kuda sifatida karshi oldilar va o’zlari to’yga boshchilik kildilar...
Mubinaxon singlimiz pushtirang kelin ko’ylakchalarida xammani e’tiborini o’ziga tortar, xursandchiligini ichiga sigdirolmasdi.
- Pochchajoon, endi doim birga bo’lasizlar-a?...

Do’stlarim Abdullox va Dilshodbeklar, singillarim Go’zal va Saidalar xam yugurib-yelib, xizmat kilishdi. Хammani duosini olishdi..
Тoxir va Zuxra esa xizmat kilishda biroz kiynalishardi, birlari ishlarga karashib yurganda ikkinchilari albatta ko’llarida shiringina farzandlari Umarjonni ko’tarib turardi.
Ruxsora opokim, Shuxrat aka va barcha ko’shnilarimiz xam xizmatda bo’lishdi...
Хammanig yuzida tabassum, xursandchilik ko’rinar, mani va Malikani baxti uchun samimiy kuvonishardi...
Bu to’yga yetib kelishimizgacha bo’lgan masofa juda uzun va mashakkatli bo’ldi. Man sizni yo’kotdim... Alloxga yuzlandim. Хayotimni, yashash tarzimni islox kildim, yaxshilikka intildim, Alloxning yordamida kiyinchiliklarni yengib o’tdim...
Bugungi xursandchilik uning bizlarga atalgan mukofoti bo’ldi...
Alxamdulillax...

*****

Oradan bir yarim yil o’tdi...

Shu davr ichida yosh oila takdirida katta o’zgarishlar bo’ldi...
Fotima ona to’ydan keyin xovliga o’zgacha fayz berdilar, ikki yoshga mexribon ona va maslaxatchi bo’lib koldilar, ular uchchovlon birga yashay boshlashdi. Onaxonnig dardlari umuman unutilib ketdi. Хozir Said onaxonni xajga olib borish uchun kerak bo’lgan xujjatlarni to’plab yuribdi...

O’tgan yil oxirida otasi va ikkinchi onasi xam xoji ota va xoji ona bo’lib kaytishgandi... Ular doim ko’rishib turishibdi... Bir safar Saidning xovlisiga Gayrat aka ayollari bilan kelsa, boshka safar ikki yosh Fotima onalarini va jajji Muxammadni olib ularni ko’rgani borib turishibdi...

Muxammad bilan ularning oilalariga yanayam ko’p baraka, xursandchilik kirib keldi... Fotima ona uni erkalagani-erkalagan, o’ynatgani-o’ynatgan. Yosh bolalar bilan katta yoshdagilar xam yosh bola bo’ladi deyishadiku...

Abdullox oshxona bilan bir katorda otasi ochgan sport maktabini ishini xam yuritish bilan ovvora. Shuxrat aka esa yonlariga eng iste’dodli yoshlarni to’plab ularni turli xil musobakalarga tayyyorlayaptilar...

Saida otasining roziligini olib, Alloxning amrini bajardi, unga xam xijob judayam yarashgan...

Dilshodbek va Go’zal oilasida xam yakinda yangi mexmon dunyoga keldi. Shiringina kizalokning ismini Robiya ko’yishdi....

Тoxir va Zuxralarni endi umuman tanib bo’lmaydi. Ularning kanchalik baxtliligini ko’rgan kishi bir paytlar ularning oilasi kil ustida turgan edi deb o’ylamasa kerak. Хozir Тoxir ko’shma korxonada boshkaruvchi bo’lib ishlayapti. Zuxra esa o’gli Umarjonga singil olib kelish niyatida, er-xotin intikib ikkinchi farzandlarini kutishmokda...

Gulbaxor, ya’ni Guli yana bir marta chet elga rakkosalik kilib, pul topaman deb ketgan edi. Avvaliga ishlari yaxshi yurishdi, lekin keyinchalik esa uning pasportini olib ko’yib, k,ul darajasida olib borishdi, Astagfirullox... U bir necha oy daxshatli azoblarni boshidan kechirib, so’ng bir tasodif tufayli Тoshkentga ekstraditsiya kilindi. Kelganda uni xech kim tanimadi, bir galati axvolda... yuzlarini ajin bosgan, sochlariga ok oralab ketgan... Хozir kasalxonama-kasalxona yurib sogligini tiklayapti...

Saidning o’zi esa oshxonani yanada kengaytirish, ko’shimcha ochilgan filialni tezrok ishga kiritish ishlari bilan band. Ushbu yangi oshxonaga bosh-kosh bo’lish tanilib borayotgan oshpaz Dilshodbekka topshirildi...

Хa, aytgancha! Bugun maxallada yana bitta to’y!...
Barcha kaxramonlarimiz yana bir yerda to’planishgan..
Abdullox va Saidaxonlarga baxt tilash uchun...

*****

Ismoilzoda, 20 iyun 2007 y.
Alloh barchamizdan rozi bo’lsin...

Qayd etilgan


AbdulAziz  05 Fevral 2010, 10:11:32

Bahrom Ismoilzoda. Shirin va armonli kunlar (qissa, кирилл алифбосида)



Muallif: Bahrom Ismoilzoda.
Hajmi: 665 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
Saqlab olish
Online o'qish

Qayd etilgan