Muallif Mavzu: Mashhur qiziqchimiz Xojiboy Tojiboev foniy dunyoni tark etdi.... :((  ( 12028 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Murod_bek

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 1413
  • Jins: Erkak

Qiziqchilik olamida o'z o'rniga ega bo'lgan, elimiz suygan so'z ustasi Xojiboy Tojiboev bugun bu foniy dunyoni tark etdi. Uni jigar sirrozi kasalligi olib ketdi. 24 iyul afsuski, o'zbek qiziqchiligi uchun og'ir keldi. Sevimli qiziqchimizni endi faqat audio va video tasmlarda, CD, VCD hamda DVD disklarda qoldir xolos...

U son-sonoqsiz kulgu shinavandalarining ko'nglini zavqqa to'ldirgan. U minglab insonlarni chexrasida tabassum yugurishiga sababchi bo'lgan. Uning birgina kulgusi, jilmayib imo-ishora qilishi muxlislariga olam-olam quvonch bag'ishlagan.
Bugun 24-iyul kuni, tabarruk 53-yoshida, xalqimizning sevimli san'atkori, beqiyos iste'dod sohibi, O'zbekistonda xizmat ko'rsangan artist, kulgu darg'asi Xojiboy Tojiboev bu yorug' olamni tark etdilar...

Bugun kimdir birinchi farzand kurgani uchun oshno-ogaynilarini yigib hak beryapti, kimdir tug'ilgan kunini nishonlamokda, yana kimdir pul topolmay uyga kaytganidan hafa, kimnikidadir esa aza…

San`atimiz tobora asl san`at ustalarini yukotib bormokda. Umumiy ma`noda aytganda, e' san`atimizga kuz tegmokda, ajal botqog'iga kirib boryaptimikan? Qaysidir san`atkorlarimiz uchun tiriklayin gur kaziyapmiz, umri zavol bulganlarini e`sa bir kundan keyin deyarli eslamayapmiz ham. Hayot ishlari qizik!

Sevimli kulgu ustasi, Uzbekistonda hizmat kursatgan artist Hojiboy Tojiboevni bugun ulim atalmish haqikat oramizdan yo'lib ketdi. Boshqa hech qachon qaytarmaydigan qilib… Bir bahya ham endi uning jonli ravishdagi kulgularidan bahramand bula olmaymiz… Qanchalar og'ir judolik?!

Tojiboevning eng katta yutugi shunda ediki, uning kulgularida shundokkina uz hayotimiz, halqimiz turmushi bor edi! U hakikatan ham halqning muhabbatini chin manoda qozona olgan sanatkor!
Stadionlarni tuldirib bitta uzi konsert berardi. Hali bu darajaga bironta uzbek kulgu ustasi yeta olmagan! Eng sunggi konsert dasturi oldidan ham Hojiboy akaning sogligi haqidagi nohush habarlar kulogimizga chalingandi. Hatto konserti mahali ham dardini ichiga yutib bulsa-da, muhlislari qalbiga kutarinkilik ulashish uchun ijod kilgani tahsinga arzigulik.

U haqda ancha gapirish mumkin. Yahshi hotirotlar ancha.U yahshi shahs edi. Ochikkungilligi, hushtabiatligi, samimiyligi, hamisha oddiy halq bilan birga bulganligini hech kim yodidan chiqara olmasa kerak. Bugun tushlikdan keyingi habarni eshitib, dong qotib qoldik.

Hojiboy Tojiboev vafot etibdi… Ma`lum bulishicha, bemor jigar sirrozi hastaligi bilan og'ir ahvolda 23 iyul kuni tushlikdan keyin 16-shahar shifohonasiga olib kelingan. Vrachu hamshiralar ham bu shahsning muhlisi ekanligi bois ham, ming karra jon olib, jon berib bemorning ahvolini yahshilashga kirishishdi. Yuq, taqdir chizigidan chikib bulmaydi.

24 iyul, 15.00-16.00 atrofida Hojiboy aka kuzini boshka ochmadi… U foniy dunyo bilan vidolashdi!Hayot g'animat. Hayot fursat. Hayot - bor yuk… Bir-birimizning qadrimizga etish, bir-birimizni kuprok avaylab etishimiz uchun hali ham kech emas!

Sevimli ijodkorning oila a`zolariga, yakin dustlariga saytimiz ijodkorlari va minglab muhlislari nomidan chukur hamdardlik bildiramiz.

P/S: Sunggi malumotlarga qaraganda, Hojiboy Tojiboev tug'ilgan joyi, Tojikiston jumhuriyati, Leninobod tumaniga dafn etilarkan.


Alloh o'z rahmatiga olsin...Amin...
« So'nggi tahrir: 25 Iyul 2008, 16:16:37 muallifi Murod_bek »

Musannif Adham

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 15
  • -oldi: 918
  • Xabarlar: 4138
  • Jins: Erkak
Inna lillahi va inna ilayhi roji'un
Donishmand zamonasidan o'zib ketadi
Aqlli kishi zamon bilan qadam-baqadam yuradi
Aqlsiz kishi zamondan orqada qoladi
Ahmoq esa zamon yo'liga to'g'anoq bo'lishga urinadi.

Y_U_R_I_S_T

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1285
  • -oldi: 1505
  • Xabarlar: 3161
  • Jins: Erkak
  • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
    • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
Inna lillahi va inna ilayhi roji'un


 San'atimizning haqiqiy sevimli va iste'dodli insoni endi oramizda yo'q. Ming afsus o'lim haq!
Oila a'zolariga va barcha o'zbek san'ati ixlosmandlariga sabr va toqat tilayman. Joylari jannatdan bo'lsin ilohim.

Ularning nomi, ularning gaplari xalqning xotirasi umrbod qoladi. Hech qachon unutilmaydi.

Mangulikka qadam qo'ygan qiziqchimizni oxiratlari obod bo'lsin!
Xushnudbek taqdim etadi:
Hamma mavzu haqida blog - asosan huquqshunoslik haqida
http://xushnudbek.blogspot.com/

Mr.Twister

  • Mehmon
Xojiboy Tojiboyevni Alloh o`z rahmatiga olgan bo`lsin

ZUBAIR

  • Mehmon
Assalamu alaykum. Alloh o'z rahmatiga olgan bo'lsin. Lekin menda bitta savol bor. H. Tojiboyev namoz o'qirmidi? Islom arkonlariga amal qilgan holatda yashaganmidi? ???

Musannif Adham

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 15
  • -oldi: 918
  • Xabarlar: 4138
  • Jins: Erkak
Assalamu alaykum. Alloh o'z rahmatiga olgan bo'lsin. Lekin menda bitta savol bor. H. Tojiboyev namoz o'qirmidi? Islom arkonlariga amal qilgan holatda yashaganmidi? ???

Vallohu A'lam. Suning uchun bu yerda "Inna lillahi va inna ilayhi roji'un" bilan cheklanishga majburmiz:

Inna lillahi va inna ilayhi roji'un
Donishmand zamonasidan o'zib ketadi
Aqlli kishi zamon bilan qadam-baqadam yuradi
Aqlsiz kishi zamondan orqada qoladi
Ahmoq esa zamon yo'liga to'g'anoq bo'lishga urinadi.

 

Mashhur yettiliklar

Muallif AbdusalomBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 5196
So'nggi javob 02 Mart 2009, 16:09:02
muallifi ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_
Siz mashhur kishi bilan uchrashib qoldingiz...

Muallif RobiyaBo'lim Madaniyat

Javoblar: 270
Ko'rilgan: 103912
So'nggi javob 05 Mart 2013, 09:20:52
muallifi Muxsiya
Mashhur tarixiy shaxslar haqida she'rlar

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 7
Ko'rilgan: 21373
So'nggi javob 26 Oktyabr 2007, 15:14:57
muallifi shoir
Tarixdagi mashhur ayollar

Muallif Muhammad AminBo'lim O'zbek adabiyoti

Javoblar: 30
Ko'rilgan: 28206
So'nggi javob 03 Aprel 2008, 12:59:04
muallifi gulasal
Mashhur insonlarni gaplari, nasihatlari...

Muallif AhmadiyBo'lim Umumiy

Javoblar: 13
Ko'rilgan: 10679
So'nggi javob 11 Sentyabr 2009, 21:55:53
muallifi BecK_Uz