Ibrohim G'ofur. Domla Hindistoniyning boshdan kechirganlari  ( 29066 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


shoir  28 Iyul 2008, 14:14:18

O’zlari ham bugdoylaridan ushur to‘plab menga berar edilar, to menga zodi rohila jam’ bo‘lub, shu qadar mablagni to‘plab berdilar. Meni Amu daryodin o‘tkarib qo‘ydilar. Men bir eshakni sotib olib, shu bila Afgonistondan o‘tub Yashovul shahriga keldim. Bu yerda eshagimni sotib bu rafiqlarim bilan hojixonada birlashib, poezdga bilet oldik, biletimiz Bombey shahriga edi. Parvardigor mening kecha va kunduz talab qilgon duoyimni mustajob qilib, bu istansada seni toptim. Endi to o‘lgunumcha men sandin judo bo‘lmayman. hajga meni olib borgil». Xulosai  kalom shulki, ushbu yilda xatmikitob qilgon bo‘lar erdim. Bu muyassar bo‘lmadi. Dadamning xizmatlariga hajga borishga majbur bo‘ldim. Ustozlarim ham ma’qul ko‘rub, ruxsat berdilar. Shu bila madrasani talabalari bizni istansaga olib chiqib pozdga o‘tkurub, fotiha berib, qaytdilar.  Bombeyga yetib keldik. hojixonada dadamnign rafiqlari xanuz turgan ekanlar. Bizni kelgondin so‘ng paraxod safarga tayyor bo‘ldi. Bilet olib Makkaga jo‘nadik. Man  domlala bila vido’lashgan vaqtimda madrasaning bosh mudarrislari Mavlono Axmad Ali menga bir risola xadiya qilgon edilar. Risolaning nomi «Rahbarul haj», o‘zlari tasnif qilgon kanlar. Menga tavsiya qilib buyurdilarki:-«Bu risolaning ichida har bir narsa yozilgon, shunga amal qiling». Bombey shahriga kelganda bu risolani olib qaradim. Risolada yozibdurlarki :-«Bobmbey shahridan paraxodga tushar oldidan hojilarga lizim shuki, olti metr uzunlikda bir arqon olsinlar, bir paqir olsinlar, keyin limondan qilingon konservadan necha miqdorda olsinlar. Sotib olsinalr yanya qora choyga odatlangon odamlar qora choy olsinlar, chunki Arabistonda topilmaydi».

Qayd etilgan


shoir  28 Iyul 2008, 14:14:29

Man bunga amal qilib, bu narsalarni magazindan sotib oldim. paraxodg‘a chiqish oldidan do‘xturlarning muoyanasidan o‘tmoq lozim ekan. hoji agar kasal bo‘lsa, paraxodga ruxsat bermas ekan. Dadamni dam qisar kasalliklari bor edi. Ba’zilar aytdilar:-«Dadangga do‘xturlar ijozat bermaydi». Men hojixona xodimlari bila malahat qildim. Ular aytdilar:-«San do‘xturdan o‘tushda dadangdan muqaddam tugin-da, dadanga navbat kelg‘onda o‘n rupiya pulni do‘xturning qo‘liga bergin-da, do‘xturdan iltimos qilginda, shu bilan dadanga ruhsat beradi. Meni o‘rdu tilini bilishim katta foyda qildi. Do‘xturga  besh so‘mlik «Nikolay» tillisini qo‘liga berdim. rdu tilida do‘xturdan ijozat so‘radim.dadam uchun do‘xtur ruhsat berdi. paraxodga chiqdik,risolani olib qaradim.bu joyda nima lozim bo‘ladi. Yozibdurki, iloji boricha yuqoridan joy oling, chunki, paraxodni pastdagi uylari ko‘p besaramjon bo‘ladi. Shundog hodisalarda limonni ag‘kesib, ogziga solib, so‘rib turish kerak.

Man rabochiklarning brigada boshligini topib, qo‘liga pesh rupiya berdiim-da, yaxshi joyda joy topib berishini  iltimos qildim. Dadamga yaxshi joy olib berib, rohat bilan yotquzub qo‘ydum. haqiqatda ham patsdan joy olgan kishilar ko‘b qiynaldilar. Man limon so‘rish orqasida boshim ham aynagoni yo‘q. Dadam ham yaxsh xoldalar.odamlar mendan iltimos qilar edilarki, limondan bir parcha kesib bersangiz. Men bir parcha limonni bir rupiyadan sotgoni turdum. Boshi aylangon odamlar shu limondan olib, bosh ogriqdan qutuldilar. Ikki kkatta bankada limon kaserva olgon edim, hammasini odamlar talashib oldilar. Men afsus qildimki, ko‘p olsam bo‘lar ekan. Paraxodda odatan shirin suvni ichmoq uchun ochurud bilan beradilar. tahorat qilishga suv yo‘q mening arqonim bilan paqirim namoz o‘quvchilarga katta foyda berdi. Pasdan sho‘r suvni tortib olib, tahorat qilib, namoz o‘qushar erdilar. Xulosai kalom, o‘n to‘rt kun paraxodda yurduq.. Jaddai mudorakga keldik. Miqotdan gusl qilib, hajga ehrom bogladik.

Qayd etilgan


shoir  28 Iyul 2008, 14:14:39

Baytullohga har ikki kishi bir tuyani kira qildik. Yo‘lda bir kecha tunab, ertasiga Baytullohga yetib keldik. Baytullohning ziyorati uchun odatga har bir shaharning o‘ziga xos dalillari bo‘lar ekan. Baytullohni Makka shahriga kiraverish oldidan hojilar oldidan istigfor bo‘lishib, dalillar so‘rashur ekan:-«Qaysi shahardan keldingiz?» deb. Qo‘qond shahrining dalili bizning tuyamizni yetaklab, o‘z joyiga olib bordi. Bizni hojixonadan bir oy olib, ushbu yerga joyladi. Keyin bizni Baytullohga olib kirib, tavofi qadum qildirdi, dalilning o‘zi oldimizda yurib, ovozi baland bilan o‘quydurgon duolarni aytib turar ekan. Dadamning toblari yo‘qligi orqasida, orqamga ko‘tarib olib Baytullohni yetti martaba aylanib tavof qildirdim. Safo va Marvani tavof qilishda bir eshak kira qilib, dadamni mindirib, yetti martaba bunda ham tavof qildirdim. Keyin ehromdan chiqdik, chunki hali hajga Arafot togiga borush uchun hojixona karovatda yotkuzub qo‘ygonman. n besh kun bor edi. Dadamning toblari yo‘q, o‘zim besh vaqtda Baytullohda namozni jamoat bilan o‘qub, Baytullohni tavof qilib, bir chekkada o‘turub Qur’on tilovat qilib turgonimda bir kishi orqamdan kelib, meni yelkamdan ushlab:-«Qori bobo, keldingizmu?» dedi. Men qarasam o‘sha hindistonda ko‘rushgoncha Mullo Faqir alayhir-rahma ekanlar. Bu zotning karomatlari zohir bo‘ldiki, menga aytdilar:-«Baytullohda ko‘rishamiz» deb. Menga aytdilarki:-«Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning tugulgon joylarini ziyorat qildingizmu?». Men aytdim:-«Men bilmayman». Aytdilarki:-«Meni bila yur». Meni boshlab Baytullohdan olib chiqib, bir hovlichaga olib kirdilar.

Qayd etilgan


shoir  28 Iyul 2008, 14:14:47

— «Mana shu hovlida, mana shu joyda Rasululloh tugulgonlar». Uyning eshigini ochib meni ichkariga olib kirdilar. Bu uyning ichida olti kishi xalqa qilib o‘turubtilar. har qaysilari boshqa rangdagi odamlar. Ba’zilari qora yuzlik habashlardan. Ba’zilari sariq yuzlik. Ba’zilarining sochlari uzun bilaklariga tushadi. Mullo Faqir menga aytdilar:-«Bularni ziyorat qil» deb. Man hammalarini ziyorat qildim. Keyin meni boshlab tashqariga olib chiqib ketdilar. Tashqarida bir uyning ichida bo‘yroning ustida o‘tirdik. Menga o‘z qo‘llari bila choy damlab, yaxshi ko‘k choyni ichib bo‘lgondin keyin meni dilimdan o‘tdi:-«Shu choydin bir damlam iltimos qilib olaman». Shu holda qo‘ltuglaridan bir yumaloq choyni olib qo‘limga berdilar. Mendan:-«Kim bila birga kelding?» — deb so‘radilar. Man dadamizni kelgonini hikoya qldim. Aytdilar:-«Meni hojixonaga olib boring, qiblagohni ziyorat qilaylik», dedilar. Man hojixonaga olib keldim. Qiblagoh bilan ko‘rishdilar. 15 kundan keyin Arafotga ehrom boyladik. Shu bila Arafot togiga kelib, kunu bila bu joyda bo‘lub, kechqurun qaytib Muzdalifga keldik. Bu yerda bir kecha bo‘lub ertasiga Minoga keldik. Minoda haj ahkomlarini bajarib, uch kun turib qurbonlik qildik. Keyin Baytullohga kelib tavof ziyorat qildik. Keyin Madinaga bordik. Rasulullohning ravzalarini ziyorat qildik. Qaytib Makkaga keldik. Dadamning kasalliklari ziyoda bo‘lub qoldi. Bolnisaga yotquzdim. 15 kun bolnisada turdilar. Kasalliklari tuzuk bo‘lmadi. Bolnisadan hojixonaga qaytarib olib keldik. Dadam menga aytdilar:-«Men Xudodan tilagan  edim, meni o‘lumim shu muqaddas joyda bo‘lsun» deb. — «Umidim shulki, mening duoyim mustajob bo‘lgondur. Man vafot bo‘lgondin so‘ng bir xatmi Kalomulloh qilib, menga bagishlab, keyin to‘gri mamlakatga borgil. Onangni ham ko‘rub, duolarini olgil», deb vasiyat qildilar. Dadam vafot bo‘ldilar. Ko‘p meni duo qildilar.

Qayd etilgan


shoir  28 Iyul 2008, 14:14:56

Keyin aytgonlariga muvofiq hojixonada hojilarga bir kun xudoyi qilib berdim. Xatmi Kalomulloh qilib dadamizga savobini bagishlab, shundan keyin qaytib hindistonga keldim. Yana madrasada qolgon darsni o‘qushga boshladim. Mudarrislarimiz talabalar bila jam’ bo‘lib xatmi Kalomulloh qilihib dadamizga duoyi fotiha qildilar. Mullo Faqir alayhir-rohmadan ajooyib karomatlarmushohida qildim. Ilgari kelgonlaridamozorda qirq kun chillada o‘turdilar. Xaltalarida bir kilocha qovurilgon nuxod bor edi. Shundan boshqa dodi rohila yo‘q edi. Bu zot qirk kun chillada o‘turdilar, nima yedilar, qanday qildalar, obi tahorati qodoq bo‘ldi?-xech kim bilmadi. Chillaxonadan chiqib, man bila vidolashdilar. Men so‘radim:-«Yana qay yerda ko‘rushamiz?» Javob berdilar:-«Baytullohda ko‘rushamiz». haqiqatda shundog bo‘ldi. ketgonlaridan so‘ng madrasadaustozlarimiz so‘radilar:-«Qayoqqa ketdilar», deb. Men voqeani aytdim. Ustozlar mendan xafa bo‘lub aytdilar:-«Nima uchun bizga xabar qilmading? Biz u zotni ziyorat qilar edik. San o‘zung biror vazifa oldingmi, yo‘qmi?».-«Yo‘q» dedim. Ustozlar aytdilar:-«San nihoyatda gaflatda qolibsan. Nima uchun ul zotdan vazifa olmading?». Men afsus qilib, haqiqatda gaflatda qoldim.

Shul voqeadan keyin 15 kun o‘tdi. Bir notanish odam Madrasaga kelib, mening nomimni olib so‘rab turibdi, men kelib:-«Nima demoqchisiz, men o‘sha odam», dedim. Yonboshidan bir tasbehni olib dedi:-«mana bu sizga omonat Mullo Faqir berdilar. Shu tasbeh bila har quni namozi bomdoddan so‘ng yuz martaba :-«Yo Vahhob»ni vazifa qilar ekansiz, meni yubordilar». Men so‘radim:-«Ul zot qay joylarda?» deb. aytdi:-«bul kishi Karochi shahridabir buzrukvorningchillaxonasida chillada o‘turubdurlar». Bu yerdagi bizni afsus qilib, vazifa olmoginimiz ul zotga kashf bo‘lubdur. Xulosa shulki, bu zot o‘z davrida «Qutblaridan bo‘lib, shu bila bul zotni yana ko‘rish muyassar bo‘lmadi, lekin hozirgi vaqtda 2 yil muqaddam radio orqali Afg‘onistondan ul zotni vafot qilganlar deb xabar qildi. Bu ham ul zotning karomatlaridan menga. Haqiqatan ham, janob Rasulullohning tavallud bo‘lg‘on joylarida, Haj mavsumida yetti iqlimdan kelg‘on «qutb»lar jam’ bo‘lar ekanlar. O’sha hovlida olti kishining o‘tirg‘onini ko‘rdum. Shularning yettinchisi Mullo Faqir ekanlar.

Qayd etilgan


shoir  28 Iyul 2008, 14:15:05

Xulosai kalom shulki, men yana madrasada bir yil o‘quvb, xatmi kitob qilib, madrasa tarafidan ruxsat olib, dadamning vasiyatlarig‘a binoano‘z mamlakatimg‘a qaytib ketmoqchi bo‘ldum. Lekin mamlakatg‘a kelish uchun katta mablag‘ kerak, menda bu narsa yo‘q. Qandog‘ ketishimg‘a hayron bo‘lub turg‘on edim, shaharda bir ahli davlat kishi, o‘zi katta magazining xo‘jayini, mozorda men xatmi qur’on qilg‘onimda iqtido qilib turg‘on ekan. Shu odam mening safar qilishimni eshitibqancha mablag‘ bo‘lishini mendan so‘rab qoldi. Men aytdim:-«Hindiston rupiysig‘a besh rupiya kerak». Shul holda kissadan besh rupiya chiqarib berdi. Yo‘lning xarojatidan ham xotirjam bo‘ldik. Madrasadan shohodatnoma olib, odamlar bilan vidolashib jo‘nadim. Sheriklarimizdan qashqarlik ikkita tolibi ilm, bulr ham jo‘nadi. Bular menga maslahat berib aytdilar:-«Biz bila birg‘a qashqarg‘a borg‘il. Agar qashqarda turushni xohlasang, biror madrasag‘a mudarris bo‘lub qolasan. Xohlamasang qashqardan uying‘a ketsang ham bo‘ladi». Menham ma’bul bo‘lub, bular bilan Kashmirg‘a keldim. Kashmirda bir qashqariylar uyida turdik. Bular ketar vaqtlarida chegaraning boshlig‘ig‘a uchrab, ijozatnoma olib yo‘lg‘a chiqmoqchi bo‘ldilar. Menga navbat kelg‘onda ul hokim mendan so‘radi: - «San qaysi yerdansan?» Man to‘g‘risini aytdim: - «Man Rusiya Turkistong‘a qarashli qo‘qond shahridanman» Bu hokim aytdi: - «San Hindistong‘a qaysi yo‘l bilan kelg‘onsan?» Man aytdim: - «Afg‘onitson yo‘li bilan kelg‘onman». «Andog‘ bo‘lsa, o‘sha yo‘l bilan ketasan, seng‘a qashqar yo‘lig‘a ruhsat yo‘q». Shu bilan sheriklarim qashqarg‘a jo‘nab ketdi, meni qoldirib qo‘ydi. Man Kashmirdan qaytib Peshovar shahrig‘a keldim. Bu joydan Afg‘onistonga o‘tub qobulg‘a keldim. Peshovardan mashina qatnar ekan. Qobulg‘a mashinag‘a kira qilib Jalolobldga keldik. Bu Jalolobod shahrida mundin o‘n yil ilgari qozi domlamiz xizmatlarida turg‘on edim, dilimdan o‘tdiki: - «Agar mashina biror soatturg‘onda qozi domlaning qabrlarini bir ziyorat qilar edim. Ammo ma’lum emaski, mashina turadimi, yo‘qmi. Bu joyda bir voqea bo‘lub qoldi. Bu ham bo‘lsa, qozi domlamizning karomatlari edi. Mashina buzulib qoldi, shofer aytdiki: - «Mashina bir soatsiz tuzuk bo‘lmaydi, kim xohlasa shaharni tomosha qilib kelsun».

Qayd etilgan


shoir  28 Iyul 2008, 14:15:18

Men xursand bo‘lub, qozi domlamiz yotg‘on go‘ristong‘a jo‘nadim. Lekin qozi domlamizning qabrlaridan hech nishona yo‘q edi. Boshqa qabrlardan imtiyoz qilib bo‘lmas edi. Mo‘ysafid go‘rkov qozi domlani dafn qilish vaqtida tanig‘on edim. Hovlisidan chaqirdim, chiqdi. Man ko‘rushub o‘zumni tanitdim. Man aytdim: - «qozi domlamizning qabrini ko‘rsatingiz». Olib kelib ko‘rsatdi. Man bir katta toshni boshlariga nishona qilib qo‘ydum. Qur’on o‘qub savobini bag‘ishladim. Go‘rkovning qo‘lig‘a to‘rt rupiya pul berdim. Aytdim: - «Go‘rning tepasini loy qilib suvab qo‘ysangiz!» - «Xo‘p» deb qabul qildi. Shuning bilan hayrlashib mashinaning oldiga keldim. Bu shaharda tanish odamlarim ko‘p erdi. Emdi ularni ko‘ray desam vaqt tang edi. Mashina tuzuk bo‘lub qobulg‘a jo‘nadik. Qobulda Namangondan kelib qolg‘on odam bor ekan. Shu odamning hovlisida o‘n besh kun turub karvonlar bilan bir otni kira qilib Mozori Sharifga jo‘nadim. Ilgari Mozori Sharifda istiqomat qilg‘onimda Mirzo Muhammad qosimxon boyning uylarig‘a keldim. Mirzo Muhammad qosimxonni o‘zlariniAfg‘oniston hukumati boshqa joyga surgun qilg‘on ekan. Ul boyning qarindoshlarida ko‘rdum. Sovet hukumatining konsuli bor ekan. Bu konsuldan ijozanoma olish kerak ekan. Konsulxonag‘a kelib uchradim. Mamlakatg‘a qaytib ketishimni aytdim. Mendan so‘roq qildi. Qachon chiqg‘onim haqida ma’lumotlar olib, bir varaqg‘a yozib oldi. Keyin aytdi: - «Moskovga xabar beramiz, sizni qo‘qonddan tekshirib, keyin ijozatnoma keladi, keyin ijozatnoma beramiz, 15 kunda bo‘ladi». Shu bila 15 kun bu yerda turdum. 15 kundan keyin konsul chaqirtirdi: «Ijozatnoma keldi» dedi. Keyin Mozori Sharifdan Termizg‘a keldim. Termizda meni kutib oldi davlat odami. Bu yerda, - Mozori Sharifda turg‘onimda bir kishi o‘zi namangonlik, Afg‘onistong‘a o‘tib keldi. O’zi ilmlik kishi ekan. Mening shahodatnomamni ko‘rub, manga aytdi: - Bu shahodatnomani yubomang, u tarafg‘a keragi ham yo‘q. Shu yerg‘a omonat qoldiring», dedi.

Qayd etilgan


shoir  28 Iyul 2008, 14:15:36

Shu bila shahodatnomani hovli egasig‘a bir qutichag‘a solub omonot qo‘yib qo‘ydum. Termizning siyosiy idorasig‘a olib kelibdokumentni tekshirib ko‘rub, menga ruxsat berdi. Poezdg‘a tushub to‘g‘ri qo‘qondg‘a keldim. Qo‘qondg‘a kelib, o‘z hovlimg‘a kelgonimdan so‘ng, menga ma’lum bo‘ldiki, volidamiz dadamizning vafotlaridan bir yil ilgari vafot etg‘on ekanlar. Madrasada turg‘onimda bir tush ko‘rg‘on edim. Shu tushning ta’biridan volidamizning vafotlari ma’lum bo‘lg‘on edi. Bu tushim shundan iborat ediki: Bizning hovlimizning ro‘barasidakatta qabriston bor edi. Shu o‘rtasida bir katta daraxt bor edi. Tushumda g‘ovlida turubman hech kim yo‘q. Onamni chaqirsam, qabrning o‘rtasidagidaraxtning tagida: - «Man bu joydaman», deb javob berdi. Hozir bu hovlida ukamiz bola-aqalik bo‘lub istiqomat qilar ekan. Men aytdim: - «Volidamizning qabrini ko‘rsatgan, men borub ziyorat qilayin». Ukam olib borub qabristonning o‘rtsidagi daraxtning tagini ko‘rsatdi. Man volidamdan 17 yoshda judo bo‘lg‘on ekanman. Shundan keyin man ko‘rolmadim, man kelg‘onimga pushaymon yedim. Dilimda volidamg‘a xizmat qilolmag‘onligimning xasrati to qiyomat qoldi. Bu joyda go‘yo man musofirg‘a o‘xshab qoldim. Mening yoshim shu vaqtda o‘ttuz beshdan oshg‘on. Xotun olg‘onim yo‘q. Man ketib turg‘on vaqtimdavolidamizning dadalari ulug‘ kishi edilar, hayot edilar. Amaki, tog‘alar bor edi. Ikki singil kelg‘unimcha hammasi olamdan ketg‘on. Endi bu kichkina hovlida ikkita ukam istiqomat qilmoqda. Kattasi bola-chaqalik, kichkinasi hali xotun olmog‘on. Menga bu qishloqda turush nihoyatda og‘ir ko‘rinar edi.

Qayd etilgan


shoir  28 Iyul 2008, 14:15:47

Ukalarning turmushlari mening tabiatimga to‘g‘ri kelmas edi. Qo‘qond shahrida man talim olg‘on ustozlarimizning taklifig‘a binoan shaharda turmoqni istadim. Bu melodiy sanag‘aga to‘qqizinchi yilga to‘g‘ri kelgan edi. Shaharda qizil mehnat mahallasida bir masjidga muqtado qilib qo‘ydilar. Mening istiqomatim masjidning hujrasida bo‘ldi. Ul vaqtda masjidda muqtadolar, yachni imomlar bor edilar. Keyin bu imomlarga og‘ir soliqlar solinib, bular imomchilikni tashlab ketdi. Masjidlar solig‘larni to‘lamaganligiorqasidan gorkomxozning ixtiyorig‘a o‘tib ketdi. Ul davrda siyosatnig taqozosi shu erdi. Man hanuz taalluq qilmag‘on edim. Shu mahalda bir eri o‘lgan beva qolgan xotun menga xizmat qilaman debtoliba bo‘lub shung‘a uylanishg‘a majbur bo‘ldum. Ul vaqtda odamlar mena o‘xshagan besaru somon, holisi yo‘q, turar joyi yo‘q odamg‘a bermas edilar. Men shu xotunning uyida turishg‘a qaror qildim. Bu xotunning avvalgi eridan bir qiz, bir o‘g‘ul farzandi bor ekan. Menga ham Xudo bir o‘g‘ul berdi. Shu bilan farzandimiz uchta bo‘ldi. Bul davrda ruhoniy odamlarga o‘z joylari tang bo‘lub, har tarafga ko‘chib ketar edi. Har bir millatning dushmani o‘z jinsidan bo‘ladi. Meni ham o‘zumni jinsimdan dushmanlar paydo bo‘lub, qamoqg‘a tushishga sabab bo‘ldi. Lekin bu qamoq menga davoim etmadi. Tekshirish orqasida menga ruxsat berdi. Shul davrda bir kishi biror ishg‘a mashg‘ul bo‘lishi lozim edi. Man ham pilla punktig‘a ishag kirdim. Shu punktda ikki yil ishladim. Biroq qurama xalqidan yoru oshnolar ham bor edi. Meni Ohangaron rayoni Ablig‘ degan joyig‘a ko‘churub olib ketdilar. Bu o‘ttiz uchinchi mulodiy yillar edi. Mamlakatda ocharchilik bo‘lub, odamlar tiriklik uchun har tarafga o‘zlarini urar edilar.

Qayd etilgan


shoir  28 Iyul 2008, 14:16:08

Men ham shul sababdin Ohangaron rayoniga ko‘chub kelishga majbur bo‘ldim, chunki ul joyda ham xalq g‘allakor edilar. Tiriklik oson bo‘lar debumid qildim. Ablig‘da birovning hovlisida omonat o‘turdum. /alla ekish uchun hammaga plan berar edilar. Men ham planni olib g‘alla ekishga qaror qildim. Bor oshnolar yordam qilib g‘alla ekishib berdi. Urug‘lik bug‘doyni ham qarz berishdi. Shu bilan bug‘doy pishib, bug‘doyni o‘rmoq uchun yana hashar qilishib, bug‘doyni o‘rub, yanchishib berdi. Hukumatning planini to‘ladim, lekin bu joyda ham o‘z jinsimizdan mullolar menga dushmanlik qilib: - «Meni qochqinchi», deb qoralay berishdi. Xulosai kalom, bu yerda ikki yil turganimdan keyin, mahalliy hukumat meni: - «Bu joydan keting», dedi. Oxir majbur bo‘lub, bu joydan ko‘chub Toshkentgaqarashli «Oq yo‘l»  degan joyida "¦ omonat turdum. Kolxozda paxtachilik brigadasidatabelchi bo‘lub ishladim. Ikkinchi yili kolxoz raisi qo‘qonlik ekan, menga yordam qilib, kolxozning oshxonasiga kassirlik ishxonasig‘a qo‘ydi. Bu vazifada bir yil ishladim. Yana bu joyda ham mening o‘zimning jinsimdan dushmanlar paydo bo‘lub: - «Bu ruhoniy mullo» deb, ham «Xorijiy davlatlarda yurgan» deb qamatib yubordi. Shu bilan uch yilga kesilib, qamalib ketdim. Sverdlovskiy oblastiga mahbuslarning lagerlarida qarag‘ay kesish zagatovkasida ishladim. Bir yildan so‘ng Tug‘da degan shaharga itob qildi. Ul shaharda ishg‘ol zavodida ishladim. Bizning vazifamiz qarag‘ay yog‘ochdan poezdlarning tagig‘a qo‘yadigan ishpal tayyorlash edi. Bu zavodda yaxshi ishlaganim uchun menga mukofot berdi. Xulosai kalom shulki, uch yil muddati tamom bo‘ldi. Bu yerdan qutulub, qo‘qond shahrig‘a o‘z yurtimg‘a qaytib keldim, chunki bola chaqam ham kolxozdan raschyot olib qo‘qond shahrig‘a kelqon ekan. Man shaharga kelg‘ondan so‘ng yana ishlash kerak edi. Yog‘ zavodg‘a ishg‘a kirdim. Bu zavodda ishlab turg‘on vaqtim q41-yildan — 43-yilgacha) ikkinchi jahon urushi boshlangan edi.

Qayd etilgan