Ibrohim G'ofur. Domla Hindistoniyning boshdan kechirganlari  ( 29045 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


shoir  28 Iyul 2008, 14:07:22

MULLA HINDISTONIYNING BOSHDAN KECHIRGANLARI


TOSHDAN QATTIQ

Mavlono mulla Muhammad Sharif Hindistoniyning ushbu o‘z tillaridan yozib olingan tarjimai hollarini o‘qir ekanman, beixtiyor, inson boshi toshdan ham qattiq. Ammo odam boshi soy tubidagi toshdek chidab qoladi, degan o‘y hayolimda takrorlandi. Ha, Xudo g‘olib qilaman desa, odam - g‘olib! Uni hech narsa, hech qanday azob uqubat, hech qanday qiyinchilik yengolmaydi.

Ilm istagan, dili ma’rifat va yaxshilikka tashna solih yigit boshidan zamon ne tegirmon toshlarini yugurtirmadi. Uni ma’rifat va imondan to‘ydirolmadi. Balki aksincha qiyinchilik ortgan sayin uning imoni mustahkamlana, ma’rifati komillana bordi. Alloh doim sabr qilguvchilar bilandir, degan oyati karima bu ajoyib inson taqdirida yana bir karra isbotini topdi.

Mavlono Muhammad Sharif Hindistoniyning boshdan kechirganlari magnit lentasiga yozib olingan ekan. Ulamoyi kirom mulla Kamol o‘g‘li Sarimsoqjon uni qunt bilan oqqa ko‘chirib chiqdi.

Qayd etilgan


shoir  28 Iyul 2008, 14:08:44

Davrning ne-ne lovullarini boshidan kechirgan bir insonning yuraklarni larzaga soluvchi qissasi shu tariqa gazeta sahifasiga kirib keldi.

Bu umr qissasi — og‘zaki qissa. Unda ko‘hna jonli turkiy tilimizning o‘ziga xosliklari «oshlanmagan», «ishlanmagan» jilvalari shundoq ko‘zga tashlanadi.

Qissa shunday talaffuz qilingan bo‘lsa, shunday qog‘ozga tushdi. Bu til — mulla Hindistoniyning tili va u daxlsiz, sayqalga muhtoj emas. Ayrim o‘rinlardagina kelishiklarni andak to‘g‘riladik.

Siz bilan, o‘quvchi, hayajonlarimizni tezroq baham ko‘rishni istadik.

Ibrohim G’ofur

Qayd etilgan


shoir  28 Iyul 2008, 14:09:07

XUDONING NOMI BILAN BOSHLADIM

Siz qoriyin kiromlarg‘a ma’lum bo‘lsinkim, kamina axqorul ibod Muhammadjon Hojimullo Rustam o‘g‘illari sana 1310 hijriy muvofiq 1892 melodiyda qo‘qond muzofotig‘a qarashli Chorboq qishlog‘ida Xo‘ja Muhammad Vali mozorlarig‘a yaqin ushbu qishloqda tug‘ulub tarbiya topg‘ondirman.

Qiblagohimning hikoya qilishlaricha, qo‘qond va Samarqandda tahsil ulum qilg‘on ekanlar. Marhum faqih edilar. Boshqa ulumlarg‘a mahoratlari o‘rtacha erdi. Man oldilarida farzi ayn va faqih Kaydoni va ham «Muxtasar» to «Kitobi nikoh» o‘qug‘on erdim. Meni qori qilishga ko‘p haris erdilarki, «qo‘qondda madrasada o‘qub turg‘onimda ramazon oyida madrasada xatm bo‘ldi. Bir qori xatmga o‘tdi. Nihoyatda xush ovoz ekan. Nomi Muhammadjon qori ekan. Men Xudog‘a ahd qilib shundog‘ tiladimki, agar man xotun olsam, Xudo o‘g‘ul bersa, nomini Muhammadjon qo‘yib, qori qilaman. Xudoyi taolo talabimga muvofiq bir obro‘lik ulug‘ kishi meni madrasadan olib borib, qizini menga nikoh qilib berdi. Xudovando iroda qilg‘on ekan, san vujudg‘a kelding».

Qayd etilgan


shoir  28 Iyul 2008, 14:09:19

Xulosai kalom shulki, mening Shayx 8 yoshimda marhum Muhammad Amin qorig‘a berdilar. Ul zot Jalobir qishlog‘idan erdilar. Bizning joyimizdan bir kilometr masofadadur. Bir oyda haftiyakni tamom qildim. So‘ngra qori domla marhum bo‘lub qoldilar. So‘ngra qiblagohim meni Toshbolta domlag‘a topshurdilar. Bu qori domlada to‘rt yil davom etdim, lekin qur’onni hifz qilmog‘im mahol ko‘rinur erdi. Sababi shulki, uyning xizmati ham qori domlaning xizmatlari bo‘lub menga fursat bermas erdi. Men qiblagohimga aytdim: - «Meni shaharg‘a olib borib bering. Bu joyda odam bo‘lmayman»yu. qiblagohimga ham maqbul bo‘ldi. Shahri qo‘qond bizni qishloqdan sakkiz kilometr masofada turar erdi.

Ul davrda ko‘chalar harob erdi. Odamlar otu eshak va piyoda yurar erdilar. Otamizni bir otlari bor erdi, eshakdan kattaroq. Meni orqalariga mindirib oldilar. Ikki kilometr yurgandan so‘ng ko‘chada ozgina loydan o‘tmadi. qiblagoh harchand zajir qilib ursalar ham bo‘lmadi. Otdan tushub, yetaklasak ham bo‘lmadi. Hayron bo‘lub turub qolduk. Nogoh orqadan bir ayolni ovozi eshitildi. qarasak, biz tarafg‘a bir ayol yugurub kelmoqda. Yaqin kelg‘onda ma’lum bo‘ldiki, volidamiz ekan. qur’onim faromush bo‘lub qolg‘on ekan. Orqamizdan volidamiz qur’onni olib yugurg‘on ekanlar. Yetib kelg‘ondan keyin bkhol bo‘lub yiqilib yerga yotib qoldilar. Biz quo’onni olg‘ondan so‘ng otni yetaklasak yurib ketaberdiyu. qiblagoh aytdilar: - «Agar ot to‘xtab turmag‘onda onang to shaharg‘acha yugurub borar ekan, Xudo rahm qilib otni to‘htatib qo‘ydi».

Qayd etilgan


shoir  28 Iyul 2008, 14:09:34

Xulosai kalom shulki, qiblagoh meni Zikriyo qori domlag‘a topshurdilar. Bu qorihonada ikki yilda tamom qildim. O’n to‘rt yoshimda qur’onni hibz qildim. So‘ngra odatga muvofiq qiblagohimiz tamom ulamolarni ja’m qilib, xatm to‘yini qilib berdilar. Hammalaridan dars o‘qushumg‘a fotiha olib berdilar. Keyin Mullo Eshonqul domlaning huzurlarida ibtidoi darslarni o‘qushg‘a boshladim. Ilmu Sarf va ilmu Nahvning ibtidoi kitoblarini o‘qub, to «Sharhi Jomiy» boshladim. Yoligimdan ilmga hirs edim. Ramazondan ilgari bir oy takror qur’on takror qilmoq uchun Shohimardong‘a borar edim. Ul vaqtlarda araba bilan odamlar ziyoratga borar erdilar. Menda kiraga pul yo‘q, nochor piyoda borar edim. Bir martaba kavshimni yechib, xaltaga solib yalangoyoq yurdim. Shuning uchunki, kavshim yirtilib qolsa, bozordan yangi olish qiyin, pul yo‘q, kambag‘alchilik:

Xalqimizni kasbidur dehqonchilik,
Mehnatu va kulfat edi orzonchilik,
Non desak, olib berar zog‘orani,
Chinni kosa o‘rniga tog‘orani.

Ish topolmay yotadur qum ustida,
Tagi teshilgan elak xum ustida,
Xalqimizni ko‘blari omi edi,
Ko‘knoru, noskashu va bangi edi.

Qayd etilgan


shoir  28 Iyul 2008, 14:09:54

Xulosa shulki, men qoriyinlarga ul davr zamonin ahvolidan ozgina bayon qildim. qariyalardin qolg‘on bir misol borki: - «Mushti ramuz az xurdor».

Man endi o‘zumning ahvolimni yozishg‘a boshlayin. qissa ko‘tah, shohimardong‘a yetib bordim. Ul joyda bir oy takror qilib turdim. Meni qo‘limda hech qanday mablag‘ yo‘q. Faqat holi tavakkal edi xolos. Lekin ziyoratchilar ko‘p kelar erdilar. Ba’zilar meni oldimg‘a kelib: - «qori, bir xatm qilib qo‘ying» deb biror narsa berar erdi. Ba’zilari pishg‘on ovqat olib kelib berar edilar:

«Tavakkalni Xudog‘a aylag‘on er,
Na talqonu na qalqonni g‘amin yer».


Xulosa shulki, uyimda muyassar bo‘lmag‘on laziz ovqatlarni Xudo yetkuzur erdi. Emdi hovuzni oldida non sotuvchi qizlar nonlarini ziyoratchilarg‘a sotib, asrda uylarig‘a ketur erddilar.

Qayd etilgan


shoir  28 Iyul 2008, 14:10:08

Bir kun bir qiz ketmay hovuzni oldida yig‘lab o‘lturubdur. Men oldig‘a borib so‘radim: - «Nimaga yig‘laysan?». Ul qiz aytdiki: - «Ertadan kechg‘acha sotg‘on nonimni pulini ushbu hovuzga tushurib yubordim. Emdi, meni urib o‘ldiradurlar. Onam o‘gay, o‘zimni onam o‘lib ketg‘on». Meni rahmim keldi: «Bechora yetim ekan». So‘radim: - «qanday va qaerdan tushurdung?» qiz aytdiki hamma pulimni hamyong‘a solg‘on erdim. O’ynab o‘lturub, tushurub yubordim». — «qay joyg‘a tushurding, menga ko‘rsat?» dedim. qiz tushgan joyni ko‘rsatdi. Men ko‘ylaklarimni chiqorib, hovuzg‘a o‘zimni tashladim. Istab yurib oxiri hamyonni topib berdim. Yetim qizni hursandlig‘i benihoyat erdi. Men aytdim: - «San meni, Xudo sizga ilm bersun deb duo qilg‘il». qiz keyin meni ta’lim berishimga muvofiq qiblag‘a qarab turub duo qildi. Bu mening uchun ajoyib hodisa bo‘ldi. Ilgari fahmimni olmasdan ko‘p qiynalar edim. Hatto ba’zi vaqt yig‘lar edim. Ushbu avqotdan keyin fahmim yaxshi bo‘lub, xatto sheriklarimga ham mukolima qilib berar erdim. Bu yetimni duosi zoe’ ketmadi.

Emdi Shohimardondan qo‘qondg‘a qanday qilib ketmoq g‘ami menga tushdi. Buni Xudo oson qildi. Voqea shundog‘ bo‘ldiki, qo‘qonddan bir jamoa boylar ziyoratga keldilar. Ulardan bir boyning o‘g‘li qorixonada man birla o‘qug‘on erdi. Otasi birla kelib qoldi. Bular ketar vaqtida meni birga olib ketdilar. Ushbu vaqt qo‘qondda darsda o‘qur erdim. Madrasai Ming Oyimda Usmon maxdum mullo huzurlarida Sharha mullo o‘quvchilar jamoasig‘a qo‘shildim. Shul vaqt taxminan o‘n olti yoshda edim. Bir yildan keyin Buxorog‘a ketib qoldim. Sababi shulki, man istar edim hamisha o‘qushni, lekin yoz vaqtida mening qiblagohim: - «Menga yordam qilasan» deb dehqonchilik ishlarig‘a olib ketar erdilar. Shu bilan men olti oy o‘qushdan qolar erdim. Shuning uchun Buxorog‘a borsam, hamisha darsga mashg‘ul bo‘laman deb, shu qarorga keldim. Ul qiblagohdin so‘radim. Javob bermadilar. Hatto koyib berdilar, aytdilarki: - «qo‘qondda senga dars beradurg‘on domla yo‘qmu?» Men ayta olmadimki: - «Mening o‘qushimg‘a xalal beryapsizlar» deb. Keyi javob bermasalar ham ketaveraman deb jazm qildim. Soatimni bozorg‘a olib borib, o‘n so‘mg‘a sotib, shuni zodi rohila qildim.

Qayd etilgan


shoir  28 Iyul 2008, 14:10:19

Poezdga bilet oldim. Poezdda bir mo‘ysafid odam o‘zi Shahrihonlik ekan, hamroh bo‘lub qoldim. Mendan so‘radiki: - «qaerga bormoqchisiz?» Men javob berdim: - «Buxoroga». Yana so‘radi: - qaysi madrasaga?». Men aytdim: - «Bilmayman». Yana so‘radi: - «Buxoroda tanishlarigiz bormu?» Men aytdim: - «Yo‘q». Mo‘ysafid hayron bo‘lub aytdi: - «Buxoro shahri azimdur, Siz hech kimni bilmasangiz ko‘chada qolasiz. Bu sizga biron kishi bormang deb maslahat bermadimu? Xayr emdi, siz man bilan yuring, men sizni ulug‘ joyga olib boraman. O’shal joyda istiqomat qilib qolarsiz» dedi. qissai ko‘tah, Buxoroga bordik. «Eshonu Sayaxsinni xonaqolari» nomi bilan mashhur ekan. Bu Buxoroda Shahrihonlik Eshon bor ekanlar. Nomlari «Xudoberdi», xalifa ekan. Bu mo‘ysafid Hazrati Eshonni birodarlari ekan. Bu odam meni xonaqohga olib kirib qo‘yib, o‘zi yo‘qolib ketdi.

Men Asrni va namoz Shomni va Xuftanni ushbu xonada o‘qudim. Xuftan namozidan so‘ng Hazrat Eshon, halqa qildilar. Men surai «Taborak»ni qiroat qildim. Bu yaxshi natija berdi. Namozdan so‘ng bir odam: - «qiroat qilg‘on qori kim?» deb so‘radi. — «Men» deb javob berdim. — «Yuring, Hazrati Eshon talab qilayotirlar» deb, meni «Chillaxona»ga olib kirdi. Hazratni ziyorat qildim. Hazrati Eshon meni ahvolimni so‘radilar: - «Nima uchun Buxoroga keldingiz?». Men: - «O’qug‘oni keldim» dedim. — «qori muattarmisiz?» deb so‘radilar. Men: - «qoriman» deb javob berdim. — «Surai «Muzammil»ni o‘qib bering» dedilar. Men o‘qub berdim. Hazrat ko‘p tahsin qildilar. Hazrat kichkina o‘g‘ullarini chaqirib olib keldilar. O’g‘ullarig‘a tavsiya qilib aytdilarki: - «Bu o‘rtog‘ingni hujrada birga olib borgin, bu ham «Sharhi Jomiy» o‘qur ekan». Yana menga aytdilarki: - «Har kecha sahar vaqtida sizni so‘fi uyqudan uyg‘otadi, tahorat qilib meni oldimga chiqib, surai «Muzammil»ni tilovat qilib berasiz», dedilar.

Qayd etilgan


shoir  28 Iyul 2008, 14:10:33

Shu bilan har kecha sahar tahajjud namozi vaqtida meni so‘fi o‘yg‘otib olib chiqar edi. Kunduzi Eshonjon bilan darsga borar erdim. Shul tariqa uch oy davom etdi. Keyin menga bu joyda istiqomat qilish qiyin bo‘lu qoldi. Shuning uchunki, Eshonjonning hujrasig‘a mehmonlar ko‘p kelar ekan, menga darslarimg‘a mashg‘ul bo‘lishimg‘a mone’ bo‘lub qoldi. Keyin Hazrati Eshondan ruhsat olib dohmalarig‘a borib, o‘sha yerda istiqomat qildim, agarchi Eshonjonning hujrasida maishatim yaxshi edi. Istiqomat uchun ham hech narsani keragi yo‘q edi. Bovujud shundog‘ bo‘lsada, o‘qushum yaxshi bo‘lmag‘oni uchun, go‘rxonaga ko‘chub ketdim. Emdi sibotimda tahsilg‘a kifoya qiladurg‘on hech narsa yo‘qlig‘i sababidan qiynalib qoldim, lekin Parvordigorg‘a tavakkal qildim,  - «Rizqni Xudo beradi» deb istiqomat qila berdim.

Bir kun darsdan kelib turg‘on holimda bir nonvoyning do‘konini oldidan o‘tdim. Nonvoy meni yaaqirib qo‘limg‘a ikki dona non berdi O’sha kuni och edim. Bu odamni dilig‘a Parvarligor fazl karami birla har kuni menga ikkita non berib turushig‘a ilhom qildi. Bu nonvoy aytdiki: - «Siz har kuni mana shu yerdan o‘tub ikkita non oling», dedi. Shu bilan menga sababi rizq paydo bo‘ldi. Tolibi ilmlarda bir qoida bor edi. Dars boshlash oldidan, ha bir kishig‘a soliq solib, pul to‘plab, mudarris domlag‘a dasturxon qilib bormoq odat edi. Sharhi Mullodan marfuotni tamom qilib, Mansubotni boshlash uchun pul kerak bo‘ldi. Meni zimmamg‘a uch so‘m soliq tushdi. Menda pul yo‘q. Bulmasa darsg‘a kelishimg‘a ruxsat yo‘q deb meni majbur qilishdi. Men darsdan chiqib, nihoyatda g‘amgin bo‘lub, ko‘zlarimdan yosh oqib, kambag‘alchilikdan Parvardigorg‘a dilimda nola qilib, hujraga kirib ketib turgan edim, boshim yerg‘a egig‘on holda, nogoh toshni orasida bir narsa ko‘zimg‘a yaltirab  ko‘rundi. Olib qarasam, xotunlarni qo‘lidantushg‘on uzuk ekan.

Qayd etilgan


shoir  28 Iyul 2008, 14:10:44

Men umrumda bu xilda uzukni birinchi ko‘rushim. Muniqiymatini ham bilmayman. Dilimg‘a kaldiki, agar bu uzukni sotsam uch so‘mg‘a olsa, tushg‘on soliqdan qutular erdim. Yo‘limdan qaytib, Labi Hovuz Devonbegidvn uzukfurushlarga Kavkaz xalqidan bo‘lar edi. Shul joyg‘a olib keldim. Uzukni ko‘rsatdim. qo‘limdan olib ko‘rub: - «qanchag‘a sotasiz deb so‘radi?»man bu uzukni qiymatini bilmag‘on sababdan: - «O’zingiz bir narsa qilib berabering» dedim. Ul odam aytdiki: - «Yigirma so‘m beraman» dedi. Men yigirma so‘mni eshitib, nihoyat darajada hayron bo‘lub qoldim — «Yo‘q sotmayman», «Uzugimni bering» dedim. Ul aytdi: - «O’ttiz so‘m beraman, soting muni» dedi. Men yana: - «Sotmayman» deb uzukni qo‘lidan oldim. Yana bir uzukfurush bul holdin xabardor bo‘lub, meni chaqirib uzukni ko‘rmoqni istadi: - «qancha qildi?» deb so‘radi. Man aytdim: - «O’ttuz so‘m qildi», dedim. «Sotmadim» dedim. Bu odam aytdiki: - «bundog‘ bo‘lsa, man qirq so‘m beraman» dedi. Men: - «Sotmayman» dedim. qo‘lidan uzukni olib jo‘nab qoldim. Yana chaqirib: - «Ellik so‘m beraman» dedi.

Xulosai kalom shulki, uzukni narhi oshib borib,sakson so‘mg‘a bordi. Shundan oshmadi. Bu nimadan bo‘lg‘onig‘a o‘zim ham hayronman. Keyin ma’lum bo‘ldiki., uzukni halqasi tillodan ekan ko‘zi olmosdan ekan. Oxiri sakson so‘mga sotdim. Hul vaqtdagi mening xursandlig‘im benihoya edi. Bir yillik istiqomatni maishatini Parvardigor meng‘a ato qildi. Shu bilan soliqni to‘ladim. Sheriklarimni ham ziyofat qildim. Bir kun sheriklarim meni holimg‘a taajjub qilishib: - «San biror yerdan o‘g‘urlik qildingmu?» deb so‘rar edi. Buxoroning havosi yoz mavsumida nihoyatla issiq bo‘lar edi. Madrasalarda dars to‘xtar edi. Tolibi ilmlar salqin joylarg‘a chiqib ketar edi. Man ham qo‘qondg‘a jo‘nab ketdim. Hovlimizg‘a keldim. Ota-oanlarni ziyorat qilibko‘rushub, bir oy uyda turdum. Lekin shu davrda birinchi jahon urushi bo‘lub turg‘on edi. Hukumat rabochiklar uchun xalqg‘a bir besh uydan bir kishini talab qilishar edi.

Qayd etilgan