Ibrohim G'ofur. Domla Hindistoniyning boshdan kechirganlari  ( 29060 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


shoir  28 Iyul 2008, 14:11:02

Dadamiz menga aytdilarki: - «Tezlik bilan Buxorog‘a qaytib ket, chunki ellikboshi sening ham nomingni yozibdi». Men yana Buxorog‘a qarab jo‘nadim. Lekin hozir Buxoroda dars yo‘q. Sheriklarimdan to‘rt kishi Balx shahridag‘i Mozori Sharifg‘a bormoqni qasd qilg‘on ekanlar. Men ham shular bilan bormoqni istadim. Hazrati Eshonning huzurlariga kirib shu maqsadimni aytdim. Hazrati Eshon aytdilarki: - «Mozori Sahida bizni muridlar bor, o‘zi ahli davlat odam. Bir omonat beraman, shu odamg‘a olib borib berasiz. Ul odam sizni ko‘p hurmat qiladi, joy beradi» deb bir risolai forsi Anfos nomli va kuloh do‘ppi omonat berdilar. Mozori Sharifg‘a jo‘nadik. Amu daryodan kema bilan o‘tub, eshak kira qilib, Mozori Sahiga bordik.

Mozorda ziyorat qilib bo‘lg‘ondin keyin, shul mozorda yotib qoldim. Sheriklarim mendan ajrab ketdi. Kunduzi mozorni aylanib yurgon edim, bir bolaxonadan qori bolalarni ovozi chiqib turubdi. Bolaxonaga chiqdim. Bir mo‘ysafid domla o‘tirgan ekanlar, yigirma chog‘lik qori bolalar qur’on o‘qub o‘tirgan ekanlar. qori mendan so‘radilar: - «Siz qaerdan keldingiz?» deb. Men aytdim: - «Buxorodan keldim». — «qorimisiz?» deb so‘radilar. Men: - «qoriman» deb javob berdim. — «Butun hifz qilg‘onmisiz?» deb so‘radilar. Men: - «Murattabman, butun hifz qilg‘onman» deb javob berdim. qori domla aytdilar: - «Surai Maryamni boshdan qiroat qiling?» Men bir sahifa qiroat qilib berdim. qori domla mening qiroatimg‘a ko‘p tahsin aytdilar. Keyin aytdilarki: - «Sizga mana shu mozordan bir hujra olib beraman, ikkita qori bolani xizmatingizg‘a qo‘yaman, ikki mahal ovqat olib kelib beradi, erta bilan choy-non, hammasini muhayyo qiladi. Sizning vazifangiz shulki, men o‘z ishimg‘a borganimda o‘rnimda o‘tirib qori bolalarg‘a saboq berasiz». Men aytdim: - «Men o‘quvchi tolibi ilmman, darsim nima bo‘ladi?» Keyin qori domla aytdilar: - «Bu mozorda dars aytguvchi mashhur zot borlar. Shu zotg‘a sizni topshiramiz. Darsingiz ham davom etadi».

Qayd etilgan


shoir  28 Iyul 2008, 14:11:26

Xulosa shulki, myenga bir hujrani ochib berdi, ikki qori bolani muqarrar qildi. Ular menga ovqatlar olib kelar edi. Man qori domlani o‘rinlarida gohqgoh bir joyg‘a ketib qolsalar qori bolalarg‘a ta’lim berar erdim. Meni qori domla olib borib, mashhur domla Hazrati muborak nomlari Mirmuhammad _G’avs Saidzoda) deb atalarkan. Shu domlag‘a topshurdilar. qozi domla mendan so‘radilar: - «Buxoroda nima darsdan o‘qug‘onsiz?» deb. Men: - To Sharhi Mullog‘a qadar darslarni o‘quganman» dedim. Mendan Kofiyani madhasi ismdan imtihon qilib ko‘rdilar. Men hech savollarig‘a javob berolmadim. Yana mendan ilmu Sarfdan savol qildilar. Munga ham javob berolmadim. Keyin «E’loliya qilg‘onmisan sarvlarni» dedi. Men: - «Yo‘q» deb javob berdim. qozi domla aytdilarki: - «Hamma o‘qug‘on darslaringiz bekor ekan, boshdan o‘qiysan. Undan keyin men senga Mo‘zini, Zanjoni o‘qitarman». Meni a’mi qorini oldiga yubordilar. Yigirma to‘rt bob Mo‘zini e’lol qilish kerak ekan. Bir jamoa Sarfni o‘quvchilarg‘a menisherik qilib qo‘ydi. E’lol tojikcha bo‘lar ekan. Man tojikchani kamroq bilar edim. Men nihoyat darajada qiynaldim. Daftarg‘a yozub yurub o‘qug‘on darsimni yod qilar edim. Olti oyda e’lol qilib tamom qildim.

Men ko‘b o‘z holimdan ta’sirlanib, Sharhi Mullog‘acha o‘qug‘on bo‘lsamda, yana qaytib mubtadiylar qatorida boshdan tushdim. Uch yil qilg‘on tahsil hammasi bekor bo‘ldi. E’lolni tamom qilg‘ondan keyin qozi domlaning oldilarig‘a keldim. qozi domla qilib ko‘rdilar: - «Yaxshi» deb baho berdilar. qozi domla oldilarida Mo‘zini boshladim, andek vaqtda Mo‘zini tamomqildim. Keyin Zanjoni o‘qudum, uni tamomqilib, Marrohil Arvoh o‘qudum. Bir tarafdin Avomil o‘qudum tarkibi bila o‘qub tamom qildim, Harakoto‘qudum. Keyin Hidoyatul Nahv o‘qudum. Keyin Kofiya o‘qudum. Bir yilda shularni o‘qub tamom qilib, Sharhi Mullo boshladim. Mening bu o‘qushum endi boshqacha erdi. Darslarni yaxshi tushunar edim. Yaxshi fahmlab o‘qur edim. Shu bilan birg‘a Mantiqni Isog‘uvchi Mezonul Mantiq, Mirqotil Mezonil Mantiqni, Sharhi badiyi Mezon, Tahzib sharhi bilan Shamsiya, qutbiya, Sullam sharhi bilan, Bedil Sharhi bilan. Mirzo Bedilni qozi domlaning huzurlarida tamom o‘qudum.

Qayd etilgan


shoir  28 Iyul 2008, 14:12:12

Dars nima ekanig‘a endi tushundim. Shu vaqtlarda dadamiz meni istab Buxorog‘a kelg‘on ekanlar. Buxorodan Mozori Sharifg‘a borganimni eshitib, Mozori Sharifg‘a keldilar. Endi bu orada Mirzo Muhammad qosimboyni topib, Hazrati Eshonning omonatlarini topshurdim. Mirzo Muhammad qosim xonning o‘zining solg‘on masjidi bor ekan. Shu masjidning hujralaridan birovini menga berib: - «Shu yerda istiqomat qiling»- dedi. — «Sizning tamomi zaruriyatlaringiz bizning zimmamizda» - dedi. Mozordan ko‘chub, masjidning hujrasida istiqomat qildim. Dadamiz kelg‘onlarida  ushbu masjidda istiqomat qilar edim. Mana shu yil o‘n yettinchi yil bo‘lub, inqilob boshi ekan. Dadadmiz mening holimni ko‘rub, xursand bo‘lub: -«Men seni olib ketmoq uchun keldim. Endi ko‘rsam bu joyda tinch dars o‘qub turubsan ekan. Emdi men seni olib ketmayman. Shu yerda istiqomat qilaverasan»- dedilar. Meni tashlab ketdilar, xolos.

Xullas, ikki yil Mozori Sharifda istiqomat qildim. Ramazon oylarida Mozori Sharifda xatmg‘a o‘tdim. qozi domlamizning talablari bilan hovlilarida xatm qildilar. Unda ham xatmg‘a o‘tdim. qozi domlamiz ko‘b shogird qilmas edilar. Shogirdlari 6-7 dan oshmas edi. Ularning ichlarida muttadiysi men edim. Boshqalar hammalari Sharhi A’qoid o‘qur erdilar. qozi domlaning shogirdlarning  ichlarida bir afg‘on tolibi ilm bor edilar. Mashhur Mullo Faqir deb atalar edilar. O’zi Sharhi A’qoid o‘qur edi va ajoyib tarki dunyo jozibalik xudojo‘y zot edilar. qozi domlamiz bu tolibi ilmni nihoyatda hurmat qilar edilar. Bir ajoyib viloyatg‘a yetg‘on zot edilar. Kunduzi darsg‘a kelib, dars o‘qub bo‘lub, kechsi qabristonda yotar edilar. Bu zotning sifatlarini aytib tamom qilib bo‘lmaydi. qozi domlamizg‘a  bir hodisa bo‘lub qoldi. U ham bo‘lsa, Afg‘onistondan Buxoro tomong‘a surgun bo‘ldilar, davlat tomonidan. Shu holda hamma talabalarg‘a ruxsat berdilar, magar uch kishiqa ruxsat bermadilar. Biri Mullo Faqir: -«Meni birla borasan» -dedilar. Menga ruxsat bermadilar. Buxorog‘a ketishga majbur bo‘ldik. qozi domlamizning farzandlari yo‘q edi. Bir o‘g‘illari olim bo‘lub, ilmni tamom qilgandan so‘ng o‘n sakkiz yoshida vafot qilgan ekanlar. Shu bolaning firoqida onasi ham vafot qilg‘ondan keyin qozi domla bir ayolni oldilar. Bundin hali bola bo‘lmag‘on. Shu ayollarini birg‘a olib, u ayolning ukasi qaynag‘alari birla bizlar ikki kishi beshta otg‘a ming‘on holda Amu daryodin o‘tub qarshig‘a keldik.

Qayd etilgan


shoir  28 Iyul 2008, 14:12:32

Qarshida bir uch kun turub, Buxorog‘a keldik. Hazrati Bahovaddinni ziyorat qilib, xotunlarini bir shayxning uyig‘a qo‘yib qozi domlamiz, mullo Faqir, men uch kishi Buxorog‘a keldik. Buxoroda Afg‘onistondan kelib qolg‘on bir kishi, shu odamning hovlisida mehmon bo‘ldik. Bu odam maddohlik qilar ekan. Labi Hovuz, Devonbegida so‘z qilar ekan. O’tgan tolibi ilmlarg‘a xabar berib: - «Bir allomai zamon Afg‘onistondan kelg‘on, har kim dars o‘qusa, bizning uyg‘a borsunlar» deb. Andek vaqtda qozi domla mashg‘ur bo‘lub ketdilar. Amir Buxoroning bir vazirlar bor ekanlar. Mir Salim degan. qozi domlag‘a muxlis bo‘lub, bir hovlig‘a tushurdi. qozi domla ayollarini olib kelib shu hovlida istiqomat qildilar. Jamoa-jamoa bo‘lub talabalar dars boshladilar. qozi domla to‘rt oy Buxoroda dars aytganlarida so‘ng yoz bo‘lub, Bux’oro issiq bo‘lub ketdi. Shunda mullo Faqir qozi domladan ruhsat olib, yana Afg‘onistong‘a qaytib ketdi. qozi domla Buxoroning havosi issig‘i yoqmay, isitma kasali bo‘lub qoldalar. Toshkentdan kelg‘on savdogar boylar qozi domlani Toshkentg‘a taklif qildi. qozi domla meni olib Toshkentg‘a ketdik. Ayollari Buxoroda qoldi. Toshkentning havosi yoqib, kasaldan tuzuk bo‘lub qoldi. Haligi taklif qilg‘on boylar qozi domladan iltimos qilishdi. Toshkentda turung deyishdi. Ko‘kaldosh madrasasida dars aytishg‘a muqarrar bo‘ldilar. Keyin hovli topib berdilar. Ayollarini ham olib keldilar. Shu vaqt Afg‘oniston podshosi o‘ldurulub, o‘rnig‘a bolasi Omonulloh degan o‘g‘li podshoh bo‘ldi. Bu podshoh Sovet hukumati bilan bitim tuzub, konsul yubordi. Toshkentg‘a konsul qozi domlani chaqirib, podshohning farmonini berdi. qozi domlani qaytib Afg‘onistong‘a podshoh talab qildi. Konsul aytdi: - «Sizg‘a yo‘l harajoti beramiz, qaytib Afg‘onistong‘a borasiz». Shu bilan qozi domla xotunlarini qaynog‘alari bilan qoldirib, meniolib ikki otg‘a minib Kobulg‘a jo‘nadik. qobulg‘a borg‘ondan keyin qozi domlani podshoh huzuriga chaqirib, Jalolobod shahrig‘a «qozi» qilib yubordi. Men birla qozi domla Jalolobod shahrig‘a keldik. Kobulda turgon vaqtimizda qozi domlani otlari bor edi. Saroyg‘a boylag‘on. Man ming‘on otni sotdik. qozi domla ming‘on otni qoldirdik. Bir kun shu turg‘on saroyg‘a Mullo Faqir kirib keldi.

Qayd etilgan


shoir  28 Iyul 2008, 14:12:58

Qozi domlani ziyorat qildi. Qozi domladan iltimos qildiki: - «Meni turg‘on qishloqda ham hashak serob, qorini ham olib, otini ham olib qishloqg‘a borsam, bir oy olib tursam, ot ham yaxshi semirib qolar edi». Qozi domla: - «Xo‘p» deb ruhsat berdilar. Kobol shahridan, bir o‘ttiz kilometr tashqarida, tog‘ning ichida «Sabz» degan qishloq ekan. Shu qishloqda bir oy turdik. Obu havosi juda yaxshi ekan, salqin, tog‘dan suv tushadi, nihoyatda sovuq tutlar pishg‘on vaqti ekan. Mullo Faqir masjidda ibodan qilib o‘tirar ekan. Qishloq xalqi bola-chaqasi bilan muxlis ekan. Bir oydan keyin qaytib Kobulg‘a keldik. Mullo Faqir yana xayrbod qilib ajrab qoldi. Qozi domla Jalolobodg‘a qozi bo‘lg‘onidan keyin yo‘lda bir qishloqda Naqib Sohib degan bir Pir bor ekan. O’zlari arab Bog‘daddankelg‘on ekanlar. Qozi domla Naqib Sohibni ziyorat qilmoq uchun shu qishloqg‘a keldilar. Pir bog‘larida o‘tirgan ekanlar. Bu Pirg‘a podshoh ham murid ekan. Kirib ziyorat qildik. Qozi domla Naqib Sohib bilan arabcha so‘zlashdilar. Bir soat suhbat qildilar. Keyin ruxsat olib Jalolobodg‘a jo‘nadik. Qishloq ahlining hikoya qilishicha bu zot «Sohibi Karomat» ekanlar. Jalolobodda qozi domlamizg‘a davlat tarafidan hovli berildi. Qozi domlamiz kunduzi mahkamag‘a borar kechqurun men ovqat tayyorlab turar edim. Erta bila mening darsimni aytib mahkamaga ketardilar. Shu tariqada to‘rt oydan keyin qozi domlaning ayollari ham podshohning xarajoti bilan Toshkentdan yetib keldilar. Qozi domlamizning xos huzurlarida mendan boshqa o‘quvchi yo‘q. Qozi domlamiz shundog‘ adolatlik qozi bo‘ldilarki, ikkinchi Abu Yusuf desak bo‘lar edi. Adolatlari shu darajada ediki, men bir kun bozorg‘a borib, qozi domlaning otlarig‘a besh-o‘n bog‘ beda oldim. Biron hammol bo‘lsa, ko‘tartirib olib ketaman deb turg‘on edim. Bir odam kelib: - «Men olib borub beraman» deb bedani ko‘tarib bormoqchi bo‘ldi. — «Necha pul olasiz?» desam, - «Yo‘q, qozi domlag‘a xizmat qilamiz» deb, bedani ekorga obormrqchi bo‘ldi.

Qayd etilgan


shoir  28 Iyul 2008, 14:13:07

Bedani ko‘tartirib, hovlig‘a olib keldim. Bedani yerg‘a qo‘yib turudik, qozi domla chiqdilar. Ko‘rub, chaqirib oldilarig‘a: - «Necha pulg‘a baho qilding». Men aytdim: - «Bu odam bekorg‘a olib boraman» dedi. Qozi domlaning kotiblari turgan edi. So‘radilarki: - «Bozordan hrvlig‘acha ko‘tarib kelg‘on bedag‘a qancha ijara beriladi?» Kotib aytdiki: - «Ikki tanga bo‘ladi», dedi. Menga aytdilar: - «Ikki tanga to‘la» dedilar. Men ikki tanga berdim, ul odam olmadi. Kotibg‘a aytdilar: - «Ur dedilar ikki tarsaki, urdilar, olmaysanmi? Ol pulni ikkinchi bul ko‘chada qadamingni qo‘ymaysan, agar qadamingni qo‘ysang, seni qamab qo‘yaman». Men hayron qoldim. Ul odam: - «Xo‘p» deb ikki tangani olib jo‘nab qoldi. Keyin men hayron bo‘ldimki, bu odam yaxshilik qilsa jazo berildi, sababi, bu odamning mahkamada janjali ketiyapti. Bu shuning uchun aloqa qilmoq uchun bedangni ko‘tarib loib kelg‘on bu yerg‘a. Qozi domla mahkamag‘a boraturg‘onlarida oldilarida ikki askar yo‘ldagi odamlarni: - «U yoqqa tur, bu yoqqa tur», deb ketar edi. Mahkamag‘a qozi o‘tub ketguncha, ko‘chada mashina, araba to‘xtaydi. Qozining haybati bu yerda ko‘runub turadi. Kiyimlari, boshlaridagi kiyimlari hammasiboshqacha ko‘runub turar edi. Bu Jalolobod shahrida eng yuqori turg‘on amaldor niob — to‘rtta qozi bo‘lar edi. Eng yuqori qozi bizning qozi edilar. Ramazon oyi keldi. Noib so’larning o‘rtasida xatm boshlandi. Qozi domlamizni xatmg‘a taklif qilib, qog‘oz keldi. Qozi domla menga aytdilar: - «Sen ham meni birla borgin, xatmni tomosho qilib kelasan». O’rdaning darvozasining tagiga kelg‘onda qozi domlani ichkarig‘a ruxsat berdi. Menga ruxsat bermadi. To‘xtatib qo‘ydi, chunki menda chaqiruv qog‘ozi yo‘q edi. Qozi domla lashkarg‘a aytdilar: - «Mening kavshimni ushlab turadurg‘on xizmatkorim bo‘ladur» dedilar. Ichkarig‘a kirdim. O’rdaning o‘rtasida masjid bor ekan. Masjidda namoz o‘qug‘uvchilar hammasi ulug‘ odamlar. Xulosa shulki, xatmg‘a o‘tub turg‘on qori nihoyatda xom ekan. O’tub turub ko‘p xato qilar ekan. Orqasida some’ yo‘q. Man luqma berishg‘a majbur bo‘ldim. Bir tasbehda ko‘p yerda xato qildi. Man luqma berdim. Tasbeh tamom bo‘lg‘ondin keyin shaharning hokimi meni taklif qildi. Billoh, to oxiri xatmni tamom qildim. Xatmda turg‘onlar ko‘p xursand bo‘lub, rozi bo‘lushdi.

Qayd etilgan


shoir  28 Iyul 2008, 14:13:24

Qozi domlamiz bu shaharda uch yil qozi mansabida turub vafot etdilar. menga vasiyat qilib aytdilarki: - «Meni yerg‘a dafn qilg‘ondan keyin, menga bir xatmi Kalomulloh qilib, savobini bag‘ishlagaysan, qolg‘on ilmni Hindistong‘a borub, tamom qilg‘il». Men vasiyatlarig‘a binoan, qozi domlamiz marhum bo‘lg‘ondin keyin bir xatmi Kalomulloh qilib, ruhlarig‘a bag‘ishlab. Hindistong‘a jo‘nab ketdim.

Ajmir degan shaharg‘a borub, bir madrasai Usmoniyag‘a doxil bo‘ldim. Meni madrasag‘a qabul qilib oldilar. Xulosai kalom shulki, sakkiz yil shul madrasada dars etdim. Dars urdu tilda bo‘lar ekan. _____ bilg‘uncha bir yil qiynaldim bu orada o‘zumni mamlakatimdan bir hech qanday xat maktub ololmadim. Dadam birla Mozori Sharifda ko‘rushg‘onimcha 15 yil bo‘ldi. Madrasada sakkiz yil o‘qub turg‘on holatimda bir ajoyib voqea ro‘y berdi. Voqea shundan iborat ediki, shu kun madrasag‘a borib o‘qushumni dilim istamas edi. Bir kun meni ozod qilib qo‘ysa-da, xohalag‘an joyimg‘a borib sayohat qilib kelsam. Dilim shuni istar. Madrasani boshlig‘ig‘a ariza yozdim: - «Bu kun mening tobim yo‘q, meni o‘qushdan qilsalaring» deb iltimos qildim. Madrasaning tabibining oldig‘a meni muolaja qilih uchun yubordilar. Tabib ko‘rub aytdiki: - «Sizda hech qanday kasal o‘yq, endi sizg‘a ruxsat beraman, bir kun shaharni tomosho qiling». Menga ijozatnoma berdilar. Man madrasadan chiqib qayoqqa borishim kerak ekan, o‘zum ham bilmayman. Ko‘chada aylanib, istansag‘a bordim. Afg‘oniston chegarasidan kalg‘on poezd to‘xtab turg‘on ekan.

Qayd etilgan


shoir  28 Iyul 2008, 14:13:35

Dilimg‘a keldiki, mabodo mamlakatimizdan Hajg‘a bog‘uvchidardanbirontasini uchratamanmi deb, poezdg‘a chiqdim vagonlarni tekshirib ko‘rdum va bir vagonda uch kishi o‘turgon ekan. Ularni ko‘rg‘on zamon o‘zbeklig‘ini bildim.- «Otalar, qaerdan keldingizlar?» deb so‘radim. Ular meni o‘zbekcha gapirishimdan hayron bo‘ldi, chunki mening liboslarim Hindiston libosi edi. U hojilardan biri: - «San o‘zbekmisan?» deb so‘radi. — «O’zbekman» dedim. — «Bu yerda nima qilib yurasan?» dedi. Men: - «Madrasada o‘qiyman», deb javob berdim. — «O’zbekistonning qaysi shahridan bo‘lasan?» deb so‘radi. Men: - «qo‘qonlik bo‘laman» dedim. U odam aytdi: - «Men ham qo‘qonlikman», dedi. — «qo‘qondning qaysi qishlog‘idan bo‘lasan?» deb so‘radi. Men aytdim: - «Uch ko‘prikg‘a yaqin Chorbog‘ qishlog‘idan bo‘laman». Ul odam aytdi: - «Kimning o‘g‘li bo‘lasan?» man aytdim: - «Mullo Rustam domlaning o‘g‘illari bo‘laman» dedim. Bul odam bir sayha tortib: - «Yo‘qolg‘on o‘g‘lumni toptim» deb menga yopishdi. Meni quchog‘lab turgan holda xushdan ketdi. Men o‘zumning dadamni tanimasdan turg‘on ekanman. 15 yil ilgari ko‘rg‘onimda dadamning soqollarig‘a oq kirg‘oni yo‘q edi. Endi soqollari oqarib, betob bo‘lib, zaif bo‘lub qolg‘on ekanlar. Hech tanimadim. Shu vaqtda poezd yurushg‘a boshladi. Men tezlik bilan dadamni pistg‘a olib tushdum.

Bular uch kishi Hajg‘a ketaturg‘on ekanlar. Poezd biletlari Bombey shahrig‘a oling‘on ekan. Hojilar Bombeyg‘a to‘planib, paraxodg‘a bilet olib hajg‘a jo‘naydilar. Dadamning sheriklari poezdda yig‘lab ketaberdilar. Men dadamni olib madrasag‘a keldim. Mudarrislarimiz hayron bo‘lub: - «Senga ilgari xabar kelganmidi?» dedilar. Man aytdim: - «Yo‘q hech qanday xabarsiz chiqdim». Poezddagi «qudrati ilohiyag‘a» taajjub qoldilar. Dadam aytdilarki: - «Man qidirib, Mozori Sharifg‘a keldim, seni bilg‘onlar aytdilar: - «Uni Hindiston tarafidan toparsiz». Meni umidim uzulib, bu katta shahardan qanday topaman. Xudog‘a nola qilib tiladim: - «Xudoyo, o‘g‘lumni menga yetkurg‘il. Meni bu duoyim maqbul bo‘lg‘on ekan, seni majbur qilib, mening oldimg‘a olib chiqib qo‘ydi». Dadam: - «Shu davr ichida nima qilib yurding?» deb xafalik izhor qildi. Men aytdim: - «Ilm tahsilida yurdum, shu bu yil oxirgi yilim», dedim. Dadam aytdilar: - «San hali ham o‘qub yurubsanmi? Seni sheriklaring mudarris bo‘lub dars aytishib yotipti. Endi maslahat shulki, tezlik bila madrasadan javob ol. Meni Hajga olib bor.

Qayd etilgan


shoir  28 Iyul 2008, 14:13:43

Mundin bir yil ilgari bir ajoyib voqea ro‘y bergan edi. Mullo Faqir alayhir-rahma noxos madrasaga kirib keldilar. Man ul kishini ziyorat qildim. Xujramga olib keldim, choy damladim, uturguzdim. Man xayron bo‘ldimki, mani bu yerda ekanimni bu zot qaerdan bildi ekan deb. Mullo Faqir menga aytdiki: - «Madrasaning bir tarafida mavlono Muhiyiddin Jayshiy mozorlari bor. Mozorning mutavallisi bilan tanishmusan?». Man aytdim: - «Yaxshi tanishman». — «Andog bo‘lsa, chillaxonaning kalidini bersun. Men qirq kun chillaga o‘turaman». Men mozorning mutavallisidan iltimos qilib, kalidni olib berdim. Chillaxonaga kirib ketdilar. Menga aytdimki: - «Endi meni oldimga kirma. Men o‘zum chillani tamom qilib, sening oldingga boraman». To‘rt-besh kundan keyin mozorning mutavallisi menga kelib aytdiki: - «Bu qandog odam. edi,.chillaxonadan hech chiqmaydi, ovqat olib kelsak, eshikni ochmaydi. Bu odam hayot bormu, yo‘qmu, bilmay qoldik?». Bu so‘zni eshitib meni ham kayfiyatim qochdi. Chillaxonani toftof qilib, mullo Faqir deb sadoi qildim, ovoz bermasdan eshikni yorugidan bir xat uzatdi. Xatni o‘qub qarasam, yozubdurki: - «Nimaga meni oldimga kelasan. Men senga kelma deb aytudim. Bu mutavalliga ham aytgil: - «Ikkinchi kelmasun.».Shu bilan qirq kun tamom bo‘ldi.  Mullo Faqir chillaxonadan chiqdi. Ajoyib hay’at bilan, ko‘zlari qizargon, yuzlari qizargon. Menga aytdiki: - «Endi men ketdim». Men so‘radim: - «Qayoqqa borasiz?». Aytdilar: - «Baytullohga». Man so‘radim: - «Siz bilan yana ko‘rishamizmi?» Aytdilar: - «Xudo xohlasa, Baytullohda». Man bu so‘zga hayron bo‘lub qoldim. Mening xayolimda hajga borish yo‘q.

Qayd etilgan


shoir  28 Iyul 2008, 14:14:08

Shundan to‘rt oy o‘tgondin keyin dadam keldilar, dadam aytdilar: - «Endi o‘qushni bas qilsang, meni hajga olib borsang». Men aytdim: - «Menda hech bir sha’i dunyolik vajhidan yo‘q, haj bezodi rohila bo‘lmaydi, sizda biror narsa bormu ikki kishining sarfiga yetarlik». Dadam belidan kamarni yechib, ichida bir yuz o‘n dona «Nikolay»ning tillosini to‘kdilar. «Ikkovimizning xarojotimizga yetadimi?» deb so‘radilar. Men aytdim: - «Ortib ham qoladi». Men hayron qoldimki, dadamiz kambagal odam erdilar, bu qadar pulni qaydan topdi ekan. Oxir so‘radim, dadam aytdilarki:-«Uydan shu holda chiqdim, zodirohila ham ikki dona zogora non edi. Uni ham onang qo‘shni uydan qarzga olib chiqgon edi. Va ham o‘zumni tobim yo‘q, aso bila yo‘l yuraman. Shu ahvol bila uydan chiqib qiblaga qarab duo qildimki:-«hudoyo, meni ikkinchi shu joyga qaytarib keltirmagil». Shul ahvolga piyoda yurub, har bir qishloqga kelib, masjidda yotar edim. Odamlar ilmimni hurmat qilib, kami besh zodirohila berar edilar. Shu ahvol bila Buxoroga keldim. Masjidga  tushub, to‘rt-besh kun istiqomat qildim. Sherobod xalqi ko‘b ixlosllk ekan. Mendan iltimos qilishdi:-«Bizning masjidimizga imom bo‘ling, sizning nomingizga sahroda bugdoy ekib beramiz. hosilini jam’ qilib, sotib sizga xajga zodi rohila to‘blab beramiz. Menga ham ma’qul bo‘ldi. Uch yil ushbu masjidda imom bo‘lub qoldim. halq  menga bugdoy ekib, hosilini sotib, pulini berar edalar.

Qayd etilgan