Bedani ko‘tartirib, hovlig‘a olib keldim. Bedani yerg‘a qo‘yib turudik, qozi domla chiqdilar. Ko‘rub, chaqirib oldilarig‘a: - «Necha pulg‘a baho qilding». Men aytdim: - «Bu odam bekorg‘a olib boraman» dedi. Qozi domlaning kotiblari turgan edi. So‘radilarki: - «Bozordan hrvlig‘acha ko‘tarib kelg‘on bedag‘a qancha ijara beriladi?» Kotib aytdiki: - «Ikki tanga bo‘ladi», dedi. Menga aytdilar: - «Ikki tanga to‘la» dedilar. Men ikki tanga berdim, ul odam olmadi. Kotibg‘a aytdilar: - «Ur dedilar ikki tarsaki, urdilar, olmaysanmi? Ol pulni ikkinchi bul ko‘chada qadamingni qo‘ymaysan, agar qadamingni qo‘ysang, seni qamab qo‘yaman». Men hayron qoldim. Ul odam: - «Xo‘p» deb ikki tangani olib jo‘nab qoldi. Keyin men hayron bo‘ldimki, bu odam yaxshilik qilsa jazo berildi, sababi, bu odamning mahkamada janjali ketiyapti. Bu shuning uchun aloqa qilmoq uchun bedangni ko‘tarib loib kelg‘on bu yerg‘a. Qozi domla mahkamag‘a boraturg‘onlarida oldilarida ikki askar yo‘ldagi odamlarni: - «U yoqqa tur, bu yoqqa tur», deb ketar edi. Mahkamag‘a qozi o‘tub ketguncha, ko‘chada mashina, araba to‘xtaydi. Qozining haybati bu yerda ko‘runub turadi. Kiyimlari, boshlaridagi kiyimlari hammasiboshqacha ko‘runub turar edi. Bu Jalolobod shahrida eng yuqori turg‘on amaldor niob — to‘rtta qozi bo‘lar edi. Eng yuqori qozi bizning qozi edilar. Ramazon oyi keldi. Noib so’larning o‘rtasida xatm boshlandi. Qozi domlamizni xatmg‘a taklif qilib, qog‘oz keldi. Qozi domla menga aytdilar: - «Sen ham meni birla borgin, xatmni tomosho qilib kelasan». O’rdaning darvozasining tagiga kelg‘onda qozi domlani ichkarig‘a ruxsat berdi. Menga ruxsat bermadi. To‘xtatib qo‘ydi, chunki menda chaqiruv qog‘ozi yo‘q edi. Qozi domla lashkarg‘a aytdilar: - «Mening kavshimni ushlab turadurg‘on xizmatkorim bo‘ladur» dedilar. Ichkarig‘a kirdim. O’rdaning o‘rtasida masjid bor ekan. Masjidda namoz o‘qug‘uvchilar hammasi ulug‘ odamlar. Xulosa shulki, xatmg‘a o‘tub turg‘on qori nihoyatda xom ekan. O’tub turub ko‘p xato qilar ekan. Orqasida some’ yo‘q. Man luqma berishg‘a majbur bo‘ldim. Bir tasbehda ko‘p yerda xato qildi. Man luqma berdim. Tasbeh tamom bo‘lg‘ondin keyin shaharning hokimi meni taklif qildi. Billoh, to oxiri xatmni tamom qildim. Xatmda turg‘onlar ko‘p xursand bo‘lub, rozi bo‘lushdi.