Imom G'azzoliy. Kimyoi saodat (Ruh haqiqati)  ( 351028 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 48 B


Robiya  30 Iyul 2008, 16:32:17

   Salavot bag‘oyatu taqiyyot benihoyat ul xojai Koinot va xulosai mavjulol rasulullohg‘a bo‘lg‘aykim. Qoba qavsayni av Adnotaxtining sultoni va Mo arsalnoka ila rahmatan lil olamiyn. (Biz sizni barcha olamlarga rahmat yog‘dirish uchun yubordik, suv va loydan bo‘lgan odamlar orasida payg‘ambarlik martabasiga yetgan, jami’ nabiylar va rasullarning sarvariga, uning-oilasiga, sofdil va pok ravishli ashoblariga Allohning salomi va rahmatlari bo‘lsin.)

NAZM
Barcha rusul xayli uza sarvar ul,
Jinu pari insg‘a payg‘ambar ul.
Qadami gar bo‘lsa sanga ishtiboh,
«Kuntu nabiyyan» anga ravshan guvoh.
Qurbi ilohiy chamanining guli,
Summa din gulshanining bulbuli.
Baqri fasohat sadafining duri,
Koni malohatning erur javhari.
Sayr chog‘i Raxshini surgan zamon,
Jilvagaridur bu to‘qqiz osmon.
Balki qolib charx, tuban yer kabi,   
Arshi faroshidin o‘tib markabi.
Kurb makonin qilib oromgoq,
Haq karamidin topibon izzu joh.
Anda yetib, yetmayin anga xayol.
Dargahi quds ichida topib visol.
Har na murodeki ko‘nglig‘a yetib.
Birig‘a o‘n, o‘nig‘a ming‘ baxsh etib,
Tangri qilib o‘z karamidin sani
Avfu karam xozinining maxzani.   
Ul kuni bo‘lganda shafii umam,   
Aylamagil rad mani osiyni ham.




   Ammo ba’d: Fuzalo xaylining sohibi dastgohlari va zurafo zumrasining ramz-ogohlari, nuktasanj - imoshunoslari, tab’i solimu ado-fahm sohib qiyoslari, zehni mustaqimlarig‘a sirlar pardasida yashirin qolmag‘aykim, ul adolat falakining oftobi, sharofat yulduzlari burjining mohtobi, shariati nabaviyag‘a rivoj berguvchi, mustafaviya tariqatini kuchaytirguvchi, adolat bog‘ining guli va fasohat chamanining bulbuli, donoyi zaminu zamon, hokimi poytaxti Xo‘tan Aziz Shoh - bek, tolei zilol, toliblarning yetakchilari martabasini ko‘taruvchi, qiyomat kuni, inshoalloh, izzat va sharaf topguvchi sharif zot, bu faqir va ojizga, ulamolar zumrasida johilliqg‘a mansub, fuzalolar sulukida bul fuzullik ila ma’yub (aybdor), dono va rasolar ma’rakasida nodonu noraso Muhammad Isog‘a xitobi mustatob qildilar:

- Kitobi «Kimyoi saodat» kim, masolihi dunyaviy va masoili uhraviyg‘a (dunyo manfaatlari, oxirat mas’alalariga bag‘ishlangan) simiyodur, «Ad-dunyo mazraatul oxirat» («Bu dunyo oxirat ekmnzoridur») ishorati birla amali solih xusulin jam’ qilmoqg‘a dalili kimiyodir, «Fa man yamal misqola zarratin xayran yara» (Kim zarra og‘irligina yaxshilik qilsa, Alloh ko‘radi) bashorati birla jovidon, balki jamoli barkamol maliki Subhong‘a musharraf bo‘lmoqqa shohidi odil va saodati abadiydur.

Qayd etilgan


Robiya  30 Iyul 2008, 16:37:50

  Mazkur kitobdagi mushkul mas’alalarga amal qilg‘uvchilar mas’ud - baxtli va sharofatli insonlardir. Insonlarni maqbul yo‘lg‘a kirgizuvchi, so‘zlari mahmud (maqtovli) va iboralari bag‘oyat nozik, imo va ishorati benihoya teran, anvoi zarif va latif hikoyalar bilan mudallal (dalillangan) va har nuqtasi tamsil va hikoyat birla mukammal bu kitobi oliy xitobni turkiy tilimizga tarjima qilsang, bo‘lg‘aykim, zalolat - yanglishuvlar bodiyasida sargardonu, xijolat zoviyasida hayron bo‘lg‘onlar «Yahdi man yashou ila sirotim mustaqim» (Alloh kimni hohlasa o‘shani to‘g‘ri yo‘lga boshlaydi) xukmi birla rohi rost topib, hidoyat sham’in qo‘lga kelturgaylar.

  Odamlar bu munavvar sham’ nuridan zalolat zillati va xijolat zulmatidan omon bo‘lub, Allohning madadi ibodat qiluvchilarga yuzlangay. Talab dashtidagi tashna lablarga obihayot chashmasidin tomchi va ta’b zulumotidagi oshiqi talab visollarga bu lama’ot anvoridan nasiba yetib, fayzi ilohiy topsalar, umiddurki «Ad-dollu alal xayri ka foilihi» (yaxshilikka yo‘llash ham yaxshilikdur) hadisi mazmuni birla hazrat Haq subhonohu va taoloning rahmatu mag‘firatiga sabab bo‘lg‘ay.

Qayd etilgan


Robiya  30 Iyul 2008, 16:51:35

   Bu dunyoyi foniy ichra umr yetmish va sakson yildan ziyod emas. Bu kitob turkiy til birla olam safhasidan o‘rin olsa, shoyadki, xaloyiq aro yaxshi nom qoldirish birla hazrati Xalloqi olam dargohida ham, yaxshilar davrasida ham mashhur bo‘lg‘aysen. Va sendin ham talabi mushtoq, boqiy yodgorlik bo‘lur edi. Bu xitobi mustatob birla muxotab (ya’ni, tarjimon) mulzam bo‘lib, holim parishonlig‘i, istitoat (imkoniyatlar) kamlig‘i va layoqat yo‘qlig‘ining hayronlig‘i, hokim amrining purzo‘rlig‘ini mushohada aylab, hayrat uzra hayrat ro‘y berib, go‘yo «Menga qara» muxotabi yanglig‘ mudxushlik ro‘y berur erdi. (Ya’ni, bu ish mushkulligidin dilda buyuk bir qo‘rquv bor edi). Gohi g‘ayrat boshini hayrat tarozusiga qo‘yib, ko‘nglim holig‘a boqsam, nolavu fig‘onga kelib aytur erdimki:

  «Ey, bulfuzuli nomahsul!» Bu nechuk xayoli nomaqbuldurkim, Sen qilursan xitob, «Tahlikali ishga qo‘l urmagil» (oyati mazmunini) anglab turub, bu nav’i tabutikaga qadam qo‘ymoq kamoli xijolat va itob, «Agar qo‘rqqanlaringda bunday qilmas edinglar» oyatini bilib turub, bu durri maknun (sadafda yashirin dur)ni fosh etishga dalerlik - jasurlik ko‘rguzmoq kamoli axmoqlikdur.

  Gohi hayratlar sohilidan tafakkur qirg‘og‘iga langar tashlab, bu ko‘hi Bestuni bahrul hayotni (hayot ummonidagi Bestun tog‘ini) fikrim teshasi birla qazimoqni andisha aylasam, fikratim nihodidin osmonga dud o‘ralab, jonni ko‘ydurguvchi oh-faryod birla aytur erdimki: «Ey, da’vogar Mubtal! (Adashgan) Bu nechuk da’voyi botildurki, diling - Ad-dunyo jiyfatun va tolibuho kilobun (Bu dunyo o‘limtik va unga talabgorlar - itlardur) davrasida doxili vola bo‘lg‘aysen. Bu farishtasifat mas’alalar va hurzot mahbubalar kabi ma’nolar suratini sahifa maydoniga chizmakni tasavvur qilmoq kamoli beadablik, va fikrning rishtasi (Inna avhanal buyuti ka baytul ankabut» (uylarning eng nimjoni, o‘rgimchak uyidir) rishtasiga payvasta bo‘lg‘ay. Bu sof javohir (teshilmagan va sayqallanmagan gavhar)larni taqrir rishtasiga tizmoqni xayol qilish g‘oyat nodonlikdir», der edim o‘zimga.

Qayd etilgan


Robiya  02 Avgust 2008, 11:41:34

NAQL: - Sahihdurkim, Hazrati rasuli akram (s.a.v.) me’rojga chiqqanlarida maloika mahshari (yig‘ilgan joyi) va anbiyolarning kashf etuvchi ruhlari saf-saf istiqbollariga kelib, Onhazrat sallallohu alayhi vassallamning rikobi saodat istiqoblariga jabha osoliq qilmoq (nabiyulloh mingan buroqlariga jilovdorlik qilmoq) birla ko‘zlarini ravshan qilur erdilar. Shu jumladan hazrati Muso bin Imron salovotur-rahmonning ruhi nozaninlari maqomida Muhammad Mustafoga ta’zim qilish sharofatiga musharraf bo‘lub, yuz ming xijolatlik birla arz qildilar:

  - Yo rasululloh, hazratlarining tilidan bu hadis vorid bo‘lubdur: «Ulamoi ummati ka-nabiyin bani Isroil». (Ya’ni ummatim olimlari bani Isroil payg‘ambarlariga o‘xshashdur). Bani Isroil payg‘ambarlaridan biri mendurman. Qaysi ummatingizdurki, risolat, fasohat va balog‘atda menga o‘xshagay?

  Hazrati Muhammad payg‘ambar s.a.v. ishorat qilgan edilar, ul oftobi dinu davlat va mohtobi falaki saodat, ul mujtahidi furu’i asl-ul mumayyizi vaslu fasl, ul maqbuli loyazol imom Muhammad G’azzoliy rahmatullohi alayh sheri g‘arron misoli yetib kelib, hazrati Muso salovatur-rahmonning sarrohini olib turdilar. Hazrat payg‘ambar s.a.v. aytdilarki: «O’shal ummatlarimdan biri ushbudir». Hazrat Muso «Kim bu?» - deb so‘rab edi, ul zot «Imom Muhammad G’azzoliydurman» dedilar.

  Muso alayhissalom aytdilar: «Men sendan bir ismni savol qilsam, sen uch qism javob berursan. Bo‘lg‘aykim, bu savolga «Otim Imom degaysen, yo Muhammad degaysan, va yo G’azzoliy degaysen, bu javobing savolga muvofiq bo‘lmaydur».

  Hazrati imom aytdilarki: «Yo, hazrat Muso, Haq subhonahu va taolo Sizdan savol qildiki: «Va mo tilka biyamiynika yo Muso? («O’ng qo‘lingdagi nimadur?») Siz javob aytdingizki, «O’ng qo‘limdagi asoyimdurki, anga tayanadurman, va aning bila qo‘ylarimni yaylovga haydarman. Bu asoda manga mundin bo‘lak hosiyatlar bordurki, horiganimda - ming‘ali ulog‘ bo‘ladur. Agar bu asoni yerga suqsam, chashmalar paydo bo‘ladur- qo‘ylarga suvlog‘ bo‘ladur. Dushmang‘a ro‘baro‘‘ bo‘lg‘onda ajdar bo‘ladur. Ulug‘ daryolarga kelganda ko‘prik bo‘ladur», - dedingiz. Bas bu javobga na hojat erdikim, ul asoni, ul asodagi xosiyatlarni xalq qilg‘uvchi Haq subhanahu va taolodur. Balki javobda aytqay erdingizki, «Hazrating bergan asodur, dargohingdin menga yetgan lutfu atodur».

Qayd etilgan


Robiya  02 Avgust 2008, 11:43:59

   Hazrati Muso alayhissalom bu e’tirozlarga ojiz bo‘lib, hazrati rasuli akram s.a.v. ning ayoqlarig‘a yiqilib, uzr so‘rab aytdilarki, «Yo, rasululloh, Siz payg‘ambari barhaqsiz, har hadiski, Sizdan vorid bo‘lubdur, haq va rostdur», - deb uzr maqomida qoldilar.
Alqissa, bu kitob - «Kimyoi saodat»ning musannifi hazrat imom Muhammad G’azzoliydurki, asodan ajdaho qilg‘onlarni ajdar oldida chumoli yanglig‘ ojiz va yadi bayzo (oq ko‘l) ko‘rguzganlarni yo‘lda topilgan o‘lja yanglig‘ nochiz qilibdurlar. Xayolimga keldiki, (tarjimon xayoliga) «Bas, sen na kishi bo‘lg‘aysen, notavon chumoli yanglig‘ vujuding birla ul fil damon va sheri g‘arron so‘zlariga changal urmoq dag‘dag‘asin qilursan va xunuk ko‘rshapalakdek namudu bebuding birla bu oftobi olam-shu’oyning mushohada valvalasin solursan?

  Ersa bu javobi bosavob va xitobi shadidul-itoblar ko‘nglim holiga muvofiq va xotirim parishonlig‘iga loyiq ko‘rinib, bu «Saodat kimiyosi» xusuliga shuru’ qilmoqdin, bu sharofat simiyosi shuru’iga qadam qo‘ymoqdin ma’yus va noumidlik ro‘y berib, hayrat dashtida hayron va uzlat zoviyasida sargardon bo‘lub, iza taxayyartum fil-umuri fa ista’iynu min ahlil qubur» (dunyoning ishlariga hayron qolganingizda qabr ahllarini ziyorat qiling) bashorati birla hazrat oliyshon alayhirrahma var-rizvon ruhi purfutuxlarig‘a duo o‘qib, az-zarurat talabi tabiiydur so‘zini hikmat bilib, «al-ma’mur, ma’zur» uzrig‘a e’timod qilib, bu yashirin tilsimni ochmoq va bu gavhari noyobni talabgorlar huzuriga sochmoqg‘a shuru’ qilindi.

   Va huva hasbiy va ni’mal vakil va ni’mal-mavla va ni’ma-n-nasir yori sodiq va birodari muvofiqlardin umid va atiqadurki, har nav’ sahvu xatosi bo‘lsa, maof tutib, afv qalami birla isloh bergaylar.

Qayd etilgan


Robiya  02 Avgust 2008, 11:48:38

NAZM
Ketur, soqiyo, bodakim, no‘sh etay,
G’amu g‘ussa xaylin faromush etay.
Ko‘ngilni kuduratdin aylay xalos,
Topay ahli ma’no aro ixtisos.
Ular fayzidin holatim bo‘lsa tuz,
Qo‘yay shoh-ma’no jonibig‘a yuz.
Bahom bo‘lsa ul ostona tufrog‘i,
Topib anda mehrigiyo yafrog‘in.
Yasay kimiyogarlik olatini,
Qo‘yay kimiyogar o‘z otimni.
Nasib o‘lsa Haqdin inoyat menga,
Netong, «Kimyoi saodat» menga - Muyassar o‘lub,
poyim o‘lsa baland, Saodatnishonliq bila arjumand.
 Qilib ma’no gavharlarin oshkor,
Suluk axdi oldida qilsam nisor.
Meni qilsalar gar duo birla yod,
Ne tong yetsa Haqdan ishimga kushod.
Ilohi, ato qil so‘zimga asar
Berib husn taqrir ila zebu far.
Karam birla mushkullarim ayla hal.
Mufassirni muassirga ayla badal.
Inoyat nasimi bila ey, G’aniy,
So‘zim nahlini aylagil hur ma’ni.
So‘zimga gul o‘lmoqni qilg‘il nasib,
Jahon ahlini qil anga andalib.
Talab dashtida qilmag‘il xoru zor,
Maoniy javohirlarin qil nisor.
Topib kimiyo naqdi ganjinasin
Hasaddin qilay resh el siynasin.
Bu durlarga shoqlarni muhtoj qil,
 Boshig‘a saodatnishon toj qil.
Yoyilg‘och jahon sahnig‘a bu durlar,
Bo‘lib barcha shohu gado bahravar,
Ilm naqdini qo‘lga olib tamom,
Nasib et qiyomatda dorus-salom.
Ilohi, yetur ishq o‘tidin sharar,
 Vujudim niholidin olg‘il xabar.
Bu tuproqni simiyo aylag‘il,
Vujudim misini kimiyo aylag‘il.
Berib ishq eli ichra hamdastlig‘,
Dog‘i ishqdin ber manga mastliq:
Jaqon bor-yo‘g‘idin olmay xabar,
Bo‘lay olami ma’nidin boxabar.
Ilohi, ba-haqqi rasuli habib,
 Bu osiy murodini qilg‘il nasib.
Qilay qissani oz, maqsudim etay bayon,
Beray hukm bo‘lg‘on xabardin nishon.
Amir Aziz-shoh farxunda far,
Topib adlidin mulk ishi zebu far.
Adolat shahrida rahshanda xur,
To‘lib adli ehsonidin barru bahr.
 Adolatda No‘shiravong‘a qarin,
 Sahovatda Hotam bila hamnishin.
Bo‘lib kecha-kunduz aning varzishi,
Shariat ravohini buyurmak ishi.
 Xudojo‘y, xudotars, miskinnavoz,
Suxanfahm, xushtab’, ma’nigudoz.
 Nasabi bahrdur garonmoyasi,
Nasib ax;1ini(ng) zebu piroyasi.
Qilib lutfu shafqat bila bu xitob,
Bo‘lub qolsa turkiy agar bu kitob —
Xaloyiq aro qolg‘uvsi yodgor,
Bo‘lub din oyini, ishi poydor,
Bu ish sa’yida ehtimom aylasang,
Tugatmakka jiddi tamom aylasang,
Menga qolsa gar xalq aro yaxshi ot,
Ne tong, lutfi Haq birla topsak najot.
Eshitgach bu hukmni men purxato,
Qo‘limg‘a yeturdim qalamdin aso.
Kitob shuru’ig‘a qo‘ydim qadam,
Duo birla chun amir Azizg‘a ham —
Azizu makinu makon aylagil,
 Ulusg‘a shahu hukmron aylag‘il.
Vujudi binosini yuz yilga tuz,
Berib izzu joh, sharofat to‘kis.
Falak davrig‘a toki bordur xirom,
Davom et anga izzat-ehtirom.

Qayd etilgan


Robiya  02 Avgust 2008, 11:56:42

«HAQIQATLAR KITOBI»NING DEBOCHASI

   Bismillohir rahmonir rohiym. Yo Rabbiy, sabr-toqat va madad bergil manga o‘z lutfu-karaming birla va tamom qilg‘il bu kitobimni xo‘bliq - go‘zallik va yaxshilik birla. Hamdu sano yulduzlardek behad va yomg‘ir qatralari yanglig‘ beadad, daraxtlar bargi misllik beshumor (son-sanoqsiz), qumlar donasidek behisob, osmonu zamin zarralari yanglig‘ bi-lo inhisor (to‘siqsiz, to‘xtamaydigan) cheksiz shukrona aytay ul Xudog‘akim, yagonalik aning sifati, jalolu kibriyoda ulug‘lik, balandlik va buzruklik aning xossasidur va bu qadar ulug‘ kamolidin hech mavjudot ogoh ermas, va zotining haqiqatin tanimoqqa o‘zidan o‘zgaga yo‘l bermas.

   Balki, Haq subhanahu va taoloni tanimoqdin ojizlik izhor qilish siddiqlar ma’rifatining intihosi va anga hamd ayturda o‘zlarining nuqsonlarig‘a iqror bo‘lmoq farishta va payg‘ambarlar hamdu-sanosining nihoyatidur. Chunonchi, shu mazmunni hazrat Amir Navoiy bu baytda ado qilibdurlar (Demak, tarjimon Muhammad Iso hazrat Navoiyning ijodini va uning amirligini bilgan):

NAZM

Chun koinot zubdasi ojiz ko‘rib o‘zin,
Hamd etolmas oncha balog‘at bila senga
.

(Ya’ni, Koinotdagi barcha mavjudotlarning qaymog‘i, afzali bo‘lgan insonlar (jumladan payg‘ambarlar) ham Haq taoloni mukammal madh etishga ojizlik qiladilar).

Qayd etilgan


Robiya  02 Avgust 2008, 11:58:39

   Uqalo (oqillar) aqlining g‘oyasi aning jaloliyati nuri oldida hayronlik va muridlar sulukinyng nihoyati aning hazrati qurbi (yaqinligi) talabida sargardonlig‘dur. Aql va xayol birla ma’rifatning kamolini da’vo qilmoq tamsil va tashbehdur. Ya’ni o‘zini mushabbaha - o‘xshatuvchilar firqasidin demak bo‘lur. Muattala deb ul toifai badmazhabni ayturlarkim, Haq subhonahu va taoloni tanurg‘a yo‘l yo‘q, deb aqida qilurlar. Bu nav’ aqida qilmoq nihoyati jaholat bo‘lib, musulmonlar orasida nifoq chiqishiga slib keladi.

   Mushabbaha - ul toifa badmazhabdurkim, (ular) Haq subhanahu va taoloni aql va xayol birla bir nimarsaga o‘xshatib, tanig‘ali bo‘ladur deb aqida qilur. Bu nav’ aqida qilmoq g‘oyat kufr va zalolatdur. Hamma hissiyotlar nasibasi zoti qadimi jamolin mulohaza qilmoqdin xiralik va hamma aqdlar samarasi aning ajoyib san’ati va g‘aroyib qudratini aqliy dalil birla tanimoqda tiyralik qilur (ya’ni, ravshan tasavvur qilolmas). Hech kishi yo‘qdurki, Aning zoti buyukligini, cheksizligini qanday, nima uchun kabi savollar birla o‘ylab yetolsa. Haq subhonahu va taolo bechun va bechigunadur (ya’ni, bu savollar o‘tkinchi narsalar uchundir). Hech ko‘ngil yo‘qturki, Aning san’ati va ajoyibotlaridin ogoh bo‘lib, namuna (birla) isbot qila olsa. Haq taolo beshubha va benamunadurki, chunu chandiyyati va shubha kayfiyati Aning zoti qadimig‘a yo‘l topmas. Bas, nochor bilg‘aysenkim, hamma mavjudotlarkim, olam sahnasida paydodur, Aning (Allohning) qudrati komilasidan zarradur va hamma nuru zulmat, ajoyibot va g‘aroyibotlarkim, kavnmakon sahifasida bordur, Aning hikmati shomilasidin shu’ladur. Va hamma mavjudot Xudoi taoloning bandasidur va Aning dargohig‘a qaytguvchidur. Balki hamma mavjudotning avvali Haq subhanahu va taoloning zoti vojibul vujudidur.

   Haq taoloning Vojibul vujudidan bir shu’la, xudoyi taoloning rahmati bo‘lgan hazrati Muhammad Mustafo s.a.v.ga bag‘ishlangankim, payg‘ambarlar sayyidi va mo‘‘minlarning rahnamo va rahbari, Parvardigori olam asrorlarining amini, Haq subhanahu va taolo dargohidagi hamma mavjudotning sarasi va hamma payg‘ambarlarning a’losidurlar. Va Xudoi taoloning rahmati (ul) payg‘ambar s.a.v. va hamma yoronlarig‘a bo‘lsunki, bularning har birlari hamma ummatlarning muqtadosi va shariat yo‘lining paymosidurlar. Sallallohu alayhi va ala olihi va ashobihi ajma’iyn (Payg‘ambarimiz, oilasi va jam’i sahobalariga Allohning salomi bo‘lsin, ya’ni barchasini Xudo yarlaqasin).

Qayd etilgan


Robiya  02 Avgust 2008, 12:10:44

   Ba’daz on: Bilginki, (Haq taolo) odamni o‘ynamoq va kulmoq, yemoq va ichmoq uchun yaratmabdur. Balki Odamning yaralishida ulug‘ hikmatlar bordurki, hazrati Haq subhonahu va taolo o‘zini tanitmoq uchun yaratibdur. Va ma’rifat yo‘lining ulug‘ xatarlari bordur. Agarchi, odam azaliy ermasdur, lekin abadiydur, qiyomat kuni qayta tirilgondin keyin, odamning vujudi shahristonig‘a o‘lim lashkari yo‘l topmas, abadul-abad vujud shahri ma’mur bo‘lib, mo‘minlar-behisht ne’matidin masrur (rohatda) va kofirlar do‘zax o‘tidin majrur (azobda) bo‘lg‘aylar.

   Agarchi, Haq taolo odam vujudini past va bee’tibor qilibdur, ammo ruh shahbozi - burguti hazrati Parvardigor dargohidin kelgandur. Agarchi, ruh gavhari bu tiyra tuproqni (tuprokdan bo‘lgan tanani) makon qilmoq birla chahorpoy va darranda va shayton sifatlari birla aloyish topib (aralashib va ifloslanib) vobasta bo‘libdur, vaqtiki riyozat-mashaqqatlar bo‘tasig‘a tushib, bu oloyish g‘am kuduratidin pok bo‘lsa, hazrati Haq subhonahu va taolo rahmati va hamsoyalig‘iga shoyista bo‘lg‘uvsidurki, asfalasofilindin to a’loi illiying‘acha hamma balandlar aning‘ sayrgohidir.

  Odamning asfalasofilin martabasida Qolgani uldurki, (u) chahorpoy va darranda sifoti birla mutgasif bo‘lib, (ya’ni, hayvonlar sifatlarini olib), shahvat va g‘azab ilgida asir bo‘lg‘ay. Va (odamning) a’loi illiyyin martabasig‘a yetgani uldurki (hayvoniy sifatlardan qutulib) farishtalar darajasin va martabasin kasb etg‘ay. Andog‘ki inson ma’rifat va riyozat birla g‘azab va shahvat ilkidin xalos bo‘lib, bu ikkovini o‘ziga asir aylab, o‘zi bular uzra podshohlik martabasida o‘lturgay.

Qayd etilgan


Robiya  02 Avgust 2008, 12:15:00

   Vaqtiki, odam o‘z badani mamlakatiga podshohlik martabasiga yetsa, Haq subhonahu va taoloning bandaligiga shoyista va loyiq bo‘lg‘onidur, va bu podshohlig‘ining kamolidur. Vaqtiki, inson hazrati Maliki subhonning jamolini ko‘rishg‘a (ko‘zi qamashib) toqat qila olmas. Va ul jamoli bezavol mushohadasi inson gavharining behishtidur va Haq subhonahu va taolo yaratgan behishtlar al-on (hozir ham) mavjud. Qiyomat kuni bandalariga (shu behishtlarni) ato qilmoq va’dasini beribdur. Bu behisht ne’matlari ko‘rmak lazzati, yemak va ichmak manfaati va ayshu ishrat shahvatidin ziyoda nasibalardir. Bu olam bog‘larining ne’matlari hazrati zuljaloli bokamol behishtida nasib etuvchi ne’matlar oldida yengil va arzimasdir.

    Ammo, inson javhari avval yaralishda noqislik va kamlik birla xalq qilinibdur. Inson mehnat va mashaqqatsiz bu nuqsonlaridan qutulib, kamOlta yetmagi mumkin emas. Inson mujohada, ya’ni riyozat va ibodat birla jamoli bokamol davlatiga musharraf bo‘lg‘usidir. Chunonchi, ul kimiyokim, mis va birinjni (bronzani) sof oltin darajasiga yetkazish martabasiga yetkurmak dushvordur va har kishi ham kimyogarlik ishini bilmas. Munga o‘xshash bu kimyokim, inson gavharini bahoyim (hayvonot) sifatlari, kudurat ixsosiyatidin (hissiyotlaridan) maloika sifatlari safo va nafosagiga yetkurgayki, avsofi hamida birla saodatini topgay.

    Saodat kimiyosini topish bag‘oyat dushvordur va har kishi ham bu saodat kimiyosini topolmas. Bu kitobni tasnif qilmoqdin maqsadimiz saodat kimiyosi davolari - dorilariga tartib bermoq, shart-sharoitlarga shuru’ qilmoq, kirishmokdirki, darxaqiqat, saodati kimiyoyi abadiy ushbudur. Bu kitobga ushbu ma’ni birla «Kimiyoyi saodat» deb ot qo‘ydim. Bu kitobni kimiyo atamog‘liq avlodur, chunki mis va oltinning orasida tafovut sofliq va xushrangliqdin o‘zga ermas, ul kimiyoning samarasi dunyo ne’matlarini ko‘paytirishdan o‘zga natija bermas.   

   Ma’lumdurki, besh kunlik dunyo muddati sahldur (oz, yengil). Bas, ne’mati na bo‘lg‘usidur? Chahorpolar (hayvonot) sifoti zamimalari va maloika avsofi hamidalari orasida chandon tafovut bordurkim, asfalus-sofilindin to a’loyi illiyyingacha bu kimiyoning samarasi saodati abadiydur, muddatining oxiri va ne’matlari anvo’ining nihoyati yo‘qtur. Va ne’matlarning sofligi va nafislig‘iga hech g‘am va kudurot yo‘l topmas. Bas, bu kitobdin o‘zgani kimiyo atamog‘lik oriyatdur. (Muallif bu yerda o‘z kitobini emas, balki bu kitobda yozilgan ma’naviy kamolot yo‘llarini maqtamoqda).

Qayd etilgan