Imom G'azzoliy. Kimyoi saodat (Ruh haqiqati)  ( 350780 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 48 B


Robiya  02 Avgust 2008, 12:22:36

FASL
  «Saodat kimiyosi»ning ta’rifi
   
    Bilgilki, kimiyo ilmini yer yuzining har qanday kulbasi kunjida topg‘ali bo‘lmas. Balki ulug‘ podshohlar xazinasida topilur. Munga o‘xshash saodat kimiyosin har yerda topg‘ali bo‘lmas. Balki, Haq subhonahu va taoloning xazonasi (xazinasi)dan o‘zga yerda topilmas. Xudoi taoloning xazinaxonasi osmon taxtgohida farishtalarning vujudi ganjinalari va zamin qarorgohida payg‘ambarlarning dili bekiynalaridur. Va har kishi saodati abadiy kimiyosin Xudovand hamdi dargohidin o‘zga yerda izlabdur, gumroh bo‘lganidurki, oxir kori qalloblik va ahvolining hosili takabburlik va botil gumondorlik bo‘lg‘usidir. Bundaylarning badmaoshlig‘i oshkoro; yashirin, botiniy g‘ururlari zohir va huvaydo va rasvo bo‘lg‘usidir.

   Haq taoloning buyuk rahmatlaridin biri budurki, yuz yigirma to‘rt ming payg‘ambarni bandalari uzra yuboribdur, aning uchunkim, bu saodati abadiy kimiyosini Haq taoloning bandalariga ta’lim bergaylar. Va xaloyiqg‘a bildurgaykim, dil javharin riyozat - mashaqqat bo‘tasida na tariqada qo‘ymoq kerak va zamima - yomon xulqlarki, dil javharining buxl va kuduroti aning jihatidindur?! ul xabis (ifloslik) va kudurot chirkini ko‘ngul javharidan ne vajhda pok qilg‘ali bo‘lgay va avsofi hamida - maqtovli sifatlarki, oyinai dilning safo va sayqalidur, na tariqada hosil qilmoq kerak? Haq taolo o‘z zoti qadimini podshohlik va poklik birla madh va sitoyish qilibdur. Anbiyo alayhimus - salomlarni madh va sitoyish aylab, bandalari uzasiga yuborganiga «minnat» qilib, aytibdurki:

Yusabbihulillahi mo fis-samovati va mo fil arz. Almalikil quddusil azizil hakiym. Huvallaziy baasa fil ummiyiyna rasulan minhum yatluu alayhim oyotihi va yuzakkihim va yuallimuhumul kitoba val hikmat.

  Tarjimasi: Osmonlardagi va yerdagi (bor) narsa (mutlaq) podshoh, (nuqsonlardan) pok, qudrat va hikmat sohibi bo‘lmish Allohga tasbeh aytar. U(Amoh) omilar (savodsiz kiishlar) orasida o‘zlaridan bo‘lgan, ularga (Uning) oyatlarini tilovat qiladigan, ularni (kir va jaholatdan) poklaydigan hamda ularga kitob (Qur’on) va hikmat (hadis)ni o‘rgatadigan (bir) payg‘ambarni (Muhammadni) yuborgan zotdir. (Juma, 1,2).

Qayd etilgan


Robiya  02 Avgust 2008, 12:28:32

   Bas anbiyolarga salomni yubormoqdan hikmat uldurki, haloiq ko‘ngillari javohirotlarg‘a maloika sifatlarin libos va xil’at qilg‘aylar. Va maqsud bu kimiyodin uldurki:

Va in konuu min qabli la-fiy zalolin mubiyn. Haqiqatan, ular (payg‘ambar kelishidan) ilgari aniq zalolatda edilar. (Juma, 2)

   Yomon xulqlarki, hayvonot sifotlaridur, ko‘ngillari javohirini alardin pok qilg‘aylar. Ul sifotlarki, sharaf va kamOlta boshlag‘uvchidur, ular birla orasta bo‘lgay.

   Bu kimiyoning ipak libosi va sarjumlasi uldurki, mol-dunyo qulligidan yuz o‘girib, Haqtaolo dargohiga yuz kelturgay. Chunonchi Haq taolo rasuli akram s.a.v. ga ta’lim berib aytibdurlarki:

   Vazkur isma rabbika va tabattal ilayhi tabtilan. Rabbing ismini yodla va unga ko‘ngildan intil. (Muzzamil, 8 )

   Tabtilning ma’nosi hamma nimarsadin yuz o‘gurub, ko‘ngilni Haq taoloning dargohiga qo‘ymoq, andog‘ qo‘ymoqlig‘kim, g‘ayrning yodi ko‘ngulning saroyiga yo‘l topmagay. Bas, kimiyoyi saodat ushbudurki, tafsili uzoqdur.

   Ammo, bu saodat kimiyosin tanimoq to‘rt unvonga muvofiqdur. (Unvon deb maqsuddin ilgari maqsudga daxli bor so‘zni ayturlar) yoki uni sarlavha ham deyilur.

Qayd etilgan


Robiya  02 Avgust 2008, 12:31:16

   Bu kitob to‘rt rukn (ustun)dan iborat. Har rukn o‘n usuldan (asllardan) iborat.

Shundan:

1)Avvalgi unvon: o‘zni tanimoqning bayonidadur.
2)Ikkinchi unvon: Haq subhonaxu va taolo bayonidadur.
3)Uchinchi unvon: dunyoning haqiqatini tanimoq bayonidadur.
4)To‘rtinchi unvon: oxiratning haqiqatini tanimoq
bayonidur.

   Bu to‘rt unvon darhaqiqat musulmonchilikni tanimoq va bilmak bayonidadur. Ammo, musulmonchilik muomalasi ruknlari ham to‘rttadur. Ikki rukn o’moli zohiriyga va ikki rukn o’moli botiniyga taalluqlidir. Va ul zohiriyatga taaluqli ikki ruknning avvalgisi - Haq subhonahu va taolo farmonini tutmoqdurkim, ani ibodat derlar.

   Ikkinchi rukn - o‘tirish-turish, yemak-ichmak, balki hamma ahvolda odob rioyasini saqlamoqdurkim, - ani muomalot atarlar.

   Va botinga -- ruhga taalluqli ikki ruknning avvalgisi ko‘ngilni yomon xulqlardan poklamoq bayonidadur. Chunonchi: g‘azab va buxl (baxillik), hasad, kibr va xudbinlikki, din rohi uqubati bo‘lgan bu yomon xulqlar odamni oxiri azobda qoldiruvchi muhlikotdur. Muhlikot deb halok qilg‘uvchini aytilur. Uqubati rohi din deb, din va mazhab yo‘lida mone’ bo‘ladurgon chohlarni ayturlar. Ikkinchi rukn: ko‘ngilni avsofi hamida - go‘zal sifatlar, fazilatlar birla orasta qilmoqning bayonidadur. Chunonchi: sabr va shukr, muhabbat, rajo va tavakkulki, bul sifatlarni munjiyyot (ya’ni najot berguvchi) atarlar.

Qayd etilgan


Robiya  05 Avgust 2008, 15:47:50

   Aslida bu kitob to‘rt unvon, to‘rt rukn, qirq usul - asllardan iboratdurki, o‘z mahalida bayon qilgumdur. Va qalamim jilosidan to‘kilgan nodir iboratlardan, nozik va teran ma’nolardan (dastdaxonga) tortgumdur. Toinki, avom osonlik birla fahm qilg‘aylar. Va agar kishiga, mundin ziyoda taftish va tahqiq qilmoq xohishi bo‘lsa, chunonchi «Ihyoul-ulum» va «Javohirul-Qur’on» va mundin o‘zga kitoblarkim, arabiy va forsiy alfoz birla tasnif qilibdurmen, ul kitoblarni mutolaa qilgaylar.

   Bu kitobni tasnif qilmoqdan maqsad xalq ommasidurkim, bu kitobni forsiy alfoz birla tasnif qilmoqni (Men, Muhammad G’azzoliydan) iltimos qildilar, toki ularning iltimoslari va meni niyatimni ijobat qilg‘ay.

   Riyo bo‘yi (hidi) va takalluf kuduratidan asrab, umidi rahmat va rohi savob muyassar aylab, tavfiq ato qilg‘ay. Ilohi, barchamizga bu so‘zlarga amal qilmoqni nasib etgil, chunki o‘zi amal qilmay, boshqalarga buyurmoq vabolidur. Nauzu billohi min zolik. (Bundaylardan bizni Alloh asrasin!)


Qayd etilgan


Robiya  05 Avgust 2008, 15:57:14

FASL
Insonlik unvonin paydo qilmoq bayonida

  Ul to‘rt unvondir. Avvalgi unvon: inson o‘z nafsini tanimog‘i bayonidadir. Hazrati Haq subhonahu va taoloni tanimoqning kalidi o‘z nafsini tanimoqdur. Aytibdurlarki:

Man ‘arafa nafsahu fa qad ‘arafa robbahu.

   Ya’ni, har kishi o‘z nafsini (ruhini, o‘zligini) tanisa, batahqiq parvardigorini tanigaydur. Ushbu ma’nidin Haq subhonahu va taolo Kalomi majidda xabar beribdurki:

Sa-nurihim oyatino fil-ofoqi vafiy anfusihim.
   
   Toki ularga uning (Qur’onning) haq ekani ma’lum bo‘lguncha, albatsha, Biz ularga atrofdagi va o‘z vujudlaridagi alomatlarimiznch ko‘rsatajakmiz. (Fussilat, 53)

  Tafsiri: Yaqindurkim, ko‘rsaturmen ularga qudratimning alomat va nishonlarini osmon va zamin ichida, o‘z nafslarida, toinki haqiqati Haq ularga ma’lum bo‘lg‘ay.   

  Xullasi kalom buki, hech nimarsa o‘zingga o‘zingdan yovuqroq (yaqinroq) ermas. O’zingni tanimasang, o‘zgani nechuk tanig‘aysen? Hamono aytursenki, o‘zimni tanurmen. G’alat qilursenki, bu nav’ tanimog‘lik Haq subhonahu va taoloni tanimoqg‘a sabab bo‘lmaski, chahorpolar (hayvonlar) ham o‘zlarini bu nav’ tanurlar.

   Ey inson! Zohiringni tanimoqda bosh, yuz, qo‘l, oyoq va go‘shtdan o‘zgani tanimassen. Botining - ruhiyating ahvolidin bilursenkim, vaqtiki och bo‘lsang taom yersan. Va tashna bo‘lsang, suv icharsen. Vaqtiki, g‘azabing kelsa, bir kishiga izzo berursan. Va shahvat g‘olib kelsa. xotun olursen. Va hamma chahorpo - hayvonlar bu ishlarda sening birla barobardirlar.

Qayd etilgan


Robiya  05 Avgust 2008, 16:02:18

   Bas, senga lozimdurki, haqiqatingni talab qilg‘aysen, o‘z asling ne nimarsadur va ne yerdin kelibsen va ne yerga odat borgungdur? Bu olam manzilgohiga nima ishga kelibsan va Tangri seni nima uchun yaratibdur? Saodating ne ishdadur?
   
   Bu ishlarni bilmagaysen. Va ul sifatlarkim, botiningda jam qilibdurlar, ba’zisi chahorpolar sifati va ba’zisi darrandalar sifati va ba’zisi farishtalar avsoflaridur. Va sen bu sifatlarning qaysi biriga egadursen? Va ko‘ngling gavharini bu sifatlarning qaysisidin xalq qilibdur? Va qaysi sifatlar g‘arib va oriyatdur?
   
   Vaqtiki, bularni bilding, saodatingni talab qilgay senkim, bu sifatlardin har birining parvarish topadurg‘on bo‘lak g‘izosi - ozig‘i bordur. Chunonchi, chahorpolarning g‘izosi va saodati - yemak va uxlamak va muosharat qilmoqlikdur. Agar sen chahorpolar jumlasidan bo‘lsang, jahd qilg‘ilki, kecha-kunduz yemak va ichmak birla nafsing xohishiga mashg‘ul bo‘lg‘aysen.

   Va darrandalarning g‘izosi va saodati - tishlamak va g‘azab qilmak va o‘ltirmaklikdur. Va devlarning g‘izosi fitna va makr va hiyla qilmakdur.

Qayd etilgan


Robiya  05 Avgust 2008, 16:05:12

   Agar sen to‘rtoyoqlilar, ya’ni hayvonlar, darrandalardansen, bularning ishlariga mashg‘ul bo‘lg‘il. Va ularning tariqasin o‘zingga lozim tutgilki, tokim to‘rt oyoqlilar martabasi va ularning saodatig‘a yetg‘aysen.

   Va farishtalarning g‘izosi va saodati — Haq taoloning jamoli bokamolini mushohada qilmoq birladur. G’azab va shahvat chahorpolar va darrandalar va shayotin sifatlari farishtalarning pok, saxovatli vujudlarig‘a yo‘l topmas. Va agar asling farishtalar gavharidandur, o‘z asling kamoliga jahdi tamom qilg‘ilki, to Haq taoloni tanig‘aysen. Va ul jamoli bezavolni tanimoqqa yo‘l topg‘aysen. Va o‘zingni shahvat va g‘azab ilkidin (dastidin) xalos qilg‘aysen.

   Va bilg‘aysenkim, hayvonot sifatlarini vujuding binosi ichida nima uchun xalq qilibdur? Ogoh bo‘lgilki, bu avsofi zamimalarni (yomon qiliqlarni) seni asir qilmoq, o‘z xizmatlarida tutmoq, kecha va kunduz seni o‘ziga musaxxar qilmoq uchun xalq qilmabdur. Balki bu sifatlarni o‘zingga asir va dastyor aylab, ul sufraki, sening oldingdadur, bu sifatlarni o‘zingga musaxxar aylab, ba’zini ulov va qurol qilg‘aysen. Va necha kunkim bu olam manzilgohida bordursen, bu sifatlarni xizmatkor aylab, bularning yordami va yorlig‘i birla saodat tuxmin qo‘lg‘a kelturgaysen.

   Vaqtiki, saodat tuxmin qo‘lg‘a kelturding, bu avsofi zamima - yomon sifatlarni oyog‘ing ostiga solib, saodating qarorgohiga yuz kelturgaysenki, xoslarning murodi ul qarorgoxdin - jamoli hazrati malikul subhon va avomlar murodi - bihishti jovidondur. Va bu ma’nilarning hammasini bilsang, o‘zingni andek tanig‘on bo‘lursen.

   Va har kishikim, bu ma’nilarni tanimabdur, aning nasibasi omonlik yo‘lidin maqrum va nobud, haqiqatni tanimoqtsin mahjub (to‘silgan) bo‘lg‘usidur.

Qayd etilgan


Robiya  05 Avgust 2008, 16:09:19

FASL
Dilingni anglasang, o‘zingni tanigaysen

  Bilginkim, seni kim xalq qilibdur? Ikki nimarsadin biri zohir badandurki, ani tan atabdurlar, muni zohir ko‘z birla ko‘rgali bo‘lur. Yana biri ma’noi botindurki, ani nafs derlar, jon atarlar va dil ham derlar. Bu ma’nii botinni (yashirin ma’noni) botin (ichki) ko‘z birla tanigani bo‘lur. Zohir ko‘z birla ko‘rgali bo‘lmas. Va sening haqiqating — ushbu ma’noi botindur.

  Va har nimarsaki, bu ma’noi botindin o‘zgadur - hamma aning tobei va lashkaridur. Va xizmatkoridurlar. Va ul ma’noi botinga dil ot qo‘yibdurlar. Va dilning xosiyatlarin va xislarin bayon qilg‘umdir.

  Va dildin murod - haqiqati odamiydurkim, ani gohi ruh atarlar. Va gohi nafs derlar. Dil deb go‘sht porani aytmasmizkim, siyna, ya’ni ko‘krakning chap tarafida qo‘yilibdur. Aning hech qadri va e’tibori yo‘kdur. Ul go‘sht pora hayvonotda va o‘liklarda ham bordur. Ani zohir ko‘zi birla ko‘rgali bo‘lur. Har nimarsaki zohir ko‘zi-la ko‘rinur, ushbu olamdindurki, ani olami shahodat derlar. Va dilning haqiqati ushbu olamdin ermasdur, va bu olamda g‘arib va musofirdur.

  Dil bu olam ko‘hna rabotidin oxirat dorul najotiga qaytmoqqa kelibdur. Ul go‘sht pora (yurak) podshoh dilning markabi (ulovi) va asbobi sufraidur. Va hamma azoi badan dilning lashkaridur. Va jumlai badanning podshohi dil - qalbdur.

  Xudoi azza va jallani tanimoq va Haq taoloning jamoli bokamolini mushohada qilmoq - podshoh dilning sifatidur. Taklif va xitob, va’da va itob angadur. Saodat va shaqovat asli dilning sifatidur. Va badan hamma ahvolda aning tobeidur.

   Podshoh dilni va aning sifatlarini tanimoq xazrati Haq subhonahu va taoloni tanimoqning kalididur. Jahdi tamom qilg‘ilki dilning haqiqatin tanig‘aysen. Dil gavhari azizdur, farishtalar gavhari jinsidadur. Va dilning ma’dani asli Dargohi Ahadiyatdurkim, ul dargohdin kelgandur. Yana ul dargohga yong‘uvchi - qaytg‘uvchidur. Dil bu olam manzilgohida g‘aribdurkim, musofirlik uchun kelibdur. Dilning bu olamda musofirligini bayon qilg‘umdur. Inshoolloh taolo.

Qayd etilgan


Robiya  05 Avgust 2008, 16:10:46

FASL
Dil haqiqati

   Bilgilki, dilning haqiqatini tanimoq, to dilning vujudin bilmaguncha hosil bo‘lmas. Avval dilning vujudin bilg‘aysen. Andin keyin dil haqiqatini tanimoqni talab qilg‘aysankim, ul nechuk nimarsadur?

  Andin keyin podshoh dilning lashkarini tanig‘aysenkim, ul nechuk toifalardur? Andin keyin podshoh dilning va bu lashkarning orasidagi aloqa va munosabatlarni bilg‘aysen. Andin - keyin dilning sifatlarini tanig‘aysenkim, Haq subhonahu va taoloning ma’rifatlarini nechuk hosil qilgusidir? Ushbu ma’nolarning har biriga ishorat qilibdurlar.

  Ammo, dilning vujudi zohir badan birla ermasdurkim, badan o‘luklarda ham bordur. Biroq, ularda ruh yo‘qtsur. Agar kishi botin ko‘zini ochib, zohir ko‘zing birla ko‘rsa bo‘ladur, hammasini (vaqtincha unutsa) ruhining vujudini nochor tanig‘ay.

  Agarchandiki, zohir badan osmonu zamin, o‘zga mavjudotlardin bexabar qolsa, ruhidan ayrilg‘usidir. Vaqtiki, inson bu ishlarni yaxshi o‘ylab ko‘rsa, oxirat haqiqatidin andek tanig‘onidur. Bir payt kelurki, insondan bu zohir badanni olurlar va seni andog‘ yerga elturlarkim, na sen va na ul makon foniy emasdur (ya’ni, abadiy dunyoda inson ham, u yashayotgan makon ham yo‘qolmaydi).

Qayd etilgan


Robiya  05 Avgust 2008, 16:13:41

FASL
Ruh haqiqati

   Ammo ruh haqiqati nimadur va oning xos sifatlari nechukdur, bularni bayon qilmoqqa shariat ruxsat bermaydur. Ushbu vajhdindurki, hazrati Rasuli alayhissalom sharh qilmabdurlar. Chunonchi, Haq taolo aytibdurkim:

Va yas’alunaka ani-r-ruh, qul ar-ruhu min amri rabbi.

Ya’ni: Ey Muhammad, sendin ruh haqida so‘raydilar, aytgil, ruh parvardigori olam amridandur. (Al-Isro, 85)

  Bas, Rasuli akram sallallohu alayhi vasallam: ruh sirri ilohiy jumlasidin va xojai olam amridindur demakdin ziyodai ruxsat topmabdurlar.

   Har nimarsaki, andoza (eni, bo‘yi) va miqdori bilan o‘lchansa, ani olami xalq atarlarkim, xalq asli lug‘atda miqdor va andozali xilqat ma’nosidadur. Dil javharining miqdori va hajmi yo‘kdur. Ushbu vajhdin yo‘qolish qismatini qabul qilmas. Va agar qismatni qabul qilsa, joiz bo‘lur erdikim, dilning bir qismi haqida ilm bo‘lg‘ay erdi. (Ruhiyat olimlari, ruh san’atkorlari bu olamni ozroq biladi). Bas, dil sohibi bir holda ham olim va ham johil bo‘lmog‘i lozim kelurki, bu maholdur. Abadiy yo‘qolmasligi - andoza va miqdorga bo‘ysunmasligi birla ruhni hazrati Haq subhonahu va taolo ofarida qilg‘aydurkim, ofarida so‘zi - xalq qilg‘an, yaratgan ma’nosida kelur.

   Shu ma’noda miqdor va andoza (shakl) topgan narsalar bu olam xalqi jumlasidandir. Ul nimarsalarki, miqdor va andoza anga yo‘l topmagay - olam xalqidin ermasdir. Bas, ul toifalarkim, gumon qilibdurlar, ruh qadimiydur (deb), g‘alat qilibdurlar. Ul toifalarkim, aytibdurlar ruh araziydur (o‘zicha mavjud emas) deb, g‘alat (xato) qilibdurlarkim, araz o‘z zotida qoyim ermasdur, balki yana bir qism javharga tobe’dur. (Bu yerda substantsiya - asliyat, javhar va aktsidentsiya - o‘zgaruvchi xususiyat haqida so‘z boradi - red.)

Qayd etilgan