Imom G'azzoliy. Kimyoi saodat (Ruh haqiqati)  ( 350808 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 48 B


Robiya  07 Avgust 2008, 15:22:14

FASL
Botindagi to‘rt mutasaddi g‘olib bayonida

   Bas, vaqtiki bilding, botiningda to‘rt mutassaddi g‘olib bordur: o‘turmoq va turmoq, balki hamma holda o‘z holingga ogohlik birla boqg‘ilki. bu to‘rt korfarmoning qaysi biri itoatidadursen, haqiqatini bilgil. Har fe’lki, sendan sodir bo‘lsa, ul fe’ldin bir sifat ko‘nglungga hosil bo‘lg‘usidur.

  Ko‘nglung taskin topib ul olamga sening birla borg‘usidur. Va bu sifatlarni axloq atarlar. Hamma axloq bu to‘rt g‘olib farmonidin paydo bo‘lur. Agar shahvat to‘ng‘uzining itoatida bo‘lsang, senda besharmlik va palidlik sifati, xarislik va xasislik va badkorlik va mundin o‘zga yomon sifatlar paydo bo‘lur.

   Agar tuban shahvatni, ya’ni to‘ng‘iz, cho‘chqa shahvati nafsini qahr-g‘azablab qo‘lga olib, adab birla tutsang, senda tavoze’ va qanoat sifati va sharm va orom va zariflik va porsolik, ya’ni poklik va tama’sizlik sifatlari paydo bo‘lur.

   Va agar g‘azab itining itoatida bo‘lsang senda yomon ishlarga dalerlik va nopoklik sifati va bo‘yin tovlash va o‘zni aziz tutmak va o‘zgalarni xor ko‘rmak va xalqqa ozor bermak va mundin o‘zga yomon sifatlar paydo bo‘lg‘usidur.

Qayd etilgan


Robiya  07 Avgust 2008, 15:23:28

   Agar g‘azab itini o‘z farmoningda adab birla tutsang, senda sabr sifati va kishining og‘irini ko‘tarmak va avf va shijoat va xushxo‘yluq va saxovat sifatlari paydo bo‘lg‘usidur. Shaytonkim, ani ishi shahvat to‘ng‘izi va g‘azab itini o‘rnidan qo‘zg‘ab, ularni daler aylab, hiyla va makr o‘rgatmoqlikdur. Bas, shaytonning itoatida bo‘lsang, senda yaxshi amaldin qochmoq va xiyonat sifati va haqni botilga alishtirmoq, ko‘z bo‘yash va xalqqa firib bermoq va haq ishni yopmoq va mundin o‘zga yomon sifatlar paydo bo‘lg‘usidir. Va yo yaxshi sifatkim senda mavjuddur, boqiyot, solihot jumlasidan bo‘lg‘ungdur.

   Va saodat tuxmini qo‘lg‘a kelturgaysen. Va ul fe’llarkim, aningdan yomon sifatlar paydo bo‘lur, ani ma’siyat atarlar. Va ul fe’llarki, aningdin yaxshi sifatlar paydo bo‘lur, ani toat atarlar. (Yomon fe’llar muhlikot - halok etuvchi, yaxshi fe’llar munjiyot - najotga eltuvchidir. - M.M.)

   Odamiyni o‘tirmak va turmagi bu ikki holdin tashqari emasdur. Bas odamning dili oyinai ravshanga o‘xshashdur. Va yomon sifatlardur, zulmatga o‘xsharkim, vaqtiki oyinai dilga zang yetsa, ichi qoralik va torlik qilur, toki qiyomat kuni hazrati parvardigori olam jamoli bokamolini ko‘rolmas. Bu baxtdan mahrum bo‘lg‘usidur.

Qayd etilgan


Robiya  07 Avgust 2008, 15:29:17

   Ul yaxshi sifatlar nurga o‘xshashdurkim, vaqtiki ul nur oyinai dilda qaror topsa, hamma zulmat va ma’siyatlarni yo‘q qilur. Ushbu ma’noda hazrati rasuli akram sallollohu alayhi va sallam aytibdurlar: «Har yomon amaldin keyin, bir yaxshi amal qilg‘il, toki ul yaxshi amaling ani mahv va nobud qilg‘ay». Bas, qiyomatda dillar bo‘lurki, ba’zisi ravshandur. Alloh taolo o‘z bandalariga marhamat qilib aytadurki:

   Yavma lo yanfa’u molun va la banuna, illo man atalloha bi qalbin salimiyn.

   Oyat tafsiri: Gunohkorlarga ul kunda mol dunyosi va farzandlari naf bermas, magar ul kishi najot topurkim, Haq taoloning dargohida xolis va ravshan, pok qalb birla kelibdur. (Shuaro, 88).

   Odam dili ibtidoi temirga o‘xshashdurkim, aningdin oyinai ravshan qilurlar. Agar oyinani sof va ravshan tutsalar, hamma olam aning ichida ko‘rinur va agar oyinaga zang va tiyra o‘ltursa, hech nimarsa aning ichida ko‘runmas. Chunonchi, Haq taolo aytar:

   Kallo bal rona ala qulubihim mo konuv yaksibuna.

   Oyatning tafsiri: batahqiq bilki, odamlar ko‘ngillari oyinasida qilg‘on amallarini ko‘rurlar. (Mutaffifun, 14).


Qayd etilgan


Robiya  07 Avgust 2008, 15:30:33

FASL
Dilni yomonlikdan pok qilmoq bayonida

   Hamono aytursankim, odam vujudida yirtqich hayvonlar va shaytonlar va maloika sifatlari bordur. Qaysi dalil birla bilurmizkim, odamning asli farishtalar gavharidin bo‘lib, o‘zga sifatlar araziy va g‘arib bo‘lg‘aylar? Va nechuk bilg‘aymizki, odamni farishtalar avsofi hamidalarni hosil qilmoq uchun xalq qilg‘ondur, o‘zga sifatlarni hosil qilmoq uchun xalq qilmag‘ondur?

   Bas, bilgil va ogoh bo‘lg‘il, bu dalil birla aniq bilursenki, odam darranda va chahorpolardin (to‘rtoyoqlilar - hayvonlardan) sharofatlig‘ va komilroqdir. Alloh har nimarsaga bir kamol beribdurki, ul kamol ul nimarsani nihoyati darajasidadur. Bas, ul nimarsani ushbu kamol uchun xalq qilg‘on bo‘lg‘ay. Buning misoli ulki, ot eshakdan sharofatlirokdurki, eshakni yuk qo‘tarmoq uchun xalq qilibdur. Va otni g‘oziylar va bahodirlar ostida jihod maydonida yugurmoq uchun xalq qilibdur. Va eshakka otga o‘xshash yugurmoq quvvatini ham beribdur. Bas, g‘azot maydonida otning ustiga egar solib yugurmoqlik kamol va martaba darajasidur. Agar bu kamoldin ojiz bo‘lsa, anga to‘qum urib eshak o‘rnida yuk yuklarlarkim, eshak birla barobar bo‘lg‘usidur. Bu martaba aning nuqsoni va haloki bo‘lur.

Qayd etilgan


Robiya  07 Avgust 2008, 15:32:52

FASL
Odam vujudidagi avsofi zamimalar - yomon sifatlar bayonida

   Bas, odamlardin bir guruhi gumon qilibdurlarkim, Alloh odamni taom yemak va uyqulamoq va jimo’ qilmoq, lazzat olmoq uchun yaratgandur deb. Bu mutlaqo noto‘g‘ri, buzuq, behuda xom xayoldir. Bu bilan hamma umrlarini bo‘lmag‘ur botil ishga sarf qilurlar. Ming afsus va nadomatlar bo‘lsin!

   Endi bir guruhlar borki, gumon qilurlarkim, sababsiz o‘zgalarga qahr-g‘azab qilib, baland ovozlar bilan jerkib, koyib, ulardan g‘olib bo‘lish uchun yaratilganman derlar. Bu toifa ishlarga vaqtlarini, hattoki umrlarini sarf qilurlar.

   Ko‘pchilik xalqlarda uchraydigan bu har ikki gumon xatodurki, yemak va jimo’ qilmoq shahvat sababidindur. Bu ishlarning hammasi botil xayollardur. Yemak, ichmak va jimo’ qilmak hayvonlarda ham bordur. To‘rt oyoqli hayvonlarning yemagi odamning yemagidan to‘laroqdur. Chumchuqning jimo’ qilmog‘i odamning jimo’ qilmog‘idan to‘laroqdur. Bas, odam bulardin nechuk sharofatlik bo‘lg‘usidur? G’oliblik va balandlik qilmoq g‘azabning xohishidandurkim, bu darrandalarning sifatidur. Bas, odamga darranda va to‘rt oyoqli hayvonlarga bergan sifatlar ham berilibdur.

Qayd etilgan


Robiya  07 Avgust 2008, 15:38:19

   Endi bundin ham ziyoda kamoli sharofatni beribdurkim, bu aql ne’matidur. Bas, odam o‘zini yaratgan Alloh azza va jallani shu aql-idrok bilan tanur. Alloh taoloning ajoyib va g‘aroyib yaratish qudratlarini tafakkur bilan mushohada qilib, aql nuri birla o‘zini g‘azab ilkidin xalos qilur. Bu farishtalar sifatidandur. Bu sifat hamma vahshiy hayvonlar sifatidan g‘olibdur. Alloh ro‘yi zamindagi barcha mavjudotlarni insonga musaxxar qildi - bo‘yinsundirdi. Haq taolo kalomi majidida xabar beribdurki:

   Va saxxara lakum mo fi-s-samovati vama fil-arzi jami’an minhu.

   Oyatning tafsiri: Haq taolo sizlarga yer yuzidagi mavjudotlarning hammasini bo‘ysundirdi. (Josiya, 13).

   Bas, odamning haqiqati ul nimarsadurki, kamoli va sharofati aning birla bordur, ya’ni aql birladur. Va o‘zga sifatlar g‘arib va oriyatdurki, aqlning madadi va chokarligi bilan amalga oshmasa.

Qayd etilgan


Robiya  07 Avgust 2008, 15:40:58

   Bul dalil birla vaqtiki odam vafot qilsa, na g‘azab qolur va na shahvat. Ammo javhari aqlkim, ravshan va nuroniy, Haq taoloning ma’rifati birla orasta bo‘libdur, odamning rafiqi bo‘lib, farishtai muqarrablar birla hazrati Haq subhonahu va taoloning dargohida bo‘lgusidur.

   Fa maq’adi sidqin inda malikin muqtadirin.

   (Ya’ni, (Ular) qudratli podshoh (Alloh)ning huzurida sadoqat maqomida bo‘lurlar. (Qamar, 55).

   Va ammo ba’zi dil bo‘lurkim, tiyra va qorong‘u va tuban. Tiyraligi ul jihatidindurki, ma’siyat zulmatidin zangvor - ya’ni zang o‘ltirgandur. Va nigunsorligi ul jihatidindurki, shahvat va g‘azab xohishiga berilibdur. Bas, shahvat va g‘azab xohishi bu dunyoda qolg‘usidurkim, ul jihatdin bu olami sifliyga mutavajjih bo‘lib, nogiron bo‘lg‘usidur. Bas, nochor dil nigunsor - xarob bo‘lur.

   Bu ma’nodin hazrati Haq subhonahu va taolo xabar beribdurki:

   Va lav taro izi-l-mujrimuna nakisu ru’usihim inda rabbihim.
   Gunohkor, mujrim, osiylarni Alloh dargohida boshlari egik holda ko‘rasizlar. (Sajda, 12).

   Bas, bu nav’ dil shayotin birla Sijjin otlig‘ do‘zaxda yonib rasvo bo‘lg‘usidur.


Qayd etilgan


Robiya  07 Avgust 2008, 15:42:36

FASL
Dil olami ajoyiblarining nihoyasizligi bayonida

   Dilning sharofati ul jihatdindurki, hamma mavjudotdin ajibroqdur. To‘la (ko‘pchilik) xalq dilning haqiqatidin g‘ofildurlar. Bas, dilning sharofati ikki vajhdin: biri ilm jihatidin, yana biri qudrat sababidindur.

   Ammo dilning sharofati ilm jihatidin ikki tabaqadur. Biri ulki, hamma xalq ani bilurlar. Yana bir tabaqa po‘shida (yashirin)durki, har kishi bilmas. Bu tabaqa azizroqdur. Ammo ul tabaqakim zohiriydur, ani hamma xalq bilurlar.

   Dilda andog‘ quvvat bordurkim, hamma ilmni va hamma hunarlarni bilur. Va hamma kitoblar ma’nosini fahm qilur. Chunonchi: ilmi handasa va ilmi hisob va ilmi tib va ilmi nujum, ilmi shariat va ilmi kasb. Bovujud ulkim, dilning bir qismi qismatni qabul qilmas (mangu tirikdur). Muncha ilmlar anga sig‘ar. Balki xamma olamni dilga nisbat qilmoq birla, daryodan qatra misolidur. Va har lahzada o‘zini fikri-harakati birla taxtas-sarodan a’loyi ulliying‘a va mashriqdan mag‘ribga sayr qilur. Bovujud ulki, olami xokda barqarordur. Va hamma yulduzlar va sayyoralarning andoza va miqdorini bilur.

Qayd etilgan


Robiya  07 Avgust 2008, 15:43:55

   Baliqni hiyla birla daryo qa’ridin chiqarur. Va qushni havodin yerga keltirur. Sher va filni, otni va mundin o‘zga hayvonot purzo‘rlarini o‘ziga bo‘ysindirur. Va har nimarsaiki, olam ajoyiblaridindur, aning ilmi havosi panjgona (besh xil) yo‘l birla hosil aylar.

   Va bundan ajibroq bukim, dilning ichi tarafidin olami malakut sori ravzana - daricha, tuynuk ochiqdur. Andog‘kim, dilni tashqari tarafidin olami maxsusotga besh darvoza kushoda, ya’ni ochiqdur. Olam maxsusoti deb olam jismlarini ayturlar. Olami malakutiy deb ruhoniy olamni ayturlar. Olam xalqining ko‘pchiligi jismoniy olamni bilurlar. Bu yuzaki va beasldur. Bu ilm ham muxtasardur.

   Bas, dilning ich tarafidin olami malakutga ravzana ochiqdur demakka ikki dalil bordur. Biri tush ko‘rmakdurkim, vaqtiki (odam) uyquga borsa, sezgilar yo‘li bog‘lanur. Ul vaqtiki dilning ravzanasi ochiq bo‘lur, ya’ni dildan tashqariga tuynuk ochilib, olami malakutiydin va Lavxul Mahfuzdin g‘ayb ishlarni ko‘rmakka turar. To onchakim, keladurgon zamonda voqe’ bo‘ladurg‘on ishlarni ham bilar. Ba’zisini ravshan mushohada qilur va ba’zisi tafsirg‘a hojati tushar. Va odamlar gumon qilurlarkim, ilm hosil qilmoqg‘a uyqudin bedorlik avloroqdur deb, va bilmaslarkim, bedorlikda g‘aybni bilg‘ali bo‘lmas, tushda bilg‘ali bo‘lur.

Qayd etilgan


Robiya  07 Avgust 2008, 15:45:18

   Tush ko‘rmakning haqiqatini bu kitobda tamom sharh qilmoq mumkin ermas. Ammo bu miqdor bilg‘aysankim, dil misoli oynadur. Lavhul Mahfuzning misoli, yana bir oynaga o‘xsharkim, aningda hamma mavjudotning surati yozilg‘andur. Bas, ikki oynaga ro‘baro‘ qilsa, bir oynadagi surat yana bir oynaga tushganga o‘xshash, Lavhul Mahfuzdagi mavjudotning surati oynai dilda jilvagar bo‘lg‘usidur. Bu martaba ul vaqtda hosil bo‘lurkim, ul dil oynasi sof bo‘lub, moddiy dunyodan o‘zini forig‘ aylab, olami malakutiyga munosabat paydo qilsa, bu vaqtda malakut olami ajoyiblaridan mushohada aylar.

   Va lekin inson sezgilari yo‘li uyqusida masduddur (ya’ni to‘silgandir), ammo ruh o‘z joyida ogohlik birla turar. Bu vajhdindurki, tushida ko‘rgan nimarsani xayol vositasida ko‘rar.

   Ammo ravshan va oshkora ko‘rolmas. Vaqtiki vafot etsa, na xayol qolur va na havas. Hamma nimarsalarni ravshan ko‘rgusidir. Chunonchi, Haq taolo kalomi majidida xabar berur:

   Fa kashafno anka g‘itaaka fa-basaruka al-yavma hadid. (Qof, 22).

Qayd etilgan