Imom G'azzoliy. Kimyoi saodat (Ruh haqiqati)  ( 350974 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 ... 48 B


Robiya  07 Avgust 2008, 15:47:15

   Qattiq kunda (Qiyomatda) sizga to‘silgan olamni ko‘rsaturmiz. Bu xitobi shadidul itob javobida gunohkorlar ayturlarkim:

   Rabbano, absarno va sami’no farji’no na’mal-salihan. (Sajda, 12).

   Tafsiri ulki, «Rabbimiz, bizlarni ibrat ko‘zi bilan ko‘radigan qilg‘il, va jon qulog‘i bilan eshitib, yaxshi solih amallardan qilaylik, deb Alloh taologa iltijo qiladilar. Yana aytadilarki, qiyomat kuning qo‘rqinchini ko‘rdik, sur sadosini eshitdik, sen bizlarni qayta foniy dunyog‘a yuborg‘il, toki bizlar yaxshi amallarni qilg‘aymiz».

   Dilning ravzanasi malakut olami sorig‘a ochiq erkaniga ikkinchi dalil ulki, ba’zi insonlarda ajoyib, kamyob farosat va ajib maslahatlar ilhom tariqasi birla ko‘ngliga kelgay. Bas, bu nav’ ilhom - his, sezgi yo‘li Girla ermas. Balki olami g‘aybdin ravzanai dilga yetgan shu’ladur. Ya’ni, ruhi ilohiydur.

   Bas, bu dalil birla bilgilki, dil bu olamdin ermas. Balki olami malakutdindur. Va his, sezgilarkim, bu olam ilmini kasb qilmoq uchun yaratibdur, nochor dilga olami malakutiy yo‘lini ko‘rmoqqa parda va hijob bo‘lur. To havosdin forig‘ bo‘lmag‘uncha malakut olamiga yo‘l topilmas.

Qayd etilgan


Robiya  07 Avgust 2008, 15:48:34

FASL
Dilning olami malakutiyga ochilgan ravzanasi bayonida

   Gumon qilmag‘ilki, dil oynasi to uyqulamaguncha va yo vafot etmaguncha ochilmas (deb). Mundog‘ ermasdur. Balki bedorlikda ham kishi o‘ziga riyozatni lozim tutsa va dilni g‘azab va shahvatdan, yomon hulqlardan xalos aylab, va xilvat ixtiyor qilib, zohiriy olamdan nazarni yig‘ib, havos yo‘lini to‘sib qo‘ysa, dilga olami malakutiy manzaralari ochilib, mudom Alloh taologa zikrini ko‘ngli va tili birla aytib va ko‘p so‘zlamay, nafaqat o‘zidan, balki hamma olamdan uzulib, faqat Har oyina ayturlar javobidakim, xalq qilg‘uchi Allohdur. Va burhon (dalil) birla ham ma’lumdurki, bu xosiyat va xislatlar payg‘ambarlarga(gina) xos emasdur, chunki anbiyo alayhimus salom ham odamdurkim:

   Kul innamo ana basharun mislukum yuvha ilayya.

   Oyatning tafsiri: Aytgil, ey Muhammad! (s.a.v.) Men ham sizlarga o‘xshash odamdurmen, ammo faqat menga vahiy yuborilibdur. (Kahf, 110).

   Va lekin ul kishikim, anga ravzanai dili ochilib, jumlai xalqni islohg‘a va xalqni iymong‘a da’vat qilmoqg‘a farmon bo‘lsa, ul kishini payg‘ambar derlar. Va aning xalqg‘a ta’lim bergan yo‘lini shariat va aningdin sodir bo‘lgan xoriqi odatni mu’jiza atarlar.

Qayd etilgan


Robiya  07 Avgust 2008, 15:49:38

   Va ul kishikim, agar ravzanai dili ochilib, xalqni iymonga da’vat qilmoqg‘a farmon bo‘lmasa, ul kishini valiy derlar. Aningdin voqe’ bo‘lg‘an odatdan tashqari amallarg‘a karomat derlar.

   Har kishiki, ravzanai dili kushoda bo‘lmog‘i birla vojib emasdurkim, iymonga da’vat qilg‘ay. Iymonga da’vat qilmoq uchun nubuvvat shartdurkim, valiyda bu shart mavjud ermas. Zeroki hazrati payg‘ambar (s.a.v.) dan keyin payg‘ambar kelmas. Bas, bo‘lg‘aykim, avliyolar karomatiga tasdiqingni durust qilg‘aysen. Bas, valoyatning avvalgi sharti riyozatdur. Bu ishda ixtiyorga ham yo‘l bordur. Har kishi tariq, ya’ni don sochg‘oni birla o‘rolmas, va o‘rg‘on birla maqsad husulini (hosillarini) qo‘lg‘a ololmas.

   Va lekin har ishkim, azizroq va sharifroqdur, ani topmoqning shartlari dushvor va mushkulroqdur. Bas, martabai valoyat odam ahvolining kamoli sharofatidur. Bu martabani talab qilmoq riyozatsiz va piri komilsiz qo‘lg‘a kelmas.

   Vaqtiki, bu ikki shart mavjud bo‘lsa, to tavfiqi Boriy bermaguncha va Haq subhonahu va taolo azalda bu saodatni ul kishiga hukm qilmag‘an bo‘lsa, murodiga yetmas. Balki ilmi zohirda peshvolig‘ darajasini topmoq va bundan o‘zga af’oli ixtiyoriylarining hammasi azal hukmiga muvofiq, ya’ni Alloh amriga bog‘liqdur.

Qayd etilgan


Robiya  07 Avgust 2008, 15:53:09

   Vaqtiki, taom yemakni ixtiyor qilsa, tilni ostida suvni keltirib taomni ho‘l qilib yutmoqg‘a salohiyat paydo qilur. Bas, ma’lumdirki, dil tasarrufi hamon tanda joriy va hamon badan dilning ixtiyoridadur.

   Va lekin bilgaysen: Ba’zi dillar bo‘lurkim, sharifroq va komilroq, farishtalar javhariga yoviqroq (ya’ni yaqinroq) dir. Bu nav’ dillarga o‘z badanlaridan o‘zga barcha mavjudotlar mute’ va itoatdadur. Masalan: Ularning haybati sher va yo‘lbarsga tushsa, sher va yo‘lbars bular oldida zabun va mute’ bo‘lur. Va agar bular (valiylar) bemorga boqsa u sihat topar. Va agar tani durustga g‘azab birla qarasa, bemor bo‘lur. Va agar yiroqni yaqin qilmoqni xohish qilsa, turfatul ayn ichra hozir qilur. Agar yomg‘ur yog‘moqni xohish qilsa, yog‘dirur.

Qayd etilgan


Robiya  07 Avgust 2008, 15:56:47

   Bu nav’ ishlar mumkindurkim, burxon-aqlu tajriba birla ma’lumdur. Ko‘z tegmak va sehr qilmoq ham munga o‘xshashdurkim, nafsi xasis va xabisning yana bir jismga ta’sir qilmog‘idur. Chunonchi, bir xasis va xabis hirsi hasad tariqasi birla hayvong‘a yo bir insong‘a yomon ko‘z-la boqur, o‘lmagini xohlasa, nochor o‘lur. Chunonchi, hadisda kelibdurki:

   Al’aynu tudxilur - rajula fil qabri val jamala fil qidri.

  Ya’ni ko‘z tegmoq - insonni qabrga va tuyani qozonga olib borur.

   Bas, bu ham dilninng ajoyib qudratlari jumlasidandur. Bu nav’ xosiyatlar agar xalqni iymonga davat qilodurgon kishidan sodir bo‘lsa, bu fe’lni mu’jiza derlar. Ul kishini payg‘ambar derlar. Va agar iymonga da’vat qilmay, kori xayr uchun bo‘lsa, ul kishini valiy derlar.

   Va agar yomon ishlar uchun bu nav’ (ajoyibotlar) voqe’ bo‘lsa, ani sohir, ya’ni sehr qiluvchi derlar. Bas, sehr va karomat va mo‘‘jiza hammasi - odam dilining xosiyatlari jumlasidandur. Agarchi bular orasida farq bisyordur, bu kitobda ani tamom sharh qilmoq mumkin ermas.

Qayd etilgan


Robiya  07 Avgust 2008, 15:58:03

FASL
Dilning sharofati va xosiyatlari bayonida

   Kishikim, bu mazkur ma’nolarni bilmabdur, nabiylik va valiylik haqiqatidan hech xabar topmabdur. Magar beovoz eshitmak, nubuvat va valoyat dil olamining darajoti va sharofati jumlasidandur, bas, bu ma’noning xusulida uch xosiyat bordur. Biri ulki, nimarsaiki hamma xalq tushida ko‘rar, payg‘ambar yo valiy ani bedorlikda kashf qilur. Ikkinchi ulki, hamma xalqning dili o‘z badaniga asar qilur, ul toifaning dili boshqa odamlarga ham asar qilur.

   Uchunchi ulki, tamom xalq o‘qimoq va o‘rganmak birla ilm kasb qilurlar. Ul azizlar (fazilatlarni) kishidan o‘rganmasligi mumkin. Haqtaolo ularning botinlariga bevosita bildirur. Bas, ravo uldurkim, kishi ziyrak va sofdil bo‘lsa, ba’zi ilmlarni kishidin o‘rganmay bilur. Bu nav’ ilmlarni ilmi laduniy atarlar. Chunonchi, Haq taolo aytibdur:

   Va allamnohu min loduna ilman.

   Va biz unga (payg‘ambarlarga) laduniy ilmdan (ba’zilarini) bildirdik. (Kaxf, 65).

Har kishikim, o‘zida bu uch xosiyat bo‘lsa, ul kishi payg‘ambari izom va yo avliyoi kiromlar jumlasidandur. Va agar bu uch darajaning biri hosil bo‘lsa, chandon tafovut bordurkim, ba’zilarga ozrog‘i hosil bo‘lur, ba’zilarga bisyor. Xazrati rasuli akram (s.a.v.) ni kamoli va sharofatlari ul sababdindurkim, bu uch daraja onhazrat (s.a.v.) da hosil erdi. Bas, Haq taolo xohladikim, hamma xalqg‘a onhazrat alayhissalomning nubuvvatlarini bildurg‘ay, toki payg‘ambar (s.a.v.) ga itoat etsalar saodati abadiy topg‘aylar.

Qayd etilgan


Robiya  07 Avgust 2008, 15:59:42

   Bas, bu uch xususiyatdin har kishiga ato qilibdur, chunonchi, tush ko‘rmak bir xosiyatdur, farosati rost ul yana bir xosiyatdur, ilm olishda mutolaai rost yana bir xosiyatdur.

   Odamga mumkin ermasdurkim, o‘z jinsida ermas nimarsalarga tasdiq qilg‘aylar. Va har nimarsaki, ani suratidin oynai dil manzara ko‘rsatmasa, ani tasavvur qila olmaslar. Ushbu vajhdinlurki. Hazrati Haq subhonahu va taoloning zoti haqiqatini o‘zilii o‘yaa mavjudot kamoxaqquhu (Haqday) bila olmas. Bu ma’no haqiqatining sharhi bisyordurki, «Maoniyi asmaulloh» otlig‘ kitobimda ravshanlik birla bayon qildim.

  Bas, maqsad ulki, joiz tutarmenkim, anbiyo va avliyolarda bu uch xususiyatdin o‘zga yana xosiyatlar bo‘lg‘aykim, bizlar ani bilmag‘aymiz. Charoki, bizning vujudimizda uch xosiyatlardin manzara va nishona bo‘lmag‘ay. Chunonchi, Haq subhonahu va taoloning o‘zidin o‘zga mavjudot o‘ziday bilolmas. Mungao‘xshash, anbiyo qadri sharofatlarini anbiyolar bilurlar.

Qayd etilgan


Robiya  07 Avgust 2008, 16:01:45

   Bizlarning ilmimiz juzviydurkim, anbiyolar qadri sharofatlarini qamrab ololmas.

   Chunonchi, Haq subhonahu va taolo bizlarda uyquni xalq qilmasa, bir kishi bizlarga uyqu ahvolini hikoyat aylab, desakim, uyqu deb bir nimarsani aytarlarki, kishi o‘zidan bexud bo‘lib, harakat qilmaydur, va eshitmaydi, va so‘zlamaydi va andisha qilmaydurkim, tongla na bo‘lg‘usidur. Vaqtiki bedor bo‘lsa, kelgusini ko‘radur va eshitadur va xamma nimarsaga qodir bo‘ladi, bas, bu hikoyatlarga odamlar bovar qilmaslar.

  Charoki, odam o‘zi ko‘rmagan nimarsaga (aqli) bovar qilmas. Chunonchi, Haqazza va jalla bu ma’nodin xabar beribdurkim:

   Bal-kazzabu bimo lam yuhitu bi-ilmihi va lamo ya’tihim ta’viluhu.

   Ya’ni: Ular Qur’on ilmini, oyatlar ta’vili-mohiyatini bilmay turib, yolg‘on deydilar. (Yunus, 39).

   Va yana bir oyatda xabar beribdur:

   Va izlan yaxtaduv bihi fa-sa-yaquluna xazo ifkun qadimun.

   Ya’ni: Ular o‘zlari hidoyat topmagach, «Bu eski uydurmadur», - dedilar va o‘zlariga zulm qildilar. (Ahqof, 11).

   Va ajablanmaginki, anbiyo va avliyolarda sifat bo‘lg‘aykim, ul sifatdin chandon xosiyat va lazzatlar ko‘rgaylar. Va o‘zgalarda bu sifat yo‘qdurkim, bu lazzatlardin mahrumdirlar.


Qayd etilgan


Robiya  07 Avgust 2008, 16:03:39

FASL
Ilmi zohirning tasavvuf yo‘lidagi to‘siqligi bayonida

Bu mazkur fikrlardan dil olamining sharofati ma’lum bo‘ldi. Va tasavvuf yo‘lidan ham xabardor bo‘lding. Bas, bularni anglading. Endi bilsang bo‘lg‘aykim, aytibdurlar: Ilmi zohir tasavvuf yo‘lida to‘siqtsur. Bu so‘zga inkor qilmag‘ilki, bu so‘z haqdur. Bu vajh birlakim, hislar yo‘li birla mashg‘ul va mustag‘raq bo‘lsang, albatta to‘siq bo‘lg‘usidur. Bas, dil misoli havzga o‘xshashdur, va besh hissiyot misoli besh ariqg‘a o‘xshashdurkim, bu ariqlar birla ko‘ngulga suv kirar. Agar bu ko‘lning tagidin obi sof chiqsin desang, tadbiri ulki, bu ko‘lga suv kiradurgon ariklarni mahkam band qilg‘il. Va havz ichidagi suvni tamom chiqarib, tagini chandon kovlagilki, tiniq suv chiqg‘ay.

   Bas, bunga o‘xshash, ul ilmlar oynai dilga besh hissiyot yo‘li birla hosil bo‘lsa, u qancha mashg‘ul bo‘lsa ham dilning tagidin ma’rifat chashmasini topolmas. Toki oynai dilni xavos yo‘li birla hosil bo‘lg‘on ma’lumotidin xoli aylab, havzi dilning tagini riyozat teshasi birla qazisa, albatta ma’rifat chashmasi ochilib, oynai jahonnamo bo‘lg‘usidur.

   Bas, ilmi zohir to‘siq bo‘lmog‘ining sababi shuki, agar odam ahli sunna va jamoanng e’tiqodlarini tamom bilsa, aqida qilsaki bundin o‘zga ilm yo‘kdur, va agar ko‘ngilga haqiqat tarafidin shamma, ya’ni ozgina miqdor bo‘y, - ya’ni bahra, nishona yetsa, ayturkim, bu men bilgan ilm aqidaga muxolifdurkim, bu nav’ ishlar botildur. Bas, bu nav’ kishiga haqiqat hargiz ma’lum bo‘lmas. Va axli sunna va jamoaning aqidalari ommai xalqning aqidalaridurkim, haqiqatning qolipidur. Ayni haqiqat ermas. Va ma’rifat tamom uldurkim, haqiqat ushbu qolipdin namoyon bo‘lg‘usidur. Chunonchi, po‘st ichidagi mag‘iz misolidadur.

Qayd etilgan


Robiya  07 Avgust 2008, 16:04:56

FASL
   Ilmi zohir birla ilmi botin orasidagi munosabat va muxolifat bayonida

   Bas, zohir ilmi - po‘st, va haqiqat ilmi - mag‘izdur. Bas, kishikim sa’y va jadal birla zohir ilmi va aqidai ahli sunnat va jamoani yo‘liga keltiribdur va ilmi haqiqatdin nasiba topmabdur. U pindor, ya’ni takabburlik bilan gumon qilurkim, hamma ilm mening bilganimdur deb.

   Bu nav’ gumonlar, mag‘rurlanishlar haqiqat yo‘liga parda bo‘lg‘usidur. Agar kishi bul tariqa dindordin yiroq bo‘lsa, ilmi zohir ilmi haqiqatga parda va to‘siq bo‘lmas. Ilmi zohir vositasi birla chandon fathu kushoyish aning holida ro‘y berurkim, martaba va darajasi g‘oyat kamoliga yetkusidur.

   Ammo (ba’zi) so‘fiy johillar xayoli botilning bandida, uzoq muddat shubhaning hijob pardasida mubtalolikda qolgusidur.

   Bas, ul kishikim, ilm chirog‘ini qo‘lga keltiribdur, bu nav’ shubhalardin eminda, bu tariqa xatarlardin salomat manzilida sokindurlar.

Qayd etilgan