Imom G'azzoliy. Kimyoi saodat (Ruh haqiqati)  ( 350748 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 ... 48 B


Robiya  07 Avgust 2008, 16:05:39

   Bas, ilmi zohir haqiqat yo‘lida pardadur degan so‘zni valoyat va mukoshafot darajasiga yetgan kishidin anglasang, inkor qilmag‘il. Ammo ibohate toifasikim, shari’ sharifda harom va makruh ishlarni o‘zlariga halol va muboh bilurlar va yengil tabiatlilar behosil firqasikim, Makka va Madinani tavof qildim va mozorotlarni ziyorat aylab, piri murshidlar xizmatida bo‘ldim deb, zamonada paydo bo‘libdurlar, hargiz bular haqiqat holidan xabar topmabdurlar. Va lekin nojiz iboralarni so‘fiylar qavmidin yod olibdurlar, bu toifalarni qilur ishlari shabu-ro‘z palid va nojoiz so‘zlari birla xalqni rom qilmoq, joma va fo‘ta va muraqqa’ (yamoqli, quroq) sajjodalarini orasta aylab, ilmni va ulamolarni mazammat qilurlar. Bas, bu toifa shayotin xilqatidurlar. Xudo va rasulning dushmanidurlarkim, Xudo va rasul ilm o‘rganmoqni hamma xaloyiqg‘a farmon qilibdurlar. Bas, bu mudbir, xasis va yengil tabiatli nokaslar na kishi bo‘lg‘aylarkim, ilm va ulamolarga ta’na va malomat tariqatida kattachilik (tiliuzunlik) qilg‘aylar. Bovujud ulki, Xudo azza va jalla va rasuli akram (s.a.v.)ning hadisi shariflarida va oyati karimada necha martalab ulamolarni madh va sitoyish qilinibdur.

   Bas, bu mudbir nokaslar na ilmi holdin lazzat olmay, na ilmi zohirdin nasiba topmay, bu tariqa ta’na va malomatlari nechuk ravo bo‘lg‘ay? Bu toifa mudabbirlar ahvoli ul ahmaqning holiga o‘xsharkim. eshitibdurkim, kimyogarlik oltin ja’m qilmoqdin afzal. Andin oltun benihoyat hosil bo‘lur. Bu afzaldurkim, hamma zarning aslidur (deydilar).

Qayd etilgan


Robiya  07 Avgust 2008, 16:06:19

   Bovujud ulkim, o‘zi kimyogarlikdan tamom bexabardur. Kimyo zardin afzal deb lof urmoq birla muflis va gurusnalikdin, ya’ni ochlik va harislikdin halok bo‘lurlar.

   Bas, anbiyo va avliyolarning kashfu karomatlari kimyoga o‘xshashdur. Va ulamolar ilmi oltinga o‘xshashdur. Sohibi kimyoning sohibi zardin fil-jumla afzalligi bor.

   Va lekin bunda bir daqiqa bordurkim, masalan bir kishi yuz dinor oltun bo‘lguncha kimyogarlikni bilsa, ming dinor oltuni bor kishidan afzal ermasdur. Kimyogarlik so‘zi olamda bisyordur. Va lekin (ruhiy) kimyogarlikni biladigan kishi bu zamonda topilmas.

Qayd etilgan


Robiya  07 Avgust 2008, 16:06:58

   Ammo ul toifakim, kimyogarlik talabida lof urarlar, ularning kori oxiri qalloblikdur. Ba’zi so‘fiylarning holi ham bunga o‘xshashdur. Kishikim. riyozat tortib, suluk yo‘lig‘a kirgan birla kamol daraja topmog‘i nihoyati mushkul va nodirdur.

   Agar haqiqat yo‘lidin andak daraja topqon birla ulamolardin afzal bo‘lolmas. Va so‘fiylar holi aksar bu tariqa bo‘lurkim, ibtidoi holda andak natija hosil ko‘rar. Xilofi shar’iyni sababidin ul martabadan tushar. Va ba’ziga xayol va savdoyi g‘olib bo‘lur. Andin hech natija hosil bo‘lmas. Gumon qilurkim, ma’rifat darajasini hosil qilmishlar. Bu nav’i gumonlari botildur.

   Balki ulamolardin ul kishi afzaldurkim, ilmi haqiqatda ancha komil bo‘lg‘aykim, dini islomga taalluqi bor. Ilmni kishidin o‘rganmoqqa hojati bo‘lmay, o‘z zotidin ilmi ladunniy birla bilish, bu martabaga yetish nihoyati dushvordur. Bas, bilgilki, anbiyo va avliyolarni kashf va darajalariga tasdiq qilg‘il. Bu toifa mudbirlar holidin ogoh bo‘lmoq birla avliyoyi zul ehtiromlarga e’tiqodingni botil qilmag‘il. Ul kishikim, ilmga va ulamolarga ta’na va malomat tilini buribdur, albatta dunyo va oxiratdin benasiblik nishonasidur.


Qayd etilgan


Robiya  07 Avgust 2008, 16:08:20

FASL
Odamiyning saodati ma’rifatulloh birla erkonining dalili bayonida

   Hamono aytursenkim, inson dilining saodati hazrati Haq subhonahu va taoloni tanimokda erkanini qaysi dalil birla bilurmiz? Bu dalil birla bilurmizki har nimarsaning saodati ul nimarsadurkim, lazzati va rohati o‘shandadur, va har nimarsaning lazzatini har kim, ta’biga ko‘ra taqozo qilg‘ay. Va ta’bi ani taqozo qilurkim, ani o‘sha narsa uchun ofarida qilg‘on (yaratgan) bo‘lg‘ay. Chunonchi, shahvatning lazzati o‘z orzusiga yetmoqdadur. G’azabning lazzati dushmandin intiqom, ya’ni o‘chini olg‘onda bo‘lur. Va ko‘zning lazzati zebo surat va oftob tal’atga nazar solg‘ondadur. Va quloqning lazzati kuy va ovozi dilkashni eshitmoq birla bo‘lur.

   Bunga o‘xshash dilning lazzati ruhiyatdadurkim, dilni aning uchun ofarida qilibdur. Dilning xossasi uldurki, hazrati Haq subhonahu va taoloni, osmon sifatlaridin boshlab, hamma mavjudotning haqiqatini bilmoklikdur. Ammo shahvat va g‘azab va o‘zga maxsusotkim, ani besh hissiyot yo‘li birla bilgali bo‘lur, bular yengildurki, bahoyim va hayvonotlarda ham bordur. Ushbu vajhdindurkim, odam o‘zi bilmagan nimarsani bilmoqg‘a taqozo va harakat qilur. Vaqtiki bilsa shodu xurram bo‘lur.

   Masalan, shatranjga o‘xshashdurkim, shatranj bilur kishiga aytsakim, shatranj o‘ynamagil, sabr qilmog‘i, dushvordur. Na uchunki, ajib va g‘arib o‘yin o‘rganibdurkim, anga faho va nozish qilur.

Qayd etilgan


Robiya  07 Avgust 2008, 16:09:03

   Bas, bildingki, dilning lazzati haqiqat korlarini bilmokdadur. Bilgilki, qay nimarsaning ma’rifati azizroq va sharifroq, aning lazzati to‘laroqdur. Birov vazir birla hamasror bo‘lub, podshohni ahvolidan xabar tutsa, albatta shod bo‘lur. Ammo kishikim podshoh birla do‘st bo‘lib, hamnishinlik qilib, tadbiri mamlakatdin xabardor bo‘lsa, buning shodligi chandon ziyoda bo‘lur. Agar ilmi handasani zabt qilib, osmonlarning mikdorlarini bilgan kishining lazzati podshohlik lazzatidin, shatranj bilgan kishining lazzatidin ziyodadur. Va har nimarsaki, ani bilmak sharifrokdur, aning lazzati ulug‘rokdur.

   Bas, hech mavjudot hazrati Haq jalla va a’lodan sharifroq emasdurki, hamma mavjudotning sharofati aning birladur. Va hamma olamning va bu olamning ajoyiblari Haq taoloning yaratish qudratlarining osoridur, ya’ni nishonalari va belgilaridur. Bas, hech ma’rifat Haq taoloning ma’rifatidin sharifroq va azizroq va lazizroq emasdur. Hech nazzora hazrati parvardigori olamning ajoyib san’ati va g‘aroyib qudratlari nazzorasidin xushroq va lazzatliroq emas. Negaki dilning tab’i va taqozosi ushbudur, dilni buning uchun yaratibdur.

Qayd etilgan


Robiya  07 Avgust 2008, 16:09:36

   Bas, ul dilkim, bu ma’rifatning taqozoyi aningda botil bo‘lubdur, bemor tanga o‘xshashdurkim, taqozoyi g‘izo andin botil, bo‘lg‘ayki, aning nazdida tosh va nonning farqi bo‘lmas. Agar ul bemorning mijozi sihhatiga davo qilib, ishtahoyi tabiiy, joyiga kelmasa, bu jahon badbaxtidurki, halok bo‘lg‘usidur. Va ul kishikim, dunyo aloyiqining zavqi ko‘ngliga g‘olib bo‘lib, hazrati Haqsubhonahu va taoloning ma’rifati zavqi kam bo‘lsa,ul albatta bemordurki, agar iloj qilmasa, ul jahonning badbaxti bo‘lib halok bo‘lg‘usidur.

   Charoki, maxsusotdin har nav’ lazzat yetar. Va zavqkim, odamiy badaniga taalluq topar, hammasi o‘lmak birla botil . bo‘lur. Va ul zavqu lazzatlarni deb tortqon ranju meqnati ham zoe’ va botil bo‘lur. Va hazrati Haq subhonahu va taoloning ma’rifati lazzatikim, dilga taalluq topibdur, o‘lmak birla botil bo‘lmas. Balki yuz chandon bo‘lur, charoki, odam vafot etgan birla dil halok bo‘lmas, va ma’rifati ilohiy dilda barqaror turar. Balki ziyoda, ravshan bo‘lur. Va , bu so‘zlar tavilini bu kitobimning oxirida muhabbat asllarida bayon qilg‘umdur. Inshoalloh taolo.

Qayd etilgan


Robiya  07 Avgust 2008, 16:11:20

FASL
Odam tanasining xilqatidagi ajoyibotlar bayonida

   Dil gavharining sifatlari bu kitobimda munchalik mazkur bo‘lg‘oni kifoyadur. Agar kishi bundin ziyoda sharhni xohish qilsa, kitobi «Ajoyibul qulub»da bayon qildim. Ul kitobni mutolaa qilg‘ay. Bovujud bu ikki kitobni mutolaa qilmoq birla odam o‘zini tamom taniyolmaskim, bu ikki kitobda bo‘lgoni ham dili odamiyning ba’zi sifatlaridur.
Bas, bilg‘ilki, sifati dil bir rukndur. Sifati tan ham bir rukndur. Tanning ofarinishi (yaratilishi) va xilqatida chandon ajoyiblar bordur va har uzvining zohiri va botinida ajib ma’nolar va har birida g‘aroyib hikmatlar bordur.

   Bas, odamiyning tanida nechand ming pay va tomir va ustixonlardurkim, har biri bir nav’ shaklga mushakkal. Yana bir sifatlari o‘ziga yarashiqli va har birini bir maqsad uchun yaratibdur. Va holbuki, sen hammasidin bexabardursen. Munchalik bilursankim, qo‘lni tutmoq uchun va oyoqni yurmak uchun va zabonni so‘zlamoq uchun xalq qilibdur. Ammo bilgilkim, ko‘z o‘n tabaqadan iborat va har biriga futur yetsa, ko‘rmakka xalal yetkusidur.

Qayd etilgan


Robiya  07 Avgust 2008, 16:12:24

   Bilurmisenkim (Haq taolo) bu o‘n tabaqaning har birini nima uchun ofarida qilibdur? Va ko‘rmakka bularga ne uchun hojat tushar? Va ko‘z ilmi nechand kitoblarda sharh qilinibdur. Va agar bularni bilsang, ajib ermasdurkim, axshoi daruniylar, ya’ni hayvonlarning ichki a’zolarining xosiyatidin bexabarsen.

   Chunonchi: jigar va tixol ya’ni qorataloq va o‘t va killiyaki (ya’ni buyrak) peshobni saqlaydurgon quvvatdur. Va bundin o‘zga quvvaglarkim, bularni nima uchun xalq qilibdur?
Bilginki, jigar aning uchundurkim, muxtalif taomlar me’dadin jigarga borur, jigar hammani bir sifatda, qonning rangida qilur. Toki andomga g‘izo bo‘lmoqg‘a salohiyat qilur. Vaqtiki, qon jigarda pishib qivomig‘a kelsa, andin bir muncha zardob paydo bo‘lurkim, ul savdodur.

Qayd etilgan


Robiya  07 Avgust 2008, 16:27:32

   Bilginki, jigar aning uchundurkim, muxtalif taomlar me’dadin jigarga borur, jigar hammani bir sifatda, qonning rangida qilur. Toki andomga g‘izo bo‘lmoqg‘a salohiyat qilur. Vaqtiki, qon jigarda pishib qivomig‘a kelsa, andin bir muncha zardob paydo bo‘lurkim, ul savdodur.

   Va qora taloqni ani uchun paydo qilibdurkim, ul savdoni jigardin Oltay. Bas, bu savdoni uzasida sariq ko‘fik paydo bo‘lurkim, ul safrodur. Va o‘tni aning uchun xalq qilibdurkim, ul safroni qoratalokdin jazb qilib (tortib, so‘rib) olur. Vaqtiki, qon jigardin chiqsa quyuq va beqivomdur, ya’ni quvvatsiz bo‘lur.

   Va buyrakni ani uchun xalq qilibdurkim, ul qon orasidagi suvni o‘ziga tortib Oltay, toki qon besafro va besavdo qivomi birla tomirlarda joriy bo‘lg‘ay. Va agar o‘tga ofat yetsa, qonga safro aralashib qolur. Bu vajhdan yaraqon (insonni ko‘zi. badanlari sarg‘ayib ketadi - sariq kasali) paydo buladi. Va bundin o‘zga illati safroviylar bo‘lur. Va agar qorataloqqa ofat yetsa, savdo qonga aralashar. Andin illati savdoviylar iaydo bo‘lur. Va agar killiyaga (buyrakka) ofate yetsa, suv qonga alishur, andin istisqo (qoringa suv yig‘ilish) kasali paydo bo‘lur.

Qayd etilgan


Robiya  07 Avgust 2008, 16:33:47

   Bas, munga o‘xshash ajzoi zohir va botindin har birini bir ish uchun yaratibdur. Tanga bularsiz xalal yetqusidur. Balki odamning badani bovujud muxtasarligi birla olam ichidagi barcha mavjudotlardan mukammaldur.

   Va har nimarsaki, olam sahifasida bordur, odam badashda ham namunalari bordur. Chunonchi, ustixon tog‘ga o‘xshashdur. Va tomirlar yomg‘ir yog‘diruvchi. Va mo‘ylar (tuklar) daraxtlar misolidur. Va dimog‘ osmon monand va havoslar (hissiyotlar) sitoralar (yulduzlar) nishonasidur. Va bu so‘zning tafsiri bisyordur.

   Barcha mavjudotning turlari odam vujudida misoli bordur. Chunonchi, to‘ng‘iz va bo‘ri va it va (boshqa) to‘rtoyoqlilar, dev, pari va farishta, andog‘kim, yuqorida mazkur bo‘ldi. Va balki xamma olam ichidagi hunarmandlar misoli inson vujudida mavjuddir. Masalan, ul quvvatkim, me’dadadur, oshpaz misolidurkim, taomni pishirib, bir sifatda qilur. Va ul quvvatkim, taomning sof va solihini jigarga, saqil va fazlasini (og‘ir va keraksiz qoldiqni) ro‘dalarga (ichaklarga) tarqatur, bog‘bon misolidur. Va ul quvvatkim, taomni jigarda qon rangiga keltirur, rangrez (bo‘yoqchi)g‘a o‘xshashdur. Ul quvvatkim, qonni xotinlar siynasida (ko‘kragida) sut va erlar pushtida obi-mani qilur koriz (suv yo‘li) misolidur. Ul quvvatkim, g‘izo (taom)ning har juzvini o‘ziga tortur, jallobga o‘xshashdur. Ul quvvatkim, jigardin suvni tortib, masonaga (siydik qopiga) quyar, saqqog‘a (suvchiga) o‘xshashdur. Va ul quvvatkim, nazlani uchovdin (ichakdan) chiqarur, jorubkash (farrosh)ga o‘xshashdur. Va ul quvvatkim, badanni tahob (xarob) qilmoq uchun safro va savdoni ziyoda qilur, iyor mufsidga (fasodchiga) o‘xshashdur. Va ul quvvatkim, safro va o‘zga illatni daf qilur, odil umaro (amirlar)ga o‘xshashdur. Bu so‘zlar sharhi ham bisyordur. Ammo maqsud ulki, bilg‘aysenki, botining olamida chandon muxtalif maxluqotlardurki, hammasi kecha vya kunduz sening xizmatingda bo‘larkim, bir soat osoyish olmaslar.

Qayd etilgan