Imom G'azzoliy. Kimyoi saodat (Ruh haqiqati)  ( 350958 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 ... 48 B


Robiya  07 Avgust 2008, 16:35:30

   Ammo sen xobi g‘aflatdadursenki, na bu xizmatkorlarni bilursen va na bu xizmatkorlarni berguvchig‘a shukru-sano ado qilursen. Agar kishi bir g‘ulomini bir yillik xizmatga bersa, hamma umringda ul kishiga shukr aytib, minnatdorlik qilursen. Ammo ul zotkim, chandon ming hunarmand va xizmatkorlarni zohiring va botining xizmatiga yuboribdur, bir lahza xizmatingdin g‘ofil bo‘lmaslar, bas, ul zotni va ul xizmatkorlarni hech yodingga kelturmassen. Va shukrguzorlik haqqin ado qilmassen.

   Bas, bilgilki, zohiriy va botiniy a’zolarning tarkibini bildurgon ilmni ilmi tashrix atarlar. Ulug‘ ilmdurkim, xalq aningdin bexabardur. Ul kishikim o‘qibdur, ilmi tibda ustod bo‘lmoq uchun o‘qur. Va ilmi tib ham muxtasar ilmdur.

   Agarchandiki ilmi tashrixni bilmog‘ingdin mazhab tarixini bilmoqqa doxil yo‘qtur, ammo bu ilmni bilgan kishi Haq subhonahu va taoloning ajoyib va g‘aroyib yaratish kudratlarini bilmoq birla uch xosiyat hosil qilur. Avval ulki, bilurkim: bu qolipni bino qiluvchi va bu shaxsni ofarida etuvchi (yaratuvchi) andog‘ qodir va barkamoldurkim, hech nuqson (ayb, kamchilik) va ojizlik aning qudratiga yo‘l topmas. Har ishni xoxlasa qilur. Va hech kori mundin ajibroq ermasdur, bir qatra zotga o‘lgandan keyin tirgizmak (tiriltirmoq) chandon osonrokdur.Ikkinchidan, bilurkim: Haq taolo olimi bokamoldurkim, ilmi hamma korlarga muhitdur, bu tariqa ajoyib maxluqotlarni mundog‘ purhikmatlari birla xalq qilmoq ilmi kamolsiz aslo mumkin emas.

Qayd etilgan


Robiya  07 Avgust 2008, 16:39:10

   Uchinchi ulki, hazrati Haq subhonahu va taoloning bandalariga lutfu marhamati va inoyatining hech nihoyati yo‘qdurkim, bandalarga lozim nimarsani tamom yaratibdur, hech kam qilmabdur. Va ul nimarsalarkim, bo‘lmog‘i zaruriydur, barchasini to‘la-to‘kis ado qilibdur. Chunonchi, dil va jigar va o‘zga a’zoi rasolar, qo‘l va oyoq, zabon (til), ko‘z, va ul nimarsalarki, bandaning anga hojati tushmas va zarur ham ermas va lekin bu nimarsalar bo‘lg‘onidin bandaning ziynati xo‘blugi (go‘zalligi, husndorligi) ziyoda bo‘lur, ani ham ato qilibdur. Chunonchi, mo‘yni qoraligi va labning qizilligi va qoshning egriligi va mijjalarning (kiprik) tuzlig‘i (to‘g‘riligi). Va mundin o‘zga ham chandon inoyatlari bordur. Va Haq taoloning inoyati tanho odamga xos ermasdur, balki anqodin pashshagacha va fildan chumoligacha hamma mavjudotga shomildurkim (tegishli), hammasini guno-gun surat va rango-rang naqsh birla oroyishlar beribdur.

   Bas, tanning yaratilishi tafsiliga nazar qilmoq Haq subhonahu va taolo ma’rifatining kalididur. Shu sababdin bu ilmi sharifdur. Sharofati tabiblar hojati tushgan jihatdin ermas. Chunonchi, «She’r» va o‘zga kitoblarda, shoir va musannif (muallif) va hunarmandlarning qadri va sha’nini bilursan. Bas, Haqsubhonahu va taoloning ajoyib va g‘aroyib yaratish qudratlarini mushohada qilmoq ham hazrati Haq subhonahu va taoloning zoti va azimatini tanimoqg‘a bir kalitdur. Bas, badan ilmini bilmoq ham o‘z nafsini tanimoq uchun bir bobdur.

   Va lekin dil ilmini shunga o‘xshatish muxtasardurkim, tan otga o‘xshashdur. Va dil suvoriyga o‘xshashdur. Ofarinishdin (yaratilishdin) maqsud suvbriydir va markabni suvor uchun xalq qilibdur. Bas, o‘zingni osonlik birla tanigaysenkim, hech nimarsa o‘zingga o‘zingdin yaqin ermasdur. Kishikim o‘z nafsini tanimay, o‘zga nimarsalar haqiqatini bilmoqni da’vo qilsa, ul gadoyga o‘xshashdurkim, o‘zi yegali non topmagay va da’vo qilgaykim, shaharning tamom muflislariga (kambag‘al, bechoralariga) men non berurman, deb. Bu nav’ quruq da’vo botil (puchga chiqqan, buzuq, behuda) va ajibdur.

Qayd etilgan


Robiya  11 Avgust 2008, 15:54:19

                                                              FASL
                                Odamiyga ato qilingan dil gavhari bayonida


   Vaqtiki, dil gavharining sharofati va ulug‘ligi va azizligini bilding, yana bilg‘ilki, gavhari azizni senga kim beribdur va badaningda pinhon qilibdur, bas, bu gavhari noyobni talab qilmassen va aningdin g‘ofil bo‘lursen. Bu kamoli xiyonat va ziyonkorlikdur.

   Bas, jaxd qilg‘ilki, dil gavharini istab, dunyo ashg‘olidin (mashg‘ulotidin) forig‘ aylab, ani kamolu sharofatiga yetkurgilki, dilning oxiratdagi izzat va sharofati ulki, shodligidur beanduh va Bakryidur befano va qudratidur beajz, va ma’rifatidur beshubha. Haq taoloning jamolini ko‘rmakdur bekudurat.

   Ammo dilning bu olamdagi sharofati bukim, dilni oxiratda izzat va sharofatini topmoqg‘a loyiq va shoyistalik birla tutqaysen. Va garchi bu kunda odamdin noqisroq va bechoraroq narsa yo‘qturkim, ochlik va tashnalik, issig‘ va sovuq, g‘am va mehnatning asiridur. Har nimarsaiki anga lazzat va rohat yetkurur, ziyonkordur. Va aning manfaati ranju mashaqqatidadur.

Qayd etilgan


Robiya  11 Avgust 2008, 16:48:26

   Bas, har kishining izzati va sharofati ilm birla va qudrat birla va yo himmat birla va yo jamoli va surati birla bo‘lur. Ba’zi odamning ilmiga nazar qilsang andin johilroq kishi yo‘qdur. Agar dimog‘ini bir tomiriga xalal yetsa, xataru halokdadur, va aning iloji nimadur? Va agar aning quvvati va qudratiga boqsang, andin ojizroq nimarsa yo‘qdurkim, agar pashsha va ari nish ursa uyqusiz va beqaror bo‘lur.

   Agar ani himmatiga nazar qilsang, taomidin bir no‘xat chog‘liq narsaga zarar yetsa, ranjur bo‘lur. Va agar jamoli va suratiga nazar qilsang mushkuldurkim, ichida bir najosat. Agar ikki kun o‘zini yuvmasa badbo‘ylikdin rasvo bo‘lur.

   Hikoyat: Bir kuni shayx Abu Sa’id shogirdlari birla sayr qilib, bir yerga yettilarki, halajoydin najosatni ul yerga chiqarib erdi. So‘fiylar burunlarini tutib, yuzlarini o‘gurib turdilar. Shayx andak (bir oz) boshlarini solib turib, muridlariga boqib turib, aytdilarkim: «Bu najosatning menga degan so‘zlarini eshitdinglarmi?!» Muridlar aytdilarki: «Ey, buzrikvorimiz! Anglamaduk».

Qayd etilgan


Robiya  11 Avgust 2008, 16:49:43

   Shayx aytdilarki, bu najosat menga aytadurki: «Men tunu kun anvo’ zebu oroyish birla oshpaz va baqqollar oldida turar edim va sizlarni hamyonlaringdagi dinor va dirhamlaringni berib, meni qo‘lga kelturdinglar. Sizlar birla bir kechadin ziyoda hamsuhbat bo‘lolmadimki, bu hOlta keldim. Mening sizlardin qochmog‘im lozimmudur va yo sizlar mendan-mu?!» Muridlar bu ishlaridin bisyor xijolat bo‘ldilar.

   Bas, haqiqat mundog‘durki, odam bu olamda bisyor nuqson va ojizlik va nokaslikda va aning bozori ro‘zi qiyomatdur. Agar kimyoyi saodatni ko‘nglida tutib amal qilsa, hayvonlik martabasidin farishtalik martabasiga yetar. Va agar dunyoga ko‘ngil tutsa, qiyomat kuni it va to‘ng‘iz ul kishidin afzaldur.

   Charoki g‘ariblar tufroq bo‘lub, do‘zaxning ranju azobidin emin (amonda, tinch) bo‘lurlar. Va gunohkorlar do‘zax azobiga sazovor bo‘lg‘usidur. Chunonchi, sharofat va fazilatlaringni taniding, (endi) nuqson va bechoraligingni ham bilgaysenki, o‘zlik ma’rifati Haq jalla va a’lo ma’rifatining kalitidur. Bas, o‘zini tanimoqqa bu so‘zlar kifoyatdur. Bu kitob muxtasar, mundin ziyoda sharhni ko‘tarmas.

Qayd etilgan


Robiya  11 Avgust 2008, 16:55:15

FASL
Haq subhonahu va taoloni tanimoq bayonida

O’tgan anbiyolar kitoblarida bu qavl masturdirki (yozilgan):

A’rif nafsaka, ta’rif rabbaka.
   
Axbor va osorlarda kelibdurki:   

Man arafa nafsahu, fa qad arafa rabbahu.


Hikmat: Avvalgi arabiyning tarjimasi ulki: tanigil o‘zligingni, tanursen parvardigorni.

Ikkinchi hadisning tarjimasi ulki: inson o‘z nafsini, ruhini tanibdur, parvardigorini ham tanigay.

   Bu kalimalar dalildur mungaki, nafsi odamiy oyinaga o‘xshashdurkim, kishilar ul oynaga qararlar, haq taoloning jamolini ko‘rmaslar. Bas, Haq taoloni dil oyinasida ko‘rish, ikki vajh birla hosil bo‘lur. Avvalgi vajh mushkul va po‘shidaroqdur (yashirin) kim, ko‘pchilik kishilar ul vajhni fahm qilolmaslar. Bas, kishi fahmiga sig‘magan so‘zni qilmoq savob ermas.

   Ikkinchi sabab buki, hamma xalqning fahm qilmog‘i osondur. Odamiy o‘z zotining mavjudligidin Haq subhonahu va taoloning zoti vojibul vujudini tanir va o‘zidagi sifatlardin Haq taoloning sifati subutiyya va talbiyalarini bilur. Va o‘z mulki, badaniga egalik qilishdan Xudovandi olamning hamma olamg‘a egaligini anglar. Va bu so‘zlarning tafsiri ulki, vaqtiki, odamiy o‘z vujudini tanisa, bilurkim, bu olamga kelmasdin ilgari otasi pushtida nasiba yo‘q erdi, anda aql va sam’ (quloq) va basar (ko‘z), va fut (oyoq) va ustuxon va pay, go‘sht va po‘stdin nasiba yo‘q erdi. Bas, bu ajoyiblar odam vujudida o‘zi paydo bo‘ladimi va yo bir kishi paydo qiladimi?

Qayd etilgan


Robiya  11 Avgust 2008, 16:56:03

   Bas, bu vaqtdakim darajai kamolda sen bir mo‘y (tuk) - chog‘liq nimarsani yaratmoqdan ojizsen. Va ul vaqtkim, bir qatra suv eding, mundin ojizroq eding. Bas, nochor o‘z zotingni bu tariqa qodir va tavonoligidin (kuchli, quvvatli) parvardigori olamning qudratlarini mushohada qilg‘aysen. Vaqtiki, odam o‘z badanida zohiriy va botiniy ajoyiblarig‘a nazar qilsa, olam yaratguvchisining qudratlarin bilurkim, bir qatra suvdin odami bokamol va bojamolni chandon ajoyib va badoyi’ (go‘zalliklar) birla xalq qilibdur.

   Vaqtiki, odam o‘z sifatlariga, g‘aroyib a’zolarining manfaatlariga boqsa, chunonchi: a’zoyi zohiriylari - qo‘l va oyoq, ko‘z va quloq va til. Va a’zoyi botiniy: jigar va qorataloq va yurak va mundin o‘zga hammasini ajoyib hikmat va g‘arib sifatlar birla ofarida qilibdur.

   Haq taoloning ilmi va qudratlari kamolini bilgilkim, Xudoi taoloning ilmi har narsaga qodirdir. Aning ilmidan tashqari hech ilm yo‘qtur. Va agar hamma oqillar jam’ bo‘lib (urinsa) odam a’zolarining bir uzvini (bo‘lagini) yarata olmaslar. Haq taolo xalq qilgon suratdin ho‘broq (chiroyliroq) yana bir surat taqdir qilmog‘ini fikr va andesha qilsalar, hargiz o‘xshata olmaslar. Masalan: tish surati yana bir suratda bo‘lmog‘ini fikr va andesha qilsalar. Chunonchi: o‘ttiz ikki adad tishlarning oldingisi sartez (uchli, o‘tkir) va toblig‘dir. Toki taomni kesib yegay. Va oziq - jag‘ tish barcha tishlarning ummiyasi (onasi)dur. Toki taomni yanchib, tegirmonning shaqildog‘i kabi, taomni yumshatadurg‘on tishlarga yetkurur. Tilning ostidagi qut (ozuqa)ga suv sepib xo‘l qilib, yumshoklikka salohiyat paydo qilur.

Qayd etilgan


Robiya  11 Avgust 2008, 16:58:56

   Bas, hamma olamning oqillari mundin ho‘broq yana bir suratni tasavvur qilsalar vuqu’ga (yuzaga) kelmagi mumkin ermas. Va munga o‘xshash barmoqqim, to‘rti bir suratda va ibhoqim (bosh barmoq) bularining qiladurg‘on amali ma’lumdir. To‘rt barmoq uch bandlik, bosh barmoqning ikki bandi bordur. Har nimarsani xoxlasa tutar. Mundin bo‘lak ham chandon xizmatlar qilur. Va agar hamma uqaloyi olam (oqillar) barmoqlar vasfini yana bir tariqada bo‘lmog‘ini xohish qilsalar, masalan, hamma barmoqlarning bir sifatda bo‘lmog‘ini va yo uch barmoq bir suratda bo‘lmog‘ini va yo barmoqlar olti bo‘lmog‘i va to‘rt bo‘lmog‘i, mundin o‘zga ham bir suratda tasavvur qilsalar, albatta noqis va notamom bo‘lg‘usidur. Komili va loyiqi uldurki, Haq subhonahu va taolo xalq qilibdur, bu vajh birla, ma’lumdurki, yaratuvchi hamma olamlarga muhitdir. Va hamma mavjudoti olam holiga donodur.

   Bas, odam a’zolaridin har birining hojatlarig‘a nazar qilsa, chunonchi, o‘z a’zolari, taom va libos, manzil va makon, va mundin o‘zga ham, temir va yogoch va misdin bo‘lg‘on asboblar va mundin o‘zga ham chandon nimarsalarni bandalarining hojati uchun Haq subhonahu va taolo o‘z lutfi inoyati birla yaratibdur. Bas, bu mazkur bo‘lg‘on so‘zlardin banda bilurkim Haq taolo bandalarig‘a mehribondur. Chunonchi, Haq taolo aytibdur:

   Sabaqat rahmatiy ala g‘azabi.   

ya’ni, mening rahmatim g‘azabimdan avval turur. Hazrati payg‘ambar s.a.v. aytibdurlarkim Haq taoloning bandalariga shafqati va marhamati sut emadurgon bolaga onasining shafqati va marhamatidin ziyodaroqdur.

   Bas, odam zotining kuch-quvvatidin hazrat vojibul vujud qodirligi va barkamolligini bilur. Va ajzo va atrofiy tafsilidin Xudovandi olamning ilmi hamma ashyoga muhitligini anglar. Va o‘z atrofi manfaatlari va ajoyib hikmatlari vuqufidin (bilish, xabardorlik) Haq taolo qudrat kamolini mushohada qilur. Banda o‘ziga nochor lozim bo‘ladurg‘on va yo ziynat uchun muxtoj bo‘ladurg‘on nimarsalarni o‘zida mavjud ekanidin Haq taoloning nihoyasiz lutfu marhamatlarini bilur. Ushbu vajhdin, o‘zligini tanimoq Haq subhonahu va taolo ma’rifatining kalididur.

Qayd etilgan


Robiya  11 Avgust 2008, 17:02:26

                                    FASL
                  Haq taoloning sifatlarini tanimoq bayonida


   Chunonchi, o‘z zotingni tanisang Haq subhonahu va taoloning zoti vojibul vujudini taniysan. Va o‘zingni tasdiqing birla Haq subhonahu va taoloning pok va muqaddasligini taniding. Bas, hazrati Haq subhonaxu va taoloning tanzih (pokligi) va taqdisi (muqaddasligi) uddirki, ul zot inson xayoliga keladurgon narsalardin munazzaxdur (pok, sofdir). Va bir makonga bog‘liq emas. Chunonchi, hech joy Haq taoloning tasarrufidin xoli ermasdur. Bas, odam vujudida bu nimarsalardin namuna bordur.

   Va ruhning haqiqatikim, bizlar anga Dil ot qo‘ydik, U ham xayoldagi rang, shakl, hajmlardan xolidir. Va anga miqtsor va kamiyat (andoza, hisob, adad) yo‘qdur. Va qismatni qabul qilmas. Va har nimarsaki, shakli, hajmi, rangi yo‘qdur, miqdori ham bo‘lmas. Va aql ham ani tasarruf qilolmas. Va odam faqat avval qo‘zi ko‘rgan narsalarni ravshan tasavvur qilur. Alvon ranglar va ashkoldin (shakllardin) bo‘lak nimarsa ko‘z va xayolning idrokidin xorijdur. Masalan: kishikim bilmagan nimarsadin savol qilsa, ayturkim, falon narsa nechukdur? Nechukdemakning ma’nisi: na shakldur - kattami va kichikmi, na rangdadur demak.

Qayd etilgan


Robiya  11 Avgust 2008, 17:03:46

   Va ul nimarsaki, bu sifatlar aningda bo‘lmasa chiguna (qanday, qanaqa) deb savol qilmoq botildur. Va agar xoqlasakim, chigunalik yo‘l topolmaydurgon nimarsani bilg‘aysen, o‘z haqikdtingga qaragilki, ruh haqiqati ma’rifatdadur, qismatni qabul qilmas. Miqdor va kamiyat anga yo‘l topmas.

   Agar kishi sendin savol qilsaki, ruh nimadur?, javob uldurkim, hech nimaga o‘xshamas. Vaqtiki, o‘zingni bu sifat birla bilding, Haq taolo tanzih va taqtsisi chandon avlodur. Bas, odamiylar taajjub qilurkim, mavjudot nechun rangsiz, shaklsiz bo‘lg‘ay? Bovujud o‘zlarida bu sifat bo‘lg‘aykim, o‘zlarini tanimaslar. Balki odamiy o‘z badaniga sarhisob bersa, chandon nimarsadurki, bechun va bechigunadur. Masalan, ishq dardi va g‘azab va lazzatkim, bularning rangi va hajmidan savol qilmoq durust ermas. Balki agar kishi ovozning ta’m va bo‘y (hid) haqiqatini bilay desaki, na rangdur va na suratdadur, bilmaslar. Bu vajhdinkim, qanday va qanaqa deb so‘raladigan narsalarni fakdt ko‘rmak birla bilsa bo‘lur. Va ul nimarsaki, quloq birla bilgali bo‘lur, ko‘zni andin hech nasibasi yo‘qtur. Masalan, ovozni ko‘z birla ko‘rgali bo‘lmas. Chunki uning hajmi va shakli yo‘qtur. Chunonchi, surat va rangdin quloqning hech nasibasi yo‘qtur. Faqat akl va dil birla bilinadigan hamma hislarni va bilimlarni insondagi besh sezgi bilan bilib bo‘lmas.

   Bas, hajm va shakl ul maxsusotga xosdurkim, ko‘z birla ani ko‘rgali bo‘lg‘ay. Va bu so‘zlar tahqiqini «Ma’qulot» (Aqliy tushunchalar) otlig‘ kitobimda sharh qildim. Va bu kitobimda munchalik sharh kifoyatdur. Bas, maqsud bu mazkurotdin odamiy o‘z zotidagi ruhoniy sifatlarni bilg‘ay. Haq taolo zoti vojibul vujudining hajmsiz, shaklsiz, mangu, oliy ruhoniyat ekanligini bilgay.

Qayd etilgan