Imom G'azzoliy. Kimyoi saodat (Ruh haqiqati)  ( 351107 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 ... 48 B


Robiya  11 Avgust 2008, 17:10:56

   Chunonchi, jon-ruh mavjuddur, tanning podshohidur. Va har nimarsaki badanning ichida, hajmi va shaklini bilgali bo‘ladur - hammasi ruhning mamlakatidur. Munga o‘xshash, parvardigori olam hamma olamning podshohidur. O’zi hajmsiz va shaklsiz, Har nimarsaki hajm va shakl birla muttasifdur, (sifatlangan) maxsusotga o‘xshashdir. Va har nimarsaki, hajmsiz va shaklsizdur, chunonchi, dil va mundin o‘zga hammasi hazrati vojib taoloning mamlakati va aning tasarrufidadur.

   Yana bir nav’ izoh bukim, hazrati subhonahu va taoloni hech makonda deb bo‘lmas. Masalan: - ruh qo‘lda va yo oyoqtsa, va yo boshda, yo yana bir a’zoda degani bo‘lmas. Balki badanning hamma a’zosi qismatni qabul qilur. Va ruh qismatni qabul qilmas. Bas, qismatni qabul qilmaydurgon nimarsa qismatni qabul qiladurgon nimarsada barqaror bo‘lmog‘i maholdurkim, ul vaqtida ruh ham qismat-pazir (qismatni qabul qiluvchi) bo‘lmog‘i lozim kelur.

   Bas, ruh hech bir a’zoga o‘xshamas, va yo‘qolmasdir. Hech a’zo aning tasarrufidin xoli ermasdur. Balki hamma badan ruhning farmonidadur. Va ruh hamma badanning podshohidur. Chunonchi, hamma olam-Haq taoloning tasarrufidadurkim, Uni hech makonda deb bo‘lmas. Bas, ruhning tanzih va taqdisi - pokligi va muqaddasligi ul vaqt to‘liq bo‘lurkim, hamma olamlarning xosiyat va asrorlarini bilsa. Bas, ruhning haqiqatini bilmoqqa, qudrati va aning xosiyatlarini bayon qilmoqg‘a ruxsat yo‘qtur. Ruhning haqiqati munchalik ma’lumdurkim:

   Innalloha taolo xalaqa odama ala suratihi.

   Ya’ni: Alloh taolo xalq qildi odamni o‘z surati birla. (Bu qaqiqatni ham barcha xalq bilmas).


Qayd etilgan


Robiya  11 Avgust 2008, 17:12:32

FASL
Haq subhonahu va taoloning hamma olamlarga podshohligi bayonida

   Vaqtiki, Haq taoloning zoti vojibul vujudi va sifati qadimiyligi, vazn, shakl, rang, zamon va makondin xoli ekani ma’lum bo‘ldi. Bas, bu ma’rifatning kalidi odam o‘zligini tanimog‘ida ekani mazkur bo‘ldi. Haq taoloning hamma olamlarga podshohligi qaysi vajh biladur? Va maloikaga - farishtalarga farmon qilmog‘i va maloika unga bo‘ysunmog‘i va olam ishlariga maloikalarni muakkil qilmog‘i va osmondin zaminga farmon yetkurmagi va osmonda yer va sitoralarni (yulduzlarni) sayr qilmog‘i va rizqlar xazinasining ochqusini havola qilmog‘i nechukdur?

   Bu bobda bular haqiqatini bayon qilgumdurkim, Haq taoloning ma’rifatini hosil qilmokda ulug‘ xosiyatlar bordur. Muni af’oli ma’rifat derlar. Chunonchi, avvalgi bobni ma’rifat zoti va ma’rifat sifati atalur erdi. Bas, ma’rifati af’olning kalidi ham odam o‘zligini tanimog‘idur.

   Vaqtiki, o‘zingni badan mamlakatiga podshohlik va tasarrufingni bilmasang, Haq taoloning podshohlik va tasarrufini nechuk bilursan? Avval o‘zingni tanigil va o‘z sifatlaringni bilg‘il. Masalan, «Bismilloh»ni bitmakni xohish qilsang, avval inson rag‘bati va irodasinda paydo bo‘lur. Va murod bu dildin zohiriy dildurkim, go‘shporai ul sanavbariy (yurak) ko‘Qoakning chap tarafidadur. Bas, bu dildan ruh dimog‘iga harakat qilur. Hamma quvvat, his-harakatlar muning birladur. Va bu ruhga o‘lim yo‘l topar, hayvondagi ruh ushbudir. Odam va hayvon o‘lmagi birla bu ruh ham o‘lar. Bu ruhni hayvoniy ruh atarlar.

Qayd etilgan


Robiya  11 Avgust 2008, 17:14:02

   Va yana bir ruhkim, bizlar anga dil deb qo‘ydik, hayvonotda ul ruh yo‘qtur. O’lim anga hargiz yo‘l topmas. Va bu ruh xudoi azza va jalla ma’rifatining o‘rnidir. Vaqtiki, ruhi hayvoniy dimog‘iga yetsa, «Bismilloh» surati dimog‘ni xazinasida quvvat va xayolning makonida paydo bo‘lur. Va dimog‘din ta’sir ul paylarga yetarkim, ul paylar - (asab tomirlari) odamiyning hamma a’zosida rishtaga o‘xshab tarqab, barmoqlar uchiga tutashgan. Bu paylarni oriq kishining bilagida ko‘rgali bo‘lur. Bas, bu paylar jumbushga kelib, barmoqlar uchini jumbushga keltirur. Bas, «Bismilloh» suvrati xazinai xayoldagi suratga muvofiq qog‘ozda paydo bo‘lur. Bu suvratning qog‘ozda paydo bo‘lmog‘i hissiyotning yordami birladur. Xususan, ko‘z birladurkim, to ko‘z nigoron bo‘lmaguncha harf yozilmas.

   Bas, bandaning qilur ishining avvalgi rag‘bati va xohishi shudurkim, avval ko‘ngilda paydo bo‘lur. Munga o‘xshash, hazrati Haq subhonahu va taoloning sifatlaridin birini iroda atarlar. Hamma ishlarning avvali Xudoning irodasi bilandur. Chunonchi, bandaning xohish va irodasining asari avval dilda paydo bo‘lur. Andin keyin dilning vositasi birla o‘zga a’zo va quvvatlarga yetar.

Qayd etilgan


Robiya  11 Avgust 2008, 17:17:04

   Haq taolo irodasining asari avval Arshda paydo bo‘lur. Andin o‘zga joylarga yetar. Chunonchi, badanning vujudida jismi latifdurkim, ruhi hayvoniy ot qo‘ydiq, dilning tomirlaridin bu asarni dimog‘iga yetkurur. Munga o‘xshash Haq taolo irodasining asarini Arshdin Kursiga yetkuradurg‘on javhari latiflar bordurkim, ani farishta atarlar. Va ruhlar ham derlar. Va ruhul quddus ham atarlar. Chunonchi, bandaning irodasi asari dildin dimog‘ga yetarkim, dimog‘ dilning xazinadoridur. Munga o‘xshash, Haq subhonahu va taoloning iroda sifatining asari Arshdin Kursiga yetarkim, Kursi quyida, Arshning ostidadur. Chunonchi, badanning qilur fe’lining suvrati dimog‘ xazinasining avvalgi tabaqasida paydo bo‘lur. Andin keyin xorijda suvratg‘a kelur. Munga o‘xshash ham nimarsaki olamda mavjud bo‘lib, andin keyin ul nimarsa olam ichida mavjud bo‘lur. Chunonchi, dimog‘dagi quvvati latif paylarni junbushg‘a keltirur. Munga o‘xshash, Haq taoloning Arshu Kursiga muakkal farishtalari bordurkim, osmok va sitoralarni (yulduzlarni) junbushga keltirur. Va dimog‘dagi quvvatni, pay va tomirlar vositasi birla barmoqlarni harakatga keltirgandek, farishta muakkal kavokib (yulduzlar) vositasi va soat robitasi (aloqa) birla olami sifliy chahor tab’ anosirni (to‘rt unsur - suv, tuproq, o‘t, havo) harakatga keltirur. Ya’ni harorat, rutubat (ho‘llik) va yubusat (quruqlik) va burudat (sovuqlik)dur.

   Chunonchi, qalam siyohni parokanda qilur va jam’ qilur, toki «Bismilloh» suvrati qog‘ozda naqsh bog‘lagay. Munga o‘xshash farishtai muakkallar harorat va burudat, anosiri arba’ani (to‘rt unsurni) harakatga keltirur. Qog‘oz siyoxni qabul qilg‘onga o‘xshash, ansori arba’aning rutubati shaklni qabul qilgusidur. Yubusat, ya’ni qurug‘luq ul shaklni saqlag‘uvchmdur. Charoki, agar rutubat bo‘lmasa shakl paydo bo‘lmas. Ag‘ar yubusat bo‘lmasa shakl to‘xtamas. Chunonchi, qalam barmoqlar madadidin harakatga kelib, o‘z ishini tamom aylab, «Bismilloh» suvrati xazinai xayoldagi naqshga muvofiq hislar yordami birla qog‘ozda suvrat bog‘ladi. Munga o‘xshash anosiri arba’adin harorat va burudat harakatga kelib, faryshtai muakkallar yordami birla jonzot, o‘simlik, balki tamomiy mavjudot suvrati Lavhul mahfuzdagi suvratga muvofiq jahon maydonida jilvaga kelur. Chunonchi, bandaning qilur ishlari avval dilda paydo bo‘lur. Odam kori dilni orasta qilsa, badan mamlakati tadbirini xo‘bluq birla qilur. Munga o‘xshash, hazrati Haq taolo Arshni xalq qilug‘uvchi va Arshga g‘olibdurkim, hamma qudrati komilasi birla Arshni barpo aylab, olam mamlakati tadbirini qilg‘uvchidur.

   Summastavo ala-l-Arshi yudabbirul-amra. (Yunus, 3).

   Ya’ni, hazrati Haq taolo Arshga g‘olibdur. Hamma olam mamlakatining tadbirini qilg‘uvchidur. Bilg‘ilki, bu mazkur bo‘lg‘on hammasi haqiqatdurkim, ahli haqiqatga kashfi zohir birla ma’lum bo‘libdur.

Qayd etilgan


Robiya  11 Avgust 2008, 17:19:38

   Innalloha taolo xalaqa odama ala suvratihi ma’nisini nechuk bilurlar? Haqiqat bilgilki, podshohlikni podshohlardin o‘zga kishi bilmas. Va agarchi Haq subhonahu va taolo vujuding mamlakatiga dilni podshoh qilmasa, hazrati xudovandi olamning podshohligini bilmas erdi. Bas, shukr qilg‘il ul podshohg‘akim, seni xalq qildi va o‘sha vujuding mamlakatiga seni podshoh ayladi.

   Bas, dildin senga Arshni muhayyo ayladi. Va dimog‘din Kursi bino ayladi. Va xazinai xayoldin Lavhul mahfuz berdi. Ko‘z va quloq va besh hissiyotdin xizmatchilar ato qildi. Va qubbai dimog‘ekim, hamma paylar manba’idur, ani osmon va sitoralar o‘rnida karam ayladi. Barmoq va qalam, siyohni (dilga) mute’ va musaxxar qildi. Bas, seni yagona Alloh bechun va bechigunalik birla ofarida qildi.

   Bularning hammasiga seni podshoh qildi va Haq taolo senga xitob qildiki, zinhor o‘zingdin va podshohligingdin g‘ofil bo‘lmag‘ilki, bulardin g‘ofil bo‘lsang, parvardigordin g‘ofil bo‘lganingdur.

   Fa innalloha taolo xalaqa odama ala suvratihi, a’rif nafsaka yo insonu, ta’rif robbaka.

   Va chindin ham Alloh taolo odamni o‘z suvrati birla yaratdi, va ey odam, o‘zingni bilgil va rabbingni bilgil!

Qayd etilgan


Robiya  11 Avgust 2008, 17:21:40

FASL
Xalloqi olamning farishtalari bayonida

   Bas, Tangri odam podshohlig‘i va xalloqi olam podshoxlig‘ini tanimoqni ikki ilmi aziymga ishorat qildi. Avvalgi ilm, odam o‘zligini, ruhini tanimog‘idur. Va o‘z a’zolari aloqalari kayfiyati va quvvatlari va sifatlari ahvolini bilmak. Bu ilm uzundurkim, bular tahqiqi bayoni bu kitobga sig‘mas. (Insonshunoslik ilmi).

   Ikkinchi ilm hazrati xalloqi olam mamlakatining farishtalarga irtiboti (bir-birlari oldida martabasi) va farishtalarning bir-biriga, Arsh va Kursi va osmonlarning farishtalariga martabaviy munosabati tafsilidur. Bu ilm avvalgidin ham uzoqroqdur. Va maqsud bu ilmlardin ishorat mungaki, , to har kishi ziyrak va donodur, bu ilmlarga tasdiq aylab, zabt qilib, Haq subhonahu va taoloning azimatini tanig‘ay. Va ul kishi nodondur, hazrati xalloqi olam sifoti mutoalasidin g‘ofil va mag‘bun (aldangan) va jamoli bokamoli mushohadasidin mahrumlig‘ini o‘zi ham bilmag‘ay.

   Va ul bechorai mahrum tabiiyunlar va munajjimlar olam ishlarini Quyosh va yulduzlarga tobe’ deb bilurlar. Bularning misoli mo‘rchaga (mayda chumoli) o‘xsharki, qog‘oz uzra yurur va ko‘rarkim, qog‘oz uzra siyoh naqshi paydo bo‘lur. Qalamni ko‘rub shod bo‘lub, ayturkim, bu ish haqiqatini bildimki, bu ishni paydo qilg‘uvchi qalamdur. Bu tabiiyun (moddaparast) misolidurki, muharrik (harakatlantiruvchi) lardin quyi martabadin ziyoda bilmas. Tabiiyun deb ul toifani ayturlarkim, olam ichra mavjud bo‘lur ishlarni falakka va dahoga nisbat berurlar. Masalan, yer muzlashini o‘z faslining tabiatidan bilurlar. Bas, boshqa chumoli kelur - avvalgidan cho‘ngrogi (kattarog‘i) ayturkim, sen g‘alat (xato) qilding, bu ish haqiqatini men rosti birla bildimki, bu naqshni paydo qiluvchi qalam ermas, balki naqqosh barmog‘idur, naqsh barmoqqa tobe’dur, va musaxxardur. Bu munajjimning misolidur.

Qayd etilgan


Robiya  11 Avgust 2008, 17:24:40

   Ayturkim, toboye’ (tabiat) kavokibga (yulduzlarga) musaxxardur. Bu ham g‘alat qilur. Bilmaskim, kavokib farishtalarga musaxxardur. Bas, munajjim yulduzdan yuqori darajalarga yo‘l topmabdur. Chunonchi: munajjim va tabiiyun orasida olami ajsom (jismlar olami) mas’alasida ixtilof bordur.

   Munga o‘xshash ul toifakim, olami arvohga (ruhlar olamiga) yo‘l topibdurlar, ular orasida ham chandon ixtilof bordur. To‘laroq ilmni bilgan ulki, olam jismlaridin taraqqiy aylab, olami arvohdin andek nasiba topsa (bo‘lgay). Va bu darajadin ziyodaga sa’y va g‘ayrat qilmasa (intilmasa) unday kishiga olami arvoh (ruhlar olami)ga yo‘l masduddir (to‘silgandir).

   Bas, olami arvohiykim - olam anvoridur, anda ham bu nav’ mashaqqat va to‘siqlar bisyordur. Ba’zi darajasi kavokibga o‘xshash va ba’zi darajasi qamarga (oyga) o‘xshash va ba’zisi shamsga o‘xshashdur. Va bu taraqqiy ul kishining me’rojidurki, osmon va farishtalarni anga ko‘rsatgan bo‘lg‘aylar. Chunonchi: Haq subhonahu va taolo Ibrohim Xalilulloh haqida xabar beribdurki:

   Va ka-zolika nuri Ibrohim malakuta as-samovoti za-l-arzi. (An’om, 75).

   Ya’ni, Biz Ibrohim diliga nur berib, Yer va osmonlardagi malakut ajoyibotlarini ko‘rsatdik.

Qayd etilgan


Robiya  11 Avgust 2008, 17:33:46

   Ushbu ma’nidin hazrati rasuli akram s.a.v. xabar beribdurlarkim:

«Chindan ham Haq taolo nurli, yetmish ming hijob ila yashirindurki, uning jamolini ko‘ngil ko‘zi bilan kashf etsa bo‘lur».

   Bu hadisning sharhini kitobi «Mishkotul anvor» («Nurlar ziyosi»), Sifotul asror» («Sirlar sifatlari»)da bayon qildim. Bas, maqsud uldurki, tabiiyun bechora, olam ishini harorat va burudatga (issiq va sovuqqa) havola qilibdur. Rost aytibdurkim, agar harorat va burudat ilohiy sabablar jumlasidin bo‘lmasa, ilmi tib botil bo‘lur edi. Va lekin ul vajhdin xato qilurkim, nazari cheklangan quyi martaba bo‘lgan harorat va burudatni asl bilur. Kim yana kimga musaxxarligini bilmas. Haroret va burudat (olami sifliy) eng quyi o‘rindagi sabablar jumlasidandur.

   Munajjimki, sitoralarni ilohiy sabablar jumlasidin sanabdur, rostdur, agar mundog‘ bo‘lmasa kecha va kunduz barobar bo‘lur edi. Bas, Oftob sitoradurki, olam ravshanligi va issig‘ligi aning birladur. Zimiston (qish) va tobiston (yoz) barobar bo‘lur erdikim, yozning issig‘ligi ul jihatdindurki, oftob osmonning o‘rtasiga yaqin yurur. Xudovandi Karim osmonni issiq va ravshan qilibdur, Zuhalni sovuq va quruq va Zuhrani issiq va ho‘l qilibdur, deb aqida qilmoqning musulmonchilikka hech zarari yo‘qtur.

Qayd etilgan


Robiya  11 Avgust 2008, 17:36:31

   Bas, munajjim ul sababdin xato qilurki, nujumni (yulduzlarni) asl bilib, olam ishlarini anga havola qilibdur. Nujumning (kimga) musaxxarligidin xabar topmabdurkim,

   Va ash-Shamsa va-l-Qamara va an-nujuma musaxxxaratin bi amrihi. (A’rof, 54).

   Ya’ni, Quyosh, Oy va yulduzlar Haq subhonahu va taoloning amriga tobe’ va musaxxardurlar. Musaxxar deb ani ayturmizki, yana birovning farmoni birla ish qilg‘ay. Bas, nujum o‘zicha hech bir ish qilolmas, balki farishtalar farmonicha ish qilur. Chunonchi, payning amali atrof badanni harakat qildurmoqda, (u) dimog‘dagi quvvatning asaridindur. Bas, kavokib (yulduzlar) quyi martabadagi xizmatkorlardandur.

   Yulduzlar garchi naqiblar (e’tiborli zotlar) darajasidadur, ammo sifliy olamdadur. Anosiri arba’ga o‘xshash quyi martabadagi chokarlardandur. Kotib qo‘lidagi qalamga o‘xshash.

Qayd etilgan


Robiya  11 Avgust 2008, 17:40:10

FASL
Tabiiyunlar ojizligi bayonida

   Ba’zi tabiiyunlarni (olamni faqat moddiy deb biluvchilarni) bu vajhdin tushunsa bo‘lurkim, hammalari rost ayturlar, va lekin ba’zilari ko‘rmay, ko‘rgan va bilganning da’vosini qilurlar. Bas, bularning misoli bir guruh ko‘rlarga o‘xshashdur. Eshitibdurlarki, ularning shaqrig‘a fil kelibdur. Bular jam’ bo‘lib kelib, filni qo‘llari birla silab, tanimoqni xohish qilib, ba’zisi filning qulog‘ini va ba’zisi oyog‘ini va ba’zisi dandonini (tishini) silab, yonib-yonib (shoshib-qaytib) qolg‘on ko‘rlarga fildin xabar berg‘aylar.

   Ul kishikim, filning oyog‘ini silabdur, aytibdurkim, fil ustunga o‘xshash narsa ekan. Va ulkim, qulog‘ini silabdur, ayturkim, fil gilamga o‘xshash nimarsadur. Bu toifalar hammalari rost aytur va ham xato qilurlar. Filni birgina a’zosi birla taniganini gumon qilurlar. Ammo ba’zi a’zosidin xabardor, o‘zgasidin xabarsizdurlar. Munga o‘xshash, munajjim va tabiiyun ham Hazrati Haq subhonahu va taoloning chokarlaridin ba’zisini tanib, aning saltanat va g‘olibligidan taajjub qilib, aytibdurlarkim, podshoh ushbudur. Va ul kishikim, anga rost yo‘lni ko‘rsatibdur va hammaning nuqsonini ko‘ribdur, ayturkim, bular yana birovning farmonidadur. Va har nimarsakim, boshqaga tobe’ va musaxxardur, xudo emasdur.

Qayd etilgan