Imom G'azzoliy. Kimyoi saodat (Ruh haqiqati)  ( 350959 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 ... 48 B


Robiya  11 Avgust 2008, 17:41:39

                                                               FASL
                                                Olamning tuzilishi bayonida


   Kavokib va taboyi’ (tabiat) va falakul kavokibning burjlarikim, taqsim etilgandur o‘n ikki qismg‘a. Va Arshkim, bulardin mug‘ayirroqdur (boshg‘acha, g‘aroyibroq), misoli podshohning hujrai xosi bo‘lg‘aykim, vazir ul hujrada o‘lturgay. Va bul hujraning atrofida ravoqi bo‘lg‘aykim va har toqida ul vazirning bir noibi o‘ltirgay. Va yetti naqibsuvor bu o‘n ikki toqining tashqari tarafidin aylangay. Bu naqiblar (rahbarga yaqinlar) vazirning noiblari farmonidadur. Va to‘rt piyoda kamonandoz bu yetti naqibdin yiroqroq muntazir turarlarki, hazrat podshoxdin nechuk farmon yetkusidur. Va to‘rt kamand - arqonini bu to‘rt piyodag‘a beribdurlar, tokim, farmon taqozosi birla ba’zisini podshoh dargohiga tortarlar, va ba’zisini yiroq qilurlar.

   Va falakul kavokib - yulduzlar ul hujraning ravoqidur. Va o‘n ikki burj o‘n ikki toqidur. Vazirning noiblari nechand farishtadurlar. Bularning rahbari vazirkim, farishtai muqarrabdur. Aning darajasidin pastroqdurkim, bularning har biriga bir ilmni, ishni topshiribdurlar. Va yetti sayyora yetti suvoriydurkim, naqiblarga o‘xshash hamisha bu toq atrofini aylanur va har tokdin bir nav’ farmon ularga yetar.

   Va ul nimarsakim, anosiri arba’a atarlar, chunonchi: suv, otash, havo, tuproq - to‘rt chokar piyodadurkim, o‘z vatanlaridin safar qilmaslar. Va to‘rt tab’ekim, chunonchi: harorat va burudat - sovuqlik va rutubat - xo‘llik va yubusat likdur.

Qayd etilgan


Robiya  11 Avgust 2008, 17:42:50

   To‘rt kamanddurkim, anosiri arba’a qo‘lidadur. Masalan, vaqtiki kimarsaning holi tag‘yir topib, dunyodin yuz o‘girib, g‘am va anduh g‘olib, dunyo ne’mati ko‘ngliga noxush kelib, oxirat
g‘ami anga g‘olib kelsa, tabib ayturkim, bu kasallikni molihuliyo (melanxoliya, xafaqonlik) atarlar.

   Muning iloji aftimun sharbatidur. (Qizil rangdagi giyoh bo‘lib, mazasi taxir achchiq bo‘lur. Uning sharbati asab va ruhiy kasalliklarga davo bo‘ladi. - M. M. A. U.) Va tib tabibi ayturkim, bu illat qish xavosining quruq tabiatidin bo‘lg‘ay. To bahor bo‘lib, rutubat anga g‘olib bo‘lmaguncha mijozi salohg‘a kelmas.Va munajjim ayturkim, bu illat savdoning g‘olibligidin va savdo Atoruddin paydo bo‘lur. Vaqtiki, Atorud o‘z yo‘lida Mirrixg‘a yaqin bo‘lsa, yaxshi emaski, bu illat paydo bo‘lur. Vaqtikim, Atorud ikki daraja sa’dlik martabasiga yetmaguncha bu hol o‘nglanmas.   

   Bas, bu toifaning hammasi rost ayturlar va lekin o‘z bilganlarini ayturlar. Va ammo ul toifakim, hazrati Haq taolo dargohida saodatli hukm qilibdurlar, bas, ikki naqib dono karvonkim, ani Atorud va Mirrix atarlar. Ul kimarsa vaqtiga yetib, piyoda dargohidin havo piyodasiga yetkururlaryush, xushk - quruqlik kamandini dimog‘i boshiga tashlab, dunyo lazzatlaridin yuz o‘girib g‘am-anduh tozyonasi (qamchi) birla so‘qib (urib) irodat, talab jilovi birla yetaklab, hazrati Ilohiyat dargohiga haydarlar. Bas, bu ilmi tib va ilmi tabiat va ilmi nujumdan ermasdur. Bas, bu ilmi nubuvvat bahri rashhalaridin (tomchilar)durki, hamma atrof mamlakat va hamma ummol (xizmatchilar) naqib va chokarlar Allohga tobe’durlar. Bas, donolar bilurkim, Tangri taolo insonni nima uchun yaratibdur va xalqni na yerga chorlar va qaysi ishdin man’ qilur? Bas, munajjim, tabib va tabi’yun toifasi har so‘zkim, ayturlar, rost ayturlar va lekin hazrati podshoi asror va aning sipohsolorlari ahvolidin xabar topmabdurlar.

Qayd etilgan


Robiya  11 Avgust 2008, 17:45:05

   Haq taolo bu tariqa balo va bemorlik va savdoi mehnat birla xalqni o‘z dargohiga chorlar. Va ayturkim, ul og‘riq ermasdur, balki, lutf, marhamatim kamandidurki, avliyolarimni ul kamand birla o‘z dargohimg‘a tortarman.

   Innal baloa muakkalun bil - anbiyoi summal amsolu fal amsolu.

   Haqiqatan balo muakkaldur payg‘ambarlarga, andin keyin ularga o‘xshashlarga. (Ya’ni, azizlarga keluvchi balo, ofatlarni Haq dargohiga chaqiruvchi vakillardur).
Bas, bularga bemorlik nazari birla qaramagilki, bular ul toifalardindurkim:

   Mariztu fa-lam ta’udni, yo Muso! - nidosi bular haqida nozildur. Ya’ni kasal bo‘ldim, bas, iyodat qilmading, ey Muso! (Bu yerda: «Kasalni borib ko‘rganingda meni ko‘rgan bo‘larding» ma’nosida - qudsiy hadis).

   Bas, avvalgi misol odamning o‘z badaniga podshohlig‘i misolidur. Ikkinchi misol: Odamning o‘z badanidin o‘zga mamlakatda podshohlig‘i misolidur. Ushbu vajhdin bularni bilmak ham hazrati Haq taoloni tanimoq jumlasidandur. Bu sababdin ruh ma’rifatining unvonini avvaldin qilduk.

Qayd etilgan


Robiya  11 Avgust 2008, 17:47:02

FASL
«Subhonalloh valhamdu lilloh»ning ma’nosini bilmak bayonida

   Bas, vaqti avvaldurki:

   Subhonallohi valhamdu lillohi va lo ilaha illallahu vallohu akbar! - so‘zlarining ma’nosini bilgaysenkim, bu to‘rt muxtasar kalimada olam jamlangandir. Haq taoloning (barcha illatlardan) pokligini bilsang «Subhonalloh»ni bilganingdur. Vaqtiki, o‘zingni (tabiat olamig‘a) podshohliging tafsilidan Haq subhonahu va taoloning podshohligini tanidingkim, hamma sabablar va vositalar anga musaxxardur. Va kotib ilgidagi qalam misolidur.

   «Alhamdulilloh» ma’nisini bildingkim, Haq taolodin o‘zga ne’mat berguvchi va in’om qilguvchi yo‘qtur.

   Bas, Haq taolodin o‘zga hech bir zot hamd va shukr etmoqg‘a loyiq va sazovor ermasdur. Va lo iloha illalloh ma’nisini bilganingdan so‘ng «Allohu akbar» ma’nisini bilgaysen.

Qayd etilgan


Robiya  11 Avgust 2008, 17:48:04

   Bilg‘ilki, Haq taoloni xalq o‘zlariga qiyos qilmoq birla bilmaslar. «Allohu akbar»ning ma’nosi: Alloxdan o‘zga mavjudotni ulug‘roq deb bo‘lmas.

   Charoki, hech mavjudot yo‘qturkim, Haq taologa nisbat qilmoqlik birla filjumla ulug‘luk anda (bo‘lsa): Va tabiatdagi hamma mavjudot Haq taolo vujudi nurining partavidur (shu’lasidur). Masalan: oftobning nuri oftobdin ulug‘roq degali bo‘lmas. Bas, «Allohu akbar»ning ma’nisi uldurkim, odam ahli ani qiyos ahli birla taniyolg‘ay.

   Maozallohkim (bu nido so‘zi bo‘lib, Allohdan panoh so‘rashdir), hazrati Haq subhonahu va taoloning tanzih va taqdisi - pok va muqaddasligi odamning tanzih va taqdisiga o‘xshash bo‘lmag‘ay. Haq taolo tamomi mavjudotga o‘xshamoqdin munazzah - pokdur, odamiyda na e’tibor bo‘lg‘aykim, maozalloh! Haq taoloning podshohligi pok va balanddurki, odamiyda sira andoq qadr va sharofat bo‘lmas.

Qayd etilgan


Robiya  11 Avgust 2008, 17:49:33

   Hazrati Haq subhonahu va taoloning kamoli va jalolatini tanimoqg‘a odam noqis va ajzdur (ojiz), ba’zilar ilm va bashorat birla haqiqatga yo‘l topg‘ay.

   Bas, mazkur bo‘lg‘on so‘zlar misoli anga o‘xsharkim, agar go‘dak bizdin savol qilsaki, podshohlik va mamlakat raisi bo‘lmoqning tadbiri, lazzati nechukdur? Javob aytamizki, go‘y o‘ynamoq va chavgon surmoqning lazzatiga o‘xshashdur. Charoki, go‘dak mundin ziyoda bilmas. Ma’lumdurkim, saltanatning lazzatiga go‘y va chavgon o‘ynamoqni lazzati hech munosabati yo‘qtur. Va lekin har ikkisidagi shodlikni lazzat degali bo‘ladur. Shodliko‘xshash bo‘lg‘on sababdin saltanat lazzatini filjumla go‘dakka anglatqali bo‘lur.

   Bas, munga o‘xshash Haq taoloning kamoli jalolati haqiqatini o‘zidin o‘zga kishi bilmas.


Qayd etilgan


Robiya  11 Avgust 2008, 17:51:11

FASL
Odamiyning saodati bandalikda ekanlig‘i bayonida

   Hazrati Haq subhonahu va taolo ma’rifatining sharhi uzundurkim, bu kitobi muxtasarga sig‘mas. Ma’rifat toliblari ko‘nglida ma’rifatga zavq-ishtiyoq paydo qilmoq uchun shu muxtasar kifoyatdir. Odamiyning tamomi saodati Haqtaoloning ma’rifatini bilmoq va anga ibodat va bandalik qilmokdur. Sababi ulkim, vaqtiki, odam vafot etsa  Haq taolodin o‘zga najotkori qolmas. (Allohdin o‘zga madad qiluvchi yo‘q).

   Ilayhil marji’u val masiyru.

   Ya’ni, qaytib boradurg‘on yer Haq taoloning dargohidur.

   Har kishining sevgan joyi o‘z do‘sti va mahbubi huzuridadurkim, do‘stlug‘i qancha ziyodadur, saodati andin ziyodaroq bo‘lg‘usidur. Bas, Haq taoloning ma’rifatini hosil qilmaguncha va aning zikrini to‘la etmaguncha, Haq taoloning muhabbati aning diliga jo bo‘lmas.

Qayd etilgan


Robiya  11 Avgust 2008, 17:53:38

   Ma’lumdurkim, agar kishi kimarsani do‘st tutsa, aning zikrini to‘la qilur va zikr qilmoq birla do‘stluq ziyoda bo‘lur. Ushbu ma’nodin xabar beribdurlarki:

   Avhallohu ila Dovuda ana yadukal - lozimu falzam yadaka.

   Ya’ni, vahiy yubordi Alloh taolo Dovud alayhissalomgakim, Sening chora-rasing (dardinga chora qiluvchi) va panohing mendurmen va hamma koring mening birladur. Bir soat mening zikrimdan g‘ofil bo‘lmag‘il.

   Bas, zikr ko‘ngilda ul vaqt g‘olib bo‘lurkim, banda toat va ibodatni vazifa bilib, mudovamat qilsa va ibodatning lazzati va farog‘ati ul vaqtda hosil bo‘lurkim, aloyiq (aloqalar, bordi-keldilar) va mol dunyo lazzatidan va dunyo shahvatidan uzilsa, ul vaqtda bu dunyodan ajralgan bo‘lurkim, gunoh va ma’siyatdin qo‘l yig‘sa. Bas, ma’siyatdin qo‘l yig‘moqlig‘ firoqi dil hosil qilmoq (ko‘ngilni uzmoq)ning sababidur. Toat va ibodat bajo keltirmoqlik Haq taoloning zikrini g‘olib qilur. Bu ikkisi Haqtaoloning muhabbatiga sababdurkim, odamiy saodatining mevasi ushbudur. Bu ma’nodan falox (najot, yaxshi hol, xayriyat) birla ta’bir qilibdurlar. Ya’ni najot va xaloslik Haq taoloning muhabbatidadur.

   Chunonchi, Haq taolo farmon qilibdurkim:

   Qad aflaha man tazakka va zakarasma rabbihi fa-salla.

   Ya’ni, «Darhaqiqat,(kufru isyondan) pok bo‘lgan va Parvardigorning nomini yod etib,ibodat qilganlar najot totusidir.» (A’lo, 14-15).

Qayd etilgan


Robiya  11 Avgust 2008, 17:55:20

   Bas, hamma a’mol Haq taologa ibodatdan afzal emas. Va bu dunyoning hamma lazzatidin qo‘l yig‘moq ravo ermas. Chunki, agar kishi taom yemasa halok bo‘lur. Agar mubosharat (er-xotinlik muomalasi) qilmasa, nasli uzulur. Bas, ba’zi lazzatdan qo‘l yig‘moq va ba’zisini qabul qilmoq lozimdur. Bas, nafsni had e’tidolida (o‘rta darajada) tutmoq kerakkim, ikki holdin xoli bo‘lmas. Va odamiy o‘z aklu his-tuyg‘usi, g‘ayrati birla amal qilur. Va yo bir kishidan o‘rganmak birla amal qilur. Charoki, ruhida havo va havasning g‘olibligi davom etsa Haqni to‘sib qo‘yur. Har murodeki nafsning xohishidur, nafs balosi nohaqni haq va rost suratida ko‘rsatur. Bas, shunday ekan, ixtiyor jilovin havo va havasning ilkiga bermag‘aysen. Balki yana bir kishiga topshirgaysenki, xaloyiqning barguzidasi (tanlab olingan,mumtoz) anbiyo alayhissalomdur. Bas, Haq taoloning hukmlariga bo‘ysunib, o‘ziga aziz tuptaykim, bandaning saodati va qulchiligi ma’nosi ushbudir.

   Va har kishi shariat hadlaridan chiqib, o‘z ixtiyori birla amal qilsa, (ya’ni, o‘z bilganini qilsa) xatari halokdur. Ushbu ma’nodan Haq taolo xabar beribdurkim:

   Va man yataa’dda hududallohi fa-qad zallama nafsahu. (Taloq, 1).

   Oyatning tafsiri: kishikim Haq taoloning amri farmonidin chiqibdur, aslida o‘ziga zulm qilibdur.

Qayd etilgan


Robiya  11 Avgust 2008, 17:56:23

FASL
Ahli ibohatning g‘alatda ekani bayonida

   Ul toifakim, ahli ibohatdur (hamma narsag‘a ruxsat bor deguvchilar) Haq taoloning amri-farmonidan chiqibdurlar. Bas, bu toifaning g‘alat (xato) qilmog‘i jahliyati vajhidindur. Avvalgi vajh: guruhe johillarkim, Haq taologa iymonlari yo‘qtur, Haq taoloni ham zohiran bilmakni talab qilurlar. Va shakl. hajm birla Haq taoloni bilolmaslar, inkor qilurlar. Bas, mavjudot ahvolidan deb nujum va tabiat bilurlar. Va xayolida odam va hayvonot, balki hamma mavjudot ashkoli ajoyib va hikmathoi g‘ariblar birla o‘zicha paydo bo‘lg‘ondur, va hamisha bo‘lg‘usidur, deb faraz qilurlar. Va olam tabiiy ravishda,o‘zicha paydo bo‘lur, va yo birovning vositasi birla paydo bo‘lur deb aqida qilurlar. Bas, bu toifaning misoli kishiga o‘xsharkim, xushxat kitobni ko‘rib ayturkim, bu xat o‘zicha bitilgandur. Kotibi qodir,bu olam (ustozining bitg‘onini inkor qilur). Kishikim bu tariqa nobino (ko‘r) bo‘lsa, shaqovatdan (baxtsizlikdan) o‘zgani ko‘rmas. Tabiiyun va munnajimning g‘alat qarashlari yuqorida bayon qilindi.

   Ikkinchi vajh: ba’zilar oxiratga munkirdirlar (inkor etuvchi). Ayturlarkim, odam hayvonotga o‘xshashdur. Vaqtiki o‘lsa, nobud bo‘lur, anga savob va iqob (azob) bo‘lmas. Bas, bu johilliklari o‘zlariga haqoratki, o‘zlarini eshak va mol va giyoh qatorida bilurlar. Va ular inson ruhi haqiqatini tanimaslar. Inson ruhi abadiydurkim, hargiz o‘lmas. Va lekin badandan ul ruhni olurlar, ani o‘lim atarlar. Bu so‘zlar xaqiqatini to‘rtinchi unvonda bayon qilgumdur, inshoalloh taolo.

Qayd etilgan