Imom G'azzoliy. Kimyoi saodat (Ruh haqiqati)  ( 350665 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 ... 48 B


Robiya  11 Avgust 2008, 17:58:09

   Uchinchi vajh: ul toifai johillarkim, Xudoyi taologa va oxiratga imoni za’iflari bordur va lekin shariat ma’nosini bilmaslar. Va ayturlarkim: Ibodat va ma’siyat aning dargohida barobardur. Bu hollari (rasvoligini) Qur’onda ko‘rmaydilarmu? Haq subhonahu va taolo xabar beribdur:

   Va man tazakka fa- innamo yatazakka li nafsihi. (Fotir, 18).

   Va man jahada fa innamo yujahidu li nafsihi. (Ankabut, 6).

   Oyatlarning tafsiri shulki, kishi gunoxdin o‘zini pok tutsa, o‘z ruhining manfaati uchun o‘zini pok tutar.Va kishikim, zolimlar birla jihod qilibdurlar, bas, o‘z ruhining manfaati
uchun jihod qilibdurlar va kishikim, amali solih qilibdur, bas, o‘z ruhi manfaati uchundur. Ya’ni, inson qilg‘on amallarining hosilini qiyomat kuni o‘zi ko‘rgusidur.   

   Va ba’zilari gumon qilurlarkim, amalni kishi Xudoga qilg‘ay, o‘z ruhiga qilmag‘ay. Bu toifaning misoli bemorga o‘xsharkim, parhez tutmas va ayturkim, tabibning farmonini tutgon va tutmagonidan tabibga na ziyondur. Bu so‘zi rostdur va lekin parhez tutmag‘oni o‘zining halokatiga sabab bo‘lg‘usidurki, tabib sihatlig‘ yo‘lini bemorga ko‘rsatguchidur va anga dalolat qilguchidur. Chunonchi, badanning bemorligi bu jahonda halok bo‘lmoqg‘a sababdur. Chunonchi, dori yemak va parhez tutmoq badanning sihatligiga, toat qilmoq, ma’rifat hosil qilmoq va ma’siyatdin parhez qilmoq dilning salomatligiga sababdur.

   Yavma lo yanfau molun va lo banuna illo man atalloha bi-qalbin salimin. (Shuaro, 88-89).

   Ya’ni:U kunda na molu davlat va na bola-chaqa foyda bermas.Magar Alloh huzuriga toza dil bilan kelgan kishilargina foyda topurlar.

Qayd etilgan


Robiya  11 Avgust 2008, 18:00:21

   To‘rtinchi vajh: ahkomi shariatni,shariat hukmlarini bilmaydigan guruhlar ayturlar: farmoni shar’iy buldurkim, dilni shahvat va g‘azab va riyodin xoli qilg‘aysen. Bas, bu so‘zlar amri maholdur.Odamning bu so‘zlari anga o‘xsharkim, qora kigizni yuvmoq birla oq qilg‘aylar. Bu aqmoqlar bilmaslarkim, shariat bu ishga farmon qilmabdur. Balki shariatning farmoni budurkim,shahvat va g‘azabni aql ila jilovlab turgay, shariatga va aqlga g‘olib qilmag‘ay. Va shariatga sarkashlik qilmag‘ay (bo‘yin tovlamag‘ay).

   Bas, bandaga lozimdurkim, shariatni e’tiborda tutg‘ay. Va gunohi kabiradan parhez qilg‘ay, toki gunohi sag‘irani Haq taolo avf qilg‘usidur. Bu ishlar mumkindur, bisyor kishilar bu martabaga yetibdurlar. Va hazrati rasuli akram sallollohu alayhi vasallam    aytibdurlar: Kishikim, anda g‘azab va shahvat bo‘lmasa, er ham, xotun ham ermasdur. Va yana aytibdurlar:

   Ana basharun ag‘zabu kamo yag‘zabul basharu. Ya’ni, men ham odamman, barcha odamlar kabi g‘azablanaman.

   Va Haq taolo xabar beribdur:

   Val-kozimiyna-l-g‘ayza a’fiyna ani-n-nos.

   Ya’ni, Haq taolo achchig‘ni yutguchi va xalqning gunohini avf qilguchilarni xush ko‘radi. (Oli Imron, 134).

Qayd etilgan


Robiya  11 Avgust 2008, 18:05:27

   Beshinchi vajh: Ba’zilar Haq taoloning sifatlarini bilmaslar. Ayturlarki: Xudoyi taolo karim va rahimdur. Har tariqda bizlarga rahm qilguchidur. Va bilmaslarkim, Haq taolo bu olamda bisyor karimdur va shadidul iqobdur. Ya’ni qattig‘ azob qilguchidur. Va bilmaslarki, Haq taolo ko‘p bisyor xalqni balo, bemorlik va gurusnalik birla tutar. Bilmasmukim, to dehqonchilik va tijorat qilmaguncha mol va dunyo topmaslar. Va riyozat birla sa’y-harakat qilmaguncha ilm o‘rganmaslar. Hargiz dunyo talabida taqsir qilmaslar va «Xudoi taolo karim va rahimdur, betijorat va beziroat rizq ro‘z berguchidur» demaslar.

   Har bandaning rizqi o‘z mehnatiga, sa’y-harakatiga bog‘liq.

   Va mo min dobbatin fil-arzi illo alallohi rizquho.

   Yerda o‘rmalovchi bir narsa (jonzot) yo‘qki, uning rizqi Alloh zimmasida bo‘lmasa. (Hud, 6).

   Ro‘yi zaminda Alloh taolodan o‘zga rizq berguchi yo‘qdur.

   «Qur’on»da kelibdurki:

   Va an laysa lil-insoni illo mo sa’a.

   Ya’ni, inson o‘zi qilgan amaldan boshqa hech narsa topolmaydi. (Najm, 39).

   Vaqtiki Haq taoloning karamiga imonlari bo‘lsa, bu olamda nima uchun ziyoda rizq, dunyo talab qilurlar? Bas, bu aqidalari shaytonning ta’limidur.

Qayd etilgan


Robiya  11 Avgust 2008, 18:06:14

   Oltinchi vajh: ba’zilar o‘zlarining qilgan amallariga mag‘rurdirlar. Ayturlar: martabaga yetibdurmizkim, bizlarga ma’siyat va ziyon kor qilmas. Amal va din mazhabimiz ikki tog‘ misllikdurkim, bu amallarimiz ma’siyat birla bulg‘angan emas. Bas, bu ahmoqlar aksari bu holda bo‘lurkim, agar bir kishi bularning kibr va o‘jarligiga zarba bersa, hamma umrida ul kishiga adovat saqlarlar. Va agar tama’ qilg‘on bir luqmalarni ular man’ qilsa, ularga jahon tang va tor (qorong‘u) bo‘lur. Va bu ablahlar hanuz mardlik kamarin bellariga bog‘lamabdurlar. (Aslida ular kibr havodan qutilgani uchun do‘stlariga rahmat aytishlari ravodur).

   Hech bir daraja payg‘ambarlar darajalaridan o‘tmas. Bas, anbiyo alayhimus salomlar andak xato va ma’siyatning sababidan zor-zor yig‘lab, uzrg‘a mashg‘ul bo‘libdurlar. Va sahrbai rizvonallohi-taolo alayhim ajma’iyn gunohi sag‘ira va kabirdan ehtiyot bo‘libdurlar. Bas, bu ahmoklar qaysi dalil birla bilurkim, darajalari payg‘ambar alayhissalomning darajalaridan ziyoda bo‘lg‘ay?

   Agar gunoh ishlar anbiyo alayhissalomga ziyon qilmasa ular o‘zlarini nechukdin taqvo uqubatiga solur erdilar. Tavotur (ishonchli hadislar) birla sobit bo‘libdurkim, hazrati rasuli akram sallollohu alayhi vasallam xurmoni og‘izlariga solib erdilar, ma’lum bo‘ldikim, ul sadaqa qilingan xurmo ekan, filhol og‘izlaridan tashladilar. Va agar yesalar xalqg‘a hech ziyoni yo‘q erdiki, hammaga yemagi muboh (ruxsat etilgan) erdi.

Qayd etilgan


Robiya  11 Avgust 2008, 18:07:16

   Ba’zi ahmoqlar ko‘za-ko‘za sharobni nabiz (xurmo va uzumdan tayyorlangan deb) ot qo‘yib icharlar. Muning ziyonidin hech xabarlari yo‘qtur. Vaqti bo‘lurki, shayton ahmoqlarga nayrangbozlik qilur. Jahon ablaxlari masxara bo‘lurlar.

   Ammo buzulganlardin ul toifadurlarkim, agar odamning havoi nafsi bo‘lmasa, ani odam qatorida ko‘rmabdurlar. Balki to‘rt oyoqlilar zumrasidin sanabdurlar.

   Bas, bilgilki, nafs andog‘ makkor va firibgardurki, hamisha yolg‘on da’vo qilur. Va lof urarkim, shar’i sharifdan chiqmadik deb. Bu nafsning da’vosiga hukmi shar’i sharif birla dalil izlamak kerak. Agar inson tab’i chin dildan ahkomi sharr’iyga mos bo‘lsa, da’vosi rostdur. Agar ming hiylaga mashg‘ul bo‘lsa, shayton bandasidur! Bas, shar’i sharifga bo‘ysunmoq hanuz musulmonchilikning avvalgi darajasidur.

   Yettinchi vajh: shahvat g‘aflatning g‘olibligidan paydo bo‘lur. Jahldan ermasdur. Bul ul toifadurlarkim, bularni qilg‘on shubhalik amallari o‘zlariga ma’lum bo‘lmas va lekin guruhni ko‘rarlarkim, ibohat yo‘lida yurguchi, fisqu fasod qilguchi, makr va firib so‘zlarini deguvchi, valiylik va tasavvuf da’vosini qilguchi, so‘fiyona liboslar kiyguvchi. Bas, ul toifakim, anga Shahvat va batolat (bekorchi, yolg‘on,puch xayollar) g‘olibdur, bu guruhning qilg‘on ishlari o‘zlariga xush kelur va qilg‘on amallari fasodidan qo‘rqmaslar.

Qayd etilgan


Robiya  11 Avgust 2008, 18:08:14

   Balki ayturlar, bu fasod ermasdurkim, tuhmatdur. Na fasodning ma’nisini bilurlar va na tuhmatning. Bas, bu toifa g‘ofildurlarki, shahvat va shayton bularga g‘olib kelibdur. Pand va nasihat birla bular salohga kelmas. Bas, bu toifalarning ko‘pchiligi ul qavmdindurlarkim, Haq taolo ular haqida xabar beribdurki:

   Inna ja’alno ala qulubihim akinnatan.

   Ya’ni, Darhaqiqat, Biz (Kur’onni) anglamaganlarning dillarini pardalab, quloqlarini og‘ir qilib qo‘ydik. (Kahf, 57).

   Bas, ahli ibohatning g‘aflat, fazihat (rasvolik, sharmandalik) larini munchalik bayon qilmoq kifoyatdur, bularning shubhasi Haq taoloni tanimaganidan yo shariatni bilmaganidandur. Va johilligikim tab’ining xohishidadur, tuzalishi qiyindur. Ul sababdankim, bu guruh shubhasiz ibohat yo‘lida yurar. Va ayturlarkim, bizlar hayratdadurmiz. Va agar ul guruxdan so‘rasalarki, nechuk hayratdasen, aslo javob etaolmas. Charoki, ularda na talab bo‘lg‘ay, va na shubha (gumon). Bu guruhning holi ul bemorning holiga o‘xsharkim, tabibga aytur: men bemordurmen. Tabib so‘rasakim: na yering og‘riydur? Bilmas. Bu nav’ kasalga iloj qilg‘ali bo‘lmas. Va bu toifaki, har ishda chora topmay hayrondir. Ammo sen inson - sen va seni xalq qilguchi Olim va Qodirdurkim, harna xohlasa qilur. Bas, aning haqida shak va hayratda bo‘lmag‘aysan. Va bu ma’nolarni dalil birla bilgaylar. Chunonchi, sharh qilindi.

Qayd etilgan


Robiya  11 Avgust 2008, 18:09:27

FASL
Dunyo haqiqatini tanimoq bayonida

   Bilg‘ilki, dunyo o‘tkinchi manzildir. Odamlar yo‘l yurguchilar bo‘lib, Alloh taolo dargohiga safar qilguchilarga bozordur bodiya (dasht, sahro) uzra orasta qilg‘on. Tokim musofirlar ul bozordin zodi rohlarini - yo‘l oziqlarini olg‘aylar. Dunyo va oxirat ikki holatdan iboratdur.

   Avvalikim, o‘lmagidin ilgaridur, ani dunyo atarlar. Va ulkim o‘lgandin keyindur, ani oxirat derlar.

   Va bu dunyodan maqsud oxirat zodin tayyor qilmokdurki, (Alloh) odamni ibtidoi yaratishda sodda va noqis yaratibdur. Va lekin vaqtiki kamolot hosil qilsa, Hazrati Haq jalla va a’lo dargohiga shoyista (munosib) bo‘lg‘usidur. Toki jamoli ilohiy nazzorachilaridin bo‘lg‘usidur. Odamiyning oliy saodati ushbudir.

Qayd etilgan


Robiya  11 Avgust 2008, 18:10:43

   Bas, odamni bu vajhdin xalq qilibdur. Odam botiniy ko‘zi ochilmaguncha, to ma’rifat hosil qilmaguncha Haq jamolini ko‘rolmas. Haq taolo jamolini mushohada qilolmas. Bas, ma’rifati ilohiyning kalidi Haq taoloning ajoyib yaratish va g‘aroyib qudratlarini mushohada qilmokdur. Alloh taoloning yaratish tartibining avvali besh hissiyotdir. Va badan sezgisi insonda mavjuddurki, suv va tuproqdan iboratdur. Bas, ushbu sababdan odam suv va tuproq olamiga tushibdur. Toki bu olamdan zodi roh tayyor qilib, o‘zligini tanimoq birla, hissiyot va aql birla tangri taolo san’atini tanib, Haq taolo ma’rifatini hosil qilg‘ay.

   Toki hislar odam badanida hamroh va yordur, tirik bo‘lg‘ondur. Vaqtiki hislar birla vido’ qilsa, oxiratg‘a borg‘onidur. Bas, odamning dunyoda bo‘lmog‘ining sababi ushbudurkim, bayon qilindi. Odamning dunyoda bo‘lmog‘ining ikki nimarsaga hojati bordur. Biri ulki, dilni halokatdan saqlag‘ay. Va aning ozig‘i - g‘izosini qilg‘ay. Va dilning g‘izosi Haq taoloning ma’rifati va muhabbatidur. Charoki, har nimarsaning g‘izosi o‘z tab’iga yarashadurkim, dil ma’rifatni taqozo qilur. Chunonchi, yuqorida bayon qilindi. Va dilning halok bo‘lmog‘ining sababi uldurkim, Haq taolodan o‘zga nimarsalarga ko‘ngil bergay.

   Va badanni asramoq dil uchundirkim, badan foniydur. Va dil boqiydur. Bas, badan dil uchun hrjilarning tuyasiga o‘xshashdurki, xojilar haj yo‘lida safar zaruriyatidan tuyalarga suv va yem-ozuqa berib, nigaqbonlik qilurlar. Vaqtiki, Ka’baga yetsalar bu ranj va mehnatdin xalos bo‘lurlar. Va lekin tuyalarga baqadri hojat boqg‘aylar.

Qayd etilgan


Robiya  11 Avgust 2008, 18:11:26

   Agar yo‘lovchilar hamma vaqt- tuyalarga yem bermoq va oroyish qilmoqg‘a mashg‘ul bo‘lsalar, karvondan ayrilib halok bo‘lurlar.

   Munga o‘xshash, odamlar ham faqat badanini parvarish va oroyishga mashg‘ul bo‘lsalar, nafs quvvat topib, halokatga sabab bo‘lib, saodati uhraviydan mahrum qolg‘usidur. Va badanning bu dunyoda uch nimadin ziyodaga hojati yo‘kdur. Yemak va kiymak va makon. Munchalik g‘izo (ozuqa) kifoya qilurkim, toat va ibodat qilmoqg‘a quvvat hosil qilg‘ay. Va libos ham shunga yarasha. Va maskan ham issig‘ va sovuqg‘a panoh bo‘lguncha basdir.

   Bas, odamiyga dunyodan mundin ziyodasi zarur ermasdur. Balki dunyoning ham asli ushbudir. Va dilning g‘izosi haq taoloning ma’rifatidur. Ammo bilg‘ilki, Haq taolo odam badanida shahvatni xalq qilibdurkim, aning xohishi hamisha mazali taom yemoq va chiroyli libos kiymoq va uy-ro‘zg‘or tutmoqni taqozo qilur, To badankim, ruhning ulovidur, halok bo‘lmaguncha, bu shahvatni o‘z haddida tutg‘ay.

   Haq taolo shariatni payg‘ambarlarning so‘zlari bilan yubordi. Toki, xududi shar’iyni ehtiyot qilg‘ay. Va lekin shahvatni odam badanida go‘daklik vaqtidan yaratibdur. Bas, shahvat odam badanida ilari makon tutgan sababdin aqlga va shariatga o‘jarlik qilur. Va odamiy bu sababdin hamma himmatini taom va kiyim va maskan talabida sarf qilur. Bas, dunyo va oxirat haqiqati va dunyodagi farzlaringni taniding. Endi bo‘lg‘aykim, dunyoning shox za shu’balarini tanig‘aysen. Vallohu a’lam.

Qayd etilgan


Robiya  11 Avgust 2008, 18:13:38

FASL
Mol-dunyo ofati bayonida

   Bilgilki, dunyoning bor mohiyati uch nimarsadin iboratdur. Avval ulki, ro‘yi zaminda yaratilgan narsalarning asosi, umdasi, nabotot va ma’danlar, bularni mavolidi salosiy (jonsiz tabiat, o‘simlik va hayvonot) atarlar. Zaminning asli makon va ziroat qilmoq uchundir. Va ma’danlar. chunonchi, oltin, kumush, mis va temir mehnat qurollari yasamoq uchundur. Va hayvonot yemak va minmak uchundur va odamlar jon-dillarini bularga mashg‘ul qilibdurlar Ammo donolar dilni dunyoga mashg‘ul qilmag‘aylar. Va badanlarini saloh birla tutqaylar.

   Va dilni dunyog‘a mashg‘ul qilmoqdan necha ofatlar paydo bo‘lurkim, halokatga sabab bo‘lg‘usidur. Chunonchi, hirs, baxillik, hasad, adovat va mundin o‘zga ham. Va badanni dunyo ne’matlariga do‘st tutkanidan keyin dil binosi vayron bo‘lur. Va ba’zilar hamma himmatini dunyoga sarf qilurlar va dilning (ma’naviy) boyliklaridan ajralib, hayvonotga yaqin bo‘lurlar.

   Hunar va mashg‘ullukkim, odamga zarurdur, ul ham uchdur, chunonchi, dehqonchilik va bofandalik (to‘quvchilik) va me’morlik. Bularning har birining shoxobchalari bordur. Chunonchi, chig‘iriqchi va ip yigiruvchi va ba’zisi mahsulotni tamomiga yetkurur. Chunonchi, to‘quvchi va tegirmonchi bularning chandon asbob va olatlariga hojati tushar. Yag‘och, temir va mundin o‘zga ham.

Qayd etilgan