Imom G'azzoliy. Kimyoi saodat (Ruh haqiqati)  ( 350999 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 ... 48 B


Robiya  11 Avgust 2008, 18:14:13

   Bas, odam hamma hojatini o‘zi tamom qilolmas. G’ayriga hojati tushgan sababdin odamlar aro jamiyat paydo bo‘lur. Va ba’zilar o‘z haqqiga rizo bo‘lmay, bir-biriga qasd qilurlar. Bu vajxdin yana uch sifatga hojat tushar. Biri saltanat va siyosat, yana biri qozilik va hukumat, yana biri fiqhkim, muning birla siyosat va saltanat qonunini xalqg‘a joriy qilg‘ay. Ushbu vajxdin dunyoning mashg‘uloti ko‘payib odamlar rohi saodatni yo‘q qilurlar.

   Bas, bu dunyoning asli uchdin ziyoda ermasdurkim, taom va maskan va libos - bular badanni asramoq uchundir va badan dil uchundir. Bas, odam u dunyoga ketishini o‘ylamay, o‘zini va Haq taoloni esdan chiqarur.

   Bas, bu odamlar holi xaj niyatida yo‘lga chiqib, tuyasini semirtirmakka mashg‘ul bo‘lub, karvondin ayrilib, o‘zini va Ka’bani va safar maqsadini esdan chiqarib halok bo‘lg‘on hojilar holiga o‘xshar. Bas, dunyo va uning haqiqati ushbudurkim, aytildi. Va har kishi bu dunyoda o‘zini musofirlardek tutmasa va himmati nazarini oxiratga mutavajjih qilmasa, dunyo mashg‘ulotini hojatidin ziyoda lozim tutsa, bu dunyoni aslo tanimag‘onidir

Qayd etilgan


Robiya  11 Avgust 2008, 18:15:22

   Va bu bilmaslik sababi shuldurkim, hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlarkim, dunyo Xorut va Morutdin ham jodugarrokdur. Andin hazar qilinglar. Vaqtiki, dunyoning jodugarligi ma’lum bo‘ldi, aning makr va firibini bilmak xalqg‘a farzdur. Bas, dunyoning jodugarlig‘ini nechand misollar birla bildurgaymen.   

   Avvalgi misol. Bilg‘ilki, dunyoning jodugarligi uldurki o‘zini senga andog‘ ko‘rsaturkim, har ikki olamda senga vafo qilg‘ay va hamisha sening birla bo‘lg‘ay. Ammo mundog‘ ermasdur. Balki kori doimo sendin qochish, beBakrlik va bevafolikdur. Va lekin ohista harakat qiladurkim, dushmanligini senga bildurmas. Soyaga o‘xsharkim, yaqin bo‘lmoqni xohish qilsang sendin qochar va lekin yirog‘ bo‘lgani senga ma’lum bo‘lmas. Va ma’lumdurki, umring ham sendin qochar. Bexabarsen, yaqindurkim, sening birla vido’ qilg‘usidur.

   Yana bir misol: dunyoning soxirligi uldurki, senga o‘zini do‘st ko‘rsatur. To sen anga oshiq bo‘lg‘aysen. Va andog‘ ko‘rinurkim, sendin o‘zga mahbubi yo‘qtur. Lekin vaqti bo‘lurkim, dushmanlik izhor aylab, nochor halok qilur. Muning misoli pirazan (jodugar kampir) nobakorga o‘xsharkim, yosh va chiroyli ko‘rinib xalqni o‘ziga oshiq maftun aylab, uyiga eltib nochor halok qilur.

Qayd etilgan


Robiya  11 Avgust 2008, 18:17:06

   Iso alayhissalomdin naqldurkim, muroqabada dunyoni bir kampir suratida ko‘rdilarkim, o‘zini chandon misli ko‘rilmagan nafis, go‘zal ishvalar va g‘aroyib karashmalar birla orasta qilibdur. So‘radilarkim: necha oshiklaring, shavharing bordur? Dunyo aytdikim: «Ko‘pligidin adadini bilmasmen. So‘radilarki: bularni taloq qildingmi yo o‘ldirdingmi? Aytdikim: hammasini o‘ldurdum. Bu jilva firib birla qolg‘onlarni ham o‘ldurmakka mashg‘uldurmen».

   Iso alayhissalom aytdilar: taajjub qilurmen ul ahmoqlarg‘akim, dunyoning fisqu firibini ko‘rib, yana anga moyil bo‘lurlar.O’zgalardin ibrat olmaslar.

   Allohumma a’simniy min sehriho.

   Ya’ni: Ey bor xudoyo, saqlag‘il bizni dunyoning sehridin.

   Yana bir misol: Dunyoning yana bir sehri uldurki, zoxirini mehr, vafo suratida orasta qilur. Elga yetkuradurgon balo va mehnatini yashirin tutarki, johillar aning zohirini ko‘rib, mag‘rur bo‘ldilar. Aning misoli ayyor kampirga o‘xsharkim, yuziga parda tortib, harir jomalar kiyib, turli bezaklarni osib o‘ziga zeb va oroyishlar bergay. Har kishi ani yiroqdin ko‘rsa oshiqi nigoron bo‘lur. Vaqtiki niqobini olsalar, aning qabihligi ma’lum bo‘lib pushaymon bo‘lg‘usidur. Hadis kelibdurkim, dunyoni, boylikni qiyomat kuni ajuzi zisht (xunuk, badbashara, ayyor kampir) va palid va ko‘zlari ko‘k va tishlari og‘izlaridan chiqib turar, bu surat birla orasta aylab, hashargohga keltirib, xaloyiqg‘a ko‘rsaturlar. Xaloyiq aning og‘zidan chiqqan sassig‘lig‘idin nola va fig‘onga kelib, ayturlarki: bu fazohat (rasvolik, sharmandalik) va qabohat birla nechuk narsadirki, muning badbo‘ylig‘iga chidayolmasmiz.

Qayd etilgan


Robiya  11 Avgust 2008, 18:18:20

   Farishtalar ayturlarkim: bu dunyodirki, sizlarni yaxshi ko‘rgan mahbubinglar erdi, buning jihatidin bir-birlaringga hasad qilib, xuni nohaq to‘kdinglarkim, qat’i rahim (qarindosh, urug‘lardan judo) qillinglar. Va munga mag‘rur bo‘ldinglar.

   Bas, dunyoni do‘zaxga tashlarlar va ahli dunyo ham ul yaxshi ko‘rgan boyliklariga ergashib, otashxonani oshxona gumon aylab, aning izidan ergashurlar. Yana bir misol: kishikim, azalni o‘ylasa, deyarli bu dunyoda bo‘lgoni yo‘qtur. Va odamzod abadul-abad ham bu dunyoda bo‘lmabdur. Bas, azal va abadning orasida necha kun bu dunyoda bo‘libdur? Bu dunyoning misoli musofirning yo‘liga o‘xsharkim, avvali maxd (beshik) va oxiri lahaddur. Va muning orasida nechand sanog‘lik manzildur. Va har yil bir manzilga o‘xshash va har oy bir farsangga o‘xshash (6 kmetrga yaqin masofa),va har kun to‘rt qadamga o‘xshashdur.

   Va odam bu safarda hamisha yurguvchidur. Ba’zisi manzilga yetar va ba’zisi farsangdin ketar. Ma’lum emaski, bu dunyoda o‘n yil bo‘lgan va o‘n kun. Yana bir misoli bulki, dunyo ahli dunyolaridin lazzat ko‘rarlar. Aning ranj va rasvoligini oxiratda ko‘rgaylar. Muning misoli ul kishining‘ holiga o‘xsharkim: laziz va shirin taomni ko‘p yemak birla me’dasi fasod bo‘lganidin og‘zidin bo‘yi bad zohir bo‘lib, dam bo‘lg‘ay (me’dada taom turib qolib, hazm bo‘lishi og‘irlashadi). Bu kasalning ranju mashaqqatini sezib, yegan taomdin pushaymon bo‘lur. Chunonchi, taom harchand lazizrokdur, va hazm bo‘lmog‘i og‘irrokdur. Va dunyoning lazzati qancha ko‘p bo‘lsa jon berur vaqtda shuncha og‘irroqdir.

Qayd etilgan


Robiya  11 Avgust 2008, 18:19:51

   Har kishining bog‘ bo‘stoni va g‘ulomu kanizagi, oltinu kumush, ne’mati to‘larokdur, jon berur vaqtida alarning ranji benihoya bo‘lg‘usidur. Va dunyo firoqining ranji o‘lmak birla zoyil bo‘lmas, balki ziyoda bo‘lurkim, do‘stlik dilning‘ sifatidur.

   Dilga o‘lum yo‘l topolmas. Yana bir misol buldirki, dunyo orttirish odamlarga yengil va muxtasar ko‘rinur. Va odamlar bilmaslar, bu ishdin ming ish paydo bo‘lur. Tamomi umri anga sarf bo‘lg‘usidur.
Va Iso alayhissalom aytibdurlar: «Dunyo izlaguvchilarning holi sho‘r daryo suvidan ichguchi holiga o‘xsharkim, harchand ichsa tashnaligi tobora ziyoda bo‘lur. To o‘lmaguncha tashnaligi bosilmas».

   Hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: suvga kirgan ho‘l bo‘lmay chorasi yo‘qtur. Dunyoga bulg‘ongan kishi iflos bo‘lmay iloji yo‘qtur. Ifloslangan kishi kasal bo‘lmay iloji yo‘ktur. Yana bir misol. Odamzod bu dunyoga kelibdur, ul kishiga o‘xsharki, mezbonga mehmon bo‘libdurki, ul mezbon odati bo‘lg‘ayki mehmon uchun saroyini orasta qilg‘ay. Oltin tabaklarda noz-ne’mat hozir qilib, kumush tabaqlarda ud va anbar kuydirib, guruh, mehmonlarni chorlab, bir-bir kuzatgay. Ul kishi oqildurki, bu mehmonlik odobini bilur. Bu taomlardin baqadr hojat tanovul aylab, bu xushbo‘ylardin o‘zini muatgar qilib o‘z makoniga qaytar. Ul nodon va ablah kishilar gumon qilurlarkim, bu tabaqlarni ham ketar vaqtlarda sevib qolgaylar.

Qayd etilgan


Robiya  11 Avgust 2008, 18:21:27

   Bas, dunyo ham munga o‘xshash karvonsaroydurkim, musofirlar uchun tayyor qilibdurlar, tokim yo‘l ozig‘i qolgtaylar. Va saroydagi ashyolarni tama’ qilmag‘aylar.

   Yana bir misol. Dunyo ahlining dunyoga mashg‘ul bo‘lib, oxiratni esdan chiqarishlari ul qavmga o‘xsharki, kema ichra daryo safarida jaziraga(orolga) yetgaylar, qazoyi hojat qilmoq va tahorat olmoq uchun kemadan chiqqaylar va kemachi munodiy qilg‘ayki, orolda hech kishi uzoq qolmasin, kemaga kechikmasin. Va tahorat olmokdin bo‘lak ishga ovora bo‘lmag‘aykim, kema tez vaqtda ketg‘usidur. Bas, bir guruh ul orolda parokanda bo‘lg‘ay.

   Guruhkim, tezlik birla tahorat olib, kemaga kirib,xush havo va loyiq makonda o‘turg‘aylar. Va guruhekim, ul orolning ajoyib va g‘aroyiblarini, rango-rang qushlar ovozi va la’li, marjon va bisotu naqshlarini tamosho qilib, kechikib, kemada joy topolmay, xursand bo‘lmasdan, tor va qorong‘u yerda o‘tirg‘usidur. Yana bir guruhi nazzoraga qanoat qilmay, ul oltinlardin ko‘plab olib, kemada o‘turg‘ali joy topolmaslar.

Qayd etilgan


Robiya  11 Avgust 2008, 18:24:55

   Kemada ul oltinlarning rangi o‘zgarib, ne’matlari badbo‘y paydo qilur. Bas, pushaymon bo‘lur, aning ranj va azobini tortarlar. Yana bir guruhi ul orolning ajoyiblarini tamosho qilmoq birla kemadan yiroq qolurlar va kema yurib ketar. Ul orolda ba’zisi tashnalik va ochlikdan halok bo‘lur va ba’zisini yirtqich hayvonlar va darrandalar halok qilur. Bas, avvalgi guruh mo‘‘min parhezkorlar misolidur. Oxirgi guruh kofirlar misolidurkim, o‘zlarini va xudoyi azza va jallani va oxiratni unutib, harakatu himmatlarini dunyo-boylik jam qilmoqg‘a qo‘yibdurlar. Va dillarini bu dunyo muhabbatiga bog‘labdurlar.

   Istahabbu hayata-d-dunya alla-oxirati. (Nahl, 107).

   Ya’ni: dunyoning muqabbatini, oxiratdagi abadiy hayotdan ziyoda ko‘rubdurlar. Oradagi ikki guruh mo‘‘min va osiylar misolidurkim, asli iymonini salomat saqlabdurlar. Va lekin dunyodan qo‘l yig‘mabdurlar. Ba’zilar ne’mati farovon birla xushhol, xurram, baxtiyor va ba’zilar darvish va tangdastligidin xor bo‘lib yasharlar.

Qayd etilgan


Robiya  13 Avgust 2008, 15:06:00

FASL
Dunyoning halol ne’matlari bayonida

   Ul mazammatlarkim, dunyo bodasinda qilindi, ammo har nimarsaki dunyodur, hammasi mazmum (yomon) emas. Balki andog‘ nimarsalar dunyoda bordurkim, bu dunyodin ermasdur. Chunonchi, ilm va amalkim, dunyodadur, dunyodin ermasdurkim, ilm, amal odam birla oxiratga borgusidur. Asl ilm oxiratda odam birla hamrohdur. Va yaxshi amallar oxiratga go‘zal fazilatlar bo‘lub borg‘usidur.

   Va amal ikki qismdur. Avvalgi qismi dil javharini pok va sof tutmoqtsurki, gunoh va ma’siyatdin parhez amal qilmoq birla bo‘lur.Ikkinchi, Haq taoloning zikriga uns-ulfat bo‘lmokdurkim, toat va ibodatga mudovamat qilmoq birla hosil bo‘lur. Bas, ilm va amal solih ishlar jumlasidandurkim, oxiratda odam birla boqiy bo‘lg‘usidur. Chunonchi, Haq taolo xabar berur

    Va-l boqiyatu-s-solihatu.

    Yaxshi ishlar abadiy-boqiy qolur. (Kahf, 46).

    Bas, ilmning lazzati va ibodat lazzati va Haq 'taoloning zikriga uns-ulfat bo‘lg‘onning lazzati hamma lazzatlardan xo‘broq va ulug‘roqdur.

Qayd etilgan


Robiya  13 Avgust 2008, 15:07:47

   Ilm va amal zikri dunyodadur, ammo dunyodin ermasdur. Bas, hamma lazzatlar yomon ermasdurlar. Balki nechand lazzatlardurki, aksari dunyodin ermasdur. Biri ulkim, agarchandiki dunyodindur, o‘lgandan keyin oxiratga hamroh bormas. Va lekin oxirat ishiga va ilmga va amalga mo‘‘minlar boy bo‘lmog‘iga yordam berguchidur. Chunonchi, xotin olmoq va toatga quvvat hosil qilguncha oziq-ovqat jam’ qilmoq va libos kiymak va uy-ro‘zg‘or tutmak. Bas, bularni baqadri hojat do‘st tutmoq oxirat yo‘lining shartidurkim, dunyodin bu boriga qanoat qilg‘ay, va qasdi ul bo‘lsakim, bular birla oxirat ishini farog‘at birla bajo kelturgay. Bu tariqada bo‘lg‘on kishi ahli - dunyo ermasdur.

   Dunyoning yomonlik martabasi uldurkim, dunyodin maqsudi oxirat natijasini topmoq bo‘lmasa, balki g‘aflatga sabab bo‘lub, bu olamda barqaror bo‘lmoqg‘a ko‘ngul bog‘lasa va oxiratdin nafrat qilsa-bu tariqada bo‘lmak nihoyati mazmum (nafratli)dur. Ushbu ma’nidin onhazrat s.a.v. xabar beribdurlarkim:

   Ad-dunyo mal’unatun va malunun ma fiyho illa zikrullahi.

   Ya’ni: mol-dunyo - la’natlangandur va har nimarsaki mol-dunyoga taalluqli, ul ham la’natlangan. Magar Haq taoloning zikri va zikriga madad, ko‘mak beradurg‘on nimarsalar mahmuddur (maqtalgan, yaxshi). Bas, bu dunyoning haqiqiy maqsadini munchalik zikr qilmoq kifoyatdur. Qolg‘onini uchinchi : ruknda bayon qilg‘umdur, insho Alloh taolo.

Qayd etilgan


Robiya  13 Avgust 2008, 15:12:01

FASL
Oxirat haqiqatini tanimoq bayonida

   Bilgilki, oxirat haqiqatini hech kim taniyolmas, to haqiqiy o‘limni topmaguncha. Va haqiqiy o‘limni bilmas, to tiriklik haqiqatini tanimaguncha. Va ruhni tanimoq haqiqati o‘zligini tanimokdurkim, ba’zisini sharh qildim.

   Bilgilki, yuqorida mazkur bo‘ldikim, odam tani ulovdur. Ikki aslidin biri ruq, yana biri qolipdur. Bas, ruhsuvoriyga o‘xshashdur. Qolip-badan ulovga o‘xshashdur va ruhning bu dunyoda badanga hojati bordur. Va anda bihisht va do‘zax ham bordur. Ul ruxning qolipidan tashqari o‘z zotiga ham hojati bordur.
   
   Va shu dunyoda ham do‘zax va bihisht, saodat va shaqovat bordur. Ammo ne’mat va lazzatlardurkim, dilga qolip vosita bo‘lmay hosil bo‘lur, anga bihishti ruhoniy ot qo‘ydum. Alam va shahovatkim, qolipsiz, badansiz ruhga yetar, otashi ruhoniy atadim.

   Ammo ul bihisht va do‘zaxkim, qolip vositasi birla bo‘lur, hammaga ma’lumdurkim, ul bihishtda rango-rang mevali daraxtlar va sharobi taxur va huru qusur (qasrlar), anvoi turluk ne’matlar bordur. Va do‘zax ichida chunonchi: mor (ilon) va kajdum (chayon), otash va zaqqum va samum (halokatli shamol) va mundin o‘zga ham azob va uqubatlar ma’lumdur.

Qayd etilgan