Imom G'azzoliy. Kimyoi saodat (Ruh haqiqati)  ( 350752 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 ... 48 B


Robiya  13 Avgust 2008, 15:13:06

   Bihisht va do‘zaxning sifati Qur’on va xabarlarda mashhurdur. Hammalari fahm qilur. «Ihyo» otlig‘ kitobda o‘limning zikrida bularni mufassal bayon qildim. Bu yerda o‘lim haqiqatini bayon qilgumdur. Ruhiy bihisht va do‘zaxga ishorat qilgumdurki, bularni har kishi bilmas. Ushbu ma’nidan hadisi qudsiyda xabar beribdurkim:

   U’iddat li ibodiys-solihiyna mo lo aynun ra’at va lo uzunun sami’at va lo xatara ala qalbi basharin.

   Ya’ni: Tayyor qildim solih bandalarim uchun andog‘ nimarsalarnikim, hech ko‘z ko‘rmagan va quloq eshitmagan, va hech kishining xotiriga kelmag‘on bo‘lg‘ay.

   Bas, bu davlat va ne’matlar bihishti ruhoniyda bo‘lg‘usidur. : Dilning ich tarafidan olami malaqut sariyga ravzana darcha- eshik ochilishiga hech shubha yo‘qtur- Va kishigakim, ul ravzana ochiqtur, oxiratning saodati va sharofatidin ravshan nasiba basirat va mushohada tariqasi birla hosil bo‘lg‘usidir. Taqlid va eshitishga hojati bo‘lmas. Chunonchi badanga bemorning saodati va shaqovati bo‘lurkim, ani sihat va maraz atarlar. Sihatlikning sababi kam yemak va parxez tutmak va kasallikning sababi - ko‘p yemak va beparhezlik qilmokdur.
 
   Munga o‘xshash mushohada birla ma’lum bo‘lurkim, inson dili, ruhida saodat ham, shaqovat ham bordur. Ibodat va ma’rifat saodatning dorusi. Jaxd va ma’siyat - gunoxlar saodatni xarob qiluvchi zahri qotildur.

   Bas, bu ilm bag‘oyat aziz va sharif ilmdurkim, ulamolar bu ilmdin g‘ofildurlar. Balki ko‘pchilik bu ilmga munkirdurlar, ular bihisht va do‘zaxi jismoniyni bilurlar, va oxiratni tanimoqda taqlid birla bilurlar. Ko‘pchilik odamlar ruh haqiqatini bilmaslar va bu so‘zlar sharhini arabcha («Ihyo’») kitobimda chandon dalillar birla tahqiq qildim. Bu kitobimda ham bir muncha bayon qilgumdur.

Qayd etilgan


Robiya  13 Avgust 2008, 15:14:01

   Kishikim, ziyrak va dono bo‘lur, botinini ma’siyat , gunohlardan sof qilsa, bu ilmga yo‘l topib, kori oxirat dilga sobit va mahkam bo‘lg‘usidur. Aksari xalqning oxiratga iymoni za’if va sustdir. Agar xohlasang o‘lim haqiqatidan andak fahm qilg‘aysan.

   Bilgilki, odamda ikki ruh bordur. Birini ruhi hayvoniy atarmiz. Yana biri maloika ruhlari jinsidan, ani ruhi insoniy dermiz. Va ruhi hayvoniyning manba’i yurakdurki, bu go‘sht poradirkim, odamning chap yonida qo‘yg‘ondur. Va ruhi hayvoniy shunga o‘xshashkim, tiriklik badan ichidagi xiltlardindur. Aning mijozi mo‘‘tadildur. Va ruhi hayvoniy o‘ruq, ya’ni zavarib otlig‘ tomirning harakati vositasi birla dimog‘qa va hamma andomiga yetar. Va ruh hamma quvvat va his-harakatlarini ko‘tarib yurguchidir. Vaqtiki bu ruhtomir va dimog‘g‘a yetsa harorati kamroq bo‘lub, mu’tadilroq bo‘lg‘usidur. Ko‘z ul ruhdin quvvati basirat topar. Va quloq aningdin eshitmoqlik quvvatini kasb etar. Balki hamma hislar ul ruxdin quvvat topar. Bas, ruhi hayvoniyning misoli chirog‘qa o‘xsharkim, chirog‘ni qorong‘u uyda qo‘ysalar, uyning qorng‘uligini ravshan qilur. Munga o‘xshash, hazrati Haq subhonahu va taoloning qudratidin ruhi hayvoniy badanda bo‘lmoq birla ko‘rish va eshitmok^lik va hamma hislar hosil bo‘lg‘usidur. Agar ba’zi tomirga to‘siq bog‘lab, ruhi hayvoniy qon aylanishiga mone’ bo‘lsa, ul uzvi his-harakatdin qolib, mafluj (falajlangan, shol) bo‘lur. Bas, ruhi hayvoniy chirog‘ning o‘tiga o‘xshashdur va dil fatilaga (pilikka) o‘xshashdur. Chunonchi, chirog‘da yog‘ bo‘lmasa chirog‘ o‘char. Munga o‘xshash, vaqtiki odam taom yemakni tark qilsa, ruhi hayvoniyning mijozi aynib, botil bo‘lib, odam vafot etgusidur.

   Chunonchi, chirog‘ning fatilasi me’yordan ziyoda yog‘ quyilsa o‘char. Chunonchi, chirog‘ga tosh va tayoq tiqilsa chirog‘ o‘char. Yog‘ va pilik o‘z joyida bo‘lsa yonar. Munga o‘xshash, odam va hayvong‘a qattig‘ zaxm yetsa, aning sababidin o‘lar. Agarchandiki ruhi hayvoniy mijozi mo‘‘tadil bo‘lsa ham.

Qayd etilgan


Robiya  13 Avgust 2008, 15:15:19

   Hayvoniy ruh quvvat va his-harakatini Haq subhonahu va taolo izn-dasturi birla osmon farishtalari nurlaridan qabul qilur. Vaqtiki hayvoniy ruh mijozi harorat g‘olibligi va yo burudat (sovuqlik) kasrati (ko‘pligi) va yo o‘zga sabablardin buzilsa, farishtalar nurlarini qabul qilmoqg‘a shoyistaligi qolmas. Chunonchi, oyna ravshan bo‘lsa hamma suratlarni ko‘rsatur. Vaqtiki, zang o‘lturib, tiyra (qorong‘u) bo‘lsa, hech suratini ko‘rsatmas.
 
   Va lekin ruhi insoniy farishtalarning nurlarini qabul qilmog‘i uchun mu’tadil bo‘lmog‘i shartdur. Vaqtiki, ruhi insoniy mijozi ayniqsa farishtalarning nurlarini qabul qilmasa, hayvoniy ruhi qolur.

   Bas, odam va hayvonotning o‘lgani ushbudur. Va ruhi xayvoniy mijozini e’tidolidin chiqarib, botil bo‘ladurg‘on sabablarni jam’ qilguchi Haq taolo maxluqotidin bir mavjudotki, ani Malakul mavt atarlarkim, xaloyiq aningdin bilurlar. Ruh haqiqatini tanimaslarkim, bas, jonzod o‘lganining ma’nosi ushbudir. Ammo odamning o‘lmagi unda ruhi hayvoniy borligi sabablidur.

   Va yana bir ruh bordurkim, ani ruhi insoniy atarmiz. Va anga dil deb ot qo‘yduk. O’tkan fasllarning ba’zida bayon qilindi. Ammo dil hayvoniy ruhjinsidin emasdur. Bas, ruhi insoniy jism emas, chunki u hajm, shakl, rangga muhtoj emasdir.

   Haq taoloning ma’rifati ruhi insoniyda qaror topgusidur.

Qayd etilgan


Robiya  13 Avgust 2008, 15:18:10

   Chunonchi, Haq taolo yagonadurkim, hajmga, shakl va rangga muhtojligi yo‘q. Va yagonaning ma’rifati yagonadurki, uni o‘zidan boshqalar mukammal bilmas. Bas, Haq taoloning ma’rifati mangu barqaror bo‘lur.

   Bas, pilik, otash, chirog‘ va nurchirog‘, bu uchini faraz qilg‘ilki, fatila - dilning misolidur. Chirog‘ otashi -hayvoniy ruhning misolidur. Va chirog‘ nuri - insoniy ruhning misolidur. Chunonchi, chirog‘ning nuri chirog‘ otashidan latifroqdurkim, anga ta’sir qilg‘ali bo‘lmas.
 
   Munga o‘xshash insoniy ruh ham, hayvoniy ruhdan latifroqdurkim, ani ushlab bo‘lmas. Bu misol insoniy ruhning latofatiga nazar solmoq birla rostdur. Va lekin yana bir vajh birla bu misol rost kelmasdurkim, chirog‘ning nuri chirog‘ga tobe’ va aning furu’idur (qismi). Vaqtiki asli xarob bo‘lsa, furu’ ham xarob bo‘lg‘usidur.

   Ammo insoniy ruh hayvoniy ruhga tobe’ emas. Balki muning misolini agar xohish qilsang, iymon nurini faraz qilg‘ilki, chirog‘ nuridan latifroq bo‘lg‘ay. Va chirog‘ning yollig‘i ul nur birla bo‘lg‘ay. Ul vaqt bu misol rost kelgusidur.

Qayd etilgan


Robiya  13 Avgust 2008, 15:19:07

   Bas, hayvoniy ruh insoniy ruhning uloviga o‘xshar, vaqtiki hayvoniy ruhning mijozida botil bo‘lsa, qolip o‘lar. insoniy ruh o‘lmas. Va lekin ulovsiz va qurolsiz qolg‘usidur. Bas, ulovning o‘lmagi va qurolini taboh (xarob) bo‘lmagi suvoriyni ma’dum (yo‘q) qilmas (ya’ni,vujud o‘lsa ruh o‘lmas.)

   Bas, hayvoniy ruhni insoniy ruhga asbob va ulov qilmoq ul vajhdandurki, Haq subhonahu va taoloning ma’rifatini sayd qilg‘ay. Agar ma’rifat saydini, o‘ljasini qo‘lg‘a kiritsa, asbob va ulovning halok bo‘lmog‘i insoniy ruh uchun xayriyat (yaxshilik)durkim, qafasdan xalos bo‘lur. Bu ma’noda hazrati rasuli akram s.a.v. xabar beribdurlarki: «O’lum mo‘minga tuhfa va hadyadur».

   Bas, kishi domni sayd uchun saklar. Vaqtiki sayd qo‘lga kelsa domning halokatini g‘animat bilur. Agar auz billoh (Alloh taoladan panohtilaymiz) sayd qo‘lga kelmasdin ilgari bu asbob va ulov halok bo‘lsa, aning hasrat va ma’siyatiga nihoyat yo‘qlur. Va bu aaam, hasrat qabr azobining avvalidur.

Qayd etilgan


Robiya  13 Avgust 2008, 15:20:59

FASL
Insoniy ruh haqiqati bayonida

   Endi bilgilki hayvoniy ruh bu olami sifliy (past olam)dandurkim, turli xiltlarning latif buxor (bug‘)laridan iborat. Va xilt to‘rtdur. Chunonchi, suv. otash, tuproq va bodel. Va mijoz balg‘am va safro va savdodan iborat.Chunonchi, suv, olov. tuproq, va bod mijozda muxtalif va mutadil bo‘lmog‘i, qarorat, namlik, sovuqlik va quruqlikning miqdori farqi bo‘lganidan ilmi tibga hojat tusharki, to‘rt tab’ni e’tidolda (o‘rta darajada, ya’ni, na issiq va na sovuq va na quruq va na ho‘l holatda bo‘lmog‘lig‘ini mo‘tadil deyiladi) tutmoq birla hayvoniy ruh mijozini mo‘tadil saqlamoq kerak. Toki u insoniy ruhga ulov va asbob bo‘lmoqg‘a shoyista bo‘lg‘ay.

   Bas, insoniy ruh, tuban olamdan emasdur. Balki olami ulviydan (oliydan), farishtalar javharidandur. Bu olamda ruh badan shahrida g‘aribdur. Va lekin bu g‘ariblik insoniy ruhga shu sababdandurkim, oxirat safari zodi rohini tayyor qilg‘ay. Chunki, Haq taolo xabar berur:

  Kulna ahbatu minho jami’an.

   Oyatning tafsiri: Biz (Odam, Havvoga, shayton, tovus va boshqalarga) bu joydan-jannatdan tushing, dedik. (Baqara, 38).

   Va yana Haq taolo aytibdur:

   Inni xoliqun basharan min tiyn. Fi iza savvaytu va nafaxtu fihi min ruhi. (Sod, 71- 72).

   Oyatning tafsiri: Biz ayturmizki, odamni loydan yaratdik. Vaqtiki rost va muhayyo qildim ul odam jasadini va nafx qildim odam badaniga o‘z ruhimdan.

Qayd etilgan


Robiya  13 Avgust 2008, 15:22:01

   Bas, bu oyatda ikki ruh hayvoniy va insoniy ruhning muxtalif turlicha ekaniga ishorat bor.
Chunonchi, insondagi hayvoniy ruxda mijoz mo‘tadildur. Va ilmi tib birla ul ruhniig e’tidolini bilg‘ay, tokim bemorlikni daf’ qilg‘ay. Va halok bo‘lmokdin saklag‘ay.

   Munga o‘xshash, insoniy ruhki, dil qaqiqatidur, ani ham e’tidoli bordurkim, yaxshi ibodat va riyozatdur. Ani shariat birla bilg‘ali bo‘lur. Toki shariat insoniy ruhni e’tidolida saqlar va aning sihatlig‘iga sabab bo‘lur.

   Mundin keyin «Arkoni musulmoniy» bayon qilg‘umdur. Bas. ma’lum bo‘ldi: kishikim, insoniy ruh x.aqiqatini bilmasa, oxiratni basiyrat birla taniyolmas. Xaq taoloni tanimog‘i xam mumkin emasdur. Bas, o‘zligini tanimoq oxiratni tanimog‘ining kalitidurkim, dinning asli «al-iymon billohi val yavmul oxir» ya’ni Alloh va oxirat kuniga ishonch - bu ma’rifatni muqaddam kelturdim.

   Ammo insoniy ruh asrorlaridin bir sirki, ani bayon qilmadim. Charoki, ani bayon qilmoqg‘a ruxsat yo‘qturki hech kishining fahmiga sig‘mas. Haqtaoloni tanimoq va oxiratni tanimoq hammasi ushbu aslga asoslangandir. Jahd qilg‘il, toki riyozat va mujohada (sa’y va g‘ayrat) tariqasi birla ul aslni bilg‘aysenkim, agar birovdan eshitsang, toqat qilolmassen.

Qayd etilgan


Robiya  13 Avgust 2008, 15:24:15

   Va bisyor xalq Haq taoloning bu sifatini angladilar, bovar qilmadilar. Bu sifat odam vujudida bor ekaniga nechuk bovar qilurlar. Balki ul sifat Haq taoloda mavjud, bor ekaniga oyat va axodis ochiq-oydin dalolat qilmas. Fahmlariga sig‘mag‘on so‘zni xalq eshitsa inkor qilg‘ay deb anbiyo alayhimussalom aytibdurlarki:

   Kallimu-n-nosa ala qadri ‘uquvlihim.

   Ya’ni, insonga, aqli va fahmlariga sig‘adurg‘on so‘zni aytinglar.
 
   Anbiyolardan ba’zilariga vahiy kelibdurkim, sifatlarimdan xaloyiqning fahmiga sig‘maydurg‘onini bayon qilmanglar, fahm qilg‘undeklarini bayon qilinglar. Va agar fahm qilmay inkor qilsalar o‘zlariga ziyon qilg‘usidur.

Qayd etilgan


Robiya  13 Avgust 2008, 15:25:32

                                                           FASL
                                             Ruhning abadiyligi bayonida


   Bilg‘ilki,insoniy ruhning haqiqati qolipsiz, zotida qoyimdur. O’z zotining qiyomi va xos sifatlari aslida qolipga hojati yo‘qdur. Va o‘lim ruh haqiqatini nobud qilolmas. Balki o‘lganning ma’nosi - insoniy ruhning - qafasdan chiqishidur.

   Xashr va ba’s va maodning ma’nisi ul emasdurkim, ruhni o‘lgandan keyin tirguzgaylar. (Chunki, ruh o‘lmaydi.) Balki ma’nisi uldurki, ruhni yana qolipga keltirurlar. Bu ma’no birlakim. nobud bo‘lg‘on badanni muhayyo va tayyor aylab, ruh tasarrufig‘a kirgizurlar. Chunonchi, avval ham bu tariqa qilib erdilar. Haq taolo uchun avvalgidan osonroqdurkim, ilgari ham ruh qolipini yaratib erdi, ioda vaqtida ruh boqiy va qolip qismlari ham boqiydurlar.

Qayd etilgan


Robiya  13 Avgust 2008, 15:32:41

FASL
Vujud va ruh bayonida

   Bilg‘ilki, bu borada ba’zi fuqaxo va mutakallimlar odam o‘lmagi birla ruh ham ma’dum (yo‘q) bo‘lur, undan keyin vujudga keltirurlar, deb o‘ylaydilar. Bu so‘z haqiqatga xilofdur. Bas, kishikim bu mazhabga boribdur, ahli basirat emas, va ahli taklid demakka ham yaramas. Agar ax/sh basiyrat bo‘lsa erdi, bilur erdikim, badanning o‘lmagi ruh haqiqatini nobud qilolmas. Va agar ahli taqlid bo‘lsa, oyatlar va hadislar mazmunidin bilur ediki, odam o‘lgandan keyin ruhyashayveradi. Insoniy ruh ikki qismdur. Sa’idlar (baxtlilar)ning va shakiylar (baxtsizlar)ning ruhlari. Va sa’idlarning ruhi borasida Kur’onda kelibdurki:

   Va lo taxzabanna - allaziyna qutilu fi sabilillohi amvotan bal ixya’un inda rabbihim yurzaquna. Farihiyna bimo atahumullohu min fazlihi. (Ol-i Imron, 169-170).

   Oyatning tafsiri: ul toifaki, haq yo‘lida o‘libdurlar, o‘lik gumon qilmagil, balki ular Haqtaolo o‘z fazli karamidin ato qilg‘on ne’matlaridin bahramand (rizqli) va lutfu marhamati birla bergan fazilatlaridan shod xursanddirlar.

Qayd etilgan