Imom G'azzoliy. Kimyoi saodat (Ruh haqiqati)  ( 350979 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 ... 48 B


Robiya  13 Avgust 2008, 15:41:30

   Ammo kofir va shakiylar haqida ulki, Badr jangida o‘lgan kofirlarni jam’ qilib, bir quduqqa tashladilar.

   Hazrat rasuli alayhissalom ul quduq tepasiga borib, ul kofirlarning har birini otini aytib, qichqirib aytur erdilar: Ey faloniy! Ul va’dakim, Xudoi taolo dushmanlariga kahr na g‘azab qilmoqg‘a bizlarga berib edi, hammasini rost topduk. Xudoi azza va jalla ul va’dalarini tahqiqiga yetkurdi va sizlarga ham o‘lgandan keyin azob va uqubat qilmoqg‘a bergan va’dalarini Haq va rost ko‘rdunglarmu?

  Sahobalar ayttilarki:
- Yo rasululloh! Bu murdorlar o‘lukdurlar. O’liklar so‘zni eshiturmi?

   Hazrat payg‘ambar s.a.v. ayttilarki «Qasam qilurman Xudoning ismi birlakim, Muhammadning joni aning qudrat qo‘lidadur. O’luklar sizlardin eshitguchirokdurlar. Va lekin javobidin ojizroqdurlar».

   Bas, har kishi. o‘liklar haqida vorid bo‘lg‘on hadislar va axbordin voqif bo‘lsa, chunonchi,alarning ahli motamdin ogoh bo‘lmog‘i va kimlar ziyorat qilg‘onini va onchakim olamda o‘tadur-hammasi bilurlar. Bas, shari - sharifda ruhning nobud bo‘lmog‘iga hech imo va ishorat ham yo‘qtur. Balki sifat va manzil o‘zgarur. Chunonchi dadisda kelibdurkim: go‘r (inson ruhi yashaydurg‘on), do‘zaxning g‘orlaridan biri va yo bihishtning bog‘chalaridan biridir.

   Aniq bilgilki, o‘lmak birla o‘z zotingdin va zotingga xos sifatlardin hech biri botil bo‘lmas. Va lekin his va harakat va sezgilarkim, dimog‘ va a’zolar vositasi birla edi, bular botil bo‘lur. Va sen tanho-mujarrad qolursen. Chunonchi, (inson vujudi) ulovga o‘xshashdurkim, kishining oti o‘lsa piyoda qolur. Ul kishi johil bo‘lsa donishmand bo‘lmas. Va agar ko‘r bo‘lsa, ko‘ruvchi bo‘lmas. Va agar ko‘ruvchi bo‘lsa ko‘r bo‘lmas. Faqat ruh piyoda qolg‘usidur.

Qayd etilgan


Robiya  13 Avgust 2008, 15:42:35

   Bas, badan ulov, ruh suvoriydir. Ushbu jihatdan ul toifakim, maxsusotdin qat’iy nazar qilib, Haq taoloning zikriga mustagroq (g‘arq bo‘lgan cho‘mgan) birla muroqabatda o‘tursa chunonchi, tasavvuf yo‘lining ibtidosi ushbudir: Ahvoli oxiratni mushohada qilurlar. Va o‘zgalarga o‘limdin keyin ma’lum bo‘ladurg‘on nimarsalar, tushida ko‘rg‘an nimarsalar aksari yodlarida qolmas. Va lekin asari - ta’siri boqiy qolur. Chunonchi, agar bihishtni anga ko‘rguzgan bo‘lsa, ruhida rohat va zavq va xursandlik hosil bo‘lg‘usidur. Agar do‘zaxni anga arz qilg‘on bo‘lsa, azob va xastalik ul kishida bo‘lg‘usi. Va agar tushida, xayolan ko‘rgan nimarsa yodida bo‘lsa, hikoyat qilg‘uvsi.

   Naql qilibdurlarkim, hazrati Rasli Akram (s.a.v.) namozda turib muborak qo‘llarini uzatdilar. Namozdan keyin sahobalar arz qildilarkim: «Yo, Rasululloh! Sabab na erdiki, namozda turib qo‘llarini uzattilar?»

   Rasululloh s.a.v. aytdilarki, «Bihishtdan bir bosh uzum menga arz qildilar.Xohladimki, bu jahonga kelturgaymen, ersa g‘oyib bo‘ldi». Bas, gumon qilmag‘ilki, bihisht ne’matini bu olamga kelturmak mumkin bo‘lg‘ay (deb). Agar mumkin bo‘lsa, hazrati Rasululloh s.a.v. keltirur erdilar. Va mahollik vajhini zikr qilmoq darozdurkim, bayonga sig‘mas.

   Va maqsud uldurki, gumon qilmag‘il, hazrati Rasuli : alayhissalom biqisht ahvolini Jabroil alayhissalomdin eshitmak birla bayon qildilar (deb). Hazrati Rasuli Akram s.a.v. bihishtni o‘zlari ko‘rib bayon qildilar; va jannat haqiqatini bu olamda ko‘rmadilar, balki, o‘zlari bu olamdan g‘oyib bo‘lib, ul olamga borib ko‘rdilar. Va bu (hodisa) Rasuli akram s.a.v.ning bir nav’ mo‘jizalaridandur.

   Va lekin g‘oyib bo‘lmoq ikki tariqatda bo‘lur. Biri hayvoniy ruh o‘lmak birla, yana biri insoniy ruhning sayr etmog‘i birladur. Ammo bihishtni bu olamda ko‘rgali bo‘lmas. Chunonchi yetti osmon va yetti zamin pista po‘chog‘iga sig‘maganday, bihisht ham bu olamga sig‘masdur. Odamiyning bu olamdagi besh hissiyoti bihishtni ko‘rmakka toqat keltira olmakim, ul olamning havosi o‘zgadur.

Qayd etilgan


Robiya  14 Avgust 2008, 12:59:03

FASL
Qabr azobining ma’nolari bayonida

   Endi qabr azobining haqiqiy ma’nolari haqida so‘zlaymiz. Bilgilki, qabr azobi ham ikki qismdur: ruhoniy va jismoniy (azoblar)ni hamma xaloyiq bilurlar. Ammo, ruhoniy azobni har kishi (ya’ni, hech kishi) bilmas. Va lekin odamiydan o‘lmagi birla qo‘l, oyoq, ko‘z, quloq - hamma a’zolaridagi havosni ( hirslarni) ayol, farzand, molu-mulk, hammasini olurlar. Agar odam dunyoda bir sevimli narsa bilan mashg‘ul bo‘lsa, ul narsani olib qo‘ysalar, ruhi bu narsaning firoqida azobga mubtalo bo‘lg‘usidur. Agar odam dunyodan hech narsaning muhabbatiga ko‘ngildan joy bermagan bo‘lsa, bu dunyodagi g‘alvalar, xafachilik, g‘am, tashvishlardan bezigan va ulardan forig‘ bo‘lishni orzu qilgan bo‘lsa, mazkur ruh o‘limdan rohat topgandir.

   Va agar dunyoda Xudoi taoloning do‘stligini hosil qilib, zikriga uns va ulfat bo‘lib, bu dunyodan yuz o‘girgan bo‘lsa, sevimli do‘stining diydoriga vosil bo‘lub, olam tashvishlaridan xalos va saodati abadiyga musharraf bo‘lg‘usidir.

   Andisha qilgilki, bir odam o‘zining aslini tanimabdur, boqiy, abadiy yashashni bilmabdur, agar bu dunyoni do‘st, sevimli deb o‘ylasa, hech shak shubha qilmagilki,o‘lgandan keyin ul ruh sevganlari firoqda azobga mubtalo bo‘lg‘usidir. Hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlar:

  Ahbib mo shi’ta fa innaka muforiquhu.

   Ya’ni, bu olamda nimalarni yaxshi ko‘rsang, albatta sen u narsadan judo bo‘lib, firoqi alamiga mubtalo bo‘lgungdur.


Qayd etilgan


Robiya  14 Avgust 2008, 13:01:02

   Bas, do‘stu g‘amxo‘rim Xudoi taolodur, deb bilsa, mol dunyoni va dunyodagi nimarsalarni sevmasa, hech shak qilmag‘aykim, agar yo‘l ozig‘i bo‘lg‘uncha dunyolikni lozim tutsa, vaqtiki, bu olamdin borsa, ranj va mehnatdan xalos bo‘lub, rohat va osoyishga yetkusidur.

   Va har kishikim, bularni bilmaydur, qabr azobini tortmog‘ida hech shak yo‘qtur, dunyo mo‘‘minlar behishti emasdur, balki dunyodorlarning behishtidur. Ul toifakim, hamma himmatlarini dunyoga qo‘yibdurlar, ular haqida bu hadis mashhurdur:

  Ad-dunyo sijjinul mo‘miniyn va jannatul-kofiriyn.

   Ya’ni, bu dunyo-mo‘‘minlarning do‘zaxi va kofirlarning jannatidur.


Qayd etilgan


Robiya  14 Avgust 2008, 13:05:07

FASL
Qabr azoblariniig turli-tumanligi bayonida

   Chunonchi, qabr azobining aslini taniding, ya’ni, qabr azobining sababi odamning bu dunyoni yaxshi ko‘rganidandur. Bilgilki, bu azoblar turli-tumandir. Ba’zilarga ziyoda va ba’zilarga kam, ya’ni mol-dunyoga do‘stligi miqdoriga boqib azob bo‘lur. Bas, kishikim, dunyolikdan oz narsaga ko‘ngil bog‘lasa, bu kishining azobi dunyolikdin joh, dabdaba, hashamatga ko‘ngil bog‘lagan kishining azobidan kamroq bo‘lg‘usidur. Chunonchi bu olamda bir kishining bir otini g‘orat (talon) qilsalar, yana bir kishining o‘n otini g‘orat qilsalar, bir oti g‘oratga ketgan kishiniig ranj alami o‘n oti g‘oratg‘a ketgan kishidin kamrog‘ bo‘lg‘usidur. Bas, har kishining azobi va uqubati, osoyishi va rohati dunyodagi yo‘qotgan narsa va havaslarining miqdoriga ko‘ra bo‘lg‘usidur.

   Ul kishikim, mol-dunyo jam’ qilib, hamma himmatini dunyoning muhabbatiga bog‘lasa, bu toifa holidin Xudoi taolo xabar berurkim:

   Zolika biannahamus - tahabbul hayotad - dunv alal oxirati. (Nahl, 107).

   Oyatning tafsiri: «Ul toifadurkim, dunyoning besh kunlik tirikligini oxiratning abadul abad podshoxlig‘idan ziyoda ko‘rurlar, bu toifaning azobi qattiqroqdur».

   Naqldurkim, hazrat rasuli akram s.a.v. sahobalarga bu oyatni o‘qirdilar.

   Fa inna lahu maishatan zankan. (Toho, 124).

   Dedilarki, bilurmisizlar, bu oyat na ma’nida nozil bo‘lubdur? Sahobalar aytdilarki: «Xudo va Xudoning rasuli olimdur». Onhazrat alayhis salom ayttilar: «Kofirlarga go‘rdagi azobning biri bukim, har kofirga to‘qson to‘qqiz ajdarhoni musallat (tayin) qilurlar. Har yilonning to‘qquz boshi bor. Ul kofirga to qiyomatgacha nish urarlar».

Qayd etilgan


Robiya  14 Avgust 2008, 13:07:20

   Bas, basiyrat ahli bu ajdaholarni qalb ko‘zi birla ko‘rub, mushohada qilibdurlar. Va axmoq bebasiyratlar ayturlarkim, biz go‘rga qararmiz, hech o‘lukda bu nav’ ajdaholarni ko‘rmasmiz. Agar rost bo‘lsa erdi, bizlar ham ko‘rar erduk.

   Bas, bu ahmoqar bilmaslarkim, bu ajdaholar o‘lukning ruhiga musallatdur. Va jonlarining ichida paydo bo‘lg‘uchidur. Balki ajdaholar o‘lmasdan ilgari odamiylar ichida bordur, anindin g‘ofildurlar, Bas, bilgil, bu ajdaholar aslida nafsdin va nafsning sifoti mazmuma (yomon, nafratli) fe’lidan. Bu ajdaholar boshining adadi va sifoti yomon xulqlarning miqdoriga ko‘ra bo‘lg‘usidur. Bu azobning asli tiynati mol-dunyoni do‘st tutishdandir. Bu ajdaholar kofirlarning ichida barqaror va yashirindur, ular kofirlarning joni ichra musallat bo‘lmog‘i (ularning) Xudo va rasulni bilmagani jihatidin emastur. Balki mol-dunyoni sevgani jihatdindur. Chunonchi: Xaq taolo xabar berur:

   Azhabtum tayyibatikum fi hayotikum ud - dunyo.

   Mazmuni: «Sizlar o‘z huzur - halovatlaringizni dunyodagi hayotingizdayoq tugatdingiz». (Ahqof, 20).

   Va agar ajdaholar odamiyning zoxir badanida bo‘lib, ko‘zga ko‘runsa, andin bir soatda xalos bo‘lish mumkin bo‘lur erdi. Va lekin bu ajdaholar jon ichida barqarordur. Andin qochib qutulmoq mumkin emas. Chunonchi, kishi kanizagiga oshiq bo‘lsa shuning ajdahosi ani joniga nish urar. Bas, bu ajdaho ul kanizakning ishqidurkim joni ichra barqaror va yashirindur. Agar ishq bo‘lmasa firoq ranji dilni xarob qilmas erdi. Bas, bu dunyoning mehri bo‘lmasa, bu ajdarlar ruh mamlakatini tasarruf qilolmas. Bas, har kishi azob-uqubatning sababini oxiratga o‘zi olib borg‘usidur. Ushbu ma’noda hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlar:

   Innamo xiya amolukum turaddu ilaykum.

   Ya’ni «Mundin o‘zga emasturkim, ul azob va uqubat o‘zunglarning amallaringdur, o‘sha ishlaringni senga hukmron qilg‘usidur»

Xudoi taolo xabar berurkim:

   Va inna jahannama la muhiytatun bil kofiriyna.

   Oyatning Tafsiri: Chindan ham jahannam kofirlarni ixota qilib (o‘rab turgan) qo‘rg‘ondir. (Ankabut, 54).

Qayd etilgan


Robiya  14 Avgust 2008, 13:08:24

                                                                 FASL
                                   Qabr azobining hammaga emasligi bayonida


   Hamono aytursen, qabr azobi dilning olam aloqalariga bog‘liq bo‘lg‘on jihatidan bo‘lsa olamda hech kishi yo‘qturkim, xotin, farzand va molu johni (mansab, amalni) do‘st tutmasa. Bas, hamma olam xalqiga qabr azobi bo‘lmog‘i va hech kishi bu azobdan xalos bo‘lmasligi lozim keladur. Aslida bunday emas. Balki olam sahnasida ba’zi toifa odamlar bo‘lurkim, dunyodan ko‘zi to‘q bo‘lub, dunyo mashrabgohidan ularga hech lazzat va osoyish bo‘lmas. Bunday odamlar hamisha o‘lumni orzu qilurlar. Ko‘proq darveshlar ushbu qabiladandur.

   Ammo tavongir (kuchli, qudratli) davlatmandlar ikki guruhi bo‘lurkim, dunyoning tirikchilik uchun zarur narsalarini do‘st tutarlar. Agar Haq taoloning do‘stligi ziyodaroq erur, ularga ham qabr azobi bo‘lmas.

   Bu toifaning misoli ul kishinig holiga o‘xsharkim, bir shaharga mutasaddi (hokim) bo‘lib, ne’matlari ho‘b, mo‘l, va imoratlaridan bahramand , xushhol, xurram va sarafroz bo‘lg‘ay . Va lekin bu kishi yana bir shaharning podshohligini orzu qilg‘aykim ul shaharda anvoi turli imoratlar va rango-rang ne’matlar bo‘lg‘ay. Vaqtiki, bu shaharning podshohligi muyassar bo‘lsa, o‘z shahridan chiqmog‘i, imorat va ne’matlarini tark qilmog‘i qiyin emas, unda ranj va alam bo‘lmas. Yangi podshohligining muhabbati o‘z shahrining ne’matlariga mehridan ko‘ra balandroqdir.

Qayd etilgan


Robiya  14 Avgust 2008, 13:11:30

   Bas, anbiyo va avliyo va porsolarning ko‘ngillarida ham ayol, ham farzand, shahar, vatanlariga iltifoti bordur, ammo vaqtiki hazrati Haq subhonahu va taoloning do‘stligi - mehri paydo bo‘lib, andin lazzat va uns topsalar, ayol va farzand, shahar, vatan firoqi oson bo‘lg‘usidur, Va bu lazzat o‘lmak birla hosil bo‘lg‘usidur.

   Ammo ul toifa odamlarki, dunyoning lazzat va shahvatini do‘stroq tutubdurlar, qabr azobidan xalos bo‘lmaslar. Va juda ko‘p odamlar ushbu toifadindurlar. Chunonchi, Haq taolo xabar berur:

  Va in minkum illo voriduho. (Maryam, 71).

   Oyatning tafsiri: sizlardin do‘zaxga kirmaydurg‘on hech kishi bo‘lmas. Va bu qavm (ozroq) muddat azob tortarlar, vaqti yetib, dunyodin borg‘oni uzoq bo‘lub dunyo lazzatini faromush qilsalar hazrati Haq subhonaxu va taoloning asl do‘stligikim boqiy bor erdi, zohir va huvaydo (ravshan) bo‘lub, azobdin xalos bo‘lg‘aylar.

   Bu toifaning misoli ul kishining holiga o‘xsharkim, bir odamning bir imorati bo‘lg‘ayki, yana bir imoratdin muni yaxshiroq ko‘rg‘ay. Va yo bir xotini bo‘lg‘ayki, yana bir xotindin muni do‘st va mahbubroq bilg‘ay. Vaqtiki ul mahbubdin judo qilib, yana birini anga bersalar, bu kishi mahbubi firoqida necha muddat ranju-alamnok bo‘lur.

Qayd etilgan


Robiya  14 Avgust 2008, 13:12:45

   Vaqtiki, keyingi xotiniga asl muhabbati va do‘stligi paydo bo‘lsa avvalgi imorati va mahbubining firoqi ranjidan xalos bo‘lg‘ay. Ammo ul kishiki, Haq taoloning do‘stligi ko‘nglida barqaror bo‘lmabdur, abadul abad azobda qolg‘usidur. Va kofirlarning (do‘zaxda) muhallad (doimiy, abadiy), bo‘lmog‘ining sababi ushbudur. Har kishi da’vo qilsakim, Xudoi taoloni do‘st tutarmen, va yo ayturkim, dunyodin Xudoi taoloni do‘stroq tutarmen (deb), bas, bu da’voni tanimoqqa (tekshirmoqqa) bir mahak (sinov toshi) bo‘luvchi dalil bordurki, aning birla yaxshiroq tanib olur.
   
   Chunonchi, nafs va shahvat odamiyni bir ishga buyurur, o‘shal ish Haq taoloning shariatiga xilof bo‘lur. Bas bu kishi shariatning farmoniga o‘zini moyilroq ko‘rsa, Xudoi azza va jallani do‘st tutg‘onidur. Chunonchi, bu kishi ikki kishini do‘st tutsa, bu ikkovidin biriniig muhabbati ziyodaroq bo‘lsa, va bu ikkov orasida ixtilof voqe’ bo‘lsa, o‘zini muhabbati ziyodaroq do‘stiga moyil ko‘rar. Bu vaqtda unga ziyoda do‘stligi ma’lumdur. Bas, bu tariqa bo‘lsa tilida do‘st demak hech foyda qilmas. Chunonchi, hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlarki: «Lo iloha illolloh deguvchilar haq azobidin xalos bo‘lur. Ammo ul toifaki, tillarida bu kalimani aytib, ko‘ngillarida dunyoning muhabbati din va mazhab muhabbatidan ziyodaroq bo‘lsa Haq subhonahu va taolo bu toifa haqida «Bu tariqa kalimago‘ylar yolg‘onchilardur - kim, azobdin xalos bo‘lmaslar» - deydi.

   Bas, bilg‘ilki, ahli basiyratlar (xushyor, zehnli, uzoqni ko‘ruvchilar) botinlari mushohadasi birla qabr azobi bo‘ladurg‘on kishini bilurlar. Va lekin azobning og‘ir va yelgilligida tafovutlar bordur. Chunonchi, dunyo aloyiqi (moddiy boylik) muhabbatida tafovut bisyordur.

Qayd etilgan


Robiya  14 Avgust 2008, 13:13:55

                                                                    FASL
                                              Hoyu havas va qalb pokligi bayonida


   Bir guruh axmoq va mag‘rurlar ayturlarki, agar qabr azobi dunyo aloyiqig‘a ko‘ngil berganidan bo‘lsa, bizlar ul azobdan xolidurmizki, dunyo aloyiqiga muhabbatimiz yo‘qdur. Dunyoning bori-yo‘g‘i bizlarga bari bir. Va bu da’volari (o‘rinsizdur) toki ayrilmaguncha bilmaslar.

   Bas, bularning da’vosi ul vaqtda rost bo‘larki, qo‘lidagi molini o‘g‘ri olsa, va yo zo‘rlik birla yana bir kishi tasarruf qilsa, dunyoligi yo‘q bo‘lg‘anida ko‘ngliga hech asar va xalal yetmasa, bilg‘aymizki, bu qilg‘on da’vosi rostdur. Va ba’zi kishilar bordurki, ayol va kanizaklarga hech taalluqimiz yo‘q derlar. Va ayollaridan ajrab kanizaklarini sotsalar ko‘ngillarida pinhon ishqo‘ti shula urub, devona va rasvo bo‘lurlar. Bas, har kishi go‘r azobidan xalos bo‘lishni xohlasa dunyoning hamma aloyiqlaridan (bordi keldilaridan) uzulg‘ay, magar ehtiyoj uchun zarur bo‘ladigan narsalarni lozim tutg‘ay. Zaruratdan ham xalos bo‘lmoqni xohish qilg‘ay. Va kishiki, zarur bo‘lub, xalojoyga bormoqni istasa, zaruratdan xalojoyni ham yaxshi ko‘rgay. Va tezroq u yerdan chiqmoqni xohish qilg‘ay. Inson uchun taom yemak zarurdir, va me’dani taomdan xoli qilmoq ham zarurdur. Bas, dunyoning hamma ishlari munga o‘xshash zarurdur. Agardilni dunyo aloyiqidan holi qilolmasang, Haqtaologa toat va ibodat qilmoqqa, zikr aytmoqqa harakat qilg‘il, toki toat va zikrning lazzati ko‘nglingda ziyoda bo‘lsin. Sarhisob bergilki, sen shariat farmonini tutmoqni va Haq taologa ibodat qilmoqni o‘z nafsing xox.ishidan ustunroq bilsang, umid qilgilki, azobi qabrdan halos bo‘lg‘oningdur. Agar nafsningxohishi toat va ibodatdan g‘olib bo‘lsa azobi qabrdan halok bo‘lmassan, toki Haq taoloning avfi va karami bo‘lmaguncha.

Qayd etilgan