Imom G'azzoliy. Kimyoi saodat (Ruh haqiqati)  ( 350968 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 ... 48 B


Robiya  14 Avgust 2008, 13:15:33

FASL
Ruhiy do‘zax bayonida

   Vaqt uldurki, endi ruhoniy do‘zaxni sharh qilg‘umdur. Ruhoniy do‘zax deb ani ayturmizki, azob faqat ruhga bo‘lur tan o‘rtada bo‘lmas. Chunonchi, Haq taolo xabar berur:

   Narullohil muvqoda, allatiy tattoli’u alal af’ida. (Humaza, 6-7).

   Oyatning tafsiri: Haq taolo yondirgan o‘tdirki, dillar ichida shu’la urib qulguvchidur. Bu o‘t Alloh afv etguncha azob berur. Va ul o‘tki badanni kuydirur, ani jismoniy atarlar.

   Bilg‘ilki ruhoniy do‘zax uch qismdur. Avvalgi qism - dunyo lazzatlarining firoqi (mahrumligi) o‘tidur. Ikkinchi qism dunyoning gunohdan iborat lazzatlarining xijolatchiligi va rasvoligi o‘tidur. Uchinchi qism - Haq taoloning jamoli bo - kamoli tajalliysidan mahrumlik o‘tidur.

   Bu uch qism otash dilu jonni kuydirur, badan birla ishi bo‘lmas. Va lozimdurki, bu uch qism otashning sababini sharh qilsak, (gunohkor) bu o‘tlarni oxiratga o‘zlari bilan elturlar. Bas, bu o‘tlarning ma’nosini zohiriy olamdan bir misol bilan bayon qilg‘umdur.

   Ammo, avvalgi otash dunyo ne’matlari va lazzatlari o‘tidur, andog‘ki. oshiq ma’shuqi birla do‘zax ichida bo‘lsa, anga bihishtdur. Vaqtiki ma’shuqidan judo erur, behisht ham anga do‘zaxdur.
Bayt:

Jannat ersa maskanim sensiz erur do‘zax maiga,
Do‘zax ulg‘ay jannatim vaslingdan o‘lsam benasib.

   Bas, bu dunyoning oshiqlari (dunyoni sevguchilar) bu dunyoda go‘yo behisht ichidadurlar. Va bular oxiratda do‘zaxiydurki, ma’shuqidan - (sevgan mol, dunyo, mansablaridan) ayrilib qolurlar. Ba’zi narsalar lazzat va rohat sababidur va ba’zisi ranj, uqubat sababidur.

Qayd etilgan


Robiya  14 Avgust 2008, 13:17:31

   Masalan, bu dunyoda podshoh bo‘lg‘ayki, hamma ro‘yi zamin (Yer yuzi) xalqini itoatda tutg‘ay. Ul podshoh hamisha oftob tal’at va zebo qomat ma’shuqalari birla rango-rang saroylar ichra aysh-ishratlar qilg‘ay. Bas, bir tarafdan dushmani paydo bo‘lib bu podshohning tamomi mamlakati, xazina va ma’shuqalarini tasarruf qilib, bu podshohni sakbonlikg‘a (itboqarlikg‘a) qo‘ygay. Va aning nazarida zani (ayollari), xazinalari va kanizaklari birla dushmanlari aysh-ishrat qilg‘ay. Bas, bu odamning holi na kechgusidur Bularning barchasidan judolik uning dilu jonini kuydirur. Bir yo‘la o‘zini halok qilmoqqa xohish qilurki. bu azoblardan xalos bo‘lay deb, ammo bu ham muyassar bo‘lmas. Va bul bir otashning misolidur.
   
   Bas, kimki bu dunyoda hayoti farovonroqdur, noz-ne’matlari va rohat, lazzatlari ko‘proqdur, bulardan oxiratda ayrilganida azob-uqubati shu qadar ko‘proqdur. Bul vajxdan ranj va alam yetgan kishi ko‘z va quloqlarini bir narsaga nigoron va mashg‘ul qilsa, yoki uxlasa ul ranj, alami kamroq bo‘lur. Va agar musibat yetgan kishi uyqudan uyg‘onsa, musibati, alami avvalgidan ziyoda bo‘lur. Va agar g‘am, anduhi ko‘p odam o‘lsa, tamomi azoblaridan xalos bo‘lur.

   Gumon qilmag‘ilki, oxiratdagi o‘t bu olamdagi o‘tga o‘xshash bo‘lur deb. Balki do‘zax o‘tini olib, yetmish marta suvga cho‘kdirib, undan so‘ng bu olamga keltirgandurlar.

Qayd etilgan


Robiya  14 Avgust 2008, 13:18:50

   Ikkinchi otash, qilg‘on gunohlariga sharmandalik va rasvolik o‘tidur. Bu otashning misoli uldurki, bir podshoh uzoq safarga chiqish oldidan bir hasadgo‘y, nomard yigitni o‘z o‘rniga noyib qilib, tamomi mamlakati va xazinalarini anga topshirgay va haramiga yo‘l bergay va hamma ishlarida unga ishongay. Bas, bu yigit noz-nematlarga ega bo‘lmoq, birla botinida tog‘iy (tug‘yonkor, isyon kor) bo‘lib, isrof qo‘lini ochgay, podshoh haramiga xiyonat qilg‘ay. Zohiran podshohg‘a o‘zini diyonatli va sadoqatli qilib ko‘rsatg‘ay. Podshoh (hech qayoqqa ketmay) derazadan uning badkorligi va xiyonatlarini ko‘rib turg‘ay. Badkor va xoin odam podshoh barchasini ko‘rib turganini bilgach, u mening hamma rasvolig‘imni oxirigacha ko‘rmoqchi bo‘lib, indamay turgan ekan, endi meni qiynoqqa solar, deb o‘zini halok etishga harakat qilur, ammo muyassar bo‘lmas. Sharmandalikdan o‘zini qo‘yarga joy topolmas.

   Shunga o‘xshash bu olamda zohiringni yaxshi ko‘rsatib, botiningda chandon gunoh va badkorlikdar qilursan. Qiyomatda qilgan gunohlaring oshkora bo‘lib xaqiqiy podshoh af’oli tabohing (yomon fe’l, ishlaring)dan voqif bo‘lsa, rasvoliq o‘ti jonu dilingga tugashg‘ay.

   Va g‘aybning xaqiqati ushbudurki, bugun sen nimalarni yashirsang, tongla hammasi oshkora bo‘lg‘usidur. Shu ma’noda odam tushida o‘likning go‘shtini yesa uyg'oqligida birovlarni g‘iybat qilgani oqibatidir. Hayotda birovlarga tosh otmag‘ilki, ul toshlar oqibatda o‘z uyingga otilib, farzandlaringni ko‘r qilg‘usidur.

   Kim bu olamda birovlarga hasad qilsa, unga ko‘p zararlar yetkazishni xohlar va yomonliklar qilar. Aslida bu zarar va yomonliklar o‘z boshiga yetar. Qiyomat kuni bu olamda qilgan toat va ibodatlaringni sendan zarar ko‘rgan odamning nomai a’moliga biturlar, va ul hasadgo‘y toatsiz qolgay va dinu iymoni nobud bo‘lg‘ay.

Qayd etilgan


Robiya  14 Avgust 2008, 13:19:56

   Qiyomat kuni suvrat ma’noga tobe’ bo‘lg‘usidur, dedik. Hamma suvrat (zohiriy ish) haqiqati bilan oshkora bo‘lib, rasvolik va sharmandalik o‘shanda bo‘lg‘usidur. Andog‘ki, uyquniig ul olamga yaqinligi bordurki, uyquni o‘limning birodari debdurlar. Tushda ko‘rgan ma’no haqiqatini ishorat qilurlar. Chunonchi, bir kishi Ibn Sirinning qoshiga keldi va aytdi: «Tushimda ko‘rdimki qo‘limda bir uzugim bor emishki, tamom erlar va xotinlarning farjlari va og‘izlariga muhr bosib yurur emishman». Ibn Sirin bu tushni ta’bir qilib aytdiki, «Ramazon kunlari muazzin (azon aytguvchi) bo‘lursan, subh (tong otishi)dan ilgari azon aytursan». Ersa, ko‘p o‘tmay, ramazon oyi keldi, ul kishi muazzin bo‘ldi. Mohi ramazonda tong payti azon aytilgach, quyosh botguncha barcha odamlar og‘iz ochmas va er xotinlar o‘zaro yaqinlik qilmas.

   Ajibroq, buki, uyquda qiyomat ahvolidan senga namuna bildirurlar va lekin hech ogohlig‘ va xabaring bo‘lmas.

   Xabarda kelibdurki, qiyomat kuni dunyoga zeb va oroyish berib, xunuk, palid bir kampirni keltirurlar va har kishi ko‘rsa, «Nauzu billah minho» deb, undan qocharlar. Farishtalar ayturlarki, «Bu o‘sha sizlarning sevgilingiz dunyodur, buning uchun dunyoda o‘zlaringni ayamay, qon to‘kar edinglar, bechoralarga rahm qilmas edinglar, endi mahbubingizdan qochursizmi?» Odamlar bu dahshatli xunuk kampirni ko‘rib sharmandalikdan uyalib, o‘zlarini do‘zaxga tashlashni xohlarlar.

Qayd etilgan


Robiya  14 Avgust 2008, 13:23:42

   Hikoyatda kelibdurki, bir podshoh jashni oliy (katta to‘y) qilib o‘g‘liga xotin olib berdi. Ersa, kelinni mahram sarog‘a (chimildiqg‘a) tushirdilar. Shahzoda o‘rtoqlari bilan bazmi jamshid qilib sharob ichmakka mashg‘ul bo‘ldilar. Hamsuhbatlari hammasi mast bo‘lib uxlab qoldilar. Shahzoda xam o‘zini bilmay, xotinning qoshiga kirishni xohlab xonasidan chiqib bir ko‘chaga kirib ketdi. Shahar ichida yo‘l yurib, bir uyda chirog‘ yorug‘i tushib turgani ko‘rindi. U xotinim shu uydadir, deb o‘yladi. U joyda qancha odamlar uxlab yotibdurlar. Yigit har chand ovoz qildi, hech kim uyg‘onmadi. Bular orasida ko‘rdiki bir ayol yangi chodra yopinib yotibdur. Xotinim shu ekan, «Men kechikib qOltanim uchun uxlabdur», deb gumon qildi. Aning quchog‘iga kirdi, chodrasini ochdi, dimog‘iga xushbuylik yetdi. Ersa, tong otguncha ul ayol bilan muosharat qildi va har lahza lablarini so‘rdi. Aning og‘zindan sovuq rutubat shahzodaning og‘ziga kelur edi. Yigit shodligidan aytur ediki, og‘zining gulobini mening og‘zimga quydi deb.

   Vaqtiki tong otdi, shahzoda xushiga keldi, ko‘rdiki ul uy gabr (kofir)larning dahmasi go‘ristoni ekan, ul uyqudagi xalq o‘liklar ekan, va ul chodra ostida yotgan xunuk, palid bir kampir ekan.

   Gulob deb gumon qilgani najosat ekan. Shahzoda ko‘rdiki hamma yog‘i najosat bo‘libdur. Yigit buni anglagach, sharmandalik va rasvoliqdan o‘lar holatga yetdi. Bu oludalik (ifloslik) birla tashqariga chiqishga andisha qildi. Aytur erdiki, bu holatdan davlatpanoh voqif bo‘lsa, sharmandalikdan holim nechuk bo‘lg‘usi deb vaxshatda o‘ltirur erdi.

   Podshoh o‘g‘li g‘oyib bo‘lganini anglab, arkoni davlati birla ko‘chalarni izlab, shahzodani vahima va sharmandalik birla o‘tirgan joyida topdilar.

Qayd etilgan


Robiya  14 Avgust 2008, 13:26:41

   Boqgilki, ul shahzoda sharmandalikdan ne holga tushibdur. Bas, tongla qiyomat kuni mol-dunyo ahli dunyoning hamma lazzat va rohatlarini ushbu sifatda ko‘rgaylar.
   
   Balki andin chandon ziyoda sharmandalik va rasvolik bo‘lg‘usidurki, qiyomatning holini bu olamning misoli birla bilgali bo‘lmas. Ammo bu voqea bandaning qiyomatdagi qolidan andak namuna va nishonadur.

   Uchinchi otash Haq subhonahu va taoloning jamoli bo-kamoli va bezavolidan mahrum va ul saodatdan navmid (noumid) bo‘lg‘onning o‘tidurki, bu o‘tning sababi joqillik va nodonlik. Riyozat va mashaqqat tortib, ma’rifat hosil qilmagan ko‘r va johildir. Ma’rifat hosil qilish uchun mashaqqatu kulfatlar tortib, ilm o‘rgangaylar. Haqtaoloning jamoli bokamoli tajalliysidan mahrum qolmagaylar.

   Ravshan oyna zang bosganida jamolni ko‘rsatmas. Munga o‘xshash ba’zi toifaning dil oyinalari gunoh - ma’siyat zangidan va shahvat, lazzat g‘uboridan tiyra (xira, qora) bo‘lgandurki, ko‘rlikdan qutulolmas. Buning misoli shunga o‘xshashki, bir guruh odamlar qorong‘u kechada bir kimsasiz joyga yetgaylar, u yerda qum va tosh (shag‘al) ko‘p bo‘lg‘ay va qorong‘uda aning rangi bilinmas. Hamrohlaring senga aytg‘aylarki, toshlarda bisyor manfaatlar bordur. Shunga ko‘ra odamlar ba qadari himmat boyagi toshlardan yig‘ib olgaylar va sen hech narsa olmag‘aysan. Va aytg‘aysanki, bu ish naqadar ahmoqlik, bunday olib og‘ir yukni ranj, mashaqqat tortish, tongla bu toshlar kerak bo‘lur yo yo‘q, ma’lum emasdur. Bas, hamrohlaring bu toshlarni havas bilan yig‘ib, ranj, mashaqatlar bilan ko‘tarib yurgaylar. Va sen ularni masxara qilib aytursanki, har kimning aqli va ziyrakligi bo‘lsa o‘zini og‘ir yuklar bilan qiynamagay. Hovliqmay, osudalik birla yengilroq (ko‘p mol, dunyo to‘plamay) tirikchilik qilgay. Va aytursanki odam ahmoq va nodon bo‘lsa o‘zini eshakka o‘xshatib, og‘ir yuklar yuklab, ranj, mashaqqatlar tortur. Bas, vaqtiki tong otsa, ko‘rarlarki ul ko‘targan toshlari la’l, gavhar yoqut erurki, har birining bahosi yuz ming dinor bo‘lg‘ay. Va bu ne’matlar toat, ibodat gavharlaridur.

Qayd etilgan


Robiya  14 Avgust 2008, 13:27:57

   Va ul qavmdan hech narsa olmagan yoki juda kam yuk Oltanlar hasrat va nadomat qilg‘aylarki nima uchun ko‘proq, yuk olmadik deb. Va sen hijolatga qolursan. Hamrohlaring esa ul la’l gavharlarga hayotning halol noz-ne’matlaridan olib, shahar viloyatlarga ega bo‘lib, umrini xursandchilik bilan o‘tkazgaylar. Seni o‘zlariga qulday ko‘rurlar. Xarchand bu ne’matlardan menga ham ozroq nasiba beringlar, desang ayturlarki, «Sen tunov kuni bizlarga kulib, masxara qilar eding, bizlar bugun seni masxara qilurmiz».

   «Xudoi taolo sizlarga ato qilgan sharbatdan bizlarga ham bir necha qatra va yo ne’matlardan bir necha zarra sochinglar». Ahli behisht ayturlarki, «Haq taolo behishtning sharbat va ne’matlarini kofirlarga harom qildi».

   «Masxara qilur edinglar bizlarni, endi biz sizlarni masxara qilurmiz, siz bizni masxara qilgan kabi».

   Bas, bu misol behisht ne’matlaridan benasib va Haq taoloning diydoridan mahrum qOltanlar haqidadur. Ul gavhar va yoqutlar toat ibodatniig misolidur. Ul qorong‘ulik dunyo misolidur. Kim toat, ibodat gavharlarini olami zulmatdan abadiy, chin dunyoga olib boribdur, hadsiz davlat va nihoyasiz ne’matlardan sarafroz bo‘libdur.

Qayd etilgan


Robiya  14 Avgust 2008, 13:29:15

   Ul kishiki, nasiya nimarsa uchun naqd ranju mashaqqatlar tortarmanu, deb toat gavharlaridan mahrum qolur, tongla qiyomatda faryod qilurki: «Afiyzu alayno minal - mo’i». Qiyomat kuni ahli ma’rifat va ahli toatlarga chandon saodat va sharofatlar ato qilurki, bu olamning hamma ne’matlari oxiratning bir soatlik ne’matiga barobar bo‘lmas. Haq taolo xatto do‘zaxdan chiqqan (jazosini olib bo‘lgan) odamlarga oncha ne’matlar berurki, dunyoning hamma ne’matlaridan afzaddur.

   Bu uch qism otashi ruhoniyni taniding. Endi bilg‘ilki, otashi jismoniy, badanni ham, jonu dilni ham kuydirguvchidur. Mundin ziyodaroqdur. Bas, har narsaning ranji, azobi ul vaqtda g‘olib bo‘lurki tab’i xohishiga zidligi anda g‘olib bo‘lsa. Masalan, qolip-badanning tab’i xohishi uldurki, badan tarkibidagi juz’, uzvlari (xalq, soddalik bilan a’zolari deydi) o‘z joyida barqaror va osuda (og‘rimasdan) turmog‘idur. Vaqtiki, do‘zax o‘ti badanni jarohatlasa, ajzolarini bir-biridan judo qilsa, ranj o‘ti uning ichini, jonu dilini ham kuydirib, har juzvidan unga o‘zgacha ranj va azob yetgusidur. Va dilning tab’i xohishi bu olamda - Haq taoloning ma’rifatini hosil qilmoq va abadiy olamda parvardigori olamning jamoli tajalliysini ko‘rishga musharraf bo‘lmoqdur. Bas, bu davlatning ziddi dilning nobiynoligi - ko‘rligidur. Aning ranju azobining nihoyati bo‘lmas. Bu otash jonu dil ichra paydodur va bu ko‘rlikni ular bu dunyodan oxiratga olib borg‘ondurlar. Va bu olamda ilmi yaqindan xabarsizligi sababli bu o‘tni ko‘rmagan edilar. Vaqtiki, o‘lsalar to‘siqlar bartaraf bo‘lib, ilmi yaqin birla (haqiqati bilan) bu o‘tni mushohada qilurlar.

   Kallo, lav ta’lamuna ilmal yaqin, latarovunnal jahim (Takasur, 5-6).

   Yo‘q, agar (dunyoparastlik oqibatini) aniq ilm bilan bilganingizda (uni do‘st tutmas edingiz). Qasamki, albatta sizlar do‘zaxni ko‘rasizlar.

   Bas, shariat jismoniy do‘zax va jismoniy behishtni tamomi sifatlari birla sharh qilibdur. Va bu vajhdan hamma xalqbehisht va do‘zax sharhini fahm qilurlar. Charoki, do‘zax o‘tidan bu olamdagi otash namuna va behisht ne’matlaridan bu olam noz-ne’matlari nishonadur. Ammo ruhoniy behisht va ruhoniy do‘zaxni shariat bayon qilmabdur. Shu sababli xalq ani fahm qilolmas. Charoki, bu olamda ulardan nishona yo‘qdur. Masalan, kichik bolaga desakki, sen bu saboqni o‘rgangil, uni o‘rgansang seni falon yerga amir yoki podshoh qilurmiz, ul go‘dakning ko‘ngliga bu so‘z mutlaqo ta’sir qilmas. Chunki go‘dak amirlik va podshohlik lazzatu rohatini ko‘rmagandir. Va agar desalarki, sen bu saboqni bilmasang, ustozing seni qattiq uradur, bu so‘zlar go‘dakning ko‘ngliga ta’sir qilur, chunki ustodining kaltagini avval sinab ko‘rgandur.


Qayd etilgan


Robiya  14 Avgust 2008, 13:31:19

                                                        FASL
                                      Ruhning to‘rt manzili bayonida


   Hamono aytursenki, ruhoniy do‘zax va behishtning sharhi va tafsili ulamolarning kitoblarida keltirilganlarda muxolifdir (biri boshqasiga xilof). Ulamolar aytibdurki, har nimarsani kishidan (va kitobdan) o‘rganmoq va eshitmoqtsan o‘zga tariqa birla bilgali bo‘lmas, Ruhoniy do‘zax va behishtni oddiy ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydi. Bas, bilgil va ogoh bo‘lgilki, ulamolar ruhoniy mas’alalarni sharh qilmaslariga nima uzr bo‘ldi erkan? Oxiratning sharhida har nimarsaki ulamolar bayon qilibdurlar, hammasi rostdir. Lekin ulamolar ruhoniyatni yo bilmadilar, va yo bilsalar ham sharh qilmadilar. Zotan, aksar xaloyiq ruhoniyat olamini bilmaslar. Har kishida qam ruhoniyatni (ruhiy olam ishlarini) fahm qilmoqqa qudrat yo‘qdir.

   Magar ul kishiki, Haq taolo fazlu karami birla hidoyat topibdur, ular fahm qilurlar. Bu tariqa kishilar (ko‘p zamonlarda bir) paydo bo‘lur. Va har nimarsaki ruhoniydur, sohibi sharh hazrati rasuli akram s.a.v.dan o‘rganmak va eshitmakdan o‘zga tariqa birla bilgali bo‘lmas.

   Ammo, yana ruhiy olam qaqiqatini bilmoq va tanimoqni furu’i (bir tarmog‘i) bordurki, ani basiyrat yo‘li va botiniy mushohada birla bilgali bo‘lur. Bu martabaga ul kishi yetarkim, shaqri va vatanidan muforiqat qilib (firoqda bo‘lib), rohi din safari ixtiyor qilsa va bu vatandan, shahar va xonadan murod bu ermasdurki, shahar va xona qolip (jism, badan)ning vatanidurki, ruh insonning haqiqatidur.

Qayd etilgan


Robiya  14 Avgust 2008, 13:32:09

   Bas, ruh o‘zining asl vatanidan insoniy vujud shahristoniga safar ixtiyor qilibdurki, u (vaqti kelib) yana o‘z asl vataniga qaytgusidir. Bu safar ichra nechand manzili bor olamdir.

   Bas, ruhning avvalgi manzili olami mahsusotdir (hissiyotlar olami), andin keyin taxayyulot, andin keyin mavhumot, andin keyin ma’qulot (aqliy olam)dur. Bas, ma’qulot ruhoniy ruhning to‘rtinchi manzilidurki, (odamning ruhi) o‘zga manzillarda xabar topmagan nimarsalardan olami ma’qulotda xabardor bo‘lg‘usidur.
   
   Bu olamlarning har birini bir misol birla fahm qilgani bo‘lur. Bunday misollardan biri, to odam mahsusot (hislar, sezgilar) olamidadur, aning darajasi parvona misllik ushoq (juda kichik) jonivorlar martabasidadur. Bu jonivorlar o‘zlarini chiroqqa ururlar, charoki bularda quvvai basira, ya’ni ko‘rmoqqa quvvat bor, va lekin xayol (xotira) hofizasi yo‘qtur. Bas, bu jonivorlar qorong‘udan qocharlar, kunduzni do‘st tutarlar va gumon qilurlarki, chirog‘ ravzanadur (yorug‘ dunyo eshigidur).

   Bas, o‘zlarini chiroqqa urarlar. Vaqtiki o‘tning so‘zoni (olovi) yetsa, ul dard hofizlarida turmas, va xayollarida to‘xtamas (chiroqqa talpinaverarlar). Charoki, bularda xayol quvvati hofiza (xotira) bo‘lsa edi, bir marta dardnok bo‘lg‘andan keyin, ikkinchi bor o‘zlarini o‘tga urmas edilar.

   Hayvonlarni esa bir marta tayoq birla ursalar, ikkinchi marta tayoqni ko‘rsalar, qochurlar, toki tayoqning og‘rig‘i hofizasida turar. Bas, mahsusot (olamni his etish) insoniy ruhning avvalgi manzilidur.

   Ikkinchi manzil - taxayyulot olamidur. Toki, odam bu darajaga yetsa, bahoyim (hayvonot) darajasiga yetganidur, toki bir nimadan ranj va alam (og‘riq) yetsa keyingi gal ul narsadan saqlanor.

Qayd etilgan