Imom G'azzoliy. Kimyoi saodat (Ruh haqiqati)  ( 350718 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 ... 48 B


Robiya  14 Avgust 2008, 13:32:44

   Uchinchi manzil - mavhumot olamidur. Vaqtiki, odam ruhi bu darajaga yetsa, ot va tuya birla barobar bo‘lg‘usidurki, dushmanning ranjini ko‘rmay turib, andin qochar. Chunonchi, qo‘y bo‘rini ko‘rsa va ot yo‘lbarsni ko‘rsa qocharlar. Bir marta ko‘rishdayoq dushmanni tanirlar, aning ranj va alamini ko‘rmasdan ilgari bilurlar. Agarchi fil, tuya va ot shaklda bo‘ridan va yo‘lbarsdan bahaybatdirlar, bulardan qocharlar. Bas, qo‘y, tuya va otda bir quvvatni qo‘yibdurki, aning birla ular do‘st, dushmanni ko‘rganda farq qilurlar. Ammo bu hayvonlar tonglaliq (ertanggi kunda keladigan) manfaat va zararni bilmaslar.

   Ammo, to‘rtinchi manzil - ma’qulot olamidur (aqliy olam). Vaqtiki odam ruhi bu martabaga yetsa, hamma hayvonlarning martabasidan o‘tar. To aqli va fahmi kamoliga yetguncha, odam hayvonlarga sherikdur. Vaqtiki, quvvai oqilasi kamoliga yetsa, olami insoniyatning avvalgi martabasiga yetkanidurki, har nimarsaning andozasini bilur... Va kelur zamonda bo‘ladurg‘on ishlarning salohi va fasodini bilur. Va hamma ishlar haqiqatini va alfozlari (so‘z, tushunchalari) ma’nolarini mulohaza qilur. Va har mavjudotki, ushbu olamdadir, nihoyati bordur. Har nimarsaki, maxsusot (hislar, sezgilar) olamidandur, ajsom (jismlar)dan boshqa narsa emasdur. Bas, ajsom mutanohiydur (nihoyasiga yetar, tugab bitar). Hamma odamlar yer yuzasida yururlar, hayvonlar ham yer yuzasida yururlar. Va odamning olami ma’qulotda hamma ash’yoning haqiqatini bilmoq bilan ravishi va tariqasi suv yuzasida yurganga o‘xshashdurki, bunday ishlar mardlar qo‘lidan kelgusidir. Va odamning mavhumot olamidagi ravishi kemada yurganga o‘xshashdur, aning darajasi obu xok (suv va tuproq)ning orasidadur.

Qayd etilgan


Robiya  14 Avgust 2008, 13:34:17

   Bas, ma’qulot darajasi yuqori martabadurki, anbiyo va avliyo va ahli tasavvufning maqomi va martabalaridur. Va bu maqomu martabaning misoli havouzrauchib yurganga o‘xshashdur. Hazrati rasuli akram s.a.v.ga aytdilarki, Iso alayhissalom suv uzasida mang‘ib yurar edi. Hazrat rasululloh aytdilar:

   «Rost aytibdurlarki, «va lav azdadul - yaqinan lamisa fil - havoi». Yani agar odamning (Haq taologa) tasdiqi va yaqinligi ziyoda bo‘lsa, (suv va havo) uzra yurgusidur.

   Bas, odamiyning (ruhiy olamga ) safari va manzillari idrokot olamidan maloika (farishtalar) darajasiga yetgusi. Va odam xatardadurki, asfalasofiliynda qOltay va yo a’loyi ulliying‘a yetgay. Chunonchi, hadisi qudsiyda kelibdurki:

   «Inna arazno al - amonata alas - samovati val arzi val -jiboli fabayna an yahmilnaha va ashfaqna minho vahamalaho al - insonu.

   Ya’ni, biz haqiqatdan havola qildik bor omonatni - ishq muhabbatni osmon, zamin va tog‘larga, bas (ular) ibo qildilar va toqat keltirolmadilar ul bor omonatni . ko‘tarmoqqa. Va ko‘tardi ul bor omonatni inson.

   Va har narsaki jamodotdir, tosh kabi bejondir, o‘z darajasidan bexabardir. Maloika (farishtalar) a’loyi ulliyndadurki, ularning darajasidan yuqori martaba yo‘qtur. Bahoyim (hayvonlar) asfalasofilindadurki, ma’rifatga yo‘l yo‘qdir. Va odam bu ikkisining orasidadir, ma’rizi . xatardadir, (lekin) mumkindirki, maloika darajasiga yetgay va aksincha tanazzul birla hayvonot darajasida qolgay.

   Bor omonatni ko‘tarmakning ma’nosi - xatardan o‘zni saqlamoq insonlik yukini gardanga olmoqdir. Bas, odamiydan o‘zga mavjudot bor omonatni ko‘tarmog‘i mumkin emas. Va oxirat haqiqatini sharh qilmoqni munchalikka ixtisor (muxtasar) qildim. Charoki, aksar xaloyiq bundin ziyodani fahm qilolmaslar. Vallohi a’lam.

Qayd etilgan


Robiya  14 Avgust 2008, 13:35:47

FASL
Oxirat ishida mutahayyir ablahlar bayonida

   Ablahlardan bir guruhi borki, ularda na haqiqatni basirat birla tanimoqqa quvvat va tavfiqi ilohiy birla shariat hukmlarini qabul qilmoqqa qudrat bo‘lg‘ay. Oxirat ishida mutahayyirdurlar (hayronlikda qolgan). Shak (shubha) ularga g‘olibdur va nafs tug‘yonidan oxiratga munkirdurlar (ishonmaslar). Va shaytoni la’iyn ularni tarbiyat qilur.
   
   Bas, gumon qilurlarki, «do‘zax borasida nozil bo‘lgan oyatlar va hadislar xalqni qo‘rqitmoq uchun to‘qib chiqarilgan, behisht haqidagi oyat va hadislar hammasi havoyidur». Shu sababdan bu munkirlar oyi-havas birla mag‘rurdirlar. Va shariathukmini vojib deb bilmaslar. Bas, bu nav’ ahmoqlar oyat va hadislarning ma’nosini nechuk fahm qilg‘aylar? Ul ahmoqlarni zohir so‘zlari birla mulzam qilmoq kerak. Va anga aytg‘aysanki, agar oxirat ishiga munkir bo‘lsang, yuz yigirma to‘rt ming payg‘ambar alayhi salomlar, hamma hukamo, ulamo va avliyolar g‘alat (xato) qilurlarmi? Sen oxirat haqiqatini bilmassan va azobi ruhoniyni fahm qilmassan.

   Ruhoniy olamni mahsusot (sezgilar) olamidan farqlay olmassan. Va agar ul ahmoqlar desalar: «Bilurmizki, ruhning haqiqati yo‘q va abadiy emas va o‘lgandan keyin ruhga ranju osoyish yetmas...» Bilgilki, ul ahmoqlar mazohibi taboh (mazhablari vayron) bo‘libdur. Va ul toifalardan Haq taolo xabar berur:

   «Vain tad’uhum ilalhuda, falan yahtadu».

   Oyatning tafsiri: «Agar undasang ularni rohi rostga (haq yo‘lga) hargiz hidoyat topmaslar». (Qahf, 57).

   Va agar ul ahmoqlar aytsalarki, «Oxirat haqiqatini bilish bizlarga zarur emas, va lekin mumkindir. Haqiqati ma’lum emas narsa uchun gumoni za’if bilan butun umr ichida o‘zini riyozat va taqvo kunjida tutmoq bu olamning naqdinoti va osoyishidan ko‘ngil sovutmoqning ma’nosi bo‘lmag‘ay».

Qayd etilgan


Robiya  14 Avgust 2008, 13:37:57

   Bas, ul ahmoqlar javobida aytgaymizki, «Endi munchaga qoyil bo‘lding, bas hukmi aql senga vojibdurki, shariat yo‘lini mahkam tutg‘aysan. Vaqtiki, xabari ulug‘ bo‘lsa, gumoni zaif bilan undan ehtiyot bo‘lmoq lozimdur.

   Chunonchi, taom yemoqni xohlasang, birov aytsaki, bu taomga yilon zahrini sOltandir, albatta ul taomdan qo‘lingni yig‘arsan. Agarchi yilonning zahar solmog‘i gumoni za’ifdur, bu kishiniig yolg‘on aytmog‘i g‘olibroqdur va lekin rost bo‘lmagi mumkindur. Aytursanki bu taomni yemasam, ochlik ranji osonroq. Agar taomni yesam, ul kishining so‘zi rost bo‘lsa o‘lgumdur», deb bu taomni yemakdan o‘zingni tiyarsan.

   Bunga o‘xshash, agar bemor bo‘lsang, agar halokat xatariga yetsang, duoxon senga aytsaki, bir diram bergil, tumor yozib berurman, ul tumorni o‘zing birla tutsang sihhat bo‘lursan. Va yo munajjim aytsaki, «Oy falon burjga yetganda bu doruni ichgil». Bas, agarchi ta’viznavis va munajjimning so‘zi yolg‘onligi g‘olib bo‘lsa ham za’if gumon bilan achchig‘ doruni icharsan va naqsh (tumor)ni o‘zing bilan tutarsan.

   Bas, hech bir oqil nazarida bir yuz yigirma to‘rt ming payg‘ambar alayhissalomning so‘zlari, avliyo va ulamolarning ittifoqlari munajjim va ta’viznavis va tabibning so‘zidan hargiz kam emasdur.

   Vaqtiki, kimdir hisob aytsaki, bu dunyoda umring miqdori sahl - yengildur, ozdur va abadni mulohaza qilsa-ki, aning oxiri yo‘qdur, bas oxiratniig abadul - abad azob uqubatidan xalos bo‘lmoq uchun bu olamda ozmi - ko‘pmi ranj, mashaqqat chekmoq osondir, ishonmassan.

Qayd etilgan


Robiya  14 Avgust 2008, 13:39:18

   Va abadning ma’nosi uldurki, agar hamma olamdagi tariq donalarini bir joyga yig‘salar, bir tovuqg‘a farmon bo‘lsaki, har ming yilda tariq dona.iridan birini yegay, ushbu tariqa birla olam yuzidagi tariq donalari tamom bo‘lsa, abaddan bir lahza o‘tar. Bu borada ablah munkirlar mutlaqo andisha qilmaslar va o‘zini ehtiyot qilmoqni vojib deb bilmaslar.

   Bas, har kishining o‘z nafsiga shafqati va marhamati bo‘lsa, shariat yo‘liii mahkam tutg‘ay. Amiral - mo‘miniyn Ali karamallohu vajhahu dini islomni harchand dalillari bilan sharh qildilar, mulhid (dinsiz, dahriy) ishonmadi. Oxiri hazrat Ali s.a.v. aytdilarki, «Agar so‘z sening deganingdek bo‘lsa, sen ham xalosdursan, men ham. Agar mening so‘zim haq bo‘lsa, men xalos bo‘lurman, sen azobi abadiyga giriftor bo‘lursan, dedi. Bas, hazrat Alining bu so‘zlari mulhidning e’tiqodi za’ifligi jihatdan emas. (Unda oxiratga, Alloh va farishtalarga, qiyomat kuniga ishonch, etiqod yo‘q).

   Bas, oxiratda mo‘‘minlar (iymonlilar)ning rohati va kofirlarning azob-uqubati hamma musulmonlarga aniq-ravshan ma’lumdir. Bilgilki, har kishi bu olamda oxirat uchun zodi roh (yo‘l ozig‘i, ma’rifiy, ruhiy oziq) topishdan o‘zga ishlar, hoyu-havas bilan shug‘ullansa bag‘oyat ahmoqdur.

   Buning sababi g‘aflatdurki, bu dunyoning lazzati va rohati oxiratni andisha qilgali qo‘ymas. Ba’zi toifalar aniq ravshan dalillar bilan, ba’zi toifalar turli za’if gumon, shubhalar bilan behisht va do‘zaxning haqligini bilibdurlar, hammasiga vojibdurki, farosat aql-idrok birla ul azim xatardan hazar aylab, shariat yo‘liga, payg‘ambar alayhissalom yo‘liga pokizalik birla qadam qo‘yg‘aylar.

   «Musulmonchilik unvoni» bayoni tamom bo‘ldi o‘zni tanimoq va Haq taoloni va oxiratni tanimoq birla. Bas, bundan keyin «Musulmonchilik muomalasi» ruknlarini ibtido qilgum (boshlagum)dir. Inshoollohu taolo. Vahdahu va lo sharika lah. Lahul-mulku va laxul-hamdu yuhyi va yumit. Haq taolo yagonadir, Uning sherigi yo‘kdir. Olamning bor mulki Uniki. Hamdu sanolar faqat Ungadir. U tiriltiruvchi va o‘ldiruvchidur.

Qayd etilgan


Robiya  14 Avgust 2008, 13:40:55

NAZM

Ey, yaxshi oting fidosi jonim,
Avsofinga yuz tuman jahonim.
Vasfingga fido demak jahonni,
Zar bilmak erur sarig‘ somonni.
Ajzig‘a rasuling o‘lsa iqror,
Ne til bila hamding aylay izhor.
To bandangman, ne qilg‘um, qabul et,
Boshim uza rahmating nuzul et.
Nafs ilgida xorman, giriftor,
Sharmandayu ma’siyat, nigunsor.
Nafsim itin aylagil asirim,
Aylab kalomingni dastgirim.
   Qulluq kamarin belimga chust et,
Nafsim havosin ko‘ngilga sust et.
Tavfiqni aylagil rafiqim,
Toqat sari aylagil tariqim.
Lutfing qo‘li tutmasa qo‘limni,
Shaytoni la’yin ozdurur yo‘limni.
   Fikringni ko‘ngilga ayla mahbub,
Yodingni jonimg‘a ayla matlub.
Jon dardig‘a marham et g‘amingni,
 Majruh dilimg‘a marhamingni.
Ishq o‘tiki, jonu dilg‘a urg‘ay,
 Tan tufrog‘ini dog‘i sovurg‘ay.
 O’zluk yukidin xalos aylab,
 Lutfu karamingga xos aylab.
Ehson ila aylabon inoyat.
Qilg‘il manga ro‘ziyi hidoyat.
Oinai dilda zangi isen,
Ko‘pdurki, aritmog‘i na imkon.
Afvu karamingni masqal etkil.
 Dil oinasini sayqal etkil.
Rahmat nazarig‘a ayla manzur,
Zavqing bila ko‘nglum ayla masrur.
Ishq o‘tig‘a ko‘nglim ayla maskan,
Shavqingg‘a jonim harimi ma’man.
Zotingni tanurg‘a ayla orif,
Ganjinai dil pur az maorif.
Ey soqiy, ketur mayi jigarchun,
 Hajr ayladi tah-batah jigarxun.
Kayfiyati ravzai Salsabili,
Hayot suvidur aning xijili.
Zavq ila bu maydan aylagach no‘sh,
Lutf ila menga ichurgaysan qo‘sh.
Bo‘lg‘och g‘amimga farax mubaddal,
Mushkullarim aylagil dag‘i hal.
Itmomig‘a yetti to‘rt unvon,
Og‘oz etay emdi to‘rt arkon.
Har ruknlarining iktizosi,
O’n asl bila topar ziyosin.
To safha uza qilay muzayyan,
Tong yo‘qki, mastur o‘lsa gulshan.
Har gulshan ichida yuz tuman gul,
Har shoxida turluk savti bulbul.
Gar qaysini uzmakka bo‘lsa komi,
Guli aslga aylasin xirome’.
[/b]

Qayd etilgan


Robiya  14 Avgust 2008, 13:42:13

FASL
Ma’rifatning to‘rt ustuni ruknlari

Avvalgi rukn. Ibodat. O’n asldan iborat:

Birinchi asl. Ahli sunna val jamoa e’tiqodlarini durust qilmoq bayonida.
Ikkinchi asl. Ilm talab qilmoq bayonida.
Uchinchi asl. Tahorat bayonida.
To‘rtinchi asl. Namoz bayonida.
Beshinchi asl. Zakot bermoq bayonida.
Oltinchi asl. Ro‘za bayonida.
Yettinchi asl. Haj safari bayonida.
Sakkizinchi asl. Qur’on tilovat qilmoq bayonida.
To‘qqizinchi asl. Zikr aytmoq va duo qilmoq bayonida.
O’ninchi asl. Avrod (virdlar, vazifalar) tartibi bayonida.


Qayd etilgan


Robiya  14 Avgust 2008, 13:46:11

Ikkinchi rukn. Muomalot. Bu rukn ham o‘n asldan iborat.

Avvalgi asl. Taom yemak odoblari. Mehmondorchilik odoblari.

Ikkinchi asl. Nikoh, oila odoblari.
Avvalgi bob. Nikohning foyda va ofatlari.
Ikkinchi bob. Akdi nikohning foydalari.
Uchinchi bob. Maishat odoblari.

Nikohning shartlari.
Ahli ayolga muomala odoblari.

Uchinchi asl. Kasb va tijorat odoblari.

To‘rtinchi asl. Halollik savobi va fazilati.

Beshinchi asl. Suhbat tutmoq bayonida.

Oltinchi asl. Uzlatda (yolg‘izlikda) bo‘lmoq odoblari.

Yettinchi asl. Safar qilmoq odoblari.

Sakkizinchi asl. Simo’ (zikr, musiqa tinglash), vajd (zavq-shavq holatiga tushish) odoblari.

To‘qqizinchi asl. Amri ma’ruf va nahyi munkar (Haq taolo buyurgan yaxshi ish-amallar va U ta’qiqlab, «qayting, qilmang», degan yomon ishlardan saqlanish bayonida.

O’ninchi asl. Podshohning raiyat (el-yurt, xalq) ahvolidan xabar olmog‘i va mutasaddiylar tariqasi (yo‘l-yo‘rig‘i) bayonida.

Qayd etilgan


Robiya  14 Avgust 2008, 13:51:59

Uchinchi rukn. Muhlikot (halok qiluvchi, gunoh ishlar) bayonida. O’n asldan iborat.

Avvalgi asl. Nafsni riyozat birla tutmak bayonida.

Ikkinchi asl. Yemak va ichmakning lazzati va aysh-ishratning xohishiga iloj qilmoq bayonida.

Uchinchi asl. So‘zlamak sharri (yomonligi) va til ofati.

To‘rtinchi asl. Xasm (dushmanlik) va hasad bemorlig‘ini tuzatish bayonida.

Beshinchi asl. Dunyo muhabbati ilojida.

Oltinchi asl. Mol, dunyoga do‘stlik ilojida.

Sakkizinchi asl. Ibodatda riyo va nifoq (munofikushk) ilojida.

To‘qqizinchi asl. Kibr va ujb (manmanlik) ilojida.

O’ninchi asl. G’urur va g‘aflat ilojida.

Qayd etilgan


Robiya  14 Avgust 2008, 13:54:16

To‘rtinchi rukn. Munjiyot (najotga yetkazuvchi yaxshi ishlar, fazilatlar) bayonidadur. O’n asldan iborat.

Avvalgi asl. Tavba qilmoq va gunoxdan xalos bo‘lmoq bayonida.

Ikkinchi asl. Shukr va sabr bayonida.

Uchinchi asl. Xavf va rajo (umid) bayonida.

To‘rtinchi asl. Darveshlik bayonida.

Beshinchi asl. Tavxid va tavakkul bayonida.

Oltinchi asl. Shavq va muhabbat bayonida.

Yettinchi asl. Sidq va ixlos bayonida.

Sakkizinchi asl. Muroqaba (Allohga yuzlanish) va muhosaba (yaxshi-yomonni sar hisob qilmoq) bayonida.

To‘qqizinchi asl. Tafakkur qilmoq bayonida.

O’ninchi asl. O’lumni yod etmoq va oxiratning ahvoli bayonida.

Qayd etilgan