Imom G'azzoliy. Kimyoi saodat (Ruh haqiqati)  ( 350794 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 ... 48 B


Robiya  14 Avgust 2008, 13:56:02


BIRINChI RUKN IBODAT[b/]

   Bu rukn o‘n asldan iborat:

1.Musulmonchilik e’tiqodini durust qilmoq;
2.Ilm talab qilmoq;
3.Tahorat qilmoq;
4.Namoz o‘tamoq;
5.Zakot bermoq;
6.Ro‘za tutmoq;
7.Haj qilmoq;
8.Qur’on tilovat qilmoq;
9.Zikr qilmoq;
10.Duolar tartibini bilmoq bayonidadur.


   Vaqtiki, musulmonchilik unvonin tanimoqdan forig‘ bo‘lding, o‘z nafsingni, Haq taoloning zoti, vojibul vujudini, dunyo va oxiratni taniding, keyin musulmonchilik muomalasi ruknlariga mashg‘ul bo‘lg‘il. Shu jumladan, ma’lum bo‘ldiki, odamning saodati Haq taoloni tanimoq va anga bandachilik qilmoqdadur. Bas,asli ma’rifat bu to‘rt unvon, to‘rt rukn birla hosil bo‘lg‘usidur.

Qayd etilgan


Robiya  14 Avgust 2008, 13:56:59

Avvalgi rukn: o‘zingni Haq taologa ibodat birla orasta tutg‘aysan. Bu ruknni Ibodat atarlar.

Ikkinchi rukn: tirikchilik, xalqchilik, harakat va sukunat, balki hamma ahvolingni odob va sunnatg‘a muvofiq tutg‘aysen. Bu ruknni Muomalot atarlar.

Uchinchi rukn: o‘zingni yomon xulkugardan pok qilg‘aysen. Bu ruknni Muxlikot (halok etuvchi fe’llar) deb atarlar.

To‘rtinchi rukn: o‘zingni sifoti maxmuda (yaxshi,ma’qul sifat, fe’llar) birla orasta qilg‘aysan. Bu ruknni munjiyot (najotga eltuvchi, go‘zal xislatlar) deb atarlar, bu rukn birla dil imoratini ta’mir qilg‘aysan.

Qayd etilgan


Robiya  14 Avgust 2008, 13:59:36

Avvalgi asl.
Ahli sunna val jamoa e’tiqodlari

   Bilg‘ilki, har kishi musulmon bo‘libdur, eng avval kalimai tayyiba: «Lo iloha ilallohu Muhammadu -r-rasululloh» kalimasin tilida aytgay va dilida ham ma’nosini fahmlab, Haq taolodan o‘zga hech topinishga loyiq ma’bud yo‘q ekaniga va hazrati Muhammad Mustafo s.a.v. Haq taoloning payg‘ambari ekaniga ko‘nglida tasdiq qilg‘ay. Hech shak va shubhaga yo‘l bermag‘ay.Asli musulmonchilikda bu tariqa iqror va tasdiq kifoyadir. Xudoi taoloning yagonaligini va hazrati Mustafo s.a.v.ning barhaq payg‘ambarligini dalil va burxon birla bilmak hamma musulmonlarga farzi ayn emasdur. Negaki on hazrat s.a.v. arab xalqini iymonga da’vat qildilar, (ularni) Haq taoloning yagonaligini dalil, hujjat va daf’i shubhatga (shubhani dalil bilan yo‘qotishga) farmon qilmadilar. Balki, iqrori bilisoni (til birla) va tasdiqi bil-qalbga kifoya qilur edilar. Musulmonlar darajasi mundin ziyoda emasdur (ularga shuning o‘zi yetarlikdur).

   Ammo lozimdurki, musulmonlar orasida toifai ulamolar bo‘lg‘ayki, ilmi aqoidani dalillari birla bilg‘ay. Toki omiylar e’tiqodida shubha voqe’ bo‘lsa, shubhani dalil birla daf’ qilg‘aylar.Va buni ilmi kalom atarlar. Bu ilmi kalomni bilmak farzi kifoyadurkim, har shaharda ilmi kalom biladurg‘on olimlardan ikki-uch kishi bo‘lg‘ay. Bas, ilmi kalom ulamolari mazhab va millatning podshohi misllikdurki, musulmonlar vujudi shahristonidagi aqida muxoliflarini badarg‘a qilib quvarlar.

   Ammo ma’rifat haqiqati boshqacha yo‘ldurki,bu ikki maqomdan o‘zgadur va aning muqaddimasi riyozat (mashaqqat chekish)dur. To kishi riyozat va mujohadani kamoliga yetkazmaguncha, bu darajaga yetolmas. Va ma’rifat da’vosini qilmoqpigi bilan muslim bo‘lmas.

Qayd etilgan


Robiya  14 Avgust 2008, 14:03:20

   Muning misoli ul kishining holiga o‘xsharkim, parhez tutmay doru ichgay. Bunday kishi xavfu-halokdadur. Bu dorularning me’da xiltlariga aralashuvi birla (dori ham) xiltlar sifatida bo‘lur. (Bunday dorudin) shifolik bo‘lmas, balki kasali ziyoda bo‘lur.

   Bas, har (qanday) kishi ma’rifat haqiqatini talab qilolmas, magar ul kishikim, dunyoning hech aloyiqi (bordi-keldisi) bo‘lmasa, Haq subhonahu va taoloning talabi va amri farmoniga amal qilishdan o‘zga hech narsaga mashg‘ul bo‘lmasa (shunda) ma’rifat hosil qilur. Va bu tariqada bo‘lmoq juda qiyindur.

   Bas, hamma musulmonlarga oncha muhim va lozimdur, ani bayon qilurmanki, ul-ahli sunna val jamoat e’tiqodlaridur. To har kishi bu e’tiqodni dilda barqaror qilibdur, ul e’tiqod dunyo va oxiratda tuxmi saodat bo‘lg‘usidur.

   Bilg‘ilki, sen maxluqsen (ya’ni Xoliqning yaratganisen), va seni xalq qilg‘uvchiborkim, hamma olamning yaratuvchisi Uldur. Va hamma mavjudot aning bandasidur. (Ul) Ahad, ya’ni birdurkim, ani zotida sherigi yo‘kdur. Va davomvordurki, vujudig‘a bidoyat (boshlaiishi) yo‘q. Va hamisha bo‘lg‘uvsidurki oxiriga nihoyat yo‘q. Va Haq taoloning vujudi azal va abadda vojibul vujuddir, yo‘klig‘ anga yo‘l topmas. Va (asli) Qoyimi biz-zotdurkim, hech sababga ehtiyoj(i) bo‘lmas. Balki Haq taoloning qiyomi ( qoyim turishi) o‘z zoti birla, va hamma mavjudotning qiyomi Haq taoloning qudrati komilasi biladurkim, Qayyyumning ma’nisi ushbudur. Tanzihi (pokligi) zotidadur, ya’ni, Haq subhonahu taolo nuqson va zavOlta dalolat qiladig‘on sifatlardin pokdur.

Qayd etilgan


Robiya  14 Avgust 2008, 14:04:16

   Haq taolo jism va javhar emasdur. Chunki, jism va javhar makonda bo‘lmakni taqozo qilur. Haq taolo makonda bo‘lmakdin munazzaxdur. Haq taolo araz emasdur, chunki araz jism va javharga tobe’dur. Va Haq taolo hech bir qolipga tushmas.

   Va hech nimarsa unga o‘xshamaski, (Haq taolo) suvratdan munazzaxdur, poqdur. Chun va chigunalik (nima va nima uchun? savollari) Unga to‘g‘ri kelmas. Va har nimarsaekim,xayol va xotirada kechadur, kamiyat va kayfiyat (mikdori va hol-ahvoli sifatlari)din xolidur, kamiyat va kayfiyat maxluqotning (ya’ni Holiq yaratgan mavjudotlarning) sifatlaridandur. Va Xudoi .taolo maxluqning sifatida ermasdur. Balki har narsaki (bordur) va ham xayol qilur, Haq taoloning maxluqidur. Cho‘ngluq (kattalik) va kichiklik miqdor anga yo‘l topmaskim, bular ham jismlar olamining sifatlaridur. Haq taolo jism emas va aning hech nimarsaga payvandi bo‘lmas. Va makonda bo‘lmas.

   Aslo joygir va joypazir ermasdurkim, har nimarsaiki, olam ichidadur, Arshning ostidadur. Va Arsh Haq Taolo qudrati komilasi ostidadur. Va Haq taolo Arshdin baland va oliydurki, bir jism yana biri ustida bo‘lg‘onga o‘xshash emasdur. Haq taolo jism ermaski, Arsh ham Haq taoloni ko‘targuvchi ermasdur. Balki Arshni ko‘taradurgon farishtalarni ko‘targuvchi Haq taoloning lutf va qudratidur.
Bu kunda (ham) ul sifat birladurkim, Arshning yaratmasidin ilgari azalda ham ul sifatlar birla muttasif (sifatlangan) erdi. To abadda ham ushbu sifatlar bilan bo‘lg‘usidurki, tag‘yir va tabdil (o‘zgarishi va almashishi) Haq taoloning zotig‘a xos emas.

Qayd etilgan


Robiya  14 Avgust 2008, 14:05:31

   Sifatning o‘zgarishi nuqsondurkim, Xudoliqg‘a yaramas. Bas, (musulmonlik) - bu Xudoi taoloni olamdagi hama mahluqot sifatlaridan pok deb tushunmoq joiz. Va oxiratda ham ushbu sifatlar bila ko‘rmoq chin haqiqatdur. Chunonchi, musulmonlar bu olamda Haq taoloni savol, javobsiz bilurlar, oxiratda ham sofdil, chin insonlar ko‘rgaylarkim oxiratdagi diydor bu olamdagi ko‘rishuv kabi emasdur.

   Haq subhonahu va taolo qodir, qudratlidur. Ya’ni Haq taoloning qudrati komilasiga hech mushabbih - o‘xshaguvchi yo‘qtur. Va hamma narsaga qodirdur. Tavonolig‘i (kuchi, qudrati) komildurkim, hech nuqson va ojizliq va za’iflik anga yo‘l topmas. Balki xoxlag‘onini qilg‘ondur. Va har nimarsani xoxlasa qilur. Yetti osmon va zamin va Arsh, Kursi va hamma mavjudot aning qudrat qabzasida musaxxardur. Va hammaning vujudi Haq taolodinkim, Xudoi taoloning qudratida hech yoriy (yordam) berguchi va sherigi yo‘qdur. Olimdur, ilmi qadimi birla har nimarsani va har nimarsani bilguchidur. Va ilmi hamma narsaga muhitdurkim, a’loi oliyyindin taxtus sarog‘acha aninga donishidan tashqari hech nimarsa yo‘qtur. Chunki hamma mavjudot aning ilmi qudrati bilan yaratilgandir. Balki biyobonlardagi qumlar donasi va daraxtlar bargi va muxtalif mavjudot, nafslar va ko‘ngillar aning yaratganlaridur. Va daryolar qatrasi va havo zarrasi Haq taoloning ilmi qadimida andog‘ ma’lum va makshuf (kashf etilgan)durki, osmonlar adadini o‘zidan o‘zga zot bilmas.

   Bizlarning xotiramizda ma’lum misllik har nimarsaki, olam arsasida (sahnida) mavjuddur hammasi Haq taoloning xohishi va irodasi birlandur.

   Va hech nimarsa oz, to‘la, katta, kichik, xayr u shar (yaxshi, yomon) toat va ma’siyat, kufr va imon, foyda va ziyon, ziyodat va nuqson, ranj va rohat, bemorlik va tandurustlik, g‘aniylik (boylik) va darveshlik faqatgina Haq taoloning taqdir va irodasi va qazosi hukmi bilan mavjud bo‘lg‘usidur.

Qayd etilgan


Robiya  14 Avgust 2008, 14:06:56

   Va agar insu jin va shayotin (shaytonlar) va maloyika hamma olam xalqi jam’ bo‘lsalar, toki bir zarrani o‘rnidan qo‘zg‘atmoq yoki kam va ziyoda qilmoqni xohish qilsalar, Xudoi taoloning irodasi bo‘lmaguncha hamma ojiz erurlar. Har narsaki bordur va bo‘lg‘usidur, hammasi Haq taoloning takdiri va tadbiri bilan bo‘lg‘usidur.

   Sami’(eshituvchi, xabardor) va Basiyr(uzoqni ko‘ruvchi) Haq taolo hammani bilur. Chunonchi, hamma narsani bilguvchi, hamma ko‘rilur va eshitilur nimarsalarni ko‘rguvchi va eshitguvchidur.
 
   Andog‘ki, yirog‘ va yaqin Hudoyi taoloning eshitmagida barobardur. Qorong‘u va yorug‘ ham ul zotning ko‘rishi uchun birdir. Qorong‘u kechada murcha (chumoli)ning yurgan ayog‘ sharpasi, Haq taoloning eshitmagidan tashqari ermas. Va taxtus-sarodagi (er ostidagi) qurtning rangi aning nazarida uzoq emasdur.Va ko‘rmagiga ko‘z lozim emas, eshitmagiga quloq kerakmas. Yaratmoqqa asbob ham zarur emas.

   Haq taoloning sifati qadimiydur. Xudoi taoloning farmonini tutmoq xalqg‘a vojibdur. (Olloh) har nimarsaiki xabar beribdur, rostdur, va’da va va’idi (jazodan ogohlantirishi) haqdur.

   Farmoni va xabari, qavlu-kalomi, va’da va va’idi Haq taoloning kalomidur. Chunonchi, Haq taolo zinda( tirik) va dono va tavono va shunavo( ko‘ruvchi, eshituvchi)dur. Go‘yo -so‘zlaguvchidurkim, Muso alayhisalomga bevosita so‘zladi. Haq taoloning so‘zlamagi kom va zabonlab va dahon birla ermasdur. Chunonchi Tangri odam ko‘nglidagi so‘zdan, harf va suratdan pokdir. Haq taoloning sifati kalomi budardin pok va munazzahroqdur.

Qayd etilgan


Robiya  14 Avgust 2008, 14:07:56

   Tavrot va Injil va Zabur va Furqon (Qur’on)va hamma payg‘ambarlarga nozil bo‘lg‘on kitoblar-hammasi Haq taoloning kalomidur va Kalom Tangri sifatidur va hamma sifatlari qadimdur, hamisha bo‘lg‘usidur.Chunonchi Haq taoloning zoti vojibul-vujudi qadim erdi, Kalom sifati ham qadimdurkim, ko‘ngillarda yod oling‘uvchi va zabon birla o‘qilg‘uvchi va safhalarda bitilguchidur.

   Bas kalom nafsi qadim va g‘ayri maxluqdur. Qiroat qilmoq va yod olmoq va kitobat maxluqdur. Af’oli olam har nimarsaiki olam ichida mavjuddur, hammasi Haq taoloning maxluqidur. Har nimarsakim xalq qilibdur, andin xo‘broq suratda tasavvur qilmoq mumkin ermas. Va agar hamma oqillar jam’ bo‘lub olam mamlakatini yana bir suratda bo‘lmog‘ini va yo bir nimarsani kam qilmoq va ziyoda qilmoqni xohlasalar hargiz rost kelmas. Va olamni ushbu nizomdin yana bir (boshqa) suratda bo‘lmog‘i mumkin deyish-xatodurkim ani hikmat va maslahati siridin g‘ofillikdur. Buning misoli ko‘rning holig‘a o‘xsharkim bir saroyga kirgay, ul saroy ichida har mato’ va qumoshni (to‘qima mato’) o‘z joyida qo‘yg‘on bo‘lg‘aylar. Ul nobiyno (ko‘r) ko‘rmay ul mato’lar uzra qadamin qo‘yar.Va ayturkim, bu mato’larni bilmasdan, yo‘l ustida qo‘yibdurlar.Vaholanki ul mato’lar yo‘l ustida emasdur. Va lekin ko‘rning o‘zi yo‘lni ko‘rmas.

   Bas, Haq taolo har nimarsaikim, yaratibdur, adl va hikmat birla qilibdur, har mavjudni tamom kamol martabasida qilg‘ondur.Va agar mundin ziyoda kamol martabasi bo‘lib, Haq taolo bandalarini ul martabada xalq qilmasa yo ojizlik lozim kelur va yo baxillik lozim kelur.Bu ikki sifat Haq taoloda bo‘lmag‘aydur. Bas, Haq taolo bor bandalarig‘a har nimarsaiki-ranj, bemorlik, darveshlig‘, jaxl va ojizliqni xalq qilibdur (beribdur), hammasi adldur. Va Haq taolodin zulm mumkin ermasdur. Zulm ul bo‘lurkim, g‘ayrning mamlakatig‘a nohaq tasarruf qilsa. Hamma olam Xudoi taoloning mulkidur. Va har nimarsaiki, bordur, bo‘lg‘usidur, hammasi Haq taoloning maxluqidur va bandasidur. Va Haq taolo podshohi beandoza va behamtodur.

Qayd etilgan


Robiya  14 Avgust 2008, 14:08:57

   Bilgilki, olam ikki jinsdan iboratdur.Olami ajsom (jismlar) va olami arvoh (ruhlar). Olami ajsom ushbu olamdurkim, ruhi odamiyning manzilgohi qilibdurlar.

   Va har kishig‘a bu olamda bo‘lmoqg‘a muddate ta’yin qilibdurlar. Vaqtiki, ajal yetib, hayot muddati tamom bo‘lsa, ruhni olib hisob berishga elturlar.

   Qiyomatkim, hisob va mukofot kunidur, jonni badang‘a omoda qilib, hamma mavjudotni hashrgohg‘a keltirurlar. Va har kishining qilg‘on amalini nomai a’molida ko‘rarlar. Va
hamma qilmishlarini yodig‘a keltirurlar. Toat va ma’siyat miqdorini tarozuga solib, bildirurlar. Andin keyin hamma xaloyiqni sirot ko‘prigiga haydarlar. Ul ko‘pruk qildin ingichka va qilichdin tezdur (o‘tkirroqdir). Har kishikim bu olamda rohi shariatda (shariat yo‘lida) sobit va rosih (mustahkam) bo‘libdur, sirot ko‘prigidan osonlik birla o‘tar. Ul kishikim, Xudo va rasulning yorlig‘in tutmabdur, do‘zax qa’riga ketar. Va hamma qilmishlaridan so‘rarlar. Sodiqlardin haqiqat (to‘g‘rilig‘ini) so‘rarlar. Munofiq va riyokorlarga azob uqubatlar qilarlar.Ba’zi guruhni so‘roq qilmay behisob behishtga yuborurlar, bir guruhni osonliq birla hisob qilurlar. Va hamma kofirlarni do‘zaxga yuborurlarkim, hargiz xalos bo‘lmaslar. Va musulmonlarni behishtga (jannatga) va osiylarni do‘zaxga yuborurlar. Va har kishiki, anbiyo va avliyo va buzurgon (ulug‘lar) - rahimaxullohning shafoatlariga yetibdurlar, ularning gunohini afv qilurlar. Ul osiylarkim, shafoat topmabdur, alarni do‘zaxga solurlar. Gunohi miqdoricha azob tortib, oxir behishtga borurlar.

Qayd etilgan


Robiya  14 Avgust 2008, 14:10:33

                                                                FASL
                                    Ahvoli anbiyo alayhimus - salom bayonida


   Odam o‘zining saodati va shahovati nimada yoki nimalarda ekanligini bilmog‘i zarurdur. Bu vajh. (sabab)din Hazrat xudoi azza va jalla kamoli fazli marhamati birla (Yer yuzidagi) bandalariga anbiyo alayhimus-salomni (ya’ni nabiylar, payg‘ambarlarni) yuboribdur. Toki, Haq taolo azalda saodatiga hukm qilg‘on bandalariga biroz (sir)din ogoh qilib, payg‘om (xabar) yetkurib, saodat va shahovat yo‘lin oshkora qilg‘aylar.

   Toki, bandalar Haq taologa (itoat qilmaganiga bahona izlab) dalil, hujjat keltirurga yo‘l qolmag‘ay. Anbiyolarning oxiri hazrati Muhammad Mustafo (s.a.v.)durki, Haq taolo bandalariga elchi(qilib) yuboribdur. Va nubuvvatlari martabalarini kamoliga yetkuribdurkim, andin ziyoda martaba yo‘qdur. Hazrati Mustafo alayhissalomni Xotimi anbiyo derlarki, ulardan keyin payg‘ambar kelmas, Jinu ins va hamma maxluqotni mutoba’atlarig‘a (ul zotga tobe’ bo‘lishga) farmon qildi. Va sayyidul anbiyo tojini ularning boshlariga(qo‘ydi) va ularning oli (oilasi), ashoblarini (suhbatdosh do‘stlarini) o‘zga payg‘ambarlarning oli, ashoblaridin afzal qildi. Salovat-allohi alayhi ajmayn va ala soyirin-nabiiyin va ala olihi va ashobihi-tohiriyn, xususan, chahor yori bo-safo Abu Bakr Siddiq va Umar Foruq va Usmon Zunnurayn va Aliyul Murtazo, rizvonullohi alayhim ajma’in.


Qayd etilgan