Imom G'azzoliy. Kimyoi saodat (Ruh haqiqati)  ( 350639 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 ... 48 B


Robiya  14 Avgust 2008, 14:12:17

                                                               Ikkinchi asl
                                                     Ilm talab qilmoq bayonida


   Onhazrat rasululloh s.a.v. aytibdurlarki: Utlibul-ilma farizatun li-kulli muslimin va muslimatun, ya’ni ilm talab qilmoq musulmon erkak va ayollarga farzdur. Bas, hamma ul ixtilof qilibdurlarki, qaysi ilmni talab qilmoq farzdur?

   Mutakallimiyn (kalom ilmi olimlari) aytibdurlarki, Haq taoloning ma’rifati ilmi kalom birla hosil bo‘lu . Va fuqaho (faqihlar) aytibdurlarki, ilmi fiqxdur. Halol va harom ilmi fiqh birla aniqlanar. Muhaddislar tibdurlarki, ilmi Kitob (Qur’on) va Sunnat, ya’ni oyot va ahodis ilmidurki, ilmi shar’iy(shariat ilmi)ning aslidur. Va ahli tasavvuf ayturlarki, bu ilmdan murod ahvoli dilni bilmakdurki, bandani oxiratga yetkuradurgon rohi dil(qalb yo‘li)dur.

   Bas, har toifa ulamo o‘z ilmlarini e’zoz va ikrom qilibdurlar. Ammo bizning nazdimizda farz deyilgan ushbu ilmlardan birini ikkinchisidan ustuvor qo‘yish nojoizdur.

   Va bu ilmlarning hammasini bilmak hammaga vojib emas.Va lekin bu mas’alaning tafsili bordurki, bul ishkal ul tafsil birla daf’ bo‘lur. Bilg‘ilki, bir kishi masalan choshgoh vaqtida musulmon bo‘libdur, va yo bolig‘ (balog‘atli) bo‘libdur, ushbu vaqtda bu ilmlarning hammasini bilmak va o‘rganmak ul kishig‘a vojib ermas. Va lekin ul vaqtda u kalimai «Lo iloha illalloh, Muhammadur rasululloh»ning ma’nosini bilg‘ay. Ahli sunnat va jamoatning e’tiqodlarini durust qilg‘ay.

Qayd etilgan


Robiya  14 Avgust 2008, 14:13:07

   Andog‘ki, avval bayon qilindi. Haq taoloning vahdoniyatini dalil birla bilmak vojib emas, balki tasdiq va bovar qilg‘ay (ishongay). Haq taoloning yagonaligiga va hamma asmou (ismlari) sifotlariga va hamma amr va nahiylari haqlig‘iga va payg‘ambar(s.a.v.)ning barhaqlig‘iga va hamma sifotlarig‘a, behisht va do‘zax, hashr va nashrning (vafot bo‘lgandan keyin qayta tirilish) haklig‘iga imon kelturgay, toki e’tiqod qilg‘aylarkim, Haq taolo ushbu sifatlar birla hamma mavjudotning Xudosidur. Va bandalarini payg‘ambar (s.a.v.)ning zabonlari birla dargohiga chorlag‘uvchidur. Inson toat qilsa saodat topg‘usidur, agar ma’siyat qilsa shaqovat (baxtsizlik)ga ketgusidur.

   Vaqtiki, (inson) bularni bildi, bas, mundin keyin ikki nav’ ilmni bilmak vojib bo‘lur. Bir nav’ ilm dilg‘a taalluq topar. Va bir nav’i fe’l atvorga taalluqlidur. Bu ilm (fe’l-atvor) ikki qismdur. Bir qismni qilmak vojibdur. Yana bir qismdan ijtinob (uzoklashish, saqlanish, qochish) vojibdur. Masalan, kishikim, choshgoh vaqtida musulmon bo‘lsa, yo bolig‘ bo‘lsa, vaqtiki namozi peshin bo‘lsa, ul kishig‘a tahorat va namozning farzlarini bilmak vojibdur. Ammo tahorat va namozning sunnatlarini bilmak sunnatdur. Va agar masalan namozi shom bo‘lsa, namozi shomning farzlarini bilmak vojibdur. Vaqtiki ramazon oyi kelsa, farzlarini bilmak vojibdur.

   Bilg‘ayki, subhi sodiqdan oftob o‘ltirg‘uncha yemak va ichmak va mubosharat qilmoq haromdur. Va agar yigirma misqol (og‘irlik o‘lchovi - bir misqol taxminan 4,1 grammdan 4-5 va 4-68 grammgacha) oltini bo‘lsa shkot ilmini bilmak vojib bo‘lmas. Bir yil tamom bo‘lg‘onda zakot ilmini bilmak vojib bo‘lur.

Qayd etilgan


Robiya  14 Avgust 2008, 14:13:58

   Bilg‘aykim, yigirma misqoldin qancha zakot bermak lozimdur? Qanday kishiga bermoq kerak? Va shartlari qaysidur? Va ilmi haj vojib bo‘lmas. To ul vaqtiki, haj qilmoqni iroda qilsa, ul vaqtda faroyiz va vojibotlarini bilmak vojib bo‘lur. Vaqtiki xotun olsa, bilg‘aykim, xotuni erida haqi qaysidur? Holati hayzda suhbat qilmoq halol ermas. Hayzdin keyin ham g‘usul qilmaguncha durust emas.

   Agar hunarmand bo‘lsa, ul hunarning ilmini bilmak vojibdur. Va agar savdogar bo‘lsa, savdo ilmini bilmak vojibdurki, hamma bay’i va shart-sharoitlarini bilgay. Toki bay’i botildan hazar qilg‘ay. Ushbu vajhdin Umar roziyallohu anhu ahli bozorni darra so‘qib (urib) ilm o‘rganmakka buyurar edilar. Umar roziyollohu anhu aytibdurlarki, kishikim, olmoq va sotmoq mas’alalarini bilmasa, bozorg‘a kirmagaykim, o‘zi harom yer, xabari bo‘lmas. Har hunarmand o‘z hunarining ilmini bilmagi vojibdur.

   Ammo ul ilmki, ijtinob (saqlanish) vojib erdi, ani ham bilmak vojibdur. Agar erkak kishi nafis ipakdan libos kiysa va yo chag‘ir (man qilingan) harom ichkilik ichsa va yo to‘ng‘iz go‘shtini yesa va yo g‘azab birla bir kishining molini tasarruf qilsa, ulamolarga vojibdurkim, ul toifani bu qabih af’ollardan man’ qilib, ani haromlig‘ini bildirg‘aylar. Va agar nomahram xotunlar jam’ bo‘ladurg‘on yer (fahsh ishlar) bo‘lsa, albatta andog‘ yerlardan hazar qilmak kerak. Bas, bularni har kishi o‘zi bilmagi vojibdur.

Qayd etilgan


Robiya  14 Avgust 2008, 14:14:47

   Ammo ul ilmki, dilg‘a taalluq topadur, ul ham ikki qismdur. Avvalg‘i qism dilning ahvoliga taalluqlidir. Ikkinchi qism e’tiqodiyatg‘a taalluqli. Ammo ul ilmekim, ahvoli dilg‘a taalluq topar, aning misoli budurkim, har kishig‘a vojibdur bilmaklik: kibr va hasad va gumoni bad haromdur. Bas, bularni bilmoq hamma xaloyiqqa farzi ayndur. Hech kishi bu ahvollardan xoli ermas. Bas, bularning ilmi va aning ilojini bilmak vojibdur. Bu nav bemorliq ommaviydur. Va bu ranjning iloji ilmsiz rost kelmas. Ammo ,salim va rahn (garov) va ijara bu tariqa ilmlarni bilmak farzi kifoyadur.

   Ammo ul ilmekim, e’tiqodiyatg‘a taalluq topar, ushbudurkim, agar iymonida shak voqe’ bo‘lsa, ul kishiga vojibdurkim, ul shakni ko‘ngildan zoil qilg‘aykim, e’tiqodiyatda shak ravo ermasdur. Bas, ma’lumdurkim, ilm hamma musulmonlarga farzdur. Barcha odamlarning ilmga hojati tushar. Va lekin turli ilmlar bor. Va har kishig‘a barcha ilmlarni bilish shart emas, lekin din, iymon, shariatni, ibodatni bilish barcha uchun foydalidur.

   Bu ma’nida hazrati rasuli akram(s.a.v.) aytibdurlarki: hech musulmon yo‘qdurki ilm talab qilmoq anga farz bo‘lmag‘ay. (Har bir musulmon ilm talab qilmog‘i farzdur).

Qayd etilgan


Robiya  21 Avgust 2008, 14:41:20

                                                             FASL
                                         Ilm talab qilmoq farzligi bayonida


   Vaqtiki ma’lum bo‘ldi, har kishig‘a ul ilmni bilmak vojibdurkim, qilur amalida ul ilmga hojatmand bo‘lg‘ay. Bas, bilgilki, omi(lar) hamisha xatardadurlarkim, agar bir amalni qilmoqni xoqish qilsalar, ul amal ilmini bilmagay, xatar voqe’ bo‘lsa, bilmay qilibdurmen, degani qiyomat kuni hisob bo‘lmas. Chunonchi kishikim, xotuni birla hayz ko‘rgan holatda mubosharat qilsa, va yo hayzdin forig‘ bo‘lib, g‘usul qilmasdan ilgari suhbat qilsa, bul af’ollarning haromlig‘ini bilmay qildim, degani uzrli bo‘lmas.
 
   Agar mazluma subhdin ilgari hayzdin pok bo‘lsa, o‘tkan kungi namozi shom va namozi xuftanning qazosini o‘tamakni bilmas, va yo kishikim, xotinini hayz ko‘rgan holatda taloq qilsa, ul xotun namozning qazosini o‘tamakni bilmadim degani, bu nimarsa hayzda taloq qilmoqni haromlig‘ini bilmadim, degani uzrli bo‘lmas. Haq taoloning dargohidin xitob kelurkim, «Farmon qilmadimmu, ilm talab qilmaq farzdur, nima uchun farzni o‘rganmay haromga qadam qo‘yding», deb azob qilur.

   Bildingki, omiy(savodsiz) hech vaqtda xatardan xoli bo‘lmas.Bas, ma’lumdurki, odamga hech ish dunyo va oxiratda ilm o‘rganmakdan afzalroq va ulug‘roq emasdur. Ilm o‘rganmak o‘zga hunardan manfaatliroqdur. Chunki o‘qug‘uvchi to‘rt ishdan xoli bo‘lmas: yo o‘zig‘a kifoyat qilg‘uncha dunyoliq bo‘lur.

   Agar dunyosi bo‘lsa, ilm dunyosini saqlar. Bu olimning izzatiga va oxiratning saodatiga sabab bo‘lg‘usidur. Agar kifoyat qilg‘uncha dunyolig‘i bo‘lmasa, bebisotlikka qanoat qilsa, darvishlik qadru sharofatini bilg‘ayki, darvishlar dunyodorlardin besh yuz yil ilgari behishtga kirgaylar. Bas, ilm inson uchun bu dunyoning osoyishi va oxiratning saodatiga sabab bo‘lg‘usidur.

Qayd etilgan


Robiya  21 Avgust 2008, 14:46:00

   Uchunchi bir odam ilm o‘rganur, anga kifoyat qilg‘uncha moli halol baytul moldin va yo musulmonning saxovatidin yetar. Harom izlamakka va yo podshohi zolimdin bir nimarsa izlamakka hojat bo‘lmas. Bu toifaga ilm talab qilmoq dunyo va oxiratning hamma ishlaridin yaxshiroqdur.
To‘rtinchi bir odati ilm talab qilur, ammo kifoyat qilg‘uncha dunyoligi yo‘q. Va ilm talab qilmokdan maqsadi dunyo topmoq bo‘lur. Bas, podshohlar va zolimlar eshigida xorlik va mazallat birla dunyo talabida yurur. Va har kishikim, ilm o‘rganmakdin maqsudi molu joh topmoq bo‘lsa, ul kishiga avloroq bukim, farzi aynni o‘rgangandan keyin kasb va hunarga mashg‘ul bo‘lsin. Bu tariqa kishi olimning shaytoni hisoblanur. Va bisyor (ko‘p) xalq bularning orqasidan ergashib gumroh bo‘lurlar. Olimki, ilmi fasoddin kamroqdur, kamroq bo‘lg‘oni behroq(yaxshiroq)dur. Bas, dunyoni ilm birla emas, dunyo ishi birla talab qilg‘aysen. Va agar kishi aytsakim, ilm dunyodan yondurub (qaytarib) Haq taolo tarafig‘a tortadur desa rost aytadur.

   Ya’ni: «Ilmni xudo yo‘lida o‘rganmaduk. Va lekin ilm bizlarni Xudo tarafig‘a tortdi». Javob uldurki, bu ilmdan murod: kitobi sunnat, oyat va ahodisdurkim, asrori rohi oxirat va xozini (qo‘riqchi, posbon) shariatdurkim, ul toifani Xudo tarafig‘a jazb qilur (tortur). Ammo ul ilmki, ba’zilar bu zamonda o‘qurlar, xilofi mazhab va muxolifi qisasdur (mazhab va qissalarga ziddur).

Qayd etilgan


Robiya  21 Avgust 2008, 14:49:46

   Va ba’zi muallimlarkim, bu zamonda bordur, ilmlardan dom (tuzoq) qilurlar. Bular birla aralashmaslik va ilm O’rganmak dunyodin ko‘ngilni sovutmas. Ammo olim salox va taqvo birla orasta bo‘lub, ulamo salaf (ilgari o‘tgan olimlar) rahimahumullohning tariqalarini mahkam tutub, dars aytmoqqa mashg‘ul bo‘lsa va xalqni mag‘rur bo‘lmoqdin saqlasa, bu nav’ olimlar suhbatida bo‘lmoq va jamolini ko‘rmoq foydalidur, toki ulardan ilm o‘rganmak mislsiz daraja foydadi va yaxshidur. Bu nav’ ulamolardin ilm o‘rganmak hamma amallardin xo‘broqdur. Ilmning sudmandi(foyda ko‘ruvchisi) uldurki dunyoni haqirlig‘ini (arzimasligini) bildurgay. Va oxiratning azob va rohatini ham anglatg‘ay. Oxiratdan yuz o‘gurub, dunyog‘a mag‘rur bo‘lg‘onlarning jahl va hamoqatini (ahmoqligini) oshkora qilg‘ay. Kibr va hasad, ujb (manmanlik, xudbinlik, shuhratparastlik) va riyo va hirs va havasning ofati va shumlig‘ini bildirg‘ay. Bas, bu nav’ ilm dunyoi hirsdin xalos bo‘lmoqg‘a, tashnag‘a suv misllik, bemorg‘a doru bermoqqa o‘xshashdur.

   Ammo ilmi fiqxdan va ilmi kalom va ilmi odob va sunnatdan o‘zgaga mashg‘ul bo‘lganlar bemorg‘a o‘xshashdurkim, sog‘ligi uchun foydali taomlarni yemasdan, o‘zi havas qilgan taomlarni yeyishga qiziqar. Holbuki, iymonni sof, toza saqlash uchun zarur bo‘lgan ilmlarni bilish barcha insonlarga baxt-saodat keltiradi. Vallohu a’lam.

Qayd etilgan


Robiya  21 Avgust 2008, 14:56:16

   Uchinchi tabaqa. Badanning hamma andom va javohirlarini (badan a’zolari: qo‘l, oyoq, til va hokazolarni) gunoh va ma’siyatdin, chunonchi g‘iybatdan, yolg‘ondan, harom va xiyonatdan,nomahramga qarash va mundin o‘zga gunohlardan pok tutmoq. Va badanning hamma ishlarida adab va Xudoi taolo farmonlariga itoat birla orasta qilmoq. Va bu porsolar o‘zini yomon ishlardan saqlovchi, taqvodor, xudojo‘ylar darajasi iymonidur. Va badanni haromdan pok tutmoq iymonning bir qismidur.

   To‘rtinchi tabaqa. Badanni va libosni najosatdin pok tutmoqdurki, to hamma badan ruku’, sujud va arkoni namozga orasta bo‘lg‘ay. Bu ko‘pchilik musulmonlar iymonidurki, musulmonlar va kofirlar orasidagi farq ushbu besh vaqt namozdur. Ushbu tahorat ham iymonning bir qismidur.

   Hamma mujtahid va fuqaholar tahoratning bayoni va tafsilida g‘ayrat ko‘rguzubdur.Chunonchi Hakim Sanoiy rahmatullohi alayh aytibdurlar:

NAZM

Ey,musalli,biyo,tahorat kun,
Xonai dini hud imorat kun.
Tarjimasi:Kel ey obid,shahorat qil,
Xonai diningni obod qil.
(Abdulloh hoji Kulohiy tarjimasi)
.[/i]

   Badan tahorati to‘rt qismdan iborat, tahoratning quyi martabasidur. Va lekin insoniy ruh-nafsga ham mundin nasiba bordurkim, nafs pokizaliqni xushlar va tahorat olmoqdin nafsg‘a ham rohat yetar, Va tahorat olg‘uvchini xalq porso va muttaqiy derlar.Ushbu sababdin ham tahorat olmoq oson ko‘rinur. Va nafsg‘a ham xush kelur. Ammo dilni hasad, kibr, riyo, mol, dunyo muhabbati, gunoh va ma’siyatdan pok tutmoq nafsg‘a foydalidir. Va xalqning ko‘ngli Haq subhonahu va taoloning nazzoragohidur. Halqning nazzoragohi emas. Shu sababdan har kishi dilii bu ahloqi mazmumadan pok qilmoqg‘a intilishi savobdir.

Qayd etilgan


Robiya  21 Avgust 2008, 15:03:32

                                                          FASL
                                        Tahoratning tabaqalari bayonida


   Bu tahorat zohiran to‘rt qism tahoratning so‘nggi martabasidur, ammo fazl darajagi bisyor ulug‘dur.Va lekin tahoratning shartlarini bajo keltirishda odam vasvasa va isrofga yetsa makruhdurki,gunohkor bo‘lg‘usidur. Ul ehtiyotlarki, tahorat olmoqda so‘fiylarning odatidur. Andog‘ki, egni va oyoqlarig‘a tahorat suvi sachratmoqdan ehtiyot bo‘lmoq va mubolag‘a birla pok suv talab qilmoq, oftobani bo‘lak kishiga tahorat Oltali bermaslik,bu ehtiyotlar hammasi xo‘bdir. Ulamolar, bu ehtiyotlarni qilmaslar. Ulamolar so‘fiylarga e’tiroz qilmog‘i, so‘fiylarning ulamolarg‘a e’tiroz qilmog‘i joiz emasdur. Bu ehtiyotlar xo‘bdur. Va lekin olti shart lozimdur:

   Avvalgi shart ulki, masalan, odam ehtiyotga mashg‘ul bo‘lg‘on sababli undin afzal va xo‘broq yana bir ishdan mahrum qolsa, chunonchi kimdir ilm o‘rganmakka mashg‘ul bo‘lsa va yo Haq taoloning zikrig‘a mashg‘ul bo‘lub,andin kashf hosil qilsa va yo kasbig‘a mashg‘ul bo‘lsaki, o‘zining vaqti oson kechib,xalqdan hojat tilamakdin mustag‘niy (ehtiyojsiz) bo‘lsa, bu tariqa kishilarga ehtiyot lozim ermasdur,chunki qilur amallari tahoratda ehtiyotdan muhimroqdur. Ushbu sababli sahoba roziyollohu anhum ajma’iyn hargiz tahorat olmoqda bu nav’ ehtiyotlarg‘a mashg‘ul bo‘lmas edilar.Chunki sahobalar jihodga yo ilm talab qilmoqg‘a va yo kasbu hunarg‘a mashg‘ul bo‘lur edilarkim, tahorat ehtiyotlaridin bu muhimroqdur.

   Bas,sahobalar gohi oyoq yalang yo‘l yurur edilar. Va tufroq uzra o‘lturar edilar. Va taom yeb o‘turgan holatda oyoqlarini ushlar edilar. Va chahorpolar - to‘rt oyoqli hayvonlar terisidin hazar qilmas edilar. Badan va jomani pok tutmakdan ko‘ra jihodlari ziyoda erdi. Agar kishi bu sifat birla bo‘lsa,so‘fiylar bu tariqag‘a e’tiroz qilmaslar.Va agar dangasalik, tanballikdan bu ehtiyotni qo‘ldan bersalar e’tiroz qilish o‘rinliki, aslida ehtiyot qilmoq qilmaslikdan fozilrokdur.

   Ikkinchi shart: O’zini riyo va ruunatlik (nodondan) saqlagay. Har kishi tahoratda bu mazkur bo‘lg‘on ehtiyotlarni bajo keltirubdur, boshidin ayog‘i munodiy qilurki, men porsodurmen, o‘zumni bu tariqa pok tutarmen deb shuhrat topmog‘ini xohish qilur. Agar yalangoyoq yursa va yo bo‘lak kishining oftobasida tahorat qilsa, shuhratimga shikast bo‘lurmikin deb qo‘rqar. Bu ishlardan o‘zini azmoyish qilib, yalangoyog‘ yurgay. Va o‘zga ehtiyotlarni ham ba’zida tark qilg‘ay. Agar xalq orasida bu ehtiyotlarni qilmakni nafsi xohish qilsa, bilg‘aykim, riyo ofati ul kishig‘a yo‘l topibdur.

Qayd etilgan


Robiya  21 Avgust 2008, 15:04:42

   Bas, bu kishig‘a vojibdurkim, ehtiyotlarini tark qilib, ruxsat tariqini lozim tutg‘aykim, riyo haromdur. Va ehtiyot sunnatdur. Bas, haromdan parhez uchun sunnatni farz bilmoq vojibdur.   
   Uchinchi shart. Goh-goh ruxsat tariqini o‘zig‘a lozim tugg‘ay. Va o‘ziga farz qilmag‘ay. Chunonchi hazrati rasuli akram(s.a.v.) bir kofirning oftobasida tahorat qildilar. Umar raziyallohu anhu bir bevaning ko‘zasidin suv olib tahorat qildilar. Va sahobalar aksar holda tufroq uzra namoz o‘qur edilar. Tufroq uza uxlamoqni yaxshi ko‘rar edilar. Bas, sahoba roziyallohu anhum noshoyista ishlarni hargiz qilmasdilar. Va bu ehtiyotlarni qilmoqdan nafs o‘zini sharofatlig‘ ko‘rsa, lozimdurki, ul ehtiyotlarni tark qilg‘ay.

   To‘rtinchi shart. Har ehtiyotki, andin bir musulmonning ko‘ngliga ozor yetsa, ul ehtiyotni tark qilgayki, xalqning ko‘nglini og‘ritmoq gunohdur. Ehtiyotni tark qilmoq gunoh emas. Chunonchi birov qo‘l berib va quchoqlashib ko‘rishishni xohlasa, ul kishining qo‘li va yuzi terlik bo‘lsa, terdin ehtiyot qilmoq uchun o‘zini yiroq qilmoq haromdur. Balki shikastalik, kamtarinlik bilan o‘zini yaqin tutib, bir musulmonning ko‘nglini xush qilmoq yuz ming ehtiyotdin muborak va afzaldur. Chunonchi agar kimdir ehtiyot qilg‘uvchining sajjodasiga (joynamozig‘a) ayog‘ qo‘ysa va yo oftobasida tahorat qilsa va yo ko‘zasidin suv ichsa man’ qilmag‘ay. Va izhori minnat qilmag‘ay. Hazrati rasuli akram (s.a.v.) zamzam suvi ichmakni xohish qildilar. Abbos roziyallohu anhu aydilarki, «Yo rasulalloh, zamzam sog‘usini (idishini) xaloyiq yuvilgan va yuvilmagan qo‘llarida tutibdur. Hazratlari uchun xos yana bir sog‘u (idish) tayyor qilib suv kelturgaymen. Hazrati rasuli akram (s.a.v.) aytdilarki, yo‘q, men musulmonlarning qo‘lini barokatini do‘st tutarmen».

Qayd etilgan