Imom G'azzoliy. Kimyoi saodat (Ruh haqiqati)  ( 350740 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 ... 48 B


Robiya  22 Avgust 2008, 13:39:03

   Vaqtiki ro‘yi dilni Haq taolog‘a mutavajjih qilsang, andishai botil bir taraf bo‘lg‘usidur. Hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlar «Kishi namozda turub yuzi va dili va hissiyoti Haq taolog‘a mutuvajjih bo‘lsa, namozdan turg‘onda onasidin tug‘ilg‘ondek bo‘lg‘ay, ya’ni hamma gunohlardan pok bo‘lur».

   Bilgilki,zohir yuzingni qibladan o‘girmak birla zohir namozing botil bo‘lur. Bas, ro‘yi dilni Haq taolodan o‘girib o‘zga andishaga mashg‘ulluq qilmoq birla namozning ruhi, haqiqati botil bo‘lg‘usidur. Balki andin ziyodaroqdurkim, zohir g‘ilofga o‘xshashdur, e’tibor yo‘qdur.

   Qiyomning zohiri uldurki, namoz o‘taguvchi ojizlik birla banda qulday Haq taoloning dargohida turmoqdur. Muning asli va ruhi uldurkim, dilni hamma harakatdagi xayoldan to‘xtatib, Haq taoloning xizmati va mulozamatida sabilu ta’zim va uzrxohliq birla turmoqdur. Bas, bu vaqt qiyomatda Haq taoloning xuzurida turmoqni yodg‘a keltirg‘ay. Va bilgaykim, hamma asrorlari Haq taolog‘a oshkoradur. Haq taolo odamning ko‘nglidagi har nimarsadan, zohiriy olami va botiniy holidan xabardor, ogoxdur.

   Taajjubdurki, ba’zilar namoz o‘tar holatda axli solihni ko‘rsa, aningdan uyalib namozini adab shartlari birla ado qilur. Ammo tanho o‘tasa, adabiga rioya qilmay, shitob birla o‘tar. Bas, bu g‘oyat xijolatdurkim, bandai bechoradan uyalgay va Hazrati Halloqi olamdan uyalmag‘ay. Va sahoba raziyallohu anhum namozda o‘zini andog‘ sukunat va xushu’ birla tutar erdilarkim, vahshiy jonivorlar ulardin qochmas, gumon qilur erdikim jamod (jonsiz tosh) bo‘lg‘ay. Va kishi, Haq taoloning azamati aning ko‘nglida barqaror bo‘libdur, hamma aning ko‘ngli xushu’da bo‘lg‘usidur.

   Bas, rasul alayhissalom birovni ko‘rdilarki, namozda turub soqolni silar edi, dedilarkim agar bu kishini dili xushu’da bo‘lsa erdi, qo‘li ham dilning sifatida bo‘lur edi.

   Bilgilki, ruku’ va sujudning zohiri badan birla Haq taologa tavoze’ qilmoqdur. Ani haqiqati va ruhi dilni tavoze’ birla tutmoqdur, hamma a’zolarning ulug‘rog‘i va sharifrog‘i yuzdurkim, yuzni xor va past tufroqg‘a qo‘yg‘ondin bilg‘aykim, odamning asl tufroqdur. Bas, o‘z asliga munosib boqib, takbir qilg‘ay.Bekaslik va bechoraligini tanig‘ay. Bunga o‘xshash har amalning va asli haqiqatidan g‘ofil bo‘lsa, suratdan ziyoda nasiba topmas.

Qayd etilgan


Robiya  22 Avgust 2008, 13:41:13

FASL
Namozdagi kalimalar bayonida

  Bilgilki, har namozda aytadigan barcha kalimalarning haqiqati bordur. Bas, namoz o‘taguvchi aytgan kalimalarig‘a muvofiq bo‘lib ado qilsa rostgo‘y bo‘lg‘usidur. Masalan, Allohu akbarning ma’nosi ulki, Haq taolo hamma mavjudotdan baland va ulug‘dur. Agar namozxon bu ma’noni bilmasa johildur.

   Agar ma’nosini bilib, lekin ko‘nglida yana bir narsani Haq taolo zikridin azizroq bilsa, ul kishig‘a farishtalar ayturlarki, aytqon kalimang rostdur va lekin o‘zing yolg‘onchidursen. Inson Haq taoloning farmonidan yana bir nimarsaga moyilroq bo‘lsa, ul kishining nazdida ul nimarsa buzruk va ulug‘durkim, aning ma’budi va ilohi ul nimarsadur. Chunonchi Haq taolo aytibdur:

   Afara-ayta man-ittahaza ilahahu havahu? Ey, Muhamad, havoyi nafsini o‘ziga iloh qilib Oltan kimsani ko‘rganmisiz? («Josiya» surasi, 23-oyatdan.)

   Yana: Inni vajjahtu lillaziy. Fatara s-salavoti val-arza xaniyfan va mo antinal mushrikiyna. Ma’nosi ulki, ro‘yi dilimni hamma olamdan o‘gurub, Haq taologa mutavajjih bo‘ldim (yuzimni Achloh tomonga qaratdim) «An’om» surasi, 79-oyat,

   Va agar kalimani aytgan vaqtda dilni yana bir nimarsaga mutavajjih bo‘lsa, aytgan kalimasida yolg‘onchidur. Inson Haq taologa munojot qilur vakl-ida ul kalomda yolg‘on aytsa aning xatari hammaga ma’lumdur. Hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: «Musulmon uldurki, musulmonlar aning qo‘lidin va tilidan salomat qolsa».

   Namoz o‘taguvchi ushbu sifatlar birla bo‘lmasa, ushbu sifatda bo‘lmoqni niyat qilg‘ay. Vaqtiki alhamdulilloh desa, bo‘lg‘aykim, Haq taoloning ne’matlarini dilida toza saqlagay. Yana «ihdinas sirotal mustaqim» desa dilini zoriy va tazarru’ birla tutg‘aykim, hidoyat talab qilg‘on bo‘lur.

Qayd etilgan


Robiya  22 Avgust 2008, 13:42:41

                                                      FASL
                         Namozda dilni g‘aflatdan saqlamoq bayonida


   Bilgilki, namozda dilga ikki g‘ubor o‘tirib qoladi.Biri zohiriy, biri botiniydir. Zohiriy illat ulki, bir nimarsani ko‘rib yoki eshitib turadigan yerda namoz o‘taganda g‘aflat bo‘lur. Dil ul nimarsaga mashg‘ul bo‘lurki, dilga ko‘z va quloqdan ta’sir yetar. Buning iloji uldurki, hech ovoz kelmaydigan yerda namoz o‘tagay. Va agar qorong‘uroq yer bo‘lsa yaxshiroqdurki, aksar obidlar qorong‘u va kichik ibodatxona ta’yin qilibdurlar. Ibn Umar r.a. har namozga turar bo‘lsalar, oldilaridan kitob va qilich, va nimarsaikim, nazarni mashg‘ul qiladur. ani olib qo‘yib namozga turar edilar.

   Ikkinchi sabab botiniydurki, hardam xayollik sababidan bo‘lur. Munga iloj qilmoq qiyinroqdur. Va bu g‘aflat ikki sababdan paydo bo‘lur: Biri-ishga mashg‘ul bo‘lgan vaqtda namozga tursa, dil ul ishga mashg‘uldir. Aning tadbiri - avval o‘shal ishni tamom qilib, keyin namozga turgay. Chunonchi, rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: Agar taom yemak va namoz o‘qimoqning vaqti bo‘lsa, avval taom yeng‘lar, andin keyin namoz o‘tanglar». Bir taom oqshomlik va bir taom xufton vaqtidadir. Munga o‘xshash, agar bir odamga so‘z aytish lozim bo‘lsa, avval so‘zni tamom qilib, andin keyin namoz o‘qigay.

   Ikkinchi sabab: boshqa ishlarni o‘ylashdan g‘aflat paydo bo‘lurkim, bir soatda tamom bo‘lmas. Aning iloji, dilni qiroat va tasbihlar ma’nosiga mashg‘ul qilgaykim, g‘aflat daf’ bo‘lur. Agar kuchliroq bir andisha dilda qaror topgan bo‘lsa, bu birla ham daf’ bo‘lmas. Aning tadbiri: bu andishani bilkullihi (batamom) ko‘ngildan chiqarib tashlamoq kerak. Agar ko‘ngildin chiqarolmasa, namozi hamisha vasvasa va parokandalikdin xoli bo‘lmas. Bu tariqa namoz o‘taguvchining holi nimarsaga o‘xsharkim, qulog‘iga chumchuqlarning ovozi eshitilgay. Kuliga tayoqolib ul chumchuklarni haydasa yana kelur. Agar chumchuqlarning ovozidin xalos bo‘lmoqni xohlasa, o‘sha daraxtni tubi birla yo‘qotgay, tokim daraxt bordur, chumchuq ovozi andin xoli emas.

Qayd etilgan


Robiya  22 Avgust 2008, 13:43:40

   Shunga o‘xshash, tokim bir nimarsaning orzusi ko‘ngulda barqaror bo‘libdur, turli parokandaliklar doimo paydo bo‘lg‘usidur. Rasulullohga bir purkor (ko‘p mehnat qilib tikilgan) kiyim tuhfa keltirdilarki, juda chiroyli matodan bog‘ichi bor erdi. Ul zot egnini kiyib, namozda turib, nazarlari ul bog‘ichga tushdi, ersa namozdan bo‘shab ul eginni egasiga qaytarib berdilar. Va ko‘hna egnilarini kiydilar.

   Yana bir rivoyatda rasululloh etiklarini guldor ettirib edilar, namozda turgan vaqtlarida ko‘zlariga chiroyli ko‘rindi. Namozdan bo‘shab ani so‘ktirib, ko‘hna yamoqni yamatdilar. Darhol turib, dedilarki, «Ey, Xudovando, bu nazarim jihatdan meni dushman tutmagil», Deb ko‘chaga chiqib, uchragan soyilga (gadoyga) berdilar.

   Sahobalardan Talha r. a. xurmozor bog‘larida namozga turib edilar, bir xushsurat qush ko‘rdilarki, gohi uchib, gohi yo‘rg‘alab yurur erdi. Va nazarlari aning naqshiga mashg‘ul bo‘lib,necha rakaat namoz o‘taganlarini bilmadilar. Hazrati rasululloh qoshlariga kelib,bu ahvollaridan tavba qilib, kafforatiga xurmozor bog‘ini sadaqa qildilar.Va sahoba va tobein bu tariqa ishlarni ko‘p qilibdurlar. Va dilni ibodatga hozir tutmoqning ilojini bilibdurlar, to namozdin avval Haq taologa zikrni to‘liq aytmaguncha, namozda dil hozir bo‘lmas.

   Agar odam namozni dil huzuri birla o‘tamoqni xohlasa, namozdan ilgari aning ilojini qilgay. Hamma ashg‘oli dunyodan dilini xoli aylab,hojatga kifoya qilguncha mol-dunyoga qanoat qilgayki, dunyoliqdan maqsud ibodatga yordam bergunchaligi kifoyadir. Agar shunday qilmasa, dil hozir bo‘lmas. Nafl namozni to‘la o‘tamakni lozim tutgayki, dil huzurini ziyoda qilgay. Kishi namozi bomdodni jamoat birla o‘tasa, hamma kechani bedor o‘tkazganining savobini topar.

Qayd etilgan


Robiya  22 Avgust 2008, 13:45:07

                                                           FASL
                                            Jamoatning fazilati bayonida


   Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Jamoat birla o‘talgan bir rakaat namoz tanho o‘talgan yigirma yetti rakaat namoz birla barobardur». Kishi namozi xuftonni jamoat birla o‘tasa yarim kechani bedorliq birla o‘tkargandek bo‘lur.

   Rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: Kishi namozni qirq kun jamoat birla o‘tasa, bu muddat ichida muqaddas takbirni qo‘ldan bermasa, ul kishi otig‘a ikki ozodliq xati bitilur: biri nifoqdan, ikkinchisi do‘zaxdan. Ushbu sababdan Salaf rahmatullohi alayh: agar muqaddas takbir zoe ketsa, yetti kun ta’ziya tutar edilar. Va Sa’id ibn Musayyib aytur: yigirma yildurki, azondan ilgari masjidga hozir bo‘lubdurmen. Va aksar ulamolar aytibdurlar, beuzr jamoatni tark qilsa, namozi durust emasdur. Bas, jamoatni ham ahamiyatli bilmak kerak.

Qayd etilgan


Robiya  22 Avgust 2008, 13:47:36

FASL
Imomatlik bayonida

   Imom qavmning xohishiga qarab imomatlig‘ qilg‘ay. Agar qavm kimni xunuk, yoqimsiz ko‘rsa, imom bo‘lmoqdin o‘zini tiygay. Agar qavm xohlagan bo‘lsa, imomatlikning fazilati muazzinliqtsan ziyodadur. Imom doimo pokiza kiyingay va namozning vaqtini yaxshi bilgay. Avvalo vaqtida namoz o‘tagay. Jamoatga intizor bo‘lub, namozni kechiktirmagay, chunki vaqtida o‘qishning fazilati ziyodadur. Va sahoba roziyallohu anhumlar ikki kishi namozga hozir bo‘lsa ham uchinchi odamni kutmay, namozni boshlar edilar.

  Janoza namoziga to‘rt kishi hozir bo‘lsa, beshinchiga muntazir bo‘lmas edilar. Bir kuni hazrati rasuli akram s.a.v. namozga kechikdilar. Sahobalar to‘xtamay Abdurahmon ibn Avf roziyallox1u anxu imom bo‘lub, namozga turdilar. Bir rakaat o‘tagandan keyin rasulullloh chiqib, iqtido qildilar. Namozdan forig‘ bo‘lib, sahobalarga aytdilar: «Yaxshi qildinglar, har bora xuddi shunday qilg‘aysizlar». Imomliqni bir Xudo uchun ixlos birla qilg‘ay va to saf rost bo‘lmag‘uncha, imomatlikni olmagay va takbirni baland ovoz birla aytgay. Imomatlik niyatin qilg‘aykim, savobi ziyoda hosil bo‘lur. Agar niyat qilmasa ham, jahran baland ovoz birla o‘qigay. Ruku’ga borishida takbirni suraning oxirig‘a ulamagay. (Takbir suraning boshida aytiladi) Ruku’ va sujudda uzoq turmagay.

   Tasbihni «Subhonalloh» so‘zini uchdin ziyoda aytmagay. Hazrat Anas roziyallohu anhu aytur: «Hech kishi rasuli akram s.a.v. dan ko‘ra namozni to‘liq va osonroq o‘taguvchi emasdi. Sabab bu erdiki, qavm uchun namozda malol bo‘lmag‘ay. Namozda salom birla uzoq o‘lturmagay. Bu duoni o‘qigay: «Allohuma antas-salom va minkas-salom taborakta rabbano va taolayta yo zuljaloli val ikram». Qavm tarafiga boqib o‘tirib duo qilg‘ay. Qavmning ham duodan ilgari turib ketishi makruhdir».

Qayd etilgan


Robiya  22 Avgust 2008, 13:49:38

FASL
Namozi jum’aning bayonida
   Bilgilki jum’a ulug‘ kundur. Fazilati benihoyat, mo‘‘minlarning hayitidur. Xabarda kelibdurkim, Xudo taolo har odina (jum’a) kuni olti yuz ming gunohkorni do‘zaxdan ozod qilg‘usidur. Hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: «Do‘zaxni har kuni zavol vaqtig‘acha qiziturlar, faqat odina kuni qizitmaslar. Kishi odina - jum’a kuni vafot bo‘lsa, aning nomai a’molig‘a bir shahidning savobini biturlar. Unga qabr azobi bo‘lmas».
   Bilgilki, har nimarsa besh vaqt namozda shart erdi, jum’ada ham shartdur. Mundin o‘zga olti shart namozi jum’aga xosdur.

  Avvalg‘i shart vaqtidurki, peshinning vaqti o‘lsa, namozi peshinning qazosini o‘tamak lozimdur. Namozi jum’aning qazosi lozim emas.

  Ikkinchi shart joygohtsur. Namozi jum’ani shaharda va shaharga yaqkn kentlarda, agar yiroqbo‘lsa, podshoxdin izn bo‘lg‘on bo‘lsa durustdir. Va sahroda masjiddin bo‘lak yerda durust ermas.

  Uchinchi shart miqdoriydir. Imomdan bo‘lak uch kishi bo‘lmaguncha namoz durust ermas.

  To‘rtinchi shart jamoatdur. Qavmning namozni imomsiz, o‘zi o‘tamagi durust emas. Agar imomni oxirg‘i rakaatida va yo tashahudda topib iqtido qilsa, qOltanini tanho o‘tamasa bo‘lur.

   Beshinchi shart har shaharda bir masjidda o‘tagay. Va agar masjidga sig‘masa va yo izdihom bo‘lsa, yana bir masjidda o‘tamak joizdur.

   Oltinchi shart xutba o‘qimokdur. Tasbihva tamjidga mashg‘ul bo‘lgay. Bilgilki. xotinlarga va gudaklarga va musofirg‘a xutba vojib emasdur. Va uzr birla tark qilmoqjoizdur. Chunonchi qattig‘ yomg‘ir yog‘sa, yo kasal bo‘lsa, Ushbu uzrlar birla tark qilmoq joizdur. Va lekin yaxshisi ulki, xaloyiq jum’a namozidan forig‘ bo‘lgandan keyin bu toifa peshinni o‘tagay.


Qayd etilgan


Robiya  22 Avgust 2008, 13:51:10

                                                        Jum’a odobi

   Jum’a kunida o‘n nimarsa sunnatdur. Avvalg‘i odob - panjshanba kuni jum’aga tayyorlangay, jum’aga yetganiga shodu xurram bo‘lub, libos-jomani pokiza qilib, har nav’ mashg‘ulotini tark qilib, ertadan kechgacha namozga mashg‘ul bo‘lg‘ay. Va panjshanba kuni asr namozidan keyin tasbih va istig‘forga mashg‘ul bo‘lg‘ay. Bu vaqtning fazilati nihoyati ulug‘dur. Juma kunining vaqtiga barobardur. Va aytibdurlar, odina kechasi xotini birla suhbat qilmoqlik sunnatdur, tokim har ikkisining g‘usl qilmog‘iga sabab bo‘lg‘ay.

   Ikkinchi odob - odina kuni erta birla g‘usl qilmoqqa mashg‘ul bo‘lg‘ay. Hazrati rasul alayhissalom jum’ani ta’kid birla farmon qilibdurlar, to ulamolardan bir guruhi jum’a quni farz bo‘lg‘ay deb. Madina xalqi agar kishiga qattig‘ dag‘al so‘zlamakni lozim tutsalar. «Jum’a kuni g‘usl qilmagan kishidin yomonroqsen», der edilar. Va kishi jum’a kuni junub bo‘lsa, jum’a g‘usli niyatida badanig‘a bir qator suv quyg‘ay. Agar g‘usli junubat va g‘usli jum’a niyatini bir qilsa kifoyatdur, g‘usli jum’aning fazilati ham hosil bo‘lg‘usidir.

   Uchinchi odob - orasta va pokizalik birla masjidga kelgay. Mo‘y va tirnog‘ini olg‘ay. Va mo‘ylabini tuzatg‘ay va orastalik bilan oq egin kiygay. Rasuli akram s.a.v. oqeginni toza tutardilar. Namoz va masjidning ta’zimi niyatida o‘zini xushbo‘y qilg‘ay.

   To‘rtinchi odob - masjidi jome’ga ertaroq kirgayki, buning fazilati bisyor ulug‘dir. Sahoba va tobe’inlar subh mahalida chirog‘ birla masjidga kelur erdilar. Ko‘rdilarki, uch kishi bulardan ilgari masjidga kirib o‘ltiribdur. Uzlarig‘a xitob qilib aytdilarki, sen to‘rtinchi darajada bo‘lursen, xoling na kechkusidir? Va aytibdurlar, ba’zi bid’atlarki islomda paydo bo‘ldi va ushbu sunnatni qo‘ldin yubordilar. Bas, tarso va juhudlar shanba va yakshanba kuni ertaroq ibodatxonalariga borurlar. Odina (jum’a) kuni musulmonlarning fazilatlik va ulug‘ qunidur. Masjidi jome’ga ertaroq bormoqni tark qilmoq durust emas, va rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: «Kishi jum’a kuni vaqtliroq masjidi jome’ga borsa, tuya qurbonlig‘ qilg‘onning savobini topg‘ay.

Qayd etilgan


Robiya  22 Avgust 2008, 13:53:51

   Agar ikkinchi soatida borsa sigir qurbonlig‘ qilg‘on savobini topg‘ay. Uchinchi soatida borsa tovug‘ qurbonlig‘ qilg‘on savobini topg‘ay. To‘rtinchi soatida borsa, tovug‘ tuxumini sadaqa qilg‘on savobini topg‘ay.

   Vaqtiki imom xatib xutba o‘qigani chiqsa, farishtalar qurbonlig‘ savobini bitgan nomalarni olib turib, xutba eshitmakka mashg‘ul bo‘lurlar».

   Beshinchi odob - namozga o‘turgan xalqni bosib o‘tmagay. Xabarda kelibdurki, xalqning gardanini bosib o‘tkuvchilarni qiyomat kuni nido qilurlar va xaloyiq uning tepasidan bosib o‘tarlar. Hazrati rasuli akram s.a.v. bir kishini ko‘rdilarki, xalqni bosib o‘tdi. Namozdan forig‘ bo‘lub, aytdilarki, «Nima uchun namoz o‘tamading?» Ul kishi aytdi: «Xazratlari birla o‘tadim». Rasuli akram s.a.v. aytdilar: «Ko‘rmadimmi, xalqning gardaniga ayog‘ qo‘ydingkim, xalqning gardaniga ayog‘ qo‘ysa, namoz o‘tamagan bo‘lur». Agar avvalg‘i saf xoli bo‘lsa, ikkinchi safda o‘tirmoq durust emasdur.

   Oltinchi odob - namozda turgan kishining oldidan o‘tmagay. Agar namozga tursa, ustunlar ro‘baro‘sida turg‘aykim, xalqning o‘tmagiga mone’ bo‘lmag‘ay.

   Yettinchi odob -. avvalg‘i safda o‘tirgayki, fazilati ziyodadur. Agar avvalgi safda abrishim (ipak) kiygan kishi bo‘lsa, va yo xatibning shamshirida oltini bo‘lsa, ulardan yiroq o‘tirish yaxshirokdur.

   Sakkizinchi odob - vaqtiki xatib minbarga chiqsa, sen so‘zlamagin. Va yana bir kishi so‘zlasa, ani ishorat birla jim bo‘l, so‘zlama, deb ovoz chiqarma.

   Rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: «Birov xutba o‘qub turganda yana birovni so‘zlamag‘il va yo xutbaga quloq solg‘il desa, namozi durust ermasdur. Agar xatibdin yiroq o‘tirsa, xutba eshitmasa ham jim o‘ltirgay. Bu vaqtda masjid tahiyyatidan o‘zga namoz durust emasdur».

   To‘qqizinchi odob - odam namozdan forig‘ bo‘lsa, yetti marotaba surai fotiha (Alhamdu surasi)ni, «Qul huvallohu ahad»ni, yetti marotaba «Qul a’uzu birabbil falaq» bilan «Qul a’uzu birobbin-nosi»ni o‘qig‘ay. Xabarda kelibdurki, kishi bu suralarni shu tariqa o‘qisa, shaytonning sharridin (yomonligidan) va hamma balolardan Haqtaolo o‘z panohida saqlar. Andin so‘ng bu duoni o‘qig‘ay: «Allohuma yo G’aniyyu yo Mubdiyu, yo Mu’iydu, yo Rahiymu, yo Vadudu, ag‘niniy bi-jalolika, an haramika va bifazlika aimman...».

   Bu duoni har doim o‘qib yursa kutmagan yerlardan rizqu nasiba yetgay. Va nomardga muhtoj bo‘lmagay. Va olti rakaat namoz o‘tag‘ayki, sunnatdur.

  O’ninchi odob - namozi asrgacha o‘tirgay. Agar masjidda o‘tira olmasa uyida tanho o‘tirib Haq taoloning zikridan g‘ofil bo‘lmag‘ay, jum’a kunining savoblaridan o‘zini mahrum qilmag‘ay.

Qayd etilgan


Robiya  22 Avgust 2008, 13:55:22

                                                          FASL
                                        Jum’a kunining fazilati bayonida


   Hamma musulmonlarga lozimdurkim, yetti fazilatni jum’a kuni talab qilg‘ay. Avvalo buki, bomdod namozidan forig‘ bo‘lib, ulamolar suhbatiga hozir bo‘lg‘ay. Va qissaxonlar suhbatidan yiroq bo‘lg‘ay. Va ul kishining majlisida hozir bo‘lg‘aykim, dunyoning rag‘batini kam qilg‘ay. Va oxiratg‘a undagay. Ul so‘zlarkim, bu xosiyatni bermas, ulamo majlisi emasdir. Xabarda kelibdurki, agar kishi bu soatda ulamo majlisiga hozir bo‘libdur, ming rakaat namoz o‘tagandin behrokdur.

   Ikkinchi fazilat: bu kunda bir soat bordurki, aziz va sharifdur. Xabarda kelibdur, har kishi ushbu soatda har nav’ hojat tilasa, ijobat bo‘lur va xilof muningdadurkim, bu soat qaysi vaqtdadur? Oftob chiqqan vaqtdamu yo namozi digar vaqtdamu va yo kun botgan vaqtdamu. Bas, bu soat qadr kechasida maxfiy bo‘lg‘onga o‘xshash odina kuni ichida masturdir (bekitilgan). Xullas, banda bu kunning ichida zikr ibodatdin xoli bo‘lmag‘ay. Uchinchi fazilat: hazrati rasuli akram s.a.v.ga durudni (maqgov, duo, salom) to‘la aytgay. Va rasuli akram alayhissalom aytdilar, kishikim Odina kuni manga sakson martaba durud aytsa, Alloh uning sakson yillik gunohini mag‘firat qilg‘ay. So‘radilar, Yo rasulalloh, qazratingga qaysi durudni yuborurmiz? Rasul alayhissalom aytdilar: «Bu durudni aytingizlar: «Allohumma sallialo Muhammadin va ala oli Muhammad, kamo sallayta ala Ibrohim va ala oli Ibrohim, innaka hamidum majid». Va shu durudni yana «borak ala» so‘zi birla aytg‘aysiz».

   Aytibdurlar: «Har kishi yetti jum’a kuni bu durudni yetti marotabadan aytsa, rasuli akram s.a.v.ning shafoatlarini albatta topg‘usidur. «Allohumma salli alo Muhammadin va ala oli Muhammad», desa ham kifoyat qilur».

   To‘rtinchi fazilat - bu kunlarda qur’onni ko‘p tilovat qilgay. Va surai Kahfni o‘qig‘ayki, aning fazilati xabarda ko‘p vorid bo‘libdur. Sahoba va tobe’in obidlari jum’a kunida ming marotaba durud va ming marotaba ixlos (qul xuval-lohu ahad) surasini, ming marotaba subhonallohni to oxirigacha o‘qimoqni odat qilibdurlar.

Qayd etilgan