Imom G'azzoliy. Kimyoi saodat (Ruh haqiqati)  ( 350789 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 ... 48 B


Robiya  22 Avgust 2008, 13:57:00

   Beshinchi fazilat - bu kunlarda navofilni (Alloh taoloni bandalariga buyurgan besh vaqt namozdan tashqari o‘qiladigan qo‘shimcha namoz, hadya namozining birligi nafl, ko‘pligi navofil) to‘laroq o‘tagay. Xabarda kelibdur, kishi masjidi jome’ga borib, to‘rt rakaat namoz o‘qisa, har rakaatiga «Qul xuval-lohu ahad»ni ellik marotaba o‘qisa, bu olamdan bormas, to jannatda joyini ko‘rmaguncha mustahabdur. Odina kuni to‘rt rakaat namoz o‘tamak surai «An’om» va surai «Qahf» va surai «Toho» va «Yosin» birla. Agar bu tariqa birla o‘ta olmasa, surai «Yosin» va «Luqmon» va surai «Duxon» va surai «Mulk» birla o‘tagay.

   Va Ibn Abbos raziyallohu anhu namozi tasbih ushbu debdurlar va hech jum’ani tark qilmabdurlar.

   Bu namoz mashhur va ma’rufdur. Avvalo ulki, to zavol vaqtig‘acha namoz o‘tagay. Andin keyin namozi jum’adan forig‘ bo‘lib, namozi digargacha ulamo majlisida bo‘lg‘ay. Andin to namoz shomg‘acha tasbih va istig‘forga mashg‘ul bo‘lg‘ay.

   Oltinchi fazilat - jum’a kunlari sadaqa bermoqdan xoli bo‘lmag‘ay. Agar bir burda non bo‘lsa ham bu kunda berilgan sadaqaning fazilati ziyodadur. Va imom xutba o‘qigan vaqtda gadoga bir nima bermoq makruxdir.

   Yettinchi fazilat - jum’a kuni ertadan kechgacha oxiratlik ishini qilg‘ay. Dunyolik ishini haftaning qolgan kunlarida qilg‘ay. Haq taolo aytur: «Fa iza qazaytas-salota fantashiruu fil arzi vabtag‘uu min fazlillohi».

   Ya’ni: Namoz qazo bo‘lsa ham yer yuzida yaxshiliklar qilish ilohiy fazilatlardandir.
   
   Anas ibn Molik roziyallohu anhu ayturkim, olmoq va bermoqning ma’nosi faqat dunyolik topish emasdur, balki ilm talab qilmoq va birodari mo‘‘minni ziyorat qilmoq va bemorlarni so‘ramoq, vafot etganlar bo‘lsa janozalarida qatnashmoq va munga o‘xshash xayrli ishlarni qilmoq odamiylikning taqozosi va oxiratlik ishlardir.

Qayd etilgan


Robiya  22 Avgust 2008, 14:00:22

                                                         Mas’ala

   Onchakim, namozda lozimdur, bayon qildim. Va hamma masoilni (masalalar) bu kitobg‘a sig‘dirish imkoni yo‘qtur. Namozga niyat qilurda vasvasa bisyor bo‘lurki, anga ishorat qilurmen. Bilgilki, vasvasa ul kishiga voqe’ bo‘lurkim, aqlida xalali bo‘lsa. Va yo savdoviy bo‘lg‘ay. Va shariatga johil bo‘lg‘ayki, niyatning ma’nisini bilmagay. Bas, niyat uldurki, rag‘bati va xohishi paydo bo‘lub, Haq taoloning farmonini bajo qilish uchun o‘rningdan turub, qiblaga yuz kelturursen. Ushbu niyat basdur. Chunonchi, birov senga «Falon olim kishi seni ko‘rgali keldi» desa sen darhol o‘rningdin turub, ta’zim va ikrom qilasan, ko‘nglingda ul olimning hurmatiga turishga bo‘lgan xohish niyatdur. Aytmassanki, «Falon olimni oldig‘a turmoqni niyat qildim, falon kishini farmoni birla». Bas, niyat ko‘ngilda paydo bo‘lg‘on rag‘batdur. Til birla va yo ko‘ngil birla aytmoq shart emasdur. Ko‘ngil birla aytganini nafs derlar. Niyat demaslar. Ammo obid, o‘qiydurg‘on namozining peshin va yo boshqa ekanini aniq bilsin. Aniq vaqti bo‘lsa, «Allohu akbar» deb tahrima aytgay. Va agar g‘ofil bo‘lsa, yodig‘a kelturgay. Masalan, «Namozi peshinning to‘rt rakaat adosini» deb tafsili birla niyat qilmoq lozim emasdur. Ushbu sababdin hazrati rasuli akram s.a.v.ning zamonlarida sahobalarda niyat qilish vasvasasi yo‘q edi, muni oson ish bilur edilar. Kishikim bu mazkur bo‘lg‘on tariqani bilmabdur, johildur.   

Qayd etilgan


Robiya  22 Avgust 2008, 14:02:35

                                                  BESHINCHI ASL
                                                 Zakot bermoq farzi


   Bilgilki, zakot musulmonchilikning ruknlaridandur. Hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: «Musulmonchilik binosi besh asldur: Avval kalimai tayyiba - «Lo iloha illallohu Muhammadur-rasululloh»ga ishonish. 2. Namoz o‘tamoqlik; 3. Zakot bermoqlik; 4. Ro‘za tutmoq; 5. Haj ado qilmoq. Xabarda kelibdurki, kishi nisobg‘a yetguncha oltun kumushi bo‘lib, zakot bermasa, qiyomatda ul oltin birla siynasiga dog‘ qo‘yarlar, orqasidin zohir bo‘lur. Va mulkdor to‘rt oyoqli molidan zakot bermasa, ul to‘rt oyoqli mOlta bu kishini qul qilib berurlar. Ul to‘rt oyoqli mol bu kishini urib-tepib, a’zolarini parcha-parcha qilur. Yana jam’ qilurlar, to‘rt oyoqlilar bosib, yana a’zolarini parokanda qilur. Ushbu tariqa hamma xulqini hisobini olib bo‘lg‘uncha, bu azob uqubatga giriftor bo‘lur. Va bu hadis sahihdur.

   Bas, bilg‘ilki, zakot olti nav’dur:

   Avvalgi nav’ - to‘rt oyoqli hayvonlar zakoti: Tuya, sigir va qo‘ydan zakot bermak vojibdur. Xachir va eshakdan zakot bermak vojib emas. Va zakot to‘rt shart birla vojibdur. Avvalgi shart ulki, yem-xashak yeb turadurgon mol, yaylovda o‘tlaydurgon moldan zakot vojibdur. Ikkinchi shart ulki, bu to‘rt oyoqlilar bir yil o‘z egasida bo‘lg‘ay. Agar bir yilning ichida egasidan chiqsa, zakot soqit (zakot bermas) bo‘lur. Ammo chahorpoyning bolasi va molning sudi (foydasi) yilning oxirig‘a qo‘shilsa, aslining ta’yinida zakot vojibdur. Uchinchi shart - zakot beruvchi odam boy, davlatmand bo‘lishi kerak. (Kambag‘aldan zakot olinmaydi). Agar mol-mulki yo‘qolib ketgan bo‘lsa, va yo zolim tortib olsa, zakot berilmas.

   Magarkim, ul zolim (zo‘rlab, tortib Oltan) moldan egasi avvalgi yili foyda Oltan bo‘lsa, u o‘tgan yilning zakotini berishi zarur. Birovning nisobg‘a yetguncha molini boshqa odam boqayotgan bo‘lsa, bu odam - cho‘pon uchun zakot vojib emasdur, darhaqiqat darvish uldur.

   To‘rtinchi shart - moli to nisobg‘a yetmaguncha zakot vojib bo‘lmas. Mulkdorning tuyasi beshta bo‘lmaguncha hech nima lozim bo‘lmas. Vaqtii, tuyasi beshta bo‘lsa, bir qo‘y bermak vojibdur. To o‘nta tuya bo‘lguncha yilda bir qo‘y bermak vojibdur. Vaqtiki, o‘nta tuyasi bo‘lsa, ikki dona qo‘y bermak vojibdur. Ushbu tariqa birla o‘n besh tuyadan uch qo‘y va yigirma tuyadan to‘rt qo‘y zakot bermak vojibdur. To yigirma beshta bo‘lguncha shunday. Bu qo‘ylar bir yoshni tamom qilg‘on bo‘lg‘ay.

Qayd etilgan


Robiya  22 Avgust 2008, 14:03:23

   Vaqtiki, tuya yigirma beshta bo‘lsa, bir yoshni tamom qilg‘on, ikki yoshga qadam qo‘yg‘on bir moda tuya bermak vojibdur. To o‘ttuz besh bo‘lguncha bu tariqa berib turilar. Vaqtiki, o‘ttiz olti tuya bo‘lsa, ikki yoshni tamom qilib, uch yoshqa qadam qo‘yg‘on bir moda tuya bermak vojibdur. To qirq besh bo‘lmag‘uncha yilda bu tariqa berib turilar. Qirq olti bo‘lsa, uch yoshni tamom qilib, to‘rt yoshga qadam qo‘yg‘on bir moda tuya bermak vojibdur. To oltmish bo‘lg‘uncha. Vaqtiki, oltmish bir tuya bo‘lsa, to‘rt yoshni tamom qilib, besh yoshga qadam qo‘yg‘on bir moda tuya bermak vojibdur. Vaqtiki, yetmish olti bo‘lsa, ikki yoshni tamom qilg‘on ikki moda tuya bermak vojibdur. Vaqtiki to‘qson bir bo‘lsa uch yoshni tamom qilg‘on ikki moda tuya bermak vojibdur. To yuz yigirma bo‘lguncha ushbu tariqada berib turar.

   Vaqtiki, tuyalari yuz yigirmadan ziyoda, masalan yuz yigirma besh bo‘lsa, uch yoshni tamom qilg‘on ikki tuya birla bir qo‘y berur. Ushbu tariqa birla har gal besh tuya ko‘paysa bir qo‘y ziyoda qo‘shub bermak vojibdur, to yuz qirq besh bo‘lg‘uncha. Vaqtiki, yuz qirq besh bo‘lsa, uch yoshni tamom qilg‘on ikki tuya, bir yoshni tamom qilg‘on bir tuya bermak vojibdur. Vaqtiki, yuz ellik bo‘lsa, uch yoshni tamom qilg‘on uch tuya bermak vojibdur. Bas, bu mas’alani tafsili o‘zga masoil kitoblarida mazkurdur.

Qayd etilgan


Robiya  22 Avgust 2008, 14:04:58

  Ammo sigir o‘ttiz bo‘lmaguncha zakot vojib bo‘lmas. Vaqtiki, sigir o‘ttiz bo‘lsa, bir yoshni tamom qilg‘on bir sigir bermak vojibdur. Qirq bo‘lg‘onda ikki yoshni tamom qilg‘on bir sigir bermak vojibdur. Vaqtiki, oltmish bo‘lsa, bir yoshni tamom qilg‘on ikki sigir bermak vojibdur. Vaqtiki, oltmishdan ziyoda bo‘lsa, hisoblab, har o‘ttuzdan bir yashar sigir va har qirqdan ikki yashar bir sigir vojibdur. Bas, sigirning zakotida erkak va urg‘ochisining farqi yo‘qdur. Ammo tuyadan urg‘ochisini bermak lozimdur.

   Ammo qo‘yning nisobi qirqdur. Vaqtiki, qo‘y qirqqa yetsa bir qo‘y zakot bermak vojibdur. Yuz yigirma qo‘ydin ikki qo‘y berur. Ikki yuz bir qo‘ydin uch qo‘y berur, to to‘rt yuz bo‘lguncha. Vaqtiki, to‘rt yuz bo‘lsa, har yuziga bir qo‘y bermak vojibdurki, zakotg‘a bir yoshni tamom qilg‘on qo‘y bermak vojibdur. Ammo ikki kishi (tasarruf) qilg‘on bo‘lsa, vaqtiki, qirqqa yetsa, ikkisi yarimtadan bir qo‘y bermagi vojibdur. Agar yuz yigirma bo‘lsa, har biri bir qo‘y bermagi vojibdur.


Qayd etilgan


Robiya  22 Avgust 2008, 14:06:18

                                                           FASL
                                      Ikkinchi nav’ zakot - ushr bayonida


   Yerda o‘sgan barcha ekinlardan ushr (o‘ndan biri) zakotga beriladi. Masalan, arpa va bug‘doy, tamomi don, balki mevalardan ham o‘n hissadin bir hissasini bermak vojibdur. Vaqtiki, meva rang olsa, va arpa, bug‘doy don gutsa, ehtiyot qilg‘ayki, darveshlarning nasibasini ayirib qo‘ymaguncha, o‘zi tasarruf qilmag‘ay.

   Uchinchi nav’ - oltin va kumushning zakotidur. Bas, kumushning nisobi ikki yuz dirhamdur. Birovning ikki yuz dirham kumushi bo‘lsa, besh dirham kumush zakot bermagi vojibdur. O’n dirhami yetti misqoldur. Bu hisob birla zakot bermak vojibdur. Ammo oltinning nisobi yigirma misqoldur. Vaqtiki, yigirma misqol xolis oltini bo‘lsa, yarim misqol oltin zakot bermagi vojibdur. Yigirma misqoldan yarim misqol ushrning hisobida va ushrning to‘rt hissasining bir hissasi bo‘lur. To yigirma to‘rt misqol bo‘lg‘uncha yarim misqol oltin zakot berur.

   Vaqtiki, yigirma to‘rt misqol oltini bo‘lsa, yarim misqol va uch nuhud oltin zakot berur. Ushbu qiyos birla har to‘rt misqolda ziyoda hisob qilinar. Ammo kumushda ham ikki yuz dirhamdin ziyoda bo‘lsa, ushrning rub’i (to‘rtdan biri) hisobida hisoblab, zakotini berur. Oltin, kumushdin qiling‘on qilich, o‘q, tilla uzuk, tilla tamg‘a, va ayol yasanmog‘i uchun foydalanayotgan oltin-kumushdan zakot bermak vojibdur.

Qayd etilgan


Robiya  22 Avgust 2008, 14:06:58

   To‘rtinchi nav’ - tijorat zakoti bermoq bayonida. Vaqtiki, yigirma misqol oltin va yo ikki yuz misqol kumush pulig‘a bir nimarsa olsa, bir yil tamom bo‘lg‘onda zakotini bermak vojibdurkim, bu yil ichida bo‘lgan foydasini hisoblab, sarmoyasining zakotini bergay. Xoh sarmoyasi oltin va kumush bo‘lsin, xoh o‘zga mollardan bo‘lsin, zakot vojibdur.

   Beshinchi nav’ zakot - fitr, ya’ni sadaqai fitr bayonida. Bilgilki, sadaqai fitr vojibdur - ul musulmong‘aki, ozod bo‘lsa va hovlisida uy asbobi va egni va oti va salohi va bandasi (quli)dan bo‘lak nisobg‘a yetguncha molg‘a ega bo‘lsa, o‘zi uchun va kichik bolalari uchun va bandasi uchun bug‘doydan kishi boshiga yarim so’, arpadan bir so’ vojibdur. Bilgilki, sadaqai fitr, ro‘za iydi (hayit) kunining subhi sodiq vaqtida vojib bo‘lur. Sadaqai fitrni iyd namozi o‘taguncha bermak mustahabdur. Namozdan keyin bermakni ham joiz debdurlar. Ahkomi zakot munchalik bayon qilindi. qOltan mas’alalarni (o‘z sohasidagi) kitoblarda ko‘rgaysan.

Qayd etilgan


Robiya  22 Avgust 2008, 14:08:01

                                                              FASL
                                        Zakot bermoqning farzligi bayonida


   Bo‘lg‘ayki, musulmon odam zakot berurda besh (muhim) ishni bilgay. Avvali buki, farz bo‘lgan zakotni bermakni niyat qilgay. Va agar zakot bermak uchun (boshqa bir odamni) vakil qilib qo‘ysa, vakilga ham ijozat bergay.

   Toki zakot moli deb niyat qilib bergay. Va agar norasidaning molidan akasi zakot berur bo‘lsa (ukasi uchun), niyat qilib bergay.

   Ikkinchi ulki, vaqtiki yil tamom bo‘lsa, shitob qilgaykim, zakotni uzrsiz kechiktirmoq makruxdir. Ammo sadaqai fitrni ramazon ichida berish joizdur. Ramazon oyidan keyin berish durust emasdur. Ammo zakot mollarini shitob qilib, yilning avvalida berish durustdir.

   To‘rtinchi shart ulki, zakotni mazkur mol-mulk turgan shaharning faqirlariga bergay. Yana bir shaharning faqirlariga yubormagayki, magar o‘sha shaharda faqir xeshi bo‘lsa o‘shanga bergay.   

Qayd etilgan


Robiya  22 Avgust 2008, 14:09:22

   Beshinchi ulki, zakotni sakkiz toifaga bergay. Bu sakkiz toifadan uch guruhi bizning zamonada kamroqdur: g‘oziylar, mualliful qulub va omil zakot. Ammo faqir, miskin va yetimlar (muhtoj musofir) va qarzdorlar borki, shu toifalarga zakot berish kerak.

   Bu sakkiz toifaning sifati va siyratining bayoni:

   Avval - faqirlarga. Dunyoliqdan hech narsasi bo‘lmasa faqirdur. Agar bir kunlik rizqi bo‘lib, usti-boshi but bo‘lsa - faqir emasdur. Agar yarim kunlik ro‘zonasi (rizqi) bo‘lsa, ko‘ylagi bo‘lib, dastori bo‘lmasa, va yo dastori bo‘lib, ko‘ylagi bo‘lmasa - faqirdur. Agar tolibi ilm bo‘lsa, kasbu hunarga mashg‘ulligi tahsiliga mone’ bo‘lsa - faqirdur.

   Ikkinchi - miskinlardur, (xarajati kirimiga qaraganda) ziyoda bo‘lsa, garchi uy-joyi, egni but bo‘lsa, va lekin bir yilga yetarli ozig‘i bo‘lmasa miskindur. Ammo hojatidan ziyoda nimarsasi bo‘lsa miskin emasdur.

   Uchinchi - ul toifaki, zakot molini g‘aniylardan olib jam’ qilib, darveshlarga berurlar. Bas, bu toifaning ajrini g‘aniylarning zakot molidan olib bermoq vojibdur.

   To‘rtinchi - muallifatul-qulub. Islomiyat boshlarida musulmon bo‘lganlarga zakot molidan olib berur edilar, toki qOltanlar islomga rog‘ib va moyil bo‘lib, dini islomga kirgaylar.

   Beshinchi - makotibdur. Masalan, qulning hojasi desaki, ikki yuz tanga pul topib bergil, seni ozod qilurman, desa, ul odamni makotib derlar.

   Oltinchi - qarzdorlardurki (zakot puliga muhtojdurlar).

   Yettinchi - g‘oziylardurki, fi sabililloh g‘azot qilgaylar.

   Sakkizinchi - musofirdurki; zodi rohi (yo‘l ozig‘i) va ulov kirasi bo‘lmagay. Agar kishi men darvesh va miskin desa, yolg‘onchiligi ma’lum bo‘lmasa, so‘ziga e’timod qilib, ishonib zakot bermak durustdir. Musofir, g‘oziy safarva g‘azotdan to‘xtasa, miskin kishi bo‘lmasa, ularga zakot berish durust emasdur.

   Izoh: Muallifatul-qulub - ilk islom davrida Qur’on hukmi bilan kofir kambag‘allarga ham zakot berilgan edi. Keyin bu oyat mansux - bekor bo‘lib, zakot faqat musulmonlarga berilgan. (Shamsiddin Somibek, Qomusul-a’lom.)


Qayd etilgan


Robiya  22 Avgust 2008, 14:10:23

                                      Zakotning surati va haqiqati

   Bilg‘ilki, namozda badan - surat va ruh haqiqati bo‘lganidek, zakotning ham surati va haqiqati bordur. Zakotning surati va haqiqatini bilmagan odam ruhsiz badanga o‘xshashdur. Avval ulki, barcha xalqlar Haq taoloning muhabbati va do‘stlig‘iga ma’mur (ya’ni, amr etilgandur). Hech mo‘‘min yo‘qdirki, Haq taologa do‘stlik da’vosini qilmagay. Balki hamma mavjudotlar Haq taoloni do‘st deb bilishi zarur.

   Bas, bu do‘stni tanimog‘likka dalil va nishonalar bordur. Toki har kishi quruq da’voga mag‘rur bo‘lmagay. Bas, mol va dunyoki, odamlarning mahbublari (sevimli do‘stlari) jumlasidandur, aning birla azmoyish va imtihon qilg‘ali bo‘lur. Va dunyoki, odamiyning bir ma’shuqidur, Ani Haq taoloning yo‘lida fido qilsa, Haq taologa do‘stligining chinligi yo yolg‘onligi darajasi ma’lum bo‘lg‘usidur.
Bas, ul toifaki, bu asrorni bilibdurlar, uch tabaqa bo‘lur.

   Avvalgi tabaqa - siddiqlardurki, bir nimarsa topsalar, Haq taolo yo‘lida sarf qilibdurlar. Va aytibdurlarki, 200 dirhamdan 5 dirham zakot bermoq baxillarning ishidur. Bizlardan ham lozimdurki, hamma ziyoda dunyoliqni Haq taolo yo‘lida (yaxshi, xayrli ishlarga) sarf qilgaymiz. Chunonchi, Abu Bakr Siddiq r.a. hamma mollarini «fi sabililloh» nazir qildilar. Rasuli akram s.a.v.  aytdilar: «Farzandlaringga qo‘ydingmu?» Abu Bakr aytdilar: «Farzandlarimni Xudo va Rasulga siporish qildim». Umar ibn Xattob r.a. mollarining yarmini nazir qildilar. Rasuli akram s.a.v. aytdilar: «Farzandlaringga nima qo‘yding?». Hazrati Umar aytdilar: «Yarim molimni farzandlarimga qo‘ydim». Rasuli akram aytdilarki: «Baynakumo kamo bayna kalimatukumo tafovutun».

   Ya’ni: Molning o‘rtasi bilan o‘rtadagi mol so‘zlarining farqi bordur. Bu yerda «yarim molni» va «mollarining yarmi» so‘zlarining farqi aytilmoqtsa.

Qayd etilgan